134
SIROJIDDIN SAYYIDNING TALMEH SAN’ATIDAN FOYDALANISH MAHORATI
Ergasheva Rayhon O'tkir qizi
Termiz iqtisodiyot va servis universititeti
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi o'qituvchisi
Erkin tadqiqotchi
https://doi.org/10.5281/zenodo.8398925
Annotatsiya.
Mazkur maqolada Sirojiddin Sayyidning talmeh san’atidan foydalanish
mahorati va shoirning ijodi haqida so’z boradi. Maqola davomida tahlil usulidan foydalanilgan.
Kalit so’z:
talmeh san’atidan foydalanish, badiiy san’at, mashhur bayt, mashhur tarixiy
voqealar.
SIROJIDDIN SAYID'S SKILL IN USING THE ART OF TALMEH
Abstract.
This article talks about Sirojiddin Sayyid's ability to use the art of talmeh and the
work of the poet. The method of analysis was used throughout the article.
Key word:
use of talmeh art, artistic art, famous verse, famous historical events.
НАВЫКИ СИРОЖИДДИНА САЙИДА В ИСПОЛЬЗОВАНИИ ИСКУССТВА
ТАЛМЕХ
Аннотация.
В данной статье говорится о умении Сироджиддина Сайида
использовать искусство тальме и творчество поэта. Метод анализа использовался на
протяжении всей статьи.
Ключевые слова:
использование искусства тальме, художественное искусство,
известные стихи, известные исторические события.
Xalqimiz tarixining muhim voqeligi, qadriyatlari, allomalari, buyuk shaxslari, bahodiru
sohibqironlari, ma’naviyatimizning ulug mutafakkirlarimiz siymosi adabiyotimizda badiiy san’at
vositalaridan talmihda ishora qilinib, sharaflanadi. Talmeh san’atida dastlab mashhur asarlar va
uning qahramonlari, bayt va xalq maqollariga ishora qilingan. Undan so‘ng ifoda doirasi kengayib,
muhim tarixiy voqealar, mashhur tarixiy siymolar bilan bog‘liq hodisalarga ishora qilish
talmehning asosiy manbaiga aylanib ketgan. Talmeh (arabcha – nazar solmoq, ishora qilmoq) –
she’rda mashhur qissa, mashhur bayt yoxud bayt yoxud mashhur maqolga ishora qilsh usuli
1
.
Zamonaviy adabiyotshunosligimizda she’rshunoslik ilmi bilan shug‘ullangan Anvar
1
Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон. – Б. 397.
135
Hojimuhammedov “Talmeh (nazar solmoq) she’r nasrda mashhur tarixiy voqealar, afsonalar,
adabiy asarlar yoki maqollarga ishora qilmoq san’atidir”
2
– deb yozadi.
XX asr va hozirgi o‘zbek she’riyatidagi ijodiy izlanishlar samarasi natijasida talmih
san’ati ham yangicha talqinlarda o‘z badiiy ifodasini topmoqda. Ushbu san’atning bugungi
davr she’riyatida afsonalar qahramonlariga, romantikqahramonlarga emas, balki real
qahramonlar, tarixiy shaxslar nomiga ishora qilishga intilish kuchaydi.
Talmeh she’riy san’ati mumtoz adabiyotimizda ham, hozirgi zamon she’riyatimizda
namoyandalari ijodida ham keng qo‘llanilgan ma’naviy san’at hisoblanadi. Zamonaviy
she’riyatimiz namoyandasi Sirojiddin Sayyid she’riyatida talmeh san’atining o‘ziga xos
navotorona faolligi kuzatiladi. Uning Vatan mavzusidagi she’rlarida tarixiy shaxslar siymosi
va merosi har jihatdan ibrat namunasi ekanligi ta’kidlanadi.
…Valiylardan ibrat so‘ylar juldur sahrolar,
So‘ndi qancha saltanatlar, qancha tug‘rolar.
Maqbaralar aytsin, lekin aytsin Zuhrolar,
Yer ostida suhbat aytar hanuz Kubrolar,
Termiziylar bedor yotgan qo‘rg‘onim Vatan
3
.
Talmeh she’riy san’ati mumtoz adabiyotimizda ham, hozirgi zamon she’riyatimizda
namoyandalari ijodida ham keng qo‘llanilgan ma’naviy san’at hisoblanadi Sirojiddin Sayidning
ijodida talmeh san’atini quyidagi tasnifi kuzatiladi:
1)
Tarixiy siymolar obrazi;
2)
Din, tasavvuf, avliyo obrazlari;
3)
Mumtoz adabiyotimiz namoyandalari;
4)
XX asr o‘zbek adabiyoti vakillari.
Sirojiddin Sayyidning quyidagi she’riy parchalarda talmeh sanatidan foydalanish mahorati
yorqin namoyon bo‘ladi.
Abadiy yod erur adabiyoting
Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriy ham Usmonim Vatan.
***
Nedir millat qudratining tamadduni?
Amir Temur haykalidan so‘rang buni.
Ot mindirib kim qaytardi yurtga uni?
2
Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. –Т:ошкент: Шарқ, 1998.– Б. 14.
3
Саййид Сирожиддин. Сўз йўли: танланган асарлар. Икки жилдлик. 1-жилд. – Т.: “Шарқ”, 2008. – Б. 364.
136
Jahongiri behonumon yurt edi bu.
***
Temurlari ot minganda jahon lol bo‘lgan.
***
Boburgacha – besh yuz tosh-u
To Navoiy – ming yog‘och.
***
Xatlar oldim yuragimga Naqshbandlardan,
kabi satrlarda dastlab XX asr adabiyotimizning buyuk jadeid yozuvchi va shoirlari, buyuk
sohibqiron Amir Temur va avliyo Naqshbandiy nomi zikr etilgan. Ushbu tarixiy siymolar nomi
har bir o‘quvchi qalbida milliy iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi. Yuqorida aytganimiz singari
she’rda keltirilgan ulug‘lar nomi vatanparvarlik g‘oyalarini yuksaltirguvchi kuch bo‘lib, she’r
ta’sirchanligi va jozibasini ta’minlashga xizmat qilgan.
Shoirning “Vatan nadir” she’rida hadis ilmi sultoni Al-Buxoriy, shoh va shoir Bobur,
sohibqiron Amir Temur, Furqat va Cho‘lpon nomlari keltirilishi bilan birga ular qismatidagi va
yurtimiz boshidan kechirgan achchiq haqiqatlar ro‘y-rost aytiladi. She’r to‘qqiz band bo‘lib
“Vatan nadir?” so‘rog‘iga misrama-misra, bandma-band tadrijiy javob izlanadi. Shoirning
“Mangu nomlar” she’ri boshdan-oxir talmeh san’ati zamirida qurilgani bilan ajralib turadi:
O‘chmas Yer yuzida Buxoro nomi,
Toki yashar ekan Buxoriy nomi.
Mangu esaverar Termiz yellari,
Toki nur taratgay Termiziylari.
O‘pdi bu tuproqdan neki jon bordir,
Hazrat Yassaviy bor – Turkiston bordir.
Amudaryolari abadiy azim,
Manguberdilari mangu Xorazm
4
.
Xulosa qilib aytganda, shu ma’noda tarixiy jarayon she’riyatga manba ekan, davr va zamon
bilan bog‘liq holda yangi-yangi talmehlar paydo bo‘laveradi. Har bir davr unga yangi badiiy
estetik vazifa yuklaydi. Sirojiddin Sayyid she’riyatida talmih san’ati ziynatli tasvir vositasi
sifatida eng faol va shoir badiiy mahoratini ko‘rsatuvchi badiiy san’at sifatida muhim ahamiyat
kasb etadi.
4
137
REFERENCES
1.
Бобоев Т. Адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон. – Б. 397.
2.
Ҳожиаҳмедов А. Мумтоз бадиият малоҳати. –Т.:«Шарқ», 1998.–240 бет.
3.
Саййид Сирожиддин. Сўз йўли: танланган асарлар. Икки жилдлик. 1-жилд.
– Т.: “Шарқ”, 2008. – 384 б.
4.
Саййид С. Сўз йўли: Танланган асарлар. Икки жилдлик. 2-жилд. – Т.:
“Шарқ”, 2008. – 384 бет.
