UZBEKISTAN IS MY HOMELAND, THE PLACE OF HAPPINESS AND LUCK

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Qodirova, M. (2023). UZBEKISTAN IS MY HOMELAND, THE PLACE OF HAPPINESS AND LUCK. Modern Science and Research, 2(3), 289–292. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18512
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This lesson is about an hour-long exercise and how to conduct it using modern methods.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

289

O`ZBEKISTON MENING VATANIM, BAXT-U IQBOLIM MAKONI

Qodirova Mukarramxon Ikromjonovna

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani 9 - sonli umumiy o‘rta ta‘lim maktabining

o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7788910

Annotatsiya. Mazkur dars ishlanmada bir soatlik olib boriladigan mashg’ulot va uni

zamonaviy usullar bilan o’tkazish haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

mustaqillik bayrami, Vatanga hurmat, o`zlikni anglash, erk va vatanparvarlik.

УЗБЕКИСТАН – МОЯ РОДИНА, МЕСТО СЧАСТЬЯ И УДАЧИ

Abstract. Этот урок посвящен часовому упражнению и тому, как его проводить с

использованием современных методов.

Ключевые слова: праздник независимости, уважение к Родине, самосознание,

свобода и патриотизм.

UZBEKISTAN IS MY HOMELAND, THE PLACE OF HAPPINESS AND LUCK

Abstract. This lesson is about an hour-long exercise and how to conduct it using modern

methods.

Key words: independence holiday, respect for the Motherland, self-awareness, freedom and

patriotism.


Mavzu:

"O`zbekiston mening Vatanim, baxt-u iqbolim makoni"

"Mustaqillik darslari"ni o`tish bo`yicha 1 soatlik dars ishlanma.

Darsning maqsadi:
Ta'limiy maqsad:

o`quvchilarga mustaqillik bayrami va uning mazmun mohiyatiga oid

bilimlar berish.

Tarbiyaviy maqsad:

Yosh avlod qalbida vatanparvarlik tuyg`ularini o`stirish. Mustaqillik,

erkinlik, O`zbekiston muqaddas makon, Vatanga hurmat, qadriyatlarni ulug`lash, o`zlikni anglash
tuyg’ularini shakllantirish.

Rivojlantiruvchi ta'lim:

O`quvchilarni mustaqillik, erk va vatanparvarlik haqidagi

dunyoqarashlarini o`stirish.

Darsning turi:

Aralash.

Darsning usuli:

Aqliy hujum, savol javob, guruhlarda ishlash.

Darsning jihozi:
Didaktik jihoz:

Vatanimiz tarixiga oid rangli suratlar, alloma va buyuk shaxslar portretlari,

"Vatan tuyg’usi" darsligi, Islom Karimovning "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch" kitobi,
tarqatma materiallar, slaydlar.

Texnik jihoz:

Diaproektor, ekran. "Vatan tuyg’usi", "Milliy istiqlol g`oyasi va

ma'naviyat asoslari" fanlaridan tayyorlangan proeksion materiallardan mavzuga oid
bo`lganlaridan foydalanish.

Darsning texnik chizma:
Tashkiliy qism 5 daqiqa
O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar 10 daqiqa
O`quvchilarning fikrlarini umumlashtirish

15 daqiqa

O`quvchilarni rag`batlantirish 5 daqiqa


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

290

Uyga vazifa

5 daqiqa

Qo`shimcha vaqt 5 daqiqa
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism:
2. O`quvchilarni faollashtirish uchun savollar.
1-savol. Ushbu rasmlardan foydalanib, mustaqillik so`ziga izoh berishga harakat qiling (1-

rasm, O`zbekistonda ishlab chiqilgan mahsulotlar, maktab va kollej o`quvchilari, ekin
maydonlari, tarixiy obidalar, bayram tantanalarining rasmi)

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha

xulosa qiladi.

Mustaqillik - bizga nafaqat iqtisodiy imkoniyatlar, balki ma'naviy tiklanish imkoniyatini

ham berdi. Biz mustaqil davlat sifatida o`zimizning ichki va tashqi siyosatimizni belgilab oldik.
Mustaqillik tufayli unutilayotgan qadriyatlarimiz tiklandi, sayqal topdi.

Mustaqillik bu eng avvalo huquqdir. Ya'ni ushbu so`zning zamirida katta va ulug` huquqga

ega bo`lish degan tushuncha mujassam.

2-savol. "Shu aziz Vatan - barchamizniki" deganda nimani tushunasiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha

xulosa qiladi.

Biz mehr va muhabbatni, sadoqat va fidoiylikni munis onalarimizdan, bebaho

Vatanimizdan olamiz.

Shu aziz Vatan - barchamizniki. Uning baxtu saodati, yorug` istiqboli, farovon kelajagi

uchun yashash, kurashish, kerak bo`lsa, jonini fido qilish shu muqaddas zaminda yashayotgan har
bir inson uchun baxtdir.

3-savol. Nima uchun "Tinchlik uchun kurashmoq kerak" deyiladi? Hech o`ylab

ko`rganmisiz?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha

xulosa qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

291

Biz uchun, yurtimiz uchun tinchlik va osoyishtalik hamma narsadan qadrli, tinchlik uchun

kurashish, bu hayotni o`zimiz himoya qilishimiz kerak. Himoya degani - avvalo, ogoh bo`lish
degani. Hushyorlik ogoh bo`lib yashash - bu kundalik yoki bir oylik mavsumiy masala emas, balki,
kundalik ish, kundalik harakat bo`lishi lozim.

Tinchlik, barqarorlik, hamkorlik - O`zbekiston davlatining uchta ustunidir.
4-savol. Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar kim uchun

qilinayapti?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha

xulosa qiladi.

Jamiyatning haqiqiy boyligi - bu inson, inson avlodidir. Jamiyatda har qanday yangilanish,

har qanday o`zgarish avvalo inson uchun, uning qayotini farovon etish uchun amalga
oshirilmoqda.

Inson manfaatlari ustuvorligini ta'minlash - barcha islohot va o`zgarishlarning bosh

maqsadidir.

Islohot islohot uchun emas, eng avvalo inson manfatlarini ta'minlash uchundir. Davlat

manfaati emas, avvalo, inson, uning hayoti, huquq va erkinligi eng yuksak qadriyat va boylikdir.

5-savol: Davlatimiz tomonidan yoshlar uchun qanday imkoniyatlar yaratilmoqda? Siz

yashayotgan manzilda yoshlarning o`z iqtidorlarini namoyon qilishlari uchun qanday sharoitlar
mavjud? Siz undan qanday foydalanmoqdasiz?

O`qituvchi o`quvchilarning javoblarini birma-bir umumlashtirib boradi.
6-savol. Biz kimmiz, qanday buyuk zotlarning avlodimiz?
O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha

xulosa qiladi. Har qaysi inson o`zicha takrorlanmas bir dunyodir. Inson hayoti abadiy emas, lekin
xotira mangu, xotira boqiy.

Ne-ne bahodirlarning yelkasini yerga tekkizgan afsonaviy Alpomish, zabardast Farhod

haqidagi rivoyatu dostonlar shunchaki afsona emas, xalq ruhining, xalq mardligining timsolidir.

Bizning qonimizda ming yillik Sharq tafakkurining bedor ruhi gupurlab turibdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 3 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

292

Biz Beruniylarga, Amir Temur, Mirzo Uluqbek, Mirzo Boburlarga vorismiz.
Inson o`z taqdirini asragan taqdirdagina tabiatni, qayot davomiyligin asragan bo`ladi.
7-savol. "Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni yoshlarimizga bog`liq" deganda nima nazarda

tutiladi?

O`quvchilarning javoblarini o`qituvchi umumlashtiradi va ushbu savolga quyidagicha

xulosa qiladi.

Yoshlarning ma'naviy uyg`oqligi millatni g`aflatdan asraydigan asosiy omillardan biridir.
O`qituvchi butun bir dars davomida o`quvchilarning savollarga bergan javoblarini

umumlashtirib darsga xulosa yasaydi:

Vatanga bo`lgan mehru muhabbat har qanday muammoni yechishga, har qanday yovuz

kuchni yengishga qodir.

Tomirida milliy g`urur, Vatan ishqi jo`sh urmagan odamdan jasorat kutib bo`lmaydi.
Aziz o`quvchilar! O`z aqli zakovatingiz, bilim va tafakkuringiz, kuch-g`ayratingizga,

tog`dek tayanchingiz Vataningizga suyanib, marrani katta oling. Marrani doimo baland olib
yashang, ertangi kun bizniki, sizdek shijoatli yoshlarimizniki!

Shuni unutmangki, kelgusida erishadigan har bir g`alabangiz-yurtmiz g`alabasi O`zbekiston

g`alabasidir!

Dars davomida o`qituvchi javob bergan o`quvchilarni fikrlarini ochiqdan-ochiq tanqid

qilmagan holda, to`qri yo`naltirib, rag`batlantirib borishi shart.

Ushbu darslar oddiy ma'ruzavozlikdan iborat bo`lmasligi, berilayotgan topshiriqlarni

ko`proq amaliy tomonlariga e'tibor qaratilishi lozim.

Uyga vazifa sifatida sinflarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda "O`zbekiston

mening Vatanim, baxt-u iqbolim makoni" mavzusida erkin fikrlarini daftarlariga tushurib
kelishlarini berish, yoki yuqori sinf o`quvchilariga bugungi kundagi ta'lim sohasida olib
borilayotgan islohotlarning yoshlar hayotidagi o`rni haqida mustaqil ish yozishlarini taklif qilish
mumkin.


REFERENCES

1.

Karimov I.A. "Vatan va xalq mangu qoladi" Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston
milliy kutubxonasi nashriyoti. T.2010 yil

2.

Karimov I.A "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch " - T.: Ma'naviyat, 2008.

3.

"Mustaqillik darslari"ni o`tish bo`yicha 7-9-sinflar uchun 1 soatlik dars ishlanma.




References

Karimov I.A. "Vatan va xalq mangu qoladi" Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti. T.2010 yil

Karimov I.A "Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch " - T.: Ma'naviyat, 2008.

"Mustaqillik darslari"ni o`tish bo`yicha 7-9-sinflar uchun 1 soatlik dars ishlanma.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов