REGULATORY AND LEGAL BASIS OF DEVELOPMENT OF ELECTRONIC COMMERCE SYSTEM IN UZBEKISTAN

HAC
Google Scholar
To share
Mustafoyeva, F. . (2023). REGULATORY AND LEGAL BASIS OF DEVELOPMENT OF ELECTRONIC COMMERCE SYSTEM IN UZBEKISTAN. Modern Science and Research, 2(9), 60–64. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24280
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

This article consists of an analysis of e-commerce and its importance, the development of e-commerce in Uzbekistan and the laws and regulations being created in our country for its wider implementation, as well as the tasks defined in them.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

60

O‘ZBEKISTONDA ELEKTRON TIJORAT TIZIMI RIVOJLANISHINING

ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI

Mustafoyeva Farangiz Shukurulloyevna

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti,

magistr

https://doi.org/10.5281/zenodo.8409210

Annotatsiya.

Ushbu maqola elektron tijorat va uning ahamiyati, O‘zbekistonda elektron

tijorat rivojlanishi va uni yanada kengroq tadbiq etish maqsadida yurtimizda yaratilayotgan
qonun va farmoyishlar hamda ularda belgilangan vazifalar tahlilidan iborat.

Kalit so‘zlar:

raqamli iqtisodiyot, elektron tijorat, soliq stavkalari, yalpi ichki mahsulot,

global internet, onlayn xaridlar, kompyuter savodxonligi.

REGULATORY AND LEGAL BASIS OF DEVELOPMENT OF ELECTRONIC

COMMERCE SYSTEM IN UZBEKISTAN

Abstract.

This article consists of an analysis of e-commerce and its importance, the

development of e-commerce in Uzbekistan and the laws and regulations being created in our
country for its wider implementation, as well as the tasks defined in them.

Key words:

digital economy, e-commerce, tax rates, gross domestic product, global

internet, online shopping, computer literacy.

НОРМАТИВНО-ПРАВОВАЯ БАЗА РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ

ЭЛЕКТРОННОЙ ТОРГОВЛИ В УЗБЕКИСТАНЕ

Аннотация.

Данная статья состоит из анализа электронной коммерции и ее

значения, развития электронной коммерции в Узбекистане и создаваемых в нашей стране
нормативно-правовых актов для ее более широкой реализации, а также определенных в
них задач.

Ключевые слова:

цифровая экономика, электронная коммерция, налоговые ставки,

валовой внутренний продукт, глобальный интернет, интернет-магазины, компьютерная
грамотность.

KIRISH

Dunyo bo‘ylab raqamlashtirish jarayoni jadal rivojlanib borayotgani va bu termin

iqtisodiyotga ham kirib kelgani sir emas. Barcha sohalar zamonaviy raqamlashtirishga o‘tib
boryapti. Ommaviy axborot vositalaridan tortib avtomobillar, turizm, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni
saqlash sohalarigacha butun iqtisodiy tizimni raqamlashtirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
Mamlakatimizdagi raqamli iqtisodiyot rivoji esa oxirgi yillarda sezilarli tarzda jadallashdi.
Ayniqsa, uning asosiy qismi hisoblangan elektron tijorat faol rivojlanish yo‘lida harakatlanyapti.

ASOSIY QISM

Elektron tijoratni rivojlantirish barcha mamlakatlar singari O‘zbekiston iqtisodiyotida ham

muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Joriy yil aprel oyida bo‘lib o‘tgan “Toshkent Xalqaro
Investitsiya forumi 2023” da Raqamli texnologiyalar vaziri Sh.Shermatov elektron tijoratning
istiqbollari, O‘zbekistonda uni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z
yuritdi. Uning ta’kidlashicha,

dunyo bo‘ylab elektron tijorat sohasiga bo‘lgan talab tezlik bilan

ortib bormoqda, ayniqsa, pandemiya davrida odamlarning ko‘proq vaqt uyda qolishi o‘z o‘zidan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

61

onlayn xizmatlar sohasiga bo‘lgan talabning sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Bu esa elektron
tijorat sohasida amalga oshirish lozim bo‘lgan kamchiliklarni ham ko‘rsatib berdi [6].

Mamlakatimizning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasida raqamli

iqtisodiyotni iqtisodiy rivojlanishning asosiy “drayveri”ga aylantirish va uning hajmini kamida 2,5
baravar oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, bunda elektron tijorat asosiy o‘rinlardan birini egallaydi.

Bir necha yildan beri intensiv o‘sish bosqichida bo‘lgan elektron tijorat bizni ham chetlab

o‘tmaydi. Shu bois, mazkur yo‘nalish oxirgi yillarda yurtimizda jadal rivojlanayotganiga
guvohmiz. Birgina misol, axborot iqtisodiyoti va elektron tijorat sohalarida yaratilgan yalpi
qo‘shilgan qiymat hajmi 2015—2020-yillar oralig‘ida qariyb 3 barobarga ko‘paygan va bu
ko‘rsatkichning YAIMdagi ulushi 2 foizni tashkil etdi.

Elektron tijorat rivojlanishining huquqiy asoslari ham yaratilgan. 2021-yil 20-avgust kuni

davlatimiz rahbari yurtimiz tadbirkorlari bilan ochiq muloqoti chog‘ida elektron tijorat
platformalarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish zarurligini ta'kidladi.
Mazkur yilning 17-noyabrida esa Prezidentning “Elektron tijorat ma'murchiligini takomillashtirish
va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi qarori kuchga kirdi.
Ushbu qarorda elektron tijoratni amalga oshirish tartibini erkinlashtirish va aholining keng
qatlamini tadbirkorlikka jalb qilish va natijada aholini ish bilan ta'minlash maqsadida o‘zini o‘zi
band qiluvchi shaxslarga elektron tijoratni amalga oshirish huquqining berilishi eng katta
yangiliklardan biri bo‘ldi. Shuningdek, huquqiy hujjatda elektron tijorat bilan shug‘ullanadigan
barcha subyektlarning aylanmadan olinadigan soliq va foyda solig‘i stavkalari elektron tijoratdan
olingan daromad miqdoridan qat'i nazar, pasaytirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi [5].

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-792-son “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi

Qonunida elektron tijorat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilardan
belgilangan:

elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-

quvvatlash va rag‘batlantirish;

elektron tijorat sohasida amalga oshiriladigan tadbirkorlik faoliyatiga investisiyalarni,

zamonaviy texnologiyalarni va asbob-uskunalarni jalb etish uchun shart-sharoitlar yaratish;

elektron tijoratni rivojlantirish uchun qulay muhitni yaratish, zarur texnik va logistika

infratuzilmasini shakllantirish;

elektron tijorat sub'ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini

ta’minlash;

elektron tijorat sohasida raqobat muhiti uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;

tadbirkorlik faoliyati sub'ektlarini ularning elektron tijorat sohasidagi faoliyati uchun

zarur bo‘lgan huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish, texnologik, ilmiy-texnikaviy va boshqa
axborot bilan ta'minlash;

elektron tijorat sohasidagi ilmiy-texnika tadqiqotlarini rag‘batlantirish, kadrlarni

tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

elektron tijorat sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish [1].

Elektron tijorat tadbirkor uchun ham, xaridor uchun ham qulay savdo maydoni hisoblanadi.

Bugungi sharoitda internet tarmoqlarining tobora rivojlanib borayotgani bunga yaqqol dalildir.
Tahlilchilarining oxirgi ma'lumotlariga ko‘ra, 35 milliondan ortiq aholiga ega O‘zbekiston


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

62

Respublikasida internet foydalanuvchilari soni 27,2 milliondan oshgan. Bunda mobil internet
foydalanuvchilari soni 25,3 million kishini tashkil etmoqda. Hozirgi vaqtda 95 foiz aholi
maskanlari mobil internet bilan qamrab olingan bo‘lsa, 54 foiz uy xo‘jaliklarida yuqori tezlikdagi
internetga ulanish imkoni yaratilgan. Bu o‘z-o‘zidan onlayn savdolar ko‘lami kengayishiga yo‘l
ochmoqda.

U qadar qadimiy so‘z bo‘lmasligiga qaramay, elektron tijorat atamasi keng ma'nodagi

tushunchani anglatadi va ko‘plab ta'riflarga ega. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat
to‘g‘risida”gi qonunida axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan tovarlarni
sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijoratdir,
deyiladi. Sodda qilib izohlaganda, internet orqali amalga oshiriladigan har qanday savdo yoki
tranzaktsiyaga elektron tijorat, deyiladi. Bu yo‘nalish ham iqtisodiyotning bir sohasi bo‘lgani
holda, to‘lovlarni amalga oshirish, mijozlar va yetkazib beruvchilarni qidirish, reklama tarqatish,
internet ilovalari orqali tovarlarni sotib olish va sotish kabi ko‘plab biznes operatsiyalarni
bajarishga imkon beradi.

Mazkur soha bir tomondan vaqt, transport va mehnat xarajatlarini tejash, istalgan joyda tez

va samarali onlayn savdo-sotiq amaliyotini olib borish imkoniyatini yaratsa. boshqa tomondan,
elektron tijoratda savdoni tashkil qilish korxonalarning raqobatini kuchaytiradi, monopoliyadan
chiqaradi va mahsulotlarning sifatini oshirish imkoniyatini yaratadi.

Elektron tijoratni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri global internetdan foydalanish

hisoblanadi. Texnik nuqtai nazardan, O‘zbekiston Respublikasi interneti mamlakatda elektron
tijoratni rivojlantirishga tayyor. Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar sonining tezlik
bilan o‘sishi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi kuzatilmoqda. Bu
internet orqali tijorat aloqalari doirasi sezilarli darajada kengayishiga olib kelyapti.

Hozirda, mamlakatimiz davlat organlari amal qilayotgan, elektron tijoratni

rivojlantirishdagi dunyo tajribasida keng qo‘llanilgan tamoyillar quyidagilardir:

• Elektron tijoratni rivojlantirishda korpoorativ sektor faol rol o‘ynashi;
• Elektron tijoratga nisbatan, davlat organlari tomonidan asoslanmagan turli cheklovlar

qo‘yilishiga yo‘l qo‘yilmaslik;

• Davlat hokimiyati elektron tijorat jarayoniga, ushbu soha subyektlarini qo‘llab-

quvvatlash va huquq bazasini takomillashtirish maqsadida aralishishi;

Elektron tijoratni boshqarish chora-tadbirlarini ishlab chiqishda davlat hokimiyati

Inernetning o‘ziga xosliklarini inobatga olishi;

• Elektron tijorat jarayoni ma’muriy-hududiy bo‘linish va davlat chegaralariga bog‘liq

bo‘lmagan ravishda, global masshtabda sodir bo‘lishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-noyabrdagi “Elektron tijorat

ma'murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, elektron tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga
soliq imtiyozlari belgilab berilgan. Shu asosda mamlakatimizda elektron tijorat sohasida internet
orqali taqdim etiladigan xizmatlar ko‘rsatadigan korxona va tashkilotlar soni ortib boryapti.
Xususan, 2019-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro va Surxondaryo
viloyatlarida elektron tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar mavjud bo‘lmagan. 2020-
yildan ushbu hududlarda shunday korxonalar paydo bo‘la boshladi. Toshkent shahrida esa o‘tgan


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

63

yili elektron tijorat faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar soni 301 taga etib, 2019-yilga
nisbatan 2,3 barobarga oshgani sezilarli o‘sish ko‘rsatkichidir [5].

Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Elektron tijoratni jadal

rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ham ushbu soha rivojiga kata hissa qo‘shib
kelmoqda. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, normativ-hujjatlar elektron tijoratni rivojlantirish
uchun yangi huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy va texnik sharoitlar yaratadi. U tadbirkorlikni
rivojlantirish hamda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish
imkonini beradi. Elektron tijoratni yanada rivojlantirishga, elektron savdoda zamonaviy axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishga, bitimlarni tuzish tartib-taomillarini
soddalashtirishga, elektron tijorat ishtirokchilari huquqlarini ro‘yobga chiqarishning huquqiy
mexanizmlarini o‘rnatish va muhofaza etishga xizmat qiladi. Mazkur Qonun respublikada elektron
tijoratni yanada keng joriy etishga huquqiy zamin yaratib, savdo operatsiyalarini amalga oshirish
bo‘yicha xarajatlar (tranzaksiya xarajatlari)ni kamaytiradi. Elektron tijorat subyektlarining biri-
biridan geografik uzoqligi bilan bog‘liq muammolarni hal qiladi. Sotuvchilar va xaridorlar
o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tezkor ravishda shartnomaviy munosabatlarni o‘rnatish uchun sharoit
tug‘diradi. Jumladan, bozorda yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lishida muhim omilga aylanadi.
Qolaversa, u tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhiti yanada yaxshilanishi, xalqaro standartlarga
javob beradigan texnologik bozor infratuzilmasini yaratishga qo‘shimcha imkon beradi.

XULOSA

Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, elektron tijoratning mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi

yaqin kelajakda doimiy ravishda oshib boradi. U nafaqat iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlar
faoliyati, balki aholi turmush darajasiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Elektron tijoratni rivojlantirish bo‘yicha tanlangan va amaldagi yo‘ldan to‘g‘ri borish, kelajakda
O‘zbekiston iqtisodiyotini jahon bozorining yetakchi vakillaridan biriga aylantiradi.
O‘zbekistonda elektron tijorat bo‘yicha mavjud muammolarni hal qilishning to‘g‘ri yo‘li
tanlanganligi xalq farovonligida, jamiyatimizning taraqqiy topishida, iqtisodiy rivojlanishimizda
o‘z aksini topadi [7].

REFERENCES

1.

O‘zbekiston Respublikasining 29-sentyabr 2022-yildagi 792-sonli “Elektron tijorat
to‘g‘risida”gi Qonuni.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17-noyabr 2021-yildagi 14-sonli “Elektron tijorat
ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar
yaratish to‘g‘risida”gi Qarori.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14-may 2018-yildagi PQ-3724-sonli “Elektron
tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

4.

R.X.Ayupov va boshqalar. Elektron tijorat, O‘quv qo‘llanma. T.- 2020.

5.

Z.Shodmonov.

“O‘zbekiston

elektron

tijoratni

rivojlantirishga

tayyormi?”

URL:

https://yuz.uz

.

6.

“Onlayn xizmatlarga talab oshishi elektron tijorat sohasidagi kamchiliklarni ham ko‘rsatib
berdi”, URL:

https://ict.xabar.uz

.

7.

Choriyev Bahrom To‘rayevich, “O‘zbekistonda elektron tijoratning huquqiy asoslarini
takomillashtirish”, Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

64

sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF
2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7, p.235.

8. Mahmudov Baxriddin Jurayevich, Mullabayev Baxtiyarjon Bulturbayevich “THE IMPACT

OF THE DIGITAL ECONOMY ON ECONOMIC GROWTH” International Journal of
Business, Law, and Education: Volume 01, Number 01, August 2020, p.4.

References

O‘zbekiston Respublikasining 29-sentyabr 2022-yildagi 792-sonli “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 17-noyabr 2021-yildagi 14-sonli “Elektron tijorat ma’murchiligini takomillashtirish va uni yanada rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida”gi Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 14-may 2018-yildagi PQ-3724-sonli “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.

R.X.Ayupov va boshqalar. Elektron tijorat, O‘quv qo‘llanma. T.- 2020.

Z.Shodmonov. “O‘zbekiston elektron tijoratni rivojlantirishga tayyormi?”

URL: https://yuz.uz.

“Onlayn xizmatlarga talab oshishi elektron tijorat sohasidagi kamchiliklarni ham ko‘rsatib berdi”, URL: https://ict.xabar.uz.

Choriyev Bahrom To‘rayevich, “O‘zbekistonda elektron tijoratning huquqiy asoslarini takomillashtirish”, Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7, p.235.

Mahmudov Baxriddin Jurayevich, Mullabayev Baxtiyarjon Bulturbayevich “THE IMPACT OF THE DIGITAL ECONOMY ON ECONOMIC GROWTH” International Journal of Business, Law, and Education: Volume 01, Number 01, August 2020, p.4.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов