Authors

  • Lobar Isayeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.18469

Keywords:

primary education school adaptation intelligence psychological readiness for school educational motives cognitive processes individual - psychological peculiarities of preschool children.

Abstract

This article will reveal information regarding the coverage of some psychological aspects of school adaptation of children of primary education age.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

273

BOSHLANG’ICH TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNI MAKTABGA

MOSLASHUVINING AYRIM PSIXOLOGIK JIHATLARI

Isayeva Lobar Baxtiyorovna

Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar instituti Psixologiya (faoliyat turlari bo’yicha)

magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7784866

Annotatsiya. Ushbu maqolada boshlang‘ich ta’lim yoshidagi bolalarni maktabga

moslashuvining ayrim psixologik jihatlarini yoritishga oid ma’lumotlar ochib beriladi.

Kalit so‘zlar: boshlang‘ich ta’lim, maktabga moslashuv, intellekt, maktabga psixologik

tayyorlik, o‘quv motivlari, bilish jarayonlari, maktabgacha yoshdagi bolalarning individual -
psixologik hususiyatlari.

НЕКОТОРЫЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ ШКОЛЬНОЙ

АДАПТАЦИИ ДЕТЕЙ МЛАДШЕГО ОБРАЗОВАТЕЛЬНОГО ВОЗРАСТА

Аннотация. В данной статье раскрывается информация, касающаяся освещения

отдельных психологических аспектов школьной адаптации детей младшего
образовательного возраста.

Ключевые слова: начальное образование, адаптация к школе, Интеллект,

психологическая готовность к школе, учебные мотивы, познавательные процессы,
индивидуально - психологические особенности дошкольников.

SOME PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF SCHOOL ADAPTATION OF

CHILDREN OF PRIMARY EDUCATIONAL AGE

Abstract.

This article will reveal information regarding the coverage of some psychological

aspects of school adaptation of children of primary education age.

Keywords: primary education, school adaptation, intelligence, psychological readiness for

school, educational motives, cognitive processes, individual - psychological peculiarities of
preschool children.

Mavzuning dolzarbligi:

O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ta’lim

tizimida o‘ziga xos o‘zgarishlar paydo bo‘layaptiki, unda har bir shaxsning ma’naviy, madaniy
va intellektual salohiyatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Ayni paytda, Ta’lim to‘g‘risidagi Qonunning sifat bosqichiga o‘tishi jarayoni

O‘zbekistondagi ta’lim tizimi istikbollari uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu
dolzarblikdan kelib chiqib aytish mumkinki, O‘zbekistonda ta’lim olayotgan yoshlarning
intellektual salohiyatiga Respublika Prezidenti tomonidan jiddiy e’tibor berilmoqda.

Kichik yoshdagi bolalarning maktabga moslashish muammosi psixologlar tamonidan har

tomonlama tadqiq qilinishiga qaramay, unga har xil pozisiyadan turib" yondashilgan, turli
aspektlarda yoritilgan. Shuning uchun bu to‘g‘rida umumiy nuqtai nazar, umumiy mezon
yuzasidan mulohaza yuritish mumkin emas. Shuningdek, maktabga moslashish komponentlari
bo‘yicha ham xuddi shu fikrlarni bildirish o‘rinlidir.

Maktabga qabul qilinadigan bola o‘z hayotining eng muhim davriga, ya’ni, maktab

tomonidan qo‘yiladigan turli-tuman talablarni bajarishga, ta’lim olishga ham jismoniy, ham
psixologik jihatdan tayyor bo‘lishi lozim. Negaki, jismonan sog‘lom bola maktabga tavsiya etilar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

274

ekan, u aqliy saviyasi bilan his-tuyg‘ulari va ijtimoiy onglilik darajasi bilan ma’lum talablarga
javob berishi kerak.

Aqliy yetuklik sohasida diqqat qilinishi zarur bo‘lgan bilish jarayonlari va tashqi muhitni

nechog‘lik to‘liq va to‘g‘ri aks yettira olishni aniqlash muhimdir. Tarkiban bu hislatlar bolaning
idroki, ixtiyoriy diqqati, voqea va hodisalarni tahlil qila olishi, sabab va oqibat tasavvurlarining
shakllanganligi, mantiqiy tafakkur hislatlari, mantiqiy xotira, maqsadli faoliyatni izchil bajara
olishi, yangilikka intilish, unga qaratilgan murojaatni qabul qila olish, sodda maqolaning
mazmunini tushuna olish, barmoqlarining nozik harakatlari va ko‘z - harakat mutanosibligi kabi
ko‘pgina ko‘rinishlarni o‘z ichiga oladi.

Maktabga yetuklikning his-tuyg‘ular sohasi bolaning xulq-atvorida, ruhiyatida turg‘unlik,

hissiy muhimlik va maktabda o‘qish motivlarining hissiy jozibadorligi va bolani qamrab olgan
havaslari bilan xarakterlanadi.

Jismoniy yetuklik;
- katta miya yarim sharlarining peshona qismining morfologik yetilganligi,
-bolaning og‘irligi bo‘yiga mos kelishi,
-umurtqa pog‘onalarining rivojlanganligi,
- muskullari va mayda matorikasi rivojlanganligi,
- sezgi a’zolari rivojlanganligi,
- ishtaha va uyquning maromdaligi,
-o‘pkasining xajmi mutanosibligi,
-bolaning suyaklari ( ko‘krak qafasi , tos, qo‘l suyaklari),
-miya po‘stining analitik–sintetik faoliyati takomillashgani,
-qo‘zg‘alish va tormozlanish o‘rtasidagi muvofiqlik.
Ijtimoiy yetuklik deb - bolaning maktabda o‘z tengqurlari bilan uchrashish, ular bilan birga

bo‘lishga intilish, o‘quvchilarga o‘xshab maktab tartibiga kirish yoki itoat yetish, o‘z zimmasiga
maktab o‘quvchisi bajaradigan vazifalarni olishga intilish, o‘quvchi bo‘lib maktabga qatnashni,
dars qilishni, o‘z qalam daftarlariga ega bo‘lishni orzu qilish kabi hislatlar tushuniladi.

Maktabga psixologik tayyorlik bolaning ilk o‘quv motivlarining shakllanganligi, bilish

jarayonlarining (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol) yetarli darajada rivojlanganligi, yangi
ijtimoiy muhitga moslashuv va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarining mavjudligi, ma’naviy-ruhiy
salohiyat, shuningdek, aqliy imkoniyatlarning ta’lim talablariga mutanosibligi bilan izohlanadi.

Maktabga kelgunga qadar, maktabgacha yoshdagi bolalarning individual - psixologik

xususiyatlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, ushbu yoshda asosiy faoliyat turi o‘yin hisoblanadi. Shu
sababli olti yoshli bolalar bilan ishlashda psixologik - pedagogik tashxisning asosiy sharti: «Bolani
imtihon qilish emas, u bilan o‘ynash kerak!»;

Topshiriqlarni erkin bajarishi uchun tabiiy sharoit yaratish lozim. Tashxis jarayonida ota-

onaning ishtirok etishi, ayrim topshiriqlarni ular yordamida bolaga bajartirish ham ana shu tabiiy
muhitni sodir etadi.

Bolaning maktabga moslashuvi asosan 4 xaftadan 7 haftagacha davom etadi. Bolalarda

moslashuv jarayoni ikki xil ko‘rinishda namoyon bo‘lishi mumkin.

-ba’zilar juda xam sho‘x, ko‘p qichqiradilar, dars jarayonida ko‘p chalg‘iydilar, ko‘pincha

o‘qituvchilarga bo‘ysunmaydilar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

275

-boshqalari esa aksincha, tortinchoq, ichki dunyosiga yo‘nalgan, ko‘zga tashlanmaslikka

xarakat qiladi, o‘qituvchi unga murojat qilganda tortinadi. Arzimagan muvafaqqiyatsizlik va
tanbex uchun yig‘laydilar. Ba’zi bolalarda uyqu, ishtaxa buziladi, juda qaysar bo‘lib qoladilar.
Birdaniga juda kichkina bolalarga mo‘ljallangan o‘yinlarga, o‘yinchoqlarga kitobchalarga qiziqish
ortadi, kasallikka ko‘p chalinadi. Ushbu buzilishlarning barchasini odatda funksional ortda qolish
deyiladi. Bularning hammasi bola psixikasiga ortiqcha og‘irlik kelib tushganidan kelib chiqadi.

Moslashuv jarayoni ayniqsa 3 yillik boshlang‘ich ta’lim dasturi asosida ta’lim oladigan

o‘qituvchilarda og‘irroq kechadi, c

hunki ular intensiv ravishda kechadigan o‘quv jarayoniga kirishlari zarur.Bolaning

maktabga moslashuvida umumta’lim maktabi amaliyotchi psixologning faoliyatida ikki xil
yo‘nalishda ish olib borish lozim.

Birinchi yo‘nalishda amaliyotchi psixolog faol bo‘lishi, o‘quvchilarga tez va yaxshi

maktabga moslashuvida yordam berishi kerak, o‘qituvchiga esa xar bir bolaga alohida individual
psixologik yondoshuv metodlari orqali ularga yordam berishi kerak. Bunda psixolog alohida
e’tiborni funksional ortda qolish uyquning buzilishi, nevrotik xolatlar belgilari mavjud bolalarga
qaratishi maqsadga muvofiq.

Ikkinchi yo‘nalishda psixolog shu vaqtda sinfni kuzatib har bir bolaning psixik tarraqiyoti

haqidagi ma’lumotlarni yig‘ishga sarflashi va faqatgina qaltis vaziyatlardagina aralashuvi zarur,
albatta har bir kuzatilgan holat bo‘yicha o‘qituvchi va ota-onani xabardor qilishi zarur.

Shuningdek, bu yoshda bola bilan birga ota-ona bolaning kun tartibiga e’tiborli bo‘lishi,

darslarni birga bajarishi, “Darsingni tayyorladingmi?, deb emas, balki kel birga tayyorlaymiz
mazmunida bola bilan do‘stona psixologik yaqinlik munosabatlarini shakllantirsa, u albatta shaxs
bo‘lib rivojlanishiga ishonch bildirish mumkin.


REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti
va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. - 48 b.

2.

Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon
bo‘ladi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. – 400 b.

3.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir
rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. -
104 b.

4.

Avezov O.R. Mutaxassislikka kirish. Darslik. B.2021 y. 243 b.

5.

Avezov O.R. va boshq. Psixologiya nazariyasi va tarixi. T: «O‘zbekiston faylasuflari
jamiyati» nashriyoti, 2019 y. 501 b.

6.

Avezov O.R. va boshq. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. – B. «Buxoro viloyat
bosmaxonasi MCHJ nashriyoti», 2019. 494 b.

7.

Gʻoziyev E.Gʻ. O‘quvchilarning umumlashtirish usullariga o‘rgatish va ularning aqliy
taraqqiyoti. T., “O‘qituvchi” 1983 y.

8.

Gʻoziyev E.Gʻ. Aqliy kamolotingizni aniqlay olasizmi? “Universitet” 1996 y. T.,
Universitet” 1996 y.

References

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustivorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. - 48 b.

Mirziyoyev Sh.M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi farovon bo‘ladi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2019. – 400 b.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: «O‘zbekiston», 2017. -104 b.

Avezov O.R. Mutaxassislikka kirish. Darslik. B.2021 y. 243 b.

Avezov O.R. va boshq. Psixologiya nazariyasi va tarixi. T: «O‘zbekiston faylasuflari jamiyati» nashriyoti, 2019 y. 501 b.

Avezov O.R. va boshq. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. – B. «Buxoro viloyat bosmaxonasi MCHJ nashriyoti», 2019. 494 b.

Gʻoziyev E.Gʻ. O‘quvchilarning umumlashtirish usullariga o‘rgatish va ularning aqliy taraqqiyoti. T., “O‘qituvchi” 1983 y.

Gʻoziyev E.Gʻ. Aqliy kamolotingizni aniqlay olasizmi? “Universitet” 1996 y. T., Universitet” 1996 y.