Authors

  • Mahliyo Shermo‘minova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.19687

Keywords:

monosemous

Abstract

In this article, the theory of valence in Uzbek linguistics and the method of its application in speech situations, its study into internal layers, and here, in the works of our well-known writer O'tkir Hoshimov, single-semal and multi-semal words combined on the basis of valence are discussed. Brief information on the representation of z is given.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

22

O‘TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA BIR SEMALI VA KO‘P SEMALI SO‘ZLARNING

LUG‘AVIY, SEMANTIK VALENTLIK ASOSIDA BIRIKISH USULLARINING

LINGVISTIK TAHLILI

Shermo‘minova Mahliyo

Termiz davlat universetiteti talabasi

D.Ergasheva

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.7886689

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o‘zbek tilshunosligida valentlik nazariyasi hamda uning

nutq sharoitida qo‘llanilish uslubi, ichki qatlamlarga bo‘lib o‘rganilishi haqida va shu o‘rinda
taniqli yozuvchimiz O‘tkir Hoshimov asarlarida valentlik asosida birikkan bir semali va ko‘p
semali so‘zlarning ifodalanishi to‘g‘risida qisqacha ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit so‘zlar:

bir semali, ko‘p semali, tilshunoslik, leksema, lug‘aviy, semantika, sintaktik,

valentlik.

LINGUISTIC ANALYSIS OF THE METHODS OF COMBINATION OF SINGLE-

SEMBLE AND MULTI-SEMBLE WORDS IN THE WORKS OF OTKIR HASHIMOV

ON THE BASIS OF THE LEXICAL AND SEMANTIC VALENCE

Abstract.

In this article, the theory of valence in Uzbek linguistics and the method of its

application in speech situations, its study into internal layers, and here, in the works of our well-
known writer O'tkir Hoshimov, single-semal and multi-semal words combined on the basis of
valence are discussed. Brief information on the representation of z is given.

Key words:

monosemous, multisemous, linguistics, lexeme, lexical, semantics, syntactic,

valence.

ЛИНГВИСТИЧЕСКИЙ АНАЛИЗ СПОСОБОВ СОЕДИНЕНИЯ

ОДНОСЕМОННЫХ И МНОГОСЕМОНТНЫХ СЛОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

ОТКИРА ГАШИМОВА НА ОСНОВЕ ЛЕКСИЧЕСКОЙ И СЕМАНТИЧЕСКОЙ

ВАЛЕНТНОСТИ

Аннотация.

В данной статье теория валентности в узбекском языкознании и

способ ее применения в контексте речи, ее изучение во внутренние пласты, а здесь, в
произведениях нашего известного писателя О'ткира Хошимова, односеменные и
многосеменные -семальные, объединенные по валентному признаку, даны краткие сведения
о выражении слов.

Ключевые слова:

однозначность, многозначность, лингвистика, лексема, лексика,

семантика, синтаксис, валентность.

Tilshunoslikda valentlik nazariyasi o‘tgan asrning 40-yillarida kirib kelgan. Valentlik

tushunchasi lisoniy birliklarning ma’no va mazmun hamda grammatik jihatdan birikish va
biriktirish imkoniyatlarini ifodalaydi. Valentlik – ichki imkoniyat, sintaktik aloqa esa uning
namoyon bo‘lishidir. Shuningdek, valentlik – til birligimiz, mohiyat, sabab va umumiylikka ega
bo‘lsa, sintaktik aloqa – nutq birligi, aloqasi, natija hamda xususiylik imkoniyatidir. Masalan:
“ezmoq” leksemasi ko‘p semali valentlik bo‘lib u o‘ziga ma’no va grammatik jihatdan bug‘doy
hamda yurak leksemalarini o‘ziga torta olish imkoniyatiga ega ekanligini ko‘ramiz. Valentlik so‘z
birikmalarida hokim va tobe so‘zlarning ishtirokida yuzaga chiqadi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

23

“bug‘doyni ezmoq” so‘z birikmasida ham tobe va hokim munosabati yetakchi mavqega ega.
“ezmoq” leksemasi tortuvchi mavqega ega bo‘lganligi uchun uning valentligi hokim valentlik,
unga birikuvchi leksemaning valentligi esa tobe valentlik deb yuritiladi. Lisoniy birliklarda ham
ma’no ham grammatika bo‘lishi kerak. Har bir so‘z birikmasi valentligida ikkisi bir-birini taqozo
etib keladi. Shunga asoslanib, valentlik lug‘aviy hamda sintaktik kabi kichik guruhlarga bo‘linadi.

Lug‘aviy valentlik – biriktiruvchi hokim qismdagi leksemaning ma’noviy jihatdan o‘ziga

mos birikuvchi tobe leksemalarini tanlay olishidir. Masalan, “uchmoq” leksemasi “mushuk”
leksemasini qabul qila olmaydi. “mushuk uchdi” so‘z birikmasida grammatik jihatdan noqislik
bo‘lmasa-da, ammo ma’no va mazmun jihatdan talabga javob bermaydi. Chunki “uchmoq”
faqatgina qushlarga xosdir va bu bir semali leksema hisoblanadi.

Semantik valentlik – leksemalarning semantik bog‘lanishi bevosita so‘z turkumlari

doirasida mantiqan hamda grammatik jihatdan bog‘lanishni yuzaga chiqaradi. Shundan kelib
chiqadiki, muayyan so‘zning o‘z so‘z turkum doirasidagi yoki boshqa so‘z turkumlariga aloqador
leksemalar bilan birikishi uning semantik imkoniyatiga ko‘ra sodir bo‘lsa, birikuvchi va
biriktiruvchi so‘zlarning o‘zaro munosabati kelib chiqadi. Masalan: qizil olma, qora ruchka, tez
yurmoq, beshta bola. Bundan kelib chiqadiki, sintaktik munosabat asosida semantik munosabat
yotadi. Shunday qilib, so‘zning semantik valentligi nutqda so‘zlarning kommunikativ birliklarni
hosil qilinishida paydo bo‘lmaydi, balki u so‘zda, uning ichki substansiyasida azaldan mavjud
bo‘lib yuzaga chiqishga tayyor turgan zaxira maydonida bo‘ladi.

Tilshunosligimizda leksemalar bir semali hamda birdan ortiq semali (ko‘p semali)

leksemalarga bo‘linadi. Leksema faqatgina bir ma’noni ifodalasa u bir semali leksema deyiladi
(quyosh, daraxt, qalam) Agarda leksema ko‘p semali bo‘lsa bitta so ‘z ikki gapda ikki yoki undan
ko‘proq tushunchani ifodalashi mumkin. Masalan: “qoyil” so‘zi doirasida ko‘rib chiqamiz. (Qoyil
dars, qoyil ayol) bu yerda “qoyil” leksemasi “ajoyib , zo‘r, tasanno” ma’nolarida kelsa, unga
“bo‘lmoq, qolmoq” fe’llarini qo ‘shib qo ‘shma fe’l yasab yangicha bir ma’no hosil qilish
qobiliyatiga ega. (Do‘stimning ishiga qoyil qoldim).

O‘zbek adabiyotining yirik namoyondasi, barchamiz uchun sevimli bo‘lgan, o‘zining

sermahsul asarlari bilan qalbimizdan joy olgan, taniqli yozuvchimiz O‘tkir Hoshimov o‘z
asarlarida kitobxonda emotsion ruhni kuchaytirish hamda baddiy ta’sirchanlikni yuzaga chiqarish
uchun bir semali va ko‘p semali so‘zlardan atroflicha foydalangan. Xususan, uning “Daftar
hoshiyasida bitiklar” asaridagi bir semali va ko‘p semali so‘zlarning birikish jarayonnini lingvistik
tahlil metodiga asoslanib ko‘rib chiqdik.

“Har kim o‘z aravasini o‘zi tortsa” sarlavhasi bilan boshlanuvchi mikromatnda “Etikdo‘zni

sartarosh qilsangiz, odamning boshiga mix qoqadi” (43-bet) gapida “qoqmoq” leksemasi ko‘p
semali ( boshiga mix qoqmoq – ko‘chma ma’no, gilam qoqmoq – o‘z ma’nosida ).

“Dastxat” nomi bilan boshlanuvchi sarlavhada “Dasturxon to‘kin edi. Shirinliklar…

Bolalarning o‘zi pishirgan kulchalar… Tomog‘im xippa bo‘g‘ilib, suv ham o‘tmay qoldi. Keyin
konsert qo‘yishdi” (43-44-betlar) misrasidagi “qo‘ymoq” leksemasi ko‘p semali (tuxum qo‘ymoq
– o‘z ma’nosida, konsert qo‘ymoq – ko ‘chma ma’no).

“Haqiqat sinmaydi…mi?” sarlavhasi bilan boshlanuvchi “Uning hech nimani

ifodalamaydigan yuzida bir soniya, atigi bir soniya tabassum paydo bo‘ldi” (47-48-betlar) gapida
“tabassum paydo bo‘ldi” leksemasi bir semalidir, chunki kulmoq, tabassum qilmoq faqatgina
insoniyatga xos.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

24

“Burch” sarlavhasi bilan boshlanuvchi matnda “Hatto bulbul ham bola ochganidan keyin

sayrashni bas qilib, polaponlariga yemish tashiydi” misralarida ham bir semali, ham ko‘p semali
leksemalar mavjud. Bu yerda “sayramoq leksemasi faqatgina qushlar va ularning turlarini o‘ziga
tobelantirib kela oladi, boshqa jonli mavjudotlarga va jonsiz predmetlarga mazmun jihatdan
birikish qobiliyatiga ega emas. Shuning uchun, “sayramoq” leksemasini bir semali leksemalar
qatoriga qo‘shamiz. Ushbu gapdagi “tashimoq” leksemasi ko‘p semali (yemishni tashimoq – o ‘z
ma’nosida, gapni tashimoq – ko‘chma ma’noda). “Asl aynimas” sarlavhasidagi “It tumshug‘ini
suqqani bilan daryo xarom bo‘lib qolmaydi. Nomard tosh otgani bilan tog‘ qulab tushmaydi”
satrida “tumshuq” so‘zi ko‘p semali (qushning tumshug‘i – o‘z ma’nosida, itning tumshug‘i –
ko‘chma ma’noda).

“Deylik konsertga tushdingiz. Sozanda soz chalyapti, xonanda qo‘shiq aytyapti.” (222-bet).

Ushbu misralarda ham bir semali va ko‘p semali leksemalar mavjud. Xususan, “tushmoq”
leksemasi ko‘p semali (konsertga tushmoq – ko‘chma ma’no, pastga tushmoq – o‘z ma’nosida).
Yana chalyapti hamda qo‘shiq aytmoq leksemalari bir semalidir. Chunki soz chalmoq, kuylamoq
leksemalari insonlarning shu so‘zlarga oid kasb egalarinigina mazmuniy jihatdan tobelantirib
keladi. “Talantsiz yozuvchi tovuqqa o‘xshaydi! Yong‘oqdek tuxum tug‘adi-da, qaqog‘lab olamni
buzadi” (226-bet). Keltirilgan gapda “qaqog‘lamoq” leksemasi faqat tovuq va xo‘rozga
mansubligi uchun bir semali hisoblanadi. “Ammo o‘zbek tilida “muhabbat” degan so‘z shu qadar
rango-rang ma’nolarga egaki, hayratda qolasiz!” (228-bet). “hayratda qolmoq” leksemasi faqat
ongli mavjudot insoniyatga xos holat hisoblanadi. Shu sababli yuqoridagi gapimizda ham bir
semali leksemani uchratishimiz mumkin.

Xulosa o‘rnida shuni keltirib o‘tishimiz kerakki, so‘zning nutqda o‘rganilishi, uning boshqa

so‘zlar bilan birikish imkoniyati, semantik jihatdan tuzilishi hamda birikish semantikasini yuzaga
chiqarish uchun muayyan so‘z va so‘z qoliplarini talab etishi valentlik nazariyasining o‘zagidir.
Shu o‘rinda, ushbu hosil qilingan so‘z birikmalarida bir semali va ko‘p semali so‘zlarning
ifodalanishi sintagmalarning ta’sirchanligini oshiradi. Ushbu fikrimizning isboti sifatida yuqorida
mikromatnlarda so‘zlarning birikish jarayonlarini lingvistik tahlil asosida ko‘rib chiqdik.

REFERENCES

1.

R.Sayfullayeva “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” Toshkent – 2020.

2.

B.Mengliyev “Hozirgi o‘zbek tili” Toshkent – 2018.

3.

O‘tkir Hoshimov “Daftar hoshiysidgi bitiklar” Toshkent – 2018.

4.

Ergasheva D.A. “Odil Yoqubov asarlarida inson ruhiy holati ifodalanishining lisoniy
manzarasi // Cŷз саньати халқаро журнали Тошкент, 2020 . №1, 2-jild. ISSN: 2181-
9297 Doi Journal 10.26739/2181-9297. – B. 99-103. (10.00.00 № 31)

References

R.Sayfullayeva “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” Toshkent – 2020.

B.Mengliyev “Hozirgi o‘zbek tili” Toshkent – 2018.

O‘tkir Hoshimov “Daftar hoshiysidgi bitiklar” Toshkent – 2018.

Ergasheva D.A. “Odil Yoqubov asarlarida inson ruhiy holati ifodalanishining lisoniy manzarasi // Cŷз саньати халқаро журнали Тошкент, 2020 . №1, 2-jild. ISSN: 2181-9297 Doi Journal 10.26739/2181-9297. – B. 99-103. (10.00.00 № 31)