PAYMENT SYSTEM IN BANKS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Nasimova , Y. (2023). PAYMENT SYSTEM IN BANKS. Modern Science and Research, 2(4), 708–711. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19641
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the issues of establishing an effective national payment system of the central bank and its improvement, providing information about modern payment methods and explaining how to use them.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

708

BANKLARDA TO’LOV TIZIMI

Nasimova Yulduz Baxriddin qizi

Toshkent moliya instituti

Bank ishi fakulteti 3-kurs BIA-82 guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7880025

Annotatsiya. Ushbu maqola markaziy bank samarali milliy to`lov tizimini yo`lga qo`yish va

uni takomillashtirish masalalarini muhokama Zamonaviy to’lov usullari haqida maʼlumot berilib
qanday ishlatish tushuntirib o’tilgan.

Kalit so‘zlar: Markaziy bank, to`lov tizimi, pul birligi, mulk.

PAYMENT SYSTEM IN BANKS

Abstract. This article discusses the issues of establishing an effective national payment

system of the central bank and its improvement, providing information about modern payment
methods and explaining how to use them.

Key words: Central Bank, payment system, currency, property.

ПЛАТЕЖНАЯ СИСТЕМА В БАНКАХ

Аннотация. В данной статье рассматриваются вопросы создания эффективной

национальной платежной системы центрального банка и ее совершенствования,
приводятся сведения о современных платежных методах и поясняется, как их
использовать.

Ключевые слова: Центральный банк, платежная система, валюта, имущество.

KIRISH

Iqtisodiyotda turli turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan kompaniya va firmalar

faoliyat ko‘rsatib, ular doimo bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir. Chunki korxona va tashkilotlar bir-
birlari bilan oldi-sotdi munosabatlarini o‘rnatadi, bu munosabatlar o‘zaro hisob-kitoblar orqali hal
qilinadi. Bu hisob-kitoblarni o‘tkazish uchun ma’lum bir tizim mavjud bo‘lishi lozim. Bunday
tizim to‘lov tizimi deb yuritiladi.

Har bir davlat to‘lov tizimlari turli shakllarda tashkil etiladi, lekin ularning maqsadi doimo

bitta, ya’ni aholiga va xo‘jalik sub’ektlariga o‘z pul mablag‘larini bir bankdagi hisobvaraqdan
boshqa bank hisobvarag‘iga tez o‘tkazib berishni ta’minlashdir.

ASOSIY QISM

Shuni ta’kidlash lozimki, to‘lov tizimining iqtisodiyotda tutgan o‘rni Markaziy bank

faoliyati bilan chambarchas bog‘liq, chunki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 9
yanvardagi PF-5296-sonli farmoniga binoan Markaziy bankning strategik maqsadli
yo‘nalishlaridanbiri etib to‘lov tizimi barqarorligi va rivojlanishi deb belgilandi. Bundan tashqari
to‘lov tizimi uchun o‘z mablag‘lari yoki tijorat banklari, shu bilan birga, boshqa tijorat
tashkilotlarining mablag‘larini qo‘shish evaziga texnik vositalar, dasturlar, nizomlar,
kommunikatsiyalar bilan ta’minlash jarayonida ham Markaziy bankning to‘lov tizimi orqali to‘lov
xizmatlarini bajaruvchi rolini ko‘rishimiz mumkin.

TADQIQOT METODOLOGIYASI VA TAHLIL

To‘lov tizimida Markaziy banklarning ishtiroki turlicha bo‘lishiga qaramay, ularning

maqsadlari deyarli o‘xshash, xususan, kamroq xarajat qilib minimal tavakkalchilik asosida
foydalanuvchilarning ehtiyojlarini qondiruvchi tizimni taminlashdan iboratdir.O‘zbekiston


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

709

Respublikasi to‘lov tizimi ham Markaziy bank tomonidan tashkil qilinib, tizimning harakati hisob-
kitob markazlari orqali amalga oshiriladi. Respublika Markaziy banki hisob-kitob markazi
faoliyatini muvofiqlashtirib, nazorat olib boradi.

Deyarli barcha virtual to'lov tizimlari bir xil ishlaydi. Ulardan birini ishlatishni boshlash

uchun siz ro'yxatdan o'tishingiz va hamyonni yaratishingiz kerak."To'lov" ni tanlayotganda, siz
uning imkoniyatlariga qarab harakat qilishingiz kerak, shunda u sizning ehtiyojlaringizga to'liq
javob beradi. Eng mashhur Elektron to'lov tizimi chet mamlakatlarda quyidagilar ko'rib chiqiladi:

-Advcash
- Qiwi
- Zo'r pul
-To'lovchi
-Bitcoin
Eng mashhur elektron to'lov tizimlari. Ro'yxatdan o'tish har doim bepul. Shundan so'ng, siz

hamyon uchun qanday qilib aniq pul olishingizni tushunishingiz kerak. Bitta keng tarqalgan
variant - uning raqamini ish beruvchiga berish. Tovarlar sotib olayotganda yoki hizmatlarni
to'lashda hamyoningizni qog'oz yozuvlar bilan to'ldirishingiz kerak. Buni quyidagilar orqali
amalga oshirish mumkin.

- to'lov terminallari;
-almashtirish punktlari;
-bankomatlar.
Elektron to’lov tizimi – bu umumiy to’lov tizimlarining bir ko’rinishi bo’lib, elektron

to’lovlarni tarmoq yoki chip orqali tranzaktsiya (ingl – transaction, lot. transactio – kelishuv,
shartnoma) operatsiyasini amalga oshiradi. Elektron pullar – elektron to’lovlarning asosi sifatida
pul, tovar va xizmatlar muamolasini faollashtirilishiga katta ta’sir o’tkazadi.Elektron tizimda
ro'yxatdan o'tishda siz haqiqatga mos keladigan ma'lumotlarni kiritishingiz kerak. Agar kerak
bo'lsa, texnik yordam foydalanuvchidan shaxsiy ma'lumotlarni talab qiladi. Hisob egasi shaxsiy
guvohnomani taqdim eta olmaganda, uning hamyoni bloklanishi mumkin.Bugungi kunda aholi
tijorat banklarining mobil ilova dasturlari orqali real vaqt rejimida kartadan kartaga pul o‘tkazish
(P2P) operatsiyalarini bajarish, soliq, byudjet, kommunal va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish,
mikroqarz olish va kreditlarni so‘ndirish, onlayn omonatlarni rasmiylashtirish, depozit hamda
ssuda (kredit) hisobvaraqlarini masofadan ochish, xalqaro bank karta hisobvarag‘idan to‘lovlarni
amalga oshirish, onlayn konversiya operatsiyalarini amalga oshirish va boshqa masofaviy bank
xizmatlaridan keng foydalanmoqda.

O‘z navbatida, korxona va tashkilotlar uchun bank hisobvaraqlarini masofadan boshqarish

tizimlari orqali real vaqt rejimida bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larni tasarruf etish va to‘lovlarni
amalga oshirish, valyuta mablag‘lari sotib olish (konvertatsiya) uchun buyurtmanomani elektron
shaklda xizmat ko‘rsatuvchi bankka yuborish, oylik ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarni
o‘tkazish uchun elektron qaydnomani bankka uzatish va boshqa xizmatlardan foydalanish
bo‘yicha imkoniyatlar yaratildi.

Masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish turli bank operatsiyalarni masofadan amalga

oshirish imkoniyatini beradigan xizmatlar kompleksidir. Buning uchun bank muassasasiga tashrif
buyurmasdan turib kompyuter yoki mobil telefondan foydalanish kifoya.Masofaviy texnologiyalar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

710

mijozga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal qulaylik va bank bilan ishlash jarayonida
vaqt hamda moliyaviy xarajatlarni minimallashtirish imkonini beradi.

Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimlarining turlari:
Bank-Mijoz – bu kompyuter orqali amalga oshiriladigan tizim bo‘lib, bunda mijozning

kompyuteriga maxsus dastur o‘rnatiladi. Ushbu dastur kompyuterda barcha mijoz ma’lumotlarni
saqlaydi (asosan to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar). Bank va mijozning
kompyuteri o‘rtasida modem orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa amalga oshiriladi.

Internet-banking – bu mijozlarning depozit hisobvaraqlarini, jumladan bank kartalariga

ochilgan hisobvaraqlarini, internet orqali boshqarish huquqini beruvchi tizimdir. Bu xizmat turi
mijozning masofadan bank bilan bog‘langan holda real vaqt davomida to‘lovlarni o‘tkazish uchun
mo‘ljallangan tizimdir. Foydalanuvchi tizimga veb-brauzer orqali qiradi. Internet-banking tizimi
bankning veb-serverida joylashtiriladi. Foydalanuvchi bankning veb-saytida barcha o‘z
ma’lumotlari (to‘lov hujjatlari va hisobvaraqlardan ko‘chirmalar)ni ko‘rib chiqish imkoniyatiga
ega.

Internet-banking xizmati orqali mijoz o‘z ish joyida yoki boshqa o‘ziga qulay sharoitda:
-to‘lovlarni o‘tkazish;
-to‘lov o‘tishi bosqichlarini kuzatish;
-barcha hisobotlarni olish kabi amaliyotlaridan istalgan vaqtda foydalanish imkoniyatini

yaratadi.

Internet-banking orqali mijoz o‘z ish joyidan internet orqali bank saytiga ulanib, o‘z

hisobraqamiga tushayotgan pullarni ko‘rishi va pul o‘tkazmalarini tayyorlab bankka uzatishi
mumkin bo‘ladi.

Mobil banking tizimi internet-banking texnologiyasi asosida yaratiladi.
SMS-banking – bu bank mijozlarga ularning depozit hisobvaraqlaridagi hamda bank

kartalariga ochilgan hisobvaraqlaridagi operatsiyalar haqida SMS ko‘rinishdagi ma’lumotlarni
olish tizimidir. Hisobvarag‘idan ma’lumot olish uchun mijoz bankning maxsus telefon raqamiga
belgilangan SMS-so‘rovni yuborish kerak.Mijoz uchun SMS-banking xizmati quyidagi amallarni
bajarish imkoniyatlarini beriladi:.

- hisob varag‘iga kelib tushgan mablag‘lar;
hisobvarag‘idan qilingan xarajatlar;
-hisobvaraq balansi;
-kun davomida o‘tkazilgan bank operatsiyalari haqida operativ ma’lumot olish.
Respublikamizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlar faoliyatini yanada rivojlantirish

maqsadida ularga ko‘rsatiladigan bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ayniqsa,
ajratiladigan kreditlar hajmini ko‘paytirish zamon talabi bo‘lib qoldi. Bu esa kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini kreditlash mexanizmini yanada takomillashtirish, ularga
ko‘rsatiladigan moliyaviy xizmatlar sifatini oshirishni taqozo etadi.







background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN

SCIENCE

АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 4 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

711

REFERENCES

1.

O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari
to‘plami. T. “O‘zbekiston”, 2000 yil

2.

A.O‘lmasov, M.Sharifxo‘jayev, Iqtisodiyot nazariyasi, “Mehnat”, 1995 yil

3.

A.O‘lmasov Iqtisodiyot asoslari, T. “Mehnat”,2007 yil

4.

YO.Abdullayev,T.Qoraliyev, Pul T. “Mehnat” 2008 yil

5.

YO.Abdullayev,T.Boboqulov, Kredit T. “Mehnat”, 2008 yil

6.

YO.Abdullayev, Sh.Shoha’zamiy, Qimmatli qog‘ozlar. T. “Mehnat”, 2009 yil

7.

SH.Abdullayeva, Pul va pul tizimi. T. “O‘qituvchi”, 1997 yil

8.

SH.Abdullayeva, Pul, Kredit va banklar T. “Moliya”, 2007 yil

9.

F. Mullajonov «O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi» T. “O‘zbekiston” 2001

References

O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirish bo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. T. “O‘zbekiston”, 2000 yil

A.O‘lmasov, M.Sharifxo‘jayev, Iqtisodiyot nazariyasi, “Mehnat”, 1995 yil

A.O‘lmasov Iqtisodiyot asoslari, T. “Mehnat”,2007 yil

YO.Abdullayev,T.Qoraliyev, Pul T. “Mehnat” 2008 yil

YO.Abdullayev,T.Boboqulov, Kredit T. “Mehnat”, 2008 yil

YO.Abdullayev, Sh.Shoha’zamiy, Qimmatli qog‘ozlar. T. “Mehnat”, 2009 yil

SH.Abdullayeva, Pul va pul tizimi. T. “O‘qituvchi”, 1997 yil

SH.Abdullayeva, Pul, Kredit va banklar T. “Moliya”, 2007 yil

F. Mullajonov «O‘zbekiston Respublikasi bank tizimi» T. “O‘zbekiston” 2001

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов