WAYS OF USING METHODS IN TEACHING PEDAGOGICAL SUBJECTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Bekbergenov А. (2023). WAYS OF USING METHODS IN TEACHING PEDAGOGICAL SUBJECTS. Modern Science and Research, 2(7), 407–410. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22251
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article contains information and ideas on the use of interactive methods, innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

407

PEDAGOGIKA FANLARINI O’QITISHDA METODLARDAN FOYDALANISH

YO’LLARI

Bekbergenov Abdinagim Abdullaevich

Qaraqalpoq Davlat Universiteti

“Pedagogika va Psixologiya” kafedrasi óqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8188354

Annotatsiya.

Bu maqolada ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion

texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga oid
malumatlar va fikirlar mavjud.

Kalit so’zlar:

ta’lim – tarbiya, metod, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar,

og’zaki metodlar.

WAYS OF USING METHODS IN TEACHING PEDAGOGICAL SUBJECTS

Abstract.

This article contains information and ideas on the use of interactive methods,

innovative technologies, pedagogical and information technologies in the educational process.

Key words:

education, method, interactive methods, innovative technologies, oral methods.

СПОСОБЫ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕТОДИКИ В ПРЕПОДАВАНИИ

ПЕДАГОГИЧЕСКИХ ПРЕДМЕТОВ

Аннотация.

В данной статье содержится информация и идеи по использованию

интерактивных методов, инновационных технологий, педагогических и информационных
технологий в образовательном процессе.

Ключевые слова:

обучение, метод, интерактивные методы, инновационные

технологии, устные методы.

Talim muassasalarida beriladigan malumot mazmuni tarixiy xususiyatga ega. Kishilik

jamiyati taraqqiyotining barcha bosqichlarida yosh avlodga beriladigan malumot mazmuni, uning
hajmi, muayyan ijtimoiy tuzumning iqtisodiy talabi va ehtiyoji, fan-texnika taraqqiyoti darajasi,
madaniyati holati bilan belgilanib kelingan. Fan-texnika va texnologiya taraqqiyoti yuqori
darajada bo’lgan bugungi kunda talim muassasalarida beriladigan malumot mazmuni
o’quvchilarga ilmiy bilimlar berish, ularning faol ijtimoiy faoliyati tashkil etishlari yo’lida
ko’nikma va malakalarini shakllantirishni ifodalaydi. Mustaqil O’zbekiston Respublikasi talim
muassasalarida tashkil etiladigan talim (malumot) ning mazmuni, avvalo, komil inson va
malakaviy mutaxassisni tayyorlash jarayoni mazmuni bilan belgilanadi. «Talim to’g’risida»gi
Qonunning takidlanishicha, talimning mazmuni har bir o’sib kelayotgan yosh avlodni hayotiy va
dunyoviy demokratik jamiyat baxt – saodati yo’lidagi yuqori unumli mehnatiga barkamol avlod
qilib tayyorlash bilan belgilangan. Ushbu qonun fuqarorlarga talim, tarbiya berish, kasb – hunar
o’rgatishning huquqiy asoslarini belgilash va har kimning bilim olishdan iborat konstitutsiyaviy
huquqini

taminlashga

qaratilgan.

Talimning

asosiy

mazmunini

uning

vazifalarida

oydinlashtiriladi. Asosiy vazifalarga aqliy tarbiya bilan bog’liq bo’lgan vazifalar kiradi. Bu
vazifalar ichida ilmiy va texnikaviy bilimlar bilan yoshlarni qurollantirish, ajdodlarimiz qoldirgan
tarixiy va madaniy qadriyatlarga hayotning manosi, jamiyatda insonning tutgan o’rni, talim-
tarbiyasi, odob-axloqi haqida hikmatli fikrlar borki, ular bugungi xalq talimi taraqqiyoti uchun va
milliy maktab yaratish borasida yoshlarimizda insonparvarlik, poklik, iymon-etiqod, muruvvat,
vatanparvarlik, mehnatsevarlik, millatlararo do’stlik munosabatlari, qahramonlik, mardlik singari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

408

tuyg’ularni tarbiyalaydi. Shu bilan birga talim-tarbiya muassasalari uchun alohida vazifalar
qo’yilgan bo’lib, ularning mazmuni ham «Talim to’g’risida»gi Qonun bilan mushtarakdir.

Kadrlar tayyorlash va ta’lim tizimidagi, o’quv tarbiya ishlari sohasidagi muammolarni

izchillik bilan, bosqichma - bosqich hal etish yo’llar va vositalari Vazirlar Mahkamasi va Xalq
ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarda belgilab berilgan. Ta’limning
samaradorligini oshirishda yuksak imkoniyatlarga ega bo’lgan vositalardan biri sifatida ta’limning
faol usullari qaralayapti. Ta’lim - tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik texnologiyalar
tushunchasining kirib kelishi va o’sha texnologiyalarning keng qo’llanilishi hozirgi zamon
talabidir.

Shuni ta’kidlash lozimki, ta’lim tizimini, kadrlar tayyorlashni yangilash vazifalarini ta’lim

– tarbiya jarayoniga pedagogik texnologiyalarni jadal kiritish, auditoriyada, sinfda, darsdan
tashqarida o’quv tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda o’quvchilarning faolligin oshirishga
erishish orqaligina bajarish mumkin.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar,

pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e’tibor
kundan – kunga kuchayib boromoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha
an’anvaiy ta’limda o’quvchi – talabalarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa,
zamonaviy texnologiyalar ularni egallayotgan bilimlarini o’zlari qidirib topishlariga, musatqil
o’rganib, tahlil qilishlariga, xatto xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi.
O’qituvchi bu jarayonda shaxsni rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit
yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta’lim
jarayonida o’quvchi – talaba asosiy figuraga aylanadi.

Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri

interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Barcha fan o’qituvchilari dars
mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar.

Talim jarayonida metodlarning pedagogik mohiyati Talim jarayonining muvaffaqiyati

uning shakligagina emas, balki qo’llanilayotgan metodlar samaradorligiga ham bog’liqdir. Talim
nazariyasida o’qitish (talim) metodlari markaziy o’rin egallaydi. «Metod» yunoncha metodos so’z
bo’lib, «yo’l», tadiq qilish kabi manolarni anglatadi. Talim metodi talim jarayonida o’qituvchi va
o’quvchilarning aniq maqsadga erishishiga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlaridir. Talim metodlari
o’qitishning o’z oldiga qo’ygan maqsadlariga erishish usullarini hamda o’quv materialini nazariy
va amaliy yo’naltirish yo’llarini anglatadi.

O’qtish metodlari talim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyatining qanday bo’lishi,

o’qitish jarayonini qanday tashkil etish va olib borish kerakligini hamda shu jarayonda o’quvchilar
qanday ish harakatlarini bajarishlari kerakligini belgilab beradi. Talim metodi o’qituvchi bilan
o’quvchilarning o’qish vazifalarini bajarishga qaratilgan nazariy va amaliy bilish faoliyati yo’lidir.
O’qituvchi insoniyat tajribasida to’plangan bilimlar bilan hali bu bilimlarga ega bo’lmagan
bolaning ongi o’rtasida vositachilik rolini o’naydi. Bola ijtimoiy-tarixiy tajribadagi barcha bilim
boyliklarini talim olmasdan, o’qituvchisiz, mustaqil holda o’zi tizimli tarzda o’zlashtira olmaydi.
O’qituvchining eng katta xizmati o’quv materialini o’zlashtirishning muayyan yo’l, usul va
priyomlarini belgilashda namoyon bo’ladi. Talim metodi o’quv materialini bayon qilishga va uni
bolalar yaxshi bilib olishga qaratilgan faoliyatning yo’li, usulidir. Talim jarayoni va natijalari
o’qituvchining o’quvchilar bilish faoliyati harakatini belgilovchi ish usulariga bog’liqdir. Shu


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

409

sababli doimo pedagogikada talim metodlariga o’qituvchining ish usullari va o’quvchilarning
bilish faoliyati usullari deb qaraladiki, bu usullarning har ikkalasi ham o’quv vazifalarini
bajarishga qaratilgandir. Talim metodlari o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining xususiyatini
belgilaydi, talimning maqsadi va mazmuniga bog’liq bo’ladi.

Talim metodlari tevarak-atrofdagi dunyoni bilishning umumiy qonuniyatlarini tushunishga

bog’liqdir, yani ular falsafiy fikrlarni, talim jarayonining mohiyati va tamoyillari to’g’ri anglash
natijasidir. Talim metodlari o’quv materiali mazmunida ifodalangan ilmiy fikr mantig’iga
bog’liqdir. O’quv materialining mazmuni tobora chuqurlashib, murakkablashib va ilmiy tus olib
boromoqda, shuning uchun talim metodlari ilmiy bilishning mantiqi va metodlariga tobora ko’proq
bog’liq bo’lib qolmoqda. Talim metodi psixologik asosga ega.

Bolaning o’quv materialini o’zlashtirishdagi yosh imkoniyatlari va uning etuklik darajasi

o’qitish va o’qish usullariga juda katta tasir ko’rsatadi. O’quvchilarning fikrlash faoliyatini va
shaxsiy xususiyatlarini yaxshi bilish o’qitishning samaraliroq usullarini topish imkonini beradi.
Talim metodlari o’sayotgan organizmning anatomik-fiziologik, biologik xususiyatlariga ham
bog’liqdir. O’quvchilarning bilish faoliyatini tashkil qilishda ularning yoshiga xos biologik
o’sishni hisobga olish kerakki, talimning ko’pgina jihatlari ish qobiliyati, charchash, ijodiy
kayfiyat, jismoniy sog’liq, maktabdagi gigiena sharoitlari aynan shu o’sishga bog’liqdir. Talim
metodlari nazariy jihatdan yaxshi asoslangan bo’lishi, pedagogik nazariyadan kelib chiqishi kerak,
ammo, talim metodlari amalda qo’llanilmasa, foydasiz bir narsaga aylanadi.

Amaliy yo’llanganligi talim metodlarining eng muhim tomonlaridan biridir. Bu metodlarda

pedagogik nazariya amaliyot bilan bevosita bog’langan. Nazariya qancha chuqur va ilmiy bo’lsa,
talim metodlari o’shancha samarali bo’ladi. Pedagogik qarashlarda nazariya qancha kam
ifodalangan bo’lsa, talim metodlari bu nazariyaga shuncha kam bog’liq bo’ladi. Pedagogika fani
maktablar va o’qituvchilarning ilg’or ish tajribalarini umumlashtiradi, ananaviy talimning ilmiy
asoslarini ko’rsatib beradi, o’qitishning zamonaviy, samarali metodlarini ijodiy ravishda izlab
topishga yordam beradi. O’qitish metodlarining tasnifi. Pedagogikada o’qitish metodlarini
tasniflashga yagona yondoshish mavjud emas. Hozirgi didaktikada o’qitish metodlarini bilimlar
manbai bo’yicha (S.O.Lordkipanidze, E.Ya.Golant), didaktik maqsadlar bo’yicha (B.P.Esip),
bilish faoliyatining saviyasi bo’icha (İ.Ya.Lerner, M.N.Skatkin, M.İ.Maxmutov) farqlash eng ko’p
tarqalgan. Metodlarning binar sxemalari, ularni uch o’lchovli, va hatto setraerdik farqlash ham
uchraydi. Ana shu tasniflarning har birida afzalliklar va kamchiliklar mavjud bo’lib, ular
adabiyotlarda etarlicha tahlil qilingan.

O’qitish metodlarini bilish manbalari bo’yicha tasniflash ancha oddiy bo’lib, ular maktab

amaliyotida keng tarqalgan. Bu belgi bo’yicha metodlar quyidagi uch guruhga bo’linadi: 1.
Og’zaki metodlar (bilimlarni so’z bilan bayon qilish, suhbat, darslik malumotnoma va ilmiy
adabiyotlar bilan ishlash). 2. Ko’rsatmali metodlar rasmlar, namoyishlar, kuzatishlar. 3. Amaliy
metodlar (mashqlar, laboratoriyadagi amaliy ishlar). Bular malum darajada shartlidir, chunki
mazkur metodlarning hammasi o’zaro chambarchas bog’liq bo’lib, ularni doim ham aniq
chegaralab bo’lmaydi.

O’qituvchi darsga tayyorlanishda va uning uchun eng muvofiq metodlarni tanlashda aynan

shu metodlarning bajarilishi mumkinligini va ularning strukturasini hisobga olib, shu asosda,
masalan, rag’batlantirish, tarbiyaviy va kamol toptirish vazifalarini kuchaytiruvchi murabbiydir.
Tasniflash talimning nazariy asoslarini ko’rishda yordam beradi, pedagogik fikrni chuqurlashtiradi


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

410

va shunga ko’ra ijod uchun asos bo’ladi. O’qitish metodlarini tasniflash o’qituvchilar faoliyati
o’rtasida taqsimlanadi. Birinchi guruhga o’qitish usullari va ikkinchi guruhga esa o’qish usullari
kiradi. Quyida o’qitish metodlarining taniqli olimlar tavsiya etgan tasniflarni ko’rib chiqamiz.
Xorazmiy, Beruniy, Yusuf Xos Xojib, İbn Sino, Burxoniddin Zarkujiylarning metodlari
tasniflarida asosan mantiqiy bilish faoliyatini kuchaytirish nazarda tutilgan bo’lib, ular ko’nikma
va malakalarni shakllantirish hamda mustahkamlash, ko’rsatmalilik – tajriba, amaliy, nazariya
bilan amaliyotni o’zaro bog’lash, izlanish metodlaridan iboratdir.

REFERENCES

1.

I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. T.2008 y.

2.

I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. T.2001

3.

Jakbarov M. Komil inson g’oyasi. T.2002.

4.

Ishmuxamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish
yo’llari. T.2004

5.

Ochilov M. YAngi pedagogik texnologiyalar. Qarshi.: Nasaf. 2000.

6.

Saydahmedov N. YAngi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). - T.: Moliya,
2003.

7.

Ta’limning faol usullari. Uslubiy tavsiyalar. TVPQTMOI. T.2004.

8.

To’raqulov E., Rahimov S. “Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim tarbiya haqida” T.:
O’qituvchi, 1993.

9.

P.YUsupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T., 1995 y.

10.

M. Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. T., 2000 y. 11. N. Djamilova va
O.U.Xasanboeva “Pedagogika fanlarini o`qitish metodikasi” T., 2009y

References

I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat engilmas kuch. T.2008 y.

I.A.Karimov. Barkamol avlod orzusi. T.2001

Jakbarov M. Komil inson g’oyasi. T.2002.

Ishmuxamedov R.J. Innovatsion texnologiyalar yordamida ta’lim samaradorligini oshirish yo’llari. T.2004

Ochilov M. YAngi pedagogik texnologiyalar. Qarshi.: Nasaf. 2000.

Saydahmedov N. YAngi pedagogik texnologiyalar (nazariya va amaliyot). - T.: Moliya, 2003.

Ta’limning faol usullari. Uslubiy tavsiyalar. TVPQTMOI. T.2004.

To’raqulov E., Rahimov S. “Abu Rayhon Beruniy ruhiyat va ta’lim tarbiya haqida” T.: O’qituvchi, 1993.

P.YUsupova. Maktabgacha tarbiya pedagogikasi. T., 1995 y.

M. Ochilov. Yangi pedagogik texnologiyalar. T., 2000 y. 11. N. Djamilova va O.U.Xasanboeva “Pedagogika fanlarini o`qitish metodikasi” T., 2009y

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов