SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE PROBLEM OF THE LYRICAL HERO

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Jienbaev, M. (2023). SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE PROBLEM OF THE LYRICAL HERO. Modern Science and Research, 2(7), 356–358. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22237
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In the article, scientific views on the lyrical hero were studied based on the scientific works of Russian and Karakalpak literary scholars.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

356

LIRIK QAHRAMON MUAMMOSINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Jienbaev Musa Azatbaevich

Qoroqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri

https://doi.org/10.5281/zenodo.8187385

Annotatsiya.

Maqolada lirik qahramon bóyıcha ilmiy qarashlar rus, qoraqalpoq

adabiyotshunoslarining ilmiy asarlariga tayangan holda órganildi.

Kalit so’zlar:

Lirik qahramon,

lirik subyekt,

lirik obyekt, adabiy egizak, hayotiy prototip,

badiiy tip, empirik fakt, zamonaviy tendensiyalar, lirik gipoztaza.

SCIENTIFIC AND THEORETICAL FOUNDATIONS OF THE PROBLEM OF

THE LYRICAL HERO

Abstract.

In the article, scientific views on the lyrical hero were studied based on the

scientific works of Russian and Karakalpak literary scholars.

Key words:

Lyrical hero, lyrical subject, lyrical object, literary twin, life prototype, artistic

type, empirical fact, modern trends, lyrical hypothesis.

НАУЧНО-ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРОБЛЕМЫ ЛИРИЧЕСКОГО

ГЕРОЯ

Аннотация.

В статье изучены научные взгляды на лирического героя на основе

научных трудов русских и каракалпакских литературоведов.

Ключевые слова:

лирический герой, лирический субъект, лирический объект,

литературный двойник, жизненный прототип, художественный тип, эмпирический
факт, современные тенденции, лирическая гипотеза.

Adabiyotshunoslikda lirik qahramon 1921-yil Y.Tınyanov adabiyotga shu terminni tadbiq

etganidan boshlab asosiy tadqiqot obyektlaridan biriga aylandi. Lirik qahramon sheriyatda muallif
maqsadlarin badiiy aks ettirishda xizmati katta. Shoyirning ruhiy dunyosi lirik qahramon
yordamida tasvirlanadi. Lirik qahramon bilan muallif o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik, ularning bir
butunligi yoki ikkisining ham alohida etirof etilishi adabiyotshunoslikdagi muommolardan biridir.

Biz bu maqolamizda lirik qahramon va muallif, ularning lirik asardagi xizmatini o’rganib,

lirik qahramon haqida adabiyotshunoslarning fikrlarini tahlil qilishni maqsad qildik.

Lirik qaharmon va muallifning o’zara bog’liqligi, lirik subyekt va obyekt masalalari haqida

ilk fikrlarni rus adabiyotshunoslari bildirdilar. Lirik qahramon haqida Boris Tomashevskiy: «

Lirik

qahramon – (shoir obrazi, lirik «men») adabiy termin bo’lib, u shoir tarafidan yaratilgan butun
lirik asarlarda tasvirlanadi. Uning yordamida shoir ijodi haqida dunyoqarash takomillashadi.
Lirik qahramonning ichki dunyosi harakat va voqealarni emas, aksincha belgili bir hayotiy
hodisalarni muallifning ko’ngil kechinmalari yordamida tasvirlaydi

»[1.177].

Yuqoridagi fikrlarga diqqat qaratadigan bo’lsak, lirik qahramon shoir obrazi bo’lib, hayotiy

hodisalar tasirida yuzaga chiqqan muallifning ruhiy istiroblarini, ko’ngil kechinmalarini tasvirlab,
shoir ijodin, uning xarakterin keng manoda anglashga yordam beradi. Demak lirik qahramon
shoirning lirik «men»i, obrazi bo’lsa, u sherda shoirning o’zini tasvirlaydi mi yoki muallifning
g’oyasin, badiiy fikrin yuzaga chiqarish maqsadida qo’llanilgan shoirning o’zidan mustaqil badiiy
detal mi kabi savollar tug’lishi tabiiy. Bu savolga javob topish uchun boshqa fikrlarga ham diqqat
qaratmoqchimiz. Taniqli rus shoiri va tanqidchisi I.Annenskiy lirik qahramon haqida: «

Lirik

qahramon – sheriyatda muallif fikri-hayoli yordamida yaratilgan shoir obrazi. Lirik qahramon


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

357

shoirning badiiy-adabiy egizagi (художественный двойник), u lirik kompozitsiya matnida (tsikl,
lirik kitoblar, lirik sher, lirikaning hamma turi) aniq bir shaxsning tag’dirini, ichki dunyosining
o’ziga xosligini va bazda plastik (haqiqiy inson) shaxs kórinishiga ega bo’lgan shakl yoki hayotiy
obraz sifatida namoyon bo’ladi (epik va dramtik turlardagi kabi to’liq plastik badiiy obrazga
aylana olmasa ham)

» – diya fikir bildirsa, M.Prishvin uning fikrini davom ettirib, bu kategoriyaga:

«

Odatta shoirning biografik shaxsi va uning lirik qahramoni bilan o’zaro bog’liqligi hayotiy

prototip va badiiy tip sifatida: yaniy empirik faktlar yangi adabiy xarakterni yaratish uchun estetik
tasvirlash bilan almashadi va umumlashadi. Lirik qahramon – bu yaratilgan obraz.» – diya fikri
keltiradi[2.452].

Yuqoridagi fikrlar bir-birini maqullaydi. Fikrlarga aniqliq kiritaylik. Lirik qahramon shoir

obrazi, badiiy-adabiy egizagi bu firklarni aytgan I.Annenskiyga qo’shilish mumkin, haqiqatdan
ham lirik qahramon muallifning badiiy obrazini tasvirlagani bilan ikkisi bir butunlik emas.
Egizaklar bir-biriga oxshash xususiyatlarga ega bo’lgani bilan, bir butun organizm bo’la olmagani
kabi, lirik qahramon va muallif hardoyim ham bir inson sifatida qo’llanmas. Bu fikrlar M.Prishvin
fikrlari bilan mos. Yaniy, shoirning hayotiy o’zgarishlarning natijasida yuzaga kelgan ko’ngil
kechinmalari lirik qahramonning ruhiga singdiriladi, empirik faktlar lirik qahramonning obrazi
bilan estetik tus oladi va ikkisi biriktiriladi.

Lirik qahramon haqidagi fikrlar bugungu adabiyotshunoslikda yana da mukammallashdi.

Hozirgi rus adabiyotshunosligida ancha rivoslandi. A.V.Shtraus ózining «Zamonaviy sheriyatda
lirik qahramon muommosi: 1990-2000-yillardagi yangi tendentsiyalar» nomli dissertatsiyasida
ózining tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, lirik qahramon haqida o’z fikrlarini bildirgan:
«

Sheriyatdagi lirik qahramon ózining rivojlanishida birnechta bosqıchlardan o’tti, ijodkor-

muallifning badiiy fantaziyasi yordamida matn va imidjning teran bog’liqligi ongli, hayolda ijod
etiladi. Muallif obrazi ijod mobaynida lirik asarning to’liq bir parchasiga aylanadi. Bu ijod
(перформативный) sheriyatining ta’biatiga bog’liqdir: bu sheriyatning tomoshabiniga oddiy
oquvchi kabi emas, balki ijodkor-muallifning sherigi sifatida qarash kerak

»[3.11].

A.V.Shtrausning fikricha sherda lirik qahramon obrazi bilan birga avtor obrazi da

qo’llaniladi. Ammo, shoirning iqtidori yordamida sherdaki fikrlar, his-tuyg’ular lirik
qahramonning tuyg’ulariga aylandiriladi, muallif obrazi badiiy matn bilan biriktiriladi. Bu esa
yolg’iz lirik menga birnechta qahramonlarning biriktirilib yuborilishi natijasida amalga oshadi.
V.E.Xalizevning fikrlari A.V.Shtrausning fikrlarini yana da aniqlashtirgan: «

Lirik qahramonning

hususiyati lirik gipoztazalarning ko’p túrliligida kórinadi: shoir, darvesh, ishchi; hárhil «men» va
subyektiv faktorlar bir insonga jamlanadi

» [4.329].

Ikki adabiyotshunosning fikrlarining yakunidan lirik qahramon va shoirning

ikki subyekt ekanligini, sherda muallif obrazi ham birga qo’llanilishi, ammo shoirning badiiy ijodi
yordamida lirik qahramon va muallif obrazi bir insonga jamlanganligina anglaymiz.

Lirik qahramon muommosi rus adabiyotshunosligi va adabiyotshunoslarining

tadqiqotlariga suyangan holda, o’zbek va qoraqalpoq adabiyotshunosligida ham rivojlana
boshladi. Qoraqalpoq adabiyotshunosligida lirik qahramon muommosi nazariy adabiyotlarda,
dissertatsiyalarda o’z yo’lini topti. Qoraqalpoq adabiyotshunoslaridan Q.Jarımbetov va
Q.Orazımbetovlarning lirik qahramon haqidaki fikrlariga diqqat etaylik. Q.Jarımbetov lirik
qahramon haqida: «

Lirik obraz asardagi lirik qahramonning ichki tuyg’ulari, ko’ngil

kechinmalari, ruhiy keshinmalarining tasvirlanishi yordamida yaratiladi. Lirik obrazga


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

358

sheriyatning bosh hususiyati singdiriladi. Lirik asarda obraz voqealarni tasvirlash orqali
yaratilmaydi, balki lirik qahramonning tuyg’ularin tasvirlash natijasida yaratiladi

» – diya fikr

bildiradi[5.35].

Tadqiqotchining aytganidek lirik qahramon voqealarga emas, voqea-hodisalar lirik

qahramonning tuyg’ulariga bo’ysindiriladi. Shuningdek, shoir lirik asar ijod etganda sher
syujetidaki lirik qahramon oquvchiga muallifning o’zi kabi ko’rinishi mumkin. Buning sababi
shoirning badiiy fikrlarining lirik «men»ning vujudiga singdirilishi va lirik qahramonning sherda
plastik (hayotiy) shaxs kabi boshqa obyektlar bilan aloqaga kirishishi sabab bo’lur. Bu haqida
adabiyotshunos Q.Orazımbetov I.Yusupovning «Turnalar» sheri haqidagi tahlilida:

«

Sherning manosi bir qaraganda shoirning atrof-muhit haqidagi fikrlari, tashvishi, hislari

kabi ko’rinishi mumkin. Ammo sheriyatning adaniyotning boshqa turlaridan farqi shunda, uning
tadqiqot obyekti keng. Shuningdek, epikada obyektivlik, lirikada esa subyektivlik ustundur.
Epikada mazmun voqealar, qahramonlarning hususiyatlarining ifoda etilishi va boshqa
yordamida aniqlansa, lirikada lirik «men» yoki lirik qahramonning yakka tashvishlari, tuyg’usi
yordamida ifoda etiladi. Bu tarafdan lirika oz so’z bilan ko’p mano anglatadi. Albatta, lirik
qahramonning turnalar bilan suhbati uning dunyo bilan, zamon bilan suhbati diya tushinishimiz
kerak

»[6.28].

Lirik qahramon haqida yuqorida atab o’tilgan adabiyotshunoslarning fikrlariga diqqat

qaratsak, ularning harbiri lirik qahramon va muallifning o’rtasidagi teran aloqani, lirik
qahramonning muallif hayoli bilan yaratilishin aytsa da, shoir va lirik men boshqa-boshqa, bir-
birini takrorlamaydigan subyekt ekanligini tasdiqlaydi. Biz diqqat qaratgan adabiyotshunoslarning
ilmiy ishlarida bu muommoga aniqlik kiritganiga guvoh bo’lamiz. Bu esa maqolamizda tadqiqod
predmetiga aylangan lirik qahramon va muallif bog’liqligiga ilmiy-nazariy yakun bo’la oladi.

REFERENCES

1.

Словарь литературоведческих терминов. Москва, «Просвещение», 1974, С.177.

2.

Литературная энциклопeдия терминов и понятий. Москва. НПК «Интелвак», 2001,
С.452.

3.

А.В.Штраус. Проблема лирического героя в современной поэзии: новые тенденции
1990-х – 2000-х годов». Автореф. дисс. на соиск. кан. филол. наук. Екатеринбург, 2009,
С.11.

4.

Хализев В.Е. Теория литературы. М.: «Высшая школа», 2007. С.329.

5.

Járımbetov Q. Ádebiyattanıwdan sabaqlar. Nókis, «Bilim», 2010, 35-b.

6.

Оразымбетов Қ. Ҳәзирги қарақалпақ лирикасында көркем формалардыӊ эволюциясы
ҳәм типологиясы. Монография. Нөкис. «Билим», 2004, 28-б.



References

Словарь литературоведческих терминов. Москва, «Просвещение», 1974, С.177.

Литературная энциклопeдия терминов и понятий. Москва. НПК «Интелвак», 2001, С.452.

А.В.Штраус. Проблема лирического героя в современной поэзии: новые тенденции 1990-х – 2000-х годов». Автореф. дисс. на соиск. кан. филол. наук. Екатеринбург, 2009, С.11.

Хализев В.Е. Теория литературы. М.: «Высшая школа», 2007. С.329.

Járımbetov Q. Ádebiyattanıwdan sabaqlar. Nókis, «Bilim», 2010, 35-b.

Оразымбетов Қ. Ҳәзирги қарақалпақ лирикасында көркем формалардыӊ эволюциясы ҳәм типологиясы. Монография. Нөкис. «Билим», 2004, 28-б.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов