ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
993
TARBIYAVIY ISHLARNI SAMARADORLIGINI OSHIRISHDA HARBIY
PEDPGOGIKANING AXAMIYATI MAQSADI, VAZIFASI VA METODOLOGIK
ASOSLARI
Mustayev Ruslan Damirovich
Farg’ona davlat universiteti harbiy talim fakultiteti boshlig’ini OʻIB oʻrinbosari
Atashboyev Javlon Inomjon oʻgʻli
Farg’ona davlat universiteti harbiy talim fakultiteti 3-bosqich talabasi
Koraboyev Sarvarbek Kahramon o’g’li
Farg’ona davlat universiteti harbiy ta’lim fakultiteti 3-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7970760
Annotatsiya.
Ushbu maqolada
tarbiyaviy ishlari samaradorligini oshirishda harbiy
pedpgogikaning axamiyati maqsadi, vazifasi va metodologik asoslari to’g’risida fikrlar
bildirilgan.
Kalit so’zlar:
pedagogika, mehnat, mashg’ulot, ta’lim-tarbiya, askar, harbiy didaktika.
THE PURPOSE, TASK AND METHODOLOGICAL FOUNDATIONS OF THE
IMPORTANCE OF MILITARY PEDAGOGY IN INCREASING THE EFFECTIVENESS
OF EDUCATIONAL WORK
Abstract.
In this article, opinions are expressed about the purpose, function and
methodological foundations of the importance of military pedagogy in increasing the effectiveness
of educational work.
Key words:
pedagogy, labor, training, education, soldier, military didactics.
ЦЕЛЬ, ЗАДАЧА И МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ЗНАЧЕНИЯ
ВОЕННОЙ ПЕДАГОГИКИ В ПОВЫШЕНИИ ЭФФЕКТИВНОСТИ
ВОСПИТАТЕЛЬНОЙ РАБОТЫ
Аннотация.
В данной статье высказываются мнения о цели, функции и
методологических основаниях значения военной педагогики в повышении эффективности
воспитательной работы.
Ключевые слова:
педагогика, труд, обучение, воспитание, солдат, военная
дидактика.
Kishilik jamiyatining qadimiy ibtidoiy, ya’ni boshlang’ich davrida odamlar tayyor
mahsulotdan foydalanishgan. Ovchilik, keyinchalik esa dehqonchilik va turli-tuman
hunarmandchilikning rivojlanishi odamlar mehnat tajribasining oshishiga olib kelgan. Mehnat
faoliyati borgan sari murakkablasha borib, odamlarning shaxs sifatida shakllanishida va kishilik
jamiyatining rivojlanishida muhim ro’l o’ynay boshladi. Mexnat odamlarning tarbiyasiga ta’sir
ko’rsatib, tarbiyani hayotiy zaruriyat qilib qo’yadi. Odamlarning mexnat ko’nikmalari yosh
avlodga meros bo’lib qola boshladi. Endi tarbiya mehnat faoliyatining, mehnat tajribasining
mahsuliga bevosita bog’liq bo’lib qoldi. Shu tariqa ijtimoiy hayotda orttirilgan tajribalarni quyi
avlodga o’rgatish extiyoji tug’ildi. Tajribalarning to’planishi natijasida ta’lim-tarbiyaning
dastlabki omillari vujudga keldi. Tabiat, ijtimoiy hayot haqidagi tajribalar asosida ma’lum bilimlar
bo’lib bordi.
Oldiniga bola tarbiyasi kattalar tomonidan bevosita mehnat faoliyatida amalga oshirilgan
bo’lsa, jamiyat rivojlana borgan sari bunday yo’l talabga javob bermay qo’ydi. Endi tarbiya bilan
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
994
bilimdon, tajribasi yetarli odamlar shug’ullana boshladi. Ta’lim-tarbiya ishlari bilan
shug’ullanuvchi tarbiyachilar kasb-hunar homiylari sifatida ajralib chiqa boshladilar. Ularning
ta’lim-tarbiya borasidagi faoliyatlari va to’plagan tajribalaridan o’rinli foydalanishlari pedagogika
fanining’ vujudga kelishiga olib keldi. Mashg’ulotlar tobora tashkiliy shakllarga, ko’rinishlarga
ega bo’lib bordi. Shu asnoda dastlabki maktab ko’rinishidagi muassasalar vujudga keldi, taraqqiy
etdi. Shunday qilib, pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsad va vazifalari, ularning mazmuni,
usullari hamda tashkil etish shakllari haqida ma’lumot beruvchi fanga aylandi.
«Pedagogika» atamasi qadimgi yunon tilidan kirib kelgan bo’lib, bola yetaklovchi
mazmunini bildiradi. Eramizdan oldingi asrlarda qadimgi Yunonistonda quldorlarning bolasini
ovqatlantiradigan, sayr qiddiradigan, maktabga olib boradigan tarbiyachi-qullar «pedagog» deb
atalgan.
Keyinchalik bu atamaning ma’nosi birmuncha o’zgardi. Maxsus tayyorgarlik ko’rgan va
ta’lim-tarbiya bilan shug’ullanadigan shaxslar «pedagog», deb atala boshladi. Ko’p vaqtlar
mobaynida pedagogika fan sifatida faqat o’sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasini o’rganadi,
deb qarab kelingan. Ammo hayot amaliyoti tarbiyaning umumiy printsiplari faqat bolalar
tarbiyasiga emas, balki katga yoshdagilar tarbiyasiga ham taalluqli ekanligini ko’rsatdi. Shuning
uchun ham keyingi paytlarda pedagogikaga yosh avlodga va katta yoshdagi odamlarga ta’lim-
tarbiya berish qonuniyatlarini o’rganuvchi fan sifatida qaralmoqda.
Hozirgi kunga kelib, pedagogika alohida fan sifatida taraqqiy etgan bo’lib, o’zining bir
necha mustaqil tarmoqlariga ega. Jumladan, maktabgacha tarbiya pedagogikasi, umumiy ta’lim
pedagogikasi, oliy ta’lim pedagogikasi, pedagogika tarixi, kasb pedagogikasi, maxsus pedagogika
- defektologiya (surdopedagogika - kar va soqov bolalarni o’qitish va tarbiyalash; tiflopedagogika
- ko’zi ojiz bolalarni o’qitish; oligofrenopedagogika - aqliy rivojlanishdan orqada qolgan bolalarni
o’qitish va tarbiyalash; logopediya - nutqi yaxshi rivojlanmagan bolalarni o’qitish) va boshqalar.
Hozirgi kunda «Harbiy pedagogika» pedagogika fanining alohida tarmog’i sifatida boshqa
fanlar bilan hamkorlikda taraqqiy etmoqda.
Harbiy pedagogika askarlar va harbiy jamoalarga ularda doimiy yuksak jangovar
tayyorgarlikka ega bo’lishlari, tinchlik davrida va urush sharoitida o’z harbiy burchini
muvaffaqiyatli bajarishlari uchun yuksak mahnaviy, siyosiy va jangovar xislatlarni, jangovar
mahoratni shakllantirish, akliy va jismoniy kuchlarini rivojlantirish, mahnaviy-ruhiy
tayyorgarligini amalga oshirishning pedagogik qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir.
Harbiy pedagogikaning ob’ekti shaxsiy tarkibni o’z xizmat va jangovar vazifalarini
bajarishga tayyorlash jarayonidan iborat; uning predmeti (mazmuni) sifatida askarlarning jangovar
va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi jarayonining pedagogik qonuniyatlari xizmat qiladi.
Qurolli Kuchlar doimiy jangovar tayyorgarligining muhim tarkibiy qismlaridan biri
bo’linmalar, qismlarning jangovar o’quvi, shaxsiy tarkibning harbiy mahoratidir.
Askarlarga ta’lim berish jarayonining pedagogik mohiyatini harbiy pedagogikaning
muhim tarkibiy qismi bo’lgan harbiy didaktika o’rganadi. Askarlar ta’limi jarayonining
qonuniyatlarini tadqiq etar ekan, didaktika uning printsiplari, shakl va metodlari, moddiy-
texnikaviy vositalari va shu kabilarni belgilaydi. Sanab o’tilgan vazifalarni hal etish davomida
harbiy didaktika askarlar ta’limi jarayonining metodik tizimida o’z aksini topuvchi nazariy
modelini tuzadi. Shaxsiy tarkib ta’limining aniq (xususiy) metodikasi sifatida harbiy didaktika
unga qo’yiladigan talablarni belgilab beradi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
995
Harbiy faoliyat o’zining maqsadi va tabiatiga ko’ra harbiy xizmatchilardan uzluksiz, aniq
tizim asosidagi tayyorgarlikni talab qiladi. Shuning uchun ham o’z harbiy mutaxassisligini chuqur
egallash, o’zining bilimlari, ko’nikmalari va malakalarini, mahoratini tinmay takomillashtirib
borish har bir harbiy xizmatchining muqaddas burchi sanaladi.
Askarlar ta’limi jarayonining mohiyatini, mazmunini, metodikasini va uni tashkil etish
yo’llarini harbiy pedagogikaning tarkibiy qismi bo’lgan harbiy didaktika (yunon tilida «didasko»
- o’qitaman) o’rganadi. Askarlarga ta’lim berish jarayonini tadbqiq qilar ekan, harbiy didaktika
ta’lim qonuniyatlari va printsiplarini o’rganadi, turli shakl va metodlarni, usul va vositalarni
samarali qo’llash shartlarini asoslab beradi. Shu bilan birga u askarlar ta’limi mazmunini, uni
tashkil etishni va metodikasini bashorat qiladi va takomillashtirish bo’yicha tavsiyalar beradi.
Askarlar ta’limining harbiy didaktikada yoritiladigan umumiy qonuniyatlari turli o’quv
fanlarini o’rganish jarayonida o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Bu o’ziga xoslikni xususiy
metodikalar o’rganadi. Masalan: ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik, taktika, jismoniy tayyorgarlik,
texnik tayyorgarlik metodikasi va boshqalar. Askarlar ta’limining umumiy nazariyasi sifatida
harbiy didaktika metodikalar o’rtasidagi aloqadorlikni va turli pedagogik vazifalarni hal qilishda
yagona yondashuvni ta’minlaydi. Harbiy didaktika xususiy metodikalarga tayanadi, ular
to’g’risidagi ma’lumotlar bilan boyib boradi va shu bilan birga ta’lim jarayonining mohiyatiga
chuqur kirib boradi.
Harbiy didaktika askarlar ta’limini murakkab ijtimoiy-pedagogik jarayon sifatida
o’rganadi va bu jarayonning quyidagi asosiy funktsiyalarini belgilaydi: ta’limiy (askarlarni bilim,
ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish); tarbiyaviy (askarlarda o’z Vatanining qurolli
himoyachisi uchun zarur shaxsiy xislatlarni tarbiyalash); rivojlantiruvchi (askar shaxsini komil
inson sifatida rivojlantirish, yuzaga kelgan turli vazifalarni hal qilishga ijodiy yondashish
malakalarini rivojlantirish) va ruhiy tayyorlash (askarlarda xizmat vazifalarini bajarishga va
jangovar vaziyatda muvaffaqiyatli harakat qilishga ruhiy tayyorlikni shakllantirish).
Pedagogik nuqtai nazardan qaraganda, askarlar ta’limi jarayoni ta’lim beruvchi (komandir,
boshliq, o’qituvchi, instruktor)ning o’qitish, saboq berish va ta’lim oluvchi (bo’ysunuvchi)ning
o’qish, o’rganish bo’yicha maqsadli, tizimli va hamkorlikdagi faoliyatidir. Bu jarayonda ta’lim
beruvchi rahbar funktsiyasini bajaradi.
Uning asosiy pedagogik vazifasi quyidagilardan iborat:
- bo’ysunuvchilarning o’quv faoliyatini tashkil etish va unga rahbarlik qilish;
- o’quv materialini tizimli va ilmiy asosda bayon etish;
- askarlarda bilim olishga nisbatan qiziqish uyg’otish va ijobiy motivlarni shakllantirish;
- ta’lim oluvchilarda mustaqil bilim olish, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish
xususiyatlarini shakllantirish;
- harbiy mahoratni takomillashtirish;
- bo’ysunuvchilarning jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi holatini tekshirish, bilim,
ko’nikma va malakalarini hamda kasbiy mahoratini baholash.
Bu vazifalarni bajarar ekan, komandir (boshliq) avvalambor, bo’ysunuvchilarning o’quv
faoliyatini tashkilotchisi sifatida qatnashadi. Uning ta’siri ostida askarlar faol bilim olishga
kirishadilar: tinglaydilar, kuzatadilar, zarur harakatlarni bajaradilar, o’qiydilar, yozadilar,
oldilariga qo’yilgan masalalar-ni muhokama qiladilar, o’z mehnatlariny tahdil qila-dilar va
komandir (boshliq) ko’magida kerakli tuzatishlar kiritadilar. Bu faoliyat jarayonida ta’lim
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
996
oluvchilar tegishli bilim, ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar. Shu bilan bir vaqtda ularning
tafakkuri rivojlanadi, irodasi va xarakteri chiniqadi, ma’naviy-axloqiy va jangovar xislatlari,
hissiy-irodaviy turg’unligi, jangovar vaziyatlarda xarakat qilish uchun ruxiy tayyorgarligi
shakllanadi.
Askarlar ta’limining muhim qonuniyatlaridan biri ta’lim jarayonini hozirgi davr talablari
asosida, zamonaviy urush xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tashkil etish hisoblanadi. Fan va
texnikaning rivojlanishi, Qurolli Kuchlarning zamonaviy va murakkab jangovar texnika va qurol-
yarog’lar bilan tahminlanishi, yangi ta’lim texnologiyalarining yarashtishi va boshqa shu kabi
hozirgi zamonga xos o’zgarishlar ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan tobora yangi talablar
qo’ymoqda. Bu esa o’z navbatida ta’lim oluvchidan qo’shimcha aqliy, ma’naviy, ruhiy va
jismoniy zo’riqishni, hissiy-irodaviy turg’unlikni talab qiladi.
Askarlar ta’lim jarayonida egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalar tizimi
mazmunini tashkil etadi. Harbiy mutaxassislarni tayyorlash bo’yicha ta’lim standartlari, o’quv
dasturlari, rejalari ta’lim mazmunini belgilab beradi.
REFERENCES
1.
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining D-5 sonli Direktivasi
2.
Guruhda tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning asosiy yunalishlari. T. 2001y.
3.
Nasriddinov Ch.R., Harbiy psixologiya. T. 2004y.
4.
Sotiboldiev. A, Karimjonov A., Harbiy pedogogika. T. 2005y.
5.
Ma’murov U.I., Harbiy qismda tarbiyaviy ishlar metodikasi. T. 2008 y.
6.
6.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining umumharbiy nizomlari Toshkent-2007
7.
Umumiy taktika Toshkent 2005 y.
8.
O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy nizomlari O’zbekiston.
9.
Mirziyaev Sh.M., Erkin va farovon demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda
barpoetamiz.T.: O’zbekiston, 2016.
10.
Mirziyaev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak. T.:O’zbekiston, 2017.
11.
Mirziyaev Sh.M., Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash yurt taraqiyoti va
xalq farovonligining garovi. T.: O’zbekiston, 2016.
12.
Mirziyaev Sh.M., Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.:
O’zbekiston, 2017.
13.
Boshqaruv faoliyati asoslari: O’quv qo’llanma/ J.S.Sayjalalov va boshqalar O’zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligi. T.:Sharq, 2006.
