ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
910
TALABALARNI HARBIY VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASHNING
USTUVOR VAZIFALARI
Madaminov Baxromjon Mansurjonovich
FarDu Aniq va tabiiy fanlar kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8053321
Annotasiya.
Maqola Vatanimizning asosiy kuchi, taraqqiyotimizning asosiy ustuni bo‘lgan
Yoshlarimizning harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash jarayoni va harbiy vatanparvarlik
tarbiyalashda asosiy ustuvor vazifalarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Shu bilan birga yoshlarni
harbiy vatanparvarlik tarbiyalash tizimi hamda bugungi kunda harbiy vatanparvarlik
tarbiyalashda to‘sqinlik qiladigan ayrim muammolar bilan ham tanishtirib o‘tamiz.
Kalit so‘zlar:
Vatan, Vatanparvar, harbiy, konsepsiya, faxriy, xizmatchi, Qo‘l jangi, Yozgi
biatlon, Merganlik.
PRIORITIES FOR EDUCATING STUDENTS IN THE SPIRIT OF MILITARY
PATRIOTISM
Abstract.
The article is devoted to the study of the main power of our Motherland, the
process of upbringing of our youth in the spirit of military patriotism, which is the main pillar of
our development, and the main priorities in the upbringing of military patriotism. At the same
time, we will also introduce young people to the system of military patriotic education, as well as
some problems that hinder the education of military patriotism today.
Key words:
Homeland, Patriot, military, concept, veteran, servant, hand-to-hand combat,
summer biathlon, sniffing.
ПРИОРИТЕТНЫЕ ЗАДАЧИ ВОСПИТАНИЯ УЧАЩИХСЯ В ДУХЕ
ВОЕННОГО ПАТРИОТИЗМА
Аннотация.
Статья посвящена изучению процесса воспитания молодежи в духе
военного патриотизма, главной силы Отечества, главной опоры нашего прогресса и
основных приоритетов в воспитании военного патриотизма. Вместе с тем, ознакомим
молодежь с системой военно-патриотического воспитания, а также с некоторыми
проблемами, которые сегодня мешают военно-патриотическому воспитанию.
Ключевые слова:
Отечество, Патриот, военный, понятие, ветеран,
военнослужащий, рукопашный бой, Летний биатлон, снайперская стрельба.
Yoshlarni harbiy vatanparlik ruhida tarbiyalash o‘sib kelayotgan yosh avlodning millati,
tili, kasbi va ishtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar Vatanga bo‘lgan sadoqatini shakllantirish,
fuqarolik burchlarini va konstitusiyaviy majburiyatlarni bajarishga, jamiyat va davlatimizning
manfaatlarini himoya qilishga qodir shaxslar etib tarbiyalashga yo‘naltirilgan davlat organlari,
jamoat birlashmalari va tashkilotlarning ko‘p bosqichli, tizimli, maqsadli va muvofiqlashtirilgan
faoliyatiga aytiladi. Yoshlarni harbiy vatanparlik ruhida tarbiyalashda ta’lim muassasalarining
faoliyati asosiy rol o‘ynaydi. Sababi yoshlarning asosiy vaqti ta’lim muassasida ta’limtarbiya
olishga qaratilgan bo‘lib, maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi va oliy ta’lim muassasalarida beriladi.
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha mamlakatimizda ham bir
qancha ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Sababi yoshlarni harbiy vatanparvarlik ro‘hida
tarbiyalash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Hozirgi murakkab globallashuv
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
911
davrida, axborotkommunikasiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanib borayotgan sharoitda
yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bilan bog‘liq dolzarb vazifalar va ularni hal
yetish yo‘llari, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, oila, mahalla, ta’lim-tarbiya
institutlarining bu boradagi roli va ahamiyatini, o‘zaro hamkorligini milliy va xalqaro huquqiy
normalarni hisobga olgan holda belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil 23- fevraldagi 140-son qaroriga binoan “Yoshlarni harbiy-
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi” ishlab chiqilgan bo‘lib ushbu konsepsiyaning 2
bobida Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi va asosiy vazifalari aniq
belgilab berilgan. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning maqsadi yoshlarda
jamiyatning turli tarmoqlari, ayniqsa, harbiy soha bilan aloqador bo‘lgan davlat xizmati turlarida
faollik ko‘rsatish, tinch va harbiy sharoitda Konstitusiya va harbiy burchga sadoqatli bo‘lish,
ularda o‘z yurti va xalqi taqdiri uchun yuksak mas’uliyat va javobgarlik kabi muhim xususiyatlarni
shakllantirishdan iborat.
Quyidagilar yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning asosiy vazifalari
hisoblanadi:
- yoshlarni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga
Vatan himoyasi sharafli va muqaddas burch yekanini chuqur singdirish;
- qadimiy tariximiz va madaniyatimiz, jonajon Vatanimizning mustaqilligi va ravnaqi
yo‘lida fidokorona kurashgan milliy qahramonlarimiz bilan faxrlanish, ularga munosib bo‘lish
tuyg‘usini shakllantirish, milliy armiyamizning qudrati va salohiyatiga bo‘lgan ishonchni
kuchaytirish;
- milliy armiyamizga jismonan baquvvat va ma’nan yetuk yoshlar zarurligi, harbiy xizmat
har bir O‘zbekiston fuqarosi uchun muqaddas burch yekani haqidagi tushunchani hamda bu
boradagi nazariy-amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash;
- yoshlarda yon-atrofimiz va jahonda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga milliy
manfaatlarimizdan kelib chiqqan holda yondashish ko‘nikmalarini, turli ichki va tashqi tahdidlarga
qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish;
- har qanday murakkab vaziyatlarda tezkor va mustaqil qaror qabul qilish, zamonaviy
harbiy-texnika vositalaridan samarali foydalanish malakasiga yega yoshlarni tarbiyalash;
- O‘zbekiston manfaatlarini nafaqat harbiy sohada, balki hayotning barcha jabhalarida
himoya qilishga tayyor turish, yurt uchun fidoyi bo‘lish - bu bugungi kun talabi yekanini hayotiy
misollar va ta’sirchan vositalar orqali yoshlar ongiga singdirib borish.
“Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi”da belgilangan
vazifalardan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasi talabalarini harbiy vatanparvarlik ruhida
tarbiyalash bo‘yicha qo‘yidagi vazifalarni amalga oshirish maqsadga muvofiq deb o‘ylayman:
Birinchidan mamlakatimizda Qurolli Kuchlar sohasida amalga oshirilayotgan
islohotlarning mazmun-mohiyatini targ‘ib qilish va talabalar orasida harbiylik kasbiga hurmat va
ye’tiborni yanada kuchaytirish maqsadida “ma’naviyat soatlari”da O‘zbekiston Respublikasi
Qurolli Kuchlariga oid, harbiy kasb va harbiylar hayotiga oid mavzularda mashg‘ulotlarni tizimli
tashkil etish;
Ikkinchidan 14 yanvar “Vatan g‘imoyachilari kuni” munosabati bilan boy hayotiy
tajribaga yega bo‘lgan harbiy xizmatchilar va Qurolli Kuchlar faxriylari, ilm-fan, madaniyat va
sport sohalarida, turli musobaqa va tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan harbiy xizmatchilar
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
912
hamda urush qatnashchilari, boshqa jangovar harakatlar qatnashchilari ishtirokida talabayoshlar
bilan rejali uchrashuvlar, davra suxbatlari, turli vektorinalar tashkil qilish, muddatli va kontrakt
asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va talaba yoshlar o‘rtasida harbiy sport
musobaqalarini tashkillashtirib borish, harbiy sohaga oid mavzularda insholar tanlovi, ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlar tashkil etish;
Uchinchidan 9 may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi va
front orti mehnat faxriylari, mustaqillik yillarida xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan
harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ko‘rsatgan matonat, mardlik
va jasoratning ahamiyatini talaba yoshlar orasida tushuntirish, targ‘ib va tashviq qilish bo‘yicha
madaniy-ma’rifiy va vatanparvarlik yo‘nalishidagi tadbirlar o‘tkazilishini tashkil qilish, ushbu
toifadagi shaxslarni qutlash, holidan xabar olish maqsadida ularning yashash joyiga rahbarlar
ishtirokida talaba yoshlarning tashrifini tashkil etish;.
To‘rtinchidan ta’lim muassasalarida harbiy sportga oid tugaraklarni tashkil etish, jumladan
“Qo‘l jangi”, “Yozgi biatlon”, “Merganlik” kabi sport turlaridan tugaraklar ochish va talaba
yoshlarni qatnashishini ta’minlash;
Beshinchidan ta’lim muassasasiga yaqin bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa
vazirligi harbiy qismlari bilan hamkorlik aloqalarini tashkil etish, vatanparvarlik tarbiyasiga doir
hamkorlik rejasini ishlab chiqish va amalda qo‘llash;
Oltinchidan ta’lim muassasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda Qurolli
Kuchlarning harbiy xizmatchilarini ishtirokini ta’minlash va harbiy xizmatchilar bilan ma’naviy-
ma’rifiy tadbirlarni tashkil etish borasida tajriba almashinish.
Xulosa: Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda ta’lim muassasalarining
o‘rni nihoyatda katta bo‘lib, ta’lim muassasasida ta’lim berish bilan birga tarbiyaviy ishlar
birgalikda amalga oshiriladi. Oliy ta’lim muassasalari talabalarining harbiy vatanparvarlik ruhida
tarbiyalashda ta’lim muassasasida o‘tkaziladigan ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy tadbirlar, harbiy
xizmatchilar bilan hamkorlikda tashkil etiladigan tadbirlar orqali olib boriladi.
REFERENCES
1.
Мадаминов, Б. (2023). ЎҚУВЧИ ЁШЛАРДА ҚАҲРАМОНЛИК РУҲИНИ
ШАКЛЛАНТИРИШДА, ТАШВИҚОТ ИШЛАРИНИНГ АҲАМИЯТИ. IJTIMOIY
FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(1), 25-26.
2.
Mansurjonovich, M. B., & Axadjonovich, Q. C. S. (2022). HARBIY PEDOGOGIKA VA
HARBIY
PEDAGOG
KADRLARNI
TAYYORLASH
MASALALARI.
O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY TADQIQOTLAR
JURNALI, 2(13), 744-749.
3.
Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia
Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.
4.
Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH
ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY
JURNALI, 2(11), 176-182.
5.
Vosiljonov,
A.
(2022).
PRAGMALINGVISTIKA
VA
UNING
TAHLILIY
SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.
ISSN:
2181-3906
2023
International scientific journal
«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»
VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ
913
6.
Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS
ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.
7.
Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE
EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research
in education, technology and management, 2(2).
8.
Iminov, B. B. (2020). INNOVATIVE CULTURAL LINKS ARE AN IMPORTANT
FACTOR IN SOCIAL DEVELOPMENT. Scientific and Technical Journal of Namangan
Institute of Engineering and Technology, 2(3), 263-270.
9.
Iminov, B. B. (2019). A PHILOSOPHICAL APPROACH TO INNOVATIVA AND
CULTURAL-RELATIONS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT. Scientific and
Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(5), 157-162.
10.
Buzrukova, D. M. (2023). “MUHABBAT” HISSIY KONSEPTINING TURLI
LINGVOMADANIYAT VAKILLARI IDROKIDAGI TASVIRI. BARQARORLIK VA
YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(1), 178-183.
11.
Бузрукова, Д. (2022). ҲИС-ТУЙҒУЛАР УНИВЕРСАЛЛИГИ ВА ҲИССИЙ-
ЛИСОНИЙ ОЛАМ МАНЗАРАСИГА ПСИХОЛИНГВИСТИК ЁНДАШУВ. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(11), 239-242.
12.
Mamurkhanovna, D. B. (2022). The Concept Of “Love” As An Important Element Of The
Emotional World Landscape. EPRA International Journal of Research and Development
(IJRD), 7(5), 95-98.
13.
Tursunova, D. T., Abobakirova, O. N., Buzrukova, D. M., Mahmudova, O. T.,
Ubaydullayeva, Z. H., & Kholmatova, N. N. (2022). Principal Principles And Important
Factors Of Student Women's Social Activity. Journal of Positive School Psychology, 6262-
6269.
14.
Buzrukova, D. M. M. (2023). TARBIYACHI VA OTA-ONALARNING O ‘ZARO
HURMATGA ASOSLANGAN MULOQOTINING KALIT FAKTORLARI. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(4), 793-797.
15.
Buzrukova, D. M. (2023). Muhabbat" konseptining lingvomadaniy o'ziga xosligi. FarDU.
ILMIY XABARLAR, 1, 318-321.
