ELECTRONIC DOCUMENT ERA REQUIREMENT

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Xolmo’minova, N. . (2023). ELECTRONIC DOCUMENT ERA REQUIREMENT. Modern Science and Research, 2(4), 686–689. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19636
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the need of the times, the electronic document and its importance today, its differences and benefits from traditional documents.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

686

ELEKTRON HUJJAT DAVR TAQAZOSI

Nodira Xolmo’minova

TerDU, O‘zbek filologiyasi fakulteti

1-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7879862

Annotatsiya.

Ushbu maqolada davr talabi, davr taqazosi bo'lgan elektron hujjat haqida va

uning bugungi kundagi ahamiyati, an'anaviy hujjatlardan farqli va foydali tomonlari haqida so'z
boradi.

Kalit so'zlar:

hujjat, elektron hujjat, an'anaviy hujjat, imzo, muhr, qonun.

ТРЕБОВАНИЯ ЭПОХИ ЭЛЕКТРОННЫХ ДОКУМЕНТОВ

Аннотация.

В данной статье говорится о необходимости времени, электронном

документе и его важности сегодня, его отличиях и преимуществах от традиционных
документов.

Ключевые слова:

документ, электронный документ, традиционный документ,

подпись, печать, закон.

ELECTRONIC DOCUMENT ERA REQUIREMENT

Abstract.

This article talks about the need of the times, the electronic document and its

importance today, its differences and benefits from traditional documents.

Key words:

document, electronic document, traditional document, signature, seal, law.

Bugungi kunda davlatimiz har jabhada o'sib, rivojlanib bormoqda. Kundan kunga yangi

texnologiyalar va g'oyalar ishlab chiqilmoqda. Bu jarayon hujjatchiligimizni ham chetlab o'tgani
yo'q. Dastavval hujjat va elektron hujjat atamalariga to'xtalsak.

Hujjat- rasmiy uslubda yozilgan, imzolangan, kelishuv va rozilik belgilari olingan, davlat

standard talablariga javob beradigan qog'ozlardir. Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo'ndalik kabi
talablarga javob berishi kerak

1

.

Elektron hujjat - elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan

hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega
bo'lgan axborot

2

. Bugungi kunga kelib, qog'ozlarsiz texnologiyalarga o'tish davr talabi

hisoblanadi. Respublikamizda bu borada elektron tijorat tizimini huquqiy himoya qilish asoslari
tashkil etilgan.

Dunyoda dastlabki elektron hujjat aylanish tizimi bank sohasida paydo bo'lgan. Shunday

tizimlardan biri- SWIFT 1970 - yillardan buyon ishlatilmoqda. Keyinchalik bu jarayon yanada
rivojlandi. Bugungi kunda esa elektron hujjat aylanishi axborot taqdim etishning asosiy usuliga
aylangan. Elektron hujjatlardan foydalanish turli qog'oz hujjatlar bilan ishlash jarayonida yuzaga
keladigan noqulayliklarni bartaraf etadi va ish samaradorligini oshiradi.

An’anaviy va elektron hujjat almashishiga e’tibor bersak. Odatda hujjatlarni an'anaviy tarzda

almashish jarayonida pochta xizmati muhim rol o'ynaydi. Pochta xizmatlarining asosiy vazifasi
jo'natmalarni o'z vaqtida manziliga yetkazib berishdan iborat. Bunday vaziyatda hujjatlar
konvertga solinadi va topshiriladi. Shundan so'ng pochta kerakli manzilga yetkaziladi.

1

1.M. Aminov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, N. Mahmudov, Y. Odilov Davlat tilida ish yuritish " O'zbekiston

nashriyoti " Toshkent 2020.

2

2.https://ict.xabar.uz/uz1cb


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

687

Elektron hujjat almashish tizimi esa an'anaviy hujjat almashish tizimidan farq qiladi. Bunday

hujjatlar elektron ko'rinishda kompyuter va internet tarmog'i orqali uzatiladi. Elektron hujjatlarni
almashish jarayonida elektron pochta xizmatidan foydalaniladi. Elektron hujjatlarni almashish
jarayoni juda tez amalga oshadi.

Imzo va muhr hujjatning zaruriy qismi sanaladi va hujjat uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Imzo va muhr-hujjatning haqiqiyligini va yuborgan shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi

isbotdir. Muhrning imzodan farqli tomoni alohida bir xususiyatga egaligi bo'lib, asosan hujjat va
undagi imzolarning haqiqiyligini tasdiqlaydi.

Elektron raqamli imzo O'zbekiston Respublikasi "Elektron raqamli imzo tog'risida"gi qonun

2003- yil 11-dekabr 562-2-son qaroriga ko'ra quyidagicha ta'riflanadi:

Elektron raqamli imzo - elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron

raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o'zgartirish natijasida hosil qilingan
hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik
yo'qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish
imkoniyatini beradigan imzo. Elektron raqamli imzo- xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifning
haqiqiyligini tekshirishda qo'llaniladigan va shaxs imzosini to'laligicha o'rnini bosa oladigan
hujjatga tegishli isbotdir. U axborot kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va
axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo'llaniladi

3

.

Elektron hujjat almashish tizimlari O'zbekiston Respublikasi "Elektron hujjat aylanish

to'g'risida"gi 2004-yil 29-apreldagi 611-2-son qaroriga binoan quyidagicha ta'riflanadi:

Elektron hujjat almashish tizimi-elektron hujjatlarni axborot- kommunikatsiya tizimi orqali

jo'natish va qabul qilish jarayonlari yig'indisi. Elektron hujjat almashishidan bitimlar tuzish, hisob-
kitoblarni, rasmiy va norasmiy yozishmalarni amalga oshirish hamda boshqa axborotlarni
almashishda foydalanish mumkin

4

.

Mamlakatimizda elektron hujjat aylanishi bosqichma bosqich joriy etilmoqda. "Elektron

raqamli imzo tog'risida"gi qonunga muvofiq elektron raqamli imzo shaxsiy imzoga tenglashtiriladi
va u bilan bir xil huquqiy kuchga ega bo'ladi.

Elektron raqamli imzo vositalari elektron hujjatda elektron raqamli imzo yaratilishini,

elektron raqamli imzoning haqiqiyligi tasdiqlanishini, elektron raqamli imzoning yopiq va ochiq
kalitlari yaratilishini ta’minlaydigan texnik va dasturiy vositalar majmuidan iboratdir.

Elektron raqamli imzo vositalari qonunchilikda belgilangan tartibda axborot xavfsizligi

talablariga muvofiq sertifikatlashtirilishi kerak.

Davlat organlari o’rtasidagi idoralararo elektron hamkorlik milliy standartlar asosida ishlab

chiqilgan elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.

Davlat xizmatlarini ko’rsatish chog’ida milliy va xalqaro (mintaqaviy) standartlar asosida

ishlab chiqilgan elektron raqamli imzo vositalaridan foydalanishga yo’l qo’yiladi.

Quyida "Elektron raqamli imzo tog'risida"gi qonunning ayrim moddalari bilan tanishib

chiqamiz.

6-modda. Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy

yo’nalishlari

3.https: //advise. uz / oz/ document/2454
4. https: //advise. uz / oz/ document/2454


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

688

Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo’nalishlari

quyidagilardan iborat:

elektron raqamli imzodan foydalanish uchun huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnik va boshqa

shart-sharoitlar yaratish;

elektron raqamli imzoning mavjud bo’lishi talab qilinadigan elektron xizmatlar barcha

turlarining ochiqligini va sifatini ta’minlash;

majburiy texnik talablar, normalar va qoidalarga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini

amalga oshirish;

elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi ilmiy-texnik tadqiqotlarni rag’batlantirish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
investitsiyalarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish;
ilg’or innovatsion, axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishiga

ko’maklashish;

xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.
7-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining elektron raqamli imzodan

foydalanish sohasidagi vakolatlari

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini

ta’minlaydi;

elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi davlat dasturlarini tasdiqlaydi va ularning

amalga oshirilishini ta’minlaydi;

elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni o’z

vakolatlari doirasida qabul qiladi;

O’zbekiston Respublikasining konsullik muassasalari, shuningdek O’zbekiston

Respublikasi diplomatik vakolatxonalarining konsullik bo’limlari orqali elektron raqamli imzolar
kalitlarining sertifikatlarini berish tartibini belgilaydi;

Ishonchli uchinchi taraf xizmatining faoliyati tartibini ta'minlaydi.
29-modda. Nizolarni hal etish
Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda

hal etiladi.

30-modda. Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Elektron raqamli imzo to’g’risidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan

tartibda javobgar bo‘ladi.

31-modda. O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlarini o‘z kuchini yo‘qotgan

deb topish

Quyidagilar o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin:
1) O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Elektron raqamli

imzo to‘g‘risida”gi 562-II-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Axborotnomasi, 2004-yil, № 1-2, 12-modda);

2) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2003-yil 11-dekabrda qabul qilingan

“Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

689

haqida”gi 563-II-sonli Qarori (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-
yil, № 1-2, 13-modda);

3) O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli
himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf
etishga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-391-sonli Qonunining
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-yil, № 8, 312-modda)

4) O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi
O‘RQ-476-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 46-moddasi;

5) O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “O‘zbekiston

Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartishlar kiritish to’g’risida’gi O’RQ-683-sonli
Qonunining (O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-
songa ilova) 156-moddasi.

32-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini

ta’minlash.

O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish

vazirligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini
hamda mohiyati va ahamiyati aholi o’rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

33-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo’lgan o’z normativ-huquqiy hujjatlarini

qayta ko’rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

34-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o’tgach kuchga kiradi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. Mirziyoyev.
Xulosa qilib aytganda elektron hujjatlardan foydalanish bugungi kunda ko'plab qulayliklarni

yuzaga keltirmoqda. Ortiqcha qog'ozbozlik va isrofgarchiliksiz bu hujjat bugungi davr talabi bolib
kelmoqda.

REFERENCES

1.

M. Aminov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, N. Mahmudov, Y. Odilov Davlat tilida ish
yuritish " O'zbekiston nashriyoti " Toshkent 2020.

2.

https://ict.xabar.uz/uz1cb

3.

O’zbekiston Respublikasi " Elektron raqamli imzo tog'risida"gi qonuni 2003 yil 29 aprel

4.

https: //advise. uz / oz/ document/2454

5.

https: // uz. Wikipedia. Org/ wiki/ Elektron raqamli imzo.

References

M. Aminov, A. Madvaliyev, N. Mahkamov, N. Mahmudov, Y. Odilov Davlat tilida ish yuritish " O'zbekiston nashriyoti " Toshkent 2020.

https://ict.xabar.uz/uz1cb

O’zbekiston Respublikasi " Elektron raqamli imzo tog'risida"gi qonuni 2003 yil 29 aprel

https: //advise. uz / oz/ document/2454

https: // uz. Wikipedia. Org/ wiki/ Elektron raqamli imzo.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов