ABOUT THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF ABDULLA AVLONI IN UZBEK LITERATURE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Djabborxonova, D. (2023). ABOUT THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF ABDULLA AVLONI IN UZBEK LITERATURE. Modern Science and Research, 2(4), 479–481. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19365
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the life path of Abdulla Avloni, a bright representative of Uzbek literature, his path in our literature, his views, works, and their significance today.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

479

ABDULLA AVLONIYNING O’ZBEK ADABIYOTIDAGI O’RNI VA AHAMIYATI

HAQIDA

Djabborxonova Dilshoda

Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti fizika va matematika

fakulteti fizika va astronomiya yo’nalishi 2 - kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7847700

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o’zbek adabiyotining yorqin namoyondasi Abdulla

Avloniyning hayot yo’li, adabiyotimizda bosib o’tgan yo’li, qarashlari, asarlari, ularning bugungi
kundagi ahamiyati haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

Abdulla Avloniy, adib, tarbiya, ta’lim, asar, adabiyot.

О МЕСТО И ЗНАЧЕНИИ АБДУЛЛЫ АВЛОНИ В УЗБЕКСКОЙ

ЛИТЕРАТУРЕ

Аннотация.

В данной статье рассказывается о жизненном пути Абдуллы Авлони,

яркого представителя узбекской литературы, его пути в нашей литературе, его взглядах,
произведениях, их значении на сегодняшний день.

Ключевые слова:

Абдулла Авлони, писатель, воспитание, образование, труд,

литература.

ABOUT THE PLACE AND SIGNIFICANCE OF ABDULLA AVLONI IN UZBEK

LITERATURE

Abstract.

This article talks about the life path of Abdulla Avloni, a bright representative of

Uzbek literature, his path in our literature, his views, works, and their significance today.

Key words:

Abdulla Avloni, writer, upbringing, education, work, literature.

Abdulla Avloniyning ta’lim-tarbiya sohasidagi qarashlari o’zbek xalqining ruhiyati, turmush

tarzi, milliy qadriyatlari bilan chambarchas bog’langanligi adibning boy pedagogik merosi ta’lim-
tarbiya masalalarini rivojlantirish, uni o’quvchilar qalbida shakllantirish - da axloqiy va ma’naviy
barkamol yoshlarni tarbiyalashda milliy maktab va qimmatbaho manba bo’lib xizmat qilganini
o’rganib chiqish davr talabigaaylanmoqda. Abdulla Avloniyning maktab uchun yaratgan asarlari
va ularda axloq-odob tushunchalarining yoritilishi tarbiya masalasining ifodasi nafaqat badiiy,
balki noyob tarixiy-pedagogik, ta’limiy va qomusiy yodgorlik hisoblanadi.

Avloniy asarlari bilan yaqindan tanishar ekanmiz, yana bir bor shunga iqror bo’lamizki,

uning asarlarida ifoda etilgan ta’limiy, tarbiyaviy g’oyaviy, falsafiy pedagogik hikmatlar o’zining
hayotiy mazmuni bilan bizni bugun ham hayratda qoldiradi. Avloniy asarlarining tub ma’no-
mohiyatini belgilab beradigan insonparvarlik, mehnatsevarlik, vatan-parvarlik g’oyalari va axloq-
odobtamoyilidahozirgi zamonuchun hambehadibratli bo’lgan saboqlarborligini alohida ta’kidlab
o’tmoq joiz.

Shuni ham unutmaslik kerakki, Abdulla Avloniy birinchi o’zbek teatri tashkilotchilaridan

edi. Teatr uchun bir necha drama yaratdi, ularni rejissyor sifatida sahnalashtirdi. Uning bu faoliyati
o’z maktabida xor, ifodali o’qish, musiqa va ashula darslarini tashkil qilishda muhim ahamiyat
kasb etdi. Abdulla Avloniyning badiiy asarlarni ifodali o’qish sohasidagi bunday faoliyati tezda
Toshkentning usuli qadim va usuli jadid maktablariga ham kirib bordi. Mana shunday sharoitda
yangi ochilayotgan maktablar uchun zamon talablariga javob bera oladigan o’qituvchilarni
tarbiyalab yetishtirish, maktablar uchun milliy ruh ufurib turgan darslik va majmualar yaratish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

480

uchun dasturulamal bo’ladigan qo’llanma kerak edi. Shuning uchun ham Abdulla Avloniyning ―
Turkiy guliston yoxud axloq asari Turkiston jadidlarining rahnamosi Munavvarqori
Abdurashidxonov hamda ilg’or pedagoglarning taklifi bilan yaratilgan edi.

To’g’ri, Abdulla Avloniy asarida axloqiy kategoriyalar haqida fikr yuritar ekan, birinchi

o’rinda o’quvchilarni ko’zda tutadi, ammo ularni bolalar tarbiyasiga singdirish vazifasini
muallimlar zimmasiga yuklaydi. Demak, asar o’quvchilardan ko’ra ko’proq muallimlar uchun
yaratilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu nuqtayi nazardan, Abdulla Avloniyning
muallimlarga qarata aytgan quyidagi so’zlari ― Turkiy guliston yoxud axloq‖ asarining
maqsadini to’la ifodalaydi: ― Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko’b zamonlardan beri taqdir

qilinib

kelgan,

muallimlarning

diqqatiga

suyalgan,

vijdonlariga yuklangan muqaddas bir

vazifadur.

Fikr

insonning sharofatlik, g’ayratlik bo’lishiga sabab bo’ladur. Bu tarbiya

muallimlarning yordamiga so’ng daraja muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi
muallimning tarbiyasiga bog’lidur. Ta’lim ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo’lsa ham, ikkisi
biridan ayrilmaydurgan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur Bu so’zlar
o’quvchilarga emas, kattalarga, ayniqsa, bo’lg’usi o’qituvchilarga qaratilganligini anglash qiyin
emas. Chunki ular kelgusida bularni bolalar — o’quvchilar ongiga singdirishlari kerak. Shu
tariqa, ― Turkiy guliston asari buyuk mutafakkir Shayx Muslihiddin Sa’diyning ― Guliston
asariga nazira sifatida yaratilgan.

Avloniy 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahrining Mergancha mahallasida tavallud topgan.

Ijodkor o’zbek xalqining san’ati va adabiyoti hamda milliy madaniyatini, xalq ta’limi ishlarini
yo’lga qo’yishda kata xizmatlar qilgan adib, jamoat arbobi va iste’dodli pedgogdir. U
birinchilardan bo’lib o’zbek teatrini professional teatrga aylantirdi, matbuot, maorif sohasi rivojiga
hissa qo’shdi. U Turkistonda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirgan jadidlar harakatining
ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lib hisoblanadi. Avloniyning mehnati yuksak qadrlanib unga
o’zbek madaniyati va adabiyotini yuksaltirishda, xodimlar tayyorlashda uzoq yillik mehnati uchun
1925-yilda “Mehnat qahramoni” unvoni, 1930-yilda “O’zbekiston maorifi zarbdori” unvoni
berilgan.

Abdulla Avloniy ko’plab asarlarini o’z davri muammosi bo’lgan ta’lim-tarbiyaga qaratgan

holda yozgan. Abdulla Avloniy bola tarbiyasiga alohida muhabbat bilan qaragan edi. Shu
sababdan ham adib, - “Tarbiyani tug’ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlantirmak,
axloqimizni kuchlantirmak lozim deydi u, - Shuning uchun tarbiya qiluvchi muallimlarning o’zlari
ilmlariga olim bo’lib shogirdlariga ham bergan darslarini amal ila chaqishtirib o’rgatmaklari
lozimdir. Bu ravsh ta’lim ila berilgan dars va ma’lumot shogirdlarning diliga tez ta’sir qilib, ular
ilmli – odobli bo’ladilar”. Adib yuqoridagi hurfikr gaplari bilan bolalarni tug’ilgan kunidan
boshlab, ta’lim-tarbiyaga o’rgatmog’imiz kerak deydi. Hamza esa mehnatkashxalq ommasi va
uning bolalarini o’qitish va tarbiyalashga katta e’tibor bergan. Hamza “bir iloj qilib kambag’al
bolalarni aqchasi tarbiya va o’quvga boshlarini band qilmoq” choralarini izlaydi, she’r va
maqolalarida bolalarni o’qishga chaqiradi. Abdula Avloniy bola kamolotida zakovat va fikrning
ijobiy ta’sir kuchiga g’oyat yuqori baho berar ekan, u shunday deydi; “Zakovat insonning eng
yaxshi fazilatlaridandir. Zakovatli kishilar biron ishni boshlamoqchi bo’lsalar uni har taraflama
o’ylab ko’radilar. Shuning uchun ham ular katta hayotiy tajriba orttirib, kamolatga erishadilar.
Zakovat hayotning barcha mushkul va jumboq masalalarini hal qilishda odamga hamrohdir: - Fikr
tarbiyasi esa, eng kerakli, ko’p zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatlariga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

481

suyangan, vijdonlariga yuklangan vazifadir. Shuning uchun Abdulla Avloniy bolaning fikrlash
qobiliyatinio’stirishda muallimningrolikatta ahamiyatgaega ekanligini ta’kidlaydi.

Xulosa qilib aytganda, Avloniy ijodiy merosi ma’naviy-ma’rifiy tarbiya g’oyasining

targ’ibotchisidir. Uning asarlarida ilgari surilgan ta’lim-tarbiyaga oid fikrlar milliy
ma’naviyatimiz rivojlanishida qimmatli bir manba bo’lib xizmat qiladi. Bu ulug’ adib ijodi, amaliy
faoliyati bugungi kun yoshlarimiz uchun ibrat maktabi, desak adashmaymiz.

REFERENCES

1.

Kosimova, M. U. (2022). THE DEVELOPMENT PROCESS OF THE SUBJECT OF
STYLISTICS AND ITS MAIN TASKS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF
PHILOLOGICAL SCIENCES, 3(11), 1-7.

2.

Umaraliyevna, K. M. The History of Word Borrowing Process in the Uzbek and English
Languages. JournalNX, 105-107

3.

http://marifat.uz/marifat/ruknlar/fan/Abdulla-Avloniy-milliy-uyg-onish-davri-o-zbek-
pedagogikasining-asoschisi.htm

References

Kosimova, M. U. (2022). THE DEVELOPMENT PROCESS OF THE SUBJECT OF STYLISTICS AND ITS MAIN TASKS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES, 3(11), 1-7.

Umaraliyevna, K. M. The History of Word Borrowing Process in the Uzbek and English Languages. JournalNX, 105-107

http://marifat.uz/marifat/ruknlar/fan/Abdulla-Avloniy-milliy-uyg-onish-davri-o-zbek-pedagogikasining-asoschisi.htm

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов