Authors

  • Zufar Haydarov
  • Feruza Abralova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.19766

Keywords:

minors , crime

Abstract

This article talks about the general situation, dynamics and causes of juvenile delinquency, criminological description of juvenile delinquents, and measures to prevent juvenile delinquency. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

101

VOYAGA YETMAGANLAR TOMONIDAN JINOYATLAR SODIR ETILISHINING

AYRIM TOMONLARI VA ULARNI BARTARAF ETISH MASALALARI

Haydarov Zufar Olim o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi
Tezkor qidiruv faoliyati yo‘nalishi 3-bosqich kursanti

Abralova Feruza Farhod qizi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasi
Tezkor qidiruv faoliyati yo‘nalishi 2-bosqich kursanti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7902336

Annotatsiya.

Mazkur maqolada voyaga yetmagan shaxslar jinoyatchiligining umumiy

holati, dinamikasi va sabablari, voyaga yetmagan jinoyatchilar shaxsining kriminologik tavsifi va
voyaga yetmagan shaxslar sodir etadigan jinoyatlarning oldini olishni tashkil etish chora-
tadbirlari haqida so‘z boradi. Maqola so‘nggida xulosa va takliflar berib o‘tilgan.

Kalit so’zlar:

voyaga yetmagan shaxslar, jinoyat, siyosat, kurash, huquq.

ПРАВОНАРУШЕНИЯ, СОВЕРШЕННЫЕ НЕСОВЕРШЕННОЛЕТНИМИ

Аннотация.

В данной статье говорится об общем состоянии, динамике и причинах

правонарушений

несовершеннолетних,

криминологической

характеристике

несовершеннолетних

правонарушителей,

мерах

профилактики

преступлений,

совершаемых несовершеннолетними правонарушителями. Выводы и предложения даны в
конце статьи.

Ключевые слова:

несовершеннолетние, преступление, политика, борьба, право.

OFFENSES COMMITTED BY MINORS

Abstract.

This article talks about the general situation, dynamics and causes of juvenile

delinquency, criminological description of juvenile delinquents, and measures to prevent juvenile
delinquency. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Key words:

minors, crime, politics, struggle, law.

Jinoyatchilikka qarshi kurashning tarkibiy qismi bo‘lgan voyaga yetmagan shaxslar

tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik davlatning jinoiy-
huquqiy yo‘nalishdagi siyosatida muhim o‘rin tutadi. Shuning uchun ham bu muammoni davlat
siyosati darajasida hal etishga alohida e’tibor qaratilgan. Voyaga yetmaganlar sodir etadigan
jinoyatlarning oldini olish to‘g‘ri ma’nodagi ijtimoiy-siyosiy muammodir.

To‘g‘ri, O‘zbekistonda voyaga yetmaganlar sodir etayotgan jinoyatlar umumiy miqdorda

kamayishi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, barcha toifadagi jinoyatlarning umumiy miqdorida esa bu
ko‘rsatkich o‘zgarmay qolayotganligini ko‘rish mumkin. Demak, voyaga yetmaganlar sodir
etadigan jinoyatlarning oldini olish muammosi mavjud va ularning oldini olishda ilmiy- nazariy
tadqiqotlar olib borish hamda amaliy jihatdan zarur profilaktik chora- tadbirlarni qo‘llash bugungi
kunning talabidir.

Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlar dinamikasining umumiy holatini tahlil

etishda, birinchidan, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan jinoyatlarning
o‘zaro bog‘liqligiga, ikkinchidan, voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning kriminologiya
nuqtai nazaridan tarkibiga, g‘arazli maqsadlari nimalarga qaratilganligiga alohida e’tibor berish
lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

102

Voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida sodir etiladigan jinoyatlarning o‘zaro bog‘liqligi

va har birini aniq ifodalash kriminologiyada katta ahamiyatga ega. Chunki voyaga yetmaganlar (
14-17 yoshlilar) va yoshlar ( 18-29 yoshdagi shaxslar)ning ijtimoiy-ruhiy holatlari bir-biridan
sezilarli darajada farq qiladi. O‘z navbatida, har ikki guruhga mansub shaxslar tomonidan sodir
etilayotgan jinoyatlarning tahlili ham jinoyatchilikning umumiy «manzarasini» aniqlash va to‘g‘ri
xulosa chiqarishga imkon beradi.

Masalan, hozirgi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar jarayonida sodir etilayotgan

barcha jinoyatlarning sal kam 57 % 14-29 yoshgacha bo‘lgan shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Bu achinarli hol, albatta, biroq jinoyat olamining «yosharishi» nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon
miqyosida yuzaga kelayotgan illat ekanligini ham nazardan chetda qoldir- maslik lozim.

Shu o‘rinda katta yoshdagi shaxslarning jinoyat sodir etish «tajribasi» yoshlar o‘rtasida

yoyilishini ham e’tiborga olish kerak. Zotan, bu muammoni yechishda kriminologiyada mavjud
bo‘lgan ilmiy tavsiyalar va nazariy xulosalarga tayanish maqsadga muvofiqdir.

Kriminologiya nuqtai nazaridan va nazariy jihatdan e’tirof etilishicha, voyaga yetmagan

shaxslar sodir etadigan jinoyatlar umumiy jinoyatchilikning boshlanish bosqichidir. Yosh
jihatidan boshqa turdagi jinoyatchilar shaxsiga xos xususiyatlarning mavjudligi alohida xavfli
bo‘lgan voyaga yetmaganlar jinoyatchiligini keltirib chiqaradi.

Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning katta yoshdagilar tomonidan sodir

etiladigan jinoyatlarga nisbatan ta’sir doirasi jinoiy tajovuz yo‘nalishining turlariga ko‘ra o‘zgarib
turish xususiyatiga ega. Masalan, voyaga yetmaganlar qasddan sodir etadigan umumiy turdagi
jinoyatlarning yoshlar va katta yoshdagi jinoyatchi shaxslar qasddan sodir etadigan jinoyatlar bilan
yaqin bo‘lib, kuch ishlatish yo‘li bilan sodir etiladigan jinoyatlardan farqli ravishda, kuchli
bog‘lanishga ega. Aksincha, voyaga yetmaganlar tomonidan kuch ishlatish bilan sodir etiladigan
jinoyatlar katta yoshdagilar tomonidan sodir etiladigan shu turdagi jinoyatlar bilan sust
bog‘lanishda bo‘ladi, buning sababi kuch ishlatish bilan bog‘liq jinoyatlarning sodir bo‘lishi
turmushning turli yo‘nalishlarida ro‘y berishi mumkin.

Kuch ishlatish yoki zo‘ravonlik jinoyatlarini sodir etilishi voyaga yetmaganlar ichida asosan

dam olish paytlarida sodir etilsa, katta yoshdagi shaxslarda maishiy turmushda yoki jinoyatchilikni
kasb qilib olgan shaxslar o‘rtasida uchrashi kuzatiladi.

Yaqin besh-o‘n yil davomida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlardan

ko‘zlangan asosiy maqsad - o‘z intilishlari va ehtiyojlarini (ayniqsa, moddiy manfaatdorlik)
qondirish, katta yoshdagilar qaramog‘ida bo‘lmaslik, mustaqil hayot kechirishlarini ta’minlash
uchun sodir etilayotganligini ham yaqqol ko‘rish mumkin. Keyingi yillarda voyaga yetmaganlar
katta yoshdagi jinoyatchilar ta’siridan chiqib, o‘zlari mustaqil va jamiyat uchun o‘ta og‘ir
jinoyatlar qilishga qodir jinoiy guruhlarga bir- lashayotganligining miqdori oshganligi ham
kuzatilmokda.

Eng xavflisi, voyaga yetmaganlar va yoshlarning jinoyat sodir etishda birlashishi

jinoyatchilikning ko‘payishiga olib kelmoqda. Jinoyatchilikning «yosharishi» jinoyatlarni sodir
etilishida yosh bolalar va o‘spirinlar ishtiroki- ning ortganligidadir.

Jinoyat sodir etishda «tavakkal qiluvchi» guruhlar toifasidagi yoshlarda ashaddiylik

kuchaymoqda, deyish mumkin. Tavakkalchi guruhlar safi asosan ishsizlar, mayda tadbirkorlik
bilan shug‘ullanuvchi o‘spirin yoshlar, jazoni o‘tab qaytgan voyaga yetmaganlar, harbiy


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

103

xizmatdan qaytgan yoshlar yoki kam ta’minlangan va hayotda o‘z o‘rnini topa olmagan kimsalar
hisobiga kengaymoqda.

Voyaga yetmaganlar va yoshlarni jinoyat yo‘liga kirishida xufiyona ishlab chiqarish ham

salbiy ta’sir etayotgani achinarli hol. Biroq xufiyona ishlab chiqarishda voyaga yetmaganlar va
yoshlar eng quyi ijrochilar sifatida jalb qilinadilar. Katta yoshdagi jinoyatchilar bunday
vaziyatlarda yosh jinoyatchilarni doimiy ravishda kuzatadilar va «yetilgan yoshlarni» o‘z jinoiy
guruhlariga qo‘shib olishga harakat qiladilar. Voyaga yetmaganlar sodir etadigan jinoyatlarning
tarkibi va g‘arazli maqsadlari nimalarga qaratil- ganligini bilish hamda ularni kriminologiya nuqtai
nazaridan tavsiflash katta ahamiyatga ega.

Kriminologiyada voyaga yetmagan shaxslar sodir etadigan jinoyatlarning tarkibiga ko‘ra

tahlil etish keng yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, asosan sakkiz turdagi, ya’ni qasddan odam o‘ldirish,
qasddan tan jarohati yetkazish, nomusga tegish, talonchilik, bosqinchilik, o‘zgalar mulkini
o‘g‘irlash, giyoh- vandlik bilan bog‘liq jinoyatlar va bezorilik jinoyatlari bo‘yicha tahliliy ishlar
amalga oshiriladi.

Ilgari faqat katta yoshdagi jinoyatchilarga xos bo‘lgan qonunga xilof ravishda qurol-yarog‘

va narkotik moddalarni sotish, fohishaxonalar saqlash, qo‘shmachilik qilish, chet el fuqarolari va
tadbirkorlarga talonchilik hujum- larini uyushtirish, garovga olish, tamagirlik qilish, turli qiynoq
usullari bilan jabrdiydalarning hayoti va salomatligiga tajovuz qilish, firibgarlik orqali valuta va
qimmatbaho qog‘ozlarni muomalaga kiritish, kompyuterlardan axborot olish, o‘g‘irlangan mulkni
sotish, qimorbozlik kabi jinoyatlarning voyaga yetmaganlar sodir etishlari oshgan.

Hozirgi sharoitda kuch ishlatish va g‘arazli maqsadlarda qasddan jinoyat sodir etilishini

kriminologiya nuqtai nazaridan qanday baholash mumkin va bunda ushbu jinoyatlarning nafaqat
turlari, balki qasdiga ko‘ra muvozanatini aniqlashda nimalar inobatga olinishi lozim, degan
savolga javob topish g‘oyat muhimdir. Ushbu muvozanatni aniqlash uchun kriminologiyada bar-
cha statistik ko‘rsatkichlar uchta guruhga bo‘lingan holda tahlil etiladi.

Bular kuch ishlatish asosida sodir etiladigan jinoyatlar, g‘arazli maqsadlarda sodir etiluvchi

va g‘arazli maqsadlar hamda kuch ishlatish orqasida sodir etiladigan jinoyatlarga xos guruhlardir.
Shuningdek, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni qasdning shakliga qarab
bir tizimga kiritishga bo‘lgan urinishlarni keltirish mumkin. Masalan, qasddan g‘arazli maqsadda,
qasddan rahmsizlarcha, jinsiy vosvoslik (manyaklik), o‘z manfaatlaridan kelib chiqish, o‘ziga bino
qo‘yish kabi holatlar shular jumlasidandir. Biroq sud statistikasida qasd shakllarining qayd
etilmasligi inobatga olinadigan bo‘lsa, bunday tizimni yaratish qiyinchilik tug‘diradi.

Shuning uchun ham qasdni shakliga ko‘ra tizimga kiritish orqali jinoyatchilikni baholash

alohida va ma’lum bir holatlarda o‘tkazilsagina yaxshi natija berishi mumkinligini e’tiborga olish
kerak.

Ma’lumki, o‘smirlar tomonidan o‘g‘rilik jinoyatlarini sodir etilishida g‘arazli maqsadlar har

uch yoki to‘rt ishda takrorlanadi. Qolgan holatlarda esa g‘arazli maqsadlar o‘zaro bir-birini
qo‘llab-quvvatlash, guruh a’zolari bilan bog‘liqligi bois o‘zini majburlash yoki yoshlik tufayli o‘z
harakatlariga yuzaki qarash orqali amalga oshiriladi.

G‘arazli maqsadlarda qotillik qilish va tan jarohati yetkazish XX asrning so‘nggi yillarida

(80-yillarida 15-20 % gacha bo‘lsa, 90-yillarida 2540 % gacha oshgan) o‘sib borganligini ham
tadqiqotlarda uchratish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

104

O‘tkazilgan tadqiqotlarni umumlashtiradigan bo‘lsak, quyidagi xulosalarga kelish

mumkin:

a)

voyaga yetmaganlar tomonidan g‘arazli maqsadlarda jinoyat sodir etilishi avvalgi

yillarga nisbatan ko‘paymoqda;

b)

ushbu jinoyatlar boshqa maqsadlarda sodir etiladigan jinoyatlardan ortganligini ko‘rish

mumkin va umumiy ko‘rsatkichlarning 35-40 % ni tashkil etadi;

d)

qasddan sodir etiladigan jinoyatlarda g‘arazli maqsadlar, asosan, buyumlar, xorij va

mamlakatimizda ishlab chiqarilgan texnika vositalari, kamyob kiyim-kechaklar, valuta,
qimmatbaho qog‘ozlar, oltin, kumush kabilarga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

G‘arazli maqsadlarda va, umuman, qasddan sodir etiladigan jinoyatlarning aniq turlari ham

mavjud va ular iqtisodiy qiyinchiliklar, aholining moddiy tomondan kam ta’minlangan
qatlamining ko‘payishi va shaxs o‘zi- ning doimiy maishiy qulayliklari yo‘qolishiga ishonch hosil
qilgan hollarda yuzaga keladi.

Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlar ishtirokchilik asosida, guruh

bo‘lib sodir etiladi. Bu voyaga yetmaganlarni tabiatiga xos holat hisoblanadi.

Ba’zi hollarda yosh o‘smirlar tomonidan yakka tarzda faol amalga oshiriladigan

g‘ayriqonuniy xatti-harakatlar ham jamiyat uchun katta xavf tug‘dirishi mumkin. Agar
jinoyatlarga qarshi kurash olib borish nuqtai nazaridan yondashilsa, guruhiy yoki uyushgan
jinoyatchilikka qarshi kurash olib borishdan ko‘ra, yakka tarzda jinoyat sodir etuvchilarni aniqlash
va zarur choralarni qo‘llash oson kechadn. Shunday bo‘lsa-da, guruhiy jinoyatlardan jamiyatga
ko‘proq zarar kelishini ham yodda tutish lozim.

Voyaga yetmaganlar tomonidan guruh bo‘lib jinoyat sodir etilishiga xos bo‘lgan

shafqatsizlik, rahmsizlik oqibatida jamiyatga katta ma’naviy zarar yetkaziladi. Zero, jinoyat sodir
etishdagi norasmiy uyushishning tez va oson kechishi, guruhiy munosabatlardagi ko‘nikma, janjal
chiqarishga monelik, o‘z xohishiga ko‘ra ish tutish (o‘zboshimchalik), betakror va o‘ziga xos
qiliqlar qilishga intilish, alohida vaziyatlarda g‘oyaviy, ma’naviy va huquqiy jihatdan voyaga
yetmaganlarda ishonchning yo‘qligi holatlari qisqa davr ichida jamiyat uchun xavfli qilmishlarni
beqiyos darajada bo‘lishiga olib keladi. O‘z navbatida, katta yoshdagilar tomonidan jinoyat sodir
etilishida bunday holatlar kuzatilmaydi.

Jinoyatlarning umumiy ko‘rsatkichlarida voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan

jinoyatlar katta yoshdagilarga nisbatan bir yarimdan besh martagacha ko‘p ekanligini
(jinoyatlarning turi va ularning hududiy tarqalganlik holatlariga ko‘ra) ko‘rish mumkin.

Shuningdek, 14 yoshlilar tomonidan guruhiy jinoyatlarni sodir etish, 17 yoshlilarga nisbatan

ko‘pdir. Voyaga yetmaganlar tomonidan guruh bo‘lib jinoyat sodir etish o‘g‘rilik, talonchilik,
bosqinchilik, nomusga tegish kabi jinoyatlarda ko‘proq uchrasa, qasddan odam o‘ldirish va
qasddan og‘ir tar jarohati yetkazilishda kamroq bo‘ladi.

Voyaga yetmaganlarning guruhiy birlashuvi beqarordir va shuning uchun ham ma’lum bir

davrda faoliyat ko‘rsatadi va o‘z faoliyatini to‘xtatadi.

Ba’zida voyaga yetmaganlar tomonidan guruhga uyushganlik o‘z maqsadiga ko‘ra, uzoq

muddatga faoliyat ko‘rsatishga mo‘ljallangani bois zarur profilaktika chora ta’sirida barham
topishi mumkinligini unutmaslik zarur.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

105

Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda voyaga yetmaganlarning jinoiy guruhlarga birlashishi

sezilarli darajada oshganligi kuzatilmoqda. Bunday guruhlarning qariyb beshdan uchtasida turli
yoshdagi kimsalarning ishtirok etishi ularning xavfliligini oshirmoqda. Shuningdek, voyaga
yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan umumiy jinoyatlarning yarmidan ko‘pi bir necha bor
jinoyat qilib, tajriba orttirganini ham ko‘rish mumkin. Eng muhimi, ushbu jinoyatlarning sodir
etilishi residiv sifatida mulkka nisbatan qaratil- gandir. Shuning uchun ham ularga qarshi kurashni
yo‘lga qo‘yish o‘z- o‘zidan eng dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda.

REFERENCES

1.

Rustambayev M.X., 2018. O’zbekiston respublikasi jinoyat huquqi kursi Oliy ta’lim
muassasalari uchun darslik (2-nashr, to’ldirilgan va qayta ishlangan). «Complex Print»
nashriyoti, Toshkent, 2018

2.

Х.Р.ОЧИЛОВ,

Ш.Д.ХАЙДАРОВ,

З.З.ШАМСИДИНОВ

Жиноят_ҳуқуқи_Умумий_қисм_ўқув_қўлланма_2021

3.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.

4.

Международний пакт о гражданских и политических правах. Международная
зашита прав и свобод человека. Сборник документов. М.: Юрид.лит., 1990 г.

5.

Основние принсипи независимости судебних органов. Международние права и
свобода человека: Сборник документов. М: Юрид.лит., 1990 г.

6.

Всеобшая декларация прав человека. – Права человека. Основние международние
документи: Сборник документов. М.: Международние отношения. 1989 г. – С. 134-
142.

7.

Конвенсия о правовой помоши и правових отношениях по гражданским, семейним
и уголовним делам. (Хўжалик ва ҳуқуқ ¬ Хозяйство и право. – Tashkent. 1997, №1-2.
S. 58-76).

8.

Ugolovno-protsessualniy kodeks Respubliki Uzbekistan. – T.: Adolat, 1999.

9.

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar
kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 7 dekabrdagi Qonuni.

References

Rustambayev M.X., 2018. O’zbekiston respublikasi jinoyat huquqi kursi Oliy ta’lim muassasalari uchun darslik (2-nashr, to’ldirilgan va qayta ishlangan). «Complex Print» nashriyoti, Toshkent, 2018

Х.Р.ОЧИЛОВ, Ш.Д.ХАЙДАРОВ, З.З.ШАМСИДИНОВ Жиноят_ҳуқуқи_Умумий_қисм_ўқув_қўлланма_2021

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 1992.

Международний пакт о гражданских и политических правах. Международная зашита прав и свобод человека. Сборник документов. М.: Юрид.лит., 1990 г.

Основние принсипи независимости судебних органов. Международние права и свобода человека: Сборник документов. М: Юрид.лит., 1990 г.

Всеобшая декларация прав человека. – Права человека. Основние международние документи: Сборник документов. М.: Международние отношения. 1989 г. – С. 134-142.

Конвенсия о правовой помоши и правових отношениях по гражданским, семейним и уголовним делам. (Хўжалик ва ҳуқуқ ¬ Хозяйство и право. – Tashkent. 1997, №1-2. S. 58-76).

Ugolovno-protsessualniy kodeks Respubliki Uzbekistan. – T.: Adolat, 1999.

«O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasining 2001 yil 7 dekabrdagi Qonuni.