IDEOLOGICAL-ARTISTIC FEATURES OF THE USE OF COLOR IN THE POETRY OF HALIMA KHUDOYBERDIYEVA

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Kurbanbayeva, N. (2023). IDEOLOGICAL-ARTISTIC FEATURES OF THE USE OF COLOR IN THE POETRY OF HALIMA KHUDOYBERDIYEVA. Modern Science and Research, 2(7), 5–8. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/21722
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

The article reveals the importance and artistic value of the ideological and artistic features of the use of color in the poetry of Halima Khudoyberdiyeva.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

5

HALIMA XUDOYBERDIYEVA SHE’RIYATIDA RANG QO‘LLANILISHINING

G‘OYAVIY-BADIIY XUSUSIYATLARI

Nasiba Kurbanbayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti

universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.8105543

Annotatsiya.

Maqolada Halima Xudoyberdiyeva she’riyatida rang qo‘llanilishining

g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari bugungi kundagi ahamiyati va badiiy qiymati ham ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

folklor, simvolizm, rassom, o‘zbek mumtoz adabiyotshunosli, falsafiy

qarashlar, badiiy sintez masalasi.

IDEOLOGICAL-ARTISTIC FEATURES OF THE USE OF COLOR IN THE

POETRY OF HALIMA KHUDOYBERDIYEVA

Abstract.

The article reveals the importance and artistic value of the ideological and

artistic features of the use of color in the poetry of Halima Khudoyberdiyeva.

Key words:

folklore, symbolism, artist, Uzbek classical literary critic, philosophical views,

issue of artistic synthesis.

ИДЕЙНО-ХУДОЖЕСТВЕННЫЕ ОСОБЕННОСТИ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ

ЦВЕТА В ПОЭЗИИ ХАЛИМЫ ХУДОЙБЕРДИЕВОЙ

Аннотация

.

В статье раскрывается важность и художественная ценность

идейно-художественных особенностей использования цвета в поэзии Халимы
Худойбердиевой.

Ключевые слова:

фольклор, символизм, художник, узбекский классик

литературоведения, философские взгляды, проблема художественного синтеза.


Ma’lumki, ruh o‘z fazilatlari va yaralishiga ko‘ra ilohiydir. Shu sababdan ruh inson qalbiga

ilohiy nurlarni tuhfa etarkan, shuningdek uni eng oliy tuyg‘ular olamiga sayr qildiradi. Shoir
ma’naviy olamida ro‘y beradigan o‘zgarish va yangilanishlar she’rning badiiy qiymatini belgilab
beradi. She’rning hissiy quvvatini aniq va tugal belgilab bo‘lmaganidek, uning tasvir va ma’no
ko‘lamini ham bexato ko‘rsatish mushkuldir.

Jahonda rangning estetik, psixologik, fizik, biologik xususiyatlarini o‘rganish ancha avval

boshlangan. Folklorda simvolizm, rang ramzlarining poetik va tasvir vositasi sifatidagi
xususiyatlari tadqiq etilgan. Ranglar borasidagi xalq qarashlarining va bu asosda shakllangan
ramzlarning she’riyatga ko‘chishi har ikkala san’at turining bir-biri bilan bog‘liq ekanligini
ko‘rsatadi. Shoir o‘z kechinmalarini so‘z yordamida ifodalasa, rassom ranglar yordamida,
musiqachi esa kuy va ohanglar yordamida o‘z qalb tug‘yonlarini, kechinmalarini akslantiradi. Bir
so‘z bilan aytganda, bir vazifani bajaruvchi uch san’at turi ilmiy tilda “san’atlararo sintez hodisasi”
deya nomlanadi.

Rang mavzusi insoniyat tarixida qadim zamonlardan turli yo‘nalish va nuqtai nazarlardan

kelib chiqqan holda o‘rganib kelingan. Rangning estetik jihatdan nazariy o‘rganilishi Yevropada
antik davrlarda miflar hamda ilk falsafiy qarashlarda o‘z aksini topgan. Jumladan, Aflotunning


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

6

“Timey”

1

, Aristotelning asarlarida

2

rangnik estetik masalalariga oid ilk qarashlarni kuzatishimiz

mumkin. XX asrning ikkinchi yarmiga kelib rang tasviriga bag‘ishlangan asarlar yuzaga keldi.
S.S.Alekseev, L.N.Mironova, A.Zaysev, A.V.Luizov

3

kabi olimlarning rang tabiatiga oid

monografiyalari chop etildi.

Badiiy sintez masalasi esa ilmiy jihatdan XVIII asrda o‘rganila boshlandi. Jumladan,

Rixard Vagner, Fridrix Shlegel, Fridrix Shiller, Novalis kabi mutafakkirlar asarlarida sintez haqida
to‘xtalib, o‘z fikr va mulohazalarni bildirib o‘tganlar.

O‘zbek mumtoz adabiyotshunosligida Y.Is’hoqov Navoiy ijodini o‘rganib, unda rangning

qo‘llanilish qonuniyatlari haqidagi qarashlarini o‘zining “Navoiy poetikasi” asarida aks ettirgan.
Shuningdek, S.Hasanov “Go‘zallikdagi ranglar olami” asarida Navoiyning “Sabbayi sayyor”
dostonidagi rang simvolikasini, I.Haqqulov “Yana qora rang talqini haqida” maqolasida esa
mumtoz she’riyatdagi rang tasvirlar haqidagi fikr-mulohazalarini bildirganlar.

Rang jahonda mavjud barcha predmetlarning belgisini, tusini, go‘zalligini namoyon etish

bilan birga, ular bilan bog‘liq o‘y-kechinma, kayfiyat, his-tuyg‘ularni ham ifodalaydi. Shu boisdan
ranglarning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Xalq og‘zaki ijodining boy
an’analari asosida rang yozma adabiyotda obraz, ramzlar va timsollar tizimga yuzaga keltirdi. XII
asrlarda turkiy xalqlar adabiyotida rang simvolikasining keng ko‘lamda iste’molda bo‘lganligini
ko‘ramiz. XIV-XV asrlarda Atoiy, Gadoiy, Lutfiy, Sakkokiy ijodida ranglar bilan bog‘liq obrazli
tasvirlardan keng foydalanilgan. Bu jarayon Navoiy ijodida o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga
erishdi. Lirik qahramonning o‘y-xayollari, orzu-istaklari, dunyoqarashi, atrof-muhitga
munosabatini ifodalashda, shu bilan birga, psixologik holatini tasvirlashda ranglar simvolikasidan
unumli foydalangan. Holatni ranglar orqali tasvirlash uslubi Navoiy ijodining o‘ziga xosligi,
ijodkorning o‘ziga xosligini belgilab bergan. “Navoiy ijodi uchun xos bo‘lgan ana shu usulning
haqiqiy namunasini biz unga qadar bo‘lgan o‘zbek va fors-tojik lirikasida (to‘g‘rirog‘i,
g‘azalchilikda) uchratmaymiz.”

4

Hozirgi o‘zbek adabiyotshunosligida Sadulla Quronovning “Zamonaviy o‘zbek

adabiyotida sintez muammosi (she’riyat va rangtasvir san’atlari misolida)” mavzusidagi
dissertatsiyasi va shu asosda 2018-yilda chop etilgan “Egiz san’atlar (she’riyat va rangtasvir
sinteziga doir)” monografiyasi badiiy sintez muammosini o‘rganishga qaratilgan.

San’atlarning sintetik munosabatga kirishishi san’at turini o‘zga bir san’atning ifodaviy

imkoniyatlari bilan boyitadi, shu san’atning ta’sir ko‘lamini yanada oshiradi.

5

Shu jumladan, rang

inson ruhiy olamiga kuchli ta’sir qiluvchi vosita bo‘lib, u orqali turfa xil kayfiyatni paydo qilish
mumkin. Jumladan quvonch, qayg‘u, bezovtalik, xafalik, xotirjamlik, ma’yuslik kabi. Masalan,
qizil rang olov, quyosh yoki qon belgisi, jo‘shqinlik ramzi, yashil rang tabiat, o‘simliklar belgisi,

1

Платон Тимерий/пер. С древнегреч. С.С. Аверинцева//Собр. Соч. В 4-х т.Т.3. – М.:1994.

2

Аристотель. О душе / Соч. В 4-х. Т.1. – М.:1975.

3

Алексеев С.С. Цветоведение. – М.: Искусство, 1952. – 148 с.; Миронова Л.Н.

Цветоведение. – Минск: Вишэйшая школа, 1984. – 287с.; Зайцев. А. Наука о цвете и
жибописнось. – М.: Исс-во, 1986.; Луизов А.В. Цвет и свет. – Л.: энергоатомиздат, 1989. –
256 с.

4

Ishoqov Y. Navoiy poetikasi. – Toshkent: Fan, 1983. – B. 124.

5

Quronov S. Egiz san’atlar. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B. 24.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

7

hayot, tiriklik ramzi, qora rang esa tushkunlik, motam ramzida qo‘llanilib, ma’lum bir xalqlarning
ma’naviy, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hayotidagi haqiqatlarni aks ettirgan.

Hozirgi o‘zbek she’riyatida badiiy sintez xususiyatlari A.Oripov, R.Parfi, X.Davron,

U.Azim, Faxriyor, H.Xudoyberdiyeva, F.Afro‘z kabi shoirlarning asarlarida yaqqol aks etgan.
H.Xudoyberdiyeva ijodida lirik qahramon o‘z hayotini, taqdirini shudgorsiz, yersiz tasavvur
qilolmaydigan dehqon, Vatanining bir siqim tuprog‘i uchun jonini fido qiluvchi jangchi hamda
millat bolalari haqida qayg‘uradigan, millat haqida qayg‘uradigan jonkuyar ona sifatida
gavdalanadi. H.Xudoyberdiyeva she’rlarida lirik qahramon kayfiyatini, kechinmalarini
musavvirona tasvirlaydiki, natijada ko‘z oldimizda psixologik kartina jonlanganday bo‘ladi.

Yuzining bir yoni qora, bir yoni oppoq –
Dunyo quvonch-hasratiga yuragim to‘lib,
Qachon uning yuzlarida qolmaydi deb dog‘
Yashayapman unga girdikapalak bo‘lib.
Yorug‘lik va poklik, nurli kelajakka ishonch tuyg‘usi odatda barcha san’at turlarida oq

rangda berilishi odat tusiga kirgan. Imom Ahmad hadislarida shunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v)
musulmonlarga qarata: “O‘zlaringga oq kiyimni ma’qul ko‘ringlar, ya’ni oq kiyinglar, chunki u
kiyimlarning pokrog‘i va yaxshirog‘idir. O‘liklarni ham oq gazmol bilan kafanlanglar”, - deganlar.
Aksincha, umidlarning so‘nishi, tushkunlik kabi ruhiy holatlar esa qora ranglarda ifodalanadi.
H.Xudoyberdiyeva kelajakni baxtli va ravon, yorug‘ nurlar og‘ushida ko‘rish umidida
yashayotgan, yuzidagi dog‘ning qolmasligini intiqlik bilan kutayotgan lirik qahramon ruhiy
kechinmalarini oq va qora ranglarda aks ettirgan. Shu bilan birga, I.S.Turgenevning “Otalar va
o‘g‘illar” romanida hamda L.N.Tolstoyning “Ikki gusar” qissasida o‘tmish va kelajak, eski va
yangi bir-biriga qarama-qarshi qo‘yilgani kabi ushbu she’rda ham oq va qora zidlantirilgan.

“Sotib olingan tahlika” she’rida esa shoira inson hamda ijtimoiy muhit holatini, kayfiyatini,

tabiatini tasvirlash maqsadida ranglardan unumli foydalangan. H.Xudoyberdiyevaning aksar
asarlarida lirik qahramon o‘zbek dehqoni, paxtakori psixologiyasini poetik ochib berishga xizmat
qiladi. Shu ma’noda dehqon kechinmalari, o‘ylari butun insoniyat taqdiri bilan uyg‘unlashib
ketadi. Quyidagi she’rda ham lirik qahramon yeri uchun itday ishlagan, butun kuch-qudratini
bag‘ishlagan o‘zbek ayolining so‘ngsiz mehnatu azobini, gulday umrini yeriga rang kiritish uchun
suv bilan o‘tda, erining xizmatida o‘tkazgan va buning natijasida o‘z sog‘lig‘idan ayrilgan dehqon
ayol obrazida tasvirlangan.

Endi u har tongni, to‘kib ko‘z yoshlar,
Yerga qarab ko‘m-ko‘k yerdan hijolat.
Rang bilan aloqador ramzlarning insonning e’tiqodiy qarashlari bilan bog‘liqlikda

shakllanishi barchamizga ma’lum. Chunki inson hali murakkab jarayonlarni anglamay burun
oddiy tasavvrlarni ramzlashtirishga uringan. Shu sabab ilk bora inson yorug‘lik va qorong‘ulikni
farqlagan. Yorug‘likni oq rangda, qorong‘ulikni qora rangda tasavvur qilgan. Ko‘k rangni esa
ilohiy rang sifatida qabul qilib, barcha marhumlar ruhi va jonini o‘zida jamlagan kuch sifatida
e’tiqodiy tasavvurlarda mustahkamlashgan. “Yer” so‘zi esa barchaga rizq, nasiba beruvchi
borliqni, zaminni ifodalaydi. Yuqori keltirilgan misralarda “yer” so‘zidan oldin “ko‘m-ko‘k” rang
aniqlovchisini keltirish orqali ramziy obraz yaratilgan. Ushbu rangning barcha uchun bir xilda
tushunarli ekanligi misrada rangning badiiy obraz yaratishiga imkon bergan. Keyingi misralarda
psixologik kartina yanada quyuqlashib boradi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 7 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

8

Sariq, to‘zg‘in gulin yashirib so‘zlar,
Yerining qip-qizil guli tahlika.
Mazkur misralarda ifodalangan mazmunga e’tibor qaratadigan bo‘lsak lirik qahramon

surati sariq rangda, yerning surati esa qip-qizil gul tarzida chizilgan. Sariq rang xalqimiz ma’naviy-
madaniy merosida ayriliq, bemorlik, hasrat ma’nolarini ifodalovchi ramz sifatida talqin qilinadi.
Qizil rang borasida esa ikki xil qarash mavjud. Birinchisi, qadimiy kosmogonik qarashlar bilan
aloqador. Unga ko‘ra qizil rang Mirrix sayyorasining ramzi bo‘lib, u jang homiysi sanalgan.
Ikkinchisi esa, folklorshunos Sh.Turdimov ta’kidlaganidek, issiqlik, qiz (ayol), sevgi, oltin, boylik
kabi ma’nolarni anglatadi.

6

Demak matndan anglashiladiki, ayol yerga ishlov berish, shudgor

qilish jarayonida bor kuch-g‘ayratini sarflab mehnat qiladi va oxir-oqibat xastalikka chalinadi,
sarg‘ayadi, bardam eridan hijolat bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, mazkur she’rda lirik qahramon
holati, tuyg‘ulari, ruhiyati ijtimoiy hayotning murakkab muammolari bilan uyg‘unlashib ketgan.

REFERENCES

1.

Платон Тимерий/пер. С древнегреч. С.С. Аверинцева//Собр. Соч. В 4-х т.Т.3. –
М.:1994.

2.

Аристотель. О душе / Соч. В 4-х. Т.1. – М.:1975.

3.

Алексеев С.С. Цветоведение. – М.: Искусство, 1952. – 148 с.; Миронова Л.Н.
Цветоведение. – Минск: Вишэйшая школа, 1984. – 287с.; Зайцев. А. Наука о цвете и
жибописнось. – М.: Исс-во, 1986.; Луизов А.В. Цвет и свет. – Л.: энергоатомиздат,
1989. – 256 с.

4.

Ishoqov Y. Navoiy poetikasi. – Toshkent: Fan, 1983. – B. 124.

5.

Quronov S. Egiz san’atlar. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B. 24.

6.

Turdimov Sh.Rango-rang dunyo. “Yoshlik”, 1987, 8-son, 60-62-betlar.

6

Turdimov Sh.Rango-rang dunyo. “Yoshlik”, 1987, 8-son, 60-62-betlar.

References

Платон Тимерий/пер. С древнегреч. С.С. Аверинцева//Собр. Соч. В 4-х т.Т.3. – М.:1994.

Аристотель. О душе / Соч. В 4-х. Т.1. – М.:1975.

Алексеев С.С. Цветоведение. – М.: Искусство, 1952. – 148 с.; Миронова Л.Н. Цветоведение. – Минск: Вишэйшая школа, 1984. – 287с.; Зайцев. А. Наука о цвете и жибописнось. – М.: Исс-во, 1986.; Луизов А.В. Цвет и свет. – Л.: энергоатомиздат, 1989. – 256 с.

Ishoqov Y. Navoiy poetikasi. – Toshkent: Fan, 1983. – B. 124.

Quronov S. Egiz san’atlar. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B. 24.

Turdimov Sh.Rango-rang dunyo. “Yoshlik”, 1987, 8-son, 60-62-betlar.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов