Authors

  • Raʼno Boytoʻrayeva
  • S. Tuliboyev

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.science-research.24048

Keywords:

barbarisms, vulgarisms, purity of speech, insults, purity of speech, expressiveness, image, character.

Abstract

In the language, there are many cases of using words that express the meaning of cursing, or, in the language of experts, "unintelligible speech". We will briefly study these as vulgarisms and barbarisms. Such words serve to reveal the character of the heroes in the works of art. This article also talks about the artist's style and skill in revealing the character of the characters through the use of vulgarisms and barbarisms in the works of O'tkir Hoshimov.

background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

224

OʻTKIR HOSHIMOV ASARLARIDA VULGARIZM VA

VARVARIZMLARNING OʻZIGA XOS OʻRNI

Raʼno Boytoʻrayeva

Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti

1-bosqich talabasi. Tel.: 91-733-12-08

S.Tuliboyev

Ilmiy rahbar.

TerDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.8364250

Annotatsiya.

Tilda so‘kish, qarg‘ash ma’nolarini ifodalaydigan yoki, soha mutaxassislari

tili bilan aytganda “tushunarsiz nutq” deb nomlangan so‘zlardan foydalanish hollari ko‘plab
uchraydi. Bularni qisqa qilib vulgarizmlar va varvarizmlar deb o‘rganamiz. Bunday so‘zlar badiiy
asarlarda qahramonlarning xarakterini chuqurroq ochish uchun xizmat qiladi. Ushbu maqolada
ham O‘tkir Hoshimov asarlarida vulgarizm va varvarizmlardan foydalanish orqali obrazlar
xarakterini ochishda ijodkor uslubi va mahorati haqida so‘z yuritiladi.

Kalit soʻzlar:

varvarizmlar, vulgarizmlar, nutqning sofligi, haqorat soʻzlar, nutqning

tozaligi, ekspressivlik, obraz, xarakter.

THE SPECIFIC PLACE OF VULGARISM AND BARBARISMS IN OTKIR

HASHIMOV'S WORKS

Abstract.

In the language, there are many cases of using words that express the meaning

of cursing, or, in the language of experts, "unintelligible speech". We will briefly study these as
vulgarisms and barbarisms. Such words serve to reveal the character of the heroes in the works
of art. This article also talks about the artist's style and skill in revealing the character of the
characters through the use of vulgarisms and barbarisms in the works of O'tkir Hoshimov.

Key words:

barbarisms, vulgarisms, purity of speech, insults, purity of speech,

expressiveness, image, character.

ОСОБОЕ МЕСТО ВУЛГАРИЗМА И ВАРВАРИЗМОВ В ПРОИЗВЕДЕНИЯХ

ОТКИРА ГАШИМОВА

Аннотация.

В языке много случаев употребления слов, выражающих значение

ругательства, или, говоря языком знатоков, «невнятной речи». Мы кратко рассмотрим их
как вульгаризмы и варварства. Такие слова служат для раскрытия характера героев в
художественных произведениях. В данной статье также говорится о стиле и мастерстве
художника в раскрытии характера персонажей посредством использования вульгаризмов
и варваризмов в произведениях Откира Хошимова.

Ключевые слова:

варваризмы, вульгаризмы, чистота речи, оскорбления, чистота

речи, выразительность, образ, характер.


Nutqimizda shunday soʻzlar borki, ular nutqning sofligiga putur yetkazadi, adabiy tildan

mutlaqo yiroq hisoblanadi. Ammo badiiy asarlarda bunday soʻzlardan uslubiy vosita sifatida
foydalaniladi. Mazkur soʻzlarga misol qilib vulgarizm va varvarizmlarni olishimiz mumkin.

Vulgarizmlar — haqorat maʼnosida qoʻllanadigan qoʻpol soʻzlardir. Masalan, yer yutkur,

oqpadar, qiztaloq kabi. Vulgarizmlardan badiiy adabiyotda ayrim qahramonlarning dagʻalligini,


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

225

madaniyatsizligini koʻrsatish uchun foydalaniladi. Ammo bunday soʻzlar odatiy nutqda
ishlatilmaydi. Nutqiy tozalikka rioya qilmaslik uning taʼsir kuchini pasaytiradi.

Tilshunoslikda vulgarizm deb ataluvchi haqorat soʻzlarida oʻta salbiy munosabat,

kamsitish, mensimaslik, haqorat kabi bir qator ifoda semalari juda ochiq koʻrinib turgan boʻladi.
Haqorat soʻzlari badiiy asarlarda, asosan, qahramonlar nutqida ishlatiladi. Lisoniy tahlil jarayonida
badiiy asarga olib kirilgan vulgarizmlarni kimning nutqida ishlatilayotganiga qarab guruhlash,
qanday vaziyatlarda va nima sababdan qoʻllanilayotganligini hamda ularning leksik-semantik
tarkibi, shevaga xoslanganligi kabilarni aniqlash lozim boʻladi.

Vulgarizmlar aslida nutqni nursizlantiruvchi, tinglovchi yoki oʻquvchida salbiy

munosabat uygʻotuvchi birliklar sanalsa-da, ogʻzaki va yozma nutqda ularning oʻziga xos oʻrni
mavjud. Soʻzlashuv nutqi boʻyicha kuzatishlar olib borgan professor B.Oʻrinboyev mazkur
uslubga xoslangan vulgarizmlarni maʼnosi va qoʻllanish doirasiga koʻra 3 guruhga boʻladi:

1) kishilarning xarakteri va mijozidagi ojizlikni ifodalovchi vulgarizmlar:

dum,

tekinxoʻr, ayyor, buzuq, xomkalla, xumpar, noinsof, magʻzava, yuzsiz, esipas, lanj, latta, igʻvogar,
xotinboz

kabilar. Bunday soʻz va iboralarda soʻzlovchining tinglovchiga salbiy munosabati, ichki

hayajoni, nafrati, jirkanishi kuchli ifodasini topgan.

2) kishining tashqi kamchiligini koʻrsatuvchi vulgarizmlar:

koʻppak, maymoq,

ilonbosh, simyogʻoch, qovoqbosh, ayronbosh, gumbaz, qoʻngʻiz, moʻylov, kal, qiyshiq, qoʻtir,
soʻloqmon, bir oyogʻi yerda, bir oyogʻi goʻrda

kabilar. Bunday vulgar soʻz va iboralar biror

predmet nomiga nisbat berish, yaqinlashtirish, oʻxshatish natijasida paydo boʻladi.

3) soʻkish, koyish maʼnosini ifodalovchi vulgarizmlar:

yaramas, ablax, xumpar, nomard,

badbaxt, nonkoʻr, ahmoq, gumroh, galvars, kasofat, koʻppak, shallaqi, iblis, juvonmarg, benomus,
vaysaqi kabilar. Bunday vulgar soʻz va iboralarda suhbatdoshlarning ichki hayajoni, ruhiy holati,
gʻazabi kuchli ifodalangan boʻladi.

Bir so‘z bilan aytganda, vulgarizm va varvarizmlar badiiy asarlarda qahramonlarning

xarakterini chuqurroq ochish uchun xizmat qiladi. Ijodkor qahramonning nutqi orqali uning
ijtimoiy mavqei, xulqi, ijobiy yoki salbiyligini ochib beradi. Shuning bilan birga, nafaqat
so‘zlovchining, qolaversa, mazkur nutq qaratilgan shaxsning ham xarakterini ochib berishga
erishadi.

Isteʼdodli yozuvchi Oʻtkir Hoshimov asarlarida ham shu kabi soʻzlarni uchratish mumkin.

Misol uchun, yozuvchining "Dunyoning ishlari" qissasi tarkibiga kiruvchi “Qanoat” nomli
hikoyasida yozuvchining qoʻshnisi, yaʼni Moʻmin akaning xotini — Kelinoyi tilidan juda koʻp
qargʻish soʻzlar keltiriladi:

“… — Kechа mаni shunday so‘kdi, shunday so‘kdi,

yigitginа o‘lgur!

– Kelinоyi ikki qo‘li

bilаn shаrаqlаtib sоnigа shаpаtilаdi. – Оnаmni so‘kdiya,

bo‘yginаng go‘rdа chirigur”

1

.

Bunday soʻzlarda koʻp hollarda ekspressivlik ifodalanadi, yaʼni bunday soʻzlar, asosan,

soʻzlashuv nutqiga xos boʻlib, muallif tomonidan ekspressivlik hosil qilish uchun asar
qahramonlari tomonidan nutqning taʼsirchanligini oshirish maqsadida ishlatiladi.

“… — Nimаgа хаfа bo‘lmаs ekаnmаn? – Kelinоyi yanа hаm qаttiqrоq shаng‘illаy

bоshlаdi. – Kechqurun o‘smа ezib qo‘yuvdim. Shu

sаvil

qurib qоlmаsin, deb qоshimgа qo‘ya

qоluvdim. Hа, mоshkichiri jindаk tаgigа оlib, qоtib ketibdi. Shungаyam оtа go‘ri qоziхоnаmi?

1

. Hoshimov O‘. “Dunyoning ishlari”. Sharq, ToshkenT- 2005-y. 40-b.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

226

«Pаrdоz-аndоz qilgаndаn ko‘rа оvqаtinggа qаrаsаng o‘lаsаnmi!» deydi-ya,

go‘rso‘хtа!

Hа,

pаrdоz qilsаm, o‘ynаshimgа qipmаnmi,

qirchiningdаn qiyilgur!

Qirmоchmi, bаlоmi, zаhringgа

yeyavermаysаnmi,

yerginа yutgur

! Хаh, оnаmni so‘kkаn

tillаring tаnglаyinggа yopishgur

!

Таg‘in nimа deydi, deng? Aybni mengа to‘nkаydi: tiling bir qаrich, deydi. Vоy, tilimni gаpirgаn

tillаring jоdidа qiymа-qiymа bo‘lsin-а

. Yeldek kelib, seldek оlmаsа аslо rоzimаsmаn!

Vоy negа qаrg‘аmаs ekаnmаn?

Оg‘zi-burningdаn lахtа-lахtа qоning kelgurni

, negа

qаrg‘аmаs ekаnmаn?

2

Yuqoridagi kabi holatlar soʻzlovchining tinglovchiga yoki oʻzga shaxsga nisbatan salbiy

munosabatini aks ettirish jarayonida yuzaga keladi. Baʼzida muallif qahramonining alamini, qahr-
u gʻazabini ifodalash uchun haqorat soʻzlardan keng foydalanadi.

Varvarizmlar esa maʼlum bir tilga chet tillardan kirib kelgan, tilda toʻla oʻzlashmay, yotligi

bilinib turadigan soʻz va iboralardir. Varvarizmlar ham xuddi vulgarizmlar kabi, asosan,
soʻzlashuv uslubiga xos boʻlib, tilning adabiy meʼyorini buzadi va uning asosiy lugʻat tarkibiga
kirmaydi. Varvarizmlardan baʼzan badiiy adabiyotda mahalliy muhitni berish, obrazlarni
xoslashtirishda foydalaniladi. Masalan,

karochi, vapshe, tak

kabi soʻzlar. Asosan, rus tilidan kirib

kelgan soʻzlar koʻproq ishlatiladi.

Atoqli olim Nizomiddin Mahmudov tilshunoslikda varvarizmlar deb yuritiladigan boshqa

til birliklarini oʻzbek tiliga oʻzlashgan, adabiy tilning leksik meʼyorlari sirasidan oʻrin olgan chet
soʻzlardan farqlash kerakligini taʼkidlaydi. Uning fikricha har qanday chet soʻz emas, balki faqat
varvarizmlar nutqning sofligini buzadigan unsurlar sifatida qaraladi.

3

M. Yoʻldoshev “Choʻlpon soʻzining sirlari” kitobida varvarizmni boshqa soʻzlardan

ajratish kerakligi haqida shunday fikrlarni bildiradi: badiiy asarda qoʻllangan har qanday ajnabiy
soʻz yoki iborani varvarizm deb qarash toʻgʻri boʻlmaydi. Masalan, “Kecha va Kunduz” romanida

shafe, mustahiq, alalxusus, dasisa, kasirul-adad, itob

kabi juda koʻplab arabcha,

ori, sarzanish,

xonaqoh, gulbun

kabi forscha soʻzlar ishlatilgan, ammo ularni varvarizm deb qarash mumkin

emas

4

. Bu kabi soʻzlar bizning tilimizda, ayniqsa, yozma adabiyotimiz tilida turli tarzda har xil

sabab bilan juda eski zamonlardan qoʻllanilib keladi.

Shu kabi soʻzlarni aniqlashda ham Oʻrkir Hoshimov asarlariga murojaat qilamiz.

Yozuvchining "Ikki karra ikki besh" qissasining Oʻn beshinchi bobi, yaʼni "Rais buva otalik
qilmoqchi" deb nomlangan bobida varvarizmlardan oʻrinli foydalanilgan. Masalan:

Malades

, oʻzimizning onamiz! Bormisiz, enajon!”

5

Yoki bosh qahramonning qarindoshi Jovli aka tilidan keltirilgan gapni ham misol qilish

mumkin: "Menimcha, Ergashev

nenormalniy

odam! Uni jinnixonaga topshirish kerak". …

“…Qoʻrqmanglar.

Pajalista!

Rayon prokuraturasi Ergashevga oʻxshaganlarni izlab

yuribdi oʻzi...”

“…Qoʻshoqjon

malades

yigit. Tuhmatga chidolmay igʻvogarni boʻgʻib turganining ustiga

borib qoldim. Ajratib olmasam oʻldirib qoʻyardi...”

2

Hoshimov O‘. “Dunyoning ishlari”. Sharq, ToshkenT- 2005-y, 40-b.

3

Mahmudov N. “Oʻqituvchi nutqi madaniyati”. Toshkent; Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi

nashriyoti, 2007

4

Yoʻldoshev M. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent; Fan, 2008

5

Hoshimov O‘. Ikki karra ikki besh. Toshkent; Oʻqituvchi, 2018, 316-bet


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

227

“Ergaship har xil

kavarniy

savollar bilan oddiy mehnatkashlarni chalgʻitmoqchi

boʻlgan...”

6

Bu kabi varvarizmlar adibning deyarli barcha asarlarida uchraydi. Varvarizmlar, odatda,

oʻzga yerga xos rasm-odatni tasvirlashda, mahalliy muhitni berishda va yaratishda foydalaniladi.

Xullas, varvarizmlar badiiy nutqda yozuvchining mahorati bilan oʻziga xos estetik vazifani

bajaradigan vositaga aylanadi. Badiiy asardagi personajlarning xarakteri, ichki dunyosi, madaniy-
maʼrifiy saviyasi kabi bir qator jihatlarni taʼkidlab ifodalashda varvarizmlar alohida oʻrin tutadi.
Yana shuni taʼkidlash lozimki, varvar soʻzlarni qoʻllash nutq madaniyatiga xilof deb qaraladi.

REFERENCES

1.

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2.

Oʻrinboyev B. Hozirgi oʻzbek tilida vokativ gap kategoriyasi. Toshkent; 1972

3.

Nizomiddin Mahmudov. Oʻqituvchi nutqi madaniyati. Toshkent; Alisher Navoiy nomidagi
Oʻzbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007

4.

M. Yoʻldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent; Fan, 2008

5.

Oʻtkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. Toshkent; Sharq, 2005-yil

6.

Oʻtkir Hoshimov. Ikki karra ikki besh. Toshkent;

6

Hoshimov O‘. Ikki karra ikki besh. Toshkent; Oʻqituvchi, 2018, 316-bet

References

OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Oʻrinboyev B. Hozirgi oʻzbek tilida vokativ gap kategoriyasi. Toshkent; 1972

Nizomiddin Mahmudov. Oʻqituvchi nutqi madaniyati. Toshkent; Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007

M. Yoʻldoshev. Badiiy matn lingvopoetikasi. Toshkent; Fan, 2008

Oʻtkir Hoshimov. Dunyoning ishlari. Toshkent; Sharq, 2005-yil

Oʻtkir Hoshimov. Ikki karra ikki besh. Toshkent;