ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
248
QUYOSH VA UNING ATROFIDAGI SAYYORALAR HAQIDA
Abdujabborova Nodira Suhbatullayevna
Toshkent shahar Yakkasaroy tumani 26 - o‘rta maktabning geografiya fani o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7780751
Annotatsiya. Ushbu maqolada quyosh, oy va yulduzlar haqida fikrlar yoritilgan. Inson
hayoti tabiat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun kishilar qadim zamonlardanoq o‘zlari yashaydigan
joy tabiatini yaxshi bilishga harakat qilishgan. Keyinchalik qayiqlar, yelkanli kemalar yasab,
dengizlarda suzishgan, yangi yerlarni kashf qilganlar. Borgan joylari tabiatini, odamlarning
yashash tarzini tasvirlab yozishgan. O‘zlari yashaydigan joyning hamda borgan yerlarining eng
sodda xaritalarini chizishgan. Shu yo‘l bilan geografik ma’lumotlar to‘plana borgan.
Kalit so’zlar: quyosh, yulduzlar, olam o‘qi, olamning shimoliy qutbi, k
atta ayiq, kichik ayiq,
planetalar.
О СОЛНЦЕ И ПЛАНЕТАХ ВОКРУГ НЕГО
Аннотация.
В этой статье рассматриваются идеи о солнце, луне и звездах. Так как
жизнь человека связана с природой, люди издревле пытались познать природу того места,
где живут. Позже они строили лодки и парусные корабли, плавали по морям и открывали
новые земли. Они писали, описывая природу посещенных ими мест и образ жизни людей.
Они нарисовали простейшие карты того места, где живут, и мест, которые посетили.
Таким образом собиралась географическая информация.
Ключевые слова: солнце, звезды, ось мироздания, северный полюс мироздания,
большая медведица, маленькая медведица, планеты.
ABOUT THE SUN AND THE PLANETS AROUND IT
Abstract. This article covers ideas about the sun, moon and stars. Since human life is
connected with nature, people have tried to know the nature of the place where they live since
ancient times. Later, they built boats and sailing ships, sailed the seas and discovered new lands.
They wrote describing the nature of the places they visited and the way of life of the people. They
drew the simplest maps of the place where they live and the places they visited. In this way,
geographical information was collected.
Key words: sun, stars, axis of the universe, north pole of the universe, big bear, little bear,
planets.
Haqiqiy dunyoning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllari haqidagi fan bo`lmish
matematika insonning hayotiy tajribasi ehtiyojlari bilan chambarchas aloqada paydo bo`lib, uning
o`sib borayotgan madaniy ehtiyojlarini qondirar ekan, insoniyat jamiyatining umumiy
taraqqiyot yo`li bilan birgalikda rivojlanib boradi. Kecha bilan kunduzning doimiy almashinib
turishi, yil fasllari o`zgarishiga sabab bo`luvchi Quyoshning osmon gumbazidagi vaziyatining
o`zgarishi kabi hodisalar odam e‘tiborini jalb qilmay qololmasdi.
Shuning uchun hamodam bundan necha ming yillar avval osmon gumbaziga nazar
tashlab, uning sirlarini ochishga urinib ko`rgan edi. Ikkinchi tomondan, vaqtni o`lchash hamda
osmon yoritgichlariga qarab mo`ljal olish bilan aloqador bo`lgan hayotiy amaliyot ehtiyojlari
inson bilimining boshqa bir sohasi — astronomiyaning paydo bo`lishiga va rivojlanishiga
yordam
berdi.
Osmon hodisalarini kuzatish, faktlar to`plash va ularni o`rganish natijasida
hodisalarning qonuniyati haqida tushuncha vujudga kelib, ilmiy astronomiya shakllana
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
249
boshlaydi. Oy va Yer o'rtasida tortishish kuchini jalb qiladigan kuch bo'lgani uchun, ushbu sun'iy
yo'ldoshning tabiiy harakatlari ham mavjud. Bu harakatlar oyni xarakterlovchi va to'lqinlar bilan
bog'liq bo'lgan harakatlardir oy fazalari.
Turli xil harakatlar paytida u ularni tugatish uchun biroz vaqt talab etadi. Masalan,
to'liq tarjima davri o'rtacha 27,32 kun davom etadi. Qizig'i shundaki, oy har doim bizga bir xil
yuzni ko'rsatib beradi va umuman sobit bo'lganga o'xshaydi. Buning sababi ko'plab geometrik
sabablar va harakatlarning yana bir turi, keyinroq ko'rib chiqamiz - Oy kutubxonasi. Yer Quyosh
atrofida aylanganda, oy ham buni qilmoqda, lekin Yerda, sharqiy yo'nalishda. Uning
harakatlari davomida Oydan Yergacha bo'lgan masofa juda katta farq qiladi. Sayyora va sun'iy
yo'ldosh orasidagi masofa 384 km. Ushbu masofa uning orbitasida bo'lgan momentiga
qarab butunlay o'zgaradi.
Oy tutilishi — Oy sathiga Yer soyasi tushganda yuz beradigan hodisa. Bu hodisa
Quyosh, Yer va Oyning bir-birlariga nisbatan egallagan vaziyatlariga bogʻliq. Oy Yerdagi
kuzatuvchiga nisbatan Quyoshga qarama-qarshi tomonda (yaʼni toʻlinoy paytiga yaqin) boʻlsa
— Oy tutilishi, Quyosh tomonda (yangi oy paytiga yaqin) boʻlsa, Quyosh tutilishi yuz beradi.
Oy bilan Quyoshning koʻrinma diametri taxminan barobar. Oy Yerdan eng uzoqlashganda
29’30", Yerga eng yaqinlashganda 33’ 30" burchak ostida koʻrinadi.
Yer
Quyoshdan
eng uzoqlashganda Quyosh gardishi ZG 20", Quyoshga eng
yaqinlashganda esa 32’ 30" burchak ostida koʻrinadi. Demak, Quyosh tutilishi paytida, tutilish
markaziy boʻlsa, Quyosh diskini Oy toʻla toʻsib qolishi mumkin. Oy har 29,53 kunda Yer
atrofini Quyoshga nisbatan toʻla bir marta aylanib, Quyosh va qarama-qarshi tomonda bir
martadan boʻladi. Ammo Oyning orbita tekisligi Yerning Quyosh atrofida aylanishi orbita
(ekliptika) tekisligi bilan ustma-ust tushmay, u bilan 5°, 09’ burchak tashkil etganligi sababli,
Oy tutilishi har oyda yuz bermaydi. Oyning yangioy va toʻlinoy fazalari Yer hamda Quyoshni
birlashtiruvchi toʻgʻri chiziqdan yuqorida yoki pastda sodir boʻladi.
Oy orbitasining ekliptika tekisligi bilan kesishish nuqtalari chiqish va tushish tugunlari
deyiladi. Ikki ketma-ket kelgan yangioy (yoki toʻlinoy) orasida oʻtgan vaqt 29,53 kun boʻlib,
bu davrda Quyosh ekliptika boʻylab 29° ga siljiydi va Quyosh tugunlardan oʻtish paytida bir
marta, baʼzan ikki marta Quyosh tutilishi yuz beradi. Oy tutilishi yuz bermasligi ham mumkin.
Quyosh tutilishlari ketma-ket ikki marta tutilish chegaralarida roʻy bersa, Oy tutilishi kuzatilishi
shart. Demak, tutilish hodisasi guruqli tarzda roʻy beradi. Guruhda eng kamida bitta Quyosh
tutilishi, koʻpi bilan uchta Quyosh — Oy — Quyosh tutilishlari yuz beradi. Yiliga 4—5-marta
Quyosh tutilishi, 2—3-marta Oy tutilishi roʻy beradi. Quyosh tutilishi va Oy tutilishi ketma-
ketligi 18,6 yillik davr bilan takrorlanib turadi. Oy tutilishi Yerda Oy koʻrinib turgan
barcha nuqtalarda kuzatiladi. Oyning toʻla tutilishi 2 soatcha davom etadi.
Odamzod hamisha o‘zi uchun jumboq bo‘lgan narsalarni o‘rganishga intilishi orqali
yangilik yaratadi, kashfiyotlar qiladi. Astronomiya sohasi ham shunday. Insoniyat
yaralibdiki, osmon sirlarini ochish, cheksiz koinot ilmining oxiriga yetish, o‘zga
sayyoralarda hayot bor-yo‘qligini bilishga intiladi. Ba’zan bunga shu qadar kirishib
ketadiki, hatto tabiat mo‘jizalari oldida ojiz ekanini ham unutadi. Istaymizmi-yo‘qmi, bizni
“Yerning halqasi bormi?”, “Koinotning qaysi burchaklarida hayot bo‘lishi mumkin?” degan
savollar muttasil qiziqtiradi.
Agar tunda ma'lum bir joydan turib yulduzlar bir necha soat davomida tinimsiz
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
250
kuzatilsa, butun osmon sferasining yulduzlari, kuzatuvchidan o'tuvchi faraziy o'q —
Olam o‘qi
atrofida aylanishini ko'rish mumkin. Bunday aylanish davomida ixtiyoriy yoritgich o‘z vaziyatini
gorizont tomonlariga nisbatan o‘zgartirib boradi. Yulduzlar osmonining bunday ko'rinma aylanish
davri bir sutkani tashkil qiladi. Janub tomonga qarab turgan kuzatuvchiga yoritgichlar chapdan
o‘ngga, ya’ni soat strelkasi yo‘naIishida harakatlanayotgandck ko'rinadi.
Bunda ma’lum yoritgich, sharq tomonda har doim ma’lum nuqtadan ko'tarilib, g'arbda
ham aniq bir nuqtada botadi. Uning gorizontdan maksimal balandligi ham (janub tomon
yo'nalishida) kunlar o'tishi bilan bu kuzatuvchi uchun o'zgarmay, har doim bir xil bo'ladi. Agar
kuzatuvchi shimol tomonga qarasa, bir qism yulduzlar sharqdan chiqib, g'arbga botgani
holda, botmaydiganlari — ma’lum qo’zg‘almas nuqta atrofida konsentrik aylanalar (markazi bir
nuqtada bo'lgan aylanalar) chizayotganini ko'radi. Bu qo‘zg‘almas nuqta
olamning shimoliy
qutbi
deb yuritiladi. Olamning shimoliy qutbi, Kichik Ayiq yulduz turkumining (Katta Ayiq
— «Yetti qaroqchi»ga qokshni yulduz turkumi) eng yorug’ yulduziga (alfasiga) juda yaqin (orasi
taxminan 1° C bo’lgan) nuqtada yotadi. Shu tufayli Kichik Ayiqning bu yulduzi
Qutb yulduzi
deb nom olgan. Yulduzlarning sutkalik bunday ko'rinma harakatlari Yerning o'z o'qi atrofida
aylanishi tufayli sodir bo’ladi.
Quyosh va Oyning osmonni bir to‘la aylanib chiqishlaridagi yuradigan yo‘llarining
tekisliklari bir-biriga yaqin. Ular kesib o'tadigan yulduz turkumlari zodiak yulduz
turkumlari (yunoncha «zoon» - hayvonlar degani) deyilib, bu turkumlar sohasi — zodiac soha
deyiladi.
Quyosh – Yerga eng yaqin bo‘lgan qizib yotgan yulduz – olov shardir. U Quyosh
sistemasining o‘rtasida joylashgan. Quyosh – Yerdagi yorug‘lik va issiqlik manbai. Uning atrofida
8 ta sayyora aylanib turadi. Bular - Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun,
Pluton sayyoralaridir. Sayyoralarning yulduzlardan farqi shuki, ular nur sochmaydi, Quyoshdan
tushgan nurni qaytaradi, xolos. Olimlar murakkab asboblar, har xil teleskoplar yordamida
sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari asosan bir xil moddalardan tuzilganini aniqlashgan. Ular ham
Yerda uchraydigan moddalardan tuzilgan ekan. Sayyoralarning yulduzlardan yana bir farqi shuki,
ular koinotdagi o‘z o‘rinlarini o‘zgartirib turadilar. Oy – Yerning tabiiy yo‘ldoshi, Oy
o‘zidan nur sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni qaytaradi. Oy Yer atrofini deyarli bir oyda bir
marta aylanib chiqadi. Yer, Quyosh va Oyning osmonda bir-biriga nisbatan joylashgan o‘rniga
qarab u bizga har xil ko‘rinadi. Bizga Oyning Quyosh nuri bilan yoritilgan qismigina ko‘rinadi.
Har qanday odam yulduzlarni tomosha qilishni yaxshi ko'rsa kerak. Kimdir shunchaki tungi
osmonning go‘zalligidan bahra olsa, yana kimdir koinotda yashiringan jumboqlarni ochishga
harakat qiladi. Yulduzlar nima? Ular qanday tuzilgan? Ular qanday qilib osmonda nur sochadi?
Bunday savollar har doim odamlarni o‘ylantirib kelgan. Avvallari yulduzlar haqida nimalar
deyishmagan
deysiz!
Ularni
osmonda
kimlardir
tarafidan
yoqiladigan olovlar deb
hisoblashgan; o‘lgan odamlarning ruhlari deyishgan; ba’zilar ularni osmon gumbazidagi
teshiklar deb o‘ylab u teshiklardan ilohiy olovning nuri o‘tib turadi deyishgan. Oradan ko‘p
asrlar o‘tgach olimlar yulduzlarning ulkan qizigan gazli sharlar ekanini ilmiy jihatdan
isbotlashgan. Unday olimlarni
astronom
deb atashadi. Astronomlar shug'ullanadigan
yulduzlar haqidagi fanni esa
astronomiya
deb atashadi. Odamlar minglab yillar mobaynida
yulduzlarni kuzatib borib ular haqida ko'plab bilimlar to‘plashgan.
Tunda osmonga qarasangiz, juda ko‘plab yulduzlar tartibsiz sochilib yotganga
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN
SCIENCE
АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
251
o‘xshaydi. Aslida ular osmonda tartibsiz sochilib yotmaydi. Hozirgi vaqtda
olimlarrasadxona
(observatoriya)larda yulduzlarning kattaligi, harorati, kimyoviy tarkibi va harakatlarini shuningdek,
o‘zaro joylashgan o‘rinlarini ham o‘rganishmoqda.
Yulduzlar nihoyatda qizib yotgan, Yerdan juda uzoqda joylashgan osmon yoritgichlaridir.
Ularni odamlar qadimdan guruhlarga ajratishgan va har bir guruhga nom berishgan. Bular
yulduz turkumlari deb ataladi. Masalan, Tarozu, Chayon, Mezon va boshqalar.
Juda qadim zamonlardayoq kishilar, zodiak yulduz turkumlari sohasida, tashqi
ko'rinishi bilan yulduzlarga o‘xshash, biroq yulduzlardan farq qilib, ularga nisbatan siljib
boruvchi 5 ta yoritgichni kuzatdilar. Yulduzlardan farqlanuvchi bunday xususiyatlari evaziga
ularga «adashgan yulduzlar» —
planetalar
deb nom berdilar. Qadim Rimda adashgan
yulduzlar Rim xudolarining nomlari bilan Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter va Saturn deb atala
boshlandi.
REFERENCES
1.
P. Gulyamov, R. QuRbonniyozov, M. Avezov, N. Saidova
O‘zbekiston
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi umumiy o‘rta
ta’lim
maktablarining 5-
sinfi uchun darslik sifatida tavsiya etgan
Qayta ishlangan va to‘ldirilgan 5-
nashri
TOSHKENT «MITTI YULDUZ» 2020 Geografiya
2.
Eremeeva A. I. 1987 yildagi astronomiya tarixidagi unutilmas sanalar // 1987 yil
uchun astronomik kalendar -M.: Nauka, 1986. -S. 262-268.
3.
Jitomirskiy S.V. Qadimgi astronomiya va orfizm. –M.: Yanus-K, 2001.–S. 58.
4.
Kolchinskiy I.G., Korsun A.A., Rodriges M.G. Pifagor // Astronomlar. -2-nashr,
qayta ko'rib chiqilgan. va qo'shimcha .. -K .: Naukova Dumka, 1986. -511 p.4.Lloyd,
Jeffri Ernest
