INNOVATIVE METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO PRIMARY CLASS STUDENTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Akbarova, S. (2023). INNOVATIVE METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO PRIMARY CLASS STUDENTS. Modern Science and Research, 2(6), 92–94. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20861
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Reforms in the field of education, like in all areas, are coming in pictures and news. Today, it is an important task of the teacher to abandon the traditional methods of teaching English and organize a lesson based on new interactive methods. It is an urgent issue to organize lessons based on creative ideas in increasing the level of knowledge of English language in elementary grades.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

92

BOSHLANG’ICH SINF O’QUVCHILARIGA XORIJIY TILLARNI O’RGATISHDA

INNOVATSION USULLAR

Akbarova Shahzodaxon Sobirovna

Farg’ona viloyati, Bag’dod tumani 22-maktab

Boshlang’ich sinf o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8001204

Annotatsiya.

Ta’lim sohasida islohotlar barcha sohaga bo’lgani singari jadal

suratlarda va yangiliklar bilan kirib kelmoqda. Bugun ingliz tili o’qitishni an’anaviy
usullaridan

voz

kechib

interaktiv

yangicha

metodlar

asosida

dars

tashkillash

o’qituvchining

muhim

vazifasidir.

Ingliz

tili

fanini

boshlangich

sinflarda

bilim

darajalarini o’stirishda kreativ fikrlah asosida dars tashkil etish dolzarb masaladir

Kalit so’zlar:

ta’lim, ingliz tili, dars, o’g’zaki, metod, mustahkamlash, jismoniy

harakatlar, ro’lli ijro.

INNOVATIVE METHODS OF TEACHING FOREIGN LANGUAGES TO

PRIMARY CLASS STUDENTS

Abstract.

Reforms in the field of education, like in all areas, are coming in pictures and

news. Today, it is an important task of the teacher to abandon the traditional methods of teaching
English and organize a lesson based on new interactive methods. It is an urgent issue to organize
lessons based on creative ideas in increasing the level of knowledge of English language in
elementary grades.

Key words:

education, English language, lesson, oral, method, reinforcement, physical

actions, role play.

ИННОВАЦИОННЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ ИНОСТРАННЫМ ЯЗЫКАМ

ШКОЛЬНИКОВ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

Аннотация.

Реформы в сфере образования, как и во всех сферах, грядут в картинках

и новостях. Сегодня важной задачей учителя является отказ от традиционных методов
обучения английскому языку и организация урока на основе новых интерактивных методов.
Актуальным вопросом является организация уроков на основе творческих идей по
повышению уровня владения английским языком в начальных классах.

Ключевые слова:

обучение, английский язык, урок, устная речь, метод, подкрепление,

двигательные действия, ролевая игра.


Bugungi kunda mamlakatimizda yosh avlodga chet tillarini o’rganishi uchun katta e’tibor

berib kelinmoqda. Jumladan, 2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o’rganish
tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
N:1875 qarori hamda 2013–2014 o’quv yilidan boshlab umumta’lim maktablarining birinchi
sinflarida xorijiy tillarni uzluksiz o’rgatishning joriy etilishi buning isbotidir.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi xuzuridagi Davlat Test Markazi

tomonidan xam Chet tillarini o’qitishning maktab yoshidan to Oliy o’quv yurtlarinig
Magistratura

darajasini

egallayotgan

kadrlarining

Chet

tilini

bilish

darajasini

belgilaydigan baxolash mezoni xam ishlab chiqildi. Shu jumladan umumiy o’rta
maktablarining boshlang’ich sinf o’quvchilarining chet tilidan bilim darajasini baxolash tizimi
shu mezoning boshlang’ich qismidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

93

Boshlang’ich sinf o’quvchilarida taqlid qilish xususiyati ularni til o’rganishga bo’lgan

tabiiy moyilligini kuchli ekanligini ko’rsatib beradi. Shuni e’tiborga olish kerakki, 7-9
yoshli bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning
uchun boshlang’ich sinf o’quvchilariga Xorijiy tillarni o’rgatishni grammatik tushuncha
berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o’rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani
zo’riqtirib qo’yish va qiziqishini so’ndirib qo’yish mumkin. Shunday ekan, boshlang’ich sinf
o’quvchilariga xorijiy tilni o’rgatish ancha mushkul va mas’uliyatli. Bolalarga xorijiy
tillardan biri Ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o’rgatish uchun quyidagi usullardan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.

- qo’shiq va she’rlar orqali tushuntirish yoki esda qolishi qiyin bo’lgan, ma’noga ega

bo’lmagan harf yoki birikmalarni kuyga solib o’rgatish- aqliy va jismoniy harakatlar bilan
bo’g’liq bo’lgan o’yinlar;

- multfilmlar; bolalar til o’rganish mobaynida multfilmdagi gaplarni tushunmasada,

multfilm qahramonlarining harakatlari orqali ular ishlatayotgan so’zlarni tushunishga intiladi.
Bu esa bolalar uchun qiziq va til o’rganishlari uchun samarali yo’l.

- rol ijro etish (role play) o’qituvchi biror ma’lumotni, masalan, hayvon yoki

qushlarning nomlarini o’rgatayotgan paytda rol orqali ijro etishi yoki bolalarga ijro ettirishi
lozim. Misol uchun: bir o’quvchi itning vovillashi, mushukning miyovlashini ko’rsatib bersa,
boshqa bir o’quvchi bu tovushlar qaysi hayvonga tegishli ekanligini bilib, uning inglizcha nomini
aytishi zarur.

- mavzuga oid muhit omillar; o’qituvchi mavzusiga qarab o’sha muhitni yaratib bera olsa,

bolalar tilni yaxshi o’rganishadi. Masalan: traveling, birthday, in the kitchen va boshqalar.
Traveling (sayohat) mavzusida o’qituvchi sayohat uyushtirishi, sayohatga qanday vositalar
orqali (foot, bicycle, automobile, train, boat, airplane) borish mumkinligi, qayerlarga sayohat
qilish (Tashkent, Samarkand, Bukhara, England, USA) muhimligi haqida ma’lumot beradi. Bu
hol o’quvchilarning so’z boyligini, til imkoniyatlarini kuchaytiradi, dunyoqarashini o’stiradi.

- topishmoqlar; bolalarda topishmoqlarning javobini topishga qiziqish kuchli

bo’ladi. Shuning uchun o’qituvchi topishmoqni ingliz yoki o’zbek tilida aytsada, uning javobini
bolalardan ingliz tilida aytishini talab qilishi lozim. Shunda bolalar so’zlarni tez o’rganishadi.

- amaliy mashg’ulotlar (mevalar va boshqa oziq-ovqatlarni tatib ko’rish, gullarni hidlab

ko’rish); Masalan: o’qituvchi bir o’quvchining olmani tatib ko’rishi paytida uning rangi qizil
(red) yoki yashil (green), ta’mi shirin (tasty) yoki yoqimli, mazali (delicious) haqida ma’lumot
berishi o’sha meva haqida inglizcha ma’lumotlar berishini talab qilishi lozim.

Bu

hol

bolaning

keyingi

o’rganishlarida

ham

yordam

beradi. O’qituvchi o’quvchilardan

ranglarning inglizcha nomini so’rab qolsa, bola darrov meva yegan paytini eslaydi, qizil-
red, yashil-green

ekanligini

tez

xotirlaydi.

Demak, bunday usullardan

foydalanish

o’quvchilarning ma’lumotni xotirasida uzoq muddat saqlab qolishini ta’minlaydi.

- ko’rgazmali qurollar, plakatlar, kitoblar orqali; ba’zida ushbu ko’rgazmalar katta

bo’lishi ba’zida esa o’quvchi qoliga ushlab ko’ish darajasidagi hajmda bo’lishi zarur

- ko’zga ko’rinadigan va kundalik hayotda ko’p ishlatiladigan narsa, buyumlarga

yozib qo’yish orqali. Masalan: eshik (door), kitob (book), stol (table), doska (blackboard),
oyna (window) va shu kabilarga yozish. Bunday narsa-buyumlar doimo ko’zga tushib turishi
va amaliyotda ko’p qo’llanishi bois, bola bu so’zlarni ixtiyorsiz tarzda o’rganadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

94

– yangiliklar orqali; bilamizki, bolalar qiziquvchan. Ular bir xillikdan tez

zerikishadi. Shuning uchun ularga har doim bir turdagi usullardan foydalanib dars o’tish emas,
balki bunday usullarni o’zgartirib, yangilab dars o’tish lozim. Aks holda bolalar o’qituvchining
qanday dars o’tishini fahmlab olishadi va bunga tayyorgarlik ko’rishadi. Usullarni yangilab
dars o’tish bolalarning intilishlarini oshiradi.

Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich sinf o’quvchilariga til o’rgatish majburiyat sifatida

emas, qiziqarli mashg’ulot tarzida olib borilishi, bir necha samarali usullardan foydalanib dars
o’tish ularning kelajakda oladigan bilimlari uchun poydevor bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Chet tillarini o’rganish qanchalar muhimligini tabiiy sharoitlar orqali to’g’ri tushuntirib
borilishi lozim. Chunonchi, farzandlarimizni kelajakda xalqaro munosabatlarning ilg’or
sohalarida yetuk mutaxassis bo’lishlari uchun biz ziyolilar bunday ma’suliyatni chuqur his
etmog’imiz darkor.


REFERENCES

1.

2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada
takomillashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining N:1875 Qarori

2.

A. Xoliqov Pedagogik mahorat Toshkent

3.

Cameron, Lynne. 2001.

Teaching languages to young learners

. Cambridge:

Cambridge University press

4.

Deller, Sheelagh and Price, Christine. 2007.

Teaching other subjects through English

.

Oxford: Oxford University press

5.

internet sayt : ziyonet.uz

References

2012-yil 10-dekabrda qabul qilingan “Chet tillarini o’rganish tizimini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining N:1875 Qarori

A. Xoliqov Pedagogik mahorat Toshkent

Cameron, Lynne. 2001. Teaching languages to young learners. Cambridge: Cambridge University press

Deller, Sheelagh and Price, Christine. 2007. Teaching other subjects through English. Oxford: Oxford University press

internet sayt : ziyonet.uz

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов