ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
493
GAMMALON DORI VOSITASINING TARKIBI VA SELEKTIV TA`SIR
MEXANIZMLARI
Asqarov Ibrohim Rahmonovich
ADU Kimyo kafedrasi professori, k.f.d., O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan ixtirochi,
O‘zbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar “Tabobat” akademiyasi raisi.
Mamaraxmonov Muhamatdin Xomidovich
ADU Kimyo kafedrasi dotsentri, k.f.f.d. (PhD), Oʻzbekiston tibbiy-ilmiy faoliyat bilan
shugʻullanuvchilar “Tabobat” akademiyasi a’zosi.
Qamchiyeva Sharifaxon Abduvahobovna
AndDU 2-kurs magistranti.
sharifaxonqamchiyeva1991@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7847747
Annotatsiya.
Ushbu maqolada bolalar miya falaji kasalligini davolashda ishlatiladigan
gammalon dori vositasining kimyoviy tarkibi, ta`sir mehanizmlari va yon tasirlari haqida
ma`lumotlar keltirilgan.
Kalit so`zlar:
Gammalon, gammaaminomoy kislota, bolalar miya falaji, nootrop,
gipoksiya,
gipertoniya.
СОСТАВ ПРЕПАРАТА ГАММАЛОН И МЕХАНИЗМЫ ИЗБИРАТЕЛЬНОГО
ДЕЙСТВИЯ
Аннотация.
В данной статье представлена информация о химическом составе,
механизмах действия и побочных эффектах препарата Гаммалон, применяемого при
лечении детей с церебральным параличом.
Ключевые слова:
Гаммалон, гаммааминомасляная кислота, детский церебральный
паралич, ноотроп, гипоксия, артериальная гипертензия.
THE COMPOSITION OF THE DRUG GAMMALON AND MECHANISMS OF
SELECTIVE ACTION
Abstract.
This article provides information about the chemical composition, mechanisms of
action and side effects of Gammalon, a drug used in the treatment of children with cerebral palsy.
Keywords:
Gammalon, gammaaminobutyric acid, children's cerebral palsy, nootropic,
hypoxia, hypertension.
Kirish
Psixostimulyator dori vositalari asosiy ta’sir mexanizmi presinaptik nerv oxirla-ridan biogen
aminlarni, xususan, dofamin va noradrenalinni ajralib chiqishining oshi-rishi hisoblanadi.
Katexolaminlar sinaptik ta’sir darajasining oshishi markaziy asab ti-zimiga va periferik adrenergik
retseptorlar-ga qo’zg’aluvchi ta’sir ko’rsatadi. Tritsiklik antidepressantlar kabi amfetamin
hosilalari mediatorlarning (shu jum-ladan, serotonin) qayta tiklanishiga to’sqinlik qiladi va
to’g’ridan-to’g’ri adrenoretseptorlarga kuchsiz stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. SHuning uchun ular
eng aniq adrenergik ta’sirga ega.
Mana shunday sintetik pereparatlarda biri Gammalon.O`ziga xos kuchsiz hidli, oq kristall
kukun. Suvda oson, spirtda juda kam eriydi. Gammalon (aminalon), gammaaminomoy kislota-
markaziy nerv sitemasining biogen aminlaridan bo'lib, tabiiy holatda bosh miyada moddalar
almashinuvida qatnashadi, hozirgi kunda gammalon tormozlanish jarayonida qatnashadigan
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
494
kimyoviy mediator hisoblanadi. Gammalon markaziy nerv sistemasidagi maxsus GAMK — ergik
retseptorlarga ta’sir ko'rsatib, miyada energetik jarayonlarni, miya to'qimalari faolligini, glyukoza
o'zlashtirishini oshiradi, miyadan zaharli moddalarning chiqib ketishini yengillashtiradi.
Faol modda:
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi. Gamma-amino moy kislota – 250 mg;
Yordamchi moddalar: qand upasi, povidon, magniy stearati, opadray II, polivinil spirti, talk,
makrogol 3350 (polietilenglikol), letsitin (soya yog‘idan olingan), titan dioksid, E 171), shakar,
non tayyorlashda ishlatiladigan bug‘doy uni, magniy karbonat asosi, titan dioksidi E 171, asalari
mumi, neftdan olinadigan qattiq parafin, rafinatlangan kungaboqar moyi saqlaydi.
Gammalon – γ-amonomoy kislota yoki 4-aminobutan kislota.
[C
4
H
9
NH
2
].
Gammalon bosh miyaning surunkali organik jarohatlanishi tufayli kelib chiqqan aqliy
yetishmovchilikni bartaraf etadi. Gammalonning gematoensefalik to'siqdan o'tishi qiyin, lekin,
bosh miya jarohatlanganda bu to'siqning gammalonga nisbatan o'tkazuvchanligi oshib ketadi.
Gammalonning asosiy ta’siri— miyada qon aylanishini yaxshilaydi, miya to'qimalarida kislorod
faolligini oshiradi, gipoksiyaga qarshi ta’sir ko'rsatadi. Gammalon talvasaga qarshi ta’sir etadi, bu
xususiyat asosan miya to'qimalarida, ayniqsa, tutqanoq o'choqlarida gammaaminomoy kislota
hajmini normallashtirish bilan bog'liq. Gammalon kamroq bo'lsa ham qon bosimini, qonda oshgan
qand miqdorini tushiradi.
Qo`llanilishi
Gammalon bosh miyada qon aylanishini buzilishini o’tkazgandan keyingi holat
va bosh miya jarohatlarida, psixoorganik sindrom, aterosklerotik, gipertonik va alkogolli
entsefalopatiyada, bolalar bosh miya falaji va bolalarda tug’ruq jarohatlari oqibatlarini majmuaviy
davolash tarkibida, bolalarni aqliy rivojlanishdan orqada qolishi, kinetozlar (dengiz va havo
kasalligi) da qo’llanadi.
Gammalon enteral va parenteral yo'llar orqali yuboriladi, uning ta’siri asta- sekin bir necha
oylarda boshlanadi. Gammalonning salbiy ta’sirlari kam uchraydi, davomli qo'llanganda uyquning
buzilishi, dispeptik o'zgarishlar ro'y berishi mumkin. GAMK- ergik moddalardan natriy oksibutirat
gammaoksimoy kislotaning natriyli tuzi bo'lib, kimyoviy va fannakologik xususiyati jihatidan
aminalonga o'xshaydi. Gematoensefalik to'siqdan markaziy nerv sistemasiga oson o'tadi,
tinchlantiradi, mushaklarni bo'shashtiradi, katta miqdori uxlatuvchi va narkotik ta’sir ko'rsatadi.
Narkotik va analgetik moddalar bilan birga qo'llanganda ulaming ta’sirini oshiradi.
Gipoksiyaga qarshi ta’sir ko'rsatadi, miya, yurak to'qimalari, ko'z shox pardasining kislorod
yetishmovchiligiga chidamliligini oshiradi.
Nojo’ya ta’sirlari:
ko’ngil aynishi, qusish, dispeptik ko’rinishlar, tana haroratini oshishi,
qizib ketish hissi, uyqusizlik, gipertoniya, 6 yoshgacha bo’lgan bolalarda qo’llash mumkin emas.
Dorilarning o’zaro ta’siri Benzodiazepin hosilalari, tutqanoqqa qarshi, sedativ-gipnotik vositalar
bilan bir vaqtda qo’llanganida markaziy nerv tizimining faoliyatiga susaytiruvchi ta’siri
kuchayishi mumkin. Arterial bosim balandligi bo’lgan bemorlarni gammalon bilan davolanishning
birinchi kunlarida arterial bosim ahamiyatli darajada o`zgarishi mumkinligi sababli alohida
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
495
ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak. Homiladorlik va laktatsiya davrida gammalonni qo’llash
xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan. Gammalonni qo’llash vaqtida avtotransportni yoki
potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishda ehtiyotkorlikka rioya qilish lozim.
Dozani oshirib yuborilishi
. Gammalonning toksikligi past. Intoksikatsiya simptomlari bir
vaqtning o’zida gammalonni haddan tashqari yuqori dozalari (10-20 g dan ko’p) qo’llagandagina
rivojlanadi va quyidagi belgilar: qo’ngil aynishi, qusish, me’dada og’riq, tana haroratini oshishi,
bosh og’rig’i, uyquchanlik kuzatilishi mumkin.
Yuqoridagilarni inobatga olib, xulosa o`rnida bolalar bosh miya falaji kasalligini davolashda
ishlatiladigan “Gammalon” sintetik dori vositasining organizmga zararligi va nojo`ya ta`siri
tufayli, undan foydalanishda juda ehtiyotkor bo`lish tavsiya etiladi. Zamonaviy tibbiy davo
choralariga qo`shimcha shaklda tabiiy dori vositalardan ham foydalanishni tavsiya qilinadi.
REFERENCES
1.
https://medu.uz/instruksiya/aminalon/
2.
M.A.Klyuyev. Tabobatda ishlatiladigan dori-darmonlar. Toshkent.”Ibn Sino
nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi”,1995.
3.
М.Д.Машковский. Лекарственные средства I-II. Ташкент. “Медицина” 1989.
4.
Справочник видаль. Лекарственные препараты в Узбекистане. “Астра Фарм
Сервис” 2008
5.
M.N. Maxsumov, M.M. Malikov Farmakologiya. T. Ibn Sino nash. 2006 y
