EMERGENCE OF "DOIRA" INSTRUMENT AND FOLK INSTRUMENTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Eminov, L. (2023). EMERGENCE OF "DOIRA" INSTRUMENT AND FOLK INSTRUMENTS. Modern Science and Research, 2(5), 722–724. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20400
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article focuses on the emergence of circle instruments and folk instruments. Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are cited throughout the article. Conclusions and suggestions are given at the end of the article.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

722

«DOIRA» CHOLG’USINING PAYDO BO’LISHI VA XALQ CHOLG’ULARI

Eminov Latif

Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi

Xalq cholg’ulari bo’limi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7954049

Annotatsiya.

Mazkur maqolada doira cholg’usining paydo bo’lishi va xalq cholg’ulariga

alohida to’xtalib o’tilgan.

Maqola davomida mavzu doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirib

o’tilgan. Maqola so’nggida xulosa va takliflar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

doira cholg’usining paydo bo’lishi, xalq cholg’ulari, «Chirmanda».

EMERGENCE OF "DOIRA" INSTRUMENT AND FOLK INSTRUMENTS

Abstract.

This article focuses on the emergence of circle instruments and folk instruments.

Reasonable opinions and comments within the scope of the topic are cited throughout the article.
Conclusions and suggestions are given at the end of the article.

Key words:

emergence of circle instrument, folk instruments, "Chirmanda".

ПОЯВЛЕНИЕ ИНСТРУМЕНТА "ДОИРА" И НАРОДНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ

Аннотация.

Данная статья посвящена возникновению круговых инструментов и

народных инструментов. Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы
цитируются на протяжении всей статьи. Выводы и предложения даны в конце статьи.

Ключевые слова:

возникновение кругового инструмента, народные инструменты,

«чирманда».

Musiqa sohasida, O’rta Osiyo va Sharq xalqlari qatori, o’zbek usullari, ya’ni ritmik yo’llari

va ularning rivojlanish usullari alohida o’rin egallaydi. Chalish usullar qoida bo’yicha urib
chalinadigan musiqa asboblari ijrosida qo’llaniladi. Eng ko’p tarqalgan urma zarbli musiqa
asboblaridan, O’zbekistonda, Tojikistonda va Uyg’ur xalqlarida va shu bilan bir qatorda, Sharqda
o’zining shirali ovoziga ega bo’lgan, musiqa cholg’u asbobi doira hisoblanadi. Doira iborasi
ba’zan «Dapp», «Childirma», «Chirmanda» deb ham yuritiladi. Xorazmda dapp, childirma
ijrochini esa “Dappchi”- childirmachi deb aytadilar, Buxoroda doiradast, Farg’onada
chirmandachi, Samarqanda esa doirachi deb yuritiladi.O’zbek xalqi qadimdan doira asbobini juda
ardoqlab kelgan.

O’tmishda bu asboblarning sadolari ostida xalqni maydonlarga, to’y-tomoshalarga,

musobaqa kurashlarga va har-xil sayillarga chaqirganlar. Jumladan: "Hosil bayrami", "Uzum
sayli", "Qovun sayli" va shunga o’xshash kabi mavsumiy bayramlar keng tarqalgan.Bayramlarda,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

723

madaniy marosimlarda ayniqsa karnay, surnay va nog’ora, doira kabi urma zarbli musiqa
cholg’ulari keng qo’llanilgan.Buyuk Shark mutafakkirlarining merosi, xalq cholg’ularini
o’rganish sohasida ham tarixiy qimmatga ega. Abu Nasr Muhammad Farobiyning mashhur asari
"Musiqa haqida katta kitob" ("Kitob al-musiqa, al-kabir") ulkan ahamiyatga ega hisoblanadi. O’rta
asr olimi bu kitobdan ikki xil musiqa ijrochiligi: ohangni inson ovozi (qo’shiq san’ati) va
cholg’ular vositalarida qayta tiklashga ajratadi. Darvish Ali o’z davri (XVII acr) da mavjud
bo’lgan cholg’u ansambllari va ularning ijrochilari haqida ma’lumot bergan. Saroyda 60
cholg’uchidan iborat ansambl bo’lgan. «Nog’ora xona» deb atalgan 60 kishilik cholg’uchilar
ansamblni nog’orachi boshqargan. Darvish Ali misol tariqasida shunday dalilni keltiradi:

«Sulton Husayin saroyida ansamblning rahbar-mehtar vazifasini nog’orachi Sayid

Ahmadbin mehtariy Miroqiy bajargan. «Nog’ora xona» nog’ora va damli musiqa cholg’ularida
kuy chalayotgan paytda ijrochilar joylashgan xona ko’zda tutiladi.Bizning jumhuriyatimizda doyra
ritmik usullarini dunyoga mashhur qilishda o’z hissasini qo’shgan Usta Olim Komilovning boy
merosi avlodlar uchun katta maktab vazifasini o’tamoqda.

Mashhur doyrachilar G’ofur Azimov, G’ofur Inog’omov, Rahim Isaxo’jayev, Evner

Barayev, Qahramon Dadayev, Ravshan Akbarbekov, Odil Kamolxo’jayev, Dadaxo’ja
Sottixo’jayev, To’ychi Inog’omovlar ustaning ananalarini davom ettirdilar.Shuningdek, Toshkent
Davlat konservatoriyasi dosenti A.XLiviyev ham "Doira uchun etyudlar" to’plamini yaratgan edi.
SamDU musiqa fakulteti dosenti Y.Haqqulov "Doira uchun pyesalar" to’plami yaratganlar.
A.Rasulov nomidagi SamDSBY katta o’qituvchisi Asliddin Sirojev "Doyra uchun pyesalar»
yaratdilar, A.Ashrafxo’jayev "Doira sinfi bo’yicha xrestomatiya"yozganlar. Doira ko’rinishidan
oddiy aylanma shaklida bo’lib, diametri taxminan 400 mm bo’lgan, gardishi ilgari uzum zangidan
qilingan, so’ngi vaqtlarda yog’ochni egib yoki kichik bo’laklarga bo’lib, ularni bir-biriga ulab
yasaladi. Doyraning gardishiga buzoq yoki baliq, ba’zan toyning terisidan qoplangan. Gardish
o’rtasiga qirqdan ortiq halqachalar taqiladi. Bu halqachalar doyrani chalganda ijroga qo’shimcha
sado beradi. Bu halqachalarning nomi shing’iroq, shilshila deyiladi, shing’iroqlar mayda doiracha
shaklida bo’lib, misdan va temir metallardan ishlab yasaladi. Doyrada 2 ta asosiy tovush bor. Biri
past "bum" (Xorazmda "gup") ikkinchisi baland "bak" (xorazmda "toq") deb yuritiladi. Ketma-ket


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

724

kelgan ikkita qisqa tovush "bakko" yoki «bakka» (tak-tak) yoki (bak-bak) "taka" deb yuritiladi.
Ilgarilari Bum (gup) 1ta chorak notaga teng bo’lgan. Bak (tak) ham 1ta chorak nota hisoblangan.
Bak-bak (tak-tak) 2 ta-choraktalik notaga teng. Bakka (taka) esa 2 ta 8 talik notaga teng. Agar
taktlar o’rtasida pauza kelsa "Ist" so’zi qo’llanilgan. Masalan: bakka bum bak ist baka bak.

30 yillardan so’ng doyra usullari, ya’ni "Bum" chiziq ostiga "Bak" esa chiziq ustiga yozilib,

ijro etiladigan bo’ldi. Bu doira usullarini A.Eyxgorn, V.Leysok,

N.Mironov, V.Uspenskiylar bir nota chiziq oralig’ida nota yo’lida yozganlar.

Doirani tovush balandligi noaniq, ya’ni uning terisi qanday tortilganiga qarab sado beradi,

aniq bir nota, ya’ni tovush, ovoz bir xil chiqmaydi. Bum bilan bak oralig’i kvarta intervaliga
yaqinroq. Ijro har xil usul bilan kelishi, barmoqlar harakatida tovushlarning o’zgarishiga olib
keladi.

Doira ijrosi, o’ng qo’l bilan chap qo’l harakatiga bog’liq, doirani qaysi yeriga, gardish

o’rtasiga yo chetiga yoki bo’lmasa gardishdan ozgina o’rtasiga yaqinroq urib cholish, o’ziga xos
tovush chiqaradi. Ba’zan barmoqlarga metaldan yasalgan noxun taqilib chalinadi. Mana shunaqa
ijro etilgan bum bilan bumni, bak bilan bakni farqi juda katta bo’ladi. XX asrning 50-60-yillariga
kelib, doirani chalish usullari A.I.Petrosyans tomonidan o’zgartirildi, Toshkent eksperemental
labaratoriyasida tasdiqlanib, ko’pchilik musiqashunos olimlar tomonidan 4 qatorlik doira chalish
usuli joriy etildi va hozirgacha qo’llanilib kelinmoqda. Har bir qo’lning, ya’ni o’ng va chap
qo’llarning ovozlari tovushlari alohida yoziladi.

Quyida doirachilikda dong taratgan mashhur va mohir doyrachilar xotirasini yodga olamiz:

Usta Olim Komilov, To’ychi Inog’omov, G’ofur Azimov, Bolta Sharipov, Dadaxo’ja
Sottixo’jayev, Rashid Nurmehammedov, Rahmon Otaboyev, Samarqandlik Baxtiyor Jobirov va
boshqalar.

Endilikda sitqi dildan xizmat qilib kelayotgan doirachilar: Rahim Isaxo’jayev,

Qahramon Dadayev, Tal’at Sayfiddinov, Dilmurod, Elmurod, Xolmurod Islomovlar, Rahmatullo
Samadov, Abbos Qosimov va boshqalar.

REFERENCES

1.

Akbarov Il. Musiqa lug’ati T., San’at 1990 yil.

2.

Vizgo T. O’rta Osiyo musiqa asboblari. Moskva., 1980 yil.

3.

Karomatov F. O’zbek chlg’uchilik musiqasi. Moskva., Muzika 1980yil.

4.

Odilov A. O’zbek xalq cholg’u asboblarida ijrochilik tarixi. Toshkent., O’qituvchi 1995 yil.

5.

Fitrat A. O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi. Toshkent., Fan., 1993 yil.

6.

Petrosyants A.I. Cholg’ushunoslik T., San’at 1990 yil.

7.

Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

8.

Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL
FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN
THE DEVELOPMENT OF DANCE ART.

European Journal of Arts, (1), 121-124.

References

Akbarov Il. Musiqa lug’ati T., San’at 1990 yil.

Vizgo T. O’rta Osiyo musiqa asboblari. Moskva., 1980 yil.

Karomatov F. O’zbek chlg’uchilik musiqasi. Moskva., Muzika 1980yil.

Odilov A. O’zbek xalq cholg’u asboblarida ijrochilik tarixi. Toshkent., O’qituvchi 1995 yil.

Fitrat A. O’zbek klassik musiqasi va uning tarixi. Toshkent., Fan., 1993 yil.

Petrosyants A.I. Cholg’ushunoslik T., San’at 1990 yil.

Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART.

European Journal of Arts, (1), 121-124.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов