ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
5
O’ZBEKISTONDA “YASHIL IQTISODIYOT”GA O’TISH TIZIMIDA AMALGA
OSHIRILAYOTGAN ISLOHOTLAR
Ibragimova Sevara Muxamedjan qizi
Toshkent Moliya instituti, “Bank ishi” kafedrasi o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7997677
Annotatsiya.
Maqolada Yangi O’zbekistonda “Yashil iqtisodiyot”ga o’tish tizimida
amalga oshirilayotgan islohotlar, iqtisodiyotga yashil iqtisodiyot mexanizmlarini joriy qilish
masalalari atroflicha yoritildi.
Kalit so’zlar:
O’zbekiston iqtisodiyoti,
“Yashil iqtisodiyot”, energiya, energetika tarmog‘i,
“yashil iqtisodiyot”ga o’tish Strategiyasi, Orolbo‘yi ekologik inqirozi, neft-gaz sohasida.
REFORMS IN UZBEKISTAN IN THE TRANSITION SYSTEM TO A "GREEN
ECONOMY"
Abstract.
In the article, the reforms implemented in the system of transition to "green
economy" in New Uzbekistan, the issues of introduction of green economy mechanisms into the
economy were covered in detail.
Key words:
Uzbekistan's economy, "Green economy", energy, energy industry, Strategy of
transition to "green economy", Aralboyi environmental crisis, oil and gas sector.
РЕФОРМЫ В УЗБЕКИСТАНЕ В СИСТЕМЕ ПЕРЕХОДА К «ЗЕЛЕНОЙ
ЭКОНОМИКЕ»
Аннотация.
В статье подробно освещены реформы, осуществляемые в системе
перехода к «зеленой экономике» в Новом Узбекистане, вопросы внедрения в экономику
механизмов «зеленой экономики».
Ключевые слова:
экономика Узбекистана, «Зеленая экономика», энергетика, ТЭК,
Стратегия перехода к «зеленой экономике», Аралбойский экологический кризис,
нефтегазовый сектор.
KIRISH
Barqaror rivojlanishning asosiy maqsadlaridan biri - tabiat va uning boyliklarini nafaqat
bugungi avlod ushun asrab-avaylash, balki, kelgusi avlodga ham asrab-avaylagan holda
yetkazishdan iborat. Barqaror iqtisodiy o’sishga to’liq erishish kundan-kunga dolzarblik kasb etib
boradi. Bu ishlab chiqarishning tushib ketishi, aholining iste’mol darajasining pasayishi,
muammoli hududlarning yuzaga kelishi bilan bog’liq holda, barqaror rivojlanish uchun yangi
g’oyalar va tamoyillarni shakllantirish asosida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni asoslarini yaratishni
talab qiladi.
Jahon iqtisodiyoti va uning ayrim mamlakatlari, mintaqalari iqtisodiyotining faoliyati
samaradorligi hozirgi zamonda yashil iqtisodiyot tamoyillarini keng joriy qilgan holda, barqaror
iqtisodiy rivojlanish muammolarining yechimi bilan uzviy bog’liq.
Yashil iqtisodiyotni rivojlantirish bugungi kunda har bir mamlakat va uning mintqalarini
samarali rivojlanishida davlat siyosatining uzviy bir qismi hisoblanib, davlat boshqaruvining
asosiy yo’nalishlaridan biri bo’lib qoldi. Har bir davlatda uning mintaqalari o’zlarining hozirgi
qaysidir rivojlanish bosqichlarida yashil iqtisodiyotning ma’lum bir yo’nalishiga ustunlik beradi.
Mamlakat mintaqalarida yashil iqtisodiyotning joriy qilinganlik darajasi uning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish darajasini, raqobatbardoshligini ko’rsatib beruvchi omillardan biriga aylandi.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
6
Yashil iqtisodiyotning joriy qilinganlik darajasi mintaqalar va davlatlarning iqtisodiy-
ijtimoiy rivojlanish darajasini belgilab berar ekan, albatta har bir mamlakat va uning mintaqasi
ishlab chiqarishning ushbu bosqichiga o’tishini talab etadi. Mamlakat va uning mintaqalarida
yashil iqtisodiyotni joriy qilish ularning iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy rivojlanishini belgilab berar
ekan, har bir mintaqa va mamlakat ushbu bosqichga tezroq va samarali tarzda o’tishni o’z oldiga
maqsad qilib qo’yadi.
Bugungi kunda energiya tejamkorligini oshirish, ekologik toza, noan’anaviy va qayta
tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanish ko‘lamini yanada kengaytirish tobora dolzarb
ahamiyat kasb etmoqda. Soha mutaxassislarning fikricha, yaqin kelajakda mamlakatning barqaror
rivojlanishi uchun energetika tarmog‘ida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish
salmog‘iga uzviy bog‘liq bo‘lib qolishi ehtimoldan xoli emas. Shularni inobatga olgan holda
so‘nggi yillarda respublikamizning sanoat tarmoqlariga “Yashil iqtisodiyot” tizimini joriy qilish,
ijtimoiy sohasida energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
foydalanishni kengaytirish, innovatsion taraqqiyotni jadallashtirish, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019-2030-yillar davrida
O‘zbekiston Respublikasining “Yashil” iqtisodiyotga o‘tish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi
2019-yil 4-oktabrdagi qarori bu yo‘nalishdagi ishlarni yanada jonlantirishga turtki bo‘ldi. Ushbu
me’yoriy-huquqiy hujjatlar quyidagi yangi imkoniyatlarni ochib berdi:
energiyani iste’mol qilish sohasidagi qator muammolarni hal qilish;
texnologik modernizatsiyalash va moliyaviy mexanizmlarni rivojlantirish orqali
iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish;
davlat investitsiyalari va xarajatlarining ustuvor yo‘nalishlariga ilg‘or xalqaro standartlarga
asoslangan “yashil” mezonlarni kiritish;
davlat tomonidan rag‘batlantirish mexanizmlarini, davlat-xususiy sherikligini
rivojlantirish;
xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlikni faollashtirish orqali “yashil” iqtisodiyotga
o‘tish yo‘nalishlari bo‘yicha tajriba va sinov loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish;
ta’limga investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirish;
yetakchi xorijiy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni
rivojlantirish hisobiga “yashil” iqtisodiyotdagi mehnat bozori bilan bog‘liq kadrlarni tayyorlash
va qayta tayyorlash tizimini rivojlantirish;
Orolbo‘yidagi ekologik inqirozning salbiy ta’sirini yumshatish choralarini ko‘rish;
“yashil” iqtisodiyot sohasida, shu jumladan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama
shartnomalar tuzish orqali xalqaro hamkorlikni mustahkamlash;
shuningdek, noan’anaviy energetika resurslaridan, jumladan, quyosh energiyasidan
foydalanish.
TAHLIL VA NATIJALAR
Mamlakatda yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish yangi
yo’nalish bo’lib, asosan 2017-yildan keyin e’tibor qaratila boshlandi. Mazkur yo’nalishda
huquqiy-me’yoriy asoslar ham yaqin o’tmishdan shakllanib kelmoqda. Jumladan, O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947 sonli “O’zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni hamda 2017-yil 26-
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
7
maydagi PQ 3012 sonli “2017-2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish,
iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturi
to’g’risida”gi Qarori, 2019-yilning 30-oktyabridagi PF-5863 sonli “2030-yilgacha bo’lgan davrda
O’zbekiston Respublikasining “Atrof muhitni muhofaza qilish kontseptsiyasini tasdiqlash
to’g’risida”gi farmoni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-oktyabrdagi PQ-4477
sonli “O’zbekiston Respublikasining 2019-2030-yillarda “yashil iqtisodiyot”ga o’tish
Strategiyasini tasdiqlash to’g’risida”gi qarorlari shular jumlasidan. Mazkur hujjatlarda yashil
iqtisodiyotga o’tish O’zbekiston iqtisodiyotining strategik yo’nalishlaridan ekanligi ta’kidlab
o’tilgan.
“O’zbekiston Respublikasining 2019-2030 yillarda “yashil iqtisodiyot”ga o’tish
Strategiyasida asosiy yo’nalishlar sifatida quyidagilar belgilangan:
Iqtisodiyotning quyidagi bazaviy tarmoqlarida energiya samaradorligini oshirish bo’yicha:
elektro energetika sohasida: amaldagi elektr stantsiyalarining mavjud quvvatlarini bug’-
gazli va gaz-trubinali qurilmalarni o’rnatish, jarayonlarni to’liq avtomatlashtirish va nazoratlarni
raqamlashtirish orqali rekonstruktsiya va modernizatsiya qilish;
issiqlik energetikasi sohasida: issiqlik energiyasini ishlab chiqarishda yangi
texnologiyalarni joriy qilish, qozonxonalardagi eskirgan texnologiyali uskunalarni rekonstruktsiya
qilish, yangi hisoblash uskunalari bilan modernizatsiya qilish, qozonlarda suvni qizdirishda
geliokollektorlardan foydalanish tizimlarini qo’llash;
neft-gaz sohasida; kompressor stantsiyalari, past va o’rta bosimli gaz taqsimlash tizimlarini
modernizatsiya qilish evaziga tabiiy gazni qazib olish, tashish va qayta taqsimlash jarayonlaridagi
yo’qotishlarni qisqartirish, shuningdek, uglevodorodlarni yo’qotishni nazorat qilish (SCADA)
tizimlari kabi samarali tizimlarni joriy qilish, neft va gaz qazib oluvchi ob’ektlarda muqobil
energiya manbalaridan foydalanish;
Energiya resurslari iste’molini diversifikatsiya qilish va tiklanuvchi energiya manbaalaridan
foydalanishni rivojlantirish bo’yicha:
tiklanuvchi energiya manbalari sohasida: qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan
olinadigan energiyalarni ishlab chiqarish, tashish, sotib olish bilan bog’liq tarif siyosatini
liberallashtirish, bunday manbalardan foydalanuvchi uskunalarni ishlab chiqaruvchi korxonalarni
qo’llab-quvvatlash;
binolarni qurish va ekspluatatsiya qilish sohasida: binolarning energiya samaradorligini
oshirish bo’yicha davlat dasturlarini joriy qilish, qaysikim, o’z ichiga ko’p qavatli uy-joylarni
rekonsturktsiya qilish, qurilish me’yorlarini kamida har 5 yilda bir marta qayta ko’rib chiqish,
energiya samaradorlik talabalarini qat’iylashtirib borish tizimi orqali issiqlik bilan ta’minlashning
yopiq tizimlarini joriy qilish, energiyani tejash borasida rag’batlar tizimini qo’llash, ijtimoiy
sohada energiyadan samarali foydalanganlikni rag’batlantiruvchi tariflarni joriy qilish.
Mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlarini yashil iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlanishini
tahlil qiladigan bo’lsak, bunda ham holat quvonarlik emasligini ko’ramiz. Manbalarda iqtisodiyot
tarmoqlarida yashil iqtisodiyotning qay darajada ekanligini tahlil va tadqiq qilishda dastlabki
ko’zga tashlanadigan muammolardan biri shuki, bunda ma’lumotlarning oshkoraligi pastligi
hamda bu yo’nalishda ma’lumotlarning deyarli yo’qligi sababli tadqiqotlar kamligini izohlash
mumkin. Shu o’rinda ta’kidlash zarurki, yashil iqtisodiyot davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan
ekan, yuritilayotgan moliyaviy, iqtisodiy va boshqa hisobotlarda, statistikalarda iqtisodiyotni
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
8
yashillashtirish jarayonlari bilan bog’liq ma’lumotlarni ham alohida yuritish amaliyotini keng joriy
qilish zarur.
Xulosa
Xulosa qilib aytish mumkinki, O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyot tarmoqlarini yashil
iqtisodiyot tamoyillari asosida rivojlantirish darajasi qoniqarli emas. Bu borada ishlar boshlangan,
biroq tarmoqlar va mintaqalar, hududlar doirasida turli darajada va bosqichlarda bormoqda. Eng
asosiysi mamlakatda iqtisodiyotni yashillashtirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Buning
uchun ushbu yonalishlarda ilmiy izlanishlarni ko’paytirish, sohaga investitsiyalarni keng jalb
qilish, mazkur yo’nalishlardagi faoliyat va ishlab chiqarishni rag’batlantirib borish mexanizmlarini
joriy qilish zarur bo’ladi.
REFERENCES
1.
Yavmutov D.Sh., Jo’rayev A.T. O’zbekistonda sanoatni yashil iqtisodiyot
tamoyillari asosida rivojlantirish masalalari. “Sanoat va xizmat ko’rsatish
sohalarining raqamli transformatsiyasi: tendensiyalar, boshqaruv, strategiyalar”.
Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari to’plami. Buxoro. 2022 yil 2-3 mart. –
B. 15-17.
2.
2021-yilda O’zbekiston Respublikasida yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish.
O’zbekiston Respublikasida Davlat Statistika qo’mitasi. Toshkent.; 2022. –28 b.
3.
Samarqand viloyatida yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi.
https://kun.uz/uz/news/2022/05/25/samarqand-viloyatida-yirik-quyosh-fotoelektr-
stansiyasi-ishga-tushirildi.
4.
Зеленая экономика: здравоохранение / United Nations Environmental
Programme:
Green
Economy//http://www.unep.org/greeneconomy/Portals/88/documents/researchpro
ducts/briefingpapers/ Ru_GE_HEALTH.pdf. -C. 2
5.
Лыжин Д. Перспективы развития "зеленой экономики": глобальные и
региональные аспекты [Электронный ресурс|. –Режим.
6.
Навстречу “зеленой” экономике: пути к устойчивому развитию и
искоренению бедности -обобщающий доклад для представителей властных
структур. ■ ЮНЕП. 2011
