PRIMARY TRAINING AS A BASIS FOR THE FORMATION OF SPORTS TECHNIQUES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Yusupov, N., & Toshpulatov, A. (2023). PRIMARY TRAINING AS A BASIS FOR THE FORMATION OF SPORTS TECHNIQUES. Modern Science and Research, 2(5), 75–79. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19779
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about basic training - formation of sports technique and education of the quality of agility. Reasonable opinions and comments are presented throughout the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

75

BOSHLANG‘ICH O‘RGATISH – SPORT TEXNIKASINI SHAKLLANTIRISH BAZASI

SIFATIDA

N.M.Yusupov

O‘zDJTSU dotsenti

Toshpulatov Abbos Saidmurodovich

O‘zDJTSU. 2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7902026

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boshlang‘ich o‘rgatish – sport texnikasini shakllantirish

va tezkorlik sifatini tarbiyalash

haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar

keltirilgan.

Kalit so’zlar:

yosh futbolchilar, texnik tayyorgarlik, asosiy mezon.

PRIMARY TRAINING AS A BASIS FOR THE FORMATION OF SPORTS

TECHNIQUES

Abstract.

This article talks about basic training - formation of sports technique and

education of the quality of agility. Reasonable opinions and comments are presented throughout
the article.

Key words:

young players, technical training, main criteria.

НАЧАЛЬНАЯ ПОДГОТОВКА КАК ОСНОВА ФОРМИРОВАНИЯ

СПОРТИВНОЙ ТЕХНИКИ

Аннотация.

В статье речь идет о начальной тренировке - формировании

спортивной техники и воспитании качества быстроты. Обоснованные мнения и
комментарии представлены на протяжении всей статьи.

Ключевые слова:

юные игроки, техническая подготовка, главный критерий.


Mamlakatimiz futbolchilarining mahorati darajasini oshirish zahiralar tayyorlash sifatini

uzluksiz ravishda yaxshilash bilan chambarchas bog‘liq. Butun o‘quv-mashq jarayonini yosh
futbolchilar tayyorgarligining serqirraligini ta’minlovchi mezonlar bo‘yicha dasturlashtirish zarur.
Yosh sportchilarni tayyorlashda o‘yin texnikasini o‘zlashtirish hamda o‘yin sharoitlariga yaqin
variativ sharoitlarda texnik usullarning keng “assortiment”ini bajarish ko‘nikmalarini
takomillashtirish ustidagi ish samaradorligini oshirish ham juda muhim.

Yosh futbolchilar va yuqori malakali jamoalar uchun o‘ynaydigan sportchilarning texnik-

taktik harakatlari aniqligi ko‘rsatkichlarini taqqoslaganda, salbiy izchillik ko‘zga tashlanadi:
bolalik yoshida ko‘p xatolar bilan bajarilgan usullar sportdagi yetuklik davrida ham shunday
nuqsonlar bilan bajariladi. Texnik-taktik tayyorgarlikning uncha yuqori bo‘lmagan darajasini
bolalik va o‘smirlik davridagi o‘quv-mashg‘ulot jarayoni muammolari bilan bog‘laydilar.

Bu, ayrim tadqiqotlardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yosh futbolchilarning mashq va

musobaqa faoliyatlari orasidagi nomuvofiqlik natijasidir. Lekin hozirgi vaqtda bu muammo
deyarli o‘rganilmagan sanaladi. Balki, shunday holat harakat ko‘nikmalarini shakllantirish
bo‘yicha rejali va maqsadga yo‘naltirilgan ish olib borilayotgan vaqtda bo‘lajak sportchilarga
o‘rgatish davrining dastlabki bosqichlarida, amalda yuz berganidek, sport texnikasi asoslarining
yuzaga kelishiga sabab bo‘lar.

Ma’lumki, harakatlarni bosqichma-bosqich shakllantirish nazariyasi qoidalariga

asoslangan futbol texnikasiga dastlabki o‘rgatish jarayonini tashkil etish uni boshqarish


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

76

imkoniyatini beradi va mashg‘ulot jarayoni samaradorligini oshirishga yordamlashadi. Harakat
sifatlarini rivojlantirish asosida ixtisoslashuvning birinchi bosqichida organizmning akkumulyativ
(to‘plovchi) adaptasiya, ya’ni moslashuv qobiliyatlaridan foydalanish yotadiki, bunda
takrorlanuvchi ta’sirlar tufayli asosiy harakat tizimlarini shakllantirish sodir bo‘ladi. Shunday
qilib, o‘rgatishning dastlabki bosqichida mashg‘ulot vositalarining butun xilma-xilligi va katta
hajmini qamrab olishga ko‘maklashadigan variativlik ilgari suriladi.

O‘yin texnikasini o‘rgatish uzoq muddatli jarayon bo‘lib, u o‘rgatish yo‘llariga

taqsimlanadi (bunda har bir yil dasturni siklik ravishda, lekin sifat jihatidan ancha yuqori darajada
takrorlaydi), shuning uchun ham unda rejalashtirish alohida o‘rin tutishi kerak. Futbol texnikasiga
o‘rgatish jarayonini shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin, ular kelajakdagi texnik
qurollanganlik darajasini belgilaydi.

Birinchi bosqich birinchi, ikkinchi, uchinchi o‘rgatish yillarini o‘z ichiga oladi, bunda

tegishli mashqlar yordamida ko‘pgina oddiy va murakkab texnik elementlarni, futbol usullarini
egallab olish hamda harakat ko‘nikmalarining boy zahirasini o‘zlashtirish amalga oshadi.
O‘rgatishning boshlang‘ich davri oddiy sharoitda, turgan joyda yoki kichik tezlik bilan, vaqt kam
bo‘lishiga qaramasdan, dumalab ketayotgan to‘p bilan, qarshiliksiz va h.k. bajariladigan ko‘p
miqdordagi bir maqsadli mashqlarning qo‘llanishi bilan tavsiflanadi, bu esa barqaror sharoitlarda
mustahkam ko‘nikmalarni shakllantirishga ko‘maklashadi.

O‘rgatishning ikkinchi bosqichi – bu to‘rtinchi, beshinchi, oltinchi yillar bo‘lib, bunda

futbol ixtisosini e’tiborga olgan holda haqiqiy o‘yin sharoitlariga maksimal darajada
yaqinlashtirilgan maxsus vositalar qo‘llanilib, texnikani chuqur o‘rgatish amalga oshiriladi.
O‘rgatish vaqtida foydalaniladigan mashqlar tarkibida ko‘p miqdorda birikmalar, bog‘lamlar,
qarshiliklar, sharoit va harakatlarning tez almashinishi mavjudligi bilan tavsiflanadi hamda
musobaqa sharoitiga yaqin sharoitlarda texnikani barqarorlashtirishni nazarda tutadi. Amaliyotda
qo‘llanayotgan usuliyat yetarlicha samarali emas, u sport maktablari o‘quvchilarining texnik
usullardan oqilona foydalanishlariga, jumladan, bir-biri bilan uyg‘unlashtirishlariga imkon
bermaydi, degan fikr bor.

Agar futbol usullarini harakatda bajarish chog‘ida ularning tuzilishi o‘zgarib ketsa,

yugurish vaqtida koordinasiyaning namoyon bo‘lishi to‘pni tezkorlik bilan nazorat qilish
vaqtidagidan tubdan farq qilsa, u holda yoshlarni turgan joyida bunday usullarga o‘rgatish,
tezkorlik sifatlarini to‘psiz mashqlar yordamida rivojlantirish samarasiz bo‘ladi.

Shunga ko‘ra yosh futbolchilarni tayyorlash jarayoni shunday qurilishi kerakki, texnik

usullar bir-biridan ajratilgan holda (amaliyotda bu tez-tez uchrab turadi) emas, balki, odatda, o‘yin
vaziyatlarida ko‘p uchraydigan tarzda uyg‘unlashtirilgan holda (“bog‘lamlarda”) o‘rgatilishi va
takomillashtirilishi zarur.
Futbolchining mahorati kuchli vaqt tanqisligi va ruxiy holatining haddan ortiq qo‘zg‘alganligi
sharoitida oqilona harakatlarni amalga oshirish malakasi bilan belgilanadi, bu golli vaziyatlarni
yuzaga chiqarish chog‘ida ayniqsa yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘yin mantiqiga ko‘ra o‘rgatishni
to‘pni harakatda qabul qilishdan boshlash va bunda zarbani tezkorlikda va xilma-xil usulda
bajarish ko‘nikmasini shakllantirish lozim. Tabiiyki, tezkor talablarga erishish maqsadida
murabbiylar jismoniy sifatlarni tez rivojlantirishga harakat qiladilar, mushaklarning tezlik-kuch
imkoniyatlarini o‘stiradilar, bu esa harakatlar aniqligiga, to‘p bilan nozik muomala qilishga putur
yetkazadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

77

Futbolda asosiy texnik usullar tezkorlik va aniqlikni uyg‘unlashtirgan holda bajariladi,

lekin aniqlikka talabning ortishi tezkorlikning susayishiga, tezkorlikni oshirish esa aniqlikning
pasayishiga olib keladi. Murabbiyning vazifasi tezkorlik va aniqlikni oqilona uyg‘unlashtirib
tarbiyalash uchun qo‘yilgan maqsadlarni ularning nozik jihatlarini ilg‘ab almashlashdan iborat.
Turli yoshdagi bolalarda aniqlikni mashq qildirishning uch asosiy bosqichini farqlaydilar:

1) 7 yoshdan 8-11 yoshgacha – umumiy harakat tayyorgarligi, sezgirlikning barcha

turlarini rivojlantirish, asosiy futbol ko‘nikmalarini o‘zlashtirish bosqichi;

2) 11 yoshdan 14-15 yoshgacha, jinsiy yetilish davri boshlanishiga qadar – futbol texnikasi

“maktab”ini o‘zlashtirish, tezlik sifatlarining rivojlanishi bosqichi;

3) jismoniy yetilish davri tugaganidan keyin – texnik mahoratni takomillashtirish, maxsus

jismoniy tayyorgarlikni orttirish, alohida imkoniyatlarni ochish bosqichi.

Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, texnik harakatlar va ularning o‘rgatish jarayonidagi

izchilligini ko‘rsatish mumkin; 1) jonglyorlik; 2) oyoq bilan zarba berish; 3) to‘pni uzatishlar; 4)
to‘pni qabul qilish; 5) to‘pni olib yurish; 6) to‘pni olib qo‘yish; 7) bosh bilan o‘ynash; 8) to‘pni
o‘yinga yon chiziqdan qo‘l bilan kiritish (Aut).

Futbolchilarning texnik tayyorgarligini takomillashtirishda boshqa usuliy yondashuv yosh

xususiyatlari va standart maydonlarning nomuvofiqligiga diqqat qilishdan iborat edi. O‘yinni olib
borish sharoitlarini o‘zgartirib, shunga erishdilarki, jamoani shakllantirish va tayyorlash tamoyilini
o‘zgartirish zarur bo‘ldi. Bunday sharoitda jismoniy tayyorlik hamda jismoniy rivojlanishdagi
tanqislik o‘rnini texnik-taktik tayyorgarlik vositalari bilan bosish zarur edi. 11-12 yoshli
futbolchilar musobaqalarini o‘tkazishning tajribalar asosida ishlab chiqilgan shartlari o‘yin
faoliyatining mazmuniy jihatini ancha yaxshiladi.

Aldab o‘tish va to‘pni olib qo‘yish kabi texnik-taktik harakatlarning 1,5 barobardan

ko‘proqqa, golli vaziyatlarning 82,5 %ga keskin ortishi alohida kuchli o‘yinchilarning o‘sib
borayotgan qiymatini belgilaydi va ulardan o‘yinlarda yaxshiroq foydalanishni nazarda tutadi.
Futbol texnik usullarining murakkablik darajasi yuqori bo‘lgan, koordinasion jihatdan ancha og‘ir
sport turiga kiradi va koordinasiya qobiliyatlariga yuqori talablar qo‘yadi.

Tayyorgarlikning muayyan bosqichida yosh futbolchilarning texnik imkoniyatlarini

samarali ro‘yobga chiqarish uchun murabbiy chaqqonlikning turlicha namoyon bo‘lishida yosh
xususiyatlarining ahamiyatini yaxshi bilishi lozim.

Tabiiy yosh dinamikasi hisobga olingan tajriba tadqiqotlari tekshirilayotgan sifatlarning

o‘sishidagi sur’atlar noteksligini ko‘rsatdi. Shuning uchun bajarilayotgan harakat faoliyatlariga
xos xususiyatlardan kelib chiqib, chaqqonlikning alohida jihatlarini takomillashtirish
izchilligining taxminiy sxemasini ularning ko‘rsatilgan yosh davrlarida ko‘proq rivojlantirilishiga
bog‘liq holda tavsiya etish mumkin 9-10 yosh – harakat faoliyatida yugurish yo‘nalishining silliq
o‘zgarishlari (burilishlar tipida) bo‘ladi:

11-12 yosh – uncha katta bo‘lmagan amplitudali harakat faoliyatlarida yugurish

yo‘nalishining (to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yugurishga nisbatan) o‘zgarishi;

13-14 yosh – yugurish yo‘nalishini keskin o‘zgartirib bajariladigan harakat faoliyatlarida

(“siniq chiziqlar” tipida) va chaqqonlikning barcha ko‘rsatilgan jihatlari;

15 yoshdan boshlab – bajarish tezligiga ahamiyat bergan holda chaqqonlikning barcha

ko‘rib chiqilayotgan jihatlarining 16 yoshdan 17 yoshgacha ustuvor ta’siri.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

78

Bu muammoga e’tibor qilish o‘yinning texnik priyomlarini egallash hamda musobaqa faoliyati
sharoitida ularni amalga oshirish muvaffaqiyatini belgilaydi. Mazkur muammo ustidagi
tadqiqotlar tahlili ushbu bo‘lim nechog‘li keng ekanligini ko‘rsatdi, shuning uchun ayrim
konsepsiyalar ilmiy-usuliy adabiyotlarda o‘z aksini topmagan. Shu sababli ham bugungi kunda
texnik tayyorgarlikka yangi yondashuvlarni izlash va ularni amaliyotga tatbiq etish muammosi
ilgari suriladiki, u ortda qolish muammosini tezlik bilan yechish hamda futbolimizni texnik
mahoratning ancha yuqori darajasiga olib chiqish imkonini bergan bo‘lur edi.

REFERENCES

1. Абидов Ш. У. Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа

шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш //Fan-Sportga. – 2020. – №. 6. – С.
17-19.

2. Абидов, Ш. У. "Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа

шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш." Fan-Sportga 6 (2020): 17-19.

3. Абидов, Шавкат. "Футбол ўргатишда дастлабки тайёрлов гуруҳларида техник-

тактик кўникмаларни ривожлантириш." O ‘zbekiston milliy universiteti xabarlari 1.7
(2022).

4. Abidov Sh. U., Igamberdiev O. R., Bozorov S. R. Yosh futbolchilar mashg ‘ulotlaridagi

yuklamalari hajmini yoshga qarab o ‘zgarishining maxsus harakat sifatlariga ta’sir etishi
//Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 229-236.

5. Артиқов А. А. Футбол спорт турида дарвозага зарба бериш аниқлигини баҳолаш

услубияти //Fan-Sportga. – 2022. – №. 1. – С. 48-51.

6. Артиқов А. А. Ёш футболчиларни дарвозага зарба бериш аниқлигини ўрганиш

//Fan-Sportga. – 2021. – №. 3. – С. 79-81.

7. Артиқов

Футболчиларнинг,

техник

усуллари

аниқлигини.

"такомиллаштиришга

йўналтирилган

махсус

машқлардан

фойдаланиш

самарадорлигининг таҳлили." Фан-Cпортга.–2020 3 (2020): 16-18.

8. Бозоров С. Р., Олимжонов Б. Дастлабки тайёрлов гуруҳи босқичида шуғулланувчи

болларни машғулотларини ташкил этиш //Академические исследования в
современной науке. – 2022. – Т. 1. – №. 18. – С. 13-17.

9. Бозоров, Сирожиддин Рустам Ўғли. "Спортчиларни шуғулланганлик даражасини

аниқлашнинг замонавий усулларини таҳлили (футбол спорт тури мисолида)."
Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 410-
419.

10.

Igamberdiyev, Obidjon. "YOSH FUTBOLCHILARNI TANLAB OLISH VA

SELEKSIYALASHDA

YANGI

TADQIQ

QILISH

USLUBIYATLARI."

Академические исследования в современной науке 1.17 (2022): 159-165.

11.

Igamberdiyev, Obidjan. "THE EFFECTIVENESS OF USING TESTS FOR

ASSESSING THEIR MOTOR SKILLS IN THE SELECTION OF YOUNG
FOOTBALL PLAYERS." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.4
(2023): 451-456.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

79

12.

Игамбердиев, О. Р. "Умумтаълим мактабларидаги 11-12 ёшли ўқувчиларни

футбол билан шуғуллантириш орқали жисмоний тайёргарлигини ошириш."
Автореф. дисс. п. ф. б. ф. д (PhD)–Чирчиқ 58 (2022).

13.

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарликнинг дастлабки босқичларида

футболчиларни саралаб олишнинг илмий – назарий асослари. // Fan – sportga •
№8/2022.

14.

Игамбердиев

О.,

Бозоров

Ф.

ОСОБЕННОСТИ

ФИЗИЧЕСКОЙ

ПОДГОТОВКИ ФУТБОЛИСТОВ //Академические исследования в современной
науке. – 2022. – Т. 1. – №. 17. – С. 169-173.






References

Абидов Ш. У. Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш //Fan-Sportga. – 2020. – №. 6. – С. 17-19.

Абидов, Ш. У. "Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш." Fan-Sportga 6 (2020): 17-19.

Абидов, Шавкат. "Футбол ўргатишда дастлабки тайёрлов гуруҳларида техник-тактик кўникмаларни ривожлантириш." O ‘zbekiston milliy universiteti xabarlari 1.7 (2022).

Abidov Sh. U., Igamberdiev O. R., Bozorov S. R. Yosh futbolchilar mashg ‘ulotlaridagi yuklamalari hajmini yoshga qarab o ‘zgarishining maxsus harakat sifatlariga ta’sir etishi //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 229-236.

Артиқов А. А. Футбол спорт турида дарвозага зарба бериш аниқлигини баҳолаш услубияти //Fan-Sportga. – 2022. – №. 1. – С. 48-51.

Артиқов А. А. Ёш футболчиларни дарвозага зарба бериш аниқлигини ўрганиш //Fan-Sportga. – 2021. – №. 3. – С. 79-81.

Артиқов AА Футболчиларнинг, техник усуллари аниқлигини. "такомиллаштиришга йўналтирилган махсус машқлардан фойдаланиш самарадорлигининг таҳлили." Фан-Cпортга.–2020 3 (2020): 16-18.

Бозоров С. Р., Олимжонов Б. Дастлабки тайёрлов гуруҳи босқичида шуғулланувчи болларни машғулотларини ташкил этиш //Академические исследования в современной науке. – 2022. – Т. 1. – №. 18. – С. 13-17.

Бозоров, Сирожиддин Рустам Ўғли. "Спортчиларни шуғулланганлик даражасини аниқлашнинг замонавий усулларини таҳлили (футбол спорт тури мисолида)." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 410-419.

Igamberdiyev, Obidjon. "YOSH FUTBOLCHILARNI TANLAB OLISH VA SELEKSIYALASHDA YANGI TADQIQ QILISH USLUBIYATLARI." Академические исследования в современной науке 1.17 (2022): 159-165.

Igamberdiyev, Obidjan. "THE EFFECTIVENESS OF USING TESTS FOR ASSESSING THEIR MOTOR SKILLS IN THE SELECTION OF YOUNG FOOTBALL PLAYERS." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.4 (2023): 451-456.

Игамбердиев, О. Р. "Умумтаълим мактабларидаги 11-12 ёшли ўқувчиларни футбол билан шуғуллантириш орқали жисмоний тайёргарлигини ошириш." Автореф. дисс. п. ф. б. ф. д (PhD)–Чирчиқ 58 (2022).

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарликнинг дастлабки босқичларида футболчиларни саралаб олишнинг илмий – назарий асослари. // Fan – sportga • №8/2022.

Игамбердиев О., Бозоров Ф. ОСОБЕННОСТИ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ФУТБОЛИСТОВ //Академические исследования в современной науке. – 2022. – Т. 1. – №. 17. – С. 169-173.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов