THE EFFECT OF TECHNICAL TRAINING OF YOUNG PLAYERS ON COMPETITION ACTIVITY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Igamberdiyev, O., & Toshpulatov, A. (2023). THE EFFECT OF TECHNICAL TRAINING OF YOUNG PLAYERS ON COMPETITION ACTIVITY. Modern Science and Research, 2(5), 63–63. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/19778
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about the influence of the technical training of young players on the activity of the competition. Reasonable opinions and comments are presented throughout the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

63

YOSH FUTBOLCHILAR TEXNIK TAYYORGARLIGINING MUSOBAQA

FAOLIYATIGA TA’SIRI

O.R.Igamberdiyev

O‘zDJTSU P.f.b.f.d.

Toshpulatov Abbos Saidmurodovich

O‘zDJTSU 2-bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7902024

Annotatsiya.

Mazkur maqolada yosh futbolchilar texnik tayyorgarligining musobaqa

faoliyatiga ta’siri haqida so’z boradi. Maqola davomida asosli fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

yosh futbolchilar, texnik tayyorgarlik, asosiy mezon.

THE EFFECT OF TECHNICAL TRAINING OF YOUNG PLAYERS ON

COMPETITION ACTIVITY

Abstract.

This article talks about the influence of the technical training of young players

on the activity of the competition. Reasonable opinions and comments are presented throughout
the article.

Key words:

young players, technical training, main criteria.

ВЛИЯНИЕ ТЕХНИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ЮНЫХ ИГРОКОВ НА

СОРЕВНОВАТЕЛЬНУЮ ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ

Аннотация.

В данной статье говорится о влиянии технической подготовки юных

игроков на конкуренцию. Обоснованные мнения и комментарии представлены на
протяжении всей статьи.

Ключевые слова:

юные игроки, техническая подготовка, главный критерий.


Futbolchilar tayyorgarligining asosiy mezoni musobaqa faoliyati bo‘lib, u o‘yin natijasi va

murabbiyning ekspert bahosi bilan bir qatorda tezkor ish hajmi, shuningdek, texnik-taktik
harakatlar miqdori va aniqligi bilan tavsiflanadi. O‘yinchilarning musobaqa faoliyati to‘g‘risidagi
axborot asosida murabbiy jamoa tayyorgarligining joriy rejasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.
Musobaqa faoliyatini qayd etish mamlakatimiz va chet el sportchilarining har bir muayyan
o‘yinida o‘yinchilarning faoliyatlari haqida juda ko‘p materiallar yig‘ishga imkon berdi. Lekin
yosh futbolchilarda bu tadqiqotlar epizodik xususiyatga ega bo‘ldi, shuning oqibatida mazkur
muammo deyarli o‘rganilmaganicha qolmoqda. Masalan, A.V.Petuxov (104) malakali hamda 11-
12 yoshli futbolchilar musobaqa faoliyatini taqqoslar ekan, texnik-taktik harakatlarning ko‘pgina
miqdoriy-sifat o‘lchamlari borasida mohir futbolchilar ishonchli ustunlikka ega ekanliklarini
aniqladi. Texnik-taktik harakatlarni bajarish ishonchliligi malakali futbolchilarda – 70 %,
yoshlarda – 52 %. Bu yosh futbolchilar texnik-taktik tayyorgarlik darajasini past deb baholashga
asos bo‘ladi. Bunda bolalar-o‘smirlar futboli rivojiga to‘siq bo‘layotgan ob’yektiv va sub’yektiv
xususiyatli shart-sharoitlarning butun bir majmuasi ajratib ko‘rsatiladi.

Olingan natijalar yosh futbolchilarning sport natijalariga erishuvida jismoniy tayyorgarlik

va jismoniy rivojlanishni tashkil etuvchi sifatlar yetakchi ahamiyatga ega ekanligidan, texnik-
taktik imkoniyatlar esa sport natijasiga hal etuvchi ta’sir ko‘rsata olmasligidan dalolat beradi.
Musobaqalar o‘tkazishning ko‘rib chiqilgan shartlari yosh futbolchilarning imkoniyatlariga to‘la
javob bermaydi. Bunday sharoitda o‘yinlar qattiq tezkorlik-kuch xususiyatlariga ega bo‘lib, ularda
uzoq masofaga noaniq uzatishlar va yakkama-yakka ko‘rashlar ko‘payib ketadi, bu erta yetilgan,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

64

ya’ni texnik-taktik jihatdan yutqizsa ham yaxshiroq jismoniy rivojlanish hisobiga ustunlikka ega
bo‘lgan o‘g‘il bolalardan foydalanishni taqozo etadi. Musobaqa o‘tkazish shartlariga kiritilgan
tahrirlardan so‘ng yakama-yakka kurashlar miqdorining 18,7 ta usulgacha ishonchli kamayishi yuz
berdi. Uzoq masofaga uzatishlar miqdori birmuncha kamaydi, qisqa va o‘rta masofaga uzatishlar
soni esa ortdi. Aldab o‘tish hamda to‘pni olib qo‘yish kabi texnik-taktik harakatlarning 1,5
barobardan ortiqroqqa keskin ko‘payishi alohida kuchli o‘yinchilar qiymati oshishiga olib keladi
hamda ulardan o‘yinda unumli foydalanishni ko‘zda tutadi, bu esa sport natijasida ham aks etadi.
Shu tariqa golli vaziyatlar miqdori 82,5 %ga oshadi.

Funksional holatni aniqlash, jismoniy sifatlar va texnik tayyorgarlikni rivojlantirish

maqsadida 15-17 yoshli futbolchilar ustida tadqiqotlar o‘tkazildi. Musobaqa faoliyati tahlilining
ko‘rsatishicha, (TSHFBDIMI) Toshkent shahar futbol bo‘yicha Davlat ixtisoslashtirilgan maktab
internati 15-17 yoshli futbolchilari bir o‘yinda o‘rtacha 478-526 ta texnik-taktik harakatni amalga
oshiradilar, xatolar esa 34-36 %. Agar qisqa uzatishlar hisobga olinmasa, u holda 312-372 texnik-
taktik harakat va 39-40 % xato, ya’ni yosh futbolchilar qisqa uzatishlarni ko‘proq qo‘llaydilar.

Bu yoshda o‘yinda texnik-usullarni ko‘proq qo‘llash xususiyati qayd etiladi:

Himoyachilar - qisqa va o‘rta masofaga to‘p uzatishlar, to‘pni olib qo‘yish, bosh bilan o‘ynash,
to‘pni yo‘l-yo‘lakay tutib qolish, uzoq masofaga uzatishlarni eng yuqori - 47-51 % xatolar bilan,
to‘pni olib qo‘yishni –33-35 %, bosh bilan o‘ynashni –34-47 %, aldab o‘tishni –31-39 % xato bilan
bajarishi aniqlandi. Yarim himoyachilar -qisqa, o‘rta, uzoq masofaga to‘p uzatishlar, to‘pni olib
yurish va raqibni aldab o‘tish, uzoq masofaga uzatishlarni bajarish vaqtida xatolar foizining eng
yuqori darajasi –47-48 %, aldab o‘tishda –36-37 %, bosh bilan o‘ynashda –36-40 %, darvozaga
zarba berishda –47-51 % bilan bajarishi aniqlandi. Hujumchilar -qisqa va o‘rta masofaga to‘p
uzatishlar, darvozaga zarba berish, uzoq masofaga to‘p uzatishlarni bajarishda xatolar foizi 46-47
%, darvozaga zarba berishda –53-66 %, to‘pni olib qo‘yishda –34-41 %. To‘pni olib yurish va
aldab o‘tishdan kamroq foydalanishlari ma’lum bo‘ldi.

1) Yosh futbolchilar faoliyati samaradorligi yuqori hujum faolligi hamda hujum va

himoya harakatlarining aniqligini uyg‘unlashtirish orqali ta’minlanadi. Faoliyatning eng muhim
xususiyatlari umumiy aniqlik, tashabbus, himoya faolligi ko‘rsatkichlari sanaladi. Ular yordamida
muayyan yoshlar jamoalarining samaradorligi darajasiga qiyosiy baho berish, shuningdek, alohida
o‘yinchilarning jamoa faoliyati samaradorligiga qo‘shgan hissasini baholash mumkin.

2) Musobaqa faoliyati ishonchliligi: hujum harakatlari yuksak darajadagi faolligi hamda

aniqligi, mudofa faolligining eng maqbul darajadagi ifodaliligi, mudofa harakatlarining aniqligi
yordamida ta’minlanadi. Ekstremal sharoitlardagi faoliyatni tashkil qilishda xatoliklar va
tashabbus ko‘rsatkichlari jiddiy ahamiyatga ega.

3) Yosh futbolchilar musobaqa faoliyati va shaxsiy xususiyatlari tahlili aniqlikning turli

xillari bilan tavsiflanuvchi uch guruhni farqlab ko‘rsatishga imkon beradi: ishonchli yoki
ishonchsiz. Tayyorgarlikning aniqlangan turlarini qayd etish o‘yinchilar texnik-taktik
tayyorgarligini individuallashtirishga ko‘maklashadi.
Yosh futbolchilar tayyorgarligi tizimining eng muhim elementlaridan biri majmuali nazoratdir.

Pedagogik kuzatuv ma’lumotlarini o‘rganish natijasida ayon bo‘ldiki, kichik yoshli maktab

o‘quvchilari tashkil etgan to‘pli o‘yinlar bir vaqtda ishtirok etuvchilar miqdori kam bo‘lgan
sharoitda, kichkina o‘yin maydonchalarida o‘tkaziladi. Bir vaqtda ishtirok etuvchilar soni ikki
kishidan o‘n kishigacha bo‘lishi mumkin. Ularning soniga qarab maydonchalarning o‘lchami (m):


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

65

10x5; 10x10; 15x15; 20x15; 30x20; 40x30 ni tashkil etadi. O‘yin elementlaridan darvozaga zarba
berish elementi ustida alohida to‘xtash lozim. Yosh futbolchilarning ko‘rib chiqilayotgan barcha
yosh guruhlarida mazkur texnik usul musobaqa faoliyatida texnik-taktik harakatlar umumiy
miqdorining ko‘pi bilan 5%ni tashkil etadi. Bu, o‘quv-mashg‘ulot jarayonida darvozaga zarba
berishga u qadar ahamiyat bermasa ham bo‘ladi, degani emas. Shuni yodda tutish kerakki,
musobaqa faoliyati tizimini shunga o‘xshash tarzda qurish yuqori malakali futbolchilarga ham xos.

Musobaqa faoliyati xususiyatlarini o‘rganish yosh futbolchilar tayyorgarligining deyarli

o‘rganilmagan jihatlarini aniqlash imkonini beradi. Bu sohadagi yangi ma’lumotlar yosh
sportchilarni tayyorlash jarayonini optimallashtirish hamda mamlakat terma jamoasiga malakali
zahira tarbiyalab berish uchun imkoniyat yaratadi.

REFERENCES

1.

Абидов Ш. У. Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа
шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш //Fan-Sportga. – 2020. – №. 6. –
С. 17-19.

2.

Абидов, Ш. У. "Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа
шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш."

Fan-Sportga

6 (2020): 17-19.

3.

Абидов, Шавкат. "Футбол ўргатишда дастлабки тайёрлов гуруҳларида техник-
тактик кўникмаларни ривожлантириш."

O ‘zbekiston milliy universiteti

xabarlari

1.7 (2022).

4.

Abidov Sh. U., Igamberdiev O. R., Bozorov S. R. Yosh futbolchilar mashg ‘ulotlaridagi
yuklamalari hajmini yoshga qarab o ‘zgarishining maxsus harakat sifatlariga ta’sir
etishi //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 229-236.

5.

Артиқов А. А. Футбол спорт турида дарвозага зарба бериш аниқлигини баҳолаш
услубияти //Fan-Sportga. – 2022. – №. 1. – С. 48-51.

6.

Артиқов А. А. Ёш футболчиларни дарвозага зарба бериш аниқлигини ўрганиш
//Fan-Sportga. – 2021. – №. 3. – С. 79-81.

7.

Артиқов

Футболчиларнинг,

техник

усуллари

аниқлигини.

"такомиллаштиришга йўналтирилган махсус машқлардан фойдаланиш
самарадорлигининг таҳлили."

Фан-Cпортга.–2020

3 (2020): 16-18.

8.

Бозоров С. Р., Олимжонов Б. Дастлабки тайёрлов гуруҳи босқичида
шуғулланувчи болларни машғулотларини ташкил этиш //Академические
исследования в современной науке. – 2022. – Т. 1. – №. 18. – С. 13-17.

9.

Бозоров, Сирожиддин Рустам Ўғли. "Спортчиларни шуғулланганлик даражасини
аниқлашнинг замонавий усулларини таҳлили (футбол спорт тури
мисолида)."

Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies

(CARJIS)

2.2 (2022): 410-419.

10.

Igamberdiyev, Obidjon. "YOSH FUTBOLCHILARNI TANLAB OLISH VA
SELEKSIYALASHDA

YANGI

TADQIQ

QILISH

USLUBIYATLARI."

Академические исследования в современной науке

1.17

(2022): 159-165.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

66

11.

Igamberdiyev, Obidjan. "THE EFFECTIVENESS OF USING TESTS FOR
ASSESSING THEIR MOTOR SKILLS IN THE SELECTION OF YOUNG
FOOTBALL

PLAYERS."

International

Bulletin

of

Applied

Science

and

Technology

3.4 (2023): 451-456.

12.

Игамбердиев, О. Р. "Умумтаълим мактабларидаги 11-12 ёшли ўқувчиларни
футбол

билан

шуғуллантириш

орқали

жисмоний

тайёргарлигини

ошириш."

Автореф. дисс. п. ф. б. ф. д (PhD)–Чирчиқ

58 (2022).

13.

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарликнинг дастлабки босқичларида
футболчиларни саралаб олишнинг илмий – назарий асослари. // Fan – sportga •
№8/2022.

14.

Игамбердиев О., Бозоров Ф. ОСОБЕННОСТИ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ
ФУТБОЛИСТОВ //Академические исследования в современной науке. – 2022. –
Т. 1. – №. 17. – С. 169-173.

References

Абидов Ш. У. Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш //Fan-Sportga. – 2020. – №. 6. – С. 17-19.

Абидов, Ш. У. "Ёш футболчиларни техник-тактик ҳаракатларини мусобақа шароитида баҳолаш ва самаладорлигини аниқлаш." Fan-Sportga 6 (2020): 17-19.

Абидов, Шавкат. "Футбол ўргатишда дастлабки тайёрлов гуруҳларида техник-тактик кўникмаларни ривожлантириш." O ‘zbekiston milliy universiteti xabarlari 1.7 (2022).

Abidov Sh. U., Igamberdiev O. R., Bozorov S. R. Yosh futbolchilar mashg ‘ulotlaridagi yuklamalari hajmini yoshga qarab o ‘zgarishining maxsus harakat sifatlariga ta’sir etishi //Eurasian Journal of Academic Research. – 2022. – Т. 2. – №. 10. – С. 229-236.

Артиқов А. А. Футбол спорт турида дарвозага зарба бериш аниқлигини баҳолаш услубияти //Fan-Sportga. – 2022. – №. 1. – С. 48-51.

Артиқов А. А. Ёш футболчиларни дарвозага зарба бериш аниқлигини ўрганиш //Fan-Sportga. – 2021. – №. 3. – С. 79-81.

Артиқов AА Футболчиларнинг, техник усуллари аниқлигини. "такомиллаштиришга йўналтирилган махсус машқлардан фойдаланиш самарадорлигининг таҳлили." Фан-Cпортга.–2020 3 (2020): 16-18.

Бозоров С. Р., Олимжонов Б. Дастлабки тайёрлов гуруҳи босқичида шуғулланувчи болларни машғулотларини ташкил этиш //Академические исследования в современной науке. – 2022. – Т. 1. – №. 18. – С. 13-17.

Бозоров, Сирожиддин Рустам Ўғли. "Спортчиларни шуғулланганлик даражасини аниқлашнинг замонавий усулларини таҳлили (футбол спорт тури мисолида)." Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS) 2.2 (2022): 410-419.

Igamberdiyev, Obidjon. "YOSH FUTBOLCHILARNI TANLAB OLISH VA SELEKSIYALASHDA YANGI TADQIQ QILISH USLUBIYATLARI." Академические исследования в современной науке 1.17 (2022): 159-165.

Igamberdiyev, Obidjan. "THE EFFECTIVENESS OF USING TESTS FOR ASSESSING THEIR MOTOR SKILLS IN THE SELECTION OF YOUNG FOOTBALL PLAYERS." International Bulletin of Applied Science and Technology 3.4 (2023): 451-456.

Игамбердиев, О. Р. "Умумтаълим мактабларидаги 11-12 ёшли ўқувчиларни футбол билан шуғуллантириш орқали жисмоний тайёргарлигини ошириш." Автореф. дисс. п. ф. б. ф. д (PhD)–Чирчиқ 58 (2022).

Игамбердиев О.Р. Кўп йиллик тайёргарликнинг дастлабки босқичларида футболчиларни саралаб олишнинг илмий – назарий асослари. // Fan – sportga • №8/2022.

Игамбердиев О., Бозоров Ф. ОСОБЕННОСТИ ФИЗИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ ФУТБОЛИСТОВ //Академические исследования в современной науке. – 2022. – Т. 1. – №. 17. – С. 169-173.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов