COMMUNICATIVE REQUIREMENTS FOR POLITICAL SPEECH AND THEIR VALIDITY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Yovmudboyeva, I. (2023). COMMUNICATIVE REQUIREMENTS FOR POLITICAL SPEECH AND THEIR VALIDITY. Modern Science and Research, 2(7), 28–31. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21735
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article analyzes definitions of political discourse and makes specific conclusions. Communicative requirements for political speech have been researched with examples. Such requirements as correctness, accuracy, logic, cleanliness of speech are expressed using examples of how significant it is for political speech. The article uses not only the speeches of Uzbek speakers, speeches at the BA'lki international pulpits as practical examples.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

28

SIYOSIY NUTQQA QO‘YILADIGAN KOMUNIKATIV TALABLAR VA

ULARNING AMAL QILINISHI

Iqboloy Yovmudboyeva G‘ulom qizi

Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2-kurs doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8110058

Annotatsiya.

Ushbu maqolada siyosiy nutq haqidagi ta’riflar tahlil qilinib, aniq xulosalar

aytilgan. Siyosiy nutqqa qo’yiladigan kommunikativ talablar misollar bilan tadqiq qilingan.

Nutqning to‘g‘riligi, аniqligi, mаntiqiyligi, tоzаligi kabi talablar siyosiy nutq uchun

qanchalik ahamiyatli ekanligi misollar yordamida sharxlangan.

Maqolada nafaqat o’zbek notiqlari nutqlaridan, ba’lki xalqaro minbarlardagi nutqlardan

amaliy misollar sifatida foydalanilgan.

Kalit so‘zlar:

Siyosiy nutq, kommunikativ talab, Nutqning to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi.

COMMUNICATIVE REQUIREMENTS FOR POLITICAL SPEECH AND THEIR

VALIDITY

Abstract.

This article analyzes definitions of political discourse and makes specific

conclusions. Communicative requirements for political speech have been researched with
examples.

Such requirements as correctness, accuracy, logic, cleanliness of speech are expressed

using examples of how significant it is for political speech.

The article uses not only the speeches of Uzbek speakers, speeches at the BA'lki

international pulpits as practical examples.

Keywords:

political speech, communicative demand, correctness, accuracy, logic of

speech.

КОММУНИКАТИВНЫЕ ТРЕБОВАНИЯ К ПОЛИТИЧЕСКОМУ ДИСКУРСУ

И ИХ РЕАЛИЗАЦИЯ

Аннотация.

В этой статье анализируются определения политического дискурса и

делаются конкретные выводы. Коммуникативные требования к политическому дискурсу
были исследованы на примерах.

Насколько значимы для политической речи такие требования, как правильность,

точность, логичность, чистота речи, были истолкованы на примерах.

В качестве практических примеров в статье использованы не только выступления

узбекских ораторов, но и выступления с международных трибун.

Ключевые слова:

политическая речь, коммуникативное требование, правильность,

точность, логичность речи.


Siyosiy nutqning tadqiq qilinishi nutq madaniyati uchun yetakchi masalalardan

hisoblanadi. Siyosiy-ijtimoiy notiqlikning mahsuli bo‘lgan siyosiy nutq aniq maqsadga,

ya’ni

jamiyatdagi muhim masalalarni tahlil qilishga yo‘naltirilganligi, muayyan vaqt reglamentiga
egaligi bilan boshqa turdagi nutq shakllaridan ajralib turadi. O‘zbek nutq madaniyati yo‘nalishi
uchun ilk darsliklardan hisoblangan R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, E.Tojiyevlar muallaifligidagi
“Nutq madaniyati va uslubiyati asoslari”(1990-yilgi nashri) kitobida siyosiy nutq “Ommaviy
ma’ruzalar” mavzusida o‘rganiladi va bu jarayonda nutqning siyosiy o‘ziga xosliklari va
xususiyatlari umumiy qarashlar bilan baholanadi. Aslida esa ommaviy ma’ruzalar nutq madaniyati


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

29

uchun qay darajada ahamiyatli bo‘lsa, siyosiy nutqning ahamiyatliligi ham xuddi shu darajadadir.
Keyinchalik To‘ra Qudratovning “Nutq madaniyati asoslari” o‘quv qo‘llanmasida siyosiy nutq
tahliliga butunlay boshqacha yondashiladi. Ya’ni, ushbu nutq mazmuniga ko‘ra emas, balki
ifodalanishiga ko‘ra og‘zaki va yozma nutq shaklida tasnif qilinib, izohlanadi. Nisbatan yangi
R.Rasulov, N.Husanov, Q.Mo‘ydinovlar muallifligida 2006-yilda nashr qilingan “Nutq mahorati”
o‘quv qo‘llanmasida “Notiqlik turlari. Nutq ko‘rinishlari”- deb beshta turga ajratadi va birinchi
turini “Siyosiy-ijtimoiy notiqlik”- deb nomlaydi. Lekin ularning orasidan “Sud notiqligi”ga
kengroq to‘xtalib o‘tadi. Siyosiy nutq tahliliga kelganda Yunon notiqlik maktabi va sharq voizligi
bilan cheklanib qoladi. N.G‘oyibov, D.Yusobov, A.Mavlyanovlar muallifligidagi “Notiqlik
san’ati” ma’ruzalar matnida esa siyosiy nutq quyidagicha ta’riflanadi:

Asosan, rahbarlar tomonidan qilinadi va shuning uchun ham dasturilamal xususiyatga ega

bo‘lib, bunday nutqlarda davrning dolzarb masalalari, boy faktik materiallar aks ettiriladi. [1:47]

Ushbu fikrlarga qo‘shimcha ravishda Hindistonning Maurer universiteti tasarrufidagi

Huquq maktabi o‘qituvchisi, huquq fanlari doktori Jennifer Muellerning “Difference betweeen
poltical speech & commercial speech” (Siyosiy va tijoriy nutqning o‘zaro farqi) maqolasidagi
siyosiy nutqqa berilgan izohni keltirib o‘tsak: Siyosiy nutq bu shunchaki hokimyat tomonidan
ishlab chiqilgan nutq emas, ba’lki ijtimoiy muammolarning muhokamasi hamdir. Siyosiy nutning
asosiy mazmuni xalqning farovniligi. [2]

Ya’ni siyosiy nutqda yuqorida ta’kidlaganimizdek, aniq maqsad ko‘zlangan bo‘ladi. Bu

maqsadning amalga oshish darajasi esa bevosita nutqning to‘g‘ri tashkil qilinganligiga bog‘liq.
Nutq to‘g‘ri tashkil qilinishi uchun esa, albatta, kommunikativ talabalar (nutqning to‘g‘riligi,
аniqligi, mаntiqiyligi, tоzаligi)ga javob berishi lozim. Siyosiy nutq katta imkoniyat bilan birga,
majburiyatlardan ham iboratligi bois, har bir talabning qanoatlantirilishi imkoniyat va
majburiyatlarini bir butunlashtiradi.

Kommunikativ talablar va ularning amal qilinishi haqida kengroq to‘xtalib o‘tsak:

Nutqning to‘g‘riligi:

“To‘g‘rilik deganda deb yozadi V.G.Kostomarov,-nutq

madaniyatining zarur va birinchi sharti sifatida adabiy tilning ma’lum paytda qabul qilingan
normasiga qat’iy va aniq muvofiq kelishini, uning talaffuz, imloviy va grammatik normalarini
egallashni tushunish lozim bo‘ladi”.[3:24] Demak, adabiy me’yor (leksik – semantik, grafik,
fonetik, aktsentologik, grammatik morfologik va sintaktik so‘z yasalish, imloviy, uslubiy,
punktuatsion)larga asoslangan nutq, nutning to‘g‘riligi talabini ham qanotlantira oladi. Siyosiy
nutqni uning audiotoriyasi jihatidan tahlil qilsak, ya’ni siyosiy nutq rasmiy doiralar uchun xosligini
ham inobatga olsak, “nutqning to‘g‘riligi” tom ma’noda siyosiy nutq uchun birinchi talab deya
olamiz. Chunki rasmiy doiralarda adabiy til me’yorlariga amal qilish shartligi qonun doirasida
belgilangan.

Yaxshi siyosatchi – yaxshi notiq ham hisoblanadi. Muhtaram yurtboshimiz Shavkat

Miromonovich Mirziyoyev dunyo hamjamiyati e’tirof qilganidek nafaqat oqil siyosatchi, balki
notiq hamdir.

Bugun prinsipial jihatdan g‘oyat muhim bo‘lgan bir fikrni yana ta’kidlab aytishni zarur

deb bilaman:

O‘zbekiston va uning bag‘rikeng xalqi tinchliksevar siyosat yuritish, milliy va

umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan qarash tamoyillarini amalga oshirish pozitsiyasida
doimo mustahkam turib kelmoqda.

[4:139] Yuqorida yurtboshimizning prezidentlik lavozimga

kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

30

“Erkin va obod, demokratik jamiyatni barchamiz birgalikda barpo etamiz”

mavzusidagi

ma’ruzasidan parchada adabiy me’yorning barcha tamoyillariga qat’iy amal qilinganligini
ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni jumlalardagi so‘zlar leksik-semantik jihatdan bir butunlik hosil
qilganki, hajman kichik jumlada katta g‘oya jamlangan. Shuning bilan birga, morfologik va
sintaktik me’yorlarga ham to’liq rioya qilingan. Rasmiy uslubdagi ushbu jumlalar uslubiy
normalarga asoslangan holda qurilgan.

Nutqning aniqligi.

Nutqning aniqligi talabi ham to‘grilik talabining uzviy davomi bo‘lib,

nutqning bir butunligini ta’minlovchi me’zoni hisoblanadi. Nutq tarkibidagi so‘zlar o‘z o‘rnida
qo‘llanilganda, ya’ni nutq aniqligi talabi qanoatlantirilgandagina u yaxlit butunlik shakliga kiradi.

Nutqning aniqligi so‘zning o‘zi ifodalayotgan voqelikka mutlaqo mos va muvofiq

kelishidir. Aniqlik ikki xil bo‘ladi: narsaning aniqligi va tushunchaning aniqligi. Narsa aniqligi
nutqda aks etgan mavjudlikning narsalar, hodisalar doirasi bilan nutq mazmunining munosabatida
ko‘rinadi. [5:53]

Ushbu talab ham siyosiy nutqning o‘ziga xosliklarini ta’minlovchi talabdir. Yuqorida

ta’kidlaganimizdek siyosiy nutqning mazmun-mohiyatini jamiyat taqdiri tashkil qilar ekan, undagi
har bir jumla sinonimik qatorlardan tog‘ri tanlab olingan, ko‘p ma’nolilik va omonimlik jihatlariga
e’tibor berilgan holda o‘z o‘rnida qo‘llanilmog‘i lozim.

Nutqning mantiqiyligi.

Jumladagi mantiq so‘zidan ham ma’lumki bu talab ham oldingi

talablar bilan bevosita bog‘langan. Chunki aniqlik va to’g’rilik mavjud bo‘lmagan nutqdan
mantiqiylikni izlash befoyda. Mantiylik talabini qanotlantirish uchun adabiyotimiz darg‘asi
A.Qahhor ta’biri bilan aytganda: “So‘zni mixday qoqib, shapkasini sug‘urib olish kerak”
R.Qo‘ng‘urov, E.Begmatov, E.Tojiyevlar muallaifligidagi “Nutq madaniyati va uslubiyati
asoslari”(1990-yilgi

nashri)

qo’llanmasida

Nutqning

mantiqiyligini

izohlashda

A.G.Chernishevskiyning “Nimani noaniq tasavvur qilsang, shuni noaniq ifoda etasan, noaniqlik
va ifodani chalkashtirish fikrlar chigalligidan dalolatdir.” jumlasini keltiradi. Ya’ni mantiqiylik
notiqdan so‘zlardan saralab foydalanish, tinglovchilar hech ikkilanmasdan uni qabul qilishini talab
qiladi.

Siyosiy nutq uchun ham bu talab o‘rinli, siyosiy jarayondagi har bir jumla mantiq

qonuniyatlariga asoslanadi. Quyida biz AQSh kinoijodkorlarning “Debate” (Munozara) filimidagi
suhbatning mantiqiyligini tahlil qilamiz:

Talaba qiz:

Nima uchun AQSh dunyodagi eng buyuk davlat?

Birinchi siyosatchi:

Imkonitalar sabab.

Ikkinchi siyosatchi:

Ozodlik va ozodlik sabab.

Uchinchi siyosatchi:

AQSh dunyodagi eng buyuk davlat

emas. Bu yerda hamma narsa sotiladi va sotib olinadi. Qanaqa
umumiy imkoniyalar haqida gapirayapsiz? Ozodlik? Nima faqat
AQSh ozodmi? Kanada ozod, Yaponiya ozod, Britaniya ozod,
Fransiya ozod, Germaniya ozod. AQSh ortiq dunyodagi eng buyuk
davlat emas.

[7]

Buyuk so‘ziga yuzaki baho bergan ikkita siyosatchi umumiy fikrlar bilan javob berdi.

Buyuklik darajasini belgilovchi jihatlarga e’tibor qaratilmadi. Ulardan farqli ravishda esa uchinchi
siyosatchi berilgan savolga

tahliliy asoslar

bilan mantiqiy javob qaytardi. Bu esa tinglovchilarda

oldingi nutqlarga nisbatan kuchliroq ta’sir paydo qildi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

31

Nutqning tozaligi.

Nutqni notiqning mahsuloti deb tasavvur qiladigan bo‘lsak, u sotuvga

chiqishi oldidan so‘nggi ko‘rikdan o‘tkazilish jarayonidir. Bu jarayonda uning tarkibidagi begona
unsurlar olib tashlananadi. Nutqning tozalik darajasi uning tarkibida parazit so‘zlar (ko‘p
takrorlanuvchi), sheva so‘zlar, o‘rinsiz qo‘llangan chet so‘z va so‘z birikmalari, jargonlar,
vulgarizmlar, kanselyarizmlar uchramasligi bilan baholanadi.

Bir so‘z bilan aytganda, nutqning tozaligi deganda eng avvalo, uning adabiy tilning lisoniy

normasiga muvofiq kelish - kelmasligi tushuniladi. [8:56,57]

Har qanday siyosiy nutq, albatta, yuqoridagi unsurlardan ozod bo‘lishi kerak. Chunki turli

o‘rinsiz takrorlar yoki jargon, vulgarlarning uchrashi nutqning siyosiylik ahamiyatini pasayishiga
sabab bo‘ladi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, siyosiy nutq uchun ham komunikativ talablarning

o‘rinlanishi nutq mazmunini boyitadi. Har qanday harakatdagi jarayon ma’lum talablarga
bo‘ysunganidek, siyosiy nutq ham yuqoridagi talablarga bo‘ysunishi lozim. Zero, talablar
ko‘zlangan maqsad yo‘lidagi yo‘l belgilaridir va bu belgilar orqali manzilga oson yetib boriladi.
Minbarga chiqqan har bir siyosatchi notiqlarning o‘z fikri va o‘z so‘zi bo‘ladi. To‘g‘ri, aniq,
mantiqiy, toza nutq orqali esa bu fikrni boshqalarniki ham qila olishi , shubhasiz.


REFERENCES

1.

G‘oyibov N., Yusobov D., Mavlyanov A. Notiqlik san’ati. T.: 2012.

2.

Jennifer Mueller. Difference betweeen poltical speech & commercial speech.
Clasroom.synonym.com

3.

Kostamarov V.G. Kultura rechi i stil. – M. 1960.

4.

Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga
ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston 2018.

5.

Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyati

asoslari T. 1992.
6.

Karimov I. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura T.: O‘zbekiston 1996.

7.

Youtube.com

8.

Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T.: 1993



References

G‘oyibov N., Yusobov D., Mavlyanov A. Notiqlik san’ati. T.: 2012.

Jennifer Mueller. Difference betweeen poltical speech & commercial speech. Clasroom.synonym.com

Kostamarov V.G. Kultura rechi i stil. – M. 1960.

Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. T.: O‘zbekiston 2018.

Qo‘ng‘urov R., Begmatov E., Tojiev Yo. Nutq madaniyati va uslubiyati

asoslari T. 1992.

Karimov I. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura T.: O‘zbekiston 1996.

Youtube.com

Qudratov T. Nutq madaniyati asoslari. T.: 1993

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов