Authors

  • Dostonbek Naimov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.20496

Keywords:

International peace and security

Abstract

In this article, in a historically important process, the provisions of the Statute of the International Court of Justice, which were signed at the final session of the United Nations Conference on the Establishment of an International Organization and entered into force on October 24, 1945, embody the main goals and ideas of the Charter and the dignity of the person, men and issues of women's equality, equal rights of large and small nations, contractual relations aimed at reestablishing trust, international development and the main principles aimed at further strengthening conditions of freedom, harmony, and security on a global scale are expressed.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1001

XALQARO HAMJAMIYAT UCHUN O’ZARO MANFAATLAR POYDEVORI

HISOBLANGAN BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTI NIZOMINING

MAZMUN-MOHIYATI

Naimov Dostonbek Rustamovich

Buxoro viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchisi

naimovdostonbek48@gmail.com

Telefon:+998(93) 428 48 10

https://doi.org/10.5281/zenodo.7969792

Annotatsiya.

Mazkuz maqolada tarixiy muhim jarayonda Birlashgan Millatlar

Konferentsiyasining Xalqaro Tashkilot tuzish boʻyicha yakuniy majlisida imzolangan va 1945
yilning 24-oktyabrida
kuchga kirgan Xalqaro Sud Statuti Nizomning asosiy maqsad va g’oyalarini
o’zida mujassam etgan qoidalari va ularning asosi hisoblangan shaxsning qadr-qimmati, erkaklar
va xotin-qizlarning tengligi masalalari, kattayu-kichik millatlar huquqlarining tengligi, ishonchni
qayta qaror toptirishga qaratilgan shartnomaviy munosabatlar xalqaro taraqqiyot hamda keng
ozodlik sharoiti, totuvlik, xavfsizlikni umumjahon miqyosida yanada mustahkamlashga qaratilgan
asosiy tamoyillari ifodalab berilgan.

Kalit so‘zlar:

Xalqaro tinchlik va xavfsizlik, xalqlarning teng huquqligi, adolatli sharoit,

millatlar o‘rtasida tinchlik va do‘stona munosabatlar, arbitraj, Bosh Assambleya, Xavfsizlik
Kengashi, Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengash, Vasiylik Kengashi, Xalqaro Sud va Kotibiyat.

СОДЕРЖАНИЕ УСТАВА ОРГАНИЗАЦИИ ОБЪЕДИНЕННЫХ НАЦИЙ КАК

ОСНОВЫ ВЗАИМНОЙ ВЫГОДЫ ДЛЯ МЕЖДУНАРОДНОГО СООБЩЕСТВА

Аннотация.

В этой статье в исторически важном процессе применяются

положения Статута Международного Суда, которые были подписаны на
заключительной сессии Конференции ООН по учреждению международной организации и
вступили в силу 24 октября 1945 г. , воплощают в себе основные цели и идеи Хартии и
достоинство человека, мужчин и женщин, вопросы равноправия, равноправия больших и
малых народов, договорных отношений, направленных на восстановление доверия,
международного развития и основные принципы, направленные на дальнейшее укрепление
условий свободы, гармонии и безопасности в глобальном масштабе.

Ключевые слова:

Международный мир и безопасность, равенство наций,

справедливые условия, мир и дружественные отношения между нациями, арбитраж,
Генеральная Ассамблея, Совет Безопасности, Экономический и Социальный Совет, Совет
по Опеке, Международный Суд и Секретариат.

THE CONTENT OF THE UNITED NATIONS CHARTER AS A FOUNDATION OF

MUTUAL BENEFITS FOR THE INTERNATIONAL COMMUNITY

Abstract.

In this article, in a historically important process, the provisions of the Statute

of the International Court of Justice, which were signed at the final session of the United Nations
Conference on the Establishment of an International Organization and entered into force on
October 24, 1945, emdiv the main goals and ideas of the Charter and the dignity of the person,
men and issues of women's equality, equal rights of large and small nations, contractual relations
aimed at reestablishing trust, international development and the main principles aimed at further
strengthening conditions of freedom, harmony, and security on a global scale are expressed.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1002

Key words:

International peace and security, equality of nations, just conditions, peace

and friendly relations among nations, arbitration, General Assembly, Security Council, Economic
and Social Council, Trusteeship Council, International Court of Justice and Secretariat.


Tarixiy jarayonlarda guvohi bo’lganimizdek, insoniyat manfaati uchun g’am-g’ussa

keltirgan urush kulfatlaridan xalos bo’lish hamda umumjahon miqyosida fuqarolarning huquq va
erkinliklari, manfaatlari, shuningdek, insonlarga eng oliy qadriyat sifatida qarashning, shaxsning
qadr-qimmatiga,

erkak va ayollarning teng huquqligiga va katta-kichik millatlar huquqlarining

tengligiga ishonchni qayta qaror toptirishga va shartnomalar va xalqaro huquqning boshqa
manbalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarga hurmat bilan qarash va adolatga rioya qilish
mumkin boʻlgan shart-sharoitni vujudga keltirishga va ijtimoiy taraqqiyot va keng ozodlik
sharoitida turmushni yaxshilashga yordam berish

maqsadida 1945-yil 26-iyunda San

Fransiskoda Birlashgan Millatlar Konferentsiyasining Xalqaro Tashkilot tuzish boʻyicha yakuniy
majlisida imzolangan va 1945 yilning 24-oktyabrida kuchga kirgan

Xalqaro Sud Statuti

Nizomning tarkibiy qismi hisoblangan mazkur nizom insoniyat tarixida erishilgan muhim ijobiy
ta’sir bo’ldi. Misol uchun mazkur nizomning dastlabki qoidalariga ko’ra, adolat va xalqaro huquq
printsiplariga asoslangan holda tinchlik vositalaridan foydalanib, tinchlikning buzilishiga olib
keluvchi xalqaro nizo yoki vaziyatlarni tinchitish yoki hal etish vositalarini ishlab chiqish hamda
shu asosga ko’ra xalqaro munosabatlarni o’rnatish asosiy tamoyil sifatida qabul qilindi. Mazkur
tamoyilning ijobiy ta’siri ikkinchi jahon urushidan so’ng qabul qilingan Yaponiya
konstitutsiyasida o’z aksini topdi. Nizolarni tinch yo’l bilan hal qilish tamoyili doirasida har
qanday nizoda qatnashuvchi tomonlar, bu nizoning davom etishi xalqaro tinchlik va xavfsizlikning
saqlanishiga tahdid soladigan boʻlsa, avvalo, nizoning muzokaralar yuritish, tekshirish,
vositachilik, yarashish, arbitraj, sud yoʻli bilan hal etish yoki mintaqaviy organlar yo bitimlarga
murojaat qilish yoki oʻz xohishlariga koʻra, boshqa tinchlik vositalari bilan bartaraf qilishga
intilishlari lozimligi hamda bu masala bo’yicha Xavfsizlik Kengashi, zarur deb topsa, tomonlardan
oralaridagi nizoni shunday vositalar yordamida bartaraf qilishni talab etishi belgilab berilgan edi.

Bilamizki, xalqaro xavfsizlik huquqi muayyan xalqaro huquqiymunosabatlar doirasini

tartibga solidi. Aynan ular ichida quyidagilarga alohida e’tibor qaratilmog’i darkor:

a)

Urushni oldini olish bilan bog’liq bo’lgan va xalqaro xavotirlanishni kamaytirishga
oid munosabatlar;

b)

Xalqaro xavfsizlik tizimini yaratish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar;

c)

Qurollanishga oid va qurollanishni cheklashga oid munosabatlar.

Tinchlikka tahdid qilish, tinchlikni buzish va bosqinchilik harakatlariga nisbatan

koʻriladigan choralar o’rnida Xavfsizlik Kengashi tinchlikka har qanday tahdid qilish, tinchlikni
har qanday tarzda buzish yoki bosqinchilik harakati mavjudligini aniqlaydi va tavsiyalar beradi
yoki xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoxud tiklash uchun qanday choralar koʻrish
kerakligini hal qiladi. Xavfsizlik Kengashi vaziyatning yomonlashuviga yoʻl qoʻymaslik uchun
tavsiyalar berish yoki choralarni koʻrish haqida qaror qabul qilishdan avval, manfaatdor
tomonlardan oʻzi vaqtincha koʻrilishi lozim va maʼqul, deb topgan choralarning bajaralishini talab
etishga vakil qilinadi. Bunday vaqtincha choralar manfaatdor tomonlarning huquqlariga,
daʼvolariga yoki mavqeiga zarar etkazmasligi lozim.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1003

Xavfsizlik Kengashi shu muvaqqat choralarning bajarilmaganligini tegishlicha hisobga

oladi. Shuningdek, Xavfsizlik Kengashi oʻz qarorlarini amalga oshirish uchun qurolli kuchlardan
foydalanish bilan aloqador boʻlmaganqanday choralar koʻrish kerakligini hal etishga vakil qilinadi
va u Tashkilot aʼzolaridan shunday choralarni koʻrishni talab qila oladi. Bu choralarga iqtisodiy
munosabatlarni, temir yoʻl, dengiz, havo, pochta, telegraf, radio yoki boshqa aloqa vositalarini
toʻla yoki qisman toʻxtatish, shuningdek, diplomatik munosabatlarni uzib qoʻyish kirishi
mumkinligi aniq belgilab qo’yildi. Bundan tashqari qo’shimcha vakolat sifatida agar Xavfsizlik
Kengashi choralarning etarli boʻlmasligi mumkin yoki etarli emas, deb topsa, u havo, dengiz yoki
quruqlikdagi kuchlar yordamida xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash yoki tiklash uchunzarur
choralar koʻrishga vakil qilinadi. Bu choralarga Tashkilot Aʼzolarining havo, dengiz yoki
quruqlikdagi kuchlarining namoyishi, qamal qilishi va boshqa amaliyotlari kirishi mumkinligi ham
alohida belgilandi.

Shu barobarida, iqtisodiy, ijtomoiy, madaniy va gumanitar xarakterdagi xalqaro

muammolarni hal etishda hamda inson huquqlariga va barchaning irqi, jinsi, tili va dinidan qatʼi
nazar asosiy erkinliklariga hurmatni ifodalash yangi avlod konstitutsiyalarida aks ettirildi. Ushbu
Nizomda nazarda tutilgan majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan va mazkur tamoyillar bo’yicha
majburiyatlarni oladigan va bajarishni istaydigan barcha tinchliksevar davlatlar Tashkilotga aʼzo
boʻla olishlari to’g’ridan-to’g’ri belgilandi. Xalqaro iqtisodiy va ijtimoiy hamkorlik masalalari
ham Nizomda o’z aksini topgan bo’lib, millatlar o‘rtasida tinchlik va do‘stona munosabatlar uchun
zarur barqaror va farovonlik sharoitini vujudga keltirish maqsadida:

- aholining turmush va ish bilan to‘la taʼminlash darajasini oshirishga, iqtisodiy va ijtimoiy o‘sish
va rivojlanish sharoitini yaxshilashga qaratilgan hamkorlik dasturlari;
- iqtisodiy, ijtimoiy, sog‘liqni saqlash sohasidagi xalqaro muammolarni hal etishga, maʼnaviyat va
maorif sohasidagi xalqaro hamkorlikka alohida e’tibor qaratilishi;
- inson huquqlariga, kishilarning irqi, jinsi, tili va dinidagi tafovutlaridan qatʼi nazar, hammaning
asosiy erkinliklariga yalpi hurmat bilan qarash va ularga rioya qilishga ko‘maklashish – eng asosiy
hamkorlik kategoriyasi sifatida aks ettirilgan edi. Mazkur nizom yuqoridagi asosiy siyosiy-
huquqiy pozitsiya yaratish maqsadida hamda xalqaro miqyosda xavfsizlik, tinchlik, hamda
millatlararo manfaatli munosabatlarni shakllantirishdagi muhim bir ijtimoiy-siyosiy kelishuv
(consensus) ga asos bo’lib kelmoqda. Urushlarni oldini olish hamda uning o’rniga o’zaro faol
(interaktive) foydali diplmatiya yuritishni shakllantirish maqsadida qurol-yarogʻlar tarqalishiga
chek qoʻyish, shuningdek, yalpi qirgʻin qurollarining qisqartirilishi, pirovardida, ularning barcha
zahiralari yoʻqotilishiga erishish eng muhim vazifalardan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti
qurolsizlanish boʻyicha muzokaralar oʻtkazish, shu sohada tavsiyalar ishlab chiqish va tadqiqotlar
tashabbuskori boʻlish uchun doimiy forum vazifasini oʻtaydi. U qurolsizlanish boʻyicha
Konferensiya va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida olib boriladigan koʻpqirrali muzokaralarni
qoʻllab-quvvatlaydi.

Tinchlikni barqarorlashtirish maqsadida Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining tinchlik

oʻrnatish faoliyati doirasida diplomatik mexanizmlardan foydalangan holda qarama-qarshi boʻlib
qolgan tomonlarning yarashishlariga yordam beradi. Xavfsizlik Kengashi xalqaro tinchlik va
xavfsizlik borasidagi oʻz saʼy-harakatlari doirasida mojaroni bartaraf etish va tinchlik oʻrnatish
yoki uni, masalan, muzokaralar yoxud Xalqaro Sud yordamida barqaror etish yoʻllarini tavsiya
qilishi mumkin. Tashkilotining faoliyati — jabr-zulmning tub sabablarini imkon qadar koʻproq


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1004

bartaraf etishga qaratilgandir. Shuning uchun ham tinch qurilishning eng muhim unsurlaridan
biri — taraqqiyot uchun yordamni ayamaslikdir. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tizimning boshqa
tashkilotlari bilan hamkorlikda va davlatlar orasidagi donor mamlakatlar hamda nohukumat
tashkilotlari ishtirokida butun jamiyatning baxt-saodati uchun, qonun-qoidalar ustuvorligini
barqaror etish uchun mojarolar oqibatlarini boshdan kechirayotgan mamlakatlarda saylovlar
oʻtkazish va inson huquqlarini himoya qilishga yoʻnaltirilgan, boshqarishni takomillashtirishni
qoʻllab-quvvatlaydigan yordam koʻrsatadi. Ayni paytda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bu
mamlakatlarga mojarolar oqibatida izdan chiqqan maʼmuriy tizimni, sogʻliqni saqlash, xalq taʼlimi
va ijtimoiy infrastrukturaning boshqa unsurlarini tiklashga yordam beradi.

Inson huquqlari masalasida 1948-yili Bosh Assambleya tomonidan qabul qilingan Inson

huquqlari deklaratsiyasida barcha erkak va ayollar uchun umumiy boʻlgan asosiy huquq va
erkinliklar, jumladan, yashash, ozodlik va fuqarolik huquqlari, fikr, vijdon va din erkinliklari,
mehnat qilish, bilim olish va boshqarishda ishtirok etish huquqlari eʼlon qilingan.

Ishtirokchilari koʻpchilik davlatlar hisoblangan ikki xalqaro bitim bu huquqlarga yuridik

jihatdan majburiy xarakter kasb etadi. Bitimlarning biri iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar.
Ikkinchisi esa — fuqarolik va siyosiy huquqlarga bagʻishlangan. Deklaratsiya bilan birgalikda ular
inson huquqlari haqidagi Xalqaro billni tashkil etadi.

Deklaratsiya inson huquqlari borasida, jumladan, irqiy kamsitish va xotin-qizlarni

kamsitishga barham berish toʻgʻrisidagi konvensiya; bolalar huquqlari haqidagi konvensiya,
qochoqlik maqomi va genotsidga barham berish, oʻz taqdirini oʻzi hal etish, zoʻravonlik bilan
yoʻqotib yuborish toʻgʻrisimdagi deklaratsiyalar va taraqqiyot huquqi kabi 80 dan ortiq konvensiya
va boshqa deklaratsiyalarni tayyorlash uchun poydevor qoʻydi. Normalarni ishlab chiqish faoliyati
nihoyasiga yetayotgan ayni paytlarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti oʻzining inson huquqlari
borasidagi ishlarida asosiy eʼtiborni joriy etilgan normalarni hayotga tatbiq etilishiga qaratmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, BMT nizomi mazkur tashkilotning hamda tashkilotga

a’zo davlatlarning o’zaro hamkorligi asosida faoliyat yuritishi hamda xalqaro xavfsizlikni,
ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni, totuvlik va bag’rikenglikni ta’minlashda asosiy tamoyillarni
yoritib beruvchi muhim bir siyosiy-huquqiy hujjat bo’ldi. Inson huquqlari boʻyicha Birlashgan
Millatlar Tashkiloti tizimi butun faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Oliy komissar har qanday
buzgʻunchilikning oldi olinishi, har qanday jinoyat taftish etilishiga erishib, inson huquqlari
yanada yaxshiroq muhofaza qilinishini taʼminlash maqsadida hukumatlar bilan hamkorlik qiladi.
Inson huquqlariga gʻoyat katta hurmat-eʼtibor Birlashgan Millatlar Tashkilotining taraqqiyotga
yordamlashish borasidagi saʼy-harakatlarida yana ham sezilarli oʻrin egallaydi. Jumladan,
taraqqiyot huquqi oʻzida barcha fuqarolik, madaniy, iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy huquqlarni
mujassam etgan dinamik jarayonning muhim unsuri sifatida olib qaraladi va bu — jamiyatning
barcha aʼzolari farovonligining oshishiga yordam beradi. Taraqqiyot huquqining kalitini topish —
qashshoqlikka barham berish bilan izohlanadi, bu esa, oʻz navbatida Birlashgan Millatlar
Tashkilotining asosiy maqsadlaridan biridir. Umuman olganda, BMT Bosh assambleyasi
tomonidan qabul qilingan “ Xalqaro munosabatlarda kuch ishlatish va kuch ishlatish bilan tahdid
qilishdan bosh tortishprinsipini samaradorligini oshirish to’g’risida”gi deklaratsiya, “Xalqaro
tinchlik va xavfsizlikka tahdid soladigan vaziyat va nizolarning oldini olish hamda ularni tugatish
va bunda BMTning rolini oshirish to’g’risidagi” deklaratsiya umumiy xavfsizlikning xalqaro-
huquqiy kafolatlarini yaratishga qaratilgan muhim qadam bo’lib, bularning barchasi BMT


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1005

nizomiga asolanib, xalqaro xavfsizlik huquqi doirasida tartibga solinadigan eng muhim xalqaro
huquqiy munosabatlarni mustahkam poydevorini yaratishda maqsadida ishlab chiqilgan.

REFERENCES

1.

Inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalar A.X.Saidov-T.:Adolat, 2004.

2.

Xalqaro huquq. –T.:Adolat, 1997.

3.

Odilqoriyev X.T., Ochilov B.E. – Hozirgi zamon xalqaro huquqi, - T.: 2002.

4.

G.Matkarimova, G.Yuldasheva - Xalqaro huquq, - T.: 2012.

5.

Международное право. Учебник для вузовю – Москва: НОРМА - ИНФРА – М -2001.

6.

Международное публичное право, Учебник. –T.: “Zarqalam”, ТГЮИ; ЦИЧПГП,
2003.

7.

Рахманов А.Р. Право международной безопастности. Т., ТГЮИ, 2003.

8.

www.un.org

9.

www.unisef.org

10.

www.ilo.org

11.

www.unic.un.org


References

Inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalar A.X.Saidov-T.:Adolat, 2004.

Xalqaro huquq. –T.:Adolat, 1997.

Odilqoriyev X.T., Ochilov B.E. – Hozirgi zamon xalqaro huquqi, - T.: 2002.

G.Matkarimova, G.Yuldasheva - Xalqaro huquq, - T.: 2012.

Международное право. Учебник для вузовю – Москва: НОРМА - ИНФРА – М -2001.

Международное публичное право, Учебник. –T.: “Zarqalam”, ТГЮИ; ЦИЧПГП, 2003.

Рахманов А.Р. Право международной безопастности. Т., ТГЮИ, 2003.

www.un.org

www.unisef.org

www.ilo.org

www.unic.un.org