USE OF ENGLISH CROSSWORDS IN TECHNOLOGY LESSONS

HAC
Google Scholar
To share
Raximov , A., & Raxmonqulov, M. (2023). USE OF ENGLISH CROSSWORDS IN TECHNOLOGY LESSONS. Modern Science and Research, 2(5), 533–536. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20276
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article discusses the general concepts of using English crosswords in technology lessons. In addition, the main content of the article is the role of technology lessons in our lives and the use of modern technologies in technology lessons.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

533

TEXNOLOGIYA DARSLARIDA INGLIZCHA KRASSVORDLARDAN

FOYDALANISH

Raximov Abdurauf

Farg‘ona davlat universiteti 2-kurs magistranti

Muhammadjon Raxmonqulov

Ilmiy raxbari fizika-texnika fanlari nomzodi, dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.7945356

Annotatsiya.

Ushbu maqolada texnologiya darslarida inglizcha krassvordlardan

foydalanish

texnologiya darslari haqida umumiy tushunchalar haqida fikr yuritiladi. Bundan

tashqari, texnologiya darslarini hayotimiz tutgan o'rni va texnologiya darslarida zamonaviy
texnologiylardan foydalanish maqolaning asosiy mazmunini tashkil qiladi.

Kalit

so'zlar:

texnologiya

darslari,

innovatsion

texnologiya,

pedagogik

texnologiya,dizayn.

USE OF ENGLISH CROSSWORDS IN TECHNOLOGY LESSONS

Abstract.

This article discusses the general concepts of using English crosswords in

technology lessons. In addition, the main content of the article is the role of technology lessons in
our lives and the use of modern technologies in technology lessons.

Key words:

technology lessons, innovative technology, pedagogical technology, design.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ АНГЛИЙСКИХ КРОССВОРДОВ НА УРОКАХ

ТЕХНОЛОГИИ

Аннотация.

В данной статье рассматриваются общие понятия использования

английских кроссвордов на уроках технологии. Кроме того, основным содержанием
статьи является роль уроков технологии в нашей жизни и использование современных
технологий на уроках технологии.

Ключевые слова:

уроки технологии, инновационная технология, педагогическая

технология, дизайн.

“Texnologiya” darsligi insonlar hayotida muhim o‘rin tutuvchi amaliy mehnat faoliyatiga

tayyorgarlik ko‘rishda muhim o‘rin tutadi. Voyaga yetib, qaysi kasbni egallamang, kim bo‘lmang,
“Texnologiya” fanidan olgan bilim va ko‘nikmalaringiz Sizga hayotda, albatta, naf keltiradi.
“Texnologiya” darslarida materialshunoslik, asbob-uskunalar, moslamalar va ulardan
foydalanishga oid bilimlarni o‘zlashtirasiz. Mahsulot ishlab chiqarish va uyro‘zg‘or buyumlarini
ta’mirlashga oid ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lasiz. Bu maqolada o’quvchilarning turli
materiallarga ishlov berish usullarini egallashida kerak bo’ldigan qobiliyatlar va ularni
shakllantirishga doir jihatlar keltirib o’tilgan. Zero, materiallarga ishlov berish bilan bog‘liq
umummehnat ko‘nikmalari har bir inson hayotida muhim o‘rin tutadi. Jamiyatimizning har bir
a’zosining bilim va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarishga qaratilgan bozor munosabatlarining
rivojlanib borayotganligi bu ko‘nikmalarning zaruratini yanada oshirmoqda. Ijodkorlik – bu yangi
g‘oyaga asoslangan moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishdir. Ijodiy faoliyat tufayli hayotimiz
yanada qulay va qiziqarli bo‘lib bormoqda. Sizni o‘rab turgan barcha buyumlar, jihoz va uskunalar
ijodkor insonlartomonidan yaratilgan texnik vosita va texnologiyalarning mahsuli hisoblanadi.
Ular mehnati natijasida ulkan samolyotlar, zamonaviy avtomobillar, katta imkoniyatlarga ega
kompyuterlar va biz uchun qadrli boshqa ne’matlar yaratilgan. Siz ham kelajakda voyaga yetib,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

534

tanlagan kasbingizni mukammal egallab, bu taraqqiyotga o‘z hissangizni qo‘shasiz deb umid
qilamiz. Bu vazifalarni uddalashingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bizga ma'lumki o'quvchilarga yangi bilimlar berishda darsning noan'anaviy usullaridan

foydalanish juda yaxshi natija berishi bilan birgalikda o'quvchilarda darsga bo'lgan qiziqishlarini
oshirish, yangi g'oyalar ustida ishlash, ko'nikma hosil qilish hamda ularni ijodkorlikga undaydi.
Yangi va ilg'or pedagogik texnologiyalarni qo'llash, kompyuter savodxonligini oshirish, internet
ma'lumotlaridan foydalanish esa o'quvchilarni ommaviy axborot vositalaridan o'zlari uchun
kerakli ma'lumotlarni axtarib topishlari uchun eng qulay imkoniyatdir. Texnologiya fanini
o'qitishda xorijiy tillardan foydalanish, ayniqsa ingliz tilidagi krossvordlardan foydalanish
o'quvchilarda darslarga bo'lgan qiziqishlarini oshishiga hamda ularni erkin fikrlashlariga juda katta
yordam beradi. Shuningdek, o'quvchilarni o'zlarini mustaqil fikrlashga hamda ijodiy
izlanishlariga sabab bo'ladi. Biz bu ijodiy uslubni quyidagi usul bilan sinab ko'ramiz.

Avvalo o'quvchilarning ingliz tili savodxonligini tekshirib ko'ramiz, buning uchun ba'zi

predmetlarni yoki mevalarni ko'rsatib uning o'zbekcha nomini so'raymiz, keyin esa inglizcha
nomlanishini so'raymiz, shundan so'ng o'quvchilarni ikkita guruxga bo'lib olamiz. Xar bir guruxni
nomlab gurux sardorini saylab olamiz, bunda o'quvchilardan o'zlarining guruxlaridagi ishonchli
sinfdoshlarini sardor etib saylashlari kerakligini tushuntiramiz, chunki mashg'ulot yakunida
sardorlar bellashuvini ham o'tkazish darsni qiziqarli bo’lishiga va o'quvchilarni faollikga hamda
chaqqonlikga undaydi.


Krossvorddagi so'zlar faqat gorizontal xolatda yozilgan bo'lib, u yerda kalit so'zi “Technology”
vertikal xolatda kelib chiqishi kerak.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

535

Berilgan topshiriq krossvord.
1. Kiyimlarni birlashtiruvchi furnitura (tugma) -------------→ button
2. Gazlama kesuvchi qurol (qaychi) --------------------------→ shears
3. Rejalash quroli (bo'r) -----------------------------------------→ chalk
4. Gazlamani tikish ish quroli (igna) --------------------------→ needle
5. O'quvchi korjomasi (fartuk) ---------------------------------→ apron
6. Barmoqni ximoyalovchi ish qurol (angishvona) ----------→ thimble
7. Kiyimlar uchun asosiy xom ashyo (gazlama) -------------→ manyfactory
8. Gazlamani birlashtiruvchi xom ashyo (ip) ----------------→string
9. Kiyimlarni bezagi (nozmunchoq) --------------------------→drogonfey

Mashg'ulot davomida o'quvchilarga ko'rsatilgan predmetlarni qaysi gurux o'quvchilari

birinshi bo’lib topsa ikkinchi gurux o'quvchilari uning nomini aytib izoxlab beradi, agar ikkinchi
gurux o'quvchisi izoxlolmasa birinchi gurux o'quvchilarining o'zlari izoxlashlari va qo'shimcha
balni qo'lga kiritishlari mumkin bo'ladi, bunda o'quvchilar qo'lga kiritgan ballar qanchalik ko'paysa
ularning faolligi shunchalik oshib boradi. Yana shuni qo'shimcha aytish mumkinki, krassvorddagi
berilgan topshiriqni o'quvchilar izoxlashganda uning rangini, nima uchun ishlatilishini, ya'ni
vazifasini, uni qaerdan topish yoki sotib olish mumkinligi, umumiy yoki ayollar va erkaklar uchun
aloxida turlari mavjud ekanligi to'g'risida ham o'z fikrlarini bayon qilishsa, berilgan topshiriqning
javobi to'liq topilgan va izoxlangan bo'ladi. Mashg'ulotni xuddi shu usulda o'tib borilsa barcha
o'quvchilarni tushunishlari oson bo'lishi bilan birga sinfdagi past o'zlashtiruvchi o'quvchilarning
ham mashg'ulotni tushunishi oson bo'ladi.

Natija esa kutilgandek ijobiy bo'lishi bilan birga, keyingi mashg'ulotlarga o'quvchilarning

o'zlarini ham yangi krassvord tuzib kelishlariga undaydi hamda izlanishlari samarasiga yarasha
rag'bat olishlari uchun yangi imkoniyatlarga ega bo'lishadi.

Ta’lim sohasidagi ilmiy-pedagogik adabiyotlarda texnologiya, pedagogik texnologiya,

texnologik yondoshuv, ta’limni texnologiyalastirish, texnologik tayyorgarlik haqida so’z yuritilib,
ularga turlicha talqin va ta’riflar beriladi. Menimcha, avvalo «texnologiya» so’zining ma’nosini
bilish maqsadga muvofiq. «Texnologiya» so’zining grek tilidan tarjimasi tayyor mahsulot,
buyumlar olish maqsadida ishlab chiqarishning mos keladigan qurilma va jihozlari bilan xom-
ashyo va materiallarini ishlov berish usullari majmuasini tizimlashtiruvchi fanni anglatadi.
Shuning uchun bo’lsa kerak, ba’zida uni «texno» - hunar yoki san’at, «logos» - fan deb, buyum
olish uchun xom-ashyolarga ishlov berish san’ati haqidagi fan sifatida e’tirof etishadi. Shu nuqtai
nazardan bo’lsa kerak, Yevropa mamlakatlarida, jumladan Germaniya va Rossiya maktablarida
«Mehnat ta’limi» o’quv predmetini «Texnologiya» yoki «Texnologik ta’lim» deb yuritilishi
maqsadga muvofiq hisoblayman. Bundan tashqari, o'quvchilarni texnologiya darslarida texnik
ijodkorlikni, qobiliyatini, tafakkurini rivojlantirish, dars jarayonida turli va tabiiy hamda metall va
metallmas materiallarga texnologiya asosida ishlov berish usullarini o‘rgatish orqali kasb-hunarga
yo‘naltirishni yanada kuchaytirish, xalq hunarmandchiligi asoslari, ro‘zg‘orshunoslik,
elektrotexnika ishlarini bajarishda kasb-hunarga yo‘llash bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallash hamda ularni hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish ko‘zda tutilgan.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

536

REFERENCES

1.

Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish metodikasi». Darslik.
Т.: TDPU. 2015-yil.

2.

Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish metodikasi. 0
‘quv q o ‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.

References

Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Satbayeva «Mehnat va uni o‘qitish metodikasi». Darslik. Т.: TDPU. 2015-yil.

Mavlonova R. A., Sanaqulov X.R., Xodiyeva D.P. Mehnat va uni o‘qitish metodikasi. 0 ‘quv q o ‘llanma. Т.; TDPU. 2007-yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов