EFFECTIVENESS OF ORGANIZING INTEGRATED CLASSES IN PRIMARY GRADES

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Yuldasheva , G. (2023). EFFECTIVENESS OF ORGANIZING INTEGRATED CLASSES IN PRIMARY GRADES. Modern Science and Research, 2(8), 193–195. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22563
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article talks about improving the effectiveness of integrated lessons in elementary grades.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

193

BOSHLANG’ICH SINFLARDA INTEGRATSIYALASHGAN DARSLAR

TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI

Yuldasheva Gulshoda O‘ktamovna

Jizzax viloyati Zarbdor tumani 30-maktab direktor o‘rinbosari

Alibekova Dilrabo Xushmatovna

Jizzax viloyati Zarbdor tumani 30-maktabning boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8251787

Annotatsiya.

Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan darslar

samaradorligini oshirish haqida so‘z borgan.

Kalit so‘zlar:

integratsiya, ilg‘or, tajriba, didaktik maqsad, pedagogik, psixologik, metod,

optimal, rag‘bat.

EFFECTIVENESS OF ORGANIZING INTEGRATED CLASSES IN PRIMARY

GRADES

Abstract.

This article talks about improving the effectiveness of integrated lessons in

elementary grades.

Key words:

integration, advanced, experience, didactic goal, pedagogical, psychological,

method, optimal, incentive.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ОРГАНИЗАЦИИ ИНТЕГРИРОВАННЫХ ЗАНЯТИЙ В

НАЧАЛЬНЫХ КЛАССАХ

Аннотация.

В данной статье говорится о повышении эффективности

интегрированных уроков в младших классах.

Ключевые слова:

интеграция, продвинутый, опыт, дидактическая цель,

педагогический, психологический, метод, оптимальный, стимул.

Fan-texnika hamda ta’lim rivojlanayotgan bir davrda, xususan maktablarda, ayniqsa,

boshlang’ich sinf darslarida darsning sifati va samaradorligini oshirishda integratsiyalashgan
darslarni tashkil etish va uni amalga oshirish g’oyat katta ahamiyat kasb etmoqda. Shu o’rinda
integratsiya so’ziga qisqacha ta’rif berib o’tamiz.

Integratsiya-(lot.

integratio

-tiklash, to’ldirish,

integer

-butun so’zidan) ta’lim nuqtai

nazaridan qaralganda, fanlarning yaqinlashishi va o’zaro aloqa jarayonidir.

Ilg’or boshlang’ich sinf o’qituvchilarining ish tajribalarini tahlil qilib shunday xulosaga

keldikki, agar o’quvchilarning o’tilayotgan fanga qiziqishi bo’lmasa, u o’rganilayotgan mavzuni
yaxshi o’zlashtirmaydi. Darsda o’zini tushunganday qilib ko’rsatsa ham aslida hech narsani
anglamaydi. Hattoki, bu fan unga juda qiyin va murakkab bo’lib tuyiladi. Shuning uchun ham
boshlang’ich sinfga dars beradigan o’qituvchilarning eng asosiy vazifasi kichik maktab yoshidagi
o’quvchilarda o’z faniga qiziqishlarini uyg’otish hisoblanadi. Buning uchun esa o’qituvchi darsga
ajratilgan vaqtni to’g’ri taqsimlab olishi va undan unumli foydalanib, turli dars metodlaridan
foydalanib darslarni tashkil etishi kerak. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirish maqsadga
muvofiq:

1.

O’tilayotgan materialni o’quvchilarning kundalik faoliyatlari bilan bog’lash hamda bu

bilimlarni qachon, qayerda qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirish.

2.

Darsda didaktik maqsadga qaratilgan o’yinlardan foydalanish.

3.

O’quvchilarning yosh pedagogik-psixologik qiziqishlaridan kelib chiqib, ularni doimo

butun dars davomida rag’batlantirib turish.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

194

4.

O’quvchilarning shaxsiy fikrlarini hurmat qilish, dars davomida mustaqil fikr

bildirishlariga imkoniyat yaratib berish.

Sinfdagi o’quvchilarni o’tilayotgan fanga qiziqtirish masalaning birinchi tomoni bo’lsa,

mavzuni aniq va ravon qilib yetkazib berish masalaning ikkinchi tomoni hisoblanadi. Bunda
o’qituvchi o’z pedagogik qobiliyatidan kelib chiqib, o’qitish metodlarini o’zi tanlaydi. O’qitish
jarayonida o’rgatilayotgan mavzular mazmuniga qarab metodlar almashtirib turiladi. Metodlar
ichidan eng optimallarini tanlash o’qituvchining pedagogik mahoratiga bog’liq.

Yuqorida aytilgan fikrlarni misollar yordamida ko’rib o’tamiz. Masalan, 1-sinf Ona tili

va o’qish savodxonligi darsligining 64-sahifasida “Oy Yerdan kattami?” mavzusi berilgan. Ushbu
mavzu orqali o’quvchilar quyidagi bilimlarni egallashi kerak:

1.

Quyosh tizimi va undagi sayyoralar.

2.

Quyosh tizimidagi sayyorlarning nomlari;

3.

Sayyoralarning quyoshdan uzoq-yaqinligiga qarab joylashgan o’rni;

4.

Yerning tabiiy yo’ldoshi.

5.

Oyning yerdagi vazifalari.

6.

Osmon jismlariga atab qo’yilgan nomlarning bosh harf bilan yozilishi,

7.

–dosh qo’shimchasining qachon ishlatilishi.

8.

Tabiiy, sun’iy, fazogir, yo’ldosh, tortishish, koinot, osmon, samo, fazo so’zlarining

ma’nolari bilan tanishish.

Dastlab, o’quvchilardan Osmon, Quyosh, Oy, Yulduzlarni bilashlari so’raladi. O’quvchilar

o’zlari fikrlab, nimani bilsa shuni aytadilar. Xato fikrlasalar ham mustaqil fikrlarini tinglash
maqsadga muvofiq. Dars davomida o’quvchilarni rag’batlantiruvchi so’zlardan: “Barakalla”,
“Ofarin”, “Ota-onangga rahmat” kabilardan foydalanish va baholab borish lozim. Bu
rag’batlantirishlar o’quvchilarning darsga qiziqishlarining ortishiga va mavzu bo’yicha
beriladigan topshiriqlarni bajarishlarida ma’naviy kuch bo’ladi. Dars o’rtasida dam olish
daqiqalarining tashkil etilishi (Masalan: Sayyoralar o’yini) ham samarali natija beradi. Shundan
so’ng o’qituvchi barcha fikrlarni jamlab, umumlashtiradi va yangi mavzu bilan tanishtiradi va
mavzuni tushuntirib beradi.

Bundan tashqari, o’qituvchi dars jihozlariga alohida e’tibor berishi lozim. Ayniqsa,

ko’rgazmali qurollardan, multimedia vositalaridan foydalanish zarur. Mavzu bo’yicha audiomatn
tinglangach, sayyoralar va Oy haqidagi videorolik qo’yib beriladi. O’quvchida Oy, Yer va
sayyoralar haqida tasavvur hosil qilingach, o’qituvchi tomonidan topshiriq beriladi.

-“Qani, bolajonlar endi Oyning maketini yasaymiz. Buning uchun kerakli anjomlar kechagi

darsimizda aytilgan edi. Agar tayyor bo’lsangiz, unda boshlaymiz”.

O’quvchilarning ish qurollari tekshirilib, ulardan foydalanish qoidalari aytiladi. Eng

chiroyli bajarilgan ishlar na'muna qilib ko’rsatiladi. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar
baholanadi va rag’batlantiriladi. Bu mashg’ulot o’qituvchi nazorati ostida o’tkaziladi. Mashg’ulot
natijalariga ko’ra o’quvchida quyidagi malaka va ko’nikmalar hosil bo’ladi:

1.

Tabiiy bilimlarga ega bo’ladi (Oy aslida sayyora emas, yerning yo’ldoshi ekanligi);

2.

Grafik malakasi oshadi(chizish qobiliyati rivojlanadi);

3.

Grammatik bilimlarga ega bo’ladi(Osmon jismlariga atalgan nomlar bosh harf bilan

yozilishi);

4.

Matematik bilimlarga (Oyning shakli aylana ekanligi);


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

195

5.

Texnologik bilimlarga (kartondan, qaychidan, yelimdan foydalanish);

6.

Orfoepik bilimlari rivojlanadi (So’zlab berish orqali).
Topshiriq bajarib bo’lingach, yuqoridagi tabiiy, sun’iy, fazogir, yo’ldosh, tortishish,

koinot, osmon, samo, fazo so’zlarining ma’nolarini tushuntirish va lug’at daftarlariga yozdirish
tavsiya etiladi. Bu yerda “yo’ldosh” so’zi tushuntirilganda, -dosh qo’shimchasi haqida ham
ma’lumotlar berilishi kerak.

Uyga vazifa qilib, o’quvchilar uchun eng oson vazifalar tanlanadi. Shunday vazifa berish

kerakki, o’quvchi bu vazifani katta ishtiyoq va qiziqish bilan bajarsin.

Xulosa qilib aytganda, ta’lim jarayonida yangi bilimlarni hayotga tadbiq etishning eng

maqbul yo’li fanlararo aloqalarni o’rnatish hisoblanadi.

REFERENCES

1.

Ona tili va o‘qish savodxonligi. 2-qism. 1-sinf uchun darslik./I.Azimova va boshqalar/ T. 2021-
yil

2.

Scientifik Journal Impact Factor. 2021: 5.723. 917-bet

3.

Pedagogika nazariyasi. Ibragimova.X.I, Abdullayeva Sh.A. T.2008-yil

4.

Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova T.- T. 2006-yil

5.

Ziyokor.(ilmiy, uslubiy, ijtimoiy va adabiy-badiiy jurnal. 6-son, 2010-yil

6.

uz.m.wikipedia.org/www

References

Ona tili va o‘qish savodxonligi. 2-qism. 1-sinf uchun darslik./I.Azimova va boshqalar/ T. 2021-yil

Scientifik Journal Impact Factor. 2021: 5.723. 917-bet

Pedagogika nazariyasi. Ibragimova.X.I, Abdullayeva Sh.A. T.2008-yil

Bolalar psixologiyasi va uni o‘qitish metodikasi. Nishonova Z, Alimova T.- T. 2006-yil

Ziyokor.(ilmiy, uslubiy, ijtimoiy va adabiy-badiiy jurnal. 6-son, 2010-yil

uz.m.wikipedia.org/www

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов