UZBEK NATIONAL CULTURE AND SPIRITUALITY IN FOLK PEDAGOGY

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Saburova, G. (2023). UZBEK NATIONAL CULTURE AND SPIRITUALITY IN FOLK PEDAGOGY. Modern Science and Research, 2(7), 280–285. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22230
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

The proverb describes the educational value of folk Applied Arts and crafts, national architecture, national music, singing and dance art, and national theatres on the importance of nationalism and manawism.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

280

XALQ PEDAGOGIKASIDA ÓZBEK MILLIY MADANIYATI VA

MA’NAVIYATI

Saburova Gulshat Duzelbayevna

Ájiniyaz nomidagi NDPI magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8186642

Annotatsiysa.

Ushbu maqoloda ta’lim-tarbiya xalq amaliy san’ati va hunarmandchiligi,

milliy me'morchilik, milliy musiqa, qo‘shiqchilik va raqs san'ati, milliy teatrlarning tarbiyaviy
ahamiyati milliylik va manaviyatning ahamiyati haqida sóz etilgan.

Kalit sózlar:

ta’lim-tarbiya,xalq pedagogikasi, milliylik, manaviyat.

UZBEK NATIONAL CULTURE AND SPIRITUALITY IN FOLK PEDAGOGY

Abstract.

The proverb describes the educational value of folk Applied Arts and crafts,

national architecture, national music, singing and dance art, and national theatres on the
importance of nationalism and manawism.

Key words:

education, folk pedagogy, nationalism, spirituality.

УЗБЕКСКАЯ НАЦИОНАЛЬНАЯ КУЛЬТУРА И ДУХОВНОСТЬ В

НАРОДНОЙ ПЕДАГОГИКЕ

Аннотация.

В данной статье рассказывается о значении национальности и

нравственности в образовании, Народно-прикладном искусстве, национальной
архитектуре, национальной музыке, Певческом и танцевальном искусстве,
воспитательном значении национальных театров.

Ключевые слова:

воспитание,народная педагогика, национальность, духовность.


Uzluksiz ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya jarayonining bitiruvchisi muayyan soha bo'yicha

bilim olishi va kasb-hunar egasi sifatida Vatan ravnaqiga hissa qo'shishi lozim. Zero,
Respublikamizda qabul qilingan milliy g'oyaning yetakchi g'oyalaridan bin, yuqorida
ta’kidlaganimizdek. Vatan ravnaqi sanaladi. Yurtimiz ravnaqiga hissa qo’shishni o'ziga azmu
qaror qilib olgan shaxslarni tarbiyalab voyaga yetkazishda milliy madaniyat va ma'naviyat muhim
o’rin tutadi. Demak. xalq amaliy san'ati va hunarmandchiligi, milliy me'morchilik, milliy teatr va
musiqa, qo'shiqchilik va xalq raqs san'ati namunalarining falsafiy, psixologik va tarbiyaviy
jihatlarini anglash. mazmun-rnohiyatini chuqur bilish uchun uni xalq pedagogikasi bilan bog'lab
o'rganish zarurdir. Chunki yuqorida ta'kidlangan san’at va hunarmandchilik turlari xalq hayotining
bevosita ifodasi boiib, xalqimizning ijtimoiy hayot haqidagi tushunchalarini, uning yuksak didini,
estetik qarashlarini va shu bilan birga xalq pedagogikasining axloqiy tarbiya bilan bog'liq muhim
qirralarini o‘zida aks ettiradi. Shuningdek, xalqimizning uzoq tarixi, urf-odatlari, keng
dunyoqarashi, orzu-umidlarini ham butun uluǵvorligi va teranligi bilan namoyon etib. ular haqida
keng va chuqur bilim beradi va ma’naviy-axloqiy qadriyatlarga. kasb-hunarga qiziqish
uyg‘otishda muhim manba hisoblanadi. Yurtimizda vujudga kelib, gullab yashnagan san'at turlari
o‘zining jozibadorligi va betakrorligi bilan dunyoga mashhur boMib, shulardan xalq amaliy san’ati
xalqimizning ko'p asrlik tarixida madaniy merosimizning eng ajoyib va ommaviy qismini tashkil
etadi. Xalq amaliy san’atining mohir ustalari o'z asarlariga shunchaki bezak bermasdan, balki shu
bezak vositasida o’z tikrlarini aks ettirganlar. Mavjud tarixiy obidalar, qolyozmalar, xalq amaliy
san’ati va hunarmandchiligi namunalari fikrimiz dalilidir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

281

Hunarmandchilikning qadimiy davrlardan keng tarqalgan sohalari mavjud bo'lib,

temirchilik, degrezlik, pichoqchilik, qulfchilik, zargarlik, zardo'zlik, duradgorlik, o'ymakorlik,
xarrotlik, sandiqchilik, naqqoshlik, popopchilik, gilamdo‘zlik, beshikchilik, do'ppichilik,
ganchkorlik, sangtaroshlik, kulolchilik, koshinchilik, ko‘nchilik, charmgarlik, mahsido‘z!ik,
etikdo'zlik, qandolatchilik shuiar jumlasiga kiradi. Shu o‘rinda hunarmandchilik haqida ikki og‘iz
to'xtalib o‘tsak. Taniqli etnograf l.Jabborovning ta'kidlashicha, temirchilik rivojlanishi bilan
mustaqil sohalar yuzaga kela boshlagan. Masalan. o‘zbek pichog'ini pichoqchilar, qulf-kalitni
qulfchilar, igna- bigizni ignachilar, ro'zg'orda zarur bo‘lgan buyumlami chilangar, mixgar,
taqachilar yasaganlar. O'zbek zargarlari yasagan noyob qimmatbaho bezaklar dunyoda mashhur.
Yog‘och buyumlarini yasash hunarmandchiligini duradgorlar amalga oshirgan, bunda o'ymakorlik
alohida ahamiyatga ega bo'lgan. Shuningdek, uy-ro‘zg‘or buyumlarini yasaydigan usta-xarrotlar,
egarchi, taroqchi, elakchi ustalar ham bo'lgan. Mahalliy duradgor ustalar milliy musiqa asboblarini
yasaganlar. Qurilish ishlari bilan shug'ullanuvchi ustalarni gilkor (g‘isht quyuvchi), suvoqchi,
paxsakash deb ataganlar. Maxsus me’morlar, ya’ni mohir suvoqchi va ganchkorlar milliy
me’morchilik san’atini egallab, machit-madrasalar, minora va ko'shklar qurganlar. Sabr-toqat va
og'ir mehnat talab qiladigan badiiy amaliy san'at sohasi tosh va suyak o'ymakorligi, ya’ni
toshtaroshlik va sangtaroshlikdir. Sangtaroshlar asosan marmar ustunlar yasaganlar. Kulolchilik
eng qadimiy va ommaviy hunarmandchilik turi bo‘lib hisoblangan. “O'zbeklarning bu qadimiy
amaliy san’ati o'zining boy an'analari, nozik va mayin naqshlari va o'ziga xos milliyligi bilan uzoq
davrlardan beri uzoq-yaqin xalqlarni ham o'ziga maftun qilib kelgan”39. Rangli, sirlangan g'isht
taxtalarni yasovchi ustalar koshinlar deb nomlangan, ular quruvchi bo'lsalar ham kulolchilik
asboblaridan foydalanganlar. Tandirlarni tandirchilar yasaganlar, teridan po'stin va bosh kiyim
tikkan ustalarni po‘stindo‘z, telpakdo'z deb ataganlar. Shuningdek, ko'n va charmdan oyoq kiyim
va turli buyum yasaganlarni charmgar, etikdo‘z, kavushdo‘z deb nomlaganlar.

Ózbek xalq pedagogikasida xalq amaliy san’ati ustalarining kasb- hunarlari yuqori

baholanib, yoshlarni hunar o‘rganishga, turli kasb- hunar sohalariga qiziqtirishga g‘amxo‘rIik va
boshchilik qilishlari kerakligi uqtiriladi. Shuningdek, zamonamizning barkamol yoshlari ilmli,
hunarli bo'lishlari bilan birga aql-idrokli, fahm-farosatli, mohir hunarmand va ibratli odob-axloq
egasi bo‘lishi zarurligi qat’iy ta’kidlanadi. Xalqimiz hunar egalarini qanchalik ardoqlagan va
yuksak baholagan bo'lsa, axloqiy yetukiik, kasbga hurmatni ham shunchalik yuqori 0‘ringa
qo‘ygan. Xalq amaliy san'atiga, shu orqali hunar egallashga qiziqishni uyg‘otish axloqiy tarbiya
bilan uyg‘unlikda olib borilganligi tufayli diyorimizda o‘zbek madaniyatiga ulkan hissa qo‘shgan
qanchadan-qancha yirik mutafakkirlar, olimlar, ilmu-fan, san’at va adabiyot namoyondalari
yetishib chiqqan. Xalq pedagogikasi manbalarida berilishicha, yoshlarni hunarmand bolishga
odatlantirish, qiziqtirish, yomalash va undash eng avvalo oiladan boshlanadi. Hunar o‘rgatish
orqali axloqiy tarbiyalash ham avvalo oilada keyinchalik ta’lim muassasalarida davom etadi.
Oiladagi kattalar yoshlarni hunar o‘rgatishga yo‘naltirish, ulaming sekin-asta hunami
egallayotganlarini sinchiklab kuzatib borishi va manzur bolgan ishlari uchun rag‘bat , maqtab,
mukofatlab turishlari haqida xalq pedagogikasida juda ko’p ma’lumotlarni olish mumkin. Zero,
xalq o'tmishida aytilgan axloq-odob, hunar haqidagi fikrlami davr elagidan saralab o’tkazadi,
durdonalarini ardoqlab, kelajak avlodga uzatadi. Demak, xalq amaliy san'ati namunalari yoshlarda
kasb-hunarga mehr uyg'otish hamda mehnatsevarlik hissini singdirish vositasi bo'lib qolaveradi. 0
‘zbek xalqining teatr va musiqa san'ati ma’naviy madaniyatda muhim o'rinni egallaydi. Turli xalq


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

282

bayramlari va sayiliarida, to'y va zivofatlarda doimo ommaviy xalq o'yinlari sahnalashtirilgan,
askiyabozlik. qo'g'irchoq teatri. darboz, sozanda-goyanda va masxarabozlik san'ati namoyish
qilingan. Ózbek xalq teatri masxaraboz-qiziqchilar va qo'g'irchoq teatrlariga bo'lingan bo'lib,
ularda askiyaboz. muallaqchi, darboz, nayrangboz (fokuschi), yog‘ochoyoq, masxaraboz, qiziqchi,
qo'g'irchoq o‘ynatuvchilar, sozandalar ishtirok etishgan. Ular boy zadogonlarning xasisligi,
nopokligi, ta'magirligi, munofiqligini ayovsiz fosh qilganlar. Milliy teatr taraqqiyot bosqichini
o'rganar ekanmiz. xalqimiz ko'ngli zavq-shavqqa to'lgan, san'atni qadrlaydigan, yuksak didli
ekanligiga yana bir karra amin bo'lamiz. Zero, "yuksak badiiyat va haqqoniylik. ezgu maqsadlarga
xizmat qilish ruhi bilan sug'orilgan asarlar yaratish - barcha san’at turlari kabi bu soha uchun ham
asosiy mezon bo'lishi tabiiydir"4". Musiqa madaniyatida xalq ashulalari, xalq kuylari,
sozandachilik san'ati rivojlangan. Ilk to'la maqom XVI asrga oid Buxoro “Shoshmaqomi"dir.
Maqomiarning asosiy mazmuni lirik sevgi va didaktik she’rlardan tashkil topgan. Hozirgacha eng
sevimli maqomlar Umar Hayyom, Jomiy, Rumiy, Navoiy, Bedil. Ogahiy kabi klassik shoirlaming
asarlari asosida bastalangan. Musiqa haqida Aflotun: “Musiqa insonlarni tarbiyalashda har qanday
o'zga vositalardan afzaldir. Chunki ohang va uyg‘unlik inson ruhi va ruhivati tomon yo‘l topadi”,
- degan bo’lsa, buyuk bobokalonimiz Alisher Navoiy: ‘‘Ko‘ngil xush ohangdan quvvat. ruh esa
xush ovozdan oziq oladi”, - deydi. Qur’oni Karimdagi suralar ohangdor ovoz bilan, qiroat ila
o'qilishi ham yuqoridagi fikrlar tasdig‘idir. Bir tabiatshunos olim unarming oxirida o:zining
she’riyatga, musiqaga ishtiyoqi kamaygani xususida kuyinib, agar umrimni qaytadan boshlash
nasib qilganda, har haftada loaqal bir marta biroz she’r o’qish, andak musiqa tinglashni qoida qilib,
shu yo‘l bilan miyamning tegishli qismlarini faol holatda saqlab qolgan bo'lardim, deb yozgandi.
Sa’diy Sheroziy kuy va qo‘shiqni "Ruh ozuqasi” deb bejiz aytmagan. Kishi yaxshi kuyni
tinglaganda, jaholatdan yiroqlashadi, muhabbat, sadoqat, go'zallik kabi yuksak insoniy his-
tuyg'ularni qalban his etadi, natijada did va nafosat tuyg'usi shakllanadi. Shuningdek, musiqaning
inson kayfiyati va sogMigiga ta’siri beqiyosligi bois lining tibbiyotda qoMlanilishi ko'hna
tariximizdan ma’lum. Ulug‘ siymolar musiqaning inson salomatligiga ta’siri haqida qator risolalar
yozib qoldirganlar. Moziyga bir nazar solib, bir necha yillik tarixga ega bo‘lgan “Navro‘z”,
“Mehrjon”, “Lola sayli”, “Hosil bayrami”. “Qovun sayli", “Uzum sayli”, “Sumalak gurungi” kabi
mavsumiy bayramlar va u bilan bog‘liq urf-odatlarni eslaylik. Bunday bayramlarda xalq karnay-
sumay, doira, nog'ora sadolari jo :rligida o‘zining jismoniy harakatlari orqali qo‘shiqlar kuylab,
raqslar ijro etganlar. Ana shunday tadbirlar insonni ruhan tetiklikka, jismonan bardamlikka
chorlagan. Masalan, qosh o‘yini, bosh o'yini, elka o‘yini, oyoq va qo‘llar o'yinlarini buyuk:
tibbiyot allomalari inson ruhini yanada ko'taruvchi omil, deb baholaganlar. G’arb shifokorlari ham
ba’zl kasalliklarni davolashda dori- darmoti o'rniga mumtoz musiqani tavsiya qilishadi.
Aniqlanishicha, Betxovenning 5-simfoniyasi yurak faoliyatiga xush ta’sir qiladi, “Oy sonatasi”
esa asablami tinchlantiradi. Baxning “Italiya konserti” qahru-g'azabni bosadi. Shopenning
mazurkalari va Shtrausning valslari xavotirli tuyg‘ularni aritadi. Chaykovskiyning “Oqqush ko‘li”
va Shopenning “Re-minor noktyumi” qon bosimini tushiradi. Sharqda maqom yo‘nalishidagi og‘ir
qo‘shiqlar tinchlantirsa, sho‘x, o‘ynoqi ohangdagi kuy-qo‘shiqlar tetiklashtiradi. Xalqiiniz nazdida
yoqimli musiqa va ohang ta’sirida uyg'onadigan ijobiy his-tuyg‘ular markaziy asab tizimiga ta’sir
qilib, yurak ishini faollashtiradi, diqqatni bir joyga to'plashga, beqarorlikdan qutulish va hissiy
holatni yaxshilashga olib keladi. Bir so‘z bilan aytganda. yoqimli musiqa insonni yangi-yangi
zafarlarga ilhomlantiradi va uning ruhiyatidagi yashirin zahiralami ishga soladi. Ulug' tabib Abu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

283

AH ibn Sino ham turli kasaliklarni davolashda musiqadan keng foydalangan. har bir bemorning
mijoziga qarab musiqa tanlagan. Buyuk alloma Abu Nasr Farobiy musiqaning uch vazifasini
ko'rsatadi: “Birinchidan, insonga xursandchilik baxsh etadi; ikkinchidan, insonda ijobiy his-tuyg'u
va zavq-shavq uyg‘otadi; uchinchidan, inson tasavvuriga ta'sir etib, ko'z oldiga xayotdagi eng
quvonchli damlami keltiradi”, - deydi. Allomaning ta’kidlashicha, Agar tibbiyot bilan musiqa
birlashsa, inson tarbiyasida juda katta yutuqlarga erishish mumkin boMardi”. Darhaqiqat. milliy
musiqa va qo‘shiqchilik san’ati yoshlarimizda nafosat tuyg’usini shakllantirish omili deb qaraladi.
Ammo inson ruhiyatiga salbiy ta’sir o'tkazadigan musiqa va qo'shiqlar, albatta, bundan mustasno.
Bu haqda yurtboshimiz shunday fikr bildiradilar: “Agar insonning qulog'i yengil-yelpi, tumtaroq
ohanglarga o‘rganib qolsa, bora-bora uning badiiy didi, musiqa madaniyati pasayib ketishi, uning
ma'naviy olamini soxta tushunchalar egallab olishi hech gap emas. Oxir-oqibatda bunday odam
“Shoshmaqom” singari milliy merosimizning noyob durdonalarini ham, Motsart, Betxoven, Bax
va Chaykovskiy kabi dunyo tan olgan buyuk kompozitorlarning asarlarini ham qabul qilishi qiyin
bo‘ladi”. Demak, yoshlarimizning madaniy saviyasini yuksaltirishimiz, buning uchun esa nafosat
tarbiyasiga katta e’tibor qaratishimiz zarurdir. Xalq pedagogikasi manbalarida milliy musiqa,
qo'shiqchilikka oid ma’lumotlar behisob. Qo'shiqlarda xalq hayoti, xalq xarakteri, ruhiyati,
shuningdek, xalq tafakkuri, dunyoqarashi, an’analari. urf- odatlari, o‘ziga xos xususiyatlaii butun
qirralari bilan namoyon bo‘ladi. Inson chaqaloqlik davridayoq alia orqali qo‘shiq eshitadi, butun
umri davomida qo'shiq tinglaydi, oxirgi kunida ham yig‘i-yo‘qlov qo'shiqlari bilan kuzatiladi,
ya’ni butun umri davomida qo'shiq insonga hamrohlik qiladi. Xalq qo'shiqlariga allalar, yor-yorlar,
laparlar, mehnat qo'shiqlari, mavsumiy qo'shiqlar, muhabbai: mavzusidagi qo'shiqlar kiradi.
Musiqa va qo'shiqning yuksak did va nafosat tarbiyasidagi ahamiyati haqida xalq og'zaki ijodida
qator afsona, rivoyat, asotir va hikoyalarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Masalan, “Doira”
rivoyatida hikoya qilinishicha, qadim-qadim zamonlarda bir mamlakatning savdogarlari savdo
qilish uchun safarga chiqishibdi. YoMIari cho'li Malikdan o'tar ekan. Yo‘l yurib, yo‘1 yurishsa
ham oz emas, m ol yurishib. cho‘li Malikning qoq o‘rtasiga borib qolishibdi. Bir payt g'amlagan
suvlari ham tamom bo'lib qolibdi. Suvsizlikdan birin-ketin sulayishib, yotib qolishibdi. Kuch-
quvvatlari ketib, turib yurishga aslo madorlari qolmabdi. Karvonda bir yigit ham bor ekan. U
o’zining oxirgi meshidagi suvni safardoshlari og‘ziga tomchilab-tomchilab quyibdi. Odamlar bir
oz o'zlariga kelishibdi-yu, baribir issiq hamda chanqovdan yo'lga tusha olishmabdi. Shunda boyagi
yigit o‘ylab- o‘ylab, suvdan bo'shagan meshini yorib, aravaning g‘ildiragiga tarang qilib tortibdi.
Shundan keyin oftobga qaratib qo'yibdi. So'ngra uni taka-tumlata boshlabdi. Ovoziga mahliyo
bo‘lib qattiqroq taka- tumlatibdi. Bora-bora uni shunchalik ura boshlabdiki, asbobning ovozi butun
choMni larzaga keltiribdi. G ’ayritabiiy bu ovozdan odamlar ham o‘zlariga kelib, g‘imirlay
boshlashibdi. Ularda kuch-quvvat, xatti- harakat paydo bo'libdi. Ovoz barxandan barxanga o'tibdi,
tepalikdan tepalikka ko'chibdi. Oxiri shu cho'lning narigi chekkasida ketayotgan boshqa
karvondagilaming qulog'iga yetib boribdi. Karvondagilar: "Karvon halokatga uchrabdi, boMmasa
bunaqa ovoz chiqarmasdi. Yordamga chaqiryapti, bormoq kerak”, - deb ulaming oldilariga yetib
borishibdi. Suv berib, falokatga uchragan savdogarlami saqlab qolishibdi-da, savdoga birga olib
ketishibdi. Cho'lda suvsizlikdan halokat holiga kelgan savdogarlami saqlab qolgan narsa doira
ekan. Shu-shu doira "taka-taka-tum'’ deb ovoz chiqara boshladimi, odamlarda tetiklik, jasurlik.
dadillik kayfiyati uyg'onarkan. “Jazo” rivoyatida esa qo‘shiq sehri, insonlarga xos bo‘lgan
ziyraklik. topqirlik, aql tarannum etiladi: “Bir shahzoda yolg‘iz o‘zi ovga chiqibdi. U hech


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

284

qo’rqmay, qalin to‘qay ichiga kirib bedarak ketibdi. Podshoning yuragiga g'ulg'ula tushibdi. Bosh
vazirni oldiga chaqirib: "O 'g’limni tezda topasan, topmay qaytib kelsang yoki yomon bir xabar
keltirsang og'zingga qo‘rg‘oshin quydiraman”, - debdi. Bosh vazir odamlarini olib, to‘qayga
ravona bo'libdi. Qidirib- qidirib qarasalar, shahzodani yovvoyi hayvon o'ldirib ketgan emish. Vazir
podshoning oldiga borib bu xabami aytishga yuragi betlamabdi. Keyin bir joyga to'planib inaslahat
qilishibdi. Vazir bilan birga borgan

odamlardan biri: “Mana shu to'qayning narigi chetida bir dono chol bor, o'sha chol nima

qilish kerakligini aytib beradi, shuning oldiga boramiz”, - deb maslahat beribdi. Vazir boshliq
podshoning odamlari o‘sha cholning oldiga borishibdi. bo‘lgan gaplami aytib berishibdi. Chol
o‘ylanib turib: “Mayli, men o'zim borib javobini beraman”, - debdi. Bular hammasi shahzoda.ning
o'ligini bir yerga yashirib, podshoning saroyiga boribdilar. Zo‘r tashvishda o'tirgan podsho darrov:
“Xabar topib keldingizmi?" - deb so‘rabdi. Hamma jim turaveribdi, chunki kim to'g'risini aytsa.
og‘ziga qo‘rg‘oshin quyilishi kerak edi. Shunda haligi odam qo'liga dutorini olib chala beribdi.
Dutordan shunday mungli, qayg'uli ovoz tarqalibdiki, podsho o‘g‘lining nima boiganini darrov
sezib olibdi. Podsho og‘ir qayg'u chekibdi, keyin g'azab bilan: “Cholning og‘ziga qo'rg'oshin
quyilsin”, - deb buyruq beribdi. Haligi chol: “Meni avf eting, podshohim, menda hech ayb yo'q,
qayg'uli xabarni men emas, mana bu dutorim aytdi. jazoni shu dutor tortishi kerak”, - debdi.
Podsho buyruqni chor-nochor o‘zgartiribdi: dutorning qomiga qo‘rg‘oshin eritib quyibdilar.
Ma’lumki, yurtimizdagi tarixiy obidalar, milliy me’morchilik namunalari ulkan ahamiyatga ega
bo'lgan yodgorlikdir. Ularning har biri milliy boyligimiz, milliy o'zligimizni anglatib turuvchi
tarixiy xotira, saboq, odobnomalardir. Ana shu xalq durdonalari jahon me'morchiligi tarixida
0‘zlarining badiiy qadr-qimmati, obro‘siga ko‘ra Misr, Hindiston, Eron, antik Yunoniston va
qadimgi Rimdagi mashhur me’morchilik yodgorliklari bilan haqli ravishda bir qatorda turadi. Bu
obidalar bir necha asrlardan beri vaqt sinovlariga bardosh berib kelayotganligi, betakror bezaklari
va salobati bilan jahon xalqlarini maftun qilib kelmoqda. Yosh avlod nihoyatda yuksak aql-
zakovat mahsuli bo'lgan bunday arxitektura ansambllari, mahobatli binolami ko‘rib, ulardagi
mislsiz go'zallikni his qiladilar. Hunannand ustalar ishini ko'rib, hunar o'rganishga yanada
qiziqishi ortadi. Shuningdek, bunday monumental qurilishlar. majmua va yodgorliklar yoshlami
axloqiy tarbiyalashda muhim manba hisoblanadi. Ajdodlaming me’morchilik qobiiiyatidan
faxrlanish hissi vatanni sevishga, vatanparvarlik hissining uyg'onishiga olib keladi. Vatanparvarlik
esa axloqiy tarbiyaning bosh mezonidir. Yurtimizdagi har bir tarixiy me’morchilik obidalari
o‘ziga xos murakkab arxitektura asosida qurilgan va j'uda katta mehnat sarflangan. Jumladan,
Samarqand shahridagi Sherdor madrasasi 1619-1636- yillarda Samarqand hokimi Bahodir
Yalangto'sh tomonidan Abdujabbor loyihasi asosida qurdirilgan. Me’mor Abdujabbor “Sherdor”
madrasasining peshtoqini hech qaysi me'morchilikda takrorlanmaydigan uslub bezaydi. Unda
hayvonlar, o‘simlik va issiqlik, yorug‘lik manbai boMgan quyosh orqali komil insonni aks
ettirishga muvaffaq bo‘lgan. Bu me’mor Abdujabboming nafaqat naqsh tilini, balki go‘zallik
falsafasini, naqshlarning ramzlarini bilgan mohir usta bo‘lganidan dalolat beradi. Madrasaning
hammani o'ziga tortadigan jihatlaridan biri shundaki, uning peshtoqiga sher, ohu, quyosh va inson
yuzining tasviri tushirilgan. Sher boshining birinchi ramziy ma’nosi tirik mavjudotlar ichida eng
aqlli va kuchli qilib insonlaming yaratilganligini anglatadi. Tasvir Samarqand hokimi Bahodir
Yalangto‘shbiyning dovyurakligi, aql- zakovati. epchilligi, ziyoli va donoligiga qiyoslanib, uning
burji sher, muchali esa yoMbarsligiga ishora qilingan. Sherning quIogM esa insonlami


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

285

hushyorlikka undashi, ya’ni halol va harom luqmaning farqini hushyorlik bilan ajrata bilishga
undaydi. Asarda ajdodlarimizdan Abu Nasr Farobiyning quloq haqidagi ibratli flkrlari ham
keltirilgan. “Agar quloqni nimalardan berkitish kerak, deb so‘rasalar, aytgil, avval botil va bid’at
so'zlardan, ikkinchidan, behuda va foydasiz so‘zlardan, uchinchidan, g‘iybat va bo‘hton so‘zlarni
eshitishdan. Chunonchi, g‘iybatga quloq solgan g‘iybatchining gunohiga sherikdir". Sherning tishi
orqali aqi-zakovatda, ilmda, tafakkurda o‘tkir bo'lish lozimligi, tili esa so'zning dunyodagi eng
shirin va achchiq narsa ekanligini bildiradi. Ko‘z tasvirida insonning qalb ko'zi ramziy ma’noda
ifodalangan boiib. inson olamni ko‘zi bilan ko'radi, lekin shunday narsalar borki, inson ulami qalb
ko‘zi bilan ko‘rishi va idrok etishi kerakligi ma'nosida ifodalangan. Aynan yoshi ulug' sher tasviri
insonlar va Bahodir Yalangto‘shbiyning donoligi, tajribaga asoslangan aql-zakovati yuksak
darajada ekanligi ramzi sifalida ko'rsatilgan.

Sherning tanasidagi qora zuluk shakllarida yovuzlik va tun ifodalanib, hayot oq va qora

hamda tun va kundan iboratligiga ishora qilingan. Oq rang poklik, ezgulik va yorug'likni bildirsa,
qora rang yovuzlik ramzi sifatida olingan. Xulosa qilib aytganda, me’inoriy obidaiarda aks etgan
har bir bezak. naqshning o‘z siri va falsafasi bor. Ajdodlarimiz tomonidan asrlar davomida Ьафо
etilgan ulkan. mahobatli me’moriy obidalarning boy mazmuni va teran mohiyatini yosh avlodga
yetkazish muhim vazifalariinizdan biridir.


REFERENCES

1.

Mutalipova Mavlyuda Junaydullayevna .XALQ PEDAGOGIKASI

2.

Mahmudov N. Til. O'zbeknoma. - Т.: Yozuvchi, 1998.

3.

Shomaqsudov Sh., Shoraxmedov Sh. Hikmatnoma.(0‘zbek maqollarining izohli lug‘ati) -
Т.: 0 ‘zbek ensiklopediyasi bosh redaksiyasi, 1990.

4.

Yo'ldosheva S. Xalq urf-odatlari va an’analari. - Т.: Ijod dunyosi nashriyot uyi, 2003.

5.

Alimasov V. Falsafa yohud fikrlash lazzati. - Т.: Ma’naviyat, 2001.

6.

Malik T. lymonlashish umidi.- -Т.: Yangi asr avlodi, 2004.

7.

Hoshimov 0 ‘. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. - Т.: Sharq, 2008.

References

Mutalipova Mavlyuda Junaydullayevna .XALQ PEDAGOGIKASI

Mahmudov N. Til. O'zbeknoma. - Т.: Yozuvchi, 1998.

Shomaqsudov Sh., Shoraxmedov Sh. Hikmatnoma.(0‘zbek maqollarining izohli lug‘ati) - Т.: 0 ‘zbek ensiklopediyasi bosh redaksiyasi, 1990.

Yo'ldosheva S. Xalq urf-odatlari va an’analari. - Т.: Ijod dunyosi nashriyot uyi, 2003.

Alimasov V. Falsafa yohud fikrlash lazzati. - Т.: Ma’naviyat, 2001.

Malik T. lymonlashish umidi.- -Т.: Yangi asr avlodi, 2004.

Hoshimov 0 ‘. Daftar hoshiyasidagi bitiklar. - Т.: Sharq, 2008.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов