Authors

  • Yulduz Mamarajabova
  • Sirojiddin Bobomurodov

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.21935

Keywords:

educational work, conceptual

Abstract

Understanding of the content and essence of national education, the formation of a person's worldview on the basis of national values, the harmony of humanitarian education in national education.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

159

MILLIY TARBIYANING MAZMUNI VA MOHIYATI.

Mamarajabova Yulduz Chorshanbi qizi

Termiz davlat Pedagogika instituti

Boshlang`ich ta`lim 20_04-guru talabasi

Bobomurodov Sirojiddin

Ilmiy rahbar

https://doi.org/10.5281/zenodo.8132655

Annotatsiya.

Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyati haqida tushuncha, milliy qadriyatlar

asosida shaxs dunyoqarashini shakllanish, milliy tarbiyada insonparvarlik tarbiyasining
uyg’unligi

.

Kalit so`zlar:

Tarbiyaviy ishlar, konseptual, mustaqillik ma’naviyat negizi, iftixor, milliy

qadriyatlarga hurmat, erkinlik va ozodlik, insonparvarlik, birodarlik va hamkorlik, ilmga mehr-
muhabbat, imon va e’tiqod.

THE CONTENT AND ESSENCE OF NATIONAL EDUCATION.

Abstract.

Understanding of the content and essence of national education, the formation

of a person's worldview on the basis of national values, the harmony of humanitarian education
in national education.

Key words:

educational work, conceptual, independence the basis of spirituality, pride,

respect for national values, freedom and liberation, humanism, brotherhood and cooperation, love
for science, faith and faith.

СОДЕРЖАНИЕ И СУЩНОСТЬ НАЦИОНАЛЬНОГО ВОСПИТАНИЯ.

Аннотация.

Понимание содержания и сущности национального воспитания,

формирование мировоззрения личности на основе национальных ценностей, гармонизация
гуманного воспитания в национальном воспитании.

Ключевые слова:

воспитательная работа, понятийная, самостоятельность-

основа духовности, гордости, уважения к национальным ценностям, свободе и свободе,
гуманизму, братству и сотрудничеству, любви к науке, вере и вере.


1.Milliy tarbiyaning mazmuni va mohiyti haqida tushuncha.

Respublikamizda mustaqillikning ilk yillaridanoq, jismonan sog‘lom, ma’nan etuk shaxs

yaratishga e’tibor berila boshlandi. Bu boradagi ishlarni aniq, maqsadli amalga oshirish uchun
davlat ahamiyatiga molik dasturlar, rejalar ishlab chiqildi.

1

Yoshlarni erkin fikrlashga tayyorlash,

o‘z-o‘zini idora va nazorat qila bilishini shakllantirish, shaxsiy ishiga maqsadli yondashuv hamda
reja va amal birligi hissini uyg’otish zarur.

Respublikamizning 1-Prezidenti Islom Karimov shunday yozadi: «Islohotlarimizning

muhim tamoyillaridan biri — aholining kam ta’minlangan tabaqasi, ya’ni qariyalar, nogironlar,
bolalarni muhofaza qilish, ularni ‘uxta himo’yalashdir. Yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar
egallashi, ish bilan ta’minlanishida har tomonlama yordam berish davlatimizning muqaddas
burchidir».

2

O`zbekiston Konstitutsiyasi va qonunlari inson manfaatlarini himo’ya qilishga, uni

qadrlashga, har bir shaxsning barkamollashuviga qaratilgan. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi
- inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. “asarlarida
shuningdek, O`zbekiston Respublikasini 2017-2021 yillarda rivojlantirishning beshta ustivor

1

Qurbonniyazova Z.“Таrbiyaviy ishlar jarayonidatarbiyalanuvchilaeda milliy o’zlikni anglashni shakllantirishning

pedagogik asoslari” nomzodlik dissertatsuyasi. Т., 2002.

2

Karimov I.A. Yuksak ma'naviyat еngilmas kuch. – T: Ma'naviyat, 2008. – 176 b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

160

yonalishi Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish tinchliksevar
xalqimizning asosiy maqsadidir.

Tarbiya tushunchasi o‘sib kelayotgan avlodda hosil qilingan bilimlar asosida aqliy xatti-

harakati dunyoqarashni, insonioy e’tiqod, burch va ma’suliyatni, jamiyatimiz kishilariga xos
bo‘lgan axloqiy fazilatlarni yaratishdagi maqsadni ifodalaydi. Shu ma’noda tarbiya deb tarbiyachi
o‘zi hoxlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruio’atiga ta’lim
maqsadga ko‘ra tizimli ta’sir ko‘rsatishga aytiladi. Milliy pedagogika asoschilaridan biri Abdulla
Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot – yo halokat, yo sadoqat, yo falokat
masalasidir!” degan so‘zlari fikrimizga dalil bo‘ladi.

“Inson huquqlari umumjaxon deklaratsiyasi”da: “Hamma odamlar o‘z qadr-qimmati

hamda huquqlarida erkin va teng bo‘lib to’g‘iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan. Binobarin
bir-birlariga nisbatan birodarlarcha ruhda munosabatda bo‘lishlari kerak”(1-modda).

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida: “Yashash huquqi har bir insonning uzviy

huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og‘ir jino’yatdir”(24-modda).

O`zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov ilgari surgan islohotlarning

muhim tamoyillaridan biri ijtimoiy siyosatga qaratilishi bilan ajralib turadi. Bugun yurtimizda
amalga oshirilgan “Onalar va bolalar” yili, “Inson manfaatlari“ yili , “Sog`lom avlod”
yili,“Homiylar va shifokorlar yili”, “Onalar va bolalar yili” “Barkamol avlod” yili, “ mustaham
oila”, Sog‘lom ona va bola yili”yili davlat dasturlarida ishlar olib borildi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yilni “Xalq bilan muloqat va inson

manfaatlari yili deb e’lon qilindi. 2019-yil “Faol tadbirkorlik Innovatsion g’oyalar va
texnologiyalarni qo‘llab quvvatlash yili

ham davlatimizning xalqimizga qilayotgan g`amxo`rligi

insonparvarlik timsolining negizi sifatida amalga oshirilmoqda.

1.“O`zbek xalq pedagogikasi” qamrovi nihoyatda keng, bag’oyat serqirra va serjilo

tushuncha bo`lib, u shu xalq paydo bo`lgan butun davrni o`z ichiga oladi.

Xalq donishmandligi va odobnomasining bu nodir sohasi ijtimoiy va maishiy-axloqiy

hayotning barcha tomonlarini xalq oq’zaki ijodi, qadrshunosligi, udumshunosligi va
marosimshunosligining yetakchi yo`nalishlarini, diniy-axloqiy ta'limotni qamrab olishi bilan
harakaterlanadi. U xalqimizning asrlar davomida to`’lagan boy tajribalarini, ijtimoiy-siyosiy,
axloqiy, falsafiy, ma'rifiy, estetik, ma'naviy hamda jismoniy yetuklik borasidagi qarashlarini,
tajriba xulosalarini lo`nda, teran, donishmandnamo tarzda ifodalaydi.

Conditions while, ‘arents and

others: 'O ‘eo’le, read, understood, - I have
not, but knowledge is delighted beating.
Beating unforgivable and most brutal
a’’earance, and the lovers g'ayrilik
resistance to them, or even more hideous,
vile, attem’ts were vanquished. We will
learn that the man is not only a rebellion
against the Islamic resistance, is also a
violation of human rights. Disres’ectful to
the elderly, young children and women
offended by mankind is too indecent in any
case be forgiven. Similar national values,
traditions,

customs

and

traditions,

disres’ectful to the nation, beating

Odobsizlikning kechirib bo‘lmaydigan

va eng va’shiy ko‘rinishi, sevishganlarni
g‘ayrilik qilib, ularga qarshilik ko‘rsatish yoki
undan ham jirkanchlisi, ularni badnom qilib,
beobro‘ qilishga urinishdir. Bilim olaman
degan odamga qarshilik ko‘rsatish, islomga
nisbatan isyon bo‘libgina qolmay, inson
huquqini poymol qilish hamdir. Kattalarga
behurmatlik, yosh bolalar va ayollarni hafa
qilish ham o‘ta odobsizlik bo‘lib, insoniyat
tomonidan hech bir vaziyatda kechirilmaydi.
Shunga o‘xshash milliy qadriyat, urf odat va
an’analarni behurmat qilish millatga nisbatan
odobsizlikdir

3

.

3

Educational Psychology: A Tool for Effective Teaching. Chapter One


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

161

O`zbek xalq pedagogikasi xalqning oilaviy – maishiy hayoti, ta'lim-tarbiyaviy, axloq-

odobga oid hayotiy yo`l-yo`riqlari, usullari, ibratli tajribalariga oid turfa misollar – dostonlar,
ertaklar, mehnat – mavsumiy marosim qo`shiqlar, afsonalar, maqollar, matallar, hikmatlar,
allalar, to`y va aza qo`shiqlari, olqish va qarq’ishlar «Navro`z», «Mehrjon», bahor, kuz, qish, yoz
aytim – qo`shiq ashulalari va shu kabi nasriy asarlar bilan boyitilgan. qur'oni Karim, Hadis hamda
sharq mutafakkirlarining axloq-odobga oid qarashlaridan xalq pedagogikasi oziq oladi, boyiydi.

Xalq bisotidagi eng yaxshi tabarruk so`zlar – duo-olqishlar ham tarbiyaga qaratilgan.
Xalq pedagogikasida yaxshi so`z, duo-olqishning ta'sir kuchi, tarbiyaviy ahamiyati, inson

ma'naviy ustuvorligi, iymon-e'tiqod butunligi, qisqasi kishilarning har tomonlama mukammal
harakati borasida tutgan o`rniga alohida ahamiyat beriladi.

O`zbek xalq pedagogikasi ayrim shaxslar yoki bir-ikki jamoa tomonidan yaratilmagan. Uni

xalqimiz asru-asrlar bilan o`rganuvchi hayotida o`zining boy hayotiy tajribalari, farzandlar xatti-
harakatiborasida tutgan tutumlari, sa'yi-harakatlari, yo`l-yo`riqlari, aql-zakovotlari bilan yaratgan.
Ayni vaqtda o`zbek xalq pedagogikasi o`z rivojida boyib, mukammallashib borishda ilm-fanning
boshqa sohalaridan, ya'ni mumtoz adabiyot, san'at, oq’zaki ijod, elshunoslik, udumshunoslik,
qadrshunoslik, odatshunoslik, ruhshunoslik kabi sohalar baq’rida shakllanib, ular bilan bevosita
aloqada bo`ladi eng yaxshi namunalarini o`ziga qabul qilib oladi.

Mashg`ulotdan ko’zlangan maqsad

:

Ta’limiy maqsad - “Ilmiy dunyoqarash” tushunchasining mohiytini,uni shakllantirish

vazifalari, o`quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirishning metod va vositalarini bilib olish.
Ilmiy dunyoqarash negizida aks etuvchi sifatlar (onglilik, g’oyaviy yetuklik, boy tasavvur,
mantiqiy tafakkur) haqida ta’limotga ega bo`lish. Aqliy tarbiyaning mohiyti, maqsadi, vazifalari
va mazmuni, aqliy tarbiyani samarali tashkil etish shakllari, metod va vositalari bilan tanishish

Mashg’ulotning borish.:

Yosh avlodda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish hamma davrlarda millatning ilg’or

kishilari diqqat markazida bo’lib kelgan. Insoniyat boshidan kechirgan barcha tuzumlarda
davrning o’qimishli, ziyoli, bilimdon kishilari dunyo ilm faniga umuminsoniy madaniyatiga
salmoqli hissalarini qo’shganlar. Bilim ilmiy dunyoqarashning asosi bo’lib hisoblanadi. Bilim
olish albatta yoshlikdan boshlanadi. «Yoshlikda olingan ilm toshga o’yilgan naqshdir»,- deydi
dono xalqimiz. Bilimli kishi hech qachon tarix sa’ifalaridan, xalqimizning qalbidan o’chmaydi.
Shunday kishilar qatorida Sharq musulmon dunyosi mutafakkirlaridan al - Kindiy, G`azzoliy,
Beruniy, Xorazmiy, Naqshbandiy, Yassaviylarni, G`arb allomalari I. Kant, F. Gegel, L. Feyerbax,
A. Shohengauerlarning nomlarini tilga olmasdan bo’lmaydi. Eng buyuk allomalaru
donishmandlar, o’zlarining noyob asarlari, ta’limotlari bilan insoniyat rivojiga ulkan hissa
qo’shganlar. Ular umrlarini ilmu fanga bag’ishlab, bu yorug’ olamdan ketar chog’i hayot ilmini
chuqur egalladingizmi? degan savolga hech narsa bilmay ketya’man degan ekanlar. Ne ajab, hayot
ilmi sirli va murakkabki, anglab yetmoqqa butun insoniyat umri ham yetmaydi.

Dunyoqarash mohiyti va uning turlarini yoritishda quyidagilarga e’tibor berilishi lozim:

Dunyoqarash tabiat, ijtimoiy jamiyat, tafakkur hamda shaxs faoliyati mazmunining rivojlanib
borishini belgilab beruvchi dialektik qarashlar va e’tiqodlar tizimidir.

Dunyoqarash - faqat insongagina xos xususiyat bo’lib, hayvonot dunyosi boshqa narsa ,

buyumlar va mavjudodlar uchun bu hol yotdir. Ularda dunyoqarash kishilarning olam va uning
o’zgarishi, rivojlanishi haqidagi ilmiy falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, estetik diniy, qarashlari
va tasavvurlari tizimidan iborat. Demak, dunyoqarash bu olam haqidagi yaxlit umumiylashtirilgan
bilimlar to’plamidir. Kishilar tevarak-atrofdagi narsa va hodisalar to’g’risida qancha ko’p
ta’limotlarga, bilimga ega bo’lsa, ularning dunyoqarashi ham shu darajada mukammal va ‘uxta
bo’ladi. Avvalo ta’kidlash lozimki, ilmiy dunyoqarash turlicha buladi. Turli kasb egalari turli xil
dunyoqarashga ega bo’ladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

162

Dunyoqarash kishilarda olam haqida yaxlit umumlashtirilgan bilimlar, g’oyalar turkumini

hosil qiladigan ularni muayyan ijtimoiy guruhlar, sinflar, siyosiy partiyalar, ommaviy harakatlar,
davlatlar maqsadidan kelib chiqib, baholaydigan va shunga qarab hayotdagi o’z o’rnini, amaliy
faoliyat yo’nalishlarini, maqsadlarini aniqlab olishga imkoniyat beradigan ko’p qirrali va
sermazmun tushunchadir.

Mifologik, diniy va falsafiy dunyoqarash turlari haqida to`xtab o`tiladiladi.
Hozirgi kunda kishilarning ongi dunyoqarashida yangicha fikrlash yo’sini must

ahamlanmasa, milliy istiqlol g’oyasi, mazmuni va mohiyti ularga tushuntirilmasa katta o’zgarish
sodir bo’lmasligi mumkin. Hozirgi muhim dolzarb masalalardan biri kishilarning eskicha
dunyoqarashini o’zgartirish iqtisodiy, siyosiy, madaniy jabhalarda fikrlashni o’rgatish,
mustaqillikni mustahamlashda o’z haq - huquqlarini anglab olish va no’yxshov holatlarning
hayotga kirib qolmasligiga qarshi kurashishga undashdan iborat.

Ong va milliy ong tushunchalari taxlil qilinadi:

Ongni

arabcha «aql» so’zidan olingan, deb ta’kidlaydi bir qator olimlar. Lekin ong va aql

iboralari o’rtasida farqlar ham bor. Odamning fikrlash qobiliyati nazarda tutilganda, ong va aql
atamalari bildirgan ma’nolar bir-biriga mos keladi, ong ham, aql ham odam miyasining ma’sulidir.
«Odam onglaydi (anglaydi), aql yuritadi, fikrlaydi. Ong, shuningdek, kishining ruhiy, ruhoniy,
siyosiy, falsafiy nuqtai nazarlari, diniy, badiiy qarashlarining ham majmui hisoblanadi»

4

Milliy ong

- bevosita har bir millat yoki elatning uzoq tarixiy etnogenez davri, turmush

tarzi, iqtisodiy ishlab chiqarish usuli, diniy e’tiqodlari, madaniyati, boshqa xalqlarning o’zaro
ta’siri tufayli shakllangan dunyoqarashi, iqtisodiy, siyosiy-ijtimoiy va madaniy-ma’naviy
sohalarda faollik darajasi.

«Milliy ong - O’zbekiston mustaqilligini mustahamlashning samarali omillaridan biridir».

Milliy ongni davr talabi darajasiga ko’tarish uchun davlatimizda katta ishlar amalga oshirilmokda.
Bunda ta’lim-tarbiya muassasalari-ning roli ayniqsa muhimdir.

Mafkura

(arabcha «mafkura» - nuqtai nazarlar va e’tiqodlar tizimi, majmui) - jamiyatdagi

muayyan siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy, falsafiy, ilmiy qarashlar, fikrlar va g’oyalar
majmui.

II.1.Turli dunyoqarashlar mohiytini yorituvchi rivoyatlardan misollar keltirish lozim.

Bunda quyidagi kabi rivoytlar taxlil etiladi: Qadimiy turkiy xalqlarda ham shunday mifologik
tizim mavjud bo’lgan. Misol tariqasida yer, osmon, yulduzlarning paydo bo’lishi, tuzil va o’zaro
munosabati haqidagi mifologik naqllarni keltiramiz:

1. Yer(ning) ustidan osmon bo’yi yo’yilib turadi. Eng balandda, o’rtada Temir qoziq

yuldo’zi turadi. Jami yulduz yer bilan temir qoziqning (atrofida) chir aylanadi. Yerning ostidayam
bir temir qoziq yuldo’zi bor. Ikki temir qoziq tortishib, yer qimirlamay turadi.

2. Ho’lkar avval yetti yulduz bo’lgan. Birovini Yetti qa roqchi olib, oltitasi qolgan. Yetti

qa roqchi Ho’lkar bilan Qambarning o’rtasia tushib, ularni yuz ko’rmas qilib qo’ygan. Avval ular
bir-birini yaxshi ko’rishgan. Hozir Ho’lkar botsa, Qambar chiqadi. Qambar botsa, Ho’lkar
to’g’adi. Ho’lkar- qiz, Qambar- yigit deyishadi. Oxiri qiyomatda Ho’lkar bilan Qambar
ko’risharmish.

3. Osmon qavat-qavat bo’lar ekan. Nechanchidir qavatida bir daraxt bor ekan. Har bir

odamning oti yozilgan barg shu daraxtda bo’lar ekan. Odam o’lsa, barg so’lib, o’zilib tushar ekan.
Barg yerga tushayotganda, biror odamga tegib ketsa, shu odamning qulog’i chimirlar ekan.
Shunday vaqtda kalima qaytarishi kerak ekan.

Turli dunyoqarashlar mohiytini yorituvchi rivoyatlardan misollar keltiring dunyoqarashi

hali to‘la-to‘kis shakllanmagan o‘quvchilar uchun o‘qituvchining hayotiy tajribalari, shaxsiy
na’munalari ham estetik tarbiyaviy ta’sir kuchiga egaligini unutmaslik kerak. Shuning uchun

4

Иброхимов А., Султонов Х., Жўраев Н. Ватан туйғуси. Т.: «Ўзбекистон»,199. 30- бет.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

163

o‘qituvchining jamoaga nisbatan diqqat motivlarini shakllantirishda avvalo tarbiyachining estetik
jihatdan tarbiyalanganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Estetik tizim tarbiyalanganlikning yuqori darajasini belgilovchi vosita bo‘lib, uning

talablarini bir maromda o‘quvchi ongiga singdirib borish uchunhar bir o‘quvchi, sinf, maktab
jamoasi harakat qiladi. Estetik tizimda ulkan tarbiyaviy maqsadlarga erishish uchun o‘qituvchidan
nihoyatda mohirona talabchanlik, ijobiy ta’sir etish vositalarining birligiga erishish talab etiladi:

- tarbiyada o‘quvchilar jamoasi muhitining birligi;
- o‘quvchilar mustaqilligi va o‘z-o‘zini tarbiyalashning birligi;
- fuqarolik va insoniylikning birligi;
- talabchanlik va ishonch birligi;
- o‘quvchi shaxsiga ehtiyotkorona munosabat;
- jinsiy tafovutlarni hisobga olish;
- bolalarning axloqiy va jismoniy sog‘ligi haqida qayg‘urish;
- axloq me’yorlariga amal qilish

5

.

Tarixdan ta’lim ijtimoiy jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va madaniy rivojlanishi bilan

tarbiya tizimi o`zgarib borgani kabi yoshlarga jismoniy tarbiya mazmunini shakli ham o`zgarib
borgan.O`zbek xalq ‘oetik ijodi ham shu orqali xalq pedagogikasida yoshlarning jismoniy
tarbiyasi eng aktual muammolardan biri sifatida katta o`rin egallaydi.

Xalq ijodining deyarli hamma janrlari-maqollar, ayniqsa ertak va dostonlarda uchraydigan

mehnatsevar, chidamli, qo`rqmas, botir, jasur va qa’ramon kishilar sifatida tasvirlanadigan asar
qahramonlarining hech biri q’ayri – tabiiy kuchga ega bo`lgan tasodifiy odamlar bo`lmay, balki,
albatta ma’lim oila yoki ayrim tajribaga ega bo`lgan shaxslar qo`lida muayyan maqsadga muvofiq
alohida va tegishli tarbiya olishlari natijasidagina jismoniy harakat erishgan kishilardir. Boshqacha
qilib aytganda, xalq pedagogikasida bolalarning jismoniy harakati, jismoniy mehnatga qobiliyatli
bo`lib yetishishlari, mustaham iroda, muayyan fe'l-atvor ham hatti-harakatlarga ega bo`lib
yetishishlarini jismoniy tarbiyaning ma’suli deb qaraladi.

3. Milliy tarbiyada insonparvarlik tarbiyasining uyg’unligi.

Xalq pedagogikasi insonparvarlik, baynalmilallik, xushyorlik, zukkolik, to’qirlik kabi

o`zbek xalqining o`ziga xos fazilatlarini uluq’laydi. Sharq odobnomasi ibodatnomasidan doimiy
ravishda bahramand bo`lgan, sharqona xalq pedagogikasi boyliklaridan oziqlangan va uning eng
go`zal namunalarini o`ziga qabul qilib olgan. O`zbek xalq pedagogikasi turkiy xalqlar ota-
bobolarimiz uzoq moziyda yaratgan va ko`z qorachiq’iday asrab avaylab saqlab kelgan ota meros,
sharq xalqlarining boy va betakror odobnoma va odatnomasi, ‘andnomalar, folklor ijodi
namunalari asosida shakllanganligi, rivojlanganligi va boyib borganligini e'tirof etish birdan bir
to`q’ri yo`ldir.

O`zbek xalq pedagogikasining ajralmas qismi oq’zaki ijod namunalari odob-axloq, ta'lim-

tarbiya borasidagi ‘andnomalar bag’oyat hayotiy xalqchil va ibratlidir. Xususan an'anaviy xalq
dostonlari, qo`shiqlar va ertaklar odobnoma darslari ekanligini folklorning boshqa katta-kichik
janrlari boshdan-oyoq ‘andnoma ekanini unutmasligimiz kerak.

Darhaqiqat haqiqiy insonni shakllantiruvchi odob-axloq haqidagi xalq qarashlari, xalq

oq’zaki ijodi asarlari xususan dostonlarda yashab keladi, ularda odob-axloq mavzusi o`ta
donishmandlik bilan keng ishlanganiga guvoh bo`lamiz.

Buning uchun O`zbekiston dostonchiligiga oid qodir baxshi Ra’imovdan yozib olingan va

nashrga tayyorlangan mashhur «Go`ro`g’li» silsilasiga kiruvchi «Zaydikon» dostoniga nazar
tashlash kifoya. Ushbu dostonida mashhur bahodir va yurt boshliq’i Go`ro`g’lining bolaligi va ilk
orzu umidlari, doimiy hamroxi va yo`ldoshi q’irotga ega bo`lib, or-nomus qadr-qimmat va sha'n
uchun boshdan kechirgan dastlabki q’aroyib bahodirliklari, ko`rsatgan shijoat-jasoratlari yuksak

5

Peter Menck. Looking Into Classrooms: Papers on Didactics.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

164

badiiy saviyada aks etgan.

O`zbek xalq oq’zaki ijodi to`q’ridan-to`q’ri bola tarbiyasiga ta'sir etish vositasi bo`lib

xizmat qilgan va xizmat qilib kelmoqda. Bolalarni to’qirligini tarbiyalashda va zexnini
o`tkirlashda, fikrlash qobiliyatlarini o`stirishda topishmoqlar muhim ahamiyatga ega bo`lgan.

Maqollar odob-axloq qoidalarini o`z ichiga olgan hayot tajribasidan o`tgan eng kichik

janrdir. Deylik, «Ishlaganning oq’zi oshga tegar, ishlamaganning boshi toshga tegar», maqolida
xalqning uzoq asrlik hayotiy tajribalari mujassamlashgan. Bundan tashqari maqollarda turmush
hodisalari bilan boq’liq bo`lgan Vatanparvarlik, mardlik, qa’ramonlik, mehnatsevarlik, do`stlik,
vafodorlik kabi axloq me'yorlari ma'qullanadi, egrilik, yomonlik, umidsizlik, yolq’on gapirish,
yalqovlik, ochko`zlik kabi illatlar qoralanadi.

Aql bilan odob egizak!
Aqlli naqllab so`zlar,
Aqlsiz laqillab so`zlar!
Barcha yaxshilik xushxulqlikda!
Bolam odam bo`lsin desang, yoshlikdan odob ber!
Yolq’on-yashiq gapirma, so`ng uyalib o`tirma!
Xulq har kim o`z qiyofasini ko`rsatadigan ko`zgudir.
Singari maqollarda odob-axloq mavzulari o`z ifodasini topgan.
Xalq oq’zaki ijodida ayniqsa qo`shiqlar alla, yor-yor o`lan, aza-yig’i kabilar xalq

hayotining hamma tomonlarini qamrab olgan. Bu qo`shiqlarda oilaning kundalik odob qoidalariga
odatlantirish tamoyillari ifoda etilgan.

Masalan, «Alla»ni olaylik.
Onaning orzu-havasi, niyatlari, bolalari kelajagi haqidagi maqsad-istaqlari u kuylagan

allalarda ifodalanadi. Farzandining baxtli – saodatli bo`lishini soq’lom va ‘axlavon, jasur bo`lib
voyaga yetishini orzu qiladi. Ularda tarbiya ruhi ham aks etadi. Donishmandlar «Alla aytmagan
onaning farzandida mehr kuchli bo`lmaydi» deydilar.

Ertak va dostonlar bolani har tomonlama yetuk qilib tarbiyalashda ertak aytib bermay bola

o`stirgan ota-ona va kattalarni yoki ertak eshitmay ulq’ yoshlarni tasavvur qilish qiyin.Ertak va
dostonlarni tarbiya uchun muhim tomoni shundaki, unda xalq oq’zaki ijodidagi topishmoq, maqol,
qo`shiqlar kabi janrlar jamlangan bo`lib, ular pedagogik g’oyalarni mukammal roq ta'sirchan
bo`lishini ta'minlaydi. Ertak va dostonlar bola tarbiyasining deyarli hamma tarkibiy qismlari;
jismoniy va aqliy kamolatiga ilm va hunarga muhabbat, mehnatsevarlik, ma'naviy sifat hamda
nafis didlarning tarkib topishiga oid ko`pdan-ko`p pedagogik materiallarni uchratish mumkin.

O`zbek xalq pedagogikasi yuqoridagi kabi folklor janrlari bilan bir qatorda bola yashab

turgan muhit-sharoitning vositachi roli ham mavjudki, ular yoshlarning ma'naviy fazilatlarini
shakllantirishda katta va samarali tarbiya vositasi hisoblanadi.

Sog’lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini farovon hayot asosini qurish

demakdir. Sog’lom avlodni tarbiyalash ikki jihatdan – yosh avlodni jismonan sog’lom etib
tarbiyalash va ularni ma'naviy barkamol etib voyaga yetkazishni o`zida mujassamlashtiradi. Inson
ma'naviy barkamol bo`lishi uchun eng avvalo jismonan soq’lom bo`lishi lozim. Bu oddiy hol,
ammo u jamiyatimiz rivoji kelajagini ta'minlovchi omildir.

Insonparvarlik

(«inson»-arabcha;

«parvar»-fors-tojikcha;

«lik»-o`zbekcha-kishiga

g`amxo`rlik, gumanizm)-odamzodning qadri, uning erkinligi, qobiliyatlari har tomonlama
namoyon bo`lishi uchun kurashish, insonning baxt-saodati, teng huquqliligi, adolatli hayotini
ta’min etishga intilish, insoniyikning barcha tamoyillari yuzaga chiqishiga shart-sharoitlar
yaratish ma’nosini anglatadi.

Insonparvarlik g’oyalari uzoq o`ziga xos tarixga ega hisoblanadi. Insonparvarlik g’oyalari,

baxt-saodat va adolatga erishish orzu-havaslari xalq og`zaki ijodiyotida, adabiyotda, diniy va
falsafiy ta’limotlarda uzoq o`tmishdan beri o`z aksini topib kelmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

165

Insonparvarlikning ko`rinishlaridan biri bu insonni ulug`lashdir. Inson tabiatning gultoji,

u har qancha maqtovga lo’yiq deb sanaladi. Bu haqda Qur’on va hadislarda, mutafakkirlar ijodida
ibratli fikrlar aytilgan.

Biz bu o`rinda «Sharq Gegeli» degan sharafli nomga sazovor bo`lgan faylasuf shoir,

mutafakkir Mirzo Abdulqodir Bedil so`zlarini keltirib o`tamiz. Bedil insonni irqiy, milliy, diniy
e’tiqodlaridan qat’i nazar hurmat va e’tiromga sazovor ulug` zot deb biladi va bu haqda shunday
debdi: «Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u mal’undir». Ushbu fikr har qanday
davr uchun ham adolatli, ardoqli va olijanobdir. O`zbek jadidlari (Behbudiy, Munavvar qori, Fitrat
va boshqalar) va ma’rifatparrvar shoirlar (Muqimiy, Furqat, Avaz O`tar o`g`li va boshqalar)
ijodida ham insonparvarlik g’oyalari davom ettirilib, yuksak insoniyik, odamiylik fazilatlari
kuylangan.

Insonparvarlik yaxlit dunyoqarash tizimi sifatida birinchi bor evryaning Uyg`onish

davrida, ya’ni XV—XVII asrlarda shakllangan. Forobiyning fikricha, baxt-saodat, osoyishta
hayot, kishilar o`rtasidagi hamkorlik jarayonida insonning ko`p ijobiy fazilatlari va xislatlari
asosida insonlar jamoasi yuzaga keladi. Forobiy insonlarning inoq va do`st yashashi mamlakatda
Xalq uchun katta foyda keltirishini isbotlashga intilgan va tinchlikni qat’iy ravishda quvvatlab,
butun faoliyatini inson xizmatiga qaratgan. Insonparvarlik tamoyili – odamlarga mehr-muhabbat
bilan qarash, ularning haq-huquqlarini hurmat qilish, baxt-saodati, har tomonlama kamol topishi
hamda ijtimoiy hayotda inson uchun qulay shart-sharoitla yaratib berish haqida g‘amxo‘rlik
qilishni ifodalovchi tuyg’ular, qarashlar majmuidir.

Insonparvarlik tamoyili o‘zining huquqiy ifodasini «Inson huquqlari umumjaxon

deklaratsiyasi” (1948 yil 10 dekabr), “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” (1992 yil 8
dekabr) kabi xujjatlarda o‘z aksini topgan. Xushmuomalalik – o‘zga kishilarga bo‘lgan ichki
hurmatning tashqi ko‘rinishi. Uning 10 ta belgisi bor: insof, aql, ilm, oliyjanoblik, ko‘rkam fe’l,
yaxshilik, sabr, shukr, muloyimlilik.

“Hayo imondandir.Hayoli, odoli bo‘lmoq har vaqt xayrli ishlarga sabab

bo‘ladi”(xadislardan).

“Vafosizda hayo yo’q, hayosizda vafo yo’q. Hayosiz inson – imonsizdir, imonsiz esa inson

emasdir”(Navoiy).

“Insonda doimo turadigan husn va latofat hayo ila iffatdir. Hayosiz yuz jonsiz jasad

kabidir”(Ibn Sino).

Sabr –qanoat – hayot quvonchiliklarini chidam bilan engishdir.
“Kuchli odamlar hamisha oddiydirlar” (L.Tolstoy).
A.Navoiy inson taqdiri, Xalq manfaatlari, mamlakat haqida g`amxo`rlikni asosiy masala

qilib qo`o’gan. U dunyoda eng qimmatli narsa insondir, degan fikrni olg`a surgan. Uning fikricha,
butun mavjudot, borliq, insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. «Odamiy ersang
demagil odami, oniki yo`q xalq g`amidin g`ami».

Insonparvarlik keng ijtimoiy fikrni qamrab olib, adabiyot, falsafa, san’at va boshqa

sohalarda namoyon bo`ldi.

6

XIV—XVII asrlarda insonparvarlik Italiyada, keyinchalik esa

evryaning boshqa mamlakatlarida tarqala boshladi.

Shundan keyingi asrlar davomida insonparvarlik g’oyalari katta tarixiy yo`lni bosib o`tdi.

Jaxon ilmiy, siyosiy va ijtimoiy falsafasida insonparvarlik

«gumanizm»

nomi bilan rivojlandi.

Bu atama birinchi marta XIX asr boshlarida fanda ishlatila boshlandi va XX asrning o`rtalarigacha
jamiyatdagi adolatsizlikni, tengsizlikni tanqid qilishga qaratildi. Insoniyatning XV asrdan to XX
asrning o`rtalarigacha bo`lgan tarixi kishilarni asta-sekin insonparvarlik g’oyalarini
o`zlashtirishga olib keldi va bu g’oyalarni inkor etish insoniyatni taxlika ostonasiga keltirib
qo`o’ishini ko`rsatdi.

6


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

166

Shu asosda ikkinchi jaxon urushidan keyingi davrda jaxon taraqqiyotida tub o`zgarishlar

yuz bera boshladi va haqiqiy insonparvarlik tomon jiddiy qadamlar qo`yildi.

Bolalarimizning yoshlik paytlaridan boshlab, ma’naviy axloqiy tarbiya negizi, shuningdek

insonparvarlik sifatlarini tarbiyalash ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirib
beruvchi kelajakdagi barkamol shaxs tarbiyasi uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratish
imkoniyatini berdi.

REFERENCES

1.

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy taxlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar
faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘isiilangan majlisidagi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar

2.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz.
“O‘zbekiston”, 2017.

3.

O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi ‘rezidentining farmoni.O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari
to’plami, 20l7yil, 6-son,70-modda.

4.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va Xalq
farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.

5.

Mavlonova R.A.,D.Abduraximova.Pedagogik mahorat.O‘quv qo‘llanmaT:.Fan va
texnologiya 2012-yil

6.

Mavlonova R Raxmonqulova R, Normurodova N.R, Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik
Nizomiy nomidagi TD’U riziografida nashr qilindi. Toshkent, 2014 y.

7.

Mavlonova R.A.,Normurodova N.Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Oquv qo‘llanma. Toshkent,
“Fan” 2008 y.

8.

Nishonova S,Imomova M, XasanovR. pedagogika tarixi. Darslik T.: O‘qituvchi 1996-yil

9.

Ochilov H.M. Muallim qalb me’mori. O‘quv qo‘llanmaT;.O‘qituvchi. 2004-yil

10.

Egamberdieva N, Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Alisher Navoiy nomidagi O‘zMKN.T.:
2009-yil.

11.

pedagogo’ and ‘ractice: Teaching and l.eaming in Secondarop Schools.

12.

Michael Uljens.Sciiool Didactics and Learning: A School Didactik Model Framing an
nalo’sis pedagogical Im’lications of Learning Theorop 2008-y.

13.

John Deweop, How wc lhink(l910).Martin,Jay.The education of John Deweo.(2003)
Columbia niversitop press.Gutek Gerald L.(2009)New perspectives on philosof and
education pearson education Inc.

14.

Xoshimov K., S.Ochilov S.O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.T:.O‘qituvchi 2010y.

Internet saytlari

15.

1.http://zivonet.uz

16.

2.http://edu.uz

17.

3.www.nadlib.uz

18.

4.http://teoriva.

References

Mirziyoyev Sh.M. Tanqidiy taxlil, qatiy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik -har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil yakunlari va 2017 yil istiqbollariga bag‘isiilangan majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutqi. // Xalq so‘zi gazetasi, 2017.16 yanvar

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. “O‘zbekiston”, 2017.

O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi ‘rezidentining farmoni.O‘zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami, 20l7yil, 6-son,70-modda.

Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi - inson manfaatlarini ta’minlash taraqqiyoti va Xalq farovonligining garovi. “O‘zbekiston”, 2017.

Mavlonova R.A.,D.Abduraximova.Pedagogik mahorat.O‘quv qo‘llanmaT:.Fan va texnologiya 2012-yil

Mavlonova R Raxmonqulova R, Normurodova N.R, Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Darslik Nizomiy nomidagi TD’U riziografida nashr qilindi. Toshkent, 2014 y.

Mavlonova R.A.,Normurodova N.Tarbiyaviy ishlar metodikasi. Oquv qo‘llanma. Toshkent, “Fan” 2008 y.

Nishonova S,Imomova M, XasanovR. pedagogika tarixi. Darslik T.: O‘qituvchi 1996-yil

Ochilov H.M. Muallim qalb me’mori. O‘quv qo‘llanmaT;.O‘qituvchi. 2004-yil

Egamberdieva N, Ijtimoiy pedagogika. Darslik. Alisher Navoiy nomidagi O‘zMKN.T.: 2009-yil.

pedagogo’ and ‘ractice: Teaching and l.eaming in Secondarop Schools.

Michael Uljens.Sciiool Didactics and Learning: A School Didactik Model Framing an nalo’sis pedagogical Im’lications of Learning Theorop 2008-y.

John Deweop, How wc lhink(l910).Martin,Jay.The education of John Deweo.(2003) Columbia niversitop press.Gutek Gerald L.(2009)New perspectives on philosof and education pearson education Inc.

Xoshimov K., S.Ochilov S.O‘zbek pedagogikasi antologiyasi.T:.O‘qituvchi 2010y.

Internet saytlari

3.www.nadlib.uz

4.http://teoriva.