ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
266
XALQARO BAHOLASH DASTURLARI O’QUVCHILAR
INTELLEKTINI RIVOJLANTIRISH OMILI SIFATIDA
Mavlanova Shoxsanam Shaydullaеvna
Surxondaryo viloyati Qumqo'rg'on tumani 3 - umumta'lim maktabi
boshlag‘nich sinf o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7784004
Annotatsiya.
Maqolada o'quvchilarning xalqaro baholash dasturlari
(PISA, PIRLS, TIMSS) orqali intellektini rivojlantirishning nazariy
tushunchalari keltirilgan.
Tayanch so'zlar:
intellekt, intellektual, aqliy qobiliyat, tadqiqot.
МЕЖДУНАРОДНЫЕ ОЦЕНОЧНЫЕ ПРОГРАММЫ КАК ФАКТОР
РАЗВИТИЯ ИНТЕЛЛЕКТА УЧАЩИХСЯ
Аннотация.
В статье представлены теоретические концепции развития
интеллекта учащихся с помощью международных оценочных программ (PISA, PIRLS,
TIMSS).
Ключевые слова:
интеллект, интеллектуальность, умственные способности,
исследования.
INTERNATIONAL ASSESSMENT PROGRAMS AS A FACTOR IN STUDENT
INTELLIGENCE DEVELOPMENT
Abstract.
The article presents theoretical insights into the development of students '
intelligence through international assessment programs (PISA, PIRLS, TIMSS).
Base words:
intelligence, intellectual, mental ability, research.
INTRODUCTION (KIRISH)
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi
”O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi
farmonida 2017 – 2021-yillarda mamlakatimiz taraqqiyotini yanada jadallashtirishga doir ustuvor
vazifalar belgilab berildi. Harakatlar Strategiyasidagi beshta ustuvor yo'nalishdan to'rtinchisi
ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta'minlash, bandlik, salomatlikni
muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta'lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham
o‘rin olgan. Farmonga binoan ta'lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks
chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta'limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali
ta'lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital
ta'mirlash,
ularni
zamonaviy
o'quv-laboratoriya
uskunalari,
axborot-kommunikasiya
texnologiyalari va o‘quv-metodik qo'llanmalar bilan to‘liq ta'minlash kabi qator masalalar amalga
oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumta'lim muassasalarida fanlarni o‘qitishning zamonaviy
metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish asosida ta'lim-tarbiya sifati tubdan
takomillashtirilmoqda bu yo‘nalish nihoyatda keng qamrovli bo‘lib, uzviylik, uzluksizlik hamda
kompetensiyaviy yondashuvlar asosida umumiy o'rta ta'limning yangi davlat ta'lim standartlari
(DTS) va variantiv o‘quv rejalar amaliyotga joriy etiladi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
267
Intellektual qobiliyat muammosi qadim zamonlardan buyon mashhur olimlarning tadqiqot
obyekti bo'lib kelgan va hozirgi kunda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Aqliy qobiliyatlarni
o'rganishning ilk ilmiy asosini uni o'lchash, tekshirish bo'yicha yaratilgan testlar tashkil etadi.
Ma’lumki, aqliy qobiliyat, tafakkurni aniqlash va o'lchashning asosiy quroli psixologik testlar
hisoblanadi. Ana shunday testlarning yaratilish tarixi bir necha asrlarga ega. Eramizdan avvalgi
qadimgi Vavilonda Mirza va kotiblar tayyorlanadigan maktab bitiruvchilarida tadqiqotlar
o'tkazilgan. Yaxshi tayyorlangan Mirza o'sha davrning eng eotiborli, taniqli kishisi hisoblangan.
Bu esa o'sha davr bilimlarini egallash darajasi bilan belgilangan. Ular to'rt arifmetik amalni bilishi,
ko'rish maydonining keng bo'lishi, mavjud narsani taqsimlay olishi, ashula aytish, biror musiqa
asbobini chalish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim bo'lardi. Bulardan tashqari ularning turli xil
materiallar, metallar, o'simliklar va shu kabilarni farqlay olish qobiliyatlari sinab ko'rilgan.
Qadimgi Misrda kohinlik sanoatiga bir qancha belgilangan sinovlarga dosh bergan
kishigina o'rgatilgan. Malum bo'lishicha avvalo, nomzod suhbatdan o'tgan. Undan tashqari tashqi
qiyofasi, suhbat qilish qobiliyati baholangan. Undan so'ng mehnat qilish ko'nikmasi, eshitish va
jim turish, olov va suvdan sakrash, yakka holda har qanday qiyinchilik va qo'rquvdan holi bo'lishi
kabilar tekshirilgan.
XX asr boshlarida "psixologiya talimi" jurnalida AQShning yirik psixologlari tomonidan
test mavzusida uyushtirilgan bahs munozaralar bosilib chiqdi. Tadqiqotchilardan intellektni
tushuntirish va uni tadqiq qilishning eng yaxshi yo'li so'ralganda, garchi ularning intellekt haqidagi
tushunchalari bir - birlarini inkor qilarli darajada bo'lsada, deyarli barcha olimlar test tadqiqotlarini
eng maqbul, eng omilkor usul deb baholadilar. Jumladan, L.Termen "intellekt mavhum tafakkurga
nisbatan qobiliyatlilikdir", E.Torndayk "intellekt bilimlarning o'zaro mutanosibligi va ularning
atrof muhitga moslashishdagi ko'magi ekanligi", X.Vudris "intellekt bilimlarni o'zlashtirishga
nisbatan qobiliyat ko'rinishi" deb takidlaydilar.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
268
Jahonda talim sifati va darajasini aniqlab beruvchi PISA, PIRLS, TIMSS kabi bir qator
xalqaro dasturlar mavjud bo'lib, ular rivojlangan davlatlardagi talim sifatini yanada oshirish
mezoni sifatida keng qo'llanib kelinmoqda.
PISA – o'quvchilarning talim sohasidagi yutuqlarini baholash bo'yicha xalqaro dastur
bo'lib, undagi test jahonning rivojlangan davlatlaridagi maktab o'quvchilarining bilimi va ularni
amaliѐtda qo'llay olish mahoratini baholaydi. Dasturning asosiy maqsadi – 15 yoshli o'quvchilar
talim muassasasida olaѐtgan bilim va tajribalaridan ijtimoiy munosabatlarda va inson faoliyatida
uchraydigan turli xil hayotiy vazifalarni echishda qanchalik foydalana olish qobiliyatini
baholashdir. Ushbu sinov har uch yilda bir marotaba o'tkaziladi. Testda faqat 15 ѐshli o'smirlar
ishtirok etadi. Maktabdagi talim sifatini monitoring qilishga qaratilgan PISA dasturi asosan uch
yo'nalishda: o'qish, matematika va aniq fanlar savodxonligi bo'yicha olib boriladi. PISA dasturi
davlatlarning talim sohasidagi siѐsatiga sezilarli darajada tasir o'tkazadi. Har bir davlat o'tkazilgan
tadqiqot natijalari asosida o'zining talim sohasidagi kuchli va kuchsiz tomonlarini xolisona
aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqeini ko'radi hamda talim muassasalarida o'quv jaraѐnini
takomillashtirishda o'z yo'nalishlari va strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS – matnni o'qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot bo'lib, unda 50
dan ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli talim
tizimiga ega davlatlar boshlang'ich maktab o'quvchilarining matnni o'qish va qabul qilish bo'yicha
tayѐrgarligi hamda o'quvchilarning har xil yutuqlarga erishishiga sabab bo'luvchi talim tizimidagi
o'ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
TIMSS, yani maktabda matematika va aniq fanlar sifatini tadqiq qiluvchi xalqaro
monitoring ham jahon mamlakatlari talim tizimida keng tatbiq etilmoqda. TIMSS dasturi talim
sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assosiasiyasi IEA (International Association for the
Evaluation of Educational Achievements) tomonidan tashkil etilgan bo'lib, ushbu tadqiqot 4 - va
8-sinf o'quvchilari orasida matematika va ijtimoiy fanlar bo'yicha talimning sifati, darajasi,
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
269
ularning fanga bo'lgan munosabati, qiziqishini aniqlaydi. Har 4 yilda bir marotaba o'tkaziladi.
Ushbu tadqiqot PIRLS tadqiqotiga o'xshab, o'quvchilar, maktab mamuriyati va o'qituvchilari
orasida qo'shimcha so'rovnomalar o'tkazadi va fan sohasida to'sqinlik qilaѐtgan asosiy omillarni
aniqlaydi. Bu esa o'sha mamlakatda ishlab chiqilgan talim standartlarini va talim samaradorligini
boshqa davlatlar bilan solishtirib ko'rish imkonini beradi.
Boshlang`ich ta`lim– umumiy o`rta ta`limning dastlabki bosqichi. O`zbekiston
Respublikasida Boshlang`ich ta`lim 1 – 4 – sinflarni qamrab oladi va ta`lim oluvchilarga ta`lim
berish, ma`naviy va jismoniy tarbiyalash, tafakkurini o`stirishning dastlabki bosqichi hisoblanadi.
Zamonaviy boshlang`ich talim jarayonida o‘quvchilarni rivojlantiruvchi xarakterga ega bo`lgan
ta`im tizimiga xalqaro baholash tizimi joriy qilinmoqda. AQSHning xalqaro ta’lim tashkiloti
tomonidan EGRA o‘qish va EGMA matematik savodxonlik o‘qitishda tizimli bo‘shliqlarni
tashxislash, maqbul yechimlarni o‘qish va savodxonlik ko‘nikmalari ilmiy asoslangan modellar
asosida hisoblanadi. Bugun respublikamizning 12 viloyatida tajriba sinov 7 tilda 1400 nafardan 2-
sinf, 1400 nafardan 4- sinf o‘quvchilari qamrab olingan. Test o‘tkazishda 5 nafardan o‘qituvchilar
guruhi tashkil etilgan bo‘lib o‘quvchilarda amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Maktab yoshidagi o‘quvchilarda o`z yosh xususiyatlari va tafakkur hamda ruhiy taraqqiyot
darajalari o`zlashtirish imkonini beradigan ta`limiy faoliyatga kirishadilar. Qaysiki, bu
o‘quvchilarda o`qish hamda o`rganishga qaratilgan faoliyatning shakllanishida, har bir o`quv
predmeti bo`yicha nazariy bilimlarni egallash jarayonida ularning ongi va tafakkuri jadal tarzda
rivojlanadi. Bu ong va tafakkur o`z xarakteriga ko`ra nazariy hamda ilmiy tushunchalarni
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
270
o`zlashtirish natijasida vujudga kelgan ong va tafakkur bo`lib, bolaning jadal tarzda taraqqiy
etishini, dunyoqarashining rivojlanishini ta’minlaydi. Boshlang`ich ta`lim jarayonida ta`lim
tarbiya tizimida umumiy o`rta ta`limning dastlabki bosqichi sifatida namoyon bo`lsada uning
asosiy maqsadi o‘quvchilarda elementar tarzdagi o`qish, yozish, hisoblash ko`nikmalarini hosil
qilishdan hamda ob`yektiv olam haqidagi tasavvurlarni oshirishdan iborat edi. Ko`rinib turibdiki,
amaldagi boshlang`ich ta`lim maktablarda nazariyaga moslashib qolgan bo‘lib o‘quvchilarga
milliy axloq va nafosat me`yorlarini singdirish vazifasi bu tizimdan tashqarida qolgan edi. Uzoq
yillar davomida Boshlang`ich ta`lim to`liqsiz o`rta ta`limning, gohida esa o`rta ta`limning tarkibiy
qismi bo`lib keldi. Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyevning takidlaganlaridek nazariyadan
amaliyotga spiralsimon tamoyil asosida ya’ni oddiydan murakkabga qarab borilishi davr talabi
ekanligini his etdik. Bugungacha yaratilgan darsliklar boshlang’ich sinf o‘quvchilariga og’irlik
qilganligini hammamiz tushunib turibmiz. Ayniqsa ona tili, matematika fanlaridagi mavzularning
murakkabligi ko‘proq amaliyot emas nazariyaning berilishi o‘quvchilarda har xil muammolarni
keltirib chiqarganligi o‘quv predmetlarining mazmuni ham konseptual asoslarga tayangan holda
yangilanishi kerakligini his etdik va Milliy dasturni yaratish lozimligi, darsliklarda o‘z aksini
topishuqtirib o‘tildi. Demak, quyidagi xususiyatlarga e’tibor qaratish lozim.
1. Boshlang’ich ta’lim o`quvchilariga xos o`qish, o`rganish ko`nikmalarini shakllantirish;
2. Boshlang`ich sinf o`quvchilarida yuqori darajada shakllangan bilish jarayoniga, bilish
faoliyatiga intilishni kuchaytirish;
Bilish faoliyatiga bo`lgan ongli intilish shakllangandagina ta`lim muvoffaqiyatli bo`ladi. Agar
boshlang`ich ta`lim jarayoni o`quvchida bilishga bo`lgan ishtiyoqni shakllantira olmas ekan,
yuqori sinflarga borgan sari uning bilishga bo`lgan intilishi susayadi. Bu esa, o`z navbatida,
boshlang`ich sinf bitiruvchilarining ko`nikma va malakalariga ham salbiy ta`sir ko`rsatadi.
Zamonaviy boshlang`ich ta`limni rivojlantirish uchun istiqbolli, ustuvor yo`nalishlardan
biri, bu shaxsning umuminsoniy va milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash asosida rivojlantirishdan
iboratdir, yani, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yo`naltirilgan ta`lim jarayonidir.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
271
Bugungi kunda o`zida ta`lim tarbiya elementlarini mujassamlashtirgan boshlang`ich ta’lim
jarayonini tashkil etish dolzarb vazifalardan biridir.Boshlang`ich ta`limning asosiy maqsadi:
o`quvchilarga o`qish,yozish va hisoblashga o`rgatish, tevarak-atrof va tabiat bilan tanishtirish,
ijodiy va mantiqiy,tanqidiy fikrlash xislatlarini, nutq va xulq-atvor madaniyatini, shaxsiy gigiyena
va sog`lom turmush tarzi asoslarini shakllantirish hamda shaxsiy imkoniyatlarini ro`yobga
chiqarishdan iborat. Boshlang`ich ta`limning asosiy vazifalari: har bir o`quv fanidan
kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan davlat ta`lim standartida belgilangan bilim, ko`nikma
va malakalarga ega bo`lishlarini ta`minlash; har bir o`quv fanidan kompetensiyaviy yondashuvga
asoslangan o`quv dasturida belgilangan bilim, ko`nikma va malakalarga ega bo`lishlariga sharoit
yaratish; iqtidorli o`quvchilarning intellektual potensiallarini muntazam oshirib borishlariga
sharoit yaratish va traektoriyasini kengaytirish; kreativ va mantiqiy ,tanqidiy tafakkur qila olish
salohiyatini, aqliy rivojlanishin, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o`z-o`zini
anglash salohiyatini shakllantirish; jismonan sog`lom bo`lishga, moddiy borliq go`zalliklarini his
eta olishga, go`zallik va nafosatdan zavqlana olishga, milliy urf-odatlarni o`zida singdirishga va
ardoqlashga, ularga rioya qilishga o`rgatishdan iborat.
Bugungi kunda boshlang`ich ta`limning sifat va samaradorligini yanada takomillashtirish
talab etilayotgan bir davrda xalqaro baholash tizimining joriy etilishi davr talabidur.. Shunga ko`ra,
boshlang`ich ta`limga bir qator vazifalar qo`yilmoqda. Bular:
- boshlang`ich sinf o`quvchilarida o`qish, o`rganish, o`zlashtirgan bilimlarni qo`llash istagi va
ko`nikmalarini shakllantirish;
- boshlang`ich sinf o`quvchilarida yuqori darajada shakllangan bilish jarayoniga, bilish faoliyatiga
intilishni takomillashtirish;
Boshlang`ich ta`lim jarayonini rivojlantirishda o`qituvchining kasbiy kompetentligi va bilim
darajasi asosiy vazifa sanaladi.
Boshlang`ich ta`limning Konsepsiyasi boshlang`ich sinflarda ta`lim-tarbiya jarayonini
tashkil etish, uning sifati va samaradorligini ta`minlashning ilmiy asoslangan g`oyalar asosida
amalga oshirilishiga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Konsepsiyada ilgari surilgan boshlang`ich
ta`limni rivojlantirishning nazariy amaliy g`oyalari pedagogika fanining yutuqlariga tayangan
holda belgilab berilgan. Mazkur Konsepsiyada belgilangan vazifalarni ado etish, aniqlangan
maqsadlardan kutilgan natijalarni olish, ko`rsatib o`tilgan tajribalarni o`zlashtirish, ilmiy
asoslangan g`oyalarni ta`lim jarayonida tatbiq etish bugungi kun o`qituvchisidan yuksak mahorat
va mas`uliyatni talab etadi. Zero, yurtboshimiz ta`kidlaganlaridek, ”Zamonaviy o`qituvchi –
kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalarning muallifi,
ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ`ibotchisidir”
REFERENCES
1.
Azizxo'jaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat (o'quv qo'llanma). – T.:
O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2006-y. – 160 b. 66-
bet.
2.
9. Bikbaeva N.U va boshqalar "boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasi "-
Toshkent.: O'qituvchi, 2007, 208 bet.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
272
3.
Golubeva E.A "inson aqlining individual xususiyatlari" (psixologik izlanish) Moskva 1980
- yil.
4.
Mavlonova, O.To‘rayeva, K.Xoliqberdiyev Pedagogika. Darslik. 2016.
5.
Sh.Po'latov . "Ilg'or tajribalar va innovasiyalar" moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua.
Toshkent -2018
6.
Assessing Reading, Mathematics and Scientific Literacy: A framework for PISA 2009.
OECD, 2009
7.
OECD (2013), PISA 2012 Assessment and Analytical Framework: Mathematics, Reading,
Science, Problem Solving and Financial Literacy, OECD Publishing.
