WAYS TO SHAPE CHILDREN OF MIDDLE GROUP AGE'S PERCEPTION OF GEOMETRIC SHAPE.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Abdurashidova , E. . (2023). WAYS TO SHAPE CHILDREN OF MIDDLE GROUP AGE’S PERCEPTION OF GEOMETRIC SHAPE. Modern Science and Research, 2(6), 800–801. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21268
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about ways to form the imagination of children of the middle age group about geometric shapes.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

800

O'RTA GURUH YOSHIDAGI BOLALARNI GEOMETRIK SHAKL HAQIDAGI

TASAVVURLARINI SHAKLLANTIRISH YO’LLARI.

Abdurashidova E’zoza Rauf qizi

Yangiyer pedagogika kolleji Maxsus fanlar kafedrasi yetakchi o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8041502

Annotatsiya.

Ushbu maqolada o'rta guruh yoshidagi bolalarni geometrik shakl haqidagi

tasavvurlarini shakllantirish yo’llari

haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

Geometrik shakllar, didaktik o’yinlar, o’lchamlar, figuralar.

WAYS TO SHAPE CHILDREN OF MIDDLE GROUP AGE'S PERCEPTION OF

GEOMETRIC SHAPE.

Abstract.

This article talks about ways to form the imagination of children of the middle

age group about geometric shapes.

Keywords:

geometric shapes, didactic games, sizes, figures.

ПУТИ ФОРМИРОВАНИЯ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ ДЕТЕЙ СРЕДНЕЙ ГРУППЫ

О ГЕОМЕТРИЧЕСКОЙ ФИГУРЕ.

Аннотатция.

В данной статье рассказывается о способах формирования

представления детей средней возрастной группы о геометрических фигурах.

Ключевые слова:

геометрические фигуры, дидактические игры, размеры, фигуры.


Geometrik figuralar to'g'risidagi birinchi ma'lumotlarni bolalar o'yinlarda oladilar. O' quv

yilining boshida guruhga sharlar nabori, qurish materiallari, geometrik mozaika va, boshqalar olib
kiriladi.

Tarbiyachi bolalar bilan o'ynab, o'yinning eng boshidanoq ge metrik figuralarning to'g'ri

nomini ataydi, ammo bolalarnish uni eslab qolishlariga intilmaydi.

Mana shu davrda bolalar

zehnini boyitish, ularda turli shakllar haqida tasavvur to'plash muhim ahamiyatga ega. Ilk yoshdagi
guruhlarda bolalar shar va kubni bir-biridan farq qilishga o'rgatilgan edi. Biroq ba'zi bolalar
ikkinchi kichik guruhga birinchi marta keladilar, shuning uchun ishni shar va kub bilan
tanishtirishdan boshlash maqsadga muvofiqdir.

Geometrik figuralarni bir-biridan farq qilish va ularning ba’zi xususiyatlari bilan

tanishish. Bolalarni yangi geometrik figuralar bilan tanishtirmoq uchun ularning modellari
bolalarga oldindan tanish bo’lgan modellar bilan taqqoslanadi yoki ikkita yangi model bir-biri
bilan; to‘g‘ri to’rt burchakni kvadrat bilan, sharni kub bilan, silindrni kub va shar bilan
taqqoslanadi. Avval ular juftlab taqqoslanadi, keyin esa figuralarning guruhlari bir-biri bilan
masalan, kvadrat guruhi uchburchaklar guruhi bilan taqqoslanadi va hokazo.

Figuralarni ko‘rib chiqish va bir-biriga qiyoslash ma’lum tartibda olib boriladi: «Bular

nima? Rangi qanaqa? O‘lchamlari qanday? Nimadan yasalgan? Bir-biridan nima bilan farq qiladi?
Qaysi tomonlari bir-biriga O‘xshaydi?»

Savollarning ma’lurn tartibda berilishi bolalarni figuralarni izchillik bilan ko‘rib chiqishga

va tekshirishga, bir xil belgilariga qarab taqqoslashga, muhim belgilarini ajratib ko‘rsatish,
nomuhim belgilari (rangi, o‘lchamlari, materiali, fazodagi joylashishi) ga e’tibor bermaslikka
o‘rgatadi. Bolalarni figuralarning modellari bilan xilma xil ish bajarishlarini tashkil etish muhim
ahamiyatga ega, chunki bu modellar haqidagi tasavvurlar darajasi shaklni idrok etish tajribasining
boyligi bilan belgilanadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

801

Modellarni sezish — harakat vositasida tekshirib chiqish katta ahamiyatga ega. Ko‘rib

idrok etishda qo‘lning ishtirok qilishi shakllarni yaxshiroq idrok etishga yordam beradi.

Bolalar modelni barmoqlarining uchi bilan ushlab ko‘rib, uning konturi atrofidan barmoq

yurgazib chiqadilar. Pedagog ularni figura konturi bo‘ylab barmoq harakatini kuzatib borishga
undaydi: «qaranglar, barmoq uning atrofidan qanday aylanadi?» Model konturi atrofidan barmoq
yurgazish uning satqi bo‘ylab qo‘l yurgizib chiqish bilan tugallanadi.

Bolalar modellarni yumalatib, har xil holatlarda qo‘yadilar va ularning qanchalik to‘g‘ri

yoki to‘g‘ri emasligini aniqlaydilar.

O‘rta guruhda bolalargamashg’ulotdan tashqari vaqtda figuralarni farq qilishni mashq

qildirish uchun «Nima yo‘q bo‘lib qoldi?» yoki «Nima o‘zgardi?» kabi o‘yin mashqlari va
didaktiko ‘yinlardan keng foydalaniladi. Bolalar qaysi figurani yashirganlari yoki almashtirib
qo‘yganliklarini aytadilar.

«Ajoyib qopcha» o‘yini turli variantlarda o‘tkaziladi. Bolalar figuralarni taniydilar, ko‘rib

idrok etiladigan namunaga qarab uni paypaslab ko‘rib topadilar yoki, aksincha, ushlab ko‘rib idrok
etilgan namuna asosida figurani kO‘rib topadilar.

«O‘z o‘yingni top», «Samolyotlar» kabio ‘yinlar figuralar shaklini idrok etishdagi

konstantalik (turg‘unlik)ni o‘stirishga imkon beradi. Bu o‘yinlarda shnurlardan yasalgan
kvadratlar, uchburchaklar va boshqalar uychalar, aerodromlar vazifasini bajaradi. Mazkuro ‘yinlar
takroriy o‘tkazilayotganida bunday uychalar va aerodromlarning o‘lchamini kattalashtirish
maqsadga muvofiqdir.

Individual mashqlar o‘tkazish uchun «Juftingni top», «Kartochkaga mos figurani top» va

boshqa shu kabi o‘yinlardan foydalaniladi. Bolalar figuralarning rangli va kontur tasvirlarini
taqqoslab, tegishli shakllarni topadilar.

Predmetlarning shakllarini geometrik namunalar bilan solishtirib ko‘rish. Bolalar oldin

geometrik figuralarni ularga о ’xshash shakldagi predmetlar bilan solishtirib kо’rishni
mashqqiladilar. Ular figuralarning modellariga mos predmetlarni tanlab oladilar. Geometrik
figuralarni boshqa predmetlardan ajratib olishga, ularga namuna ma’nosini berishga mana shunday
qilib erishiladi. “Xuddi mana shunday shakldagi predmetni top”, “Men aytgan narsani top” va
boshqa shu “kabio ‘yin mashqlari o‘tkaziladi.

Bolalar predmetlarning shakllarini geometrik namunalar bilan bevosita taqqoslashdan

predmetlarning shakllarini so‘z bilan ta’riflashga o‘tadilar.

Mashqlar uchun avval oddiy shaklda bo‘lgan, detallari yo‘q predmetlar tanlab olinadi. Bir

turdagi (hap xil shakldagi bayroqchalar, taxtachalar va shu kabilardan) va har xil turdagi
predmetlar (kvadrat shaklli ro‘mol, to‘g‘ri burchakli sharfcha, uchburchakli ro‘mol, galstuk) dan
foydalanish maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1.

“Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi O`RMTV Toshkent-2022

2.

M.E.Jumayev. ―Bolalarda boshlang`ich matematik tushunchalarini rivojlantirish
nazariyasi va metodikasi‖ Toshkent. «Ilm-Ziyo» Qo‘llanma - 2013

3.

Qudrat Do‘stmuhammad. ―1 dan o‘ngacha‖ MTM tayyorlov guruhlari uchun
tavsiya Toshkent. «Sharq»-2000

4.

4.Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

References

“Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi O`RMTV Toshkent-2022

M.E.Jumayev. ―Bolalarda boshlang`ich matematik tushunchalarini rivojlantirish nazariyasi va metodikasi‖ Toshkent. «Ilm-Ziyo» Qo‘llanma - 2013

Qudrat Do‘stmuhammad. ―1 dan o‘ngacha‖ MTM tayyorlov guruhlari uchun tavsiya Toshkent. «Sharq»-2000

4.Ganiyeva, M. (2021). Effective Methods of TRIZ.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов