HIGH – SPIRITUAL MATURITY, IDEALITY AND PEDAGOGICAL VIEWS OF THE CLASS LEADER.

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Vosiljonov, A. ., & Abdullazizova, R. (2023). HIGH – SPIRITUAL MATURITY, IDEALITY AND PEDAGOGICAL VIEWS OF THE CLASS LEADER. Modern Science and Research, 2(6), 1182–1186. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21569
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Upbringing refers to a set of all influences, activities, actions, aspirations aimed at forming a person's personality, ensuring his active participation in social, political, cultural, educational life. Upbringing is not only the processes carried out in the organizations of the family, school, children and youth, but also the ideology, the leading ideas of which are instilled through the media, newspapers and magazines.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1182

SINF RAHBARINING YUKSAK – MA’NAVIY KAMOLOTI, G’OYAVIYLIGI

VA PEDAGOGIK QARASHLARI.

Vosiljonov Azizbek Boxodirjon o‘g‘li

FarDU o‘qituvchisi

Abdullazizova Rohatoy Usmonaliyevna

FarDU mustaqil tadqiqotchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8077582

Annotatsiya.

Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy,

ma’rifiy hayotida faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar,
intilishlar majmuini anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida
olib boriladigan jarayonlar bo’libgina qolmay, uning yetakchi g’oyalari ommaviy axborot
vositalari, gazeta va jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham o’z ichiga oladi.

Kalit so‘zlar:

indivudial - psixik, keng fikrlilik.

HIGH – SPIRITUAL MATURITY, IDEALITY AND PEDAGOGICAL VIEWS OF

THE CLASS LEADER.

Abstract.

Upbringing refers to a set of all influences, activities, actions, aspirations aimed

at forming a person's personality, ensuring his active participation in social, political, cultural,
educational life. Upbringing is not only the processes carried out in the organizations of the family,
school, children and youth, but also the ideology, the leading ideas of which are instilled through
the media, newspapers and magazines.

Keywords:

indivudial-psychic, broad-minded.

ВЫСОКАЯ – ДУХОВНАЯ ЗРЕЛОСТЬ, ИДЕЙНОСТЬ И ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ

ВЗГЛЯДЫ КЛАССНОГО РУКОВОДИТЕЛЯ.

Аннотация.

Под воспитанием понимается совокупность всех воздействий,

действий, поступков, стремлений, направленных на формирование личности человека,
обеспечение его активного участия в его социальной, политической, культурной,
просветительской жизни. Воспитание-это не только процессы, происходящие в семье,
школе, детских и молодежных организациях, его ведущие идеи также включают
идеологию, привитую средствами массовой информации, газетами и журналами.

Ключевые слова:

индивидуально - психическое, широкомасштабное мышление.


“Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-

axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat
bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli,
yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin.
Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado
berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin.

Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan.”

Muhtaram prezidentimiz aytganidek yoshlarni tarbiyalash

hozirgi davrida maktab va uydagi

o’quv-tarbiya ishlarini amalga oshirayotgan pedagogik jamoa oldiga juda katta vazifalar
qo’ymoqda. Maktab yosh avlodning dunyoqarashini tarkib toptirish, g’oyaviy, siyosiy jihatdan
chiniqtirish, yuksak axloqiy fazilatlarga ega qilish, mehnatiga va ongli kasb tanlashga tayyorlash


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1183

lozim. Bu vazifalarni hal qilishda sinf rahbari muhim ro‘l o’ynaydi. Chunki, u bir sinf sharoitida
tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirishga qaratilgan ishlarni tashkil etadi va boshqaradi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyat va ma’rifat jamoatchilik markazi

faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish to’g’risida”gi farmonida
ko’rsatilganidek, jamiyatda yuksak ma’naviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani
shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy an’analarimizga, umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir.

O‘zbekona, milliy axloqda otabobolarimizning tarixiy tajribalari, Hozirgi davrda

mamlakatimizda tarbiyaviy ishlarning mazmuni barkamol avlodni shakllantirishga qaratilgan.
Respublikada sog’lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yosh avlodni XXI asr talablariga to’liq
javob beradigan har tamonlama rivojlangan shaxslar qilib voyaga yetkazish uchun zarur shart-
sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun
davlat ahamiyatiga molik hujjatlar, dasturlar va rejalar ishlab chiqildi. Birgina “Ta’lim
to’g’risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dastur”ning qabul qilinishi yuksak umumiy va
kasb-hunar madaniyatiga, istiqbolli vazifalarni hal etishga qodir barkamol avlodni tarbiyalashga
yo’naltirilganligini keltirish kifoya.

Tarbiya inson shaxsini shakllantirish, uning ijtimoiy, siyosiy, madaniy, ma’rifiy hayotida

faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar majmuini
anglatadi. Tarbiya nafaqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan
jarayonlar bo’libgina qolmay, uning yetakchi g’oyalari ommaviy axborot vositalari, gazeta va
jurnallar orqali singdirilgan mafkurani ham o’z ichiga oladi. Tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning
asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:

-

maqsadning aniq mezonlarda ifodalanishi;

-

faoliyat maqsadini amalga oshirishda xizmat qilishi;

-

bolalar tarbiyasidagi faoliyatni o’qituvchi, ota – ona va jamoa bilan hamkorlikda

boshqaruvni ta’minlash muhimdir.

Tarbiyaviy ishlarni tashkil qilish va uning salohiyatini oshirish bola qalbida insoniy

fazilatlarni singdirish ko’p jihatdan tarbiyachi-tarbiyalanuvchilarning ijodiy faoliyatini tashkil
etishga bog’liq. Ular quyidagi omillarni qo’llash asosida vujudga keladi:

-

tarbiya jarayonini tashkil qilishdagi munosabatlar. Bunda tarbiyalanuvchilarning kundalik

hayotiy voqyealari jamoadagi tartib qoida va xulq-atvorlar haqidagi motivlar va ularga bir butun
yondoshuv kabilardir;

-

tarbiyaviy ishlarning maqsadi, aniqligi va ta’sirchanligi. Tarbiyaviy jarayonni

loyihalashtirish, shakl, metod, shart – sharoitlarni oldindan aniqlab qo’yilgan maqsadga
muvofiqlashtirish;

-

tarbiyachi

va

tarbiyalanuvchilarning

o’zaro

munosabatlari.

Tarbiyachi

va

tarbiyalanuvchilarning ruhiy holatlari, muloqat va munosabatda bo’lishlari, ruhiy shart – sharoitlar
yaratilishi, tarbiyaviy tadbirlarni gigiyena qoidalariga moslash, estetik talablarga javob berishi,
tarbiyaviy ishlarni muvaffaqiyatli tashkil etish funksiyalaridan biridir.

-

O’quvchi – yoshlarning faolligi va mustaqil ijodiy faoliyatini tashkil etish. Tarbiyaviy

tadbirlarni tashkil qilishda o’quvchi yoshlarning faolligi ko’p jihatdan ixtiyoriylik, tashkilotchilik
va ijodkorligiga bog’liq;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1184

-

Tarbiyaviy ishlar ta’lim jarayonida olgan bilimlariga uyg’un bo’lishi. Tarbiyaviy ishlarni

rejalashtirishda turli fanlarning integrasiyasi hisobga olish ijobiy xarakter kasb etadi. Tarbiyaviy
ishlar metodikasi yosh avlodni har tamonlama barkamol avlod qilib tarbiyalash, ular ongiga milliy
g’oyani singdirishda har tamonlama ta’sir ko’rsatadi.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida har bir fuqoroning ilm olishi, o’z

qobiliyatlarini har tamonlama rivojlantirish ta’kidlanadi. Ta’lim to’g’risida qabul qilingan
qonunda maktabning, unda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaning mazmuni amalga oshirilishi
lozim bo’lgan tarbiyaning vazifalari belgilab berildi.

Ma’lumki yosh avlodga tarbiya berish jarayonida maktab juda katta ahamiyat kasb etadi.

O’quvchilarga tarbiya berish, ularga ta’lim berish bilan birgalikda amalga oshiriladi. Ammo,
tarbiyaning o’z vazifasi, mazmuni, amalga oshirish usul va vositalari mavjud. O’qish va tarbiya
jarayonining uzviyligi ta’lim muassasalari oldiga qo’yilgan eng muhim pedagogik vazifalardan
biri hisoblanadi. Shuning uchun sinfdan, maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar bevosita o’quv
jarayoni bilan bog’langandir.

Har bir fanning predmeti, o’rganish obyekti, amalga oshirishi lozim vazifalari mavjud

bo’lganidek, tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ham predmeti, o’rganish obyekti va amalga
oshirilishi lozim bo’lgan vazifalari bor. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti sinfda va
maktabda, sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni to’g’ri tashkil qilish, har tamonlama
rivojlangan barkamol avlodni tarbiyalashning eng zamonaviy va eng qulay yo’nalishlarini
belgilash, vositalarini izlab topishdan iboratdir.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti bo’lajak o’qituvchi- tarbiyachilarga

kelajak avlodni ma’naviy yuksak fazilatlar egasi qilib tarbiyalash sanatining qirralari, shakl va
yo’llari hamda bilim, ko’nikma va malaka hosil qilish haqida bahs yuritadi.

Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining o’rganish obyektini esa ta’lim muassalaridagi

uzluksiz ta’lim –tarbiya jarayoni tashkil etadi.

Sinf rahbari quyidagi vazifalarni bajaradi:

1.

O’ziga yuklatilgan sinfdagi tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi. Bu vazifani

bajarayotganda u yolg’iz emas, shu sinfda dars berayotgan turli fan o’qituvchilari bilan
hamkorlikda va ularga suyangan holda o’quvchilarda milliy dunyoqarash asoslarini shakllantiradi,
axloqiy tarbiyasini rivojlantiradi. O’quvchilarni darsdan tashqari tadbirlarni tashkil etadi va sinf
jamoasini mustahkamlaydi.

2.

O’quvchilarning bilimga bo’lgan qiziqish va qobilyatini o’stirish har bir o’quvchining

indivudial-psixik xususiyatlarini hisobga olgan holda kasbga yo’naltirish va hayotiy maqsadlarini
shakllantirish sinf rahbarining alohida vazifasidir. Ayni paytda har bir o’quvchining sog’ligini
mustahkamlashga ham e’tibor beradi.

3.

Sinf rahbarining diqqat markazida o’quvchilarning yuqori darsda o’zlashtirishini

ta’minlash masalasi turadi. Buning uchun u har bir o’quvchining kundalik o’zlashtirishida voqif
bo’lib turadi. Orqada qolayotganlarga o’z vaqtida, kechiktirmay yordam uyushtiradi.

4.

Sinfdagi o’quvchilarning o’z-o’zini boshqarish ishlarini yo’naltiradi, ular ishtirokida

sinf jamoasining ijtimoiy foydali ishlardagi ishtirokini ta’min etadi, maktab miqiyosida
uyushtirilayotgan muhim tadbirlarda o’z sinfining faol qatnashishini ta’minlaydi.

5.

Sinf o’quvchilarining ota-onalari, o’quv kuni uzaytirilgan guruhlarining tarbiyachilari,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1185

korxonalar va muassasalardagi, turar joylardagi otaliqqa oluvchilar bilan yaqin aloqaga o’rnatadi.

6.

Sinf rahbari shu sinfda dars berayotgan barcha fan o’qituvchilari

7.

O’rtasida o’quvchilarga nisbatan yagona talablar o’rnatilishiga erishadi, ota- onalarga

pedagogik bilimlar tarqatib, oila bilan maktab o’rtasidagi aloqani mustahkamlaydi.

8.

Sinf rahbari o’z sinfidagi turli hujjatlarini; sinf jurnali, o’quvchilarning kundaliklari,

tabellar, shaxsiy ma’lumotlari, turli xil reja va hisobotlarni yuritadi.

Tarbiyaviy ishlarning sifat va samaradorligi, avvalo tarbiyachining g’oyaviy ishonchiga va

siyosiyligining darajasiga bog’liq. Buning uchun sinf rahbari fan yangiliklarini muntazam, egallab
borishi bilan o’zining bilimini, ongini oshiradi.

Sinf rahbarining axloqiy obro’si g’oyat darajada yuqori bo’lishi ham bu o’rinda muhimdir.

Sinf rahbari ana shundagina tarbiyaviy ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi. Tarbiyachining shaxsiy
fazilatlari, ma’naviy qiyofasi o’quvchilar ongining va xulqining shakllanishiga katta ta’sir
ko’rsatadi. Sinf rahbari uchun malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishni o’zi yetarli emas. U o’z
tarbiyaviy faoliyatida yuksak darajadagi insonparvarlik fazilatlari, o’z ishiga sadoqati, intizomi,
odamiyligi, axloqiy sifatlari bilan ham ta’sir o’gkazadi. Chunki, tarbiyachilik qobilyati juda ko’p
sifatlarni: chuqur bilim, keng fikrlilik, ishga jon dildan ko’ngil qo’yish, bolalarga bo’lgan cheksiz,
muhabbat muomala nazokatlilik, qalb yoshligi, serzavq temperament, oqil va adolatlilik namunasi,
alohida nazokat sipolik va vazminlik kabi fazilatlarning bo’lishini taqozo qiladi. Bunga yana
tarbiyachilik texnikasi qo’shimcha ishda muvaffaqiyat ta’minlanishi tabiiydir. Tarbiyachilik
texnikasi sinf rahbarining asosiyqurolidir.

Sinf rahbarlaridan madaniyat darajasining kengligi, pedagogik odob talablariga rioya

qilish, har bir bola shaxsini inson sifatida hurmat qilish bilan unga nisbatan talabchanlikni
unutmaslik, tashkilotchilik malakalariga ega bo’lish, o’z muomolasini tinimsiz oshirib borish bilan
ishga ijodiy yondashish talab qilinadi. Muhimi shundaki, sinf rahbarining o’zi bolalarni
tarbiyalamoqchi bo’lgan g’oyaviy-axloqiy barkamollikka mos bo’lishi kerak. Tarbiyadagi
xatolarning ko’pchiligiga asogiy sabab, bolaning oldiga qo’yilayotgan talablar tarbiyachi
harakterida hamisha ham namoyon bo’lavermasligidadir.


REFERENCES

1.

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia
Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

2.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH
ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY
JURNALI, 2(11), 176-182.

3.

Vosiljonov,

A.

(2022).

PRAGMALINGVISTIKA

VA

UNING

TAHLILIY

SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

4.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS
ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

5.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE
EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research
in education, technology and management, 2(2).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1186

6.

KHALIMBOYEVA, F., & VOSILJONOV, A. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI
BOLALAR

DIQQATINI

RIVOJLANTIRISH

MUAMMOSINI

NAZARIY

OʻRGANILISHI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(5), 94-98.

7.

Iminov, B. B. (2020). INNOVATIVE CULTURAL LINKS ARE AN IMPORTANT
FACTOR IN SOCIAL DEVELOPMENT.

Scientific and Technical Journal of Namangan

Institute of Engineering and Technology

,

2

(3), 263-270.

8.

Iminov, B. B. (2019). A PHILOSOPHICAL APPROACH TO INNOVATIVA AND
CULTURAL-RELATIONS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT.

Scientific and

Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology

,

1

(5), 157-162.


References

Vosiljonov, A. (2022). Basic theoretical principles of corpus linguistics. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(2), 1-3.

Vosiljonov, A. (2022). LINGVISTIK TАDQIQОTLАRDА KОRPUS О ‘RGАNISH ОBYЕKTI SIFАTIDА. IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(11), 176-182.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGVISTIKA VA UNING TAHLILIY SHAKLLANISH TARIXI. Science and innovation, 1(B8), 99-105.

Vosiljonov, A. (2022). PRAGMALINGUISTICS AND THE HISTORY OF ITS ANALYTICAL DEVELOPMENT. Science and Innovation, 1(8), 99-105.

Vosiljonov, A., & Isaqova, X. (2023). EFFECTIVENESS OF MOTHER TONGUE EDUCATION IN THE PRIMARY GRADES. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

KHALIMBOYEVA, F., & VOSILJONOV, A. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR DIQQATINI RIVOJLANTIRISH MUAMMOSINI NAZARIY OʻRGANILISHI. Journal of Pedagogical and Psychological Studies, 1(5), 94-98.

Iminov, B. B. (2020). INNOVATIVE CULTURAL LINKS ARE AN IMPORTANT FACTOR IN SOCIAL DEVELOPMENT. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(3), 263-270.

Iminov, B. B. (2019). A PHILOSOPHICAL APPROACH TO INNOVATIVA AND CULTURAL-RELATIONS AT A NEW STAGE OF DEVELOPMENT. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(5), 157-162.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов