THE NEED TO INCREASE THE MEDIA LITERACY OF STUDENTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Mahmudova, N. (2023). THE NEED TO INCREASE THE MEDIA LITERACY OF STUDENTS. Modern Science and Research, 2(5), 1098–1105. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20527
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article explains the ways to improve media literacy of young students and the need for it. Because in the current process of globalization, the ability to use the media world wisely is one of the tasks that every young generation needs to learn. Through the development of media culture, information on the Internet can be used effectively and efficiently.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1098

O’QUVCHI YOSHLAR MEDIASAVODXONLIGINI OSHIRISHNING ZARURIYATI

Mahmudova Nodira Jamollidinovna

Guliston davlar universiteti

Pedagogika fakulteti o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.7972508

Anontatsiya.

Mazkur maqolada o’quvchi yoshlarning mediasavodxonligini oshirish

yo’llari, buning zaruriyati izohlab berilgan. Chunki hozirgi globallashuv jarayonida media
olamdan oqilona foydalanish ko’nikmasi har bir yosh avlod o’rganishi zarur bo’lgan vazifalardan
biri hisoblanadi. Mediamadaniyatning rivojlantirilishi orqali internet tarmog’idai ma’lumotlar
kerakli va unumli foydalanishga erishiladi.

Kalit so’zlar:

mediata’lim, o’quvchi, yoshlar, tarbiya, ta’lim, ong, internet, multimedia,

axborot, ma’lumot, tartib.

НЕОБХОДИМОСТЬ ПОВЫШЕНИЯ МЕДИАГРАМОТНОСТИ СТУДЕНТОВ

Аннотация.

В данной статье разъясняются пути повышения медиаграмотности

учащейся молодежи и необходимость в этом. Потому что в нынешнем процессе
глобализации способность разумно использовать мир СМИ является одной из задач,
которую необходимо усвоить каждому молодому поколению. Благодаря развитию
медиакультуры информация в Интернете может использоваться эффективно и
рационально.

Ключевые слова:

медиаобразование, студент, молодежь, воспитание, образование,

сознание, интернет, мультимедиа, информация, информация, заказ.

THE NEED TO INCREASE THE MEDIA LITERACY OF STUDENTS

Abstract.

This article explains the ways to improve media literacy of young students and

the need for it. Because in the current process of globalization, the ability to use the media world
wisely is one of the tasks that every young generation needs to learn. Through the development of
media culture, information on the Internet can be used effectively and efficiently.

Key words:

media education, student, youth, upbringing, education, consciousness,

internet, multimedia, information, information, order.

Media-ta’lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish

jarayonini anglatadi.

Media-ta’lim — bu media mahsulotlari bilan:
• muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari tanqidiy tafakkuri media¬matnini

to‘liq qabul qilish;

• intepritatsiya etish;
• tahlil qilish hamda baholashdan iborat.
Media-savodxonlik insonga ekranli san’atni:
• televideniye;
• radio;
• video;
• kinomotograf;
• pressa;
• matbuot internet va boshqalarni taqdim etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1099

Manbalardan kelayotgan axborot oqimi¬dan to‘g‘ri foydalanib, o‘zining rivojlanishi uchun

kerakli bo‘lgan axborotlarni o‘rganish. Hozirgi axborotlashgan jamiyatda barcha media-
resurslarini tahlil qilish muhum rol o‘ynaydi. Xorijiy media-ta’limning tahlili shuni ko‘rsatadiki,
talabalar o‘zining o‘qish jarayonida asosan internet, televideniya manbalaridan foydalanishadi.

Jahon mediapedagogikasida medianing tarbiyaviy ijodiy ususllaridan foydalanish yo‘lga

qo‘yilgan.

Media-ta’lim usullari asosan quyidagi muhim bosqichlarga bo‘linadi:
1. Media-nazariyasi, uning tarixi, strukturasi hamda tili haqida bilim olish (o‘qitish media-

texnologiyasi);

2. Mediamatnlarni qabul qilishni rivojlantirish «o‘qish, anglash, tasavvurni faollashtirish,

xotirani rivojlantirish, fikrni turli usullarini rivojlantirish» (kritik, ijodiy, intuitv hamda obraz
yaratish).

Media-ta’lim faoliyatini olib borish uchun ma’lum bir professional bilim ko‘nikma va

ko‘rsatgichlariga ega bo‘lish lozim.

Maxsus yo‘naltirilgan mediata’lim soha¬sida nazariy bilimlar hamda eng so‘nggi

axborotlarga ega bo‘lish darajasi; motivatsiyalashgan ko‘rsatgich.

Masalan, ta’lim jarayoniga:
• aqliy;
• visual;
• sensor;
• audio bo‘lgan faoliyat;
• tezkor media-ta’lim sohasida metodik ko‘nikmalarini darajasi, masalan, media-

manbalarni va ulardagi axborotlarni ijodiy yondashish orqali qabul qilish. Ularning kelib chiqish
sabablarini sharoitlarini va harakatini o‘rganib tahlil etish tashviqotchilik harakatini olib borish va
optimal natijani tallash.

Kreativ (ijodiy media-ta’lim faoliyatidagi ijodiy fikrlash darajasi) (mobillilik,

kommunikativlik, o‘ziga xoslik, tasavvurni rivojlantirish fantaziya kabi xususiyatlarga ega
bo‘lish).

Dunyoda media-ta’limini ahamiyati turli xalqaro tashkilotlar UNESKO tashkilotining

rezolyutsiya hamda tavsiyalarida media-ta’lim muhumligi alohida ta’kidlanib, media-ta’lim
rivojlanishini qo‘llab-quvvatlagan (mediaeducation barcha turlari elektron, bosma, grafik, media
va boshqalar) hamda turli texnologiyalar bilan uzviy bog‘langan holda rivojlanadi va insonlarni
quyidagi faoliyatlarga yo‘naltiradi:

1. Media-matnlarni tahlil qilish tanqidiy anglash va yaratish.
2. Media-mahsulotlarni (matn, video-audio) manbalarini toppish va ularning quyidagi:
• siyosiy;
• iqtisodiy;
• madaniy;
• iqtisodiy xususiyatlarini aniqlash va ularni asl ma’nosini o‘rganish.
3. Media-mahsulotlarini tushunish.
4. Shaxsiy media-mahsulotlarini yaratish tarqatish va ularga qiziqadigan audito¬riyaga ega

bo‘lish.

5. O‘rganish hamda yaratgan media mahsulotlarni hayot tarzini aniqlash.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1100

Bugungi kunda axborot olamida Internet, internet-televideniye, internet-radio, elektron

pochta, onlayn-video kabi ko‘plab yangi axborot tarqatish texnologiyalari tez sur’atlar bilan
rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta’sir doirasi tobora kengayib borayotganligiga guvoh
bo‘lmoqdamiz. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlar juda katta qiziqish bilan qarashi va
ulardan keng foydalanishini hisobga olsak, haqiqatdan ham, bu masalaning naqadar ulkan
ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas.

Ma’lumki, aholi o‘rtasida, jumladan, yosh avlod ongida dunyoda, yon-atrofimizda

bo‘layotgan voqea-hodisalar, yangiliklar haqidagi fikrlarning shakllanishida ommaviy axborot
vositalari katta rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimiga yana
bir muhim vazifa — bolalarni turli manbalardan, birinchi navbatda, televizor, Internet va mobil
telefoni kabi axborot uzatuvchi vositalardan olinayotgan turli axborotlarni to‘g‘ri qabul qila
olishga o‘rgatish vazifasi yuklatilmoqda.

Farzandlarimiz har qanday axborotlarning sifati va ishonchliligini baholay olishlari,

axborotlardan to‘g‘ri foydalana bilishlari, tanlay olishlari va har bir ma’lumotga tanqidiy
yondashishni o‘rganishlari zarur. Shu bilan birga, Internet, televideniye, kino, radio, video, mobil
telefoni, turli ma’lumotlar aks etgan slayd va suratlar kabi aloqa va ma’lumot uzatuvchi
vositalarning jadal rivojlanib borishi hayotimizni sifat jihatdan o‘zgartirib, ko‘plab yangi
muammolarni, masalan, axborot madaniyatini shakllantirish hamda o‘sib kelayotgan avlodning
axborot xavfsizligini ta’minlash muammolarini yuzaga keltirmoqda. Mazkur jarayonda
Mediata’lim o‘quvchini mustaqil fikr yuritishga, ijodkorlik faoliyatlarini rivojlantirishga, axborot
olish, uni qayta ishlash, umumlashtirish, xulosa chiqarishga o‘rgatib, yoshlarning dunyoqarashi,
intellektual salohiyatining rivojlanishiga va kamol topishiga zamin yaratadi.

Yoshlarimizning axborot bilan ishlash, axborot qidirish, turli yolg‘on ma’lumotlarga

aldanib qolmaslik, zarur axborotlarni ajrata bilish, qayta ishlash, tartibga keltirish, axborot
mazmunini tushunish, do‘stlarga xolis manbalarni uzatish, mantiqiy fikrlay olishni o‘rganish
kabilar asosida axborot madaniyati shakllanadi. Axborotning kim uchun va nima maqsadda
tayyorlanganligini tushuna bilish muhim ahamiyatga ega.

Har bir o‘quvchi aloqa sohasida qanday texnik vositalar ishlatilishi to‘g‘risida umumiy

tasavvurga ega bo‘lishi kerak. Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarda axborotlarni tahlil qila
olish, axborotdagi asosiy xabarni ajratish, aloqaning yo‘nalishini, uning yashirin ma’nosini to‘g‘ri
tushunish, qisqa qilib aytganda, har qanday axborotni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga
ta’limning barcha bosqichlarida alohida e’tibor qaratish lozim. Rivojlangan xorijiy mamlakatlar
pedagogikasida mediata’lim tushunchasi asosiy o‘rinlardan birini egallasada, mediata’limga aniq
tavsif berilmagan.

Hozirgi kunda, mediata’lim resurslaridan butun dunyoda keng foydalanilmoqda.

YUNESKO tashkilotining 1982-yil Germaniyaning Gryunvald shahrida, 1997-yil Parijda, 2002-
yil Ispaniyaning Sevilya shahrida o‘tkazilgan konferensiyalari rezolyutsiya va tavsiyalarida
mediata’lim masalalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Bugungi kunda mediasavodxonlik Buyuk
Britaniya va Avstraliyada gumanitar fanlar majmuasida alohida fan sifatida o‘tilsa, Finlyandiyada
1970-yildan o‘rta maktablarning, 1977-yildan esa oliy ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlariga
kiritilgan. 1990-yillarda esa mamlakatda mediasavodxonlik mediata’lim tushunchasi bilan
almashtirildi. Shvetsiyada u 1980-yildan boshlab ta’lim muassasalarida alohida fan sifatida o‘qitila
boshlangan. 1990-yillarda Rossiyada mediata’lim bo‘yicha tadqiqot ishlari olib borilgan. 2002-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1101

yilda pedagogika oliy ta’lim muassasalari uchun mediata’lim ixtisosligi bo‘yicha yo‘nalish
ochildi. Shuningdek, 2005-yil YUNESKO homiyligida «Mediata’lim» darsligi yaratildi va
Rossiyada kinota’lim va mediapedagogika sayti ishga tushirildi. Mediasavodxonlik alohida bir fan
sifatida kiritilmagan bo‘lsada, Respublikamiz umumta’lim maktab-larida ham mediata’lim
elementlari «Adabiyot», «Tarix», «Vatan tuyg‘usi», «Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat
asoslari», «Informatika» va «Musiqa» fanlari tarkibiga singdirilgan holda o‘qitilmoqda.

Umuman, ta’lim tizimi oldidagi ustuvor vazifalardan biri — yosh avlodga zamonaviy bilim

berish bilan birga, ularni mustaqil fikrlovchi, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni e’zozlovchi,
yuksak insoniy fazilatlarga ega vatanparvar inson sifatida tarbiyalash hamda yoshlar ongida turli
mafkuraviy tahdidlar va axborot xurujlariga qarshi ma’naviy immunitetni shakllantirishdan
iboratdir.

Bugungi globallashuv jarayonida yoshlarning zamonaviy axborot-kommunikatsiya

tarmoqlaridan, xususan, Internetdan foydalanish, axborotlarni tahlil etish borasidagi bilim va
ko‘nikmalarini yuksaltirish muhim masala hisoblanadi. Ma’lumotlarda keltirilishicha, har bir
foydalanuvchi kuniga Internetdan foydalanish uchun ko‘plab vaqt ajratar ekan.

Biroq bugungi kun talabiga ko‘ra esa, zarur axborot va ma’lumotlarni keraksiz va yaroqsiz,

soxtalaridan ajrata olish, ya’ni mediasavodxonlikka ega bo‘lish zarurati yuzaga keldi. Avvalo,
mediasavodxonlikning o‘zi nima, nega unga bugun dunyo bo‘ylab talab ortib bormoqda kabi
savollariga javob topish lozim.

Chunki so‘nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy

ma’lumotlar bilan bir qatorda, salbiy xarakterdagi axborotning ko‘payishi mediasavodxonlikka
ega bo‘lish zaruratini qo‘ydi. An’anaviy tarzda mediasavodxonlik shaxsning asarlarni tahlil eta
olish va sifatli matnlarni yaratishdan iborat bo‘lgan. «Bugun mediasavodxonlik — bu axborotning
nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir.

Mediasavodxon inson o‘ziga — bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu

xabar men uchun zarurmi? — degan savolni bera olishi va to‘g‘ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan
tanqidiy yondasha olishi lozim. Mazkur savollar nafaqat oila davrasida televizor ko‘rayotgan,
mashinada radio eshitayotgan yoki Internetdagi xabarlarni ko‘rayotgan paytda berilishi, balki har
qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir», — deydi jurnalist
Nargis Qosimova o‘zining «Mediasavodxonlik va mediata’lim: Mohiyat» nomli maqolasida.

Ma’lumotlarda keltirilishicha, medialoglar media va mediatexnologiyalarni o‘rganib

chiqib, ularni shartli ravishda 5 turga bo‘lganlar:

1. Dastlabki media — yozuv;
2. Bosma media — bosma nashrlar, litografiya, fotografiya;
3. Elektrik media — telegraf, telefon, ovozli yozuv;
4. Mass-media — kinematograf, televideniye;
5. Raqamli media — kompyuter, Internet.
«Media» — lotincha «media» so‘zidan olingan bo‘lib, «vosita», «vositachi» yanada

aniqrog‘i, «ommaviy axborot vositalari» degan ma’noni anglatadi. Media uzluksiz ta’lim
jarayonini vizual materiallar bilan boyitishga, darsning sifatli o‘tilishi va o‘quvchi-talabalar
tomonidan o‘zlashtirish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, modem, foto,
video, kompyuter texnologiyalari, Internet bilan do‘stlashish, bilimlarni kengaytirish imkonini
yaratadi. «Lekin media yaxshilik bilan bir qatorda, yovuzlikka ham xizmat qilishga qodir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1102

Bugun «o‘rgimchak odam»ga havas qilib, o‘zini pastga otgan bolalar, reklamalarda

berilayotgan barcha axborotlarga ishonuvchi shaxslar, yot g‘oyalarga ergashib ketayotgan
kimsalar ham bor», — deydi jurnalist o‘z fikrining davomida. Bugungi axborot muhitini
tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi.

Yoshlarda avvalo, OAV orqali uzatilayotgan va qabul qilinayotgan kundalik axborotni

saralash ko‘nikmalarini, turli axborotlarni qabul qilgandan keyin ham har qanday vaziyatda to‘g‘ri
qaror qabul qilish, axborot qayerdan, kim tomonidan va nima maqsadda uzatilyapti, o‘zida
kimning manfaatlarini aks ettiryapti degan tushunchalarni shakllantirish lozim. Mohiyati
o‘rganilmagan, yolg‘on tarqatilayotgan xabar va axborotlarning hayotimizni tubdan o‘zgartirib
yuborishi muqarrardir.

Yuqoridagi maqolada: «Aynan axborotni tahlil etmay, o‘z holicha qabul qilish oqibatida,

dunyoning turli chekkalarida yoshlar jinoyatga qo‘l urmoqda, o‘zini kino qahramoni sifatida his
qilganlar esa, «qahramon» xatti-ha-rakatlarini takrorlagan holda qo‘llariga qurol olib, begunoh
insonlar hayotiga zomin bo‘lishmoqda. …Demak, aynan ana shu holatlarning oldini olish,
axborotga ongli ravishda yondashish bugun zamon talabidir» — degan satrlar bayon etilgan.

Qayd etganimizdek, globallashuv, global axborot jamiyati shakllanishi sharoitida axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari, avvalambor, Internet bolalar va o‘smirlar rivojlanishiga ta’sir
etuvchi muhim omilga aylanib bormoqda. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya, internet-
texnologiyalarining jamiyat hayotining barcha sohalariga keng miqyosda joriy etilishi yoshlarni
axborot sohasidagi xavf-xatarlardan himoya qilish, chetdan kirib kelayotgan mafkuraviy
xurujlardan, ularning ongini buzg‘unchilik ta’sirlaridan saqlash masalalarining dolzarbligini
kuchaytirdi. Ijtimoiy tarmoqlar, kompyuter o‘yinlari foydalanuvchilari, video va kinomahsulot
iste’molchilari ularning jismoniy va ma’naviy-axloqiy rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi
axborotlarga duch kelayotgan holatlari uchramoqda.

Bu borada rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasi alohida e’tiborga molik, ularda

mazkur masalalar quyidagi vazifalar orqali hal etiladi:

• yoshlar va bolalarni axborot makonida himoya qilishga qaratilgan milliy qonunchilikni

rivojlantirish;

• media-savodxonlik, tarmoqda muloqot qilish odobini yuksaltirish;
• Internetda xavfsiz ishlashni qo‘llab-quvvatlashning texnik mexanizmlarini yaratish;
• mazkur masalalarni hal etishda davlat organlari, ta’lim muassasalari, oila, fuqarolik

jamiyati institutlari, OAV keng ishtiroki va o‘zaro hamkorligini ta’minlash va boshqalar. Bu
borada, Germaniyada ushbu masalalar Yoshlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, Inson qadr-
qimmatini himoya qilish to‘g‘risidagi hamda teleradioeshittirish va telemediaxizmatlar sohasida
yoshlarni muhofaza qilish to‘g‘risidagi davlat shartnomalari orqali tartibga solinadi. Nosog‘lom
axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mexanizmlar yaratilgan.
Jumladan, xalqaro amaliyotda «Kiberjinoyatlar to‘g‘risida» Konvensiya, «Voyaga yetmaganlar
uchun xavfsiz Internet va onlayn resurslarni joriy qilish to‘g‘risida» Yevropa Ittifoqi Parlamenti
Assambleyasining tavsiyalari, «Bola huquqlari to‘g‘risida» BMT Konvensiyasini, «Yoshlarni
himoyalash to‘g‘risida» Germaniya, «Voyaga yetmaganlarni ommaviy axborotning salbiy
ta’siridan himoyalash to‘g‘risida» Litva va «Bolalarni sog‘lig‘i va rivojlanishiga ziyon
yetkazuvchi axborotdan himoyalash to‘g‘risida» Rossiya qonunlarini tilga olish mumkin.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1103

Ma’lumki, milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog‘lom axborotlardan

himoyalashning mexanizmlari mavjud. Xususan, «O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid
davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda «O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida
odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo‘ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot
qilishga qaratilgan har qanday xatti-ha-rakatlar man etilishi», «Bola huquqlarining kafolatlari
to‘g‘risida»gi Qonunda «Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson
qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir
etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish
hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi» belgilab berilgan. Tezkor Internet orqali qabul
qilinayotgan, axborotlarning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Faxriddin

Soliyevning «Internetdan foydalanish madaniyati» maqolasida shunday deyiladi: Global axborot
makoniga real ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, hozirda keng jamoatchilikni xavotir va tashvishga
solib kelayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida «nosog‘lom» manfaatlar,
ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta’siridagi axborotlarning (o‘z joniga qasd qilishning oson
yo‘llarini targ‘ib qiluvchi 9 ming, axloqsiz mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar, kompyuter
o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlik, o‘ta jangari ruhdagi (beshafqat urushlar, o‘ldirishlar, otishmalar
va hokazo) Internet saytlari mavjudligi), milliy axborot makonimizga kirib kelishidir. Xalqaro
elektr aloqa ittifoqining Jenevada 2015-yilning may oyi yakunida BMT Xalqaro uchrashuvining
axborot jamiyati masalalari bo‘yicha Forumda bergan hisobotiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda
3,2 mlrd. odam internet xizmatlaridan foydalanadi, ulardan 2 mlrd. nafari rivojlanayotgan
mamlakatlarda yashaydi. Foydalanuvchilarning asosini esa yoshlar tashkil etadi. Internet world
stats — nashrining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasida mazkur ijtimoiy tarmoq
foydalanuvchilari soni 2015-yilning 15-noyabr holatida 450 ming nafarni tashkil etadi. Eng
e’tiborli tomoni bu tarmoqdagi sahifalarning 8,7 foizi soxtadir, deyiladi maqolada.

Dunyoning eng yirik ijtimoiy tarmoq xizmati va veb-saytiga har oyda 1,59 mlrd.

foydalanuvchi

«kirib-chiqib»

yuradi.

Shuningdek,

manbalarda

keltirilishicha,

«Odnoklassniki»ning 2015-yildagi kunlik foydalanuvchilari 51 millionga yetgan. Ro‘yxatdan
o‘tgan umumiy foydalanuvchilar soni 2013-yil 1-yanvarda 205 million nafardan oshgan.
Darhaqiqat, «Gazeta.uz» hamda «Daryo.uz» saytlari xabarlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet
foydalanuvchilari soni 13 milliondan oshgan. O‘zbekistondagi yagona ta’lim portali hisoblangan
Ziyonet.uz, vsetut.uz, muloqot.uz va shu kabi jami saytlarda ro‘yxatdan o‘tganlar jamlanganda
ham birgina ijtimoiy tarmoqqa kiruvchilar miqdoriga tenglasha olmasligi achinarli holatdir. Ushbu
raqamlar milliy saytlarimizni yoshlar uchun jozibador, mazmunli, saviyali, qiziqarli, o‘ziga
tortuvchi qilib yaratish masalasiga jiddiy e’tibor qaratishga undaydi. Milliy saytlarimiz oldinda
yurmasada, boshqa chet el saytlaridagi kabi «o‘ziga jalb qilish» doirasini kengaytirsa, yoshlarimiz
milliy saytlarga birinchi bo‘lib, murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Axborot sohasi
liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa
kuchlar, jumladan, 120ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib borayotgani,
o‘zlarining g‘arazli manfaatlari yo‘lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib,
axborot erkinligini suiiste’mol qilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini ko‘rsatish
orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itish, ularning ongi
va qalbini egallash yo‘lidagi intilishlarini kuchaytirayotgani sir emas.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1104

Yoshlarda internetdan oqilona foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, ularning

mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, global tarmoqda milliy axborot resurslarni ko‘paytirish,
yosh veb-ixtirochilarni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, bu borada saytlar tomonidan turli
tanlov, ko‘rik-tanlovlar o‘tkazish, yoshlarni rag‘batlantirish kabilar mazkur muammoning
samarali yechimi bo‘la oladi.

Mediasavodxonlik darajasini oshirish maqsadida quyidagi takliflarni ham keltirib o‘tish

joiz:

• mahalliy internet-foydalanuvchilarining o‘sib borayotgan axborot va intellektual

ehtiyojlarini har tomonlama qondirish, aholini, ayniqsa, yoshlar dunyoqarashini kengaytirish va
ma’naviy qadriyatlarini mustahkamlashga qaratilgan zamonaviy, interfaol internet-resurslarni
yaratishni rag‘batlanshtirishga qaratilgan dolzarb taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, ZiyoNET
ta’lim axborot tarmog‘ini yanada takomillashtirish, milliy segment bilan boyitish, o‘quvchi-
yoshlarni ko‘proq jalb eta oladigan manbalar joylashtirish, uning tashkiliy-texnik va interfaol
imkoniyatlarini rivojlantirish, ta’lim muassasalari o‘quv dasturlariga integratsiyalashgan
zamonaviy internet-resurslarni yaratish, zamonaviy, yoshlar o‘rtasida ommabop bo‘lgan ijtimoiy
servislar hamda aqliy zakovatni yanada rivojlantiruvchi milliy o‘yin ilovalarini ishlab chiqish va
joriy etish;

• inson, jamiyat va davlatning axborot sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlarini

himoya qilish, aholiga elektron interfaol xizmatlar ko‘rsatishni rivojlantirishni rag‘batlantirish
hamda g‘oyaviy-ma’rifiy va ma’naviy-axloqiy yo‘naltirilgan milliy internet-resurslar, veb-
servislar, ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan internet tarmog‘idagi milliy segmentni
rivojlantirish sohasidagi me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish va shu kabilar.

Xulosa qilib aytganda, axborot asri davrida yoshlarga yopirilib kelayotgan «notoza va

noxolis» axborotlarning oldini olish, sara ma’lumotlarni topib foydalanishlari, xususan, nosog‘lom
axborotlardan himoyalana olishlari, kommunikatsiya vositalaridan to‘g‘ri foydalana bilishlari
uchun bilim va tajriba kerak bo‘ladi. Internet madaniyatini avvalo kattalar, ota-onalar, kerak
bo‘lsa, pedagoglar o‘zlaridan boshlasalar, yana ham yaxshi kutilgan natijalarga erishish mumkin
bo‘ladi. Aynan mana shu borada bolalar kattalarning, ayniqsa, ota-onalar va pedagoglarning
ma’naviy-ruhiy ko‘magiga muhtoj. Shuningdek, mutaxassislar tomonidan o‘sib kelayotgan yosh
avlodning mediasavodxonligi va Internetdan foydalanish madaniyatini yuksaltirish, Internetning
milliy segmentini rivojlantirish yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish va ijroga yo‘naltirish vaqti
keldi.

Darhaqiqat, axborot makonida tahdidlar bor ekan, Milliy axborot makonimizga chegara

qo‘yib bo‘lmaydi. Shunday ekan, yoshlarga sog‘lom axborot muhitini yaratib, ular ma’naviy
olamining daxlsizligini asrash asosiy vazifalarimizdan biridir. Ayni paytda, mediata’lim asoslarini
har bir ta’lim muassasasi o‘quv dasturiga kiritish, bolalarga maktabgacha ta’lim jarayonida uning
asoslarini interaktiv, turli o‘yinlar shaklida tushuntirish, o‘sib kelayotgan avlod tomonidan
shiddatli axborot oqimida zarurini tanlash va unga tanqidiy yondashgan holda baholay olish
imkonini beradi. Bu esa o‘z navbatida, yoshlarning kelajakdagi fuqarolik pozitsiyasining yanada
mustahkamlanishiga, jahonda yuz berayotgan voqea-hodisalarni xolis baholab, to‘g‘ri qaror qabul
qila olishiga asos bo‘la oladi.



background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1105

REFERENCES

1.

2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash
to‘g‘risida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022- yildagi PF-134-son
farmoni va uning 1-ilovasi – // Elektron manba. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik
maʼlumotlari milliy bazasi

2.

Mediakultura i obrazovanie: osobennosti vzaimodeystviya i razvitiya. – //

https://topuch.ru/referat-mediakuletura-i-sovremennoe-obshestvo/index.html

3.

Taʻlimni dasturiy vositalari yordamida rivojlantirish. – //

http://hozir.org/pedagogik-

dasturiy-vositalar-v2.html?page=19

4.

Umataliev Z. Mediaxavfsizlik ishlarimiz kelajagining poydevori sifatida. ―Ilmiy-
pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish:
profilaktika, texnologiya, mexanizm respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami. – T.:
2017. 223 b.

5.

www. ziyonet.uz

6.

www.tdpu.uz


References

2022 — 2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022- yildagi PF-134-son farmoni va uning 1-ilovasi – // Elektron manba. Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi

Mediakultura i obrazovanie: osobennosti vzaimodeystviya i razvitiya. – // https://topuch.ru/referat-mediakuletura-i-sovremennoe-obshestvo/index.html

Taʻlimni dasturiy vositalari yordamida rivojlantirish. – // http://hozir.org/pedagogik-dasturiy-vositalar-v2.html?page=19

Umataliev Z. Mediaxavfsizlik ishlarimiz kelajagining poydevori sifatida. ―Ilmiy-pedagogik va o‘quv-metodik nashrlar orqali informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish: profilaktika, texnologiya, mexanizm respublika ilmiy-amaliy konferensiya to‘plami. – T.: 2017. 223 b.

www. ziyonet.uz

www.tdpu.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов