LEGAL PROVISION OF CORPORATE MANAGEMENT IN JOINT STOCK COMPANIES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdurasulov, A. (2023). LEGAL PROVISION OF CORPORATE MANAGEMENT IN JOINT STOCK COMPANIES. Modern Science and Research, 2(4), 578–583. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19408
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article reflects information on the legal provision of corporate governance in joint-stock companies, as well as the rights and obligations of participants in corporate relations.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

578

AKSIYADORLIK JAMIYATLARIDA KORPORATIV BOSHQARUVNI

HUQUQIY TA'MINLASH

Abdurasulov Abdumannop Abdumajidovich

O'zbekiston Milliy universiteti, ijtimoiy fanlar fakulteti biznes huquqi mutaxassisligi

magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7858866

Annotatsiya.

Ushbu maqolada aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvni huquqiy

ta'minlash borasida ma’lumotlar, shuningdek, korporativ munosabatlar ishtirokchilarining
huquq va majburiyatlari ham o‘z aksini topadi.

Kalit so‘zlar:

samaradorlik, tadbirkorlik, birja, korporativ boshqaruv, moliyaviy

mustahkamlik, korporatsiya.

LEGAL PROVISION OF CORPORATE MANAGEMENT IN JOINT STOCK

COMPANIES

Abstract.

This article reflects information on the legal provision of corporate governance in

joint-stock companies, as well as the rights and obligations of participants in corporate relations.

Keywords:

efficiency, entrepreneurship, Stock Exchange, corporate governance, financial

strength, Corporation.

ПРАВОВОЕ ОБЕСПЕЧЕНИЕ КОРПОРАТИВНОГО УПРАВЛЕНИЯ В

АКЦИОНЕРНЫХ ОБЩЕСТВАХ

Аннотация.

B данной статье отражена информация о правовом обеспечении

корпоративного управления в акционерных обществах, а также права и обязанности
участников корпоративных отношений.

Ключевые слова:

эффективность, предпринимательство, фондовый рынок,

корпоративное управление, финансовая устойчивость, корпорация.

INTRODUCTION

Korporativ boshqaruv munosabatlari sohasi ushbu yo‘nalishdagi institutlar samaradorligini

oshirishda katta imkoniyatga ega hisoblanadi. Har qanday davlatning iqtisodiyoti o‘zaro aloqada
faoliyat ko‘rsatuvchi va shu bilan bir paytda bir-biri bilan raqobatlashuvchi ko‘p sonli unsurlardan
tarkib topgan ko‘p pog‘onali va qatlamli tizimni ifodalaydi, bu unsurlarning asosiysi tadbirkorlik
hisoblanadi. U siz zamonaviy bozor iqtisodiyoti bir maromda va uzluksiz faoliyat ko‘rsatishi va
barqaror rivojlanishi mumkin emas. Shularni inobatga olib ishida tadbirkorlik, uning Aksiyadorlik
shaklining maqsadi va faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari tahlil qilingan.

MAIN PART

O‘zbekiston Respublikasida aksiyadorlik jamiyatlarida samarali boshqarish tizimini tashkil

etishda korporativ boshqaruvni takomillashtirish yo‘llari, korporativ boshqaruv standartlarini
kiritishda rag‘batlantirish masalalarig aloha ae’tibor qaratish joiz. Jumladan, mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlar va yuksak texnologiyalarga asoslangan zamonaviy
korxonalarni yanaa rivojlantirish dasturidagi vazifalardan kelib chiqqan holda aksiyadorlik
jamiyatlariga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish investitsiyalarni jalb etish, innovatsion
jarayonlarni rivojlantirish korporativ boshqaruv tizimini yanaa takomillashtirish zarurligini
ko‘rsatmoqda. Asiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruv bo‘yicha ilg‘or xalqaro tajribani


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

579

o‘rganish asosida aksiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi. Shu
tariqa zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, Lavozim va
kasblarning yangi kalssifikatori ishlab chiqildi va tasiqlandi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘zining “O’zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947
sonli Farmoning iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida
ta'kidlaganidek, 3.4.-bandida - “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk
huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom
ettirish”. Korporativ boshqaruvning samarali rivojlanishiga erishish uning asl mohiyatini chuqur
anglash va tushunishni, uning ilmiy soha sifatida shakllanishiga imkon bergan ilmiy-nazariy
ѐndashuvlarini tadqiq qilishni taqozo etadi.

Aynan korporatsiyalar sanoati rivojlangan mamlakatlar iqtisodiy kuchining, milliy

iqtisodiyotlarning jahon bozoridagi raqobatbardoshligining asosini tashkil qilishini tan olish
lozim. Bu haqda quyidagi dalil ham guvohlik beradi: garchi yirik korporatsiyalar zimmasiga
tadbirkorlik tuzilmalari tarkibida kichik ulush to‘g‘ri kelsada, aynan ular milliy iqtisodiyotning
yuzi va sifatini, uning jahon xo‘jaligidagi raqobatbardoshligini belgilab beradi. Masalan, AQShda
korporatsiyalar sanoat firmalari umumiy sonining atigi 18 foizini tashkil etsada, biroq bunda
sanoat mahsulotlari hajmining 90 foizini ishlab chiqaradi. Shu sababli, Dj. К. Gelbreyt va boshqa
bir qator tadqiqotchilar yirik korporativ tuzilmalarni sanoat tizimining asosi sifatida ko‘rib
chiqadilar.

Ta’kidlash joizki, korporatsiyalarning shakllanishi va rivojlanishi milliy iqtisodiyotning

rivojlanish tendensiyasi hisoblanadi, chunki yirik korporativ tizimlar rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyotining ham, butun jahon xo‘jaligining ham asosini tashkil qiladi. Ular ishlab chiqarishni
makroiqtisodiy tartibga solishni optimallashtiradi, iqtisodiyotni modernizasiyalash strategiyasini
shakllantirish va amalga oshirishda davlatning hamkori sifatida ishtirok etadi. Кorporasiyalarning
u yoki bu mamlakat iqtisodiy tizimidagi o‘rni va roli ularning umumiy takror ishlab chiqarish
jarayonidagi faoliyati, uning resurslar bilan ta’minlanganligi bilan belgilanadi. Yirik tadbirkorlik
ishlab chiqarishni yuqori darajada umumlashtirish, kapitalni birlashtirish va markazlashtirishga
asoslanadi. U sanoat ishlab chiqarish salohiyatining negizini tashkil qiladi.

O’zbekistonda aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish

masalalari Fuqarolik kodeksi, «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini
himoya qilish to’g’risida»gi, «Qimmatli qog’ozlar bozori to’g’risida»gi va boshqa qonunlar,
Prezident farmonlari va qarorlari, hukumat qarorlari, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar,
shuningdek, aksiyadorlik jamiyatlarining ichki hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Korporativ

munosabatlar

ishtirokchilarining

huquq

va

majburiyatlarini obyektiv

hisobga olish, ularni to’g’ri muvofiqlashtirish va “umumiy mahraj”ga keltirish lozim. Bunda,
korporatsiya – bu o’z maqomiga, maqsadlari va vazifalariga ega bo’lgan yuridik shaxs
ekanini va ular korporatsiya faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar va bu shaxslar guruhlarining
holatiga har tomonlama mos kelavermasligini unutmaslik darkor.

Bank, investitsiya va sug’urta faoliyati sohalarida, shuningdek davlat tashkilotlarini

xususiylashtirishda aksiyadorlik jamiyatlarini tashkil etishning va ular huquqiy holatining o’ziga
xos xususiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

580

Agar

O’zbekiston

Respublikasining

xalqaro

shartnomasida

O’zbekiston

Respublikasining aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to’g’risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa,
xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.

Korporativ boshqaruvning me’yorlari quydagilarni o’z ichiga oladi.
I. Maqomiy huquqning me’yor va qoidalari – davlat tomonidan ishlab chiqarilib,

aksiyadorlik

jamiyatlari

faoliyatini

tartibga soladi

(markazlashgan me’yorlar). Ularga

kompaniyalar haqida qonunlar, qimmatli qog’ozlar haqidagi qonunchilik, aksiyadorlar
huquqlarini va investitsiyalarni ximoya qilish qonunlari, iqtisodiy nochorlik, soliq qonunchiligi
va boshqalar kiradi.

II. Aksiyadorlik

jamiyatlar tomonidan kuchga kiritiladigan va uning ichki hayotini

tartiblashtiradigan me’yorlar (aksiyadorlik korporativ me’yorlar): korporativ boshqaruvning
ixtiyoriy qabul qilingan andozalari haqidagi o’zaro kelishuv va kompaniya darajasida ularni
amalga oshirilish tartibini belgilaydigan ichki me’yorlar (korporativ qimmatli qog’ozlar
listingiga talablar, kodekslar va korporativ boshqaruv bo’yicha tavsiyalar).

III. Tashkiliy deb nomlanuvchi shartnomalarda, ya’ni boshqa tomonlar bilan ish

aloqalarini o’rnatish, davom ettirish, to’xtatish (bir so’z bilan aytganda tashkil qilishga) qaratilgan
kelishuvlarda berilgan me’yorlar.

IV. Umumjamiyat amaliyoti va biznes yuritish madaniyati.
Korporativ huquq bu – korxonada ishlab chiqilgan qoidalar tizimi bo’lib, manfaatdor

tomonlarning irodasini ifodalaydi va tashkilot faoliyatining turli tomonlarini tartibga soladi.

Korporativ huquqning belgilari:

- korporativ huquq me’yorlardan, ya’ni umumiy xarakterga ega bo’lgan o’zaro

munosabatlar qoidalaridan tarkib topgan;

- korporativ huquq o’zi bilan tashkilot faoliyatining barcha tomonlarini tartibga

soluvchi me’yorlar tizimini tashkil qiladi;

- korporativ me’yorlar tashkilotning har bir a’zosi, korxonaning har bir xodimi uchun

majburiydir;

- korporativ me’yorlar, odatda, yozma shaklda ifodalanadi va ularni o’rnatish shakli sifatida

korporativ hujjatlar xizmat qiladi;

- korporativ me’yorlar korxonada qabul qilinadi va alohida mustaqil birlashma

jamoasining irodasini ifodalaydi;

- korporativ me’yorlar buzilganda, majbur qilish yo’li bilan ta’minlanadi.
Aksiyadorlar qoldiq mulk egalari sifatida o’z zimmalariga olayotgan tavakkalchilik

xatari

evaziga

muayyan

kafolatlangan

haq-huquqlarga

ega bo’lishlari shart. Mulkka

daxldorlik, aksiyalarni o’tkazib berish huquqi, foydadan o’z ulushini olish va muhim korporativ
qarorlar qabul qilinishida ishtirok etish huquqlarini shu jumlaga kiritish mumkin. Agarda
aksiyadorlarga erkin huquq berilmasa, ular tez orada jamiyatga bo’lgan ishonchini yo’qotadi.
Bu jamiyatga investitsiya jalb etish imkoniyatini mushkullashtiradi hamda butun faoliyat
barqarorligini xavf ostiga qo’yadi.

Korporativ

boshqaruvning

murakkab

va

ziddiyatli

tabiatini

e’tiborga

olib,

mamlakatimizda aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari uchun korporativ hamjamiyatining har xil
qatnashchilari bilan uning faoliyatini boshqaruvchi turli organlari

o’rtasidagi

kelishuvlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

581

va ziddiyatlarni hal etish mexanizmini shakllantirish muammosi alohida ahamiyat kasb
etadi. Shu munosabat bilan korporativ

xatti-harakat

mexanizmini

tartibga

soluvchi

turli

ko’rinishdagi kodekslar, xususan, aksiyadorlar manfaatlarini ta’minlash masalalari,

boshqaruvchining aksiyadorlik jamiyatining umumiy yig’ilishi oldida hisob berishi masalalarini
ifodalovchi qoidalar ishlab chiqilishi zarur.

Aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga ana shunday kodekslarning tatbiq etilishi xorijda keng

yo’lga

qo’yilgan

bo’lib,

davlat

organlari

hamda

nohukumat tashkilotlar tomonidan

korporativ xatti-harakat kodekslari, korporativ axloq va ishchanlik aloqalari masalalari
yuzasidan uslubiy qo’llanmalar va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Korporativ me’yoriy hujjatlar quyidagi talablarga javob berishi shart: - obyektiv

haqqoniylikni aks ettirishi;

- amaldagi qonunchilikka zid kelmasligi;
- kompaniyaning barcha a’zolari va xodimlari uchun tushunarli bo’lishi;
- me’yorlarning betartib to’plamini tashkil qilmasdan, balki ma’lum bir tuzilmaga

ega bo’lishi;

- barcha zarur rekvizitlarga ega bo’lishi.
Korporativ boshqaruv kodeksi – ixtiyoriy belgilanuvchi andozalar va ichki me’yorlar

yig’indisi bo’lib, korporativ munosabatlarning tartibini o’rnatadi va tartibga soladi. Kodeks
korporatsiyadagi korporativ boshqaruvning barcha muhim elementlariga taaluqli bo’lgan asosiy
me’yorlardan va tavsiyalardan tarkib topishi kerak. Emitentlarning Kodeks qoidalariga rioya
qilishidan asosiy manfaatdorligi qimmatli qog’ozlar bozori orqali ularning investitsiyalarni jalb
qilishga intilishidir.

Korporativ boshqaruv tizimi amal qilayotgan xar bir davlatda o’ziga xos

hususiyatlaridan

kelib chiqqan holda, ijtimoiy – iqtisodiy holatiga mos ravishda turlicha

bo’ladi. Mamlakatda korporativ boshqaruvning rivojlanganlik darajasi aksiyadorlarning
huquqlari, ularning kapitali va aksiyadorlik jamiyatlarining rivojlanganlik holati bilan bevosita
bog’liqdir.

CONCLUSION.

1. Boshqaruv muammolari murakkablashuvidagi sifat bosqichi ko’p sonli aksiyadorlarga

va murakkab tarkibga ega bo’lgan yirik kompaniyalar (aksiyadorlik jamiyatlari, xoldinglar,
moliya-sanoat guruhlari)ning shakllanishi natijasida yuz berdi.

Aksiyadorlik jamiyat yuridik shaxsni ta‟sis etish yoki qayta tashkil etish (qo’shib

yuborish, bo’lish, ajratib chiqarish, o’zgartirish) yo’li bilan tashkil etilishi mumkin.

2. Jamiyatni ta‟sis etish, uning ustavini tasdiqlash to’g’risidagi va muassis tomonidan

jamiyatning aksiyalari haqini to’lash uchun kiritilayotgan qimmatli qog’ozlarning, o’zga
mulkiy huquqlarning yoki pulda ifodalanadigan bahoga ega bo’lgan boshqa huquqlarning
pulda ifodalangan bahosini tasdiqlash haqidagi qarorlar muassislar tomonidan bir ovozdan
qabul qilinadi.

Kompaniya mulkdorlari sifatida mulkni joriy boshqarishda bevosita shaxsiy ishtirok

etishdan voz kechgan ipvestitsiya va pensiya fondlari, sug’urta kompaniyalari singari
yirik sarmoyadorlar paydo bo’ldi. Shuning uchun professional yollanma boshqaruvchilar
kompaniyalarni boshqarishda muhim rol o’ynay

boshladi.

Bundan

tashqari,

so’nggi

vaqtlarda

korporativ

mulkdan foydalanish jarayonida mulkdori bo’lmagan, lekin u yoki bu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

582

tarzda unga aloqador shaxslar va tashkilotlar (kompaniya xodimlari, xududiy hokimiyat va b.)
faol rol o’ynashga urinmoqda.

3. Korporativ boshqaruvning asosiy mazmuni aksiyadorlik jamiyatining faoliyatga

jalb etilgan turli shaxslar mafaatlari muvozanatini o’rnatishdan iborat. Korporativ
boshqaruvning

murakkab

va

ziddiyatli

tabiatini

e’tiborga

olib, mamlakatimizda

aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari uchun korporativ hamjamiyatining har xil qatnashchilari bilan
uning faoliyatini boshqaruvchi turli organlari o’rtasidagi kelishuvlar va ziddiyatlarni hal
etish

mexanizmini shakllantirish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Zamonaviy

korporatsiyalarda aksiyadorlar aksiyalarni xarid qilib, mablag’larini korporatsiya ixtiyoriga
topshiradigan va ushbu sarmoyadan foydalanish samaradorligi bilan bog’liq xatarni o’z
zimmasiga oladigan vaziyat yuzaga keldi. Ayni paytda, aksiyadorlar kompaniya faoliyatini
joriy boshqarish vazifalarini hal etishda qatnashmaydilar va tashqi tashkilotlar bilan o’zaro
munosabatlarda uni namoyon qilmaydilar.

Korporatsiyani

joriy

boshqarish

bo’yicha

qarorlarni qabul qilish huquqi aksiyadorlar tomonidan yollanma menejerlarga topshiriladi.

4. Korporativ boshqaruvning mexanizmlari davlat tartibga solish organlari, sud organlari

va ishbilarmonlar doiralarida ishlab chiqilgan ma‟lum bir qoida, me‟yor va andozalari
asosi va doirasida ishlaydi. Ushbu qoida, me’yor va andozalarning majmuasi korporativ
boshqaruvning institutsional asoslarini tashkil qiladi. Rivojlangan mamlakatlar qonunlari
korporatsiya maqomini muayyan tashkiliy tuzilmaga, huquq va majburiyatlarga ega va
haqiqiy mavjud bo’lgan yuridik shaxs sifatida belgilab bir vaqtning o’zida korporativ
hamjamiyat ishtirokchilari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni boshqarishning asosiy me‟yorlari va
mexanizmlarini ham belgilab beradi.

5. Kompaniya menejerlari va uning egalari (aksiyadorlar, sarmoyadorlar), shuningdek,

boshqa manfaatdor tomonlar o’rtasidagi kompaniyaning samarali faoliyatini taminlashga
yo’naltirilgan o’zaro munosabatlar tizimi korporativ boshqaruv tizimi hisoblanadi. Xususan,
korporativ boshqaruv - asosiy manfaatdor shaxslarning kompaniyani samarali boshqarishni
tashkil etishdagi manfaatlari birlashtiriladigan tashkiliy, huquqiy va iqtisodiy chora-tadbirlar
majmui bo’lib qoladi.

6. Korxona samaradorligini yaxshilash, shuningdek sof foyda miqdorini oshirish uchun

davr harajatlari, ma‟muriy harajatlar singari harajatlarni kamaytirish hamda asosiy vositalardan
foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida asosiy fondlarni yangilash, texnologik qayta
jihozlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

7. Korxonaning samarali faoliyat yuritishini ta‟minlash maqsadida korporativ boshqaruv

tizimini takomillashtirish uchun aksiyadorlik jamiyatining boshqaruvi javobgarligini oshirish
bo’yicha aniq chora-tadbirlar belgilanishi lozim. Bunda quyidagi yo’nalishlar ahamiyatlidir:

- ustav fondini oshirish;
- qo’shimcha investitsiyalarni jalb qilish;
- korxona aksiyalarining investorlar uchun jozibadorligini oshirish maqsadida aksiyadorlik

jamiyatida dividend siyosatini takomillashtirish;

- jamiyat aksiyadorlari, kuzatuv kengashi a’zolari va ijrochi organlar o’rtasida o’zaro

ishonch va hurmatga asoslangan ichki korporativ munosabatlarni shakllantirish;

- aksionerlik jamiyati boshkaruv jarayonidagi ma‟lumotlarning ochiqlik darajasini,

shuningdek aksionerlik jamiyati boshkaruv organlarining hissadorlar yoki aksiyadorlar oldida


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

583

muntazam ravishda hisobot berib borishini ta‟minlash;

- aksiyadorlik jamiyatida korporativ boshqaruv va boshqaruv funksiyalarga jaratilishini

quydagicha ko’rishimiz mumkin.

- o’z mulkining joriy boshqaruvida shaxsan qatnashishdan o’z hohishi bilan voz kechgan

mulkdorlar(aksiyadorlar);

- jamiyat mulkiga egalik qilmaydigan va begona mulkni boshqaradigan yonlanma

menejerlar;

Ko‘rinib turibdiki, mamlakat iqtisodiyotidagi Aksiyadorlik jamiyatlari uchun samarali

korporativ boshqaruv tizimiga o‘tish muammolarini ijobiy hal qilish uchun tashkiliy-iqtisodiy
sharoitlar yetarlidir. Biroq, agar XX asrning 90-yillarida Aksiyadorlik jamiyatlarini
shakllanishining nazariy va amaliy masalalari ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi
paytda integratsion o‘zaro aloqalarning oqilona yo‘llarini izlab topish, strategik rejalashtirish va
boshqarish, yirik integrasiyalashgan ishlab chiqarish tuzilmalarini optimal tarkibini yaratish,
Aksiyadorlar huquqini himoyalash korporativ boshqaruv va nazoratning eng dolzarb muammolari
qatoriga kiradi. Aksiyadorlar 2021-yilda xayriya xarajatlari chegarasini qayta ko‘rib chiqadilar.

REFERENCES

1.

Umarxodjaeva M.G‘., Ismailov A.R. “Korporativ boshqaruv-2” O‘quv qo‘llanma. - TDIU,
2019. – 218 bet.

2.

O’zbekiston Respublikasi Qonuni №233-I “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning
huquqlarini himoya qilish to’g’risida (yangi tahriri)”, 1996 yil 26 aprel. Yangi tahriri O’RQ-
370 son bilan 2014 yil 06 mayda tasdiqlangan.

3.

Bob Tricker – Corporate Governance, Principles, Policies and Practices, 3rd edition, Oxford
online resources center, 2012 – 904pp

4.

O‘rmonov N.T., Ismailov A.R. “Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot”.
O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodmoliya, 2019. – 254 bet.

5.

Tashxodjaev M.M., Umarxodjaeva M.G., Shermuxamedov A.K., Kayumova M.Sh.
“Korporativ madaniyat” O‘quv qo‘llanma. - TDIU, 2021. -169 b.

6.

Elmirzaev S. Korporativ boshqaruv. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2019. – 415 bet.

References

Umarxodjaeva M.G‘., Ismailov A.R. “Korporativ boshqaruv-2” O‘quv qo‘llanma. - TDIU, 2019. – 218 bet.

O’zbekiston Respublikasi Qonuni №233-I “Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida (yangi tahriri)”, 1996 yil 26 aprel. Yangi tahriri O’RQ-370 son bilan 2014 yil 06 mayda tasdiqlangan.

Bob Tricker – Corporate Governance, Principles, Policies and Practices, 3rd edition, Oxford online resources center, 2012 – 904pp

O‘rmonov N.T., Ismailov A.R. “Korporativ boshqaruv: prinsiplar, siyosat va amaliyot”. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisodmoliya, 2019. – 254 bet.

Tashxodjaev M.M., Umarxodjaeva M.G., Shermuxamedov A.K., Kayumova M.Sh. “Korporativ madaniyat” O‘quv qo‘llanma. - TDIU, 2021. -169 b.

Elmirzaev S. Korporativ boshqaruv. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2019. – 415 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов