CONCEPTS OF INCLUSIVE EDUCATION IN SOCIETY AND EDUCATION

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Aripova , D. . (2023). CONCEPTS OF INCLUSIVE EDUCATION IN SOCIETY AND EDUCATION. Modern Science and Research, 2(5), 515–519. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20283
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The project entitled "Opening experimental groups in kindergartens and secondary schools on the introduction of inclusive education in Uzbekistan" was supported and is planned to be implemented in the coming days. The main goal of the project is to create conditions for improving various skills and sustainable development of disabled children.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

515

JAMIYAT VA TA’LIMDA INKLYUZIV TA’LIM HAQIDA TUSHUNCHALAR

Aripova Dilbar Raxmonberdi qizi

Toshkent viloyati Pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi

katta o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7947282

Annotatsiya.

«O’zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha bog’cha va o’rta

maktablarda tajribaviy guruhlar ochish» nomli loyiha qo’llab-quvvatlandi va yaqin kunlarda
amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Loyihaning asosiy maqsadi nogiron bolalarda turfa xil
malakalarni oshirish va ularning qobiliyatlorini barqaror rivojlantirish uchun sharoit
yaratishdan iborat.

Kalit so‘z

: O‘zbekiston inkyuziv ta‘lim, YUNESKO, nogironlar, bolalar, ta’lim, qobiliyat.

CONCEPTS OF INCLUSIVE EDUCATION IN SOCIETY AND EDUCATION

Abstract.

The project entitled "Opening experimental groups in kindergartens and

secondary schools on the introduction of inclusive education in Uzbekistan" was supported and is
planned to be implemented in the coming days. The main goal of the project is to create conditions
for improving various skills and sustainable development of disabled children.

Key word:

inclusive education of Uzbekistan, UNESCO, disabled people, children,

education, ability.

КОНЦЕПЦИИ ИНКЛЮЗИВНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В ОБЩЕСТВЕ И

ОБРАЗОВАНИЕ

Аннотация.

Проект под названием «Открытие экспериментальных групп в

детских садах и общеобразовательных школах по внедрению инклюзивного образования в
Узбекистане» поддержан и планируется к реализации в ближайшее время. Основная цель
проекта – создание условий для совершенствования различных навыков и устойчивого
развития детей-инвалидов.

Ключевые слова:

инклюзивное образование Узбекистана, ЮНЕСКО, инвалиды,

дети, образование, способности.


Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi oqibatida

maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan tashqari, nogiron
bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda qadrlanmasa, bolalarda o’ziga
va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat shakllanib boradi.

Mamlakatimizda ta’lim sohasida olib orilayotgan islohatlar natijasida inklyuziv

ta‟limga ham katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada hukumat miqyosida bir necha qaror va
farmoyishlar qabul qilindi. Chunki aholi orasida yaxshi eshita olmaydigan, ko’zi ojiz, ruhiy hasta
yoki ma’lum bir falokat oqibatida mayibmajruh bo’lib qolgan bolalar ham borki, ular ham ilm olish
huquqiga egadirlar.

Inklyuziv ta’lim nogiron bolalarni ta’lim jarayoniga integratsiya qilish hamda

Umumta’lim maktablarini nogiron bolalarga moslashtirishni ko’zda tutadigan,

ijtimoiy adolat va tenglikni bosh maqsad qilib olgan jarayondir.

O’zbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki baholash

ishlari 1966 yilda boshlangan. Hozirgi kunda O’zbekistonda 250000 ga yaqin turli


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

516

ko’rinishdagi nogiron bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar
uchun ta’lim bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim. Ko’zi ojizlar, kar va eshitish
nuqsoniga ega bo’lgan bolalar, poliyemiyelit bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida
nuqsoni bor va soqov bolalarga mo’ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar,
982 ta maxsus bolalar bog’chalari mavjud. O’zbskistonda maxsus ta’lim sohasida quyidagi
tadbirlar amalga oshirilmoqda:

- yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va ko’p qirrali ta’lim tizimini yaratish;
- mahalliy va mintaqaviy miqyosda maxsus ta’limning tobora oshib borayotgan

ahamiyati asosida ta’lim boshqaruvini markazlashtirish;

-yordamga

muhtoj

bolalarga

yoshlikdan

toshhis

qo’yish

va kasalpiklarni

aniqlash uchu sharoit yaratish;

- milliy ta’lim standartlari asosida ordamga muhtoj bolalarga mo’ljallangon

o’quv qo’llanmalar sifatini yaxshilash;

- ta’pim muassasalarining moddiy-texnika bozasini mustahkamlash;
- nogiron bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik

aloqalarini kengaytirish;

- ko’zi ojiz bolalar uchun mo’ljallangan turli kitoblar, metodologik adabiyotlarni

chop ztish;

- nogiron bolalarni maxsus aravachalar, eshitish moslamalari, ko’zoynaklar, sport

anjomlari,ish asbob-uskunalari, kanselyariya mollari, maxsus mebellar va tibbiy uskunalar bilan
ta’minlash;

- maxsus talim sohasida kadrlar tayyorlash. Hozirgi kunda qator ekologiq ijtimoiy

va boshqa sabablarga ko’ra, shuningdeq homiladorlikdan keyingi patologik asoratlar natijasida
bola rivojlanishi va birinchi navbatda, uning ongi, atrof-muhit tahlili holda faoliyatini nazorat
qilish va boshqarish funksiyalariningrivojlanish masalasini o’rganish muhimdir.

Ko’rish qobiliyati cheklangan o’quvchilar uchun umumta’lim maktablari
o’quv xonasi Brayl alifbosida ishlangan jihozlar bilan jihozlangan bo’lmasa,
o’quvchilar shaxsiy yordamchi xizmatlariga muhtoj bo’lishadi. Agar umumta’lim

maktablari davlat tomonidan imo-ishora tili tarjimoni ijtimoiy

xizmati ta’minlanmasa eshitish

qobiliyati cheklangan o’quvchilar o’zlari maxsus surdo tarjimonlarni ishga solishlari kerak
bo’ladi.

Inklyuziv ta’lim hamma bolalarni, shu jumladan, nogiron bolalarni ham o’zlari
xohlagan maktabda o’qishi mumkin, deb xulosa chiqaradi. Bolaning nogiron bo’lib

qolishiga jamiyat, undagi muhit, tushunmovchiliklar, yo’l qo’yilgan xatolar sababchi
bo’lgan. Demak, ularning o’qishi uchun ham shu jamiyatning o’zi jon kuydirishi shart.

Ota-onalar qishloq sharoitida yordamga muhtoj bolalariga talab darajasida yordam

ko’rsatish imkoniyatiga ega emas. Birinchidan, moddiy tomondan imkoniyat cheklanganligi,
ikkinchi tomondan esa, yordamga muhtoj bolalarning go’dakligidan ulorning nuqsonlarini
aniqlash uchun o’qituvchi va psixologlarning malakasi talab darajasida emas. Tarbiyachilar,
psixologlar, o’qituvchilarning maxsus defektologiyaga asoslangan o’quv dasturlarda olgan bilim
va malakalari ularning maxsus guruhlordagi faoliyatlari davamida aniq tashhis qo’yish va sifatli
davalashni amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi —
yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga samarali bilim olish uchun sharoit

yaratishdir.

Ushbu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

517

sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya qilish, har bir bolaning
rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos samarali inklyuziv talim turini tanlash
lozim. 1996 yilning noyabr oyida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi
tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv usullar» movzusida milliy
o’quv dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 1998 yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida
ushbu mavzu bo’yicha mintaqaviy

anjuman tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman

YuNESKO, YuNISEF (BMTning bolalarjamg’armasi), Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti
va Xalqaro mehnat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar notijosida
2001 yilda O’zbekiston Xolq ta’limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba
markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha o’quv seminarlari
o’tkazildi va qator dasturlar amalga oshirib kelinmoqda. 2004 yilning iyun oyida «Sen yolg’iz
emassan» respublika jamoatchilik bolalar jamg’armasi tashabbusi asosida Toshkent shahrida
«Yetim bolalarning ijtimoiy muhofozasi» mavzusida ilk bor xalqaro anjuman tashkil etildi.

Ushbu anjuman doirasida nogiron bolalar uchun talim dasturlari ham muhokama etildi.

2005 yilning may oyida Toshkent shahrida Respublika bolalar mjtimoiy moslashuvi markazi va
«Sen yolg’iz emassan» respublika jomoatchilik bolalar jamg’armasi tomonidan «Ijtimoiy
nochor bo’lgan bolalarga ko’mak berishning samarali shakl va usullari» nomli xalqaro
forum o’tkazilgan edi. Ushbu forum tavsiyanomalari asosida YuNESKO ishlari bo’yicha
O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan
hamkorlikda YuNESKO tashkiloti rahnamoligida Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi
madaniy markaziga (Tokio, Yaponiya) maxsus loyiqa taqdim etilgan edi. Ushbu YuNESKO
markazi tomonidan «O’zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish bo’yicha bog’cha va o’rta
maktablarda

tajribaviy

guruhlar

ochish» nomli loyiha qo’llab-quvvatlandi va yaqin

kunlarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Loyiha bir yil muddatga mo’ljallangan. Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi 2001

yilda O’zbekiston Xalq talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan.

Tashkilotning asosiy faoliyati quyidagilardan iborat:

- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va tarbiyachilar

uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish orqali O’zbekiston Respublikasi
ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish;

- nogiron bolalar uchun o’quv darsliklarini yaratish;

- nogiron bolalar uchun tajribaviy maydonlar barpo etish;

- bola uchun alohida rivojlantirish rejasini yaratish; - pedagoglar va ota~onalarga

maslahat xizmatini ko’rsatish;

- uslubiy qo’llanmalar, tavsiyanomalar, maxsus maktablarda nogiron bolalar bilan ishlash

rejasini yaratish;

- yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash;
- nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat yurituvchi jamoat va davlat tashkilotlari bilan

hamkorlik qilish;

- nogiron bolalar ta’limi sohasida mavjud kamchiliklarni ommaviy axborot vasitalarida

yoritib borish;

- xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus ta’lim sohasidagi tajribalarni tatbiq


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

518

etish.

Ta’lim sohasida yordamga muhtoj bolalarning tahsil olishlari hamisha jamiyatning diqqat

markazida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan, ularga ta’lim beruvchi pedagoglar
va mutaxassislor malakasini oshirish, zarur zamonaviy qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash
ham bu masalani hal qilish uchun qo’yilgan qadamlardan biri hisoblanadi. Imkoniyati
cheklangan bolalarni ijtimoiy qo’llash va barcha qatori teng huquqli sharoitda ta’lim olishi
va biron bir bola ta’limdan chetda qolmasligiga jiddiy muhokama etildi va rezolyusiyalar
qabul qilindi. Ushbu halqaro konferensiyada O’zbekiston Republikasi XTV va uning tasarrufidagi
turli ma’muriy tashkilot vakillari ham ishtirok etib, o’z tajribalari bilan fikr almashdilar va
respublikada ushbu muammoni hal qilish masalalari bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Shu bois O’zbekistonda alohida yordamga muhtoj bolalarni to’laqonli maxsus ta’limga jalb qilish
va integrasiya usulida ta’lim olish 2001-2002 yillarda birmuncha faollashdi.

2000

yil

O’zbekistonda inklyuziv ta’limning ilk asosi sifatida Respublika

ta’lim markazi maxsus ta’lim bo’limi tomonidan O’zbekiston respublikasida alohida yordamga
muhtoj bolalar ochiq ta’lim tizimining rivojlantirish chora-tadbir rejasi ishlab chiqildi. Bu
reja dasturda alohida yordamga muhtoj bolalarni umum ta’lim tizimga kiritishning quyidagi
tashkiliy asoslari yoritib berildi: ommaviy axborot orqali jamiyat ongini inklyuziv ta’limga
tayyorlash; Respublikadagi alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalar haqida axborot banki
yaratish; -barcha turdagi nuqsonli bolalar uchun umumta’lim va yakka tartibda oilalarda o’qitilishi
bo’yicha turli xil o’quv metodik adabiyotlar, didaktik vasitalar ishlab chiqish va ta’minlash
masalalari qayd qilingan.

Ta’lim olishda qiyinchiligi bo’lgan bolalarni imkoniyatini ta’lim siyosatida e’tiborga

olish juda muhim. Ta’lim siyosati inklyuziv ta’limni rivojlantirish maqsadida moliyaviy
ta’minotga e’tibor qaratish zarur: maxsus ta’lim va umumta’lim maktablari o’rtasidagi
to’siqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari; statistik ma’lumotlar bo’yicha nogironlarni inklyuziv
maktablarda ta’lim olishni joriy qilish; maxsus infrastrukturalar, masalalar, texnik vasitalardan
foydalanishga imkoniyat yaratish ham ta’lim siyosatining ajralmas qismidir.

Ushbu ta’lim tizimida bolalarni nuqsonlarini aniqlash ularni muolajareabilitasiya qilish,

korreksion-pedagogik omillarni amalga oshirish bo’yicha tegishli mutaxassislar (maxsus
resurs pedagoglar, psixologlar, tibbiyot xodimlari, ota-onalar va boshqalar) muntazam
ravishda maktab pedagoglariga bevasita yordam berishlari kerak.

Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do’stona munosabat

va o’qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga bexatar, qiyinchiliklarsiz
yetib borish imkoniga ega bo’lishlari lozim. Bundan tashqari, amaldagi umumta’lim
uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko’ra, dars jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o’quv
qurollarini o’zgartirish kerak bo’ladi.

Bunday o’zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar. Balki normal
rivojlanishdagi bolalar uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi.




background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

519

REFERENCES

1.

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning joriy etilishi. P.Q 4860.13.10.2020

2.

Ta‘lim tog‘risidagi qonun 02.07.1992 yil Inklyuziv ta‘limni rivojlantirish.

3.

Pedagogika nazaryasi va tarixi Toshkent 2011.Inklyuziv ta‘lim shakllari haqida

4.

Roy Mark Konki “Inklyuziv sinflarda o„quvchilar ehtiyojlarini anglash va bu ehtiyojlarni
qondirish” Toshkent-YuNESKO-2004yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.

5.

Ture

Yonson

“Inklyuziv

ta’lim”-“Opereyshen

Mersiy”

Toshkent-2003

yil.

O’qituvchilar uchun qo„llanma.

References

O‘zbekistonda inklyuziv ta’limning joriy etilishi. P.Q 4860.13.10.2020

Ta‘lim tog‘risidagi qonun 02.07.1992 yil Inklyuziv ta‘limni rivojlantirish.

Pedagogika nazaryasi va tarixi Toshkent 2011.Inklyuziv ta‘lim shakllari haqida

Roy Mark Konki “Inklyuziv sinflarda o„quvchilar ehtiyojlarini anglash va bu ehtiyojlarni qondirish” Toshkent-YuNESKO-2004yil. O’qituvchilar uchun qo’llanma.

Ture Yonson “Inklyuziv ta’lim”-“Opereyshen Mersiy” Toshkent-2003 yil. O’qituvchilar uchun qo„llanma.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов