IMAGE OF COLOR IN HALIMA KHUDOYBERDIYEVA'S POETRY

HAC
Google Scholar
To share
Kurbanbayeva, N. (2023). IMAGE OF COLOR IN HALIMA KHUDOYBERDIYEVA’S POETRY. Modern Science and Research, 2(9), 112–114. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24269
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article reveals the charm of Halima Khudoyberdiyeva's poetry and the beautiful color image used in it. Reasonable opinions and comments are given throughout the article.


background image



112

HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE’RIYATIDA RANG TASVIRI

Nasiba Kurbanbayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8388394

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Halima Xudoyberdiyeva she’riyatining jozibasi va unda

qo’llangan rang tasvirining go’zal holati ochib berilgan. Maqola davomida asosli fikr va

mulohazalar berib o’tilgan.

Kalit so’zlar:

Halima Xudoyberdiyeva she’riyatining jozibasi, she’riy misralar,

rang

tasviri.

IMAGE OF COLOR IN HALIMA KHUDOYBERDIYEVA'S POETRY

Abstract.

This article reveals the charm of Halima Khudoyberdiyeva's poetry and the

beautiful color image used in it. Reasonable opinions and comments are given throughout the

article.

Key words:

charm of Halima Khudoyberdiyeva's poetry, poetic verses, color image.

ОБРАЗ ЦВЕТА В ПОЭЗИИ ХАЛИМЫ ХУДОЙБЕРДЫЕВОЙ

Аннотация.

В данной статье раскрывается очарование поэзии Халимы

Худойбердиевой и красота использованного в ней цветового образа. На протяжении всей

статьи даются обоснованные мнения и комментарии.

Ключевые слова:

очарование поэзии Халимы Худойбердыевой, поэтические стихи,

цветовой образ.

So‘z orzuning egiz og‘asidir, u sizga shunday bir sirli eshikni ochib beradiki, bu eshik

orqali siz istagan vaqtingizda erkinlikka chiqa olishingiz mumkin. Ryukkertning she’riy

misralarini eslaylik. Shuman ularni musiqaga solgandan keyin bu misralar yanada chuqurroq

ta’sirchanlik kasb etdi: “Qanot bering, parvoz qilayin, adirlar-u vodiylar osha, ortda qolsin hamma-

hammasi, hatto hayot, hatto ajal ham!”

1

. Halima Xudoyberdiyeva ijodiga nazar tashlaydigan

bo‘lsak u ham ruh kishisi, erkinlikka, go‘zalikka tashna qalb egasi. O‘z dunyosida bog‘larni

yaratgan, turfa ranglar va sezimlarni jo qilgan betakror ijodkor. Lingvistik epitetlarni xromatik

semantika bilan qo‘llash an’anasi Halima Xudoyberdiyeva ijodiga ham xos jarayon. Shoira badiiy,

g‘oyaviy va ifodaviy vositalar tizimida kolorizmdan faol foydalangan. Shoiraning rang-barang

1

Yan Parandovskiy. So'z kimyosi // Jahon adiblari adabiyot haqida. –T.: Ma’naviyat, 2010.


background image



113

ijodi qanchalik yorqin ekanligini uning she’rlari asoslab beradi. Ijodkor inson ruhiyati, dunyo

qonuniyatlari, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni tasvirlash uchun ranglar assotsiatsiyasidan keng

foydalangan.

Men sen bilan xayrlashgan tun qaro edi, qaro edi,

Tun bag‘ri but, mening bag‘rim yaro edi, yaro edi.

2

Ma’lumki, qora rang bilan bog‘liq ramziy obrazlar qadimda aksariyat hollarda dahshat, yer

osti dunyosi, ya’ni o‘liklar olamining ramzi, yovuzlik ma’nolarini ifodalagan. Tun ramzi ham shu

singari salbiy bo‘yoqdorlik kasb etadi. Keyinchalik an’anaviy ramzlar mazmunida kengayish yuz

berdi. Jumladan, mumtoz va hozirgi she’riyatda qora rangni ma’shuqaning ko‘zi, qoshi, sochiga

nisbatan ishlatilganda ijobiy ma’no, qismat, tun so‘zlariga nisbatan qo‘llanilganda yovuzlik,

dahshat kabi salbiy mazmun anglashiladi. Misralarda

qaro edi

va

yaro edi

birikmalarining takrori

ijodkor ruhiyatida sodir bo‘layotgan jarayonlarni, kechinmalarni bo‘rttirib ko‘rsatishga xizmat

qilgan. Shu bilan birga tun ijodkor o‘zi va fikrlari bilan yolg‘iz qoladigan, sukunat va

qorong‘ulikni o‘z bag‘riga singdirgan ajoyib fursat. Jamiki voqelikni, sir-sinoatlarni yutib

yuboradiganday ifodalanuvchi tun ijodkor uchun ma’lum ma’noda sirdosh vazifasini bajaradi.

Shoir bu holatini kimsa ko‘rishini, ko‘rib kimdir rost yana kimdir yolg‘on deb o‘ylashini

istamaydi. Shuning uchun ham barchasi tun bag‘rida qolgani ma’qul.

Xalqimizda “Kasalni yashirsang isitmasi oshkor qiladi” deganlaridek, ijodkor ham tiliga

ishonadi, lekin so‘lg‘in rangi o‘ziga itoat qilmay holatini sotib qo‘yishidan xavotirda.

Tilimga-ku ishonchim bor, itoatsiz so‘lsa rangim,

Men tinglarman yulduzlarning sukutinmas, sho‘x jarangin,

Yarqiroq oy shu’lasida tol-tol bo‘lib eshilarman,

Xushbaxt do‘stlar davrasiga o‘zim urib, qo‘shilarman

3

Misralarda ijodkor inson ruhiy holatini tasvirlash bilan birga go‘zal tabiat tasvirini ham

chizgan. She’rni o‘qish barobarida kitobxon tasavvurida go‘zal manzara jonlanadi. Odatda tun

paytida sukunat hukmron bo‘ladi. Lirik qahramonda esa buning aksi, u tunda yulduzlarning

sukutinimas, jarangini tinglaydi. Oyning yorqinligi ham lirik qahramon holatiga qarama-qarshi

qo‘yilgan. Ammo so‘nggi misra fikrimizni oydinlashtiradi, ijodkor ruhiy holatni yashirishni,

2

Xudoyberdiyeva H. Tanlangan asarlar. – Toshkent: “Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati, 2020.

3

Xudoyberdiyeva H. Tanlangan asarlar. – Toshkent: “Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati, 2020.



background image



114

birovga sezdirmaslikni istaydi. Shu bilan birga, har bir tunning tongi bo‘lgani kabi shoir ham bir

kun oppoq tonglar otishiga va hatto bu tong birinchi davradayoq ekanligiga ishonchi komil. Tunda

oy yog‘dusidan taraladigan nur qorong‘ulik qa’rida qolgan kishiga bir ilinj bo‘lgani kabi lirik

qahramon uchun ham yorug‘likka yetishishiga ishonch va birlamchi nishona bo‘lib xizmat qiladi.

Ijodkor dardi, dil armonlari va ular qoldirgan izlar tun bag‘rida unutilishga mahkum.

Aminmanki, avjim bilan shu birinchi davradayoq

O‘zimga tong yaratarman, tongim mening otar oppoq,

Tunda qolar dardim mening, nurlar chayar yuzlarimni,

Unutishning seli yuvar, dilning armon, izlarini.

So‘nggi band ham yuqoridagi misralarning mantiqiy davomi. Fikrlar tadrijiy rivojlanib,

hissiy-emotsional bo‘yoqdorlikni oshiradi. Lirik qahramon achchiq o‘ylar girdobidan o‘zini olib

chiqib, nur qo‘ynida gul yanglig‘ ochiladi. So‘kilgan dil choklarining bitishini, ba’zida esa gul

hasratlardan ortiq yashnab ketishini kim ham o‘ylabdi deysiz!? She’rdagi anafora san’atining

qo‘llanilishi muallif aytmoqchi bo‘lgan fikrni kuchaytirib izohlashga xizmat qiladi.

Halimaning she’rlari ko‘pincha har jihatdan to‘liq, haqiqiy. …tuyg‘ular, taassurotlar,

fikrlar suronidan entikkanidan ba’zan beo‘lchov, na vaznga, na qofiyaga bo‘ysunuvchi misralar

vulqonday otilgancha, uchqunday sachragancha, shaloladay to‘kilgancha qoladi she’rlarida, ularga

pardoz bersa, go‘yo ilk yaralishdagi latofatga, bokiralikka ozor yetadiganday!

4

Zulfiya

Isroilovaning Halima Xudoyberdiyeva ijodi haqida bildirgan fikrlari har bir she’rida o‘z tasdig‘ini

topadi. Ijodkor hayot va haqiqat suratlarini shu qadar mohirlik bilan chizadiki, o‘quvchi bu she’rni

nafaqat o‘qiydi, balki ko‘radi ham!

REFERENCES

1.

Yan Parandovskiy. So'z kimyosi // Jahon adiblari adabiyot haqida. –T.: Ma’naviyat, 2010.

2.

Xudoyberdiyeva H. Tanlangan asarlar. – Toshkent: “Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik

kompaniyasi bosh tahririyati, 2020.

3.

Ulug‘ova M. Muhabbat saroyida qolganlar. – T.: “Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik

kompaniyasi bosh tahririyati, 2020.

4

Ulug‘ova M. Muhabbat saroyida qolganlar. – T.:

“Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh

tahririyati, 2020.

References

Yan Parandovskiy. So'z kimyosi // Jahon adiblari adabiyot haqida. –T.: Ma’naviyat, 2010.

Xudoyberdiyeva H. Tanlangan asarlar. – Toshkent: “Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020.

Ulug‘ova M. Muhabbat saroyida qolganlar. – T.: “Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2020.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов