THE IMAGE OF A FLOWER AND A NIGHTINGALE IN CHOLPON'S POETRY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abramatova , M. (2023). THE IMAGE OF A FLOWER AND A NIGHTINGALE IN CHOLPON’S POETRY. Modern Science and Research, 2(6), 204–206. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21023
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The image of a flower and a nightingale is one of the most widely used traditional images in Uzbek folklore and classical and modern poetry. The interpretation of these images is manifested in the poems of the great enlightener Abdulhamid Cholpon in a unique style.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

204

CHO’LPON SHE’RIYATIDA GUL VA BULBUL OBRAZI

Abramatova Mohichehra Abdurazzoq qizi

Termiz davlat universiteti O’zbek filologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8018291

Annotatsiya.

Gul va bulbul obrazi oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida ham, mumtoz va zamonaviy

sheʼriyatda ham eng koʻp qoʻllaniladigan anʼanaviy obrazlardan biridir.

Bu obrazlar talqini buyuk ma’rifatchi Abdulhamid Cho’lpon she’rlarida ham o’ziga xos

uslubda namoyon bo’ladi.

Kalit so’zlar:

Gul, bulbul, an’ana, obraz, mumtoz adabiyot, she’riyat.

THE IMAGE OF A FLOWER AND A NIGHTINGALE IN CHOLPON'S POETRY

Abstract.

The image of a flower and a nightingale is one of the most widely used traditional

images in Uzbek folklore and classical and modern poetry.

The interpretation of these images is manifested in the poems of the great enlightener

Abdulhamid Cholpon in a unique style.

Key words:

Flower, nightingale, tradition, image, classical literature, poetry.

ОБРАЗ ЦВЕТКА И СОЛОВЬЯ В ПОЭЗИИ ЧОЛПОНА

Аннотация.

Образ цветка и соловья – один из наиболее широко используемых

традиционных образов в узбекском фольклоре, классической и современной поэзии.

Интерпретация этих образов проявляется в стихах великого просветителя

Абдулхамида Чолпона в своеобразном стиле.

Ключевые слова:

Цветок, соловей, традиция, образ, классическая литература,

поэзия.


Gul va bulbul obrazi oʻzbek xalq ogʻzaki ijodida ham, mumtoz va zamonaviy sheʼriyatda

ham eng koʻp qoʻllaniladigan anʼanaviy obrazlardan biridir.

Xalq ogʻzaki poetik ijodida gul va bulbul haqidagi qoʻshiqlar butun bir guruhni tashkil

etadi. Xalqimizda yorni, mashuqani – gul, oshiqni – bulbul deb tasvirlash anʼanasi mavjud.

Ochilar bahorda bogʻlarning guli,
Gulni koʻrsa mast boʻb sayrar bulbuli.
("Alpomish" dostonidan)
Bu obrazlar bir qator xalq lirik qoʻshiqlarida yigit va qiz aytishuvlarida ham oʻz ifodasini

topgan:

Bulbullarning qoʻngani gul boʻladi yor-yor,
Olamdagi bor soʻzni til biladi yor-yor.
(M.Jo’rayev, J.Eshonqulov - "Folklorshunoslikka kirish")
Gul obrazi ifodalangan "Boychechak", "Gulbog'", "Chittigul" bolalar qoʻshiqlari ham xalq

ogʻzaki ijodida gul obrazi yetakchiligining yaqqol namunasidir. Folklorshunos olim Hoshimjon
Razzoqov bu turkumdagi termalarni yigʻib "Gulyor" kitobini nashr ettirgan.

Mumtoz sheʼriyatimizda ham gul va bulbul obrazi orqali lirikaning bir qancha goʻzal

namunalari yaratilgan. Xususan, Alisher Navoiy ijodida bu obrazlar ham botiniy, ham zohiriy
maʼnolarni kasb etgan.

Qoʻnub ul sarv uzra bulbul, chekib gul shavqidin gʻulgʻul,
Bu sarv uzra ochilib gul, anga terdin tushib shabnam.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

205

Bunda shoir saj ("bulbul", "g'ulg'ul", "ochilib gul" soʻzlarida) sanʼatini qoʻllab, bulbulning

sarv daraxtiga qoʻnib, gul istagidan gʻavgʻo, toʻpolon qilayotgani, uning teridan sarvga shabnam
tushib gul ochilgani tasvirlangan.

Ichkari ul gul tuvurlug'ni ko'tarmaslar, netay,
Ey sabo farroshi, bir lutf aylabon ul yon dari.
-baytida esa "gul" deb yorni ifodalaydi.
Yana bir gʻazalida:
Tutmasun gul suhbatidin sarv oʻzini koʻp sarfaroz,
Ey sabokim, ul toʻni gulgun mening yonimdadur.
-deb, tashxis sanati orqali sarv daraxti gul bilan suhbat qilayotgani, yonma-yonligi bilan

maqtanib kekkaymasligini, chunki gulday libos kiygan mahbuba uning yonida ekanligini gul
obrazi vositasida tasvirlab beradi.

Buyuk maʼrifatchi Abdulhamid Choʻlpon sheʼrlarida ham gul va bulbul obrazi oʻziga xos

maʼno va mazmun kasb etgan. Bu obrazlar orqali shoir oʻzi yashab turgan davr muhiti, ichki
kechinmalari, holati, millatida yuz berayotgan voqealarni tasvirlab beradi. Xususan, «Qalandar
ishqi» gʻazalining quyidagi baytida ushbu obrazlar vositasida oʻz ichki kechinmalari va holatini
namoyon qilgan:

Uning gulzorida bulbul oʻqib qon ayladi bagʻrim,
Koʻzimdan yoshni jo aylab, alamlar ichra botdimku.
1917-yilda yozilgan «Goʻzal Turkiston» sheʼrida esa mazkur anʼanaviy obrazlar vositasida

yurtida boʻlayotgan voqealarni betakror oʻxshatishlar orqali ifodalab bergan:

Goʻzal Turkiston, senga ne boʻldi?
Sahar vaqtida gullaring soʻldi.
Chamanlar barbod, qushlar ham faryod,
Hammasi mahzun, boʻlmasmi dil shod?
Bilmam, na uchun qushlar uchmas bogʻchalaringda?
Bunda shoir toʻgʻridan toʻgʻri yurtiga, xalqiga murojaat qiladi va elini hushyorlikka,

erkinlikka chorlaydi:

Yayrat, yashnat, oʻz vataning gulbog'laringda.
Baʼzi sheʼrlarida gul va bulbulni goʻzal bahor faslining darakchisi sifatida tasvirlab, bahor

kelishi bilan gullar chiroyli boʻlib ochilishi, ularning goʻzalliklariga oshiq boʻlgan qushlarning esa
betakror honush qilishlarini oʻz ichki olamiga monand tarzda ifoda etadi.

Aytarlar-kim, sovuq, gʻamli, qora qish
Oʻtbi ketib, kelmish chiroylik bahor.
Gulga oshiq boʻlib sayrar emish qush,
Gul ham u qushlarga nozlanib qarar.
1924-yil 14-avgustda yozilgan «Sozim» sheʼrida oʻsha davr muhitini, oʻz olamida

boʻlayotgan voqealarni ushbu obrazlar orqali namoyon qiladi:

Nafrat oʻlkasidan hijrat qilganmen,
Ulfat diyoriga maskan qurganmen,
Yuzimni o't emas, gulga burganmen,
Samoviy zavqlarga toʻlib turganmen
Bulbullar sevgini maqtagan damda!


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

206

Cho`lponning she’riy merosi nisbatan katta emas. “Uyg`onish” (1922), “Buloqlar” (1923),

“Tong sirlari” (1926) va “Soz” (1935) to`plamlari, shuningdek, “O`zbek yosh shoirlari” (1922)
jamoa majmuasidan, bundan tashqari, vaqtli matbuot sahifalaridan o`rin olgan she’rlari 300 taga
etmaydi, ammo ulardagi mavzu ko’lami, obrazlar xilma-xilligi va ularning talqini ko’lami ancha
kengdir.

Cho`lpon she’riyati orqali Vatan, Millat, Hurriyat, Istiqlol va Milliy taraqqiyot

tushunchalari kitobxonlar tafakkuriga singib borgan. Uning she’rlari o’sha davrlarda ham, keyin
ham katta ijtimoiy maqsadga xizmat qilgan. U bu she’rlari bilan bevosita xalqqa murojaat etib,
uning dilidagi dard va alamlarini unga tushunarli tilda va uni to`lqintirarli shaklda ifodalagan.
Boshqacha aytganda, u she’riyatni xalqqa, uning hayotiga, qalbiga, iztiroblari, azoblari, orzu va
umidlaridan iborat ruhiy olamiga yaqinlashtirgan. Bu Cho`lpon she’riyatiga xos bo`lgan asosiy
xususiyatlardan biridir. Bundan tashqari u nozik qalb va nozik ta’b shoir sifatida tuyg`uning,
hissiyotning she’riy asardagi kuchini benihoya oshirgan. o`zbek she’riyatining yangi janr va
shakllar bilan boyishiga, uning tilini soflash, soddalashtirish va yorqinlashtirish ishiga kata hissa
qo`shgan.

Hozirgi kunda o’zbek jadid adabiyoti vakillari ijodiga xos bo’lgan xususiyatlarni, xusuan

she’riy asarlarni puxta o’rganish, ularni tahlil qilish davr talabi darajasiga ko’tarilmoqda. Jadid
adabiyotining yirik vakili bo’lgan Abdulhamid Cho’lpon she’riyatini o’rganish, ulardagi
mavzular, g’oyalar va tasvirlarni, shoirning tabiat ilhomini tahlil qilish, ana shu she’rlaridagi tabiat
tasviri yoki boshqa bir mavzudagi she’rlarni, ularning zamiridagi asl ma’noni aniqlash, badiiy
san’atlarga qo’yib o’rganish, shu asnoda bo’lajak avlod tafakkurini o’stirish, ularni ma’naviy-
ruhiy jihatdan yuksaltirish masalasida Cho’lpon she’riyati alohida o’rin tutadi.


References

REFERENCES

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов