A NEW ERA IN THE STUDY OF TERM HISTORY

HAC
Google Scholar
To share
Raimov, M. . (2023). A NEW ERA IN THE STUDY OF TERM HISTORY. Modern Science and Research, 2(9), 146–151. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24304
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Historical studies show that many scientists have written about the ancient city of Termiz, which has been inhabited since ancient times in Central Asia. It is extremely difficult to imagine the history of Central Asia and the cultural development of the peoples of the region without the history and monuments of the city of Termiz. This ancient city, which has made a worthy contribution to the history of the world and continues to add to it, has experienced many exciting periods in its development stage, and for several thousands of years it has successfully resisted the attacks of foreign enemies and became "Madinat ul- got the title "Rijol" (City of Heroes). Perhaps for this reason, the city of Termiz has always attracted the attention of world historians and scientists, great scholars.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

146

TERMIZ TARIXINI O`RGANISHDA YANGI DAVR

Raimov Mamasoat Safar o‘g‘li

Termiz davlat universiteti Jahon tarixi kafedrasi o`qituvchisi

mamasoatr@gmail.com

+998 90 522 44 74

https://doi.org/10.5281/zenodo.8416278

Annotatsiya

. Tarixiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyoda qadim

zamonlardan beri o‘troq holda yashab kelayotgan insonlarni o`zida jamlagan navqiron Termiz
shahri haqida qadimda juda ko`plab olimlar o`z asarlarida to`xtalib o`tgan. Markaziy Osiyo tarixi
va mintaqa xalqlarining madaniy taraqqiyotini Termiz shahri tarixisiz hamda osori-atiqalarisiz
tasavvur qilish nihoyatda qiyin. Jahon tarixiga munosib hissasini qo`shgan va qo`shib kelayotgan
bu qadimiy shahar o`zining taraqqiyot bosqichida ko`pdan-ko`p hayajonli davrlarni boshidan
o`tkazdi, necha ming yillar davomida tashqi dushmanlarning hujumlariga munosib qarshilik
ko`rsatib “Madinat ul-rijol” (Mardlar shahri) unvoniga ega bo`ldi. Balki shu sababdan Termiz
shahri azal-azaldan jahon tarixchilari va olimlari, ulug` allomalarning diqqat-e`tiborini o`ziga
tortib kelgan.

Kalit so‘zlar:

Markaziy Osiyo, Eski Termiz, Chig‘atoy ulusi, “Madinat ul-rijol” (Mardlar

shahri), Termiz masjidlari, Termizlik sayyidlar, Fosih Havofiy, Kebekxon, Xudovandzoda Alo ul-
Mulk.

A NEW ERA IN THE STUDY OF TERM HISTORY

Abstract.

Historical studies show that many scientists have written about the ancient city

of Termiz, which has been inhabited since ancient times in Central Asia. It is extremely difficult to
imagine the history of Central Asia and the cultural development of the peoples of the region
without the history and monuments of the city of Termiz. This ancient city, which has made a
worthy contribution to the history of the world and continues to add to it, has experienced many
exciting periods in its development stage, and for several thousands of years it has successfully
resisted the attacks of foreign enemies and became "Madinat ul- got the title "Rijol" (City of
Heroes). Perhaps for this reason, the city of Termiz has always attracted the attention of world
historians and scientists, great scholars.

Key words:

Central Asia, Old Termiz, TAKE, "Madinat ul-Rijol" (City of Heroes), Termiz

mosques, Fosih Havofiy, Kebekxon, Xudovandzoda Alo ul-Mulk, Abulfazl Muhammad Bayhaqi.

НОВАЯ ЭРА В ИЗУЧЕНИИ ИСТОРИИ ТЕРМЕЗОВ

Аннотaция.

Исторические исследования показывают, что многие ученые писали о

древнем городе Термезе, который издревле был заселен в Средней Азии. Крайне сложно
представить историю Средней Азии и культурное развитие народов региона без истории
и памятников города Термеза. Этот древний город, внесший достойный вклад в мировую
историю и продолжающий вносить в нее свой вклад, пережил немало захватывающих
периодов в своем развитии и на протяжении нескольких тысячелетий успешно
противостоял нападениям иноземных врагов и стал «Мадинат ул» получила название
«Рижол» (Город Героев). Возможно, по этой причине город Термез всегда привлекал
внимание мировых историков и ученых, великих ученых.

Ключевые слова:

Средняя Азия, Старый Термез, ТАКЕ, «Мадинат уль-Рижол»

(Город Героев), термезские мечети, З. Фосих Хавафий, Кебекхон, Худовандзода Ало ул-
Мулк, Абулфазл Мухаммад Байхақий.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

147

Termizni o`rganish, shu jumladan arxeologik tadqiq qilish bobidagi yangi yuksalish XX

asrning 60-yillari o`rtalariga to`g`ri keladi. Qoratepani tadqiq qilishga Ermitajning Sharq Bo`limi
va Sharq xalqlari san`ati muzeyining qo`shma ekspedidsiyasi 1961-yildan kirishildi. Bu
ekspedidsiya O`zR FA Tarix va arxeologiya instituti ko`magida tashkil qilindi. B.Y. Staviskiy
muttasil rahbarlik qildi. Ushbu ekspedidsiya ishi 1994-yilga qadar davom etdi. Uning natijalari
oltita maxsus to`plamlarda hamda jahonning qator mamlakatlarida e`lon qilingan ko`plab
maqolalarida aks ettirildi.

Ushbu tadqiqotlarning ilmiy ahamiyati juda katta. Jumladan, Qoratepaning buddaga

taalluqliligi isbotlandi va O`rta Osiyoda yagona bo`lgan mazkur g`oya monastrining Termizda va
umuman Baqtriyada buddizmning qaror topishi va rivojlanishidagi buyuk roli ko`rsatildi; u barpo
etilgan va ish olib borilgan sana, budda san`atining o`ziga xosligi hamda alohida xususiyatlari
topilgan haykaltaroshlik va rassomlik ashyolari, ayniqsa, arxitekturani tahlil qilish misolida
aniqlandi.

Ko`plab moddiy va badiiy madaniyat ob`ektlari, tanga topilmalar puxta tahlil qilindi.

Shuning uchun mazkur ekspeditsiya ish olib borgach, Termizning Kushonlar davridagi qiyofasi
va mohiyati ilk bor yaqqol namoyon bo`ldi, deb aytish mumkin.

Qoratepani tadqiq qilishda epigrafik topilmalar- sopol parchalardagi yozuvlar hamda g`or

ibodatxonalar va xujralar devoridagi graffitilar-tirnab yozilgan lavhalar alohida o`rin tutadi. Ular
turli yozuvlar va turli tillarda- baqtr, braxmi, kxaroshtxi, o`rta forsda bo`lib, V.A. Livshin, V.G.
Lukonin, T.V. Grek, V.V. Vertogradova, M.I. Vorobeva-Desyatovskaya, X.Xumbax, Y. Xarmatga
singari buyuk tadqiqotchilar tomonidan o`rganilgan. Ularni o`qish natijasida budda
ruhoniylarining hamda monastr keluvchilarning ismlarini aniqlash, uning nomi “kxadevaka
vixara”- “hukmdor monastri” ekanligini topish, Qoratepa buddaviylarining muayyan budda
maktabiga mansubligini aniqlash, u yoki bu yozuv turning rivojlanish xususiyatlarini o`rganish
imkoni yaratildi.

XX asrning 60-yillari oxirida L.I. Albaum tomonida Qoratepadan shimoli-g`arbda 1

kilometr masofada joylashgan va u bilan yagona majmuani tashkil qiluvchi Fayoztepadagi yer yuzi
monastrini qazish ishlari boshlandi. Fayoztepa va boshqa ob`ektlarda olib borilgan budda
xaykaltaroshligi va rassomligi bo`yicha ajoyib topilmalarni qo`lga kiritish imkonini bergan
tadqiqotlar natijalari, L.I. Albaumning bir necha maqolasidan tashqari, e`lon qilinmay qolib ketdi.

XX asrning 60-70-yillarida Termiz memoriy obidalarida ularning sanasini aniqlash,

arxitekturasi va memoriy bezagi xususiyatini belgilashdan iborat bo`lgan katta tadqiqotlar olib
borildi. Yodgorliklar mutaxassislar tomonidan ilk bor arxeologik tadqiqotlar qilindi. E.G.
Nekrasovning Qirqqizda olib brogan, XIV-XV asrlarga oid bu obidaning chinakam sanasini
asoslab bergan ishlarni alohida takidlash lozim.

O`rta asrladagi Termiz arxitekturasi G.A. Pugachenkova, T.Pribitkova, V.L. Voronina,

Z.A. Arshavskaya, Z.A. Hakimov. E.V. Rtvelad, Y.Z. Shvat, Nilsonning umumlashtiruvchi
tadqiqotlarida tavsiflandi. Bunda Termiz arxitekturasining O`rta Osiyo arxitekturasidagi o`rni
aniqlab berildi. Shu yillarning o`zida arxitektor V.A. Filimonov tomonidan Hakim at-Termiziy
memoriy majmuasida katta ko`lamda tamirlash ishlari olib borildi.

Mahalliy o`lkashunoslar va olimlarning faoliyati ham jonlanib ketdi. Surxondaryo viloyati

o`lkashunoslik muzeyi tomonidan Eski Termiz shahrida material to`plash hamda uni hisobga olish
bo`yicha katta ishlar olib borilmoqda. Bu muassasa ilgari ham kichikroq arxeologik tadqiqodlar


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

148

olib borgandi. Ular orasida Eski Termiz qal`asida o`tkazilgan, Yunon-Baqtriya davridan to kech
o`rta asrlargacha bo`lgan madaniy qatlamlarni aniqlab, olamga mashhur qilgan birinchi stratigrafik
shurf (qatlamlarno o`rganish sinov quduqlari) qazilganini (V.A. Kozlovskiy, K.A Shayko, G.
Maydinova) alohida qayd etish zarur. 80-yillar oxirida muzey hodimlari N.Skugarova va
K.Sheyko Termizshohlar saroyini qazish ishlarini yangidan boshladi va o`rta asrlar rassomligi
bo`yicha ilk parchalarni qo`lga kiritishdi.

Termiz o`lkashunoslari hamda olimlari chop etgan maqola va kitoblar yuzaga kela

boshladi. V.A. Kozlovskiy 1959-yildayoq Termiz shahrining qadimgi davrlardan XX asrning 50-
yillari oxirlarigacha bo`lgan davrini tavsiflagan risola chop ettirdi. 1969-yilda S.M. Zaxarovning
qisman Termiz tarixiga bag`ishlangan kitobi dunyoga keldi. “O`zbekiston shaharlari” jamoa
asarida shahar tarixi bo`yicha ayrim ma`lumotlar uchraydi. Bu kitob ma`lumotnoma xarakteriga
ega bo`lib, O`zbekiston tarixi bo`yicha umumlashtiruvchi tadqiqotlarni o`z ichiga olgan.

Shaharning Ikkincha Jahon urushidan keying tarixi M. Aliqulovning asarlarida yoritilgan.

U Sovet tarixnavisligining shaharlar tarixi muammolari ni o`rganish tajribasiga tayangan.

E.V. Rtveladze 1969-yil Amir Temur va Xalil Sulton tangalarining Termizdan topilgan

xazinasiga bag`ishlangan maqola chop ettirdi. Keyinchalik mazkur muallif Shimoliy Baqtriya-
Toxariston arxeologiyasi, tarixi bo`yicha ko`plab asarlarni e`lon qildi. A.Valiyev Termizning suv
bilan taminlanish masalalarini tadqiq qilgan.

Zulkifr me`moriy majmui ilmiy adabiyotda E.V Rtveladze va Z.A. Arshavskayalar 1978-

yilda birgalikda e`lon qilgan maqolada eng to`la o`rganilgan. Mualliflar mujassamot alomatlari
hamda bezak unsurlarini tahlil qilish asosida u XI asrga oid degan xulosaga keldilar. Ularning
fikricha, Zulkifr arxitekturasi uslubiy xususiyatlari hamda bezagida Xurosonning ta`siri seziladi
(85). D. Mirzayev fikricha, Zulkifr XI asrda G`aznaviylar davrida qurilgan. Amudaryo ustidan
payg`ambarorol orqali o`tkazilgan ko`prik aynan shu davrda ishlab turgan.

XX asrning 70-yillari oxiridan Eski Termiz shaxrida Sh.R. Pidayev rahbarligidagi Termiz

arxeologik otryadining ishi boshlandi, bu otryad Termiz tarixini o`rganishga katta hissa qo`shdi.
Jumladan, TAB olimlari tomonidan Eski Termiz qal`asida ikki stratigrafik quduq qazildi, natijada
madaniy qatlamlarning izchil stratigrafiya almashinuvi to`g`risida ma`lumotga ega bo`lindi,
shahriston va raboddagi ayrim binolarda qazish ishlari amalga oshirildi, shuningdek Eski
Termizning mudofaa tizimi tadqiq qilindi. Natijada shaharning rivojlanisj dinamikasini aniqlash
imkoniga ega bo`lindi (Sh.R. Pidayev, Sh.R. Rahmonov, T.A. Annayev).

Ushbu ishlar natijalari bo`yicha maqolalar e`lon qilindi, nomzodlik dessertatsiyalar yozildi

(Sh. Rahmonov, S. Mustafoqulov). Ular orasida Sh.R. Pidayevning maqolalari alohida ahamiyatga
ega. Bu olim tarix fanida eng dastlabki manzilgohning yuzaga kelishini ilk bor ko`rsatdi. Yunon-
Baqtriya davri manzilgohlarining tuzilishi va rivojlanishini tavsifladi, Termiz rivojlanishining eng
dastlabki bosqichidagi turli-tuman buyumlar, ayniqsa, keramikani e`lon qildi. Termiz o`rnidagi
Oks Iskandariyasining joyini arxeologik materiallarga tayanib aniq asoslashga urindi. Ungacha bu
ishni V.Tari yozma ma`lumotlar asosida qilgandi.

Shunday qilib, Sh.R. Pidayevning ushbu tadqiqoti Termiz tarixida ilgari ilmiy asarlarda

ko`rilmagan butkul yangi faktlarni ochib berdi. Ulat Termiz tarixini o`rganishga qo`shilgan muhim
hissa bo`lib, natijada Termiz tarixi yangicha davrlashtirildi. Bu: 1) qadimgi Baqtriya; 2) yunon-
baqtriya; 3) kushon; 4) ilk o`rta asrlar davri va 5) rivojlangan o`rta asrlar davrini o`z ichiga oladi.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

149

TABning boshqa olimlari- K.A. Abdullayev, Sh. Rahmonov, T. Annayev, S. Mustafoqulovlarning
tadqiqotlari ham Termiz tarixi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

XX asrning 80-yillarida Eski Termiz shahridagi Toshkentdago Oybek nomli tarix

muzeyining L.I Albaum rahbarligidagi ekspedidsiyasi ish olib bordi. Eskpeditsiya Eski Termiz
rabodidagi xristianlar ibodatxonasi deb hisoblangan binoni, shuningdek alohida ob`ektlarni,
jumladan, Qoratepadan janubda joylashgan novuslarni o`rgandi.

O`zbekiston mustaqillikni qo`lga kiritgach, Termiz tarixini o`rganishda yangi bosqich

boshlandi. Termizlik tarixchi olimlar, adiblar va o`lkashunoslarning ko`plab xilma-xil asarlari
paydo bo`lgani bu davrning o`ziga xos xususiyatidir. Ayni mahalda shuni ham takidlash, viloyat
muzeyi xodimlari Toshkent va Samarqand olimlari bilan olimlari bilan hamkorlikda tayyorlagan
“Surxondaryo o`lkashunosligi” (“Kraevedenie Surxandaryi”) birinchi maxsus kitobi 1989-
yildayoq chop etilgandi.

Sh. Kamoliddinovning arab tarixchilarining Termiz to`g`risidagi ma`lumotlari keltirilib,

taxlil etilgan kitobi bu davrning katta yutug`I bo`ldi. Sh.rahmonov Eski Termiz mudofaa tizimini
tadqiq qildi, S. Mustafoqulov qadimgi Termiz antropologiyasini, Z.A Xoliqov esa Termizning
XVI-XIX asrlardagi tarixi va arxeologiyasini o`rganishdi. Musulmon ma`naviy va badiiy
madaniyatining turli jihatlariga bag`ishlangan xalqaro konferensiya ilk bor o`tkazilmoqda.

Turli mamlakatlar olimlari bilan hamkorlikda arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etilishi

ushbu bosqichning yana boshqa xarakterli xususiyatidir.

Chunonchi, Eski Termiz shahrida 1994-yildan buyon P. Lyarish va Sh. Pidayev

raxbarligida o`zbek-fransuz qo`shma ekspeditsiyasi ish olib bormoqda. 1999-yildan boshlab
o`zbek-yapon qo`shma ekspeditsiyasi (K. Kato, Sh. Pidayev) tomonidan Qoratepani tadqiq qilish
ishi yangidan boshlandi, uning ayrim natijalari yapon tilida maxsus risolada e`lon qilindi. Rossiya
olimlari Qoratepaga katta ahamiyat berayotganini ham takidlab o`tish zarur.

Chunonchi, V.V. Vertogradova tomonidan Qoratepadagi lavxalar tahliliga bag`ishlangan

kitob, B.V Staviskiy tomonidan esa O`rta Osiyoda buddizmning taqdiriga bag`ishlangan
monografiya e`lon qilindi. Bu monografiyada Termizdagi budda yodgorliklariga katta o`rin
ajratilgan. T.K. Mkrtichev Qoratepa budda haykaltaroshligi va rassomligini tahlil etishga
bag`ishlangan ancha-muncha maqola, shu jumladan ingliz tilida ham chop ettirdi.

Termiz to`g`risidagi numizmatik tadqiqotlarni, ayniqsa, E.A. Davidovich, B.I. Vaynderg,

E.V. Rtveladze, B.D. Kochnev, A.X. Otaxo`jayev, M.N. Fedorov, Sh.R. Pidayev asarlarini
takidlab o`tish zarur. Ularda qadimgi davr va o`rta asrlarda Termizdagi pul munosabatlari
tasvirlangan. O`rta asrlarda bu shaharda yangi zarb qilingan pullar aniqlandi, tangalar asosida
ushbu shahar tarixi bo`yicha yangi ma`lumotlar olindi. A.A. Semyonov, V.V. Bartold, M.E.
Masson tomonidan Termiz ma`muriy yodgorliklarini epigrafik o`rganish bo`yicha boshlangan ish
B.D. Kochev tomonidan davom ettirildi.

Natijada ularning ayrimlarining qaysi tarixiy shaxsga mansubligi to`g`risida fanda qoida

tusiga kirib qolgan fikrlar qayta ko`rib chiqildi. Azamat Ziyoning o`zbek davlatchiligi tarixiga
bag`ishlangan umulashma asarida Termiz tarixiga ancha joy ajratilgan.

Termizda tug`ilib o`sgan Abu Abdulloh Hakim at-Termiziy va Abu Iso at-Termiziy singari

buyuk shaxslar va ularning ma`naviy merosi olilarning e`tiborini qattiq tortmoqda.

Ushbu asar Termiz tarixini o`rganish bo`yicha barcha muammolarni qamrab olmasligini

yana bir bor takidlashni istardik. Bu muammolar ancha keng vaxar tomonlama monografik


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

150

tadqiqot o`tkazishni taqozo etadi. Termiz o`rganish darajasiga ko`ra O`rta Osiyoning Samarqand
va Marv singari buyuk shaharlari bilan bir qatorda turadi, ayrim masalalar bo`yicha esa ulardan
ustunroq hamdir.

Yuqorida bayon etilganlar Termizning tarixiy madaniy o`tmishini o`rganishda bir necha

avlodlar tomonidan uch yuz yildan ham ziyodroq vaqt davomida olib borilgan tadqiqot ishlari
naqadar uzoq davom etgani va serunum bo`lganini ko`rsatadi.

REFERENCES

1.

Ibrohimov N. Ibn Battuta va uning O‘rta Osiyoga sayohati. Toshkent, 1993, 76-77 betlar.

2.

Masson M.E. Gorodi Starogo Termeza i ix izuchenie. Trudы Uzbekistanskogo filiala AN
SSSR. Seriya 1. Istoriya, arxeologiya. Termezskaya arxeologicheskaya kompleksnaya
ekspeditsiya 1936. Tashkent, 1940, str. 10.

3.

Nekrasova Ye. G., Filimonov V. M. Xonako v ansamble Sultan-Saodat. Kraevedenie
Surxandari. — Tashkent, 1989, str. 86-92.

4.

Temir Darvozaning mo‘g‘ulcha nomlanishi. Hozirgi Boysun tumanida, Darband va Sho‘rob
qishloqlari oralig‘ida joylashgan (Qarang:

S.Tursunov, I.Umarov va boshqalar.

O‘zbekistonda toponimik nomlar va ularning tarixi, Termiz, 2017, 82-89 betlar

).

5.

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF
SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

6.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy
tahlili.

Марказий Осиё тарихи ва маданияти

,

1

(1), 341-344.

7.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA
TADQIQOTLARIDA

SURXON

VOHASI

YUZ

URUG‘LARINING

ETNIK

TAVSIFI.

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

,

2

(1),

43-51.

8.

Raimov M. BOUT THE HISTORY OF THE INDEPENDENCE OF TERMIZ FROM THE
CHIGATOY SHARE //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 1150-
1154.

9.

Bobirovna, Radjabova Sabohat. "XOTIN-QIZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASHGA OID
DAVLAT SIYOSATI (ILK ODIMLAR)." (2023).

10.

Bobirovna, Radjabova Sabohat. "AYOLLAR SALOMATLIGINI MUHOFAZASI DAVLAT
DASTURLARIDA." (2023).

11.

Bobirovna, Radjabova Sabohat. "AYOLLAR SALOMATLIGINI MUHOFAZASI DAVLAT
DASTURLARIDA." (2023).

12.

Radjabova, Sabohat. "WOMEN'S HEALTH PROTECTION IN STATE PROGRAMS."
Modern Science and Research 2.5 (2023): 285-289.

13.

Radjabova, Sabohat. "ACTIVITIES OF WOMEN IN THE CULTURAL LIFE OF
SURKHANDARYA REGION." Modern Science and Research 2.6 (2023): 53-55.

14.

Radjabova, Sabohat. "STATE POLICY TO SUPPORT WOMEN (FIRST STEPS)." Modern
Science and Research 2.6 (2023): 49-52.

15.

Раджабова, Сабохат Бобировна. "SURXON VOHASI XOTIN-QIZLARNING XALQ
TA’LIMI SОHASIDA TUTGAN O’RNI (MUSTAQILLIK YILLARI MISOLIDA)."
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ 4.6 (2021).


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

151

16.

Раджабова, Сабохат Бобировна. "SURXON VOHASI XOTIN-QIZLARNING XALQ
TA’LIMI SОHASIDA TUTGAN O’RNI (MUSTAQILLIK YILLARI MISOLIDA)."
ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ 4.6 (2021).



References

Ibrohimov N. Ibn Battuta va uning O‘rta Osiyoga sayohati. Toshkent, 1993, 76-77 betlar.

Masson M.E. Gorodi Starogo Termeza i ix izuchenie. Trudы Uzbekistanskogo filiala AN SSSR. Seriya 1. Istoriya, arxeologiya. Termezskaya arxeologicheskaya kompleksnaya ekspeditsiya 1936. Tashkent, 1940, str. 10.

Nekrasova Ye. G., Filimonov V. M. Xonako v ansamble Sultan-Saodat. Kraevedenie Surxandari. — Tashkent, 1989, str. 86-92.

Temir Darvozaning mo‘g‘ulcha nomlanishi. Hozirgi Boysun tumanida, Darband va Sho‘rob qishloqlari oralig‘ida joylashgan (Qarang: S.Tursunov, I.Umarov va boshqalar. O‘zbekistonda toponimik nomlar va ularning tarixi, Termiz, 2017, 82-89 betlar).

Rahmonov, M. (2023). TRADITIONAL LIFESTYLE OF THE TOKCHI PEOPLE OF SURKHAN OASIS. Modern Science and Research, 2(4), 720-722.

Rahmonov, M. (2023). Surxon vohasi toqchi qavmlari hududiy joylashuvining ilmiy tahlili. Марказий Осиё тарихи ва маданияти, 1(1), 341-344.

To‘Rayev, S. G. O. G. L., & Raxmonov, M. X. O. G. L. (2022). BX KARMISHEVA TADQIQOTLARIDA SURXON VOHASI YUZ URUG‘LARINING ETNIK TAVSIFI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 43-51.

Raimov M. BOUT THE HISTORY OF THE INDEPENDENCE OF TERMIZ FROM THE CHIGATOY SHARE //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 1150-1154.

Bobirovna, Radjabova Sabohat. "XOTIN-QIZLARNI QO’LLAB-QUVVATLASHGA OID DAVLAT SIYOSATI (ILK ODIMLAR)." (2023).

Bobirovna, Radjabova Sabohat. "AYOLLAR SALOMATLIGINI MUHOFAZASI DAVLAT DASTURLARIDA." (2023).

Bobirovna, Radjabova Sabohat. "AYOLLAR SALOMATLIGINI MUHOFAZASI DAVLAT DASTURLARIDA." (2023).

Radjabova, Sabohat. "WOMEN'S HEALTH PROTECTION IN STATE PROGRAMS." Modern Science and Research 2.5 (2023): 285-289.

Radjabova, Sabohat. "ACTIVITIES OF WOMEN IN THE CULTURAL LIFE OF SURKHANDARYA REGION." Modern Science and Research 2.6 (2023): 53-55.

Radjabova, Sabohat. "STATE POLICY TO SUPPORT WOMEN (FIRST STEPS)." Modern Science and Research 2.6 (2023): 49-52.

Раджабова, Сабохат Бобировна. "SURXON VOHASI XOTIN-QIZLARNING XALQ TA’LIMI SОHASIDA TUTGAN O’RNI (MUSTAQILLIK YILLARI MISOLIDA)." ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ 4.6 (2021).

Раджабова, Сабохат Бобировна. "SURXON VOHASI XOTIN-QIZLARNING XALQ TA’LIMI SОHASIDA TUTGAN O’RNI (MUSTAQILLIK YILLARI MISOLIDA)." ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ 4.6 (2021).

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов