THE LIFE OF THE PATIENT…

HAC
Google Scholar
To share
Choriyeva, O., & Tuliboyev, S. (2023). THE LIFE OF THE PATIENT…. Modern Science and Research, 2(10), 149–154. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24548
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In this article, Alisher Navoi's radiative ghazal "Qilmadin hech" is analyzed. The ghazal's verse and verse are determined. The board will be developed. A. Navoi's high potential in the science of dreams known to all of us, his ability to interpret one word in different meanings and skillfully use poetic arts, is once again proven by analyzing each stanza separately. will be done.


background image



149

SO‘ZING SHAVQIDIN ERDIM XASTA UMRE…

(Alisher Navoiyning “Qilmading hech” radifli g‘azali tahlili)

Ozoda Choriyeva

TerDU, O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi

Tel.: 99 566 75 80

S.Tuliboyev

Ilmiy rahbar

TerDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10028101

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Alisher Navoiyning “Qilmading hech” radifli g’azali

tahlilga olinadi. G’azalning bahri va rukni aniqlanadi. Taqte’si ishlab chiqiladi. Har bir bayt
ustida alohida tahlilga to’xtash orqali A.Navoiyning hammamizga ma’lum bo’lgan aruz ilmidagi
yuksak salohiyat, bir so’zni turli ma’no jilvalarida tovlantirish va she’riy san’atlardan ustalik
bilan foydalanish mahorati yana bir bor isbot etiladi.

Kalit so‘zlar.

A.Navoiy, g’azal, tahlil, aruz vazni, she’riy san’atlar, bayt, shakl, mazmun,

badiiy mahorat.

THE LIFE OF THE PATIENT…

Abstract.

In this article, Alisher Navoi's radiative ghazal "Qilmadin hech" is analyzed. The

ghazal's verse and verse are determined. The board will be developed. A. Navoi's high potential
in the science of dreams known to all of us, his ability to interpret one word in different meanings
and skillfully use poetic arts, is once again proven by analyzing each stanza separately. will be
done.

Key words:

A. Navoi, ghazal, analysis, aruz weight, poetic arts, verse, form, content,

artistic skills.

СЛОВО ТВОЕ ШАВДИН ЭРДИМ БОЛЬНАЯ ЖИЗНЬ…

Аннотация.

В данной статье анализируется лучистая газель Алишера Навои

«Кылмадин хэч». Определен стих газели и стих. Плата будет развиваться. Известный
всем нам высокий потенциал А. Навои в науке о сновидениях, его умение трактовать одно
слово в разных значениях и умело пользоваться поэтическими искусствами еще раз
доказывается анализом каждой строфы в отдельности.

Ключевые слова:

А.Навои, газель, анализ, аруз, поэтическое искусство, стих,

форма, содержание, художественное мастерство.


Alisher Navoiy ijodi shunday bebaho xazinaki, u qancha o’rganilsa shuncha yangi

qirralarini namoyon qiladi, yangicha ma’no tovlanishlari bilan yana insonlarni hayratga solidi. Bu
borada qilinayotgan har bir tadqiqot ishi, ilmiy yondoshuv asrlar mobaynida o’z ahamiyatini
saqlab kelayotgan asarlar qiymatini har bir davr egalari uchun maxsus til va tushunarli izohlar
orqali anglatish jihatidan ahamiyatlidir.

Biz qisqagina ushbu maqola orqali hazrat Mir Alisher Navoiyning “Qilmading hech”

radifli g‘azalini sharhlashga jur’at etdik. Yetti baytdan iborat ishqiy mavzuda yozilgan oshiqona
ushbu g‘azal hazaji musaddasi maqsur (yoki maxzuf) vaznida yozilgan bo‘lib, uning taqteэsi
quyidagicha:

V- - - / V- - - / V- ~ (-) mafoiylun, mafoiylun, mafoiyl (faulun).


background image



150

Radifi ikki so’zdan (qilmading hech) iborat bo’lib, sof turkiy tildagi biror faoliyatni amalga

oshirish ma’nosini ifodalovchi “qilmoq” va “hech” – bo’lishsizlik olmoshining tub so’z shaklidan
tarkib topgan. Qofiyalari to’laligicha arabiy (tarahhum, tabassum, tavahhum, takallum tazallum,
tana’um va tarannum) kalimalaridan tarkib topgan.

Ko‘rub dardim, tarahhum qilmading hech,
To‘kub ashkim, tabassum qilmading hech.
Birinchi misradagi ma’nosi biroz mavhumroq bo’lib turgan “tarahhum” so’zi misrada

qofiya – asosiy mazmun tashuvchi ohangdosh so’z sifatida kelib lug’aviy jihatdan arabcha “rahm
qilish”, “g’amxo’rlik qilish” degan ma’nolarni anglatadi.

Baytning birinchi misrasini quyidagicha tushunish mumkin. Dardimni ko’rib rahm

qilmading. Yana ham oydinlashtirib g’azalning boshdan-oyoq murojaat shaklida bitilganligini
inobatga olsak, oshiq yorga qarata “ishqingda ko’p dard chekdim, uni ko’rib hech menga rahm
qilmading” deya zorlanmoqda, nola qilmoqda. Misradan tushunish mumkinki, oshiq yorga kecha
oshiq bo‘lib bugun fig‘on chekayotgani yo‘q. U avvalo dardga to‘lgan, yorning muhabbati yo‘lida
azob chekkan. Yordan kelajak birgina iltifotni uzoq muddat sabr ila kutgan, ammo yor oshiq tushib
qolgan mushkul ahvolga (dardiga) rahm etmayapti. Bu o‘rinda mumtoz adabiyotimizdagi
aksariyat g‘azallardagi an’anaviy yor obrazi, ya’ni mashuqaning beshafqat, rahm bilmas qiyofasi
chizilgan.

Keyingi misrada “ashk” va “tabassum” kabi arabiy kalimalar asosiy mazmun ifodalovchi

so’zlar bo’lib kelgan. Ashk – (arabcha) ko‘z yosh ma’nosini ifodalasa hozirgi o’zbek tilimizda
ham keng qo’llaniluvchi “tabassum” so’zi arabcha kulmoq, jilmaymoq degan ma’nolarni
anglatadi. Bir qarashda mazmunan zid bo’lgan bu so’zlarni bir misrada qo’llash orqali shoir
oshiqning ma’shuqaga bo’lgan muhabbati darajasini ne chog’lik yuksak ekanligiga urg’u bergan
hamda yorning oshiqqa nisbatan beparvo va beshavqat timsolini ustalik bilan tasvirlagan.

Ikkinchi misra mazmunini esa quyidagicha tahlil qilish mumkin. “Ko’z yoshlarimni ko’p

to’kdimki, sen hech tabassum qilmading”. Misra mazmuniga qaralsa, uni tushunishda biroz
ziddiyatli qarash yuzaga keladi. Lirik qahramon (oshiq) yorga qarata ko’z yosh to’kmoqdaman,
tabassum qil mazmunida zorlanmoqda. Bu o’rinda bizda ko’z yosh to’kayotgan insonga qarab
qanday qilib tabassum qilish mumkin degan savol uyg’onishi tayin. Navoiy asarlarida
kuylanadigan oshiqlik oddiy insonlar tafakkur qoidalariga bo’yunsunmasligi bilan ham bugungi
kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmay kelmoqda. Bu o’rinda misrani quyidagicha talqin qilish
o’rinlidir. Xuddi avvalgi misrada aytganimizdek bu misra tahlilida ham oldingi ya’ni oshiqni ashk
(ko’z yosh) to’kishigacha bo’lgan davr muhim. Oshiq ko’z yosh to’kishdan ilgari ham yordan turli
yo’llar bilan bir bora tabassumiga shohid qilishini so’ragan, beparvo ma’shuqadan sado
bo‘lavermagach u buni ko’z yosh ila so’ragan, ammo oshiqda “ko’z yoshimga rahmi keladi va
kuladi” degan o’y bo’lmagan, shunchaki yordan bo’lajak birgina iltifotga mushtoq qalb shuni
taqozo qilmoqda. Yurakdagi intiq hislarning intizorligi ko’zlardagi shoshqator durlar orqali
namoyon bo’lmoqda. Bu ishq ko’yida oshiq dardga to’ldi, ko’z yosh to’kdi. Ammo uning bu holati
rahm bilmas ma’shuqaga ta’sir o’tkazmadi. U tabassum qilmadi. Baytda tarse san’atining
qo’llanilishi ya’ni ostinma-ustun kelgan so’zlarning o’zaro ohangdoshligi baytning umumiy
mazmunini yanada kuchaytirib, musiqiylikni ta’minlashga xizmat qilgan.

Firoqing o‘ti ichra necha yig’lab,
Fig’on chekdim, tarahhum qilmading hech.


background image



151

Lirik qahramon (oshiq) yuqorida o‘zining dardga to’lganligi va ko’p ko‘z yosh

to’kkanligini keyingi baytda ham o’zining mahzun holatiga yanada kuchli urg’u berish orqali o’z
kayfiyatidagi tushkunlikni yanada ta’sirliroq aks ettirgan. Ikkinchi baytning birinchi misrasida
fikrimizning isboti o’laroq “firoq” kalimasi maydonga kelgan. Arabchada “ayriliq” ma’nosini
anglatuvchi bu so’z bayt ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilgan. Oshiq uchun firoq (yordan
yiroqlik) olov ichida yonmoq bilan barobardir. Misrani quyidagicha tushunish mumkin:
“Ayrilig’ing olovi ichida qanchalar yig’layapman” ya’ni sendan ayri yashashdan o’t ichida kuyib
kulga aylanayotgandek azoblanmoqdaman, deyilgan. Azoblangan insonning yig’lashi esa tabiiy
holat. Misradagi “yig’lab” so’zi matladagi “to’kub ashkim” birikmasi bilan sinonim bo’lsa-da bu
misrada “firoq olovi ichra” birikmasi baytning ta’sir ko’lamini yanada kuchaytirishi bilan
matla’dan farq qiladi. Baytni tasavvuf adabiyoti qoidalariga muvofiq talqin qilish ham mumkin.

Firoq— tariqat ahli nazdida solikni Ilohdan ajratib turuvchi parda, hasrat pardasi ya’ni

dunyo ishlari bilan ovvoragarchilik. Shu jihatdan baytni Allohning jamolini ko’rishga intiq solik
bandaning dunyo matohlari ichra qilayotgan faryodi, o’z yaratuvchisiga zorli murojaati deyishimiz
mumkin.

Matla hamda ikki bayt orasida ham mazmunan, ham shaklan bog’liqlik mavjud. Ikkinchi

baytning ikkinchi misrasida ham matla’dagi tarahhum so’zining aynan takroriga duch kelamiz.
Mazmundagi farqni esa tahlil davomida aniqlaymiz. Lirik qahramon (oshiq, shoir) dardga to’ldi,
ko‘z yosh to‘kdi. Ayriliq olovi ichra azob chekdi va uning zahriga chidolmagan oshiq oxiri fig’on
(nola) chekdi. Ammo yorda rahm yo’q “Nola chekdimki, hech menga rahm qilmading”. Misrada
firoq, fig’on, ko’z yosh so’zlari tanosub san’atini vujudga keltirgan. Bir uyaga mansub so’zlar
o’zaro birikib baytdagi mazmunni tiniqroq ifodalashga hizmat qilgan.

Jahong‘a ohu ashkim soldi ashub
Bu to‘fondin tavahhum qilmading hech.
Ushbu misralarda oh, ashk so’zlari bizga begona emas. Yuqoridagi ikki baytda ham faollik

kasb etgan bu tushunchalarning ma’noviy tasir kuchi bu misrada jahon va ashub so’zlari orqali
yana ham kuchaytirilgan. Misra mazmunini to’la tushunishga urinadigan bo’lsak, o’z-o’zidan
“ashub” so’zi e’tibormizni tortadi. Bu so’z forschada “g‘avg‘o”, “to‘palon”, “hayajon”, “qo’rquv”
degan ma’nolarni ifodalab misrada ham uning aynan shu ma’nolarida talqin qilishimiz mumkin.
“Ohim va ko’z yoshim jahonga g‘avg‘o solmoqda” tarzidagi murojaat baytning birinchi misrasini
tashkil qiladi. Ham mazmunan ham shaklan birinchi misraning mazmuniy davomi hisoblangan
ikkinchi misrani hahlil qilar ekanmiz Navoiyning so’z qo’llashdagi va nozik tashbehlar o’ylab
topishdagi yuksak mahoratiga lol qolmasdan ilojimiz yoq. Misrada “To’fon” so’ziga alohida
to’xtalish ayniqsa o’rnlidir. To‘fon tushunchasini o‘quvchi ko’z o’ngida yaqqol gavdalantirish
jihatidan bu o’rnda ahli Musulmonlar uchun tanish bo’lgan “Nuh to‘foni” haqidagi afsonalarga
to’xtalib o’tish ayni muddao. Afsona haqidagi bosh manbaa Dinimizning bosh kitobi hisoblangan
Qur’oni Karim bo’lib Uning Hud surasi 36-37 oyatlarida shunday marhamat qilinadi:

“Nuhga vahiy qilindi: “Qavmingdan hozirgacha imon keltirganlardan boshqa endi hech

kim imon keltirmas. Bas, ularning qilayotgan ishlari tufayli tashvish chekmagin! “Ey Nuh, bizning
nazoratimiz va buyrug‘imiz bilan kema yasagin, menga zolimlar uchun najot so‘rab murojaat
qilmagin, albatta ular g‘arq bo‘ladilar” deb maxsus bir kema yasashga buyurdi. To‘fonning kuchli
suv toshqini ekanligi haqida to’la tasavvurga ega bo’lgan holda tahlilni davom ettirsak, lug’aviy
jihatdan kuchli suv toshqini ma’nosini beruvchi bu so’z birinchi misradagi oshub (g‘avg‘o) so‘zi


background image



152

bilan ma’noviy uyg’unlikni, sinonimlikni hosil qiladi. Birinchi misradagi “ashub”, ikkinchi
misrada esa “to’fon” ot so‘z turkumiga mansub bo‘lib oh va ko‘z yosh so‘zlarining umumiy
tashbehi sifatida kelmoqda. Bu go’zal tashbehni quyidagicha sharhlash mumkin:

Lirik qahramon yor ishqida chekkan ohi kuchli shamolga, to’kkan ko’z yoshi esa suv

toshqiniga aylanib butun dunyoga g‘avg‘o solmoqda. Sezib turganimizdek mubolag‘a sana’ti
orqali baytning ma’nosi bo‘rtirilgan. Bu esa oshiq muhabbati darajasinining yuksakligiga urg‘u
berib turibdi. Har bir so‘zning ma’no jilvalarini chuqur anglagan ijodkor bu oh (shamol) va ko‘z
yosh (suv toshqini)ni keyingi misrada to‘g‘ridan to‘g‘ri to‘fon deb nomlamoqda. Birinchi
misradagi oshub so‘zining “qo‘rquv” degan ma’nosi ham bayt tahlilida alohida ahamiyatga ega
bo‘lib, ikkinchi misradagi “tarahhum” qo’rquv ma’nosini ifodalovchi arabiy kalima bilan
sinonimlik hosil qiladi va quyidagich ma’no kasb etadi. Ohim (shamol) va ko’z yoshim (toshqini)
jahon ahlini qo’rquvga solmoqda. Ammo sen (yor) bu to’fondan hech qo‘rqmayapsan.

Baytdagi turli tilda o‘zaro o‘xshash mazmun ifodalovchi so‘zlarni bir ipga marjon kabi

terilgani mahoratli shoir ijodidagi o’ziga xos xususiyatlardan biri bo‘lib, bu xususiyat
A.Navoiyning arab, fors va turkiy tillarni turli ma’no nozikliklari bilan chuqur o‘zlashtirgan yetuk
alloma bo‘lganligini yana bir bor isbot etadi.

So‘zing shavqidin erdim xasta umre,
So‘rarg‘a bir takallum qilmading hech.
Navbatdagi misralarda shoir oshiqligi sababdan butun umri xastalikda o‘tganligini, lekin

yor bir marta bo‘lsada undan hol so‘rmaganligini keltirib o‘tadi. Shavq – arabchada “kuchli
havas”, “intilish”, “ishtiyoq” degan ma’nolarni ifodalovchi so’z. Birichi misradan “bir og‘iz
so‘zingni eshitish orzusida (ishtiyoqida) umrim xasta (bemor) bo‘ldi deya xulosa chiqarish
mumkin. “Umr” so‘zini leksik jihatdan “insonning yashash davri” deb hisoblasak, bu yerda oshiq
yorga “shu kungacha yashagan umrim bir og’iz so’zingning ishtiyoqida betoblikda o’tmoqda”
tarzida murojaat qilmoqda.

Hammamizga ma’lumki xalqimizda betob odam yo’qlab boriladi ahvoli so’raladi. Keyingi

misrada oshiq ana shunga nisbat qilib men betobdan bir bora hol ahvol so‘rash uchun takallum
qilmading (so‘z aytmading) deya o‘tli nola chekmoqda. Takallum esa arabchada “so’zlamoq’
demakdir.

Musallam ishq, ey ko’nglum, senga kim,
Ko‘rib zulmin tazallum qilmading hech .
Beshinchi baytda shoir nido san’atini qo’llash orqali o’z shaxsiyatiga murojaat qiladi.

Birichi misradagi “Musallam” so’zi arabcha bo‘lib “inkor yoki qarshilik qilinmay maqullangan”,
“taslim bo’lish”, topshirish” degan ma’nolarni o‘zida mujassam etadi. Baytdagi zulm va shikoyat
so‘zlari orasida bog‘liqlik mavjud. Qachonki odamga qilingan zulm haddan oshsa o‘sha inson
(mazlum) shikoyat qiladi. Ammo oshiqning ishqi shu qadar solimki, mashuqaning zulmi haddan
oshsada u shikoyat qilmaydi. Shu o’rindan misrani ey ko’nglim, sen ishqqa shu qadar taslim
bo’ldingki oshiqlik ortidan kelgan zulmlardan bir bora shikoyat qilmading tarzida talqin qilish
mumkin.

Muhabbata ahli qismin nevchun, ey charx,
Qilib mehnat, tana’um qilmading hech.
Oltinchi baytda ham nido san’atidan foydalanilganligini ko’rishimiz mumkin faqat endi bu

baytda murojaat obyekti ko‘ngildan charxga ko‘chgan. Birinchi misrada Navoiy ijodidagi


background image



153

an’anaviy mavzulardan biri taqdirdan norizolik ko‘zga tashlanadi va bu kayfiyat “ey” undovi va
“nevchun”- nega olmoshining ijodkor zamonidagi shakli orqali juda ochiq bayon etilgan. “Charx”
so’zi lug‘aviy jihatdan forscha “g‘ildirak”, “aylanish” degan ma’nolarni ifodalasa, ko’plab
g’azallarda ko’chma falak yohud taqdir, tole’ degan ma’nolarni ifodalab keladi. Baytda qofiya
vazifasini bajarayotgan tana’um so’zi ham misrada mavhumlik kasb etgan va bu so‘zning asosiy
mazmun tashuvchi ekanligini inobatga olganimiz holda uning mazmunini oydinlashtirish bayt
mazmunini anglashdagi asosiy qadam bo’lishini takidlab o’tish joiz. Tana’um boshqa ohangdosh
so’zlar qatori arab tilidan olingan bo‘lib “noz-u ne’matlar ichida yashash, rohat-farog‘atda umr
kechirish” demakdir. Yuqoridagi baytlar tahlilida ko‘rganimiz azob mashaqqatlar tortgan, ko‘z
yosh to‘kib, oh chekkan oshiq bu holatidan norizo holda falakka, taqdirga murojaat qilmoqda. Ey
falak, nima uchun muhabbat ahlining qismatini zahmat va mashaqqat qilib, ularni hech rohatda
yashatmading. Bu baytda seziladiki, lirik qahramon ham ana shu muhabbat ahlidan.

Navoiy sari, ey davri muxolif,
Navo savtin tarannum qilmading hech.
Maqtada murojaat endi davri muxolifga ko ‘chgan. Muxolif – arabcha “teskari”, “qarama

qarshi” demakdir. Sezib turganingizdek maqtada ham murojaat orqali shikoyat kayfiyati mavjud
bo‘lib, endi Navoiy davr (dunyo)ning teskariligidan ochiqcha norozilik bildirmoqda.
Norizolikning sababi esa quyidagicha: ey teskari davr (nega) navo kuyini Navoiy sari
yo’llamading ya’ni shoir aytmoqdaki , “men o‘zimga Navoiy deb taxallus tanladim davr (taqdir)
esa teskarilik qilib kuyni(navoni) men sari yo‘latmading”. Bu o‘rindagi chiroyli va o‘rinli e’tiroz
orqali ijodkor shaxsiyatiga xos bo‘lgan kamtarlik, ma’naviy kamolot yo‘lidan borayotgan bir
insonning o‘z ahvolidan qoniqmaslik kabi xislatlari ustalik bilan ochib berilgan.

Tahlil davomida Alisher Navoiyning so‘zlarni nozik did va yuksak mahorat bilan tanlash

va ularni o‘z o‘rnida qo’llash mahorati ijodkorning naqadar buyuk iste’dod va chuqur egallangan
ilm egasi ekanligiga guvoh bo‘ldik. Shu o‘rinda biz tahlil qilgan g‘azal mutafakkir ijodidagi
o‘rganilishga va tadqiq etilishga muhtoj minglab bebaho gavharlardan birginasi, xolos. Bugungi
kunda jamiyatimiz ma’naviyati ana shundan bebaho javharlarga ehtiyojmand ekanligi ham ayni
haqiqat.

Tahlil davomida g‘azalda qo‘llanilgan so‘zlarning etimologik shuningdek o’sha davrdagi

va Navoiy talqinidagi leksik ma’nolari haqida imkon qadar fikr yuritildi. Bu so’zlar yordamida
g‘azalning shakliy va mazmuniy qurilishi ko’rib chiqildi. Tushunilishi biroz qiyinroq, Navoiy
ta’biri bilan aytganda bugungi o‘quvchining aql teshasi o‘tmaydigan ba’zi so‘zlar alohida
o‘rganiladi va ularning o’rni bugungi kunda tilimizda ana shu so’z ma’nosini beruvchi ekvivalenti
bilan o’rnini almashtirish orqali bayt mazmunini oydinlashtirishga harakat qilindi. Buni esa
Navoiy tilini xalq tiliga yaqinlashtirish orqali, shoir kechinmalarini ko’pchilik uchun tushunarli
talqinini yaratish jihatidan ahamiyatli deb o‘ylaymiz. Zero milliy madaniyatimizning eng
qimmatbaho javhari hisoblangan Navoiy asarlari xususan oliy ta’lim muassasalari talabalari,
ayniqsa, mazkur sohaning ertangi mutaxassislari tomonidan ham o’rganilishga, tushunilishga
muhtojdir.

Tahlil jarayonida g‘azalda qo‘llanilgan har bir so’zning aruz ilmi talablariga to‘la rioya

qilingan holda o‘zaro birlashishi, ohangdosh so‘zlarning mahorat bilan tanlanib ustalik bilan
qo‘llanilishi orqali Alisher Navoiyning na qadar yuksak badiiy mahurat sohibi ekanligiga yana bir
bor iqror bo‘lamiz.


background image



154

REFERENCES

1.

“Navoiy asarlari lug’ati” G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent-
1972;

2.

“Tasavvuf” Najmiddin Komilov “Movarounnahr” – “O’zbekiston”, Toshkent – 2009;

3.

“O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”. Sh. Rahmatullayev “Universitet” Toshkent – 2000;

4.

“Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug’ati” A.Hojiyev, A.Nurmanov va boshqalar.
“Sharq” nashriyot –matbaa aksiyadorlik kimpanyasi bosh tahririyati. Toshkent - 2001.

5.

“Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir” (Qur’oni Karimda payg’ambarlar siymosi)1-
kitob “Movarounnahr” Toshkent -2005

6.

“Ўзбек тилининг изоҳли луғати”. "Ўзбекистон миллий энциклопедияси" Давлат
илмий нашриёти 5-жилдлик. Тошкент- 2007.

References

“Navoiy asarlari lug’ati” G’afur G’ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, Toshkent- 1972;

“Tasavvuf” Najmiddin Komilov “Movarounnahr” – “O’zbekiston”, Toshkent – 2009;

“O‘zbek tilining etimologik lug‘ati”. Sh. Rahmatullayev “Universitet” Toshkent – 2000;

“Hozirgi o‘zbek tili faol so‘zlarining izohli lug’ati” A.Hojiyev, A.Nurmanov va boshqalar. “Sharq” nashriyot –matbaa aksiyadorlik kimpanyasi bosh tahririyati. Toshkent - 2001.

“Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir” (Qur’oni Karimda payg’ambarlar siymosi)1-kitob “Movarounnahr” Toshkent -2005

“Ўзбек тилининг изоҳли луғати”. "Ўзбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти 5-жилдлик. Тошкент- 2007.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов