Authors

  • Oltinoy Do’smatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.21261

Keywords:

Afg’oniston

Abstract

This article covers the development of the maorif in the state of Afghanistan, the work done in the cultural and educational spheres, the achievements and results of Afghanistan in the field of Education. In addition, Afghanistan emphasized issues of the state of schools, implemented constitutional measures, World War II, and the development of the educational system in Afghanistan during the post-war period

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

882

IKKINCHI JAHON URUSHI VA UNDAN KEYINGI DAVRDA AFG’ONISTONDA

MAORIFNING RIVOJLANISHI

Do’smatova Oltinoy Tursun qizi

Termiz davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8053259

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Afg’oniston davlatida maorifning rivojlanishi, madaniy-

ma’rifiy sohalarda amalga oshirilgan ishlar, Afg’onistonning ta’lim sohasida erishgan yutuqlari
va natijalari haqida so’z yuritilgan.

Bundan tashqari, Afg’onistonda maktablarning holati, konstitutsiyaga oid amalga

oshirilgan tadbirlar, ikkinchi jahon urushi va undan keying davrda Afg’onistonda ta’lim tizimining
rivojlanishi masalalariga urg’u berilgan.

Kalit soʻzlar:

Afg’oniston, ta’lim tizimi, islohotlar, pedagogika o’quv yurtlari,

savodsizlikni tugatish, madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalar.

РАЗВИТИЕ ПРОСВЕЩЕНИЯ В АФГАНИСТАНЕ ВО ВРЕМЯ ВТОРОЙ МИРОВОЙ

ВОЙНЫ И ПОСЛЕ НЕЕ

Аннотация.

В данной статье рассказывается о развитии образования в афганском

государстве, о проделанной работе в культурно-просветительской сфере, о достижениях
и результатах Афганистана в сфере образования. Кроме того, акцент делается на
вопросах состояния школ в Афганистане, мер, принятых в соответствии с Конституцией,
развития системы образования в Афганистане во время Второй мировой войны и после
нее.

Ключевые слова:

Афганистан, система образования, реформы, педагогические

учебные заведения, ликвидация неграмотности, культурные и торгово-экономические
связи.

DEVELOPMENT OF EDUCATION IN AFGHANISTAN DURING WORLD WAR II

AND BEYOND

Abstract.

This article covers the development of the maorif in the state of Afghanistan, the

work done in the cultural and educational spheres, the achievements and results of Afghanistan in
the field of Education. In addition, Afghanistan emphasized issues of the state of schools,
implemented constitutional measures, World War II, and the development of the educational
system in Afghanistan during the post-war period

Key words:

Afghanistan, education system, reforms, pedagogical educational institutions,

termination of illiteracy, cultural and trade and economic relations.

Afg’onistonning ushbu davrgacha bo’lgan tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ta’lim

tizimi, madaniyat va maorif tushunchalari deyarli juda sekin tadrijiy rivojlanish bosqichlarini bosib
o’tganligini guvohi bo’lamiz. Faqatgina XX asrning 20-30-yillariga kelib, amir Omonullaxonning
sa’y-harakatlari natijasida birmuncha islohotlar o’tkazilganligini ko’rishimiz mumkin.

Afg’onistonda ikkinchi jahon urushi yillarida ta’lim tizimining rivojlanishi sekinlashdi.

Maorif vazirligi 1940-yilga kelib 1938-yilda qabul qilingan 5 yillik ta’limni rivojlantirish dasturini
qayta ko’rib chiqishga majbur bo’ldi. Bu bilan aholining o’ziga to’q qismlari ta’lim olishi
mumkinligi yana birinchi o’ringa chiqdi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

883

Urush yillarida maktab ta’limida pedagog kadrlarga bo’lgan talab yana kuchaydi. Lekin

o’qituvchilarning soni avvalgi yillarga qaraganda ko’paygan edi. Yashash sharoitining
og’irlashgani tufayli ko’plab malakali o’qituvchilar maktabni tashlab ketdilar, ularning o’rnini esa
quyi darajada bilim olgan kadrlar bilan to’ldirildi. 1957-yilda Kobulda nashr etilgan Maorif
Vazirligining 50-yillar hisobotida „o’qituvchilar qayerda bor bo’lsa, hammasi yig‘ildi“ deb
ko’rsatilgani ham buni tasdiqlaydi[9.669]. Kobul va Qandahor pedagogika o’quv yurtlarida o’quv
kurslari tezlashtirildi. 1940-yilda bu kurslarni bitirgan 215 ta bitiruvchi boshlang’ich maktablarga
jo’natildi[7.198]. O’qituvchilarni malakasini oshirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirildi,
shulardan biri 1945/1946-yillarda Kobulda o’qituvchilar malaka oshirish kechki kurslarining
tashkil qilinishi bo’ldi. Bu kurslar ikki bo’limdan iborat bo’lgan: ularning biri boshlang’ich maktab
o’qituvchilarini tayyorlagan, ikkinchisi to’liqsiz o’rta ta’limga yo’naltirilgan. Ta’lim pedagogika
bilim yurtining mas’ul bo’limi dasturi asosida olib borilgan.

Afg’onistonda pushtu tili o’qituvchilari uchun bir qancha kurslar faoliyat yuritgan. Maorif

vazirligining buyrug’iga ko’ra xalq ta’limi tizimida ishlaydigan barcha o’qituvchi va xizmatchilar
bo’sh vaqtlarida xaftada 3 marta bir soatdan pushtu tili kurslariga borishlari shart edi. Pushtu tili
bo’yicha tekshiruv imtihonida 6 balldan past baho olgan o’qituvchilarning maoshi 6% ga
pasaytirilishi belgilab qo’yildi.

1941/1942-yillarda barcha boshlang’ich maktablarda o’qish muddati 6 yillik qilib belgilab

qo’yildi. 5 va 6-sinflar uchun 1942/1943-yillarda 54 ta yangi maktablar ochilgan.

Urush yillarida katta yoshli aholi o’rtasida savodsizlikni tugatish bo’yicha kurslarning

ishlashi davom ettirildi. Bu kurslar armiyada ham tashkil etildi. Afg’on hukumati chet eldan ham
malakali mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb etgani uchun ularga mahalliy kadrlarga qaraganda
ko’proq mablag‘ sarflagan. Chunki ular o’z maoshlaridan norozi bo’lsalar, xohlagan vaqtda
shartnomani tugatib, mamlakatdan ketishi mumkin bo’lgan. 1944-yilda Maorif vazirligi Britaniya
Hindistoni hukumatiga litseylarga ingliz tilida dars o’tish uchun o’qituvchilar guruhini jo’natishni
so’rab murojaat qildi.

Yosh avlodning dunyoqarashining shakllanishiga bu vaqtda ham ruhoniylarning ta’siri

kuchli bo’lgan. O’quv dasturida avvalgidek diniy fanlar keng o’rin olgan edi. 1944-yilda diniy
ta’lim tizimi Kobuldagi musulmon qonunshunoslari diniy seminariyasi bilan to’ldirildi.
„Seminariyani tashkil etishdan maqsad, - deyiladi Maorif vazirligining hisobotida, - zamonaviy
bilimga ega ulamolarni va maktablar uchun diniy o’qituvchilarni tayyorlashdir“. Seminariyada
o’qish muddati 3 yil bo’lib, 1944-yilda 80 ta o’quvchi qabul qilingan[5.53].

Ikkinchi jahon urushidan so’ng Afg’onistonda maorif rivolanishining yangi bosqichi

boshlandi. Bunga sabab Afg’oniston iqtisodiyotida birmuncha o’sishning kuzatilishi bo’ldi.
Urushdan keyingi davrda afg’on jamoatchiligi orasida xalq ta’limi tizimini kengaytirish va
mamlakatda aholi savodsizligiga barham berish uchun chiqishlar tez-tez takrorlanib turdi.
Ma’rifatparvarlikning maqsadlari „Vish Zalmiyon“ („Uyg’oq yoshlar“) nomi ostida mashhur
bo’lgan ijtimoiy harakatlar dasturida o’rin olgan edi. Uning a’zolari jaholat va madaniy qoloqlikni
tugatishga chaqirdilar. 50-yillarda, xususan, 5 yillik reja qabul qilingandan so’ng
ma’rifatparvarlikda ma’lum o’sish kuzatildi. Bunga birinchi navbatda xalq ta’limiga ajratilgan
mablag’larning ko’payganligi sabab bo’ldi.

Bu paytga kelib Afg’onistonda ta’lim sohasida G’arb davlatlari bilan hamkorlikning

kuchayganligini kuzatishimiz mumkin. Ayniqsa, AQSh va Angliya mutaxassislarining mamlakat


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

884

ta’lim tizimiga ko’plab jalb qilinishi va ularning ko’magida kadrlar tayyorlash tizimining
yaxshilanganligi diqqatga sazovor hodisa bo’ldi. Ammo maktab va litseylarda xorijda nashr
etilgan darsliklardan foydalanilishi oqibatida afg’onlarning o’ziga xosliklari o’quvchilarga
o’rgatilmagan va biroz tushunmovchilik tug’dirgan[8.225].

Afg’onistonda professional-texnik o’quv yurtlariga o’quvchilarni yig’ishda jiddiy

qiyinchiliklarga duch kelindi. Shu sababli Maorif vazirligi professional-texnik maktablarga
hunarmandlarning farzandlarini qabul qilish haqida qaror chiqardi. Maorif vazirligi professional-
texnik maktablarda o’qiydigan o’quvchilarning sonini ko’paytirish uchun 1946-yilda Kobulda 5
ta to’liqsiz o’rta maktab tashkil qildi. Ularning har birida 100 o’ringa mo’ljallangan pansionati
ham mavjud edi. Bu maktablarda Kobul aholisidan 200 bola, Qandahor, Hirot va Mozori-
Sharifdan 300 bola o’qirdi. Professional maktablarni bitiruvchilar shunga qaramasdan baribir kam
edi. 1946-yilda mexanika maktabini – 14 ta, qishloq xo’jaligini – 19, tibbiyot – 13, farmasevtikani
– 15 va sanitarlar maktabini – 65 ta o’quvchi bitirdi[5.64].

Afg’onistonning madaniy hayotida 1946-yilda Kobul universitetining tashkil qilinishi

muhim voqea bo’ldi. Uning tarkibida tibbiyot, yuridik, siyosiy fanlar, gumanitar va tabiiy fanlarni
o’z ichiga olgan fakultetlar mavjud edi. 1946-yilda meditsina fakultetini 8 ta talaba
tugatgan[1.100]. Fakultet qoshida labaratoriyadan tashqari, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan
tajriba kasalxonasi ishlab turgan. 1948-yilda universitetning butun kutubxonasida 4000 tom kitob
jamlangan. Kobul universiteti talabalari oyiga 50-100 afg’oniy stipendiya ham olganlar[10.191].
Kobul universiteti xorij oliy o’quv yurtlari bilan musahkam aloqada bo’lgan.

1956-yilda Maorif vazirligi Kobul universitetiga islom tarixi, falsafa va arab adabiyotidan

ma’ruza o’qish uchun misrlik ma’ruzachilarni taklif qildi. Ko’plab taniqli ma’rifatchilarni o’z
ichiga olgan Afg’on madaniy delegatsiyasi so’nggi yillarda Sovet Ittifoqi, XXR, Polsha, Janubiy
Koreya va boshqa davlatlarda bo’ldi. O’z navbatida ko’plab davlatlarning madaniy delegatsiyalari
Afg’onistonda ham bir necha bor bo’ldilar.

Mamlakatga tashqi kuchlarning – SSSR, Xitoy va AQShning katta ta’siri ziyolilar orasida

so’l va liberal qarashlarning yoyilishiga olib keldi. Qayta jonlangan Islom dunyosi bilan bo’lgan
aloqalar esa Kobul Universitetining Ilohiyot fakulteti negizida “Musulmon yoshlari” radikal
harakatining tuzilishiga olib keldi. Dovud ichki va tashqi siyosiy muammolar majmuini hal
etishning uddasidan chiqolmadi va 1963 yilda iste’foga chiqarildi[3.155].

Zohirshoh boshqaruvi davrida afg’on jamiyatini zamonaviylashtirish borasida islohotlar

o’z natijasini bergan. Zohirshoh hukumronligi davrida hukumatga ko’plab chet el maslaxatchilar
taklif etildi birinchi zamonaviy unversitetga asos solindi. Zohirshoh davrida ayollar ta’lim olish
va saylash imkoniyatiga ega bo’ldilar, shohning oila a’zolari hukumatda biror bir mansabni
egallashni man etildi. Yevropa bilan madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirdi. Sanoatni
rivojlantirish qishloq xo’jaligini yangilash borasida chora tadbirlar amalga oshirildi. Ayollarga
chodra o’rash majburiyati bekor qilindi. Afg’oniston davlatchilik tarixida aynan XX asrning 50-
60 yillarida o’zining rivojlanish bosqichining hamma sohalarida ancha yuksalishi kuzatilgan va
o’zining tinch totuv davrini boshidan o’tkazgan[6.289].

Zohirshoh Yevropa bilan madaniy va savdo-iqtisodiy aloqalarni kuchaytirdi. Uning

mashhur iborasi bor edi: “Qur’onda Alloh ilmiy-texnikaviy taraqqiyotga qarshi deb aytilmagan,
shunday ekan nega bunga harakat qilmasligimiz kerak”. Zohirshoh hukumronligi davrida
Afg’anistonda ko’plab o’zgarishlar olib borildi. Aynan shu davrda 1964- yil 1 oktabrda


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

885

Afg’onistonda shoh tomonidan tasdiqlangan yangi Konstitutsiya kuchga kirdi. Bu Afg’oniston
davlatchiligi tarixidagi uchinchi Konstitutsiya edi (birinchi Konstitutsiya. 1923 yil [2.69], ikkinchi
Konstitutsiya. 1931 yil qabul qilingan) [4.21]. Aynan shu davrda madaniyat sohasida qator
islohotlar amalga oshirildi. 1959 yil ayollarga chodra o’rash majburiyati bekor qilindi. O’tkazilgan
islohotlar afg’on jamiyati sinfiy tuzilishida bir qancha o’zgarishlarga olib keldi. Milliy
burjuaziyaning iqtisodiy mavqei mustahkamlandi. Afg’onistonning yangi konstitutsiyasi butun
sud tizimini qayta tashkil qilishni nazarda tutgan. Sud organi faoliyatining huquqiy asoslarini
kuchaytirish ruhoniylarning sud tizimidagi ta’sirini cheklashga qaratilgan. Afg’onistonning yangi
Konstitutsiyasi mamlakatni rivojlantirish borasidagi kuchli progressiv qadam bo’ldi.

Urushdan keyingi davr mustaqil Afg’oniston maorifini rivojlantirishda muhim bosqich

hisoblanadi. Bu davr ta’limning barcha sohalarida islohotlar qilinganligi bilan xarakterlanadi.
Mamlakatda boshlang’ich maktablarning soni ikki marta ortdi, yangi o’rta va professional texnik
maktablar va katta yoshli aholi o’rtasida savodsizlikni tugatish bo’yicha bir qancha kurslar tashkil
qilindi. Qishloq tumanlarda ta’limni yaxshilashga erishildi. Bu Afg’oniston jamiyatining keyingi
rivojlanishi uchun juda katta samara keltirdi, desak xato qilmagan bo’lamiz.

REFERENCES

1.

Barfield, Thomas. Afghanistan: A Cultural and Political History. – Princeton Uni Press,
2010. – P.100.

2.

В.Н. Дурденевский, Е.Ф.Лудшувейт, Конститутции Востока, Госиздат. – Л., 1926. –
С.68-73.

3.

Коргун В. Н. Формирование и эволюция политической системы современного
Афганистана 1919-1999 гг.: Дис. … докт. ист. наук. – М., 2000. – C.155.

4.

“Конститутции государств Ближнего и Среднего Востока”, ИЛ. – М., 1956. – С.13-
28.

5.

Т.И.Кухтина. Просвещение в независимом Афганистане. – М., 1960. – С.53.

6.

1

.نم یاهتشاددای .یلو هاش لاشرام Morshol Shoh Vali. Yoddoshthoyi man (Esdaliklarim). –

Kobul, 1959. – S.289.

7.

.نطو خیرات هصلاخ .ناخنامیلس دمحم Muhammad Sulaymonxon. Xulosaye torixe vatan (Vatan
tarixi xulosalari). – Kobul, 1920. – S.198.

8.

H.Penzl. Modern language instruction in Afghanistan. – London, 2002. – P.225.

9.

.موس دلج .ناتسناغفا خیرات Torixe Afg’oniston (Afg’oniston tarixi). T.3. – Kobul.: Anjo’mane
torixe Afg’oniston, 1336/1957. – S.669.

10.

S.M.Shah. Trade with Afghanistan. – London, 2008. – P.191.

11.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

12.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.

Марказий Осиё тарихи ва маданияти

,

1

(1), 341-344.

13.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA

SURXON

VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK

TAVSIFI.

Oriental renaissance: Innovative, educational,

natural and social

sciences

,

2

(1), 43-51.

References

Barfield, Thomas. Afghanistan: A Cultural and Political History. – Princeton Uni Press, 2010. – P.100.

В.Н. Дурденевский, Е.Ф.Лудшувейт, Конститутции Востока, Госиздат. – Л., 1926. – С.68-73.

Коргун В. Н. Формирование и эволюция политической системы современного Афганистана 1919-1999 гг.: Дис. … докт. ист. наук. – М., 2000. – C.155.

“Конститутции государств Ближнего и Среднего Востока”, ИЛ. – М., 1956. – С.13-28.

Т.И.Кухтина. Просвещение в независимом Афганистане. – М., 1960. – С.53.

مارشال شاه ولی. یادداشتهای من. Morshol Shoh Vali. Yoddoshthoyi man (Esdaliklarim). – Kobul, 1959. – S.289.

محمد سلیمانخان. خلاصه تاریخ وطن. Muhammad Sulaymonxon. Xulosaye torixe vatan (Vatan tarixi xulosalari). – Kobul, 1920. – S.198.

H.Penzl. Modern language instruction in Afghanistan. – London, 2002. – P.225.

تاریخ افغانستان. جلد سوم. Torixe Afg’oniston (Afg’oniston tarixi). T.3. – Kobul.: Anjo’mane torixe Afg’oniston, 1336/1957. – S.669.

S.M.Shah. Trade with Afghanistan. – London, 2008. – P.191.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.