PLOT-AN IMPORTANT ELEMENT OF LITERATURE

HAC
Google Scholar
To share
Boytoʻrayeva, R., & Tuliboyev, S. (2023). PLOT-AN IMPORTANT ELEMENT OF LITERATURE. Modern Science and Research, 2(10), 155–160. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24549
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

In a work of art, the creation of the plot is guided by ideological content, a series of events is discovered that generalize the conflicts of life in which characters are manifested in harmony with the demand for ideological content. The complex relationships of the characters form the plot of the work. This article provides theoretical information about the plot and its elements and gives examples based on Ulughbek Hamdam's novel “balance”.


background image



155

SYUJET –ADABIYOTNING MUHIM ELEMENTI

Raʼno Boytoʻrayeva

Termiz davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi.

Tel.: 91-733-12-08

S.Tuliboyev

Ilmiy rahbar. TerDU, O‘zbek adabiyotshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.10028131

Annotatsiya.

Badiiy asarda syujetning yaratilishini g‘oyaviy mazmun boshqaradi,

g‘oyaviy mazmun talabiga uyg‘un holda xarakterlar namoyon bo‘ladigan hayot ziddiyatlarini

umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Qahramonlarning o‘zaro murakkab

munosabatlari asar syujetini tashkil etadi. Ushbu maqolada sujet va uning elementlari haqida

nazariy maʼlumotlar beriladi hamda Ulugʻbek Hamdamning “Muvozanat” romani asosida

misollar keltiriladi.

Kalit soʻzlar:

sujet, sujet elementlari, ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya,

yechim, prolog, epilog.

PLOT-AN IMPORTANT ELEMENT OF LITERATURE

Abstract.

In a work of art, the creation of the plot is guided by ideological content, a series

of events is discovered that generalize the conflicts of life in which characters are manifested in

harmony with the demand for ideological content. The complex relationships of the characters

form the plot of the work. This article provides theoretical information about the plot and its

elements and gives examples based on Ulughbek Hamdam's novel “balance”.

Keywords:

plot, plot elements, exposition, Node, development of events, climax, solution,

prologue, epilogue.

СЮЖЕТ-ВАЖНЫЙ ЭЛЕМЕНТ ЛИТЕРАТУРЫ

Аннотация.

В художественном произведении созданием сюжета руководит

идейное содержание, раскрывается цикл событий, обобщающих жизненные конфликты, в

которых проявляются персонажи в соответствии с требованием идейного содержания.

Сложные взаимоотношения героев составляют сюжет произведения. В этой статье

будет представлена теоретическая информация о сюжете и его элементах, а также

приведены примеры, основанные на романе Улугбека хамдама “баланс”.

Ключевые слова:

сюжет, элементы сюжета, экспозиция, узел, развитие событий,

кульминация, развязка, пролог, эпилог.


background image



156

Bugungi adabiyot insonning taqdiri, kechmishi, ichki olami hech bir qolipga sig‘maydigan

hodisa ekanini, har bir odam o‘ziga xos murakkab dunyo ekanini tushunishda va ko‘rsatishda

tobora ilgarilab bormoqda. Unda borliq, tabiat, ona zamin muammolarini, mavjud turmush

hodisalarini, inson qalbini badiiy idrok qilish, tadqiq etish tendensiyasi teranlashib bormoqda.

Adabiyotda hayot va inson obrazini talqin etishda yangicha o‘zgarishlar, yangicha

tendensiyalar paydo bo‘lishga sabab nima? Avvalo, aytish kerakki, adabiyot bu hayot ifodasi.

Shunday bo‘lgandan keyin ijtimoiy-ma’naviy hayotda yuz bergan barcha yangiliklar, o‘sish-

o‘zgarishlar adabiyotda aks etishi, o‘z in’ikosini topishi tayin. Ijtimoiy-iqtisodiy turmushdagi

taraqqiyot esa inson xarakterini, uning dunyo haqidagi tasavvurini, talab va ehtiyojlarini doimo

o‘zgartirib boradi. Hayot va inson shaxsi murakkabliklarini badiiy tadqiq etib ko‘rsatishda

ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy masalalarning ich-ichiga kirib borishda, ulardagi ziddiyatlarni ochib

berishda roman va qissa janri katta imkonga ega. Ammo, bu hikoyaning yoki poeziya,

dramaturgiyaning adabiy jarayondagi, uning rivojidagi muhim rolini kamsitmaydi. Chunki

adabiyotdagi hamma janrlar o‘z o‘rniga, o‘z salmog‘iga, qadriga ega. Hozirgi kunda roman

prozaning eng istiqbolli janri sifatida hayotning ijtimoiy-tarixiy, ma’naviy-axloqiy muammolarini

keng ko‘lamda, falsafiy yo‘nalishda, butun murakkabliklari bilan badiiy ifodalab ko‘rsatishda

yetakchilik qilmoqda deyish mumkin.

Roman “zamondan oziqlanadi, zamon esa undan o‘z qiyofasini qidiradi, uning vositasida

o‘zini yanada yaxshiroq anglashga harakat qiladi”

1

. Bu ayni haqiqatdir. Chunki romanda zamon

va davr qiyofasi o‘z ifodasini topadi. Bu yerda zamonning zamirida insonlar yotganini, tadqiqotchi

shuni nazarda tutgani aniq. Ulug‘bek Hamdamning romanlarini o‘qigan kishi bunga ishonch hosil

qiladi. Uning “Muvozanat” romanida muhim bir hayotiy va falsafiy haqiqat yorqin badiiy aks

ettirilgan.

Shuningdek, aytish mumkin, Ulug‘bek Hamdamnining har bir asari o‘ziga xos syujet-

kompozitsion xususiyatlarga ega. Ushbu asarlarning g‘oyaviy badiiy saviyasini ko‘rsatish va

baholashda syujet va kompozisiyasini o‘rganish katta ahamiyat kasb etadi.

Badiiy ijodda syujet va kompozitsiya masalalari qadim-qadimdan olimlar, ijodkorlar

diqqatini o‘ziga tortib keladi. O‘zbek adabiyotshunoslaridan I.Sultonov, M.Qo‘shjonov,

B.Imomov, S.Mamajonov, O.Sharafiddinovlarning badiiy asar syujeti va kompozitsiyasi xususida

qimmatli fikrlari mavjud bo‘lib

2

, bular hozirgi milliy adabiyotimizda yaratilayotgan badiiy

asarlarning g‘oyaviy-badiiy xususiyatini o‘rganishda dasturulamal bo‘lishi shubhasizdir.

1

Зондиев Л. Тропы времени. - М., 1984. Стр. 3-4

2

Boboyev T. Adabiyotshunoslik asoslari. T., «O‘zbekiston», 2002, 468-bet


background image



157

Syujet deganda asar qahramoni hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi aloqalar,

munosabatlar, to‘qnashuvlar, o‘sish-o‘zgarishlar tushuniladi. Badiiy asarda syujetning

yaratilishini g‘oyaviy mazmun boshqaradi, g‘oyaviy mazmun talabiga uyg‘un holda xarakterlar

namoyon bo‘ladigan hayot ziddiyatlarini umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi.

Qahramonlarning o‘zaro murakkab munosabatlari asar syujetini tashkil etadi. Qahramonlarning

o‘zaro munosabatlari esa voqea-hodisalarda namoyon bo‘ladi. Realistik asarda tasvirlangan har

bir voqea-hodisa qahramon xarakterining u yoki bu jihatini ochishga xizmat qildiriladi. Shu

ma’noda syujet qahramon xarakterini ochishga xizmat qiladigan asosiy vosita yoki asar

qahramonlari xarakterlarining shakllanish jarayonidir.

Badiiy asar syujetida xarakterlar mantig‘i bo‘ladi. Chinakam san’at asarida voqealar,

albatta, qahramon xarakterini ochishga bo‘ysundiriladi. Badiiy asarlarda voqealar silsilasi

muayyan bosqichlar bilan o‘sib borishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ularning har biri turli ilmiy

tushunchalar bilan yuritiladi.

Hayot va jamiyatdagi barcha o‘zgarishlarning asosi inson tafakkuridir. Tafakkurda

o‘zgarish bo‘lmas ekan, ijtimoiy hayotda ham o‘zgarish bo‘lishi dushvor. Mustaqillikning qo‘lga

kiritilishi ham shuning mahsulidir. Ma’lumki, o‘z navbatida har bir jamiyat o‘z muammosini

yuzaga keltiradi, shunga muvofiq insoniyatning hayotga qarash tarzini ham o‘zgartiradi. Bu

ruhiyat bilan bog‘liq masaladir. 70 yil davomida ma’naviyat, milliy axloq asosi bo‘lgan dinidan,

o‘tmishda o‘zini kim bo‘lganligini namoyon qilish qudratiga ega bo‘lgan tarixi, milliy

qadriyatlaridan mahrum bo‘lgan xalq istiqloldan keyin bunga muyassar bo‘lgach, unda o‘zidan,

o‘z millatidan g‘ururlanish tuyg‘usi yuzaga keldi. Chunki u ruhsizlikdan qutuldi, ruhi ozod, hur

bo‘ldi. Ruhi hur odamning yuragi botir bo‘ladi. U hamma narsani yorqin ko‘radi, mohiyatini

to‘g‘ri anglaydi. Ulug‘bek Hamdamning “Muvozanat” romanida ana shu jihatlarga alohida e’tibor

beriladi.

“Muvozanat” romanida yurtimizning endigina Mustaqillikka erishgan paytida oddiy xalqning

turmush qiyinchiliklari, achchiq-chuchuklari va hayot ziddiyatlari aks ettiriladi. Asosan, tarix fani

oʻqituvchisi Yusufning halol mehnati orqali biri ikki boʻlmasligi va keyinchalik halolligi tufayli

erishgan yutuqlari hamda uning doʻstlari Said va Mirazmning tanish-bilishchilik hamda pora

ortidan orttirgan boyliklari bir umrlik emasligi orqali asarning asosiy gʻoyasi ochib beriladi.

Ushbu maqolada esa asarning sujeti va uning elementlari haqida soʻz boradi.

Sujеt (fransuzcha — “prеdmеt”, “asosga qo‘yilgan narsa”) badiiy shaklning eng muhim

elеmеntlaridan biri sanalib, badiiy asardagi birbiriga uzviy bog’liq holda kеchadigan,

qahramonlarning xattiharakatlaridan tarkib topuvchi voqеalar tizimini anglatadi. Umuman,


background image



158

sujеtlilik badiiy adabiyotning xos xususiyatlaridan biri bo’lib, barcha turdagi badiiy asarlarda ham

sujеt mavjuddir. Faqat shunisi borki, har bir turda, janrda sujеt o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi.

Masalan, aksariyat lirik shе'rlarda voqеalar tizimi mavjud emas, biroq ularda o‘y-fikrlar, his-

kеchinmalar rivoji kuzatiladiki, bu ularning sujеtini tashkil qiladi. Shuningdеk, ba'zan kichik

hajmli hikoya va novеllalardagi sujеt ham “voqеalar tizimi” dеgan ta’rifga muvofiq kеlmaydi:

bunda bir hayotiy holat ichidagi o’sish, rivojlanish kuzatiladi.

Demak, syujet deganda, asar qahramonlari hayotidagi voqealar va ana shu jarayondagi

aloqalar, munosabatlar, to‘qnashuvlar, o‘sish-o‘zgarishlar tushuniladi, chunki Gorkiy ta’biri bilan

aytganda, adabiyotning uchinchi elementi syujetdir, ya’ni odamlarning o‘zaro aloqalari, ular

o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, simpatiya (yoqtirish) va antisimpatiyalar (yoqtirmaslik), umuman

kishilar ortasidagi munosabatlar — u yoki bu xarakterning, tipning tarixiy rivojlanishi, tashkil

topib borishidir.

Badiiy asarda syujetning yaratilishini g‘oyaviy mazmun boshqaradi, g‘oyaviy m azm

unning talabiga uyg‘un holda xarakterlar namoyon bo‘ladigan va hayot ziddiyatlarini

umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o ‘z navbatida asar g‘oyasini

badiiylashtiradi, uni tiriltiradi.

Badiiy asar sujеti ekspozitsiya, tugun, voqеa rivoji, kulminatsiya, yеchim singari unsurlardan

tarkib topadi. Ekspozitsiya sujеtning boshlanish qismi bo’lib, o’quvchini asar voqеalari

kеchadigan joy, qahramonlar, asar konflikti yеtilgan shart-sharoitlar bilan tanishtiradi. Aytish

kеrakki, ekspozitsiya hajm e'tibori bilan turlicha bo’lishi va asarning turli o’rinlarida kеlishi,

ba'zan umuman tushirib qoldirilishi mumkin. Masalan, “Mеhrobdan chayon»da ekspozitsiya juda

katta o’rinni — xondan sovchilar kеlgunga qadar bo’lgan epizodlarni o’z ichiga olsa,

“Qutlug‘ qon”da u juda qisqa va tugundan kеyin bеriladi, “Qo‘shchinor chiroqlari”da esa

ekspozitsiya umuman tushirib qoldiriladi.

“Muvozanat” romanida ekspozitsiya asarning kirish qismidan boshlanib, bosh qahramon

yaʼni Yusufning qishloqdan chiqib, talabalik davrigacha boʻlgan qismini oʻz ichiga oladi.

Tugun asar voqеalarining boshlanishiga turtki bo’lgan voqеa, asar konflikti qo’yilgan joydir.

Ekspozitsiyadan farqli o’laroq, tugun sujеtning zaruriy elеmеnti sanaladi, ya’ni u sujеtda har vaqt

hozirdir. Faqat ayrim hollarda, xususan, ba'zi xronikali sujеtlarda, shuningdеk, “ichki harakat”

dinamikasi asosidagi sujеtlarda u yеtarlicha bo’rtib ko’rinmasligi mumkin. Tugun, odatda,

asarning boshlanishida, ekspozitsiyadan kеyinoq bеriladi. Ba'zan, muayyan badiiy-estеtik

maqsadni ko’zda tutgan holda, uning o’rni o’zgartirilishi ham (masalan, “O‘tkan kunlar” romanida


background image



159

Otabеk bilan Kumushning daf'atan uchrashib qolishi — asarning tuguni, biroq bu voqеa birinchi

bo’lim nihoyasida bayon qilinadi) mumkin.

Romandagi tugun Yusufning togʻasi Muhammadjon akaning « Bu imperiya yoʻq boʻlib

ketadi» degan gaplarni aytishi va dunyodan koʻz yumishidan boshlanadi. Bundan tashqari

Yusufning qishloqdagi doʻsti Sodiqning unga bergan savolini ham asarning tuguni deb olsak

boʻladi:

— Yusuf, nega biz ochmiz?...

— Yusuf, biz ota bobomiz orzu qilgan asriy qullikdan ozod boʻldik, toʻgʻrimi?

— Toʻgʻri.

— Ilgari zolimlar tortib olib ketgan boyliklarimiz endi oʻzimizda qoldi, bu ham toʻgʻrimi?

— Toʻgʻri, Sodiq, toʻgʻri, - dedi Yusuf Sodiqni batamom tushunib va tilini tishlab.

— Lekin nega qornimiz toʻymayapti?...

Yusufdan sado chiqmadi.

— Nega men — oddiy qishloq oʻqituvchisi maktabni, ertaga beradigan darsimni oylay olmay

qoldim? Nega men erta-yu kech bir burda nonning gʻamini qilishim kerak? ... Nega maktab

oʼquvchilari haligacha paxta dalalaridan chiqolmayapti? ... Nega, Yusuf!? Axir biz ozodlikka

chiqqan, hech kimga qaram emasmiz, deya bayramlar qilayotgan xalqmiz, axir!...

Yusuf miq etmasdi.

3

[59, 3.]

Tugundan kеyingi voqеalar zanjiri voqеa rivoji dеb yuritiladi. Odatda sujеt voqеalari

bosqichma-bosqich rivojlantirib boriladi. Asardagi voqеalar rivojining eng yuqori nuqtasi, undagi

konflikt bеnihoya kuchaygan o’rni kulminatsiya dеb yuritiladi.

Romanda voqealar rivoji dastlab Muhammadjon aka qarindoshlarini chaqirib, oʻzining mol-

mulkini boʻlib berish voqeasidan boshlanadi. Asarda voqealar rivoji tartib bilan hikoya qilinmaydi.

Kulminatsiya endi asar voqеalarining yеchimga tomon intilishini, bir tomonga hal bo’lishini

taqozo qiladi. Yechim sujеt voqеalari rivojining yakuni, ularning nihoyasida qahramonlar

ruhiyatida, taqdirida yuzaga kеlgan holatdir. “Muvozanat” romanida bir nechta kulminatsiyalarga

duch kelishimiz mumkin:

— Yusuf talabalik yillarida doʻstlari Said va Mirazimlar bilan birgalikda koʻchadagi bezori

yigitlar bilan urushganida Yusufning bezorilar bilan yakkama-yakka qolib ketgani.

— Yusufning oʻgʻli Muhammadjonning kasalxonada jon talashgani va shuncha muolajalarga

qaramasdan vafot etgani.

3

Ulugʻbek Hamdam. “Muvozanat”. Toshkent ; Sharq, 2007-59-b.


background image



160

— Yusufning akasi Amirning choʻponlar qoʻliga tushib qolishi va hayot uchun kurashgani.

— Saidning mol-mulkini xotini Manzura ayyorlik bilan oʻz nomiga oʻtkazib olishi.

Yechimda asar syujetidagi voqea va qahramonlar taqdiri hal qilinadi. Tugun yechiladi.

Kurash xotima topadi. “Oqilona hayot” o‘zining adolatli hukmini chiqaradi. “O‘tkan kunlar”da

Homid va uning hamtovoqlarining ayanchli o ‘limi, Kumushning vafoti, Otabekning shahid

bo‘lishi — yechimga dalolatdir.

“Muvozanat” romanidagi yechim esa Yusufning oʻz xotini Oygul bilan ajrashib Toshkentga

ketishi; Said uchun esa lavozimidan ayrilib, oʻz hayotini taftish qilishi va doʻsti Yusufning yoniga

kelishi; Gulshoda uchun yechim oʻzini oʻldirishi boʻldi.

Ayrim adabiyotlarda prolog va epilog ham sujеt elеmеnti sifatida ko‘rsatiladi. Shuningdеk,

ba'zi asarlar borki, ularda qahramonlarning asarning sujеt vaqtidan oldingi yoki kеyingi hayoti

haqida ma'lumot bеriladi (yoki tasvirlanadi)ki, ular ham sujеt elеmеntlari qatorida sanaladi. Biroq

bu unsurlar sujеtga bеvosita bog’liq emas, ular ko’proq kompozitsiyaga aloqador elеmеntlardir.

Asar Yusufning bolalik paytidagi xotiralari bilan boshlanadi. Buni prolog yaʼni asarning

boshlanish qismi deb olamiz. Romandagi epilog esa Yusufning yana universitetda ishlay boshlashi

edi. “Asarning syujetli bo‘lishi uning estetik qimmatining eng muhim shartlaridan biridir.

Syujetsizlik badiiysizlikka olib keladi” (N.Chemishevskiy)

Asardan shunday xulosaga kelish mumkinki, butun olam muvozanat qonuni asosida turgan

boʻlsa, jamiyat ham, uning asosini tashkil qilgan insonlar ham ayni muvozanat tufayli barqarordir.

Muvozanat buzilgan zahoti hayotda va insonlar orasida har xil kutilmagan oʻzgarishlar, hatto izdan

chiqishlar boshlanadi. Adibning nafaqat romanlari, balki qissa va hikoyalarini oʻqiganimizda ham

asar qahramonlari va davr ruhiyatini haqqoniy qirralarda tasvirlab, yozuvchilik mahoratini toʻliq

namoyon etganligini koʻramiz.

REFERENCES

1.

Dilmurod Quronov. “Adabiyotshunoslikka kirish”, Toshkent; A.Qodiriy nomidagi xalq

merosi nashriyoti, 2004.

2.

Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent; A.Qodiriy nomidagi xalq merosi

nashriyoti, 2004.

3.

Ulugʻbek Hamdam. “Muvozanat”. Toshkent; Sharq, 2007

4.

K.Turdiyeva. Asar sujeti va kompozitsiyasi haqida. Til va adabiyot taʼlimi, 2001 №3. B 23-

27

References

Dilmurod Quronov. “Adabiyotshunoslikka kirish”, Toshkent; A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

Hotam Umurov. Adabiyotshunoslik nazariyasi. Toshkent; A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

Ulugʻbek Hamdam. “Muvozanat”. Toshkent; Sharq, 2007

K.Turdiyeva. Asar sujeti va kompozitsiyasi haqida. Til va adabiyot taʼlimi, 2001 №3. B 23-27

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов