WORLDVIEW REFLECTED IN THE POETRY OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sotvoldiyeva, N. (2023). WORLDVIEW REFLECTED IN THE POETRY OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BABUR. Modern Science and Research, 2(5), 672–674. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20394
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

In this article, a series of images dedicated to the embodiment of the lover's appearance in Babur's poetry show that the creator was able to feel the beauty of the world, the beauty of the land, and human beauty closely, and as a result of enjoying and being affected by it, the creator has the whole It shows that the desire and desire to see the time and life in such a beautiful and unique way was born.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

672

ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR SHE`RIYATIDA AKS ETGAN DUNYOQARASH

Sotvoldiyeva Nodirabegim

Jamoat xavfsizligi Universititeti 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7953983

Annotatsiya.

Ushbu maqolada shu haqidakim Bobur she’riyatida ma’shuqaning tashqi

qiyofasini gavdalantirishga bag‘ishlangan bir qator tasvirlar ijodkorning dunyo go‘zalligini, yor
go‘zalligini, insoniy go‘zallikni yaqindan his qila olganligini, u orqali zavqlanishi va ta’sirlanishi
natijasida ijodkorda butun zamona va hayotni shunday go‘zal hamda betakror ko‘rish havasi ,
orzusi tug‘ilganini ko‘rsatadi.

Kalit so’zlar:

“Boburnoma” , “Mubayyin” , “Xatti Boburiy”, tarix, adabiyot, geografiya,

etnografiya, iboralar , Adabiy muhit, Bobur adabiy muhiti, Buyuk boburiylar saltanati,
Hindistondagi turkiy adabiyot, ikki tillilik, adabiy-tarixiy manbalar.

WORLDVIEW REFLECTED IN THE POETRY OF ZAHIRIDDIN MUHAMMAD

BABUR

Abstract.

In this article, a series of images dedicated to the embodiment of the lover's

appearance in Babur's poetry show that the creator was able to feel the beauty of the world, the
beauty of the land, and human beauty closely, and as a result of enjoying and being affected by it,
the creator has the whole It shows that the desire and desire to see the time and life in such a
beautiful and unique way was born.

Key words:

"Boburnoma", "Mubayyin", "Hatti Baburi", history, literature, geography,

ethnography, expressions, literary environment, Babur's literary environment, the Great Babur
dynasty, Turkish literature in India, bilingualism, literary-historical sources .

МИРОВОЗЗРЕНИЕ, ОТРАЖЕННОЕ В ПОЭЗИИ ЗАХИРИДДИНА МУХАММАДА

БАБУРА

Аннотация.

В данной статье серия образов, посвященных воплощению образа

влюбленного в поэзии Бабура, показывает, что творец смог близко ощутить красоту мира,
красоту земли, красоту человека, в результате наслаждаясь и находясь под его влиянием,
это показывает, что у творца есть желание и мечта увидеть все время и жизнь в таком
прекрасном и неповторимом виде.

Ключевые слова:

«Бобурнома», «Мубайин», «Хатти Бабури», история,

литература, география, этнография, выражения, литературная среда, литературная
среда Бабура, Великая династия Бабура, тюркская литература в Индии, двуязычие,
литературно-исторические источники.

Kirish:

Zahiriddin Muhammad Bobur qilgan ijodiy merosining eng muxim va eng yirigi

O’rta Osiyo, Afg’oniston, Hindiston va Eron xalqlari tarixi, geografiyasi, etnografiyasiga oid nodir
va qimmatli ma’lumotlarni o’z ichiga olgan v o’sha davr o’zbek klassik adabiyoti va adabiiy
tilining yorqin namunasi bo’lgan ―Boburnoma asaridir. Bu asar mazmuning rang-barangligi, bir
jahon materiyalni o’z ichiga olganligi bilan, til va uslubning go’zalligi bilan XVIII, ayniqsa XIX
asr sharqshunos olimlarning diqqatini o’ziga tortgan va uning turli qo’lyoama nushalari izlana
boshlangan va g’arb tillariga tarjima qilishga kirishilgan edi. Asarning asli nomi ―Boburiya
bo’lsada, uni ―Voqeanoma, ―Tuzuki Boburiy, ―Voqeoti Boburiy, deb atadilar,keyinchalik
―Boburnoma degan nom bilan mashhur bo’lib ketdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

673

“Bobur g‘azallarida yorning lutfu inoyatidan mamnunlik, beqiyos go‘zalligini tomosha

qilib lazzatlanish, yor vaslini e’zozlash tuyg‘ulari alohida o‘rin egallaydi. Garchi bu mazmundagi
she’rlarda ham an’anaviy shikoyat ohanglari eshitilib tursa-da, lirik qahramon hasratomuz ifodalar
emas, balki sevgi va go‘zallikni kuylovchi navolar orqali o‘z yorini ulug‘lab boshiga ko‘taradi”

Asosiy qism:

Bobur o‘zbek adabiyotining Navoiydan keying buyuk siymosi hisoblanadi.

Uning ijodini esa g‘azal janrisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Bu o‘rinda oshiqona g‘azallar, alohida,
ahamiyatga ega . Oshiqona g‘azallarining aksariyati ta’rif-tavsif tarzidagi g‘azallardir. Ularda
ma’shuqaning qiyossiz go‘zalligi o‘ziga xos badiiy timsollar vositasida tasvirlanadi. Bu borada
Boburning yuqorida keltirilgan g‘azali yorqin misol bo‘la oladi. Matlada ma’shuqaning lab
ustidagi mayin tuklari binafshaga, yanog‘i lolaga, zulfi rayhon kabi bir qator xushbo‘y gullarga
o‘xshatiladi. Buning isboti tariqasida matlaning ikkinchi misrasida ma’shuqaning yuzi bahoriy
husnda ajoyib guliston deya ko‘rsatiladi. Ikkinchi va uchinchi baytda ham ma’shuqaning ta’rifiga
bag‘ishlanib, uning yuzi, qaddi, labi, qoshi, ko‘zini ta’riflashda ajoyib o‘xshatishlar keltiriladi.
To‘rtinchi va beshinchi baytda esa oshiq ma’shuqasiga murojat qilmoqchiligini, ammo
imkonsizligini aytganday bo‘ladi. Oltinchi bayt ma’shuqaning husnini ta’riflashdagi so‘ng bayt
bo‘lib, bu baytda oshiq ma’shuqasini qay til bilan vasf qilishni bilmay, aqli hayratda ekanligini
bildiradi. Maqtada oshiq Boburga murojaat etib ma’shuqaning jafolaridan hech qanday chora
yo‘qligini, ma’shuqasining unga sultonligini aytadi. Ushbu g‘azalning ajoyib xususiyati shundaki,
shoir g‘azalning biror baytida oshiq yoki ma’shuqa jumlasini keltirmaydi. Uni turli o‘xshatishlar
va ta’riflar orqali o‘quvchiga yetkazadi.

Yuzida ul labi xandon ko‘rinur,

Sutga ko‘p boqsa, bale, qon ko‘rinur.

Xatti mushkinmudurur gul yuzida,

Yo suman ustida rayhon ko‘rinur.

Bu yerda Bobur ma’shuqasining chehrasini yoritmoqchi bo‘lib labini xandon, labi ustidagi

mayin tukchalarni esa mushkka o‘xshatadi.

O’zbek adabiy tili tarixida esa bu murakkab, ayni paytda jiddiy masala dastlab Zahiriddin

Muhammad Bobur e’tiborini tortdi.U o’zbek tilidagi nutq tovushlari bilan yozuv usulidagi
nomuttanosiblikni sezib, mavjud alifboni isloh qilishga kirishadi va 1503-1504 yillarini ko’zda
tutib, ―Ushbu mahallarda Boburiy xatni ixtiro qildim‖,-deb yozadi.Bobur ixtiro qilgan bu yozuv
turkiy xalqlar tillariaga mos alifbo qidiruv yo’lidagi katta jasorat edi. Bobur yozuvida hech bir harf
nuqta bilan yozilmagani,soddaligi va qulayligi bilan iste’moldagi alifboga nisbatan ancha
afzalliklarga ega edi.Bu,birinchidan,Boburning yetuk tilshunos olim sifatida nafaqat so’ga,balki
har bir tovushga jiddiy e’tibor berib,unga ilmiy nuqtai nazardan yondashganligini ko’rsatadi.
Ikkinchidan, o’zbek tili imlosining hozirgi ahvoliga nazar tashlaydigan bo’lsak, masalaning
mohiyati yanada chuqurroq ochiladi. Chunki o’zbek tili imlosi turkiy tillar ichida eng
g’aribi.Tildagi nutq tovushlarini to’liq ifodalay oimaydi.

Xulosa:

Umuman, Bubur she’riyati o‘zining janr xususiyatlari, mavzu doirasi bilan o‘zbek

adabiyotining nodir namunalari qatoridan faxrli o‘rin egallaydi. Ulardagi hayot va insonni
qadrlash, go‘zallikdan bahramand bo‘lishga intilish haqida oshiq zamiriga yashiringan lirik
qahramon – Boburning shaxsiy qarashlari orqali bilib olamiz. Shuning uchun ham Bobur
she’riyatini ul zot yashab o‘tgan murakkab davrning o‘ziga xos badiiy ko‘zgusi deyish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

674

REFERENCES

1.

V.Zohidov. Bobirning faoliyati va ilmiy-adabiy merosi haqida. Kitobda: Bobir.
Bobirnoma. -T.:1960;

2.

Azimdjanova S. Indiyskiy divan Babura. T.: Fan, 1966.

3.

X.Nazarova."Boburnoma" tilining sintaktik qurilishi. Dokt. diss. — T.: 1980;

4.

Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. — M.: 1983.

5.

H.Qudratullaev. Boburning adabiy-estetik qarashlari. -T.: Fan, 1983;

6.

S.Hasanov. Boburning „Risolayi aruz― asari. -T.:1986;

7.

Xayriddin Sulton. Boburiynoma. -T.:1996;

8.

Gʻaybulloh as-Salom, N.Otajon. Jahongashta „Boburnoma―. — T.:1996;

References

V.Zohidov. Bobirning faoliyati va ilmiy-adabiy merosi haqida. Kitobda: Bobir. Bobirnoma. -T.:1960;

Azimdjanova S. Indiyskiy divan Babura. T.: Fan, 1966.

X.Nazarova."Boburnoma" tilining sintaktik qurilishi. Dokt. diss. — T.: 1980;

Stebleva I.V. Semantika gazeley Babura. — M.: 1983.

H.Qudratullaev. Boburning adabiy-estetik qarashlari. -T.: Fan, 1983;

S.Hasanov. Boburning „Risolayi aruz― asari. -T.:1986;

Xayriddin Sulton. Boburiynoma. -T.:1996;

Gʻaybulloh as-Salom, N.Otajon. Jahongashta „Boburnoma―. — T.:1996;

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов