ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1031
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH CHORA TADBIRLARI
Soxibov Salohiddin Anvar o‘g‘li
Farg‘ona davlat universiteti tayanch doktoranti
e-mail:Soxibovfardu@gimail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.7964340
Annotatsiya.
Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurash samaradorligini oshirish
chora-tadbirlari, qonunchilik asoslari va mexanizmlari tahlil qilingan. Shuningdek, korrupsion
munosabatlarning yuzaga kelish sabablari va ijtimoiy-falsafiy jihatlari tadqiq etilgan.
Kalit so‘zlar:
fuqarolik jamiyati, jamoatchilik nazorati, monitoring, korrupsiya,
korrupsiyaon munosabatlar, davlat, qonun, poraxo‘rlik, vijdon, halollik, xalqaro standartlar.
MEASURES TO FIGHT AGAINST CORRUPTION
Abstract.
This article analyzes the measures to increase the effectiveness of the fight
against corruption, legal bases and mechanisms. Also, the reasons for the emergence of corrupt
relations and socio-philosophical aspects have been researched.
Key words:
civil society, public control, monitoring, corruption, corrupt relations, state,
law, bribery, conscience, honesty, international standards.
МЕРЫ ПО БОРЬБЕ С КОРРУПЦИЕЙ
Аннотация.
В данной статье анализируются меры по повышению эффективности
борьбы с коррупцией, правовые основы и механизмы. Также исследуются причины
возникновения коррупционных отношений и социально-философские аспекты.
Ключевые слова:
гражданское общество, общественный контроль, мониторинг,
коррупция, коррупционные отношения, государство, закон, взяточничество, совесть,
честность, международные стандарты.
Mamlakatimizda shiddatli ravishda xalq va jamiyat manfaatlarini hisobga olgan holda
amalga oshirilayotgan islohotlar talablariga muvofiq ijtimoiy-iqtisodiy hayotning o‘zgarib
boruvchi sharoitlariga insonlarni va ayniqsa yoshlarni tayyorlash, ularning kasbiy bilimlarini
muntazam ravishda oshirib borishni yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik-tashabbuskorligini qo‘llab-
quvvatlash, ularning tadbirkor sifatida iqtisodiy-ijtimoiy nuqtai-nazarini ishlab chiqishga
qaratilgan bilimlarini muntazam ravishda oshirib borish, kelajak rejalarni amalga oshirishga
qaratilgan biznes loyihalariga innovatsion loyihalarni joriy qilishni nazarda tutgan bilimlarini
yuksaltirish o‘z navbatida ularning ijtimoiy manfaatlarini, ehtiyojlarini, kelajakdagi istiqbollarini
belgilab olish va ro‘yobga chiqarish bugungi kunda shiddatli ravishda amalga oshirilayotgan
islohotlarning talabidir.
Bizga ma’lumki, korrupsiya jamiyatni rivojlanishiga qarshi qaratilgan harakat sifatida har
qanday jamiyat va davlatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqaradi hamda ijtimoiy-
iqtisodiy muammolarni chuqurlashtirishga sabab bo‘ladigan omil sifatida baholanadi.
Ko‘pchilik ekspertlar tomonidan jamiyatda korrupsiya murakkab ijtimoiy hodisa sifatida namoyon
bo‘lib, unga qarshi kurashish uchun alohida choralarni qo‘llash samarali hisoblanmasligi qayd
etilgan. Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan faoliyat kompleks-majmuaviy tarzda
muntazam ravishda izchil amalga oshirilishi yaxshi natija berishi mumkin.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1032
Har bir davlat korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatining maqsadi va obyekti sifatida
alohida olingan korrupsionerga emas, balki ushbu xatti-harakatlarni amalga oshirishga sharoit
yaratib beruvchi holatlarni bartaraf qilish va profilaktik oldini olish choralarida namoyon bo‘ladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarini tashkil etishda quyidagi-larni inobatga olish lozim deb
hisoblaymiz:
har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda qonun hujjat-larini zamon va islohotlar
talablari darajasida takomillashtirish;
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyat a’zolari bo‘lgan
fuqarolarimiz ongida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni muntazam ravishda
shakllantirib borish;
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan
chora-tadbirlarni ishlab chiqish va hayotga izchil tadbiq qilish;
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga barham berish va oqibatlarini
keng jamoatchilikka tushuntirish, korrupsiyaga imkon bergan sabablar va shart-sharoitlarni
bartaraf etish;
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida tashkiliy choralarni ilmiy va amaliy jihatdan
asoslangan holda tashkil etish, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish va bu sohada xalqaro hamkorlikni izchil
yo‘lga qo‘yish.
Har qanday davlatda korrupsiyaning rivojlanishi davlatning ichki va tashqi siyosatiga
salbiy ta’sir ko‘rsatadi, natijada jamiyat a’zolarini mazkur davlatning organlariga bo‘lgan
ishonchiga putur yetkazishga olib keladi.
“Jinoyat qonunchiligini yanada takomillashtirish va liberallashtirish bo‘yicha ishlarni davom
ettirish lozim. Nega deganda, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslar qariyb 25 yil oldin qabul
qilingan. O‘tgan davrda jamiyatdagi munosabatlar, odamlarning yashash tarzi, ongi
dunyoqarashi o‘zgardi. Shu sababli bu kodekslar bugungi kun talablariga javob bermay qoldi.
Ma’lumki, qonunchilikda jazoni og‘irlashtirish yoki yengillashtirishga oid moddalar bor. Lekin
ular tergovchi yoki sud’yaning ixtiyoriga, ya’ni inson omiliga to‘liq bog‘liq bo‘lib qolmasligi
kerak. Aks holda biz uchun muqaddas bo‘lgan adolat mezoni buziladi. Shuning uchun jinoyat va
jinoyat protsessual qonunchilikni tubdan qayta ko‘rish zarur”[1].
Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslarini rivojlangan davlatlar tajribasini o‘rganish,
xalqaro ekspertlarni jalb qilish hamda bugungi kunda shiddatli ravishda amalga oshirilayotgan
islohotlarni talablariga muvofiq Jinoyat va Jinoyat protsessual kodekslar loyihasi norma
ijodkorligi asosida ishlab chiqish jamiyatda jinoyatlarni shu jumladan korrupsion jinoyatlarni
oldini olishga qaratilgan normalarni mustahkamlash jamiyatda jinoyatlarni hamda korrupsion
jinoyatlarni oldini olinishiga xizmat qiladi.
Hozirgi glabollashuv davrida yoki jarayonida korrupsiya muammosi jahonning deyarli har
bir mamlakatida mavjudligini ko‘rish mumkin. Ammo bu - barcha davlatlarda ham korrupsiya bir
xil degan ma’noni anglatmaydi. Ekspertlarning xulosasiga ko‘ra, korrupsiyaning vujudga kelish
sabablari turli mamlakatlarda turli xil bo‘lib, tarixiy rivojlanish bosqichi hamda ijtimoiy-iqtisodiy
muammolarning mavjudligi hamda taraqqiyot darajasi bilan belgilanadi.
Davlat hokimiyati organlarining korrupsiyaning zararli ta’siridan saqlash zaruriyati AQSH
hukumatini korrupsiyaga qarshi kurashni XIX asrdayoq davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilashga olib kelgan.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1033
1978 yilda AQSH Kongressi “Hukumatdagi axloq to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilgan. Ushbu
Qonunning vazifasi davlat amaldorlari va muassasalari halololigini saqlash hamda bunga
imkoniyat yaratishdan iborat.
Kanadaning jinoyat qonunchiligida “mansabdor shaxslarni pora evaziga og‘dirish”,
“Hukumatni aldash”, “mansabdor shaxs tomonidan sodir etilgan ishonchni suiste’mol qilish”
mansabdorlik jinoyatlari hisoblanishi belgilab qo‘yilgan.
1985 yil Kanadada davlat xizmatchilarining xizmat vazifalari va shaxsiy manfaatlari
o‘rtasidagi ziddiyat yuzaga kelgan holda ular amal qilishi shart bo‘lgan xulq-atvor qoidalarini
o‘zida mujassam qilgan Kodeks qabul qilingan.
Kanadalik qonun ijodkorlarining fikriga ko‘ra, ushbu qonunlardan ko‘zlangan maqsad – davlat
apparati va davlat xizmatchilarining halolligiga jamiyatning ishonchini oshirishga qaratilganligini
qayd etishadi.
Davlat xizmati tizimida korrupsiyani oldini olish, unga qarshi kurashish va barham berish
maqsadida Fransiyada XX asrning 90 yillarida saylangan barcha davlat xizmatchilari va
korrupsiya ta’siriga berilishi mumkin bo‘lgan jamoat xizmati kadrlariga o‘z mol-mulki va
daromadlari haqida tegishli davlat idoralariga ma’lumot berish majburiyatini yuklash to‘g‘risida
qaror qabul qilingan.
Shuningdek, davlat apparati yuqori martabali xodimlarining daromadlari va mol-mulki
haqidagi deklaratsiyalar keng miqyosda oshkor etilishini ta’minlaydigan huquqiy va tashkiliy
asoslar qonun ijodkorligi asosida yaratilgan.
Korrupsiyani oldini olishning nazariy poydevori “ta’lim, xabardorlik va targ‘ibot”
(Education, Awareness and Advocacy) tamoyillariga asoslanib, amaliy tomondan esa
“samaradorlik, shaffoflik va hisobdorlik” (effectiveness, transparency, accountability) tamoyillari
asosida aniq davlat siyosatini ishlab chiqishdan iborat. Bu borada davlat siyosati dunyoda
(xususan, Singapurda) “one size fits all” (“barcha uchun bir xil mezon”) tamoyillari ishlab
chiqilgan va o‘zining ijobiy natijasini bergan[2].
“Respublika bo‘yicha 2018 yilda 1561 nafar turli toifadagi mansabdor shaxs jinoiy
javobgarlikka tortilgan. Bularning aksariyatini – 580 nafar xo‘jalik yurituvchi subyektlar
rahbarlari, 257 nafari – ta’lim sohasi, 83 nafari – sog‘liqni saqlash tizimi, qolgan qismini boshqa
soha vakillari tashkil qiladi. Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 39 nafari respublika,
qolganlari viloyat tuman-shahar miqyosidagi vazirliklar, idoralar hamda korxona va tashkilotlarda
ishlab kelgan. Jinoiy javobgarlikka tortilgan bu xodimlarning 821 nafari o‘zganing mulkini
o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, 138 nafari pora olish va berish, qolganlari
esa boshqa mansabdorlik jinoyatlari uchun javobgar bo‘lgan”[3]. Mazkur tahliliy materillardan
ham ko‘rinib turibdiki, keyingi ikki yilda mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish va
korrupsiyaga qarshi kurashish ishlari davlatning vakolatli organlari tomonidan izchil ravishda
amalga oshirilayotganligini ko‘rsatadi.
Mamlakatimizda Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahnomaligida amalga oshirilayotgan
islohotlarning ustuvor vazifalaridan biri korrupsiyaga qarshi tizimli ravishda kurashish davlat
siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy
asoslari, tashkiliy tuzilmasi va amalga oshirish strategiyasi xalqaro huquqiy talablar asosida
belgilandi. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga
qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktabr) qo‘shilishi jamiyat taraqqiyotini amalga
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1034
oshirishning milliy mexanizmi sifatida “Korrup-siyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonun,
Prezidentning “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2752-son qarori qabul
qilindi.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasining samaradorligini ta’minlashda
quyidagilarni e’tiborga olish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
birinchidan – korrupsiyaga qarshi kurashning samaradorligiga erishish modeli ishlab
chiqilib, korrupsiyaga qarshi kurashishning aniq huquqiy mexanizmi, samarali institutsional
tuzilmasi, moliyaviy va mehnat resurslari bilan doimiy ta’minlab turilishi, muntazam monitoring
faoliyati hamda xolis va shaffof baholash tizimi aniq qonunchilikda mustahkamlanishi lozim.
Amaldagi qonunchilikda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining yuqoridagi
sanab o‘tilgan huquqiy va iqtisodiy hamda ijtimoiy elementlari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik va bir-
biriga ta’sir qilish mexanizmi yo‘lga qo‘yilmagan. Demak, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
yaxlit kompleks tizimning uzviy ishlashini jamiyatda yo‘lga qo‘yish uning samaradorligini
ta’minlaydi;
ikkinchidan – korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasida innavatsion yondashuvni
samarali qo‘llash. Bunda davlat organlarining fuqarolik jamiyatining barcha institutlari bilan
hamjihat faol harakatini ta’minlash, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishda milliy
tuzilmalarning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini yanada kuchaytirish masalalariga alohida
e’tibor berish. Bunda, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida integratsiyaga
erishishga to‘sqinlik qilayotgan omillardan biri – jinoyat va jinoyat prsessual qonunchiligini
korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha moddalarini mukammal ishlab chiqish hamda
korrupsiyani keltirib chiqarayotgan holatlarni o‘rganish, tahlil qilish va korrupsiyani oldini olishga
qaratilgan dasturlar, chor-tadbirlarni ishlab chiqish va hayotga tadbiq qilishda aniq statistika
hamda dalillarga asoslangan ma’lumotga tayangan holda ish olib borish korrupsiyaga qarshi
kurashish tizimining samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi;
uchinchidan – jamiyatning ijtimoiy sohalarida xususan, tadbirkor-lik, ta’lim, sog‘liqni
saqlash jumladan, huquqni muhofaza qilish sohalarida korrupsiyaga qarshi kurashishni yanada
kuchaytirish, korrupsiya bilan bog‘liq ayrim xatti-harakatlarni barham berishga qaratilgan
dasturlar ijrosini barcha sohalarda ta’minlash hamda xalqaro tajribani o‘rganish asosida xalqaro
hujjatlarda nazarda tutilgan standartlarni qonunchilikda mustahkamlash yaxshi natijalarga erishish
imkoniyatini yaratadi;
to‘rtinchi – korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturini ijrosini jamiyatda
ta’minlanishi va bu borada tizimli monitoring qilish bo‘yicha samarali huquqiy mexanizmning
islohotlar talablari darajasida ishlab chiqish hamda davlat xizmatchilarining korrupsiyaga qarshi
kurashish qoidalariga rioya qilish darajasining talab darajasidan pastligi, davlat organlari faoliyati
ochiqligi tamoyilining amalda ta’minlanishi, korrupsiyani oldini olishga qaratilgan qonunchilik
normalarini xalqaro huquq talablari asosida takomillashtirish jamiyatda ijtimoiy adolatni
o‘rnatishga xizmat qiladi.
beshinchi – korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy tendensiyalaridan kelib chiqib
amalda real ishlaydigan strategiyani ishlab chiqish asosida zamonaviy tendensiyaga ko‘ra,
korrupsiyaga qarshi kurashish masalan mamlakatimizda davlat xizmatlari agentligini tashkil
etilganligi va xalqimizga xalqaro talablar asosida xizmat qilinayotganligi jamiyatda korrupsiyaga
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1035
qarshi kurashishining yangi bosqichini boshlab berib, fuqarolarning korrupsiyaga qarshi kurashish
daxldorligini oshirishda muhim qadamlardan bo‘layotganligini qayd etish va ommaviy axborot
vositalarida keng yoritish;
oltinchidan – korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish ishlarini tashkil etishda
jamiyat a’zolari bo‘lgan fuqarolarimizni faol ishtirokini kuchaytirish, korrupsiyaga tegishli
bo‘lgan ma’lumotlarni o‘rganish imkoniyatini yaratish, yangi texnologiyalardan foydalangan
holda korrupsiya holatlari haqida axborot berish, korrupsiyaga oid muammolarni hal qilish va
bartaraf etishda jamoatchilik nazoratini ta’minlashning izchil tizimini yaratish va hayotga tadbiq
qilish;
yetinchidan, O‘zbekistonda har bir sohada korrupsiyaga qarshi kurashishda sohaning
xususiyatlaridan kelib chiqib yondashish, korrupsiya holatlari oldini olishga qaratilgan yangi
innovatsion usullarini ishlab chiqish va qo‘llash, korrupsiya holatlarini ekspertizadan o‘tkazish,
monitoring qilish va baholash jamiyatda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni
ishlab chiqish jamiyatni qonuniy rivojlanishiga xizmat qiladi.
“2019 yildan boshlab joriy etilayotgan yangi soliq konsepsiyasining eng asosiy g‘oyasi soliq
yukini kamaytirish, sodda va barqaror soliq tizimini qo‘llashni ko‘zda tutadi. Shu orqali
iqtisodiyotimiz raqobatbardoshligini oshirish, tadbirkor va investorlar uchun har tomonlama qulay
muhit yaratishga erishish mumkin. Afsuski, yalpi ichki mahsulotda “yashirin” iqtisodiyotning
ulushi katta bo‘lib, bu mamlakat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Soliq yukini kamaytirish
biznes yuritish uchun yanada qulay sharoitlar yaratish “yashirin” iqtisodiyotga barham berishning
yagona yo‘lidir. Shuning uchun bu borada ta’sirchan choralarni nazarda tutadigan dastur ishlab
chiqishimiz zarur[7]”.
“Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining (Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assableyasining 1948 yil 10 dekabrda bo‘lib o‘tgan uchinchi sessiyasida 217A (III)- qabul
qilingan) 8-moddasiga ko‘ra har bir inson unga konstitutsiya yoki qonun orqali berilgan asosiy
huquqlari buzilgan hollarda vakolatli milliy sudlar tomonidan bu huquqlarni samarali tiklanish
huquqiga ega. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambeyasining 1985 yil 29 noyabrdagi
rezolyutsiyasi bilan maqullangan “Sud organlari mustaqilligining asosiy prinsiplari” birinchi
bo‘limining 1-bandiga ko‘ra sud organlarining mustaqilligi davlat tomonidan kafolatlanadi hamda
konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yiladi. Barcha davlat organlari va boshqa
tashkilotlar sud organlari mustaqilligiga hurmat bilan qarashlari va bunga rioya qilishlari shart”[8].
Xulosa qilganda, mamlakatimizda keyingi yillarda Davlatimiz rahbari tomonidan xalq
manfaatlari e’tiborga olingan holda amalga oshirilayotgan shiddatli islohotlarning mazmun
mohiyati
insonlarning
ijtimoiy,
iqtisodiy
va
ma’rifiy
hamda
ma’naviy,
tadbirkorlik huquqlarini ro‘yyobga chiqarishga qaratilganligi va ularning davlat tomonidan har
tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotganligi hamda islohotlar yuqorida qayd etilgan xalqaro
hujjatlarga muvofiq amalga oshirilayotganligi xalqaro ekspertlar tomonidan ijobiy baholanmoqda.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
1036
REFERENCES
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).
2.
“Bilimli avlod – buyuk kelajakning, tadbirkor xalq – farovon hayotning, do‘stona hamkorlik
esa taraqqiyotning kafolatidir” Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 26 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi
ma’ruzasi Inson va Qonun / gazetasi. 2018 yil 8 dekabr № 48 (1148)-soni,
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi
Xalq so‘zi gazetasi 2018 yil 29 dekabr №271-272 (7229-7230)-soni 1-4 betlar.
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni demokratik yangilash jarayonida
fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018
yil 4 maydagi Farmoni ( Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).
5.
O‘zbekiston Respublikasining “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonuni ( Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi).
6.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).
7.
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari
to‘g‘risida”gi Qonuni ( Qonun hujjat-lari ma’lumotlari milliy bazasi).
8.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni (Qonun
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi).
9.
Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics.
Academicia Globe:
Inderscience Research
,
3
(2), 1-3.
10.
Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH
ОBYЕKTI SIFАTIDА.
IJTIMOIY
FANLARDA
INNOVASIYA
ONLAYN
ILMIY
JURNALI
,
2
(11), 176-182.
11.
Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH
TARIXI.
Science and innovation
,
1
(B8), 99-105.
12.
Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS
ANALYTICAL DEVELOPMENT.
Science and Innovation
,
1
(8), 99-105.
13.
Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE
EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES.
International journal of advanced research in
education, technology and management
,
2
(2).
