PRIMARY CARIES TREATMENT

HAC
Google Scholar
To share
Iskandarova, A. ., & Quryazov, A. (2023). PRIMARY CARIES TREATMENT. Modern Science and Research, 2(9), 232–233. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24111
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article focuses on the effective prevention and treatment of caries that has just begun. The effectiveness of the treatment is related to the preparation of the teeth with caries stains.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

232

BOSHLANG’ICH KARIES DAVOSI

Iskandarova Adiba

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi

Urganch filiali Stomatologiya fakulteti 4-kurs talabasi

Quryazov Akbar Qurambayevich

Ilmiy rahbar.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8365684

Annotatsiya.

Ushbu maqolada endi boshlangan karies kasalligini samarali oldini olish va

davolash haqida to’xtalib o’tilgan. Davolash samaradorligi karies dog`i mavjud tishlarni dori
chaplashga yaxshilab tayyorlash ishlari bilan bog`liqdir.

Kalit so’zlar:

tishlar, karies, karies davolash, boshlang’ich karies.

PRIMARY CARIES TREATMENT

Abstract.

This article focuses on the effective prevention and treatment of caries that has

just begun. The effectiveness of the treatment is related to the preparation of the teeth with caries
stains.

Key words:

teeth, caries, caries treatment, initial caries.

ЛЕЧЕНИЕ ПЕРВИЧНОГО КАРИЕСА

Аннотация.

В данной статье основное внимание уделяется эффективной

профилактике и лечению только начавшегося кариеса. Эффективность лечения связана с
препарированием зубов с пятнами кариеса.

Ключевые слова:

зубы, кариес, лечение кариеса, начальный кариес.


Sut tishlarida boshlang`ich kariyes (dog`li kariyes, yuza kariyes) ni tish to`qimalariga tig`

tekkizmasdan konservativ usulda davolash bugungi kunda keng tarqalgan. Erta yoshdagi (1-3
yosh) bolalarda boshlang`ich kariyes kumushlash o`tkazish yo`li bilan davolanadi.

Bunda tishlar yuzasidan yumshoq karashlar yaxshilab tozalanadi, antiseptiklar bilan yuvib

quritiladi, davolanayotgan tishlar paxta bolishchalar yordamida so`lak va milklardan ajratiladi. 40
Kumushli eritma shilliq pardaga tushsa uni kuydirish xususiyatiga egaligini esda tutish lozim!

Shikatlangan soxada dentin yumshoq bo`lsa, kumushlash usuli qo`llanilmaydi (bunda

kariyes jarohati bor yordamida shakllantiriladi). Kumushlash yo`li bilan davolashda 20-30% li
kumush nitrat tuzining suvdagi eritmasi ishlatiladi. Bunda kumushni erkin qaytaruvchi
moddalardan foydalaniladi (4% gidroxinon, askorbin kislota eritmasi).

Kumushlash 3 marta har 2-3 kunda bir marta o`tkaziladi va natijada kumushning qalin qora

parda (plenka)si hosil bo`ladi. Ma’lumki tishlarda kechayotgan faol demineralizatsiya jarayoni
natijasida kariyes dog`i yuzaga keladi. Bolalarda bu dog`lar asosan oq, bo`rsimon tusda bo`ladi.

Bunday hollarda yana bir sun’iy remineralizatsiya usulini qo`llash ham ijobiy natijalar

beradi. Sun’iy remineralizatsiya usulini amalga oshirish uchun bir qancha remineralizatsiya
xususiyatiga ega bo`lgan eritmalar tavsiya qilingan. Ular o`z tarkibida kaltsiy, fosfor, ftor va
boshqa makro-va mikroelementlarni saqlaydi.

Shunday eritmalar qatoriga 10%li kaltsiy glyukonati, 2-3% li remodent eritmasi, 2%li

natriy ftor eritmasi kiradi. Bu eritmalar applikatsiya (chaplash) usulida qo`llaniladi. Davolash
samaradorligi kariyes dog`i mavjud tishlarni dori chaplashga yaxshilab tayyorlash ishlari bilan
bog`liqdir.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 9 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

233

Bu usulni amalga oshirishdan oldin bemor bola tishlarini cho`tka, pasta yordamida

yaxshilab yuvadi, shifokor qolgan karashlarni qirtishlab tozalaydi, 2%li vodorod peroksidi bilan
emal sathini ishlov berib tozalaydi, antiseptiklar bilan chaydiradi, tishlar quritiladi, so`lakdan
ajratiladi, quritilgan tishlar sathiga remineralizatsiyalovchi eritmaga obdon ho`llangan paxta
bolishchalar yoki salfetkalarni yozadi. Bu eritma tish sathida 15-20 minut mobaynida ushlab
turiladi va har 5 minutdan so`ng pipetka yordamida eritmadan tomizilib turiladi.

Aplikatsiyadan so`ng tish yuzasi quritilib, 2%li natriy ftor eritmasiga ho`llangan bolishcha

yoki salfetka 2-3 daqiqaga qo`yiladi. Davolash muolajasi har kun yoki kunora 15-20 marta
o`tkaziladi. O`rta va chuqur kariyesda kariyes kavagi albatta charxlanib shakllantirilgandan so`ng
doimiy tishlar kariyesini davolagandek muolaja qilinadi. Kariyes kavaklarini charxlab
shakllantirishda ma’lumki, Blek tasnifidan foydalaniladi. Blek tavsiyasiga ko`ra kariyes kavagini
charxlab shakllantirishdan maqsad shikastlangan sohalarni to`liq olib tashlash va plomba materiali
yaxshi yopishadigan retensiya nuqtalarini hosil qilishdan iboratdir.

Zamonaviy, yangi plomba ashyolarini paydo bo`lishi Blek tavsiyasiga bir muncha

o`zgartirishlar kiritishga sabab bo`lmoqda. Bunda kariyes kavagini plombalashga tayyorlash
jarayonida asosiy urg`u mexanik retensiya nuqtalarini hosil qilishga nisbatan kimyoviy adgeziya
prinsipini ilgari suradi. Bu esa emal to`qimasini iqtisod qilish, ayash va iloji boricha saqlanib
qolishini ta’minlaydi. Zamonaviy kompozitsion plomba ashyolari emal, dentin to`qimasi bilan
kimyoviy birikish xususiyatiga egadir. Bu esa mustahkam mexanik bog`lanishni (emal bilan
plomba ashyosi orasida) yuzaga keltiradi. Bundan kelib chiqadiki, kariyes kavagini charxlashda
patologik o`zgargan to`qimalarni qoldirmay charxlab, sog`lom emal sohasini iloji boricha
iqtisodlash va ayash asosiy prinsip hisoblanadi.

Tishlar kariyesi kasalligining rivojlanishi murakkab patologik jarayoni bo`lib, ko`pgina

omillarga bog`liqdir. Bunday omillar ichida juda katta ahamiyatga ega bo`lganlaridan biri bo`lib
og`izdagi aralashgan so`lak hisoblanadi. So`lakning miqdori va xususiyatlari ichki a’zolar va
sistemalar to`g`risida muhim ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, tishlarda sodir bo`ladigan
kariyes jarayoni qay yo`sinda kechishi va uning jadalligiga ham o`z ta’sirini bevosita ko`rsatadi.

Bolalar yoshida kariyesni davolashda, ayniqsa uning o`tkir, ko`plab tishlarni

shikastlantirgan hollarda bunday holatni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlashga jiddiy e’tibor
berish lozim. Bunda bola organizmini himoya vositalarini susaytiruvchi, uni kuchsizlantiruvchi
omillarni aniqlashga xarakat qilish zarur. Bunday kuchsizlangan bemorlarni iloji bo`lsa pediatrlar
bilan birgalikda tekshirib ko`rish maqsadga muvofiqdir. Anamnez ma’lumotlariga tayanib,
boshidan kechirgan kasalliklar, yashash sharoiti, ovqatlanish rejimi va boshqalarni inobatga olgan
holda pediatr shifokor bilan birgalikda davolash rejasini tuzish darkor. Davolash choralari
umumterapevtik va mahalliy stomatologik qismlardan iborat bo`ladi.

REFERENCES

1.

Rizayev J.A. Stomatologiyada qo‘llanuvchi dori vositalari. Toshkent. —

2.

«Voris nashriyot», 2012.

3.

Safarov T.X., Raxmonov X.Sh., Safarov M.T. Tish to'qimalarining nokaries

4.

kasalliklari, — Toshkent: 2011.

5.

Magid Ye.A., Miccin N.A. Terapevtik stomatologiyada fantom kursi:

6.

Atlas. - М.: Tibbiyot, 1987. - 300 bet.

References

Rizayev J.A. Stomatologiyada qo‘llanuvchi dori vositalari. Toshkent. —

«Voris nashriyot», 2012.

Safarov T.X., Raxmonov X.Sh., Safarov M.T. Tish to'qimalarining nokaries

kasalliklari, — Toshkent: 2011.

Magid Ye.A., Miccin N.A. Terapevtik stomatologiyada fantom kursi:

Atlas. - М.: Tibbiyot, 1987. - 300 bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов