Authors

  • O'roloy Safarova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.21115

Keywords:

moral rule

Abstract

The Uzbek people have a rich heritage of education created during their long history. In addition, he has accumulated a unique experience of forming universal human qualities such as humanity, humility, hard work, friendship, faith, kindness, and decency in generations. We know that spiritual and moral qualities never arise by themselves, but there is a real source of their origin, the reasons that cause them and the forces that move them. After all, any moral rules arise as a result of certain historical necessity and develop on the basis of certain laws. It should be emphasized that the views of Eastern thinkers on education had a great influence on the formation of this experience.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

680

SHARQ MUTAFAKKIRLARINING TA'LIM- TARBIYAGA OID QARASHLARI

Safarova O'roloy Faxriddin qizi

Termiz davlat pedagogika instituti

oraloysafarova@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.8033052

Annotatsiya.

O’zbek xalqi o’zining uzoq tarixi davomida yaratilgan ta’lim-tarbiyaga oid

boy merosga ega. Bundan tashqari, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik,
do’stlik, iymon-e’tiqod, mehr-oqibat, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni shakllantirishning
o’ziga xos tajribasini to’plagan. Bizga ma’lumki, ma’naviy-axloqiy fazilatlar hech qachon o’z-
o’zidan vujudga kelmaydi, balki ularning kelib chiqishining haqiqiy manbai, ularni keltirib
chiqargan sabablar va harakatga keltiradigan kuchlar mavjuddir. Zero, har qanday axloqiy
qoidalar muayyan tarixiy zaruriyat natijasiga vujudga keladi va muayyan qonuniyat asosida
rivojlanib boradi. Shuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, Sharq mutafakkirlarining ta’lim-
tarbiyaga oid qarashlari bu tajribaning shakllanishiga ulkan ta’sir ko’rsatgan.

Kalit so’zlar:

axloqiy qoida, tarbiya, odob, barkamol inson, insonparvarlik, ma’naviy

fazilatlar, umuminsoniy qadriyatlar, milliy qadriyat, milliy tafakkur, islom madaniyati.

VIEWS OF EASTERN THINKERS ON EDUCATION

Abstract.

The Uzbek people have a rich heritage of education created during their long

history. In addition, he has accumulated a unique experience of forming universal human qualities
such as humanity, humility, hard work, friendship, faith, kindness, and decency in generations. We
know that spiritual and moral qualities never arise by themselves, but there is a real source of
their origin, the reasons that cause them and the forces that move them. After all, any moral rules
arise as a result of certain historical necessity and develop on the basis of certain laws. It should
be emphasized that the views of Eastern thinkers on education had a great influence on the
formation of this experience.

Key words:

moral rule, education, manners, perfect person, humanitarianism, spiritual

qualities, universal values, national value, national thinking, Islamic culture.

ВЗГЛЯДЫ ВОСТОЧНЫХ МЫСЛИТЕЛЕЙ НА ОБРАЗОВАНИЕ

Аннотация.

Узбекский народ имеет богатое наследие образования, созданное на

протяжении его многовековой истории. Кроме того, им накоплен уникальный опыт
формирования в поколениях общечеловеческих качеств, таких как человечность, смирение,
трудолюбие, дружба, вера, доброта, порядочность. Мы знаем, что духовные и
нравственные качества никогда не возникают сами по себе, но есть реальный источник их
происхождения, причины, их вызывающие, и силы, ими движущие. Ведь любые
нравственные правила возникают в результате определенной исторической
необходимости и развиваются на основе определенных законов. Следует подчеркнуть, что
большое влияние на формирование этого опыта оказали взгляды восточных мыслителей
на образование.

Ключевые слова:

нравственное правило, воспитание, нравы, совершенный человек,

гуманизм, духовные качества, общечеловеческие ценности, национальная ценность,
национальное мышление, исламская культура.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

681

Maqolada Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, odob-axloq masalalaridagi qarashlari,

islomda bolalar tarbiyasi to’g’risida so’z yuritilgan. Shuningdek, Sharq mutafakkirlarining ijodiy
faoliyatidagi ta’lim-tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar, qarashlarni yosh avlodning ongiga
singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to’g’ri foydalanish pedagogik
ta’lim jarayonida o’qituvchining pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan biri ekanligi
ochib berilgan.

Tarbiya ham ota-onalarning burchi va farzandlarning haqqidir. “Tarbiya” so’zi arabcha

“robba” fe’lidan olingan bo’lib, o’stirdi, ziyoda qildi, rioyasiga oldi, rahbarlik qildi va isloh qildi
ma’nolarini bildiradi. Musulmon ulamolar “tarbiya”ni bir necha xil ta’rif qilganlar. Jumladan,
imom Bayzoviy quyidagicha ta’riflaydi: “Tarbiya bir narsani asta-sekin kamoliga etkazishdir”.
Rog’ib Asfihoniy tarbiyani quyidagicha ta’rif qiladi: “Tarbiya bir narsani bir holdan ikkinchi holga
o’tkaza borib, batamomlik nuqtasiga etkazishdir. Tarbiyaning ma’nolaridan biri, insonning diniy,
fikriy va axloqiy quvvatlarini uyg’unlik hamda muvozanat ila o’stirishdir”. Islomda bolalar
tarbiyasi ota-onaning eng mas’uliyatli va uzoq davom etadigan burchlaridir. Boshqa burchlar ba’zi
ishlarni qilish yoki mulkni sarflash bilan oxiriga etadi. Ammo tarbiya mas’uliyati bardavom
bo’ladi. Zotan, ota-onaning farzand ne’matiga haqiqiy shukrlari ham aynan tarbiya mas’uliyatini
sharaf bilan ado etish orqali yuzaga chiqadi [1:339-340].

Odob masalasini insoniyat tarixida to’laqonli ravishda Islom boshlagan, desak mubolag’a

qilmagan bo’lamiz. Islomda kishining hayotidagi har bir narsaning o’z odobi bor. Dunyodagi
odobga bag’ishlangan asarlarning asosini va ko’piligini Islom halqlari vakillari tomonidan
yozilgan asarlar tashkil qiladi, degan gapda zarracha mubolag’a yo’q [1:342]. Qadimda Sharq
mutafakkirlari tomonidan ilgari surilgan qarashlar hamda g’oyalar bugungi kunda ham muhim
ta’lim-tarbiyaviy manba sifatida yoshlar ongi va qalbiga ma’naviy ozuqa berib kelmoqda.

Uzoq va boy tarixga ega bo’lgan Markaziy Osiyo xalqlari o’zining ta’limtarbiyaga oid boy

merosini yaratib, takomillashtirib, yoshlarni insonparvarlik, ilmparvarlik, mehr-oqibat,
mehnatsevarlik, insonlarga va tabiatga do’stlik, sahiylik kabi umuminsoniy fazilatlar ruhida
tarbiyalab kelishgan. Darhaqiqat, ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho madaniy meros
milliy ma’naviyatimizning o’zagini tashkil etadi. Shu sababli undan bugun yoshlarimizning ta’lim
va tarbiyasiga keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chunki, “Ajdodlarimizdan qolgan meros
millatimizning nafaqat o’tmishi, shuningdek, istiqboli uchun ham kuch va fidoiylik manbai
hisoblanadi” [2:47]. Har bir xalqning ta’lim-tarbiyaga oid an’analari borki, ular pedagogik tafikkur
taraqqiyotining asosi bo’lib xizmat qiladi va bola tarbiyasi haqidagi tasavvurlar va qarashlarni
ifodalaydi. Yuqorida aytganimizdek, har bir ota ona o’z farzandlarini barkamol inson bo’lishini
istaydi, o’zlari eta olmagan orzuumidlariga bolalarining etishligini o’ylaydi. Bolalarning har bir
yutug’idan quvonishadi, mag’lubiyatidan tashvishga tushishadi. Farzandlarini baxtli ko’rish ular
uchun eng baxtiyor damlar hisoblanadi. Buning uchun ularga bor kuch-quvvatini sarflashadi.
O’tmishda buyuk allomalarimiz, yuksak darajadagi ma’naviyat, axloq-odob saboqlarini
berganliklari, Vatan, xalq istiqboli, farovon turmush, halol mehnat, fan taraqqiyoti, inson mehnati,
atrof-muhitga oqilona munosabat haqidagi o’z qarashlarini bayon qilib berganliklariga guvoh
bo’lamiz. Mana shunday mangu allomalar jumlasiga Ahmad Yassaviyni kiritish mumkin.

Xoja Ahmad Yassaviy o’zining ma’naviy-axloqiy qarashlari bilan bugungi kunda ham

pedagogika faniga beqiyos qo’sha olganligi olib borilgan izlanishlardan ayon bo’lmoqda. “Xoja
Ahmad Yassaviyning nuqtai nazariga ko’ra ayyorlik, gunohlarni yashirish o’zgalarga xiyonat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

682

hisoblanadi. Bu fikrlari bilan Xoja Ahmad Yassaviy rostgo’ylik, halollik, o’z-o’ziga talabchanlikni
targ’ib qiladi. Zahmat chekkan odam sabrli, bardoshli, irodali bo’ladi, degan fikrni ilgari suradi.
Hushyorlik shaxsni faol harakat qilishga undaydi. Xoja Ahmad Yassaviy hikmatlari o’quvchi
shaxsini xushyorlikka, faol harakatlanishga, fitnalardan, fisqu fasod ishlardan o’zini olib
qochishga undaydi” [3:10]. Shuning uchun ham ta’lim tarbiya jarayonida ulardan keng foydalanish
maqsadga muvofiq hisoblanadi. Yana bir yiriq allomalardan biri Burxoniddiy Marg’inoniydir.
Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida diyonat, iymon, vijdon,
burch, insoniylik xususidagi g’oyalari shaxsni har tomonlama va uyg’un rivojlantirishning asosiy
vositasi bo’lib xizmat qilgan. Shu jihatdan qaraganda XXI asrda yashagan islom ta’limotining
yirik nomoyondasi Burxoniddiy Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlarida
erkinlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, iymon-e’tiqod, halollik, axloqiy poklik, odillik,
birodarlik, bilimlilik, mustaqil fikr hislatlari asosiy o’rinni egallaydi [4:9].

Alloma Marg’inoniy o’zining axloqiyhuquqiy qarashlari bilan xalqimiz ma’naviyatini

rivojlantirishga, musulmon dunyosi madaniyatining taraqqiyotiga hamda ijtimoiy pedagogik fikr
rivojiga salmoqli hissa qo’shgan. Farzandga adab, hunar o’rgatmakni meros deb bilg’il. Agar sen
xoh unga adab o’rgatg’il, xoh o’rgatmag’il turmush mashaqqatlarining o’zi unga o’rgatur.
Undoqkim debdurlar, ota-ona tarbiyalamasa, kecha va kunduz uni tarbiyalaydur [5:24]. Kaykovus
44 bobdan iborat bo’lgan “Qobusnoma” asarida ota-onalarning farzand tarbiyasidagi vazifa va
burchlari, farzandning ota-onaga munosabati, ularni qadrlash, insonlar orasidagi muomila odobi,
ularning o’zaro axloqiy munosabatlari, haqorat, qo’pollik kabi yomon odatlardan saqlanish
zaruriyati bilan bir qatorda bola tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratish, uning kelajagi uchun ota-
onaning mas’uliyati katta ekanligi kabi axloqiy masalalarga urg’u beriladi. Sharq
mutafakkirlarining ijodiy faoliyatidagi ta’lim va tarbiyaga oid yondashuvlar, g’oyalar, qarashlarni
yosh avlodning ongiga singdirishda tarbiya usullari va vositalarini bilish, hayotda ulardan to’g’ri
foydalanish – ta’lim jarayonida o’qituvchilarning pedagogik mahoratidagi muhim xususiyatlardan
biri hisoblanadi.

Keyingi yillarda odob-axloq mavzuiga bo’lgan qiziqish anchagina ortdi. Chunki milliy

mustaqillikka erishganimizdan so’ng, tarixiy va madaniy merosimizni o’rganishga bo’lgan
ehtiyojning kuchayishi, milliy va diniy hamda ma’naviy qadriyatlarimizning mazmunidagi
axloqiy g’oyalarni bilishga bo’lgan xalqimiz qiziqishlarining ortib borayotganligidir. Ta’lim-
tarbiya tizimini insonparvarlik yo’nalishini tubdan o’zgartirish va yangi zamon talablari darajasiga
ko’tarishning birinchi sharti – unga bir butun tizim sifatida yondoshish va shunga muvofiq, ish
olib borishdan iboratdir [6:87]. Yosh avlodda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy
mafkurani shakllantirish, boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Insonlar
o’zligini chuqur anglashi, mustaqillikning qadrini tobora teran tushunishi, milliy tafakkurning
kengayishi va takomillashuvi, tarixiy hurlik, mustaqillik ruhining uyg’onishini ta’minlash
ma’naviyat sohasidagi siyosatimizning asosiy maqsadiga aylandi [7:7].

Taniqli o’zbek pedagogi Abdulla Avloniy “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo

najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir” deb yozgan edi [8:14]. Mashoyixlarning
aytishlaricha, “har bir millatning saodati, davlatlarning tinch va rohati yoshlarning yaxshi
tarbiyasiga bog’liqdur” [5:13]. A.Avloniyning “Turkiy guliston yohud axloq” asari yangi usul


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

683

maktablarining yuqori sinflarida ta’lim va axloqiy tarbiya berish uchun darslik sifatida o’qitilgan.
A.Avloniyning asarini chuqur o’rganar ekanmiz, biz o’sha davrda maktablarda o’quvchilarga dars
berishda umuminsoniy va diniy qadriyatlari, xalq og’zaki ijodi, Qur’on oyatlari, hadislar
shuningdek, buyuk allomalarimizning hikmatli so’zlaridan imkon qadar keng foydalanganliklarini
ko’ramiz. Masalan, “Yaxshi xulqlar” qatoriga kiruvchi “Sabr” mavzusida: “Sabr insonlar uchun
buyuk bir fazilatdurki, janobi haq sobrlarni madh qilishdur. Shariati islomiyada janobi Haq
tarafidan kelgan balo va qazoga sabr qilmoq farzi ayndur”. Shul xususda so’ylanmish bir hadisi
sharifning ma’nosi “ilm imonli kishilarning muhibi, hilm homiysi, aql dalili, yaxshi amal
sarmoyasi, muloyimat volidi, afv axavoni, sabr hokimi vijdonidur,” - deyilishi. Arablar “assabru
miftohulfalah”- sabr shodlig’ning kalilidur deyurlar [9:7].

Oilada bolalarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda milliy qadriyatlardan foydalanishning

milliy pedagogik va uslubiy asoslarini ilmiy-nazariy jihatdan ishlab chiqishga bugungi kundagi
ehtiyoj va uni samarali hal etishning optimal yo’llarini topish asosiy muammolardan biri bo’lib
qolmoqda. Shunday ekan, oilada bola tarbiyasi umumdavlat ahamiyatiga molik muammodir. Shu
boisdan har qanday jamiyatni oilaga, oilada bola tarbiyasiga bo’lgan talabi ortib boradi. Ayni
vaqtda - davlatning, ota-onaning bolalarni tarbiyalashdagi, farzandlarning ota-ona oldidagi
mas’uliyatini oshirishdagi roli kuchayadi. O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti
I.Karimov aytganlaridek, “Buyuk ma’rifatparvar bobomizning bu so’zlari asrimiz boshida
millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun
shunchalik, balki undan ham ko’ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi” [5:7]. “Milliy
madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar
davomida misqollab to’plangan.

Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damlarda madad bo’lgan. Bizning

vazifamiz - shu xazinani ko’z qorachig’imizdek asrash va yanada boyitish” [10:78]. Milliy
taraqqiyotimiz uchun fundamental ahamiyatga ega ushbu fikr, ko’rsatma san’atga oid ilmiy
tadqiqotlar uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlar
tarbiyasiga alohida to’xtalib: “Bolalarimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz
tarbiyalashimiz lozim. Buning uchun yoshlarimiz bilan ko’proq gaplashish, ularning qalbiga quloq
solish, dardini bilish, muammolarini echish uchun amaliy ko’mak berishimiz kerak. Bu vazifalarni
amalga oshirishda biz asrlar mobaynida shakllangan milliy an’analarimizga, ajdodlarimizning boy
merosiga tayanamiz”. Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari faoliyatini bugungi
zamon talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb bilamiz.
Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana shu fikrlariga har
birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan o’g’il-qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda
istardim.

Mana, ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq bir maqsad sari harakat qilishi,

davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka
tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning
o’z ota-onalaridan bolalikdan olgan tarbiyalariga bog’liq” [11] deya ta’kidlab o’tdi. Tarbiya o’z
navbatida oiladan boshlanar ekan, biz o’z farzandlarimizni baxtisaodatini, kamolini, iqbolini,
buyuk inson bo’lib etishganligini va hayot abadiyligi avlodlar davomiyligini ta’minlaydigan
ma’naviy qo’rg’oni bo’lmish o’z oilamizning mustahkamligini ko’rishni istar ekanmiz, demak
oilada tarbiyalanuvchilarimizni har tomonlama sog’lom va barkamol etib tarbiyalashda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

684

tarbiyaning barcha turlariga e’tiborni kuchaytirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ota-
bobolarimizdan qolgan boy ma’naviy merosning yosh avlodni har tomonlama yuksalishi
tizimidagi o’rni va roli o’ziga xos xususiyatga va ko’rinishlarga ega. “Darhaqiqat, ajdodlar
tomonidan yaratilgan tarbiyaviy qadriyatlarni o’rganishda ta’lim tizimi imkoniyatlarga alohida
e’tibor qaratishlozim.

Sharq mutafakkirlarining asarlarini o’rganish, tahlil qilish, ularning ijodi va ta’lim-

tarbiyaga oid qarashlarini pedagogik nuqtai nazardan tadqiq etish muhim amaliy ahamiyatga ega”
[12:43]. Ular o’z asarlarida shaxs ma’naviyati, insonda odob-axloqning yuksak namunalarini
tarkib toptirish, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, halol mehnat bilan kun kechirish, atrof-muhitga
nisbatan oqilona munosabatda bo’lishga oid qarashlarni bayon qilganlar. Shunday qilib, inson va
uni tarbiyalash masalalari Sharq mutafakkirlari va allomalari o’z asarlarida insonning bilim olishi,
hunar egallashi, undagi yuksak ma’naviy-ahloqiy sifatlarni ulug’laydilar va shunday fazilatlarga
ega bo’lishga barchani chorlaydilar. Ma’naviy yuksak, zamonaviy ilm-fanni egallagan,
ajdodlarimizning boy ma’naviy merosga sohib chiqqan avlodni hech qanday tashqi kuch, g’oya
yoki mafkura aslo o’z ta’siriga tushira olmaydi. Bunday avlodni voyaga etkazgan xalqning
istiqboli porloq, kelajagi buyukdir.

REFERENCES

1.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila. T.: “Hilol-nashr”. 2013 y.

2.

A.Haydarov. Inson kamoloti va milliy-ma’naviy qadriyatlar. T.: Muharrir, 2008 y.

3.

M.Xajiyeva. Xoja Ahmad Yassaviyning ma’naviy-tarbiyaviy qarashlari. Avtoreferat. T.:
2004 y.

4.

M.Shoxadjyaev. Burxoniddin Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlari.
Avtoreferat. T.: 2006 y.

5.

M.Hamdamova. Ma’naviyat asoslari. T.: “Fan va texnologiya”. 2008 y.

6.

S.Dolimov, U.Dolimov. Kaykovus unsurulmaoniy qobusnoma T.: “Istiqlol” 1994 y.

7.

San’at – yoshlar nigohida. Magistrantlarning ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. T.:
2019 y.

8.

A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: O’qituvchi. 1992 y.

9.

Y.Abdullayev. Eski maktabda xat-savodga o’rgatish. T.: 1960 y. 38-bet

10.

I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008 y.

11.

Sh.Mirziyoyev. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24
yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. T.: 2016 y.

12.

Z.B.Jalilov. Sharq mutafakkirlari merosini o’rganishning didaktik metodlari. Zamonaviy
ta’lim jurnali. 2017 yil, 5-son.

References

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Baxtiyor oila. T.: “Hilol-nashr”. 2013 y.

A.Haydarov. Inson kamoloti va milliy-ma’naviy qadriyatlar. T.: Muharrir, 2008 y.

M.Xajiyeva. Xoja Ahmad Yassaviyning ma’naviy-tarbiyaviy qarashlari. Avtoreferat. T.: 2004 y.

M.Shoxadjyaev. Burxoniddin Marg’inoniyning axloqiy-huquqiy tarbiyaga oid qarashlari. Avtoreferat. T.: 2006 y.

M.Hamdamova. Ma’naviyat asoslari. T.: “Fan va texnologiya”. 2008 y.

S.Dolimov, U.Dolimov. Kaykovus unsurulmaoniy qobusnoma T.: “Istiqlol” 1994 y.

San’at – yoshlar nigohida. Magistrantlarning ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. T.: 2019 y.

A.Avloniy. Turkiy guliston yoxud axloq. T.: O’qituvchi. 1992 y.

Y.Abdullayev. Eski maktabda xat-savodga o’rgatish. T.: 1960 y. 38-bet

I.Karimov. Yuksak ma’naviyat – engilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008 y.

Sh.Mirziyoyev. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimidagi ma’ruzasi. T.: 2016 y.

Z.B.Jalilov. Sharq mutafakkirlari merosini o’rganishning didaktik metodlari. Zamonaviy ta’lim jurnali. 2017 yil, 5-son