LINGUODIDACTIC REQUIREMENTS FOR THE FORMATION OF LINKAGE SPEECH OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Sa’dullayev, F. (2023). LINGUODIDACTIC REQUIREMENTS FOR THE FORMATION OF LINKAGE SPEECH OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Modern Science and Research, 2(8), 225–230. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/22629
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Updating the National methodology aimed at ensuring the spiritual maturity of the individual on the basis of the requirements of the period, as well as other stages of continuing education, the talay tasks associated with a competency approach to primary education were transversal. One such task involves perfecting the speech of elementary students. The article covers in its lessons the linguistic requirements for the formation of linkage speech of Primary School students, some ideas on how to develop these skills in students.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

225

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING BOG‘LANISHLI NUTQINI

SHAKLLANTIRISHGA QO‘YILADIGAN LINGVODIDAKTIK TALABLAR

Sa’dullayev Farhod Eshturdiyevich

Osiyo xalqaro universiteti, 1- bosqich magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8264132

Annotatsiya.

Shaxs ma’naviy kamolotini ta’minlashga qaratilgan milliy metodikani davr

talablari asosida yangilashni, uzluksiz ta’limning boshqa bosqichlari kabi boshlang‘ich ta’lim
oldiga ham kompetensiyaviy yondashuv bilan bog‘liq talay vazifalarni ko‘ndalang qilib qo‘ydi.
Mana shunday vazifalarning biri esa boshlang‘ich sinf o’quvchilari nutqini mukammallitirish
bilan bog’liqdir. Maqolada darslarida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bog‘lanishli nutqini
shakllantirishga qo‘yiladigan lingvodidaktik talablar, o’quvchilardagi ushbu ko’nikmalarni
qanday rivojlantirish to’g’risida ayrim fikrlar yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

boshlang’ich sinf, o’quvchi, ona tili, didaktik tamoyil, metod, usul,

kitobxonlik madaniyati, dars, nutq.

LINGUODIDACTIC REQUIREMENTS FOR THE FORMATION OF LINKAGE

SPEECH OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Abstact.

Updating the National methodology aimed at ensuring the spiritual maturity of

the individual on the basis of the requirements of the period, as well as other stages of continuing
education, the talay tasks associated with a competency approach to primary education were
transversal. One such task involves perfecting the speech of elementary students. The article
covers in its lessons the linguistic requirements for the formation of linkage speech of Primary
School students, some ideas on how to develop these skills in students.

Key words:

primary class, student, native language, didactic principle, method, method,

reading culture, lesson, speech.

ЛИНГВОДИДАКТИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ К ФОРМИРОВАНИЮ

СВЯЗНОЙ РЕЧИ МЛАДШИХ ШКОЛЬНИКОВ

Аннотация.

Обновление национальной методики, направленной на обеспечение

духовного совершенствования личности на основе требований эпохи, поставило перед
начальным образованием, как и на других этапах непрерывного образования, ряд задач,
связанных с компетентностным подходом. И одна из таких задач связана с
совершенствованием речи младших школьников. В статье освещены лингводидактические
требования к формированию связной речи младших школьников на их уроках, некоторые
моменты о том, как развивать эти навыки у учащихся.

Ключевые слова:

начальный класс, ученик, родной язык, дидактический принцип,

метод, метод, культура чтения, урок, речь.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning jahon miqyosida “O‘qish va uni

tushunish sifati” yuzasidan olib borilayotgan tadqiqot dasturini o‘rganish bo‘yicha ta’lim
muassasalari oldiga qo‘ygan ko‘rsatmasi ayni maqsad ijrosiga qaratilgandir. Shu maqsadda 2021
yildan mamlakatimizning PISA va PIRLS nazorat dasturlarida ishtirok etishi rejalashtirilishi ta’lim
sifatini jahon standartlariga javob bera oladigan darajaga ko‘tarishni, o‘qitish shakllari, metodlari
va usullarini takomillashtirishni taqozo etadi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

226

Ona tili ta’limining samaradorligi ko‘p jihatdan fan o‘qituvchilarining pedagogik-

psixologik tayyorgarligi, o‘quv materialini rejalashtirishning ilmiy-nazariy va metodik asoslarini
puxta egallashlariga, o‘quv jarayonini to‘g‘ri tashkil etish va uyushtirish mahoratiga chambarchas
bog‘liq. Zero, didaktik jarayon uzluksiz ta’lim tizimining samaradorligini ta’minlashda muhim
omil hisoblanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida ona tili o‘qitishning “o‘qish va mehnat jarayonida o‘z

fikrini og‘zaki va yozma tarzda to‘g‘ri va ravon bayon qiladigan, jamoat joylarida turli nutqiy
vaziyatlarda mustaqil ravishda fikrini ifoda etadigan, og‘zaki va yozma savodxonlik malakalariga
ega bo‘lgan, kitobxonlik madaniyati shakllangan, mustaqil va ijodiy fikrlay oladigan, o‘zgalar
fikrini anglaydigan – muloqot va nutq madaniyati rivojlangan shaxsni kamol toptirish” maqsadi
o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqi hamda matnni adekvat anglash ko‘nikmalarini shakllantirishga
erishish yo‘llarini belgilashni taqozo etadi. Shundan kelib chiqib, o‘qituvchi ta’lim jarayonida
o‘quv materiali, tashkiliy-pedogogik ta’sir ko‘rsatishni ta’minlashi, o‘quvchilarning o‘qimishlilik
darajasi, savodxonligi va vaqt kabi didaktik omillarni hisobga olishi lozim.

O‘quvchilar nutqini shakllantirish ona tili ta’limining asosiy vazifalaridan biri bo‘lib, u

tilning o‘ziga xos xususiyatlari, ma’no tovlanishlari va badiiy ifodaliligi bilan ajralib turadi.
Og‘zaki nutq adabiy tilning orfoepik; yozma shakli esa orfografiya va uslub kabi me’yorlariga
mos holda shakllantirishni taqozo etadi. Nutq madaniyatini tarkib toptirishda adabiy til
me’yorlariga amal qilinishi, xususan, muayyan tildagi so‘zlar, ularning qurilishi, yasalishi va
o‘zgartirish modellari, so‘z birikmalari hamda gapni nutqda to‘g‘ri qo‘llash qoidalarini
o‘zlashtirish tushuniladi. Bu borada metodist olim A.Hamroev to‘g‘ri ta’kidlaganidek, “Tilning
mohiyati uning inson faoliyati ekanligida. Nutq faoliyati bir individning o‘z mulohazalari, istak va
talablarini ikkinchi individga uzatishi, ikkinchi individning esa birinchisining fikrlarini tushunib
olishi, uning talablariga tasdiq yoki inkor shaklida javob qaytarishi bilanxarakterlanadi. Demak,
nutq faoliyatida ikki shaxs: xabar uzatuvchi –gapiruvchi va qabul qiluvchi – tinglovchi ishtirok
etadi”.

Haqiqatan ham, so‘z, so‘z birikmasi va gap subyektlar nutqiy jarayonining muhim

qurolidir. Talaffuz xususiyati so‘zlovchining, eshitilishi tinglovchining muayyan maqsadiga, ya’ni
fikrini uzatishga xizmat qiladi. Verballik jonli nutq ifodasi bo‘lsa, vizuallik yozma nutqqa xos
muhim xususiyatdir.

Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida grammatik mashqlarning muntazam ravishda

tashkil etilishi o‘quvchilarda so‘z tanlash, ularning ma’nolarini anglash va farqlash orqali yozma
nutqini to‘g‘ri shakllantirishga xizmat qiladi. O‘quvchilarning nutqiy faoliyati ularning so‘zlarni
nutq maqsadiga muvofiq tez va to‘g‘ri tanlay olishi orqali faollashib boradi. Grammatik
tushunchalarning muntazam va izchillikda singdirilishi o‘quvchilar nutqiy faolligini oshirishga
yordam beradi. Bugungi kunda nutqiy qobiliyat shaxsning til qonuniyatilarini muvaffaqiyatli
o‘zlashtirishga kuchli ta’sir etadigan hissiy-irodaviy jabhalaridan biri sifatida ona tili ta’limidagi
ahamiyat qaratilishi zarur bo‘lgan dolzarb masaladir.

A.G‘ulomovning qayd etishicha, “So‘zlarni to‘g‘ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay

tarzda yetkaza olish insoniy madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.
Shuning uchun har bir so‘z, birikma va gapni barcha qirralari bilan to‘g‘ri, o‘rinli ishlata olishni
o‘rgatish, o‘z nutqiga nisbatan ehtiyotkorlik tuyg‘usini shakllantirish ona tili mashg‘ulotlarining
asosiy vazifasi sanaladi”.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

227

So‘zlovchining nutqiy qobiliyati tanlangan ob’ekt bo‘yicha so‘z tanlashida, ularni

grammatik jihatdan to‘g‘ri muvofiqlashtirishida namoyon bo‘ladi. Bola o‘zi qo‘llayotgan so‘z
ma’nosini to‘g‘ri anglab yetsa va uqsagina, nutqida undan unumli va ijodiy foydalana biladi. Ona
tilini o‘qitishda nazariy bilimlar va ular asosida shakllantiriladigan ko‘nikma-malakalarga alohida
e’tibor qaratiladi. Biroq diqqatdan chetda qolgan nutq qobiliyati masalasi ham borki, u alohida
yondashuvlarga ehtiyoj uyg‘otadi.

Til sohasi ta’lim-tarbiya bilan chambarchas bog‘liq, chunki u bilim olish va bilim

berishning muhim qurolidir. Bunda til haqida bilim berish; o‘zlashtirilgan bilimlar asosida nutqiy
ko‘nikmani tarkib toptirish; hosil bo‘lgan ko‘nikmani malakaga aylantirish muhim bosqichlardir.
Nutqiy ko‘nikmaning asosini xotiradagi so‘z zaxirasi tashkil qiladi. Bolalarda nutqiy material 1
yoshdan – 4–5 yoshgachalik davrida xotirasidagi so‘z, jumla yoki tayyor matnlar asosida to‘planib
boradi. Professor R.Tolipovaning fikricha, “Bu material muayyan obraz yoki vaziyat bilan bog‘liq
ravishda bola nutqida avtomatik namoyon bo‘ladi”.

Ona tili ta’limida tinglab tushunish, o‘qish, gapirish va yozish kabi nutqiy faoliyat turlari

bo‘yicha o‘quvchilarda nutqiy ko‘nikma hosil qilish maqsadi orqali tegishli mashqlarni og‘zaki va
yozma shaklda o‘tkazish nazarda tutiladi. Bunday mashqlar amaliyot bilan bog‘liq materiallar
asosida olib borilishi zarur. Amalda sof grammatik mashqlarga nisbatan nutqiy mashqlarga
ko‘proq e’tibor qaratish, ya’ni bolalarga fikrini ravon, izchil, aniq, tushunarli va xatosiz ifodalash
yo‘l-yo‘riqlarini o‘rgatish orqali mavjud ko‘nikmalar malakaga aylanishiga erishilishi
belgilangan.
Ona tilidan o‘rganiladigan bilim, hosil qilinadigan malakalar o‘quvchilarda nutq va nutq
madaniyatini taraqqiy ettirishga xizmat qiladi. Boshlang‘ich sinf ona tili predmeti amaliy o‘quv
predmeti bo‘lganligi tufayli vaziyatli nutq tuzish malakalarini rivojlantirishni taqozo qiladi.

Boshlang‘ich sinflarda ona tili va o‘qish ta’limi o‘zining o‘rganish ob’ektiga ega bo‘lib,

o‘quvchilarga tegishli bilim va ma’naviy-axloqiy tarbiya berish, shuningdek, muayyan ko‘nikma
va malakalarni shakllantirishasosida bir-birini to‘ldiradi. Ona tili va o‘qish darslari
o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini rivojlantiradi, fikrlash doirasini kengaytiradi, adabiy til
me’yorlariga muvofiqligini, savodxonligini ta’minlaydi. O‘qish darslarida, asosan,
o‘quvchilarning og‘zaki nutqi ustida ishlanadi. Shunga ko‘ra o‘rganiladigan o‘quv materiallari –
badiiy asarlar o‘quvchilarga til me’yorlariga muvofiq keladigan, leksik-uslubiy, morfologik-
uslubiy, sintaktik-uslubiy qurilmalar namunasini beradi. O‘quvchilar og‘zaki qayta hikoyalashda
ulardan aynan, ba’zan ijodiy nusxa ko‘chiradilar, fikrlashga, o‘qiganlari yuzasidan xulosa
chiqarishga harakat qiladilar.

Ona tili darslarida esa o‘rganilgan matnlarning lisoniy tahlillari amalga oshiriladi. Shu

jarayonda matn fonetik, leksik, so‘zning morfemik tarkibiga ko‘ra, morfologik, sintaktik jihatdan
o‘rganiladi. O‘quvchi tahlil jarayonida tilning ijtimoiy vazifa bajarishini elementar darajada ilmiy
anglay boshlaydi. Shunday ekan, o‘qituvchi ta’lim jarayonining boshqaruvchisi sifatida didaktik
jarayonga mas’uliyat bilan yondashishi, o‘quv materiallari ustida ishlashning zamonaviy,
o‘quvchilarni o‘ynab turib o‘ylashga, o‘ylab turib mustaqil fikr yuritishga undovchi metod, usul
va vositalarni tanlay bilishi, ularni darsda maqsadga muvofiq qo‘llay olishi lozim. Bu esa,
o‘quvchilarning til qoidalarini egallash, tasviriy ifodaviy vositalar orqali fikrini ifodalash yo‘llarni
o‘rganish, turli tayanch tushunchalardan ijodiy foydalanish kabi yozma nutq ko‘nikmalarini
shakllantirishga xizmat qiladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

228

Jamiyatda tilning kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi sifatidagi ahamiyati ortib borishi ona

tilini o‘qitishda o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashi, grammatik hodisalarni tahlil qilish jarayonida
mulohaza yuritishi, mustaqil fikrlarini asoslovchi dalillarni keltira olishi, umumlashma xulosa
chiqara olishlarini ta’minlovchi metodik ta’minotga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Shu bois bugungi
kunda nutqiy malakalar deb yuritilayotgan nuqtai nazarlar o‘tmish ajdodlarimizning badiiy
tafakkuri mahsuli bo‘lib, ularda nutq va notiqlikning talablari to‘g‘ri va o‘rinliso‘zlashni
olqishlash, o‘ylab, so‘ng mushohada qilish orqali fikr aytishning ahamiyati o‘z ifodasini topgan.

Buyuk alloma Abu Nasr Forobiy ta’kidlaganidek, “Odam ibtidosidan bo‘lmish quvvatlar,

masalan, so‘zlash quvvati, tanlash quvvati, xayol quvvati, sezish quvvatlaridir. Bulardan so‘zlash
quvvati shunday quvvatki, uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-
atvoridagi xunuk va go‘zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo‘lgan-bo‘lmagan
ishlarni ado etadi, shu bilan birga zararli yoki foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni
fahmlaydi”1. Demak, shaxsda axloqiy sifatlar hamda badiiy-estetik tafakkurni rivojlantirish
yo‘lidagi sa’y-harakatlar nutq o‘stirish bilan bog‘liq maqsadli ishlarni taqozo etadi.

So‘z va so‘z san’atining mavqei yuqori darajadaligini e’tirof etgan Kaykovus

Unsurulmaoliy nutqning tushunarli va sodda bo‘lishi zarurligini, bunda tinglovchilarni hisobga
olish, til boyligidan o‘rinli foydalanishni maslahat beradi. Nutqning mazmundor va ta’sirchan,
izchil va mantiqli, nafis va ko‘rkam, jo‘shqin va kishilarni hayajonga solishi, biror faoliyatga
safarbar etishi, dag‘al va qo‘pol so‘zlardan saqlanish joizligini uqtiradi. U nutqda aks etishi muhim
bo‘lgan kategoriyalarni quyidagilarda deb biladi:

“So‘z to‘rt nav bo‘ladi: birinchisi bilishga, aytishga hojati yo‘q so‘zlar; ikkinchisi bilishga

va aytishga zarur bo‘lgan so‘zlar, uchinchisi bilishga zarurati yo‘q, ammo aytsa bo‘ladigan so‘zlar;
to‘rtinchisi bilsa bo‘ladigan, ammo aytishga hojati yo‘q so‘zlar... Bu to‘rt so‘zni bayon qildim.
Bularning yaxshisi ham bilish, ham aytish zarur bo‘lgan so‘zdir”
Mutafakkir, shuningdek, savodxonlik va nutqiy malakaga tinimsiz mashq tufayli erishish
mumkinligini bayon etar ekan, bu haqda shunday yozadi: “Ey farzand, agar dabir va kotib
bo‘lsang, nutqingni yaxshi egallagil, xatni chiroyli yozgil va ko‘p yozishni odat qil, toki mohir
bo‘lg‘aysan”.

Ko‘rinadiki, ravon va tushunarli nutq sohibi bo‘lish, fikrni og‘zaki va yozma ifodalash

san’ati hamma vaqt o‘tmish ajdodlarimiz diqqat-markazida bo‘lgan. Aynan mana shunday
qarashlar ilm-fan tezkor sur’atlar bilan odimlayotgan bugungi kunda ham ona tili va o‘qish
fanlarini o‘qitishda til qonuniyatlariga alohida e’tibor berishni, o‘quvchilarning amaliy nutq
faoliyatini milli o’quv dasturi talablari asosida shakllantirish dolzarbligini ko‘rsatadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining yozma nutqini shakllantirishda leksik, fonetik, morfologik,
sintaktik kabi til birliklarining o‘zaro bog‘liqligiga amal qilgan holda ish ko‘rish maqsadga
muvofiq. Bunda quyidagilarga e’tibor qaratilishi zarur:
– gapni o‘rganishda uning tarkibidagi leksik birliklarning ma’nosini aniqlash;
– so‘z ma’nosini izohlashda uning fonetik tarkibini tahlil qilish;
– fonetik tarkib tahlilini adabiy-orfoepik talaffuz bilan bog‘lash;
– talaffuz va imloning o‘zaro ta’sirini uyg‘unlashtirish va h.k.

“Ona tili va o’qish savodxonligi” darsliklaridagi mashq materiallari va topshiriqlariga

differensial yondashish nazarda tutilishi, ya’ni turli darajada o‘zlashtiradigan o‘quvchilarga
mustaqil bajarishlari uchun qobiliyatlari darajasida shartli belgilar bilan ko‘rsatilgan mashqlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

229

kiritilishi zarur. Tadqiqot davomida olib borgan izlanishlarimizda tilning murakkab hodisa
ekanligi uni yod olish yo‘li bilan o‘zlashtirib bo‘lmasligini ko‘rsatdi. Shu bois til hodisalarini
tushunish orqali o‘zlashtirishga erishish zarur degan xulosaga kelindi. Demak, ona tili ta’limi va
boshlang‘ich adabiy ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish o‘qituvchidan chuqur nazariy
bilim, yuqori pedagogik tayyorgarlik va mahoratni talab etadi.

O‘quvchilarning yozma nutqini rivojlantirish boshlang‘ich sinflarning til ta’limida

hamisha dolzarb masala hisoblangan. Negaki, o‘z ona tilini mukammal egallamasdan turib yuksak
madaniyat egasi bo‘lib yetishish mumkin emas.

Nutqiy aloqa materiali til sanalsa, aloqa shakli nutqdir. O‘zbek tilining izohli lug‘atida nutq

atamasi ma’nosi “[arabcha – so‘zlash, nutq; gapirish qobiliyati]1. Tilning fikr ifodalash va
almashish jarayonlarida amal qilishi; so‘zlovchining til vositalaridan foydalanish jarayoni va
shujarayonning hosilasi; 2. Amaldagi, so‘zlashish jarayonidagi til; 3. Tilning aloqa-aralashuv
maqsadi va sharoitiga qarab lisoniy vositalaridan muvofig‘ini tanlab ishlatish bilan farqlanuvchi
turi, uslub. 4. Jamoa oldida aytiladigan, o‘qiladigan va’z” ekanligi qayd etilgan.

Psixolog E.G‘ozievning ta’rificha, nutq “axborot, xabar, ma’lumot va yangi bilim berish

kabi aqliy topshiriqlarni yechish faoliyatidan iboratdir. Agarda til aloqa vositasi (quroli) bo‘lsa,
nutq esa aynan o‘sha jarayonining o‘zidir”.

Metodist olima T.Ziyodova ta’rificha, “Nutq tilning ifoda vositalaridan foydalangan holda

voqelikka aylangan fikrdir. U nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi. Ruhiy hodisa
bo‘lgan tilning ifoda vositalari nutq ixtiyoriga o‘tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutqning
vazifasi – ong, xotira va tafakkurning uyg‘unlikdagi faoliyati mahsulini barcha uchun tushunarli,
adabiy me’yoriy shaklga kiritish, uni moddiylashtirish (axborotga aylantirishdan) va tinglovchiga
yetkazishdan iborat”.

Bizningcha, nutq tilning barcha qonun-qoidalari va mexanizmlariga tayanilgan holda fikrni

ma’no va mazmun jihatidan axborotlarga aylantirib beruvchi tizimli jarayondir.

O‘quvchilar nutqini rivojlantirishda lug‘aviy me’yorlarning yetarli darajada

o‘zlashtirilishiga erishish zarur. Bu hol ona tili darslarida fonetika, morfologiya, leksikologiya
hamda uslubiy normalarni puxta o‘rganish orqali egallanadi. Masalan, fonetika bo‘limida
tovushlarning hosil bo‘lishi, o‘zgarishi, orttirilishi yoki tushish hodisasi imkoniyatlarini belgilash;
morfologiya bo‘limida so‘zlarning turkumlarga ajratilishi, so‘z yasalishi, turlanish va tuslanish;
leksikologiyada so‘zning etimologiyasi, leksik va grammatik ma’nolari, ma’no ko‘chish yo‘llarini
bilish tilni nafaqat lisoniy material, balki nutq hamda nutqiy jarayon sifatida o‘rganishda muhim
o‘rin tutadi. Bularning barchasi bolada iroda sifatlarini tarkib toptiradi, maqsadga intilish, mustaqil
ishlashga qiziqtirish kabi o‘quv faoliyatini tashkil etish orqali nutq takomiliga xizmat qiladi.

REFERENCES

1.

Bekniyozova N.I. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida o‘quvchilarni matn yaratishga
o‘gatish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. – 160 b.

2.

Boqiyeva H. Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash metodikasi. Monograifya. –
Toshkent: Istiqlol, 2013. – 136 b.

3.

Valiyev E., Nurmamatov A. O‘quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishda mustaqil
ishlardan foydalanish // Xalq ta’limi. – Toshkent, 2015. – № 6. – B 21-28.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 8 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

230

4.

Divanova M.S. O‘quvchilarning mantiqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari /
Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayoni sifati va
samaradorligini oshirish. – Toshkent: O‘zPFITI, 2016. – 156 b.

5.

Jumaeva F. Ta’lim sifatini ta’minlashda didaktik o‘yinlarning o‘rni // Xalq ta’limi. –
Toshkent, 2017. – № 4. – V. 20-23.

6.

Yuldasheva Sh. Interfaol diktant – savodxonlikni baholashning elektron tizimi // Til va
adabiyot ta’limi. –Toshkent, 2019. – № 1. – B. 35–36.

7.

Yo‘ldoshev N. Mustaqil ta’lim va tafakkur // Boshlang‘ich ta’lim. – Toshkent, 2006. – №
10. – B. 10-11.

8.

Najimova A. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida nutq o‘stirish / Til va adabiyot
ta’limining dolzarb muammolari: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. –
Toshkent, TDPU, 2013. – 124-b.

9.

Niyozmetova R.H. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek adabiyotini o‘rganish metodikasi.
Monografiya. – Toshkent: Fan, 2006. – 216 b.

References

Bekniyozova N.I. Boshlang‘ich sinflar ona tili darslarida o‘quvchilarni matn yaratishga o‘gatish metodikasi. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012. – 160 b.

Boqiyeva H. Boshlang‘ich sinflarda so‘z ustida ishlash metodikasi. Monograifya. –Toshkent: Istiqlol, 2013. – 136 b.

Valiyev E., Nurmamatov A. O‘quvchilarning tarixiy tafakkurini shakllantirishda mustaqil ishlardan foydalanish // Xalq ta’limi. – Toshkent, 2015. – № 6. – B 21-28.

Divanova M.S. O‘quvchilarning mantiqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari / Boshlang‘ich ta’limni modernizatsiyalash orqali o‘quv-tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish. – Toshkent: O‘zPFITI, 2016. – 156 b.

Jumaeva F. Ta’lim sifatini ta’minlashda didaktik o‘yinlarning o‘rni // Xalq ta’limi. – Toshkent, 2017. – № 4. – V. 20-23.

Yuldasheva Sh. Interfaol diktant – savodxonlikni baholashning elektron tizimi // Til va adabiyot ta’limi. –Toshkent, 2019. – № 1. – B. 35–36.

Yo‘ldoshev N. Mustaqil ta’lim va tafakkur // Boshlang‘ich ta’lim. – Toshkent, 2006. – № 10. – B. 10-11.

Najimova A. Boshlang‘ich sinf ona tili darslarida nutq o‘stirish / Til va adabiyot ta’limining dolzarb muammolari: ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – Toshkent, TDPU, 2013. – 124-b.

Niyozmetova R.H. Uzluksiz ta’lim tizimida o‘zbek adabiyotini o‘rganish metodikasi. Monografiya. – Toshkent: Fan, 2006. – 216 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов