THE ROLE OF A FOREIGN LANGUAGE IN THE PROCESS OF PRESCHOOL EDUCATION.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
To’ychiyeva, M. (2023). THE ROLE OF A FOREIGN LANGUAGE IN THE PROCESS OF PRESCHOOL EDUCATION. Modern Science and Research, 2(4), 84–86. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/18937
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

At a time when the world is rapidly developing, the importance of learning a foreign language is emphasized. This article reflects on the popularity of foreign languages in our country and the importance and effectiveness of teaching a foreign language in the Republic of Uzbekistan starting from preschool education.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

84

MAKTABGACHA TA'LIM JARAYONIDA XORIJIY TILNING O'RNI.

To'ychiyeva Marjona Orif qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang'ich ta'limda

xorijiy til yo'nalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7811897

Annotatsiya.

Dunyo shiddat bilan taraqqiy etayotgan bir davrda chet tilini o'rganish

muhimligini taqazo etmoqda. Ushbu maqola Yurtimizda hozirgi kunda xorijiy tilni ommalashib
borayotganligi hamda O'zbekiston Respublikasida chet tilini maktabgacha ta'lim jarayonidan
boshlab o'rgatishning ahamiyati va samaradorliligi xususida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar:

Maktabgacha ta'limda chet tili, til o'rganishga bo'lgan talab, bolalar nutqi,

xotira rivojlanishi, bolalar psixologiyasi.

РОЛЬ ИНОСТРАННОГО ЯЗЫКА В ПРОЦЕССЕ ДОШКОЛЬНОГО

ОБРАЗОВАНИЯ.

Аннотация.

В то время, когда мир стремительно развивается, подчеркивается

важность изучения иностранного языка. В данной статье отражены популярность
иностранных языков в нашей стране и важность и эффективность обучения
иностранному языку в Республике Узбекистан начиная от дошкольного образования.

Ключевые слова:

иностранный язык в дошкольном образовании, потребность в

изучении языка, детская речь, развитие памяти, детская психология.

THE ROLE OF A FOREIGN LANGUAGE IN THE PROCESS OF PRESCHOOL

EDUCATION.

Abstract.

At a time when the world is rapidly developing, the importance of learning a

foreign language is emphasized. This article reflects on the popularity of foreign languages in our
country and the importance and effectiveness of teaching a foreign language in the Republic of
Uzbekistan starting from preschool education.

Key words:

foreign language in preschool education, demand for language learning,

children's speech, memory development, child psychology.

Kirish
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2021-yilning 19-

maydagi PQ-5117 son qaroriga muvofiq "O'zbekiston Respublikasida xorijiy tillarni o'rganishni
ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"
qonun qabul qilingan bo'lib,biz bundan yurtimizda til o'rganishga qaratilgan chuqur e'tiborni
ko'rishimiz mumkin. Prezidentimizning tashabbuslari bilan barcha ta'lim sohalariga ingliz tili keng
tarqalmoqda va hamma soha ichiga kirib kelmoqda. Chet tilini o'rganishga bo'lgan talabni ayni
damda dunyo adabiyotlarining to'qson foizi ingliz tilidaligini va bu til dunyo tili sifatida tan
olinganini hisobga oladigan bo'lsak, ingliz tili bugungi kunda nechog'lik zarur ekanligini tushunib
yetamiz

Hozirgi kunda til o'rganish zamon talabiga aylanib bormoqda. Shuning uchun bizning

yurtimizda til o'rgatishni maktabgacha ta'lim jarayonidan boshlash, bolalarda shu yoshidan
qiziqish uyg'otish va ularda ko'nikmani shakllantirib borish, poydevorni bog'chadan boshlash
yo'lga qo'yilgan bo'lib, bu davrda bolalar til o'rgana boshlash uchun qulay vaqtdir. Ularning bu
davrda faol, ijodkor hamda ma'naviy yetuk inson qilib yetishtirishning ilk qadamlaridan biri deya


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

85

olamiz. Shu sababdan til o'rgatishni shu davrdan boshlash maqsadga muvofiq deb topilgan.

M

aktabgacha ta'lim bolalarni kashf qilish davri. Chunki, bu yoshdagi bolalar xotira va nutq

jihatdan ajralib turadi. Bolaning yoshi qancha kichik bo'lsa, unda so'z boyligi hamda talaffuzga
bo'lgan ehtiyoj katta bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolaning psixikasida nutq funksiyalari uchun
mas'ul bo'lgan markazlar yetuk bo'lib, ona nutqini o'zlashtirish jarayoni yakunlanadi. Bolalarda
so'z boyligi sezilarli darajada oshadi. Bolalarda 3 yoshda o'rtacha 1500-2000ga yaqin,5 yoshga
kelib 2500-3000ga yaqin so'z boyligi rivojlanadi. Biroq bu raqamlar butunlay bolalar o'sadigan
muhitga bog'liq hisoblanadi. Shu sababli ularning nutqini to'g'ri shakllantira olishni yo'lga qo'yish
kerak. Komenskiyning fikricha,"Bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olish asosiga qurilgan
ta'limgina uyg'un bo'ladi".

Bolalarda o'tkazilgan tajribalarning ko'rsatishicha, kichik bog'cha yoshdagi bolalarga

nisbatan o'rta va katta yoshdagi bog'cha bolalarida ixtiyorsiz va mexanik ravishda esda olib qolish
hamda esga tushirish qobiliyati biroz susayadi. Ushbu davrdagi yoshda bolalar o'zlarining
faoliyatlari uchun qandaydir ahamiyatga ega bo'lgan,ularda kuchli taassurot qoldirgan va ularni
qiziqtirgan narsalarni beixtiyor eslarida olib qoladilar. Ammo,bundan bola ulg'aygani sari ularning
xotirasi kuchisizlanadi degan xulosa kelib chiqmaydi. Bu yerda gap shundaki,bolalar o'sib,turmush
tajribasi ortgan va nutqi o'sgan sari ular narsa va hodisalar surunkasiga, ya'ni to'g'ri kelganicha
emas, balki tanlab o'zlariga kerakligini esda olib qoladigan bo'la boshlaydilar. Shuning uchun til
o'rgatishni bog'cha yoshdagi bolalardan boshlash maqsadga muvofiq va ularda shu yoshidan ularda
sohada rivojlanish paydo bo'la boshlaydi. Fikrlash darajasi va ularda xotiraning ishlashi ham
yaxshilana boshlaydi.

Komenskiyning yana bir fikrida ta'kidlashicha:
• Bolaning aqli o'qitish uchun yetarli darajada tayyorlagan bo'lishi lozim.
• Hamma narsani sekin o'rgata boshlash lozim.
• Bolaning yoshiga to'g'ri kelmaydigan narsalarni unga majburan o'rgatmaslik lozim va

o'rganiladigan material ko'plik qilib, bolani qiynab qo'ymaslik kerak.

Dunyo olimlarining ta'kidlashicha, chet tilini o'rganish o'n (10) yoshgacha bo'lgan hollarda

oson kechishi haqida yakdil fikrga kelishgan. Bu davrda bola tushunib emas, balki mexanik tarzda
o'rganadi, shuning uchun xorijiy tilni qo'llash va talaffuz qilish oson kechadi.Ularda obrazli xotira
rivojlangan bo'lib, eshitgan narsalariga nisbatan ko'rgan narsalarni yaxshi eslab qoladilar. Buning
asosiy sababi:

• Birinchidan: bog'cha yoshdagi bolalarning idroklari konkret obrazli xarakterga ega
• kkinchidan: ularda hali nutq to'la-to'kis rivojlanmagan bo'ladi.
Bundan tashqari bog'cha yoshdagi 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda miyaning qabul qilish

hajmi kattalarga nisbatan 2 baravar tezroq amalga oshirishi isbotlangan. Maktabgacha yoshdagi
bolalarda chet tiliga nisbatan psixologik munosabatni yaratish kerak va bunday ijobiy
motivatsiyani yaratish usuli turli xil o'yinlar hisoblanadi. Chet til mashg'ulotlarini o'tkazishning
o'yin shakli til ko'nikmalarini va nutq qobiliyatlarini o'zlashtirish uchun qulay sharoit yaratadi.
O'yin faoliyatida bolalarning o'z imkoniyatlariga bo'lgan ishonch qobiliyati va chet tilida nutq
uchun tabiiy turtki berishga imkon beradi. Ularning til o'rganishi aqliy faoliyati va nutq
rivojlanishiga yordam beradi, shuningdek ularda keyinchalik bu ingliz tilni o'rganishda
qiyinchiliklarga duch kelmaydi, ya'ni bog'cha davrida o'rgangan narsalari ularda maktabda o'qish
davrida juda asqotadi. Bolalar uchun har tomonlama ularning xotirasi, nutqi kabilarning yaxshi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

86

rivojlanishida juda foyda beradi. Bizning yurtimizda shu sababli maktabgacha ta'lim jarayonidan
bolalarni shu ruhda tarbiyalash maqsadida xorijiy tilni boshlash yo'lga qo'yilgan va buning uchun
barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Olib borilayotgan ishlarning barchasi yosh avlodning
yetarli bilim va malakaga ega bo'lishi, ta'lim sohasini yurtimizda yuksaltirish borasida, albatta.

Xulosa
Xulosa qilib aytganda,maktabgacha yoshdagi bolalardan chet tilini o'rgatish ularning nutqini

rivojlanishida va mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishda sezilarli darajada o'z samarasini
beradi. Til o'rganish kelajakda har bir bola uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochishi va yaxshi
kadr sifatida rivojlanishi uchun o'z hissasini qo'sha oladi deb o'ylayman. Bu borada ilk qadamni
to'g'ri shakllantira olish ham muhim rol o'ynaydi. Shu sababli, bolalarning kichikligidan ta'lim
olishiga to'g'ri yo'naltira olishimiz, qiziqish uyg'otish kelgusidagi ta'limlari uchun dastabki
qadamni qo'yishimiz, ularning kelajakda jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishiga va yurtimizga nafi
tegadigan shaxs bo'lib rivojlanishidagi birinchi bosqich desak adashmagan bo'lamiz.


REFERENCES

1.

https://lex.uz/uz/docs/-5831978

2.

https://cyberleninka.ru/article/n/maktabgacha-talim-jarayonida-xorijiy-tillarni-o-
qitishning-zamonaviy-metodikalari

3.

https://zamin.uz/uz/hayot-tarzi/15398-bola-nutqining-rivojlanish-bosqichlari-1-
eshdan-7-eshgacha.html

4.

https://cyberleninka.ru/article/n/yan-amos-komenskiyning-pedagogik-g-oyalari

5.

https://www.econferencezone.org/index.php/ecz/article/download/113/103/112





References

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов