Authors

  • Zebo Rasulova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.20919

Keywords:

Didactic

Abstract

In this article, the difference between the English language and other subjects in the educational system is manifested in the fact that it is both an educational goal and a means of education. Acquiring English speaking skills (listening, speaking, reading, writing) is the goal of education, and the language being studied also acquires the status of a new and useful means of obtaining and conveying information. There are different approaches to highlighting the characteristics of the educational subject.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

138

INGLIZ TILINI BOSHLANG‘ICH SINFLARGA O‘QITISH USULLARI

HAQIDA

Rasulova Zebo G'ulomiddin qizi

Andijon shahar 43-umumta'lim maktabi ingliz tili fani o‘kituvchisi.

(Boshlang‘ich sinflarda)

https://doi.org/10.5281/zenodo.8009008

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ta’lim tizimidagi boshqa fanlardan ingliz tilining farqi bir

paytning o‘zida, uning ham ta’lim maqsadi, ham ta’lim vositasi ekanligida namoyon bo‘ladi.
Ingliz tilida nutqiy malakalar (tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv)ni egallash ta’limdan
ko‘zlanadigan maqsad bo‘lishi bilan birga, o‘rganilayotgan til yangi va foydali axborot olish,
yetkazish vositasi maqomini ham oladi.Ingliz tili o‘quv predmetining xususiyatlarini yoritishda
unga turlicha yondashishlar mavjud.

Kalit so‘zlar:

Didaktik, umummetodik, tamoyil, autentik material,multisensor, nutq

namunasi, korrelasiya, yondashuv, verbalizatsiya, vizual, vositachi til.

ABOUT METHODS OF TEACHING ENGLISH LANGUAGE TO PRIMARY

CLASSES

Abstract.

In this article, the difference between the English language and other subjects in

the educational system is manifested in the fact that it is both an educational goal and a means of
education. Acquiring English speaking skills (listening, speaking, reading, writing) is the goal of
education, and the language being studied also acquires the status of a new and useful means of
obtaining and conveying information. There are different approaches to highlighting the
characteristics of the educational subject.

Key words:

Didactic, general methodology, principle, authentic material, multisensory,

speech sample, correlation, approach, verbalization, visual, mediating language.

О МЕТОДИКЕ ОБУЧЕНИЯ АНГЛИЙСКОМУ ЯЗЫКУ В НАЧАЛЬНЫХ

КЛАССАХ

Аннотация.

В данной статье отличие английского языка от других предметов в

системе образования проявляется в том, что он является одновременно и
образовательной целью, и средством обучения. Приобретение навыков говорения на
английском языке (аудирования, говорения, чтения, письма) является целью образования, а
изучаемый язык также приобретает статус нового и полезного средства получения и
передачи информации. учебный предмет.

Ключевые слова:

Дидактика, общая методика, принцип, аутентичный материал,

мультисенсорика, речевой образец, соотнесение, подход, вербализация, наглядный,
опосредующий язык.

Ta’lim tarbiya jarayoni didaktik, psixologik, lingvistik, metodik va boshqa qonuniyatlarga

amal qiladi. Ularning ayrimlari barcha fanlar uchun umumiy bo‘lishi mumkin. Bu qonuniyatlar
ta’limning umumdidaktik tamoyili deyiladi. Boshqa qonuniyatlar esa ayrim fanlarni o‘qitishga xos
bo‘lishi mumkin, masalan; ingliz tili o‘qitish tamoyillari.Tamoyil tushunchasi didaktikada hali
to‘la hal etilmagan. Agar bir guruh tamoyillar ta’lim jarayonining qonuniyatlarini ifodalasa,
ikkinchi guruh tamoyillar qaysidir nutq faoliyatining turiga xos bo‘lgan qonuniyatlarni ifodalaydi,
uchinchisi esa til materialining qaysidir bo‘limiga xos bo‘lgan tamoyillardir. Oxirgisi maxsus


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

139

tamoyillar deyiladi. Tamoyil (prinsip) termini «asos bo‘ladigan yo‘l-yo‘riq, qonun-
qoida»ma’nosini ifodalaydi. Ye.I.Passov fikricha, «tamoyil – o‘qitish jarayoni atalmish binoning
poydevoridir».Konsepsiya va tamoyillarning to‘g‘ri tanlanishi darsda tashkil etiladigan
faoliyatning samaradorligini ta’minlaydi, kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarning ushbu
faoliyatga qiziqishlarini orttiradi. Ilmiy manbalarda boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitish
konsepsiyalari va bir necha o‘nlab tamoyil (pritsip)larni olg‘a surilgan.

Ingliz tili o‘qitish amaliyotida taklif etilgan qoidalar va qarashlar lingvodidaktik (tillar

ta’limshunosligi) tamoyillar maqomida umumlashtirilgan va ilmiy asoslangan. Masalan, J.Jalolov
nomlanishi va mohiyatida tafovutlar bo‘lishiga qaramay, quyidagi didaktik tamoyillarni
umumlashtirgan: tarbiyaviy ta’lim, onglilik, faollik, ko‘rgazmalilik, sistemalilik (izchillik),
individual yondashish, (bilimlarni) puxta o‘zlashtirish, o‘quvchi kuchiga moslik kabilar.
N.A.Gorlova boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishning didaktik tamoyillarini quyidagicha
umumlashtirgan: faollik, ko‘rgazmalilik, o‘quvchi salohiyatiga moslik, individual yondashish,
sistemalilik.

Ilmiy manbalarni o‘rganib chiqib boshlang‘ich ta’limda xorijiy tillarni o‘qitishning

didaktik tamoyillarini quyidagicha umumlashtirish mumkin:

1. O‘quvchilarning ingliz tilio‘rganish usullari, strategiyalari va qobiliyatini inobatga olish.
2. Tinglab tushunish mashqlariga ustuvor ahamiyat qaratish.
3. Darslarda ma’noli kontekstlar va mavzuga oid nutq vaziyatlarini yaratish.
4. Mashg‘ulotlarda texnik vositalardan keng foydalanilish.
5. O‘quvchilarning yoshiga mos autentik materiallaridan foydalanish.
6. Nutq namunalari asosida ingliz tili o‘rgatish.
7. Mavzularni obrazlashtirish (gapiruvchi qo‘g‘irchoqlar yordamida).
Til o‘rganish aqliy faoliyat bo‘lganligi tufayli uning psixologik asoslari mavjud. Aqliy

faoliyat ruhshunoslikda ilmiy jihatdan tekshiriladi. Shu munosabat bilan ingliz tilio‘qitishning
psixologik tamoyillarini tadqiq etish ehtiyoji tug‘iladi. Ilmiy manbalarda ingliz tili o‘qitishning
ikkita psixologik tamoyillari ishlab chiqilgan. Psixologik tamoyillar «verbalizatsiya» (o‘zga til
amalda faqat og‘zaki nutq orqali o‘rganiladi) va «korrelatsiya» (ingliz tili materialining muayyan
chegarasi aniqlanadi, birinchi galda nutq malakalarini hosil qilish uchun mo‘ljallangan til birliklari
majmuyi shakllanadi) nomlarini olgan. Ingliz tili o‘qitishning tilshunoslik asoslari birmuncha
tadqiq etilganligiga qaramay, metodika fanida ingliz tili o‘qitishning lingvistik tamoyillari
masalasiga kam e’tibor qaratilgan. Metodika tamoyillari mohiyatini yoritishda psixologik va
lingvistik qonun-qoidalarga suyanib ish ko‘rildi va quyidagi psixolingvistik tamoyillar
umumlashtirildi:

1. O‘quvchilarning ingliz tili o‘rganish, o‘zlashtirishga motivatsiyasi (ichki turtkisi)ni

oshirish.

2. Mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning yoshiga mos jismoniy harakatlarini rag‘batlantirish.
3. O‘quvchilarni ona tili va o‘rganilayotgan chet tilning o‘xshash jihatlaridan xabardor

etish.

4. O‘quvchilarning vositachi til (metatil) tajribalarini rivojlantirish.
5. O‘quvchilarni ona tili va o‘rganilayotgan chet tilning aloqadorligidan foydalanishga

o‘rgatish.

6. O‘quvchilarni o‘rganilayotgan ingliz tili tuzilmasi bilan umumiy tanishtirish.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

140

7. Individual yondashish, ya’ni o‘quvchilarning xos xususiyatlari (har qaysi o‘quvchining

tabiati, nimalarga qodirligi, qiziqishi, kim bilan do‘stlashishi, nimalarga salbiy munosabatda
bo‘lishi)ni inobatga olib psixo-pedagogik tadbirlar olib borish.

Ingliz tili o‘qitish metodikasining, (a) umumiy (nutqiy yo‘nalganlik, chegaralab va yaxlit

o‘rgatish, mashqlar bajarish, til tajribasini hisobga olish), (b) xususiy (nutq namunasi asosida
ingliz tili o‘qitish, til mashqi va nutq amaliyoti bog‘liqligi, nutq faoliyati turlarining o‘zaro
bog‘liqligi, og‘zaki nutqning ilgarilashi, chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish, ibtidoiy bosqichni
jadallashtirish), (d) maxsus (grammatikani o‘rgatish, leksikani o‘rgatish, o‘qishni o‘rgatish va
ingliz tili o‘rgatishda nutq yozishni qo‘llash) tamoyillari ishlab chiqilgan. Biz pedagogik
tamoyillarni umumlashtirishda xorijiy tillarni boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga kommunikativ
yondashuvni nazarda tutdik.

1. Vizual yondashuv va multisensor (barcha nutq analizatorlarini to‘liq qo‘zg‘atuvchi)

o‘rganishni tatbiq etish. Ya’ni o‘quv materialini puxta o‘zlashtirilishini ta’minlash maqsadida
ko‘rish, eshitish, harakat (nutq harakat va qo‘l harakat) analizatorlari ishtirokida ko‘plab mashq
qilish.

2. Yaxlit (leksika, grammatika va talaffuzga oid til materialini yaxlitligicha) o‘rgatish.
3. Nutqiy yo‘nalganlik (leksik, grammatik va talaffuz mashqlari nutq faoliyatini egallash

maqsadida bajarish).

4. Nutq namunalari asosida ingliz tili o‘rgatish.
5. Ona tili va bilingv o‘quvchilarning ikkinchi tilini o‘zlashtirishdagi til tajribalarini

hisobga olish.

Boshlang‘ich sinflarda ingliz tili o‘qitishning pedagogik tamoyillari o‘zbek va rus tilidagi

ilmiy manbalarda dadidaktik tamoyil sifatida mufassal bayon etilgan. Lekin xorijiy adabiyotlarda
pedagogik tamoyil alohida tadqiq etiladi. Biz pedagogik tamoyillarni umumlashtirishda uch tildagi
ilmiy manbalardan foydalandik.

1. O‘sib kelayotgan avlodni har tomonlama kamolotga yetkazish. Ingliz tili vositasida

o‘zlashtiriladigan axborot va ingliz tili o‘rganish mobaynida olinadigan aqliy va nutqiy ko‘nikma
hamda malakalar o‘quvchilarni tarbiyalaydi.

2. O‘quvchilarni o‘rganilayotgan tildan foydalanishga rag‘batlantirish.
3. O‘quvchilarning individual xususiyatlarini e’tiborga olish.
4. O‘quvchilarni atrofdagilarga nisbatan bag‘rikenglik va turli qadriyatlarga hurmat ruhida

tarbiyalash.

5. Darslarda bilimlarning mustaqil fahmlab o‘rganilishi uchun optimal vaziyat yaratish.
6. O‘quvchilarda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini mustaqil va o‘zaro aniqlab borish malaka

va ko‘nikmalarini shakllantirish.

7. O‘quvchilarga o‘z bilimlarini o‘rganilayotgan tilda namoyon qilish imkoniyatini

yaratish.

8. Darslarni kompetensiyalar egallanishiga mo‘ljallangan integrativ yondashuv asosida

tashkil etish.

Ta’lim tizimidagi boshqa fanlardan ingliz tilining farqi bir paytning o‘zida, uning ham

ta’lim maqsadi, ham ta’lim vositasi ekanligida namoyon bo‘ladi. Ingliz tilida nutqiy malakalar
(tinglab tushunish, gapirish, o‘qish, yozuv)ni egallash ta’limdan ko‘zlanadigan maqsad bo‘lishi
bilan birga, o‘rganilayotgan til yangi va foydali axborot olish, yetkazish vositasi maqomini ham


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

141

oladi.Ingliz tili o‘quv predmetining xususiyatlarini yoritishda unga turlicha yondashishlar mavjud.
Tadqiqotchilar chet tilning didaktik, psixologik, amaliy (funksiyaviy), ta’limiytarbiyaviy
asoslaridan kelib chiqib fikrlar bayon etishgan (I. V. Raxmanov, V. S. Setlin, J. J. Jalolov, T. Q.
Sattorov, S.S. Saydaliyev va b.). Bir guruh metodist-olimlar o‘quv predmetlarini tasniflashda
ularning didaktik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda yondashganlar (A. A. Mirolyubov, I. V.
Raxmanov, V.S. Setlin). Birinchi guruhni fan asoslarini o‘rgatadigan tabiiy va ijtimoiy (fizika,
ximiya, tarix va b.) fanlar tashkil etadi. Uning birinchi xususiyati –o‘quvchilar ongida fan haqida
to‘g‘ri tasavvur va tushunchalar hosil qilish uchun xizmat qiladi. Yana bir xususiyati shundan
iboratki, fan asoslarini o‘qitish jarayonida shakllantirilayotgan ko‘nikma va malaka fan
sistemasiga bo‘ysundirilgan bo‘ladi.O‘quv predmetlarining ikkinchi guruhiga ko‘nikma va
malakani oshirishga qaratilgan (ashula, musiqa, jismoniy tarbiya va b. fanlarni kiritish mumkin.
Ularning asosini muayyan umuminsoniy faoliyat amaliyoti tashkil etadi. Tadqiqotchilar ingliz
tilini har ikki toifa o‘rtasidagi o‘quv predmeti deb hisoblaydilar, bilim va malakani shakllanishiga
xizmat qiladi degan fikrni ilgari suradilar.Taniqli metodistlardan T.Q.Sattorov ingliz tili
predmetini quyidagi pedagogik-psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda tasniflaydi: Ona
tili va ingliz tilida muloqot uchun nutqiy muhit keskin farq qiladi. Darsdan tashqari paytlarda
o‘quvchida ingliz tilida muloqot qilish uchun muhit deyarli mavjud emas. Ona tili uchun doimo
tabiiy muhit mavjuddir. Ona tili insonning kundalik faoliyatiga singib ketadi. Ingliz tili uchun esa
bunday imkoniyat mavjud emas. Ingliz tili darslarida o‘quvchilarga muloqotni o‘rgatish
maqsadida sun’iy nutqiy vaziyatlarni vujudga keltirish zarur. Inson bolasi tevarak-atrofni ona tili
yordamida idrok etib tushunadi va kishilar bilan muloqotga kiradi. Ingliz tilini o‘rgatishda ahvol
umuman o‘zgacha.Tilning talaffuz, grammatik va leksik tomonlari o‘rganiladi, ingliz tilida fikr
bayon etish va idrok etib tushunish amaliy maqsad maqomini oladi.


REFERENCES

1.

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. A.Madvaliev tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston milliy
ensiklopediyasi, 2004.

2.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturi. Tuzuvchilar:
J.J.Jalolov, M.T.Irisqulov. – Xalq ta’limi. – №4 – Toshkent, 2013.

3.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinflar uchun darslik majmua. Kids’
English Class 1,2,3,4. A.T.Irisqulov, S.Xan va mualliflar jamoasi. –T.:
O‘zbekiston, 2013.

4.

Общеевропейские компетенции владения иностранным языком: Изучение,

5.

обучение, оценка. – М.: МГЛПУ. Сарма, 2005. – 248 с.

References

O‘zbek tilining izohli lug‘ati. A.Madvaliev tahriri ostida. – T.: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun ingliz tili o‘quv dasturi. Tuzuvchilar: J.J.Jalolov, M.T.Irisqulov. – Xalq ta’limi. – №4 – Toshkent, 2013.

Umumiy o‘rta ta’lim maktablari boshlang‘ich sinflar uchun darslik majmua. Kids’ English Class 1,2,3,4. A.T.Irisqulov, S.Xan va mualliflar jamoasi. –T.: O‘zbekiston, 2013.

Общеевропейские компетенции владения иностранным языком: Изучение,

обучение, оценка. – М.: МГЛПУ. Сарма, 2005. – 248 с.