ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
725
FORTEPIANO ANSAMBLI SINFIDA O’QUVCHLAR BILAN ISHLASH
JARAYONIGA OID USLUBIY TAVSIYALAR
To’raqulova Marjona Rustam qizi
Qarshi ixtisoslashtirilgan san’at maktabi
Torli, puflama va zarbli cholg’ular bo’limi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7954057
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Fortepiano ansambli sinfida o’quvchlar bilan ishlash
jarayoniga oid uslubiy tavsiyalarga alohida to’xtalib o’tilgan.
Maqola davomida mavzu
doirasidagi asosli fikr va mulohazalar keltirib o’tilgan. Maqola so’nggida xulosa va takliflar
keltirilgan.
Kalit so’zlar:
o’quvchlar bilan ishlash, uslubiy tavsiyalar, fortepiano ansambli.
METHODICAL RECOMMENDATIONS ON THE PROCESS OF WORKING WITH
STUDENTS IN THE PIANO ENSEMBLE CLASS
Abstract.
This article focuses on methodological recommendations regarding the process
of working with students in the piano ensemble class. Reasonable opinions and comments within
the scope of the topic are cited throughout the article. Conclusions and suggestions are given at
the end of the article.
Key words:
work with students, methodological recommendations, piano ensemble.
МЕТОДИЧЕСКИЕ РЕКОМЕНДАЦИИ ПО ПРОЦЕССУ РАБОТЫ СО
СТУДЕНТАМИ В КЛАССЕ ФОРТЕПИАННОГО АНСАМБЛЯ.
Аннотация.
В данной статье рассмотрены методические рекомендации,
касающиеся процесса работы со студентами в классе «Фортепианный ансамбль».
Обоснованные мнения и комментарии в рамках темы цитируются на протяжении всей
статьи. Выводы и предложения даны в конце статьи.
Ключевые слова:
работа со студентами, методические рекомендации,
фортепианный ансамбль.
Fortepiano ansambli janri qadim davrlarda Evropada mavjud bo‘lgan. Mazkur janr ХУШ
asming ikkinchi yarmiga kelib rivojlana boshladi va ulkan mashhurlikka erishib, musiqiy
hayotning ajralmas qismiga aylandi. Tabiiyki, bu janr boy va xilma-xil musiqiy adabiyotning ham
vujudga kelishiga sabab bo‘ldi. To‘rt qo‘l bo‘lib ijro etish uchun mo‘ljallangan asarlami yaratishga
XIX asming deyarli barcha kompozitorlari alohida hissa qo‘shganlar. XX asrga kelib ushbu janr
yanada taraqqiy etib bordi., Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Fortepiano duetining shu qadar tez
gullabyashnashining sababi nimada bo‘lishi mumkin? Awalambor, bu janr tenghuquqlik
imkoniyatlarini yaratadi, uy sharoitida musiqa ijro etish an’analarini keng targ‘ib etadi. Bundan
tashqari, XVIII asming oxiri va XIX asr boshlarida yaratilgan to‘rt qo‘llik asarlar pianistik
mahorati o‘rta darajada bo‘lgan ijrochilar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, aksariyat havaskorlar uchun
qo‘l kelardi. Pedagogik amaliyotda ham bu asarlardan muvaffaqiyatli foydalanilgan. To‘rt qo‘llik
ijro katta va kichik yoshdagi ijrochilarda ijrochilik ko‘nikmalarini rivojlantirar edi. Fortepiano
duetini janrining mashhur bo‘lishiga yana bir sabab shundaki, to‘rt qo‘llik ijro orkestr effektlarini
ifodalay olishga imkon yaratdi. XVIII asming oxiri va XIX asr boshida vujudga kelgan orkestr
asarlarining to‘rt qo‘llik talqini fortepiano duetining musiqiy-ma’rifiy vazifasini belgilab berdi.
Tez orada opera, simfonik, kamer-ansambl asarlari o‘zining to‘rt qo‘llik talqini bilan birgalikda
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
726
chop etila boshladi va bu hoi an’ana tarziga kirib qoldi. Shunday qilib, XIX asrda tinglovchilar
turli xildagi janrlar bilan aynan shu tarzda tanisha boshlaganlar. Qanchadan-qancha buyuk asarlar
to‘rt qo‘llik talqin bois mashhurlikni q‘lga kiritdi. Musiqiy ta’lim jarayonida barcha musiqachilar
fortepiano sinfl (umumiy va maxsus)dan o‘tadilar. To‘rt qo‘llik ijro ansambli esa o‘quv
muassasasida ham, uy sharoitida ham qo‘l keladigan janr bo‘lib, uning musiqaqi san’atidagi o‘mi
beqiyosdir. Hamkorlikda ijro etish san’atini o‘rganishni fortepiano ansambli sinfidagi
mashg‘ulotlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Hamkorlikdagi ijroning boshqa shakllaridan
farqli o‘laroq, fortepiano dueti bir xil mutaxassislikka oid ijrochilami o‘zida birlashtiradi. Bu esa
ular orasidagi o‘zaro usaro uyg‘unjikni ta’minlaydi. Ushbu janr ko‘p yillik tarixga ega.
Fortepianoda to‘rt qo‘l bo’lib ijro etish shaklidan barcha davrlarda foydalanib kelingan
bo‘lib, sozandalar o‘z ijro mahoratlarining deyarli hamma bosqichlarida ushbu faoliyat bilan
shug‘ullangan. Bu holat bugungi kunda ham kuzatiladi. Shu o‘rinda savol tug‘iladi. Ansambl
ijrosining foydasi nimada? Qaysi sabablariga ko‘ra u o‘quvchining umummusiqiy rivojiga turtki
bera oladi? Ansambl ijrosi musiqiy adabiyot bilan keng va har tomonlama tanishuv uchun eng
yaxshi imkoniyatlami yaratadi. Bunda musiqachi turli badiiy uslub va tarixiy davrlarga oid
asarlami o‘rganadi. Shuningdek, ijrochi fortepiano uchun yozilgan asarlardan tashqari, opera,
simfonik, kamer-cholg‘u hamda vokal asarlaming klavirlari bilan ham tanishishga muyassar
bo‘ladi. Boshqacha qilib aytganda, ansambl’ ijrosi - musiqiy tasavvurning doimiy yangilanib
turishi, boy va turli xarakterdagi musiqiy axborotning oqib kelishini ta’minlaydigan faoliyat
turidir. U yangi va turli-tuman tasawuming kirib kelishini ta’minlab, musiqaga nisbatan “musiqiy
salohiyatning markazi va hissiy munosabat”ning taraqqiy etishiga omil bo‘lib xizmat qiladi.
Tinglash natijasida qo‘lga kiritilgan ko‘plab yorqin tasawurlaming jamlanishi badiiy xayolning
rivojlanishiga turtki beradi. Hissiy to‘lqinlanishning avjida musiqiy-aqliy harakatning umumiy
ko‘tarilishi yuzaga keladi. Ansambl ijrosi o‘quvchidagi boshqa xususiyatlaming rivojlanishiga
ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Jumladan: musiqiy eshitish qobiliyati, ritmik hissiyot, xotira, harakat
ko‘nikmalari. Ushbu xususiyatlaming rivojlanishi musiqiy faoliyatning boshqa turlarida ham
asqotadi. Bular - musiqa tinglash, musiqiy-nazariy fanlami o‘rganish, musiqiy materialni mustaqil
ravishda tanlash kabilarda namoyon bo‘ladi. Ohang tasawurining shakllanishi - o‘quvchining
eshitish qobiliyatini tarbiyalashning birinchi bosqichidir. Garmonik eshitish qobiliyatini
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
727
rivojlantiruvchi eng kuchli vosita - turli kuylarga garmonik jo‘rlik qilishdir. Bunda garmonik
jo‘rlik ustoz tomonidan amalga oshiriladi. Bu esa o‘quvchiga ilk qadamdanoq ko‘p ovozli
musiqaning ijrosida qatnashish imkoniyatini beradi. Garmonik eshitish qobiliyatining rivoji
melodik eshitish qobiliyatining rivoji bilan bir xil olib boriladi. So‘nggi yillarda yuzaga kelayotgan
musiqiy tarbiyaviy ishlar natijasida kichik yoshdagi о‘quvchilaming qulog‘ini murakkab garmonik
tuzilmalarga o‘rgatish misollarini ham ko‘rish mumkin. Polifonik eshitish qobiliyatini
rivojlantirish - musiqiy tarbiyaning eng murakkab qismlaridan biridir. Zero, yosh о‘quvchi
polifonik asarlami ijro etish, bir vaqtning o‘zida bir necha melodik yo‘llami tinglash ko‘nikmasiga
ega emas. Bunda ansambl ijrosi chog‘ida polifonik asaming ovozlarini juft-juft qilib chalish
tavsiya etiladi. Shu tahlit, ansambl ijrosi ilk mashg‘ulotlardanoq polifoniyani tinglash, uning
tarkibiy qismlariga quloq solish, ohangning alohida qurilmalarini yorqinroq ifodalash
ko‘nikmasini beradi. Musiqiy eshitish qobiliyati tembr va dinamikaga ko‘ra tembrdinamik eshitish
deb ataladi. Ushbu eshitish qobiliyati musiqiy amaliyotning barcha turlarida, shuningdek, musiqiy
ijrochilikda muhim o‘rin tutadi. Ansambl ijrosi o‘zining boy musiqiy matosi hisobiga tembr-
dinamik eshitish qobiliyatini rivojlantiruvchi keng imkoniyatlarga ega. Ustoz bilan bir qatorda
shogird ham turli xil tembr va dinamik bo‘yoqlami, shtrix effektlarini izlab, orkestming alohida
guruhlariga xos yangrash xususiyatlarini, ohangdor tutti xususiyatlarini ifodalashga harakat qiladi.
Ansambl ijrosi ritmik his etish qobiliyatini ham rivojlantiradi.
Ritm - musiqaning markaziy unsurlaridan biridir. Ritm hissining shakllanishi - musiqiy
pedagogikaning muhim vazifalaridandir. Musiqadagi ritm - nafaqat vaqt-o‘lchovli, balki, hissiy-
ifodaviy, obrazli-she’riy, badiiymazmunli kategoriyadir. Ritm hissi uchta asosiy tuzilmaviy
unsurdan tashkil topadi: sur’at, aktsent va cho‘zimlar munosabati. Bulaming barchasi ritmik
ko‘nikmani tashkil etadi. Ilk qadamlardanoq o‘quvchi bir xil cho‘zimlaming ravon ketmaketligini
ifodalay olishi - muhim ko‘nikmalardan biridir. Zero, ravon harakat hissining rivojlanishi
ansambldagi ijrochilardan har birining musiqiy tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Ustoz bilan
hamkorlikda ijro etish chog‘ida o‘quvchi muayyan metr-ritmik ravishda chegaralanadi. Ritmni
ushlab turish zarurati turli ritmik tasvirlaming tabiiy ravishda o‘zlashtirilishini ta’minlaydi.
Ansambl ijrosi musiqiy-ijrochilik qobiliyatining muhim ajralmas tarkibiy qismlaridan bo‘lmish
xotiraga ham katta ta’sir ko‘rsatadi. Ansambl ijrosi asami yod olish xususiyatiga egadir. Yakka
ijro chog‘ida o‘quvchi asami ahamiyatsiz ravishda mexanik mashq sifatida yodlab olsa, ansambl
ijrosi chog‘ida esa maskur jarayon tubdan o‘zgaradi.
Ansambl ijrochisining xotirasi yanada tez shakllanadi. Musiqiy asami chuqur anglash,
uning obrazli-she’riy mantiqi, shakl xususiyatlarini tushunib olish - musiqani muvaffaqiyatli
ravishda badiiy barkamol qilib yod olishning asosiy shartidir. Ansamblda yoddan chalish asami
mexanik ravishda yod olishda emas, balki, tahliliy-mantiqiy, aqliy xotiraning rivojlanishiga yo‘l
ochib beradi. Ansamblni o‘rganishdan awal hamkorlar asarning shaklini tushunib olishi, so‘ngra
esa tarkibiy qismlar ustida ulami bir-biridan farqlagan holda ishlashni boshlashi kerak. Keyingi
ish jarayoni frazirovka, dinamika ustida boradi. Yuqorida ta’kidlanganlami anglab etish
awalambor ikkinchi partiya ijrochisi uchun o‘ta muhim hisoblanadi. Zero, uning partiyasi akkordli
mato yoki arpedjio holatida ifodalangan bo‘lishi mumkin. Bu holda, u birinchi partiyaning
materialini bilmay turib, asami o‘zi uchun aqliy ravishda tuzib ola olmaydi. Ikkinchi partiya
ijrochisi, ayniqsa, garmonik tahlilga e’tibor qaratishi lozim. Shunga qarab, u asaming umumiy
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
728
musiqiy matosini xayolan tinglay olishga o‘rganishi kerak. Bu esa ichki tinglash tasawuriga
asoslanadi.
Ansambl ijrosi o‘quvchining harakat-motor xususiyatlarini ham rivojlantiradi. Ansambl
ijrosining yoqimliligi bois ilk bosqichda ijro apparatining shakllanishi nisbatan oson kechadi.
Bunda o‘quvchilar ohang hosil qilishning asosiy usullarini tabiiy yo‘l bilan o‘zlashtiradilar va
musiqiy matoning turli xillari bilan tanishadilar. Bir qarashda, ansamblda ijro etish ko‘nikmasi
an’anaviy ravishda yuz beradi: tovushqatomi asta-sekin egallash, yangi-yangi ritmlami
o‘zlashtirish va b. Amaliyot shuni ko‘rsatdiki, ansambl ijrosida o‘quvchining rivoji yanada tezroq
yuz beradi va ko‘nikmalar ham tezroq mustahkamlanadi. Notadan o‘qish - o‘quvchining yangi
musiqiy material bilan mustaqil tanishish ko‘nikmasi bo‘lib, keyingi ish jarayonini mazmun va
quvonch bilan to‘ldiradi. Yangi asar bilan ilk tanishuv o‘quvchida qiziqish uyg‘otishi katta
ahamiyatga ega. Buning uchun notadan o‘qish ko‘nikmasini yanada rivojlantirish zarur. Shunga
ko‘ra, e’tiboming uzoq vaqt jam bo‘lishiga erishish va ijrodan ancha oldinda ketayotgan matnni
uzluksiz ravon egallash ko‘nikmasini qo‘lga kiritish zarur. Boshlang‘ich bosqichning o‘zidayoq
engil p’esalami to‘rt qo‘l boiib (ustoz yoki boshqa o‘quvchi bilan) chalish tavsiya etiladi.
Murakkabroq pyesalarga avvalgi materialni mustahkamlagandan so‘nggina o‘tish kerak bo’ladi.
Materialning murakkablashuvi asta-sekin, o‘quvchiga bilinmaydigan holda yuz berishi zarur.
Notadan o‘qish chog‘ida hamkorlik uchun bir xil yoshdagi va bir xil tayyorgarlik darajasidagi
bolalar tanlanadi. Bunday holda, o‘quvchilar orasida norasmiy musobaqalashuv yuzaga kelib,
ijroga nisbatan e’tiboming yanada oshishi kuzatiladi. Bunda o‘quvchilaming e’tiborini asami
yaxlit anglashga qaratish lozim bo‘ladi. Ansamblda notadan o‘qish chog‘ida asaming murakkab
joylarida o‘quvchini to‘xtatish mumkin emas. Chunki, bu holat hamkor bilan bog‘liqlikning
buzilishiga olib keladi. Qolaversa, ijro vaqtida tez-tez to‘xtash notadan o‘qish quvonchini buzadi.
Shuning uchun ham ish jarayonida nisbatan oson bo‘lgan musiqiy material tanlansa, maqsadga
muvofiq boiadi. Birinchi o‘quvchining to‘xtagan paytida ikkinchi o‘quvchi ijroni to‘xtatmasligi
talab etiladi. Bu esa, birinchi o‘quvchini o‘zini yo‘qotmay ijroga yana qo‘shilib ketishiga imkon
beradi. Ansambl ijrosiga tegishli aksariyat to‘plamlarda ko‘p qirrali repertuaming keltirilganini
ko‘rish mumkin. Ammo ularda uslubiy yo‘naltirilganlik ko‘zga tashlanmaydi hamda o‘quvchi
bilan ishlashning o‘quv-tarbiyaviy imkoniyatlari ochib berilmaydi.
Musiqiy materialni tanlashda asosiy omillarga asoslangan prinsiplar quyidagicha:
•Estetik - zamonaviy g‘oyaviy-estetik ahamiyatga ega bo‘lgan asarlami tanlashni taqozo
etadi. Bunda musiqiy madaniyatda qaror topgan janr va uslub xilma-xilligi aks etadi;
•Ruhiy - o‘quvchi laming hayotiy va musiqiy tajribasiga mos keladigan mazmundagi
asarlami tanlash. Shu bilan birga, o‘quvchilaming keyingi rivojini taqozo etadigan asarlar
tanlanishi kerak bo‘ladi;
•Musiqiy-pedagogik - dastuming tematik mazmuniga tegishli asarlami tanlashni taqozo
etadi.
Bolalar mavzusidagi asarlar, shuningdek, ijro apparatining xususiyatini ko‘zlagan holda
tanlangan asarlar. Ushbu o‘rinda bolalar ruhiyati haqida ham to‘xtalib o‘tish joizdir. Bu borada
ustoz zimmasiga bolani musiqa orqali tarbiyalashdek ulkan mas’uliyat yuklatiladi. Bu esa
o‘quvchi shaxsining chuqur psixologik tahlili, uning takrorlanmas individualligini aniq lash orqali
erishiladi. Repertuar tanlashda nafaqat pianistik va musiqiy vazifalar, balki, bolaning xarakter
qirralari ham ya’ni: uning aqli, artistizmi, temperamenti, qalb qirralari, qiziqishlari hisobga olinishi
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
729
zarur. Zero, ushbu xususiyatlarda shaxsning qalb kechinmalari, sirli umidlari aks etadi. Agar
kamharakatli bolaga hissiy va harakatchan asar berilsa, bunda muvaffaqiyatga erishish qiyin
boiadi. Ammo bunday asami albatta chalib ko‘rish kerak. Harakatchan bolaga esa, chuqur
mazmundor va falsafiy asarlami berib chaldirish foydalidir. Repertuar tanlash vaqtida ustoz
o‘quvchining xohish-istagini, uning munosabati va flkrini inobatga olishi zarur. Aslida yangi
repertuar tanlanishiga bolalar hech qachon qarshi boiishmaydi. Shunday qilib, ansambl sinfidagi
repertuar tanlash imkoniyati qator pedagogik hamkorlik prinsiplarini shakllantiradi: ilgarilash,
erkin tanlash, majburiyatsiz o‘qitish. Bunday shakl esa o‘quvchining har tomonlama rivojiga
qaratilgan erkin repertuar siyosatini taqozo etadi.
REFERENCES
1.
Atton Kriss “Muxlislar nutqi shovqinli musiqaning janr sifatida qurilishi” Ommabop
musiqa tadqiqotlar ijurnali, T.: 2011.
2.
Olbrayt Doniyor. “Modernizm va musiqa: Manba antalogiyasi”. Chikago, “Chikago
universiteti matbuoti”, T.:2004
3.
F.N.Xalilov.
"Bo'lajak musiqa o'qituvchilarini cholg'u-ijrochilik tayyorlashning
didaktik asoslari" Diss avtoreferati pedagogika fanlari doktori. T.: 2006.
4.
Kiyamov N.S. "Musiqiy madaniyat tarbiyasini o'rganishga yo'naltirilgan nazariy
tadqiqotlarni olib borish xususida". "Sharq" nashriyoti. T.: 2009.
