BOUT THE HISTORY OF THE INDEPENDENCE OF TERMIZ FROM THE CHIGATOY SHARE

HAC
Google Scholar
Branch of knowledge
To share
Raimov, M. (2023). BOUT THE HISTORY OF THE INDEPENDENCE OF TERMIZ FROM THE CHIGATOY SHARE. Modern Science and Research, 2(5), 1150–1154. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/20561
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Keywords:

Abstract

Historical studies show that many scientists have written about the ancient city of Termiz, which has been inhabited since ancient times in Central Asia. It is extremely difficult to imagine the history of Central Asia and the cultural development of the peoples of the region without the history and monuments of the city of Termiz. This ancient city, which has made a worthy contribution to the history of the world and continues to add to it, has experienced many exciting periods in its development stage, and for several thousands of years it has successfully resisted the attacks of foreign enemies and became "Madinat ul- got the title "Rijol" (City of Heroes). Perhaps for this reason, the city of Termiz has always attracted the attention of world historians and scientists, great scholars.

Similar Articles


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1150

TERMIZNING CHIG‘ATOY ULUSI TARKIBIDAN MUSTAQILIKKA CHIQISH

TARIXI HAQIDA

Raimov Mamasoat Safar o‘g‘li

Termiz davlat universiteti

Jahon tarixi kafedrasi o`qituvchisi.

mamasoatr@gmail.com

+998 90 522 44 74

https://doi.org/10.5281/zenodo.7973920

Annotatsiya.

Tarixiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, Markaziy Osiyoda qadim

zamonlardan beri o‘troq holda yashab kelayotgan insonlarni o`zida jamlagan navqiron Termiz
shahri haqida qadimda juda ko`plab olimlar o`z asarlarida to`xtalib o`tgan. Markaziy Osiyo tarixi
va mintaqa xalqlarining madaniy taraqqiyotini Termiz shahri tarixisiz hamda osori-atiqalarisiz
tasavvur qilish nihoyatda qiyin. Jahon tarixiga munosib hissasini qo`shgan va qo`shib kelayotgan
bu qadimiy shahar o`zining taraqqiyot bosqichida ko`pdan-ko`p hayajonli davrlarni boshidan
o`tkazdi, necha ming yillar davomida tashqi dushmanlarning hujumlariga munosib qarshilik
ko`rsatib “Madinat ul-rijol” (Mardlar shahri) unvoniga ega bo`ldi. Balki shu sababdan Termiz
shahri azal-azaldan jahon tarixchilari va olimlari, ulug` allomalarning diqqat-e`tiborini o`ziga
tortib kelgan.

Kalit so‘zlar:

Markaziy Osiyo, Eski Termiz, Chig‘atoy ulusi, “Madinat ul-rijol” (Mardlar

shahri), Termiz masjidlari, Termizlik sayyidlar, Fosih Havofiy, Kebekxon, Xudovandzoda Alo ul-
Mulk.

BOUT THE HISTORY OF THE INDEPENDENCE OF TERMIZ FROM THE

CHIGATOY SHARE

Abstract.

Historical studies show that many scientists have written about the ancient city

of Termiz, which has been inhabited since ancient times in Central Asia. It is extremely difficult to
imagine the history of Central Asia and the cultural development of the peoples of the region
without the history and monuments of the city of Termiz. This ancient city, which has made a
worthy contribution to the history of the world and continues to add to it, has experienced many
exciting periods in its development stage, and for several thousands of years it has successfully
resisted the attacks of foreign enemies and became "Madinat ul- got the title "Rijol" (City of
Heroes). Perhaps for this reason, the city of Termiz has always attracted the attention of world
historians and scientists, great scholars.

Key words:

Central Asia, Old Termiz, TAKE, "Madinat ul-Rijol" (City of Heroes), Termiz

mosques, Fosih Havofiy, Kebekxon, Xudovandzoda Alo ul-Mulk, Abulfazl Muhammad Bayhaqi.

ОБ ИСТОРИИ НЕЗАВИСИМОСТИ ТЕРМИЗ ОТ ЧИГАТОЙСКОЙ АКЦИИ

Аннотация.

Исторические исследования показывают, что многие ученые писали о

древнем городе Термезе, который издревле был заселен в Средней Азии. Крайне сложно
представить историю Средней Азии и культурное развитие народов региона без истории
и памятников города Термеза. Этот древний город, внесший достойный вклад в мировую
историю и продолжающий вносить в нее свой вклад, пережил немало захватывающих
периодов в своем развитии и на протяжении нескольких тысячелетий успешно
противостоял нападениям иноземных врагов и стал «Мадинат ул» получила название
«Рижол» (Город Героев). Возможно, по этой причине город Термез всегда привлекал
внимание мировых историков и ученых, великих ученых.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1151

Ключевые слова:

Средняя Азия, Старый Термез, ТАКЕ, «Мадинат уль-Рижол»

(Город Героев), термезские мечети, З. Фосих Хавафий, Кебекхон, Худовандзода Ало ул-
Мулк, Абулфазл Мухаммад Байхақий.


Ozodlikning og‘ir yo‘li

. 1336 yilda siyosiy vaziyat keskinlashadi. Buzanning jabr-

zulmiga qarshi mashhur turk mashoyihi Xalil ota qo‘zg‘olon ko‘taradi. Xalil ota ko‘p yillardan
buyon Buxoroda yashar, tariqat pirlaridan biriga aylangan edi. Buzanga kuchi yetmasligini
tushungan Xalil ota Hirot hukmdori Husayn ibn Sulton G‘iyosiddin al-G‘uriydan (1331-1370)
yordam so‘raydi. Har ikki tomon ittifoq bo‘lib, Buzanga qarshi chiqishga qaror qildilar.

Qo‘shin Hirotdan yo‘lga chiqqanida Xalil tarafdorlarining soni orta boshlaydi. Ibn

Battutaning yozishicha, bu yurishdan xabar topgan musulmonlar dushmanga qarshi g‘azot istagini
bildirishgan. Birinchi bo‘lib Xalil huzuriga Termiz noibi Xudovandzoda Alo ul-Mulk

1

to‘rt ming

kishi bilan yetib keladi. Xalil buni o‘zi uchun ikki bora xayrli sanab, Alo al-Mulkni vazir etib
tayinlaydi. Ibn Battuta «Hirot bilan Termiz oralig‘i to‘qqiz kunlik yo‘ldir»

2

, - deb qayd qilganiga

qaraganda uning dastlab Termizga kelib Alo al-Mulkdan yordam olganligini ko‘rsatadi.

Barcha viloyatlardan kelgan amirlar yig‘ilishib, Xalil atrofida to‘planadilar. Xalil Buzan

bilan to‘qnashadi. Buzan qo‘shinlari Xalil tomoniga o‘tadi, ular Buzanni tor-mor qilib, o‘zini asir
olib Xalil huzuriga keltiradilar. Xalil uni kamon ipi bilan bo‘g‘ib o‘ldiradi, chunki qadimgi
udumga ko‘ra shahzodalar faqat bo‘g‘ib o‘ldirilar edi. Podshohlik Xalilning qo‘liga o‘tadi

3

.

G‘oliblar Samarqandga boradilar. Sakson ming chog‘li qo‘shin ko‘rikdan o‘tkaziladi.

Safdagi har bir jangchi zirhli kiyimda edi, otlarga ham sovut kiydirilgandi. Ko‘rik tugashi bilanoq
Xalil va Xudovandzoda chig‘atoy xonlarining poytaxti bo‘lgan Olmaliq mulki tomon yo‘l olishadi,
Hirot qo‘shiniga esa ijozat beriladi. Negaki, Chig‘atoy ulusining sharqidagi mo‘g‘ullar o‘zlariga
yangi xon saylab olgan edilar.

Temuriylar davri tarixchilari Sulton Xalil haqida hech narsa deyishmaydi. Chig‘atoy

xonlarining ro‘yxatida ham uning ismi keltirilmaydi. Borlari ham bir-biriga zid ma’lumotlardan
iborat. Ayniqsa, Tarmashirindan to Qozonxongacha bo‘lgan xonlar ro‘yxatiga e’tibor berilsa
bunga ishonch hosil qilish mumkin. Masalan, Nizomiddin Shomiyda:

Davo o‘g‘li Tarmashirinxon

- Ebukin o‘g‘li Jingshi - Ebukin o‘g‘li Yo‘sun Temurxon - O‘qtoy qarindoshi Ali Sulton - Po‘lod
o‘g‘li Muhammad - Yasovur o‘g‘li Qazon sulton

4

; Natanziyda:

Durmashirinxon - Duvoxon o‘g‘li

Dornixon – Duvaxon o‘g‘li Jankshixon – Duvoxon o‘g‘li Buzan – Jankshi o‘g‘li Qozonxon

5

; Mirzo

Ulug‘bekda:

Tarmashirxon – Turonxon – Jangituxon – Yesu Temurxon – Ali Sulton –

Muhammadxon – Qazon sulton ibn Yasovur o‘g‘lon

6

; Xondamirda:

Devashxon o‘g‘li Nerma

Shirin – Abukan o‘g‘li Jankshi – Abukan o‘g‘li Yesun – Ali sulton – Po‘lat o‘g‘li Muhammad –

1

Xudovandzoda Alo al-Mulk Termiziyning asl ismi Shahobiddin Abul Makorim bo‘lib,

Amir ush-Shahid

nomi bilan mashhur bo‘lgan. Termiz sayyidlari xonadonida tug‘ilib voyaga yetgan va Termiz hokimi
bo‘lgan. Ibn Battuta Termizga kelishdan oldin u bilan uchrashgan.

2

Ibrohimov N. Ibn Battuta va uning O‘rta Osiyoga sayohati, 73 bet.

3

Ibn Battuta. Sayohatnoma. Toshkent, 2012, 376-bet.

4

Nizomiddin Shomiy. Zafarnoma. Toshkent, 1996, 26-bet.

5

Natanzi, str. 118-119.

6

Mirzo ulug‘bek, 317-320 betlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1152

Yeysur o‘g‘li Qozon sulton

7

; Abulg‘oziyda:

Tarmashirin – Bo‘ron – Chanakshi – Yasun Temur -

Ali sulton – Muhammad – Qozon Sultonxon ibn Yasur

8

.

E’tibor berilsa, qayd etilgan ro‘yxatlarda Xalil sultonning nomi umuman yo‘q. U haqda

faqatgina ibn Battuta ma’lum qiladi. Eng muhimi, arab sayyohi Tarmashirinxon, Sulton Xalil va
Xudovandzoda Alo al-Mulk Termiziyni o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va ular bilan suhbat qurgan edi.
Shuning uchun bu ma’lumotlarini yolg‘on deb bo‘lmaydi. Qolaversa, uni tasdiqlaydigan boshqa
manbalarimiz ham bor. Xususan, Xoja Bahouddin Naqshbandiy maqomotlarida darvish-qalandar
Xalil otaning hukmdor Xalil sultonga aylanganligi haqida qisqacha xabarlar keltiriladi. Ibn Battuta
uni Yosur (Yasovur) Mahzunning o‘g‘li sifatida qayd etadi. V.V.Bartold unga «xonlar naslidan
bo‘lgan darvesh»,- deb ta’rif bergan edi. T.Sultanov Xalilni chig‘atoyzoda Yasovurning o‘g‘li,
Qozonxonni esa, uning ukasi, deb hisoblaydi

9

. Hijriy 742-743 (milodiy 1342-1343) yillarda

Buxoroda sulton Xalilulloh nomidan zarb qilingan tangalarga qarab

10

, uning 1336-1343 yillar

oralig‘ida Movarounnahrni boshqarganlini aniqlash mumkin.

Hijriy 737 (milodiy 1336/1337 ) yilda Termiz va Badaxshonda zarb etilgan kumush

tangalarda «Jankishixon – buyuk hoqon, Xudo uning hukmronligi va hokimiyatini abadiy qilsin»
degan so‘zlar bitilgan. Katolik missionerlarining xabariga ko‘ra, Chig‘atoy ulusida isyon
ko‘tarilgan va Jankishi 1338 yilda fitna natijasida o‘ldirilgan

11

. Bu yerda ibn Battutaga ma’lum

bo‘lmagan ba’zi voqealar sodir bo‘lganligi seziladi. Sababi, ibn Battuta 1333-1347 yillar
oralig‘idagi voqealarni umumiy tarzda hikoya qiladi. Agar tangalardagi ma’lumotlardan kelib
chiqiladigan bo‘lsa, Xudovandzoda Alo ul-Mulk Termiziy Buzanni mag‘lub etganidan so‘ng taxt
tepasiga Jankishixonni chiqargan. Negaki, o‘sha davr udumiga ko‘ra, taxtga faqat chingiziylar
naslidan bo‘lgan xonlargina o‘tirar edi. Biroq, 1338 yilda Jankishixon o‘ldirilgach, Xalil bilan
birlashib Mo‘g‘ulistonga harbiy yurish uyushtirga majbur bo‘lgan va oxir-oqibat hokimiyatni
qo‘lga kiritgan. Xalilning chig‘atoy xonlari ro‘yxatiga kiritilmasligiga sabab, avvalambor,
darveshlikdan sultonlik darajasiga chiqqanligida edi. Xalil sulton Yasa qonunlari va ko‘chmanchi
hayot tarzini umuman ma’qullamagan. Oddiy hayot kechirishni lozim ko‘rgan. Shu sabab,
Chig‘atoy xonlari uni begona hisoblab, uning nomini tilga olmaslikka harakat qilishgan.
Qolaversa, ko‘chmanchi hayot kechirayotgan chig‘atoy xonlarining saroy arxivi ham yo‘q edi.
Ikkinchidan, Xalil sulton darvesh bo‘lib, o‘ta xalqparvar edi. Har qanday holatda ham oddiy
xalqning tarafini olishga harakat qilgan. Bunday podsho hukmron tabaqa uchun yot ekanligi tabiiy
edi. Uchinchidan, Xalil sulton shaxsi bevosita Amir Temurning oila a’zolariga taalluqli bo‘lgan.
Ya’ni Sohibqiron malikalarining ulug‘i bo‘lmish Saroymulkxonim Xalil sultonning jiyani edi.
Amir Temur ham Xalil sulton davrida tug‘ilgan, qolaversa, yasovuriylar xonadoni haqida
yaxshigina ma’lumoti bor edi. Sohibqiron o‘z davrida sayyidlar, ruhoniylar, ilmu ma’rifat egalarini
hamisha e’zozlab, ardoqlab kelgan. Ammo Xalil sulton darvesh va yirik shayx bo‘lishiga qaramay,
o‘z vaqtida surishtirib o‘tirmay Movarounnahr sayyidlarining boshlig‘i Xudovandzoda Aloul
Mulk Termiziyni qatl ettirganligi uchun nomiga dog‘ tushirgan edi. Tabiiyki, bu holat

7

Xondemir, str. 113-114.

8

Abulg‘oziy. Shajarai turk. Toshkent, 1992, 94-bet.

9

Sultanov T.I. Chingizxan i chingizid, str. 164-166.

10

Sultanov T.I. Chingizxan i chingizid, str. 166.

11

Sultanov T.I. Chingizxan i chingizid, str. 167.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1153

Saroymulkxonim haqida salbiy fikrlarni yuzaga keltirishi mumkin edi. Ana shularni hisobga olib,
Amir Temur o‘z vaqtida Xalil sulton nomini tilga olmaslikni buyurgan bo‘lishi ehtimoldan holi
emas. Tarixiy manbalarga qarab bu ta’qiqga qat’iy amal qilinganligini ko‘rish mumkin.

Temuriylar davriga oid chig‘atoyzoda xonlarning ro‘yxati Chig‘atoy ulusining 1338 yilga

kelib ikki qismga bo‘linib ketganligini ko‘rsatadi. Sharqda qolgan ko‘chmanchi mo‘g‘ullar o‘troq
hayot tarafdori Xalil sultondan yuz o‘girishib, o‘z xonlarini saylashgan. Avval Yesun Temurxon,
keyin Ali sulton, so‘ngra Muhammadxonning taxtga o‘tirganlar. Xalil ularga qarshi kurash olib
borganmi-yo‘qmi, bunisi noma’lum. Xalil ag‘darilgandan keyin esa taxtga ukasi Qozonxon o‘tirib,
ulusning har ikki qismini vaqtincha birlashtiradi.

Qozonxon (1343–1346) o‘ziga tahdid solgan nufuzli amirlarning aksariyatini qatl ettirdi

12

.

Ulusda parokandalik kuchaydi. Zulm kuchayib, behisob soliqlar va yig‘imlardan dehqonlar qattiq
aziyat chekkanlar. Uning zulmkor bo‘lganligini Sharafuddin Ali Yazdiy ham ta’kidlab o‘tgan

13

.

Chig‘atoy ulusidagi mavjud ahvol mahalliy zodagonlarni mustaqillik uchun kurashga undagan.
Ularning maqsadi Movarounnahrni Mo‘g‘uliston xonlari tazyiqidan qutqarish va uni mustaqil
boshqarish edi. Shundan vatanparvar amirlar orasida Movarounnahr mustaqilligiga poydevor
qo‘ygan Amir Qazag‘onning (1346-1358) xizmatlarini alohida e’tirof etish zarur.

Sharafiddin Ali Yazdiyning xabariga ko‘ra, Qozonxondan norozi bo‘lgan kuchlar 1346

yilda amir Qazag‘an boshchiligida bosh ko‘tarishdi. Qo‘zg‘olonchilar Solisaroyda

14

to‘planib

qo‘shin yig‘a boshladilar. Voqeadan xabar topgan Qozonxon katta qo‘shin bilan Qahlag‘a

15

dan

o‘tib Dari Zangi

16

qishlog‘i yaqinidagi dashtda qo‘zg‘olonchilar bilan to‘qnashdi. Jangda amir

Qazag‘on bir ko‘ziga o‘q tegib ko‘r bo‘lib qoladi. Kuchlar teng kelib har ikki tomon ortiga qaytib
ketdi. Qishning qattiq kelishi natijasida Qozonxonning juda ko‘p oti nobud bo‘ladi. Vaziyatdan
foydalangan Qazag‘an shiddat bilan yurish qilib, Qozonxonni qo‘lga oladi va uni o‘ldiradi

17

. Qatl

etilgan xon Soli Saroyda dafn etiladi

18

. Amir Qazag‘on o‘z jangchilariga shahar va qishloqlarni

talon-taroj etishni ta’qiqlab qo‘ydi

19

. Shu tariqa, Movarounnahr aholisi mo‘g‘ullar hukmronligidan

ozod bo‘ladi.

12

Natanziy, Muiniddin. Muntaxab ut-tavorixi Muiniy (Muiniyning tarixlari tanlanmasi) / fors tilidan tarj.,

so‘z boshi va izohlar muallifi G‘. Karimiy; mas’ul muharrir A. O‘rinboev. – Toshkent, 2011, 44 bet.

13

Sharaf ad-Din Ali Yazdi. Zafar-name.Kniga pobed amira Temura.Tashkent, 2008,str. 15.

14

Solisaroy – Surxon daryosining yuqori havzasida, Sariosiyo yaqinida joylashgan shaharcha.

Mo‘g‘ullarning Movarounnahrdagi asosiy qarorgohlaridan biri bo‘lgan. Chingizxon 1220-1221 yilning
qishini shu yerda o‘tkazishi natijasida vujudga kelgan. Hozirgi kunda Sariosiyo tumanidagi Saroy qishlog‘i
(Qarang:

Bartold V. V. Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya

//

Soch. T. 1. — M., 1963, str. 495

).

15

Temir Darvozaning mo‘g‘ulcha nomlanishi. Hozirgi Boysun tumanida, Darband va Sho‘rob

qishloqlari oralig‘ida joylashgan (Qarang:

S.Tursunov, I.Umarov va boshqalar. O‘zbekistonda

toponimik nomlar va ularning tarixi, Termiz, 2017, 82-89 betlar

).

16

Dari Zangi – tarixiy manbalarda Darzangi, Diarzanli, Darzanaka, Darzanj, Darzangi, Zarri

Zangi shakllarida tilga olinadi. Ibn Xo‘rdodbeh va Qudam Darzangini Termizdan 12 farsax
masofada joylashganligini qayd etishadi. Uning xarobalari hozirgi Qumqo‘rg‘on tumanidagi
Jaloyir qishlog‘i yonida joylashgan (Qarang:

Ibn Xordadbex. Kniga putey i stran. Moskva, 1986,

str. 66; S.Tursunov, I.Umarov va boshqalar. O‘zbekistonda toponimik nomlar., 89-91 betlar

).

17

Sharafuddin Ali Yazdiy. Zafarnoma. 15-b.; Abulg‘oziy Bahodirxon. Shajarai turk. 95-bet;

Xondemir. Istoriya mongolov, str. 114-115.

18

Natanzi, str. 119.

19

Mirzo Ulug‘bek. To‘rt ulus tarixi. 320-321-betlar.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 5 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

1154

Amir Qazag‘on mo‘g‘ullardan bo‘lmagani bois, an’anaga ko‘ra hokimiyat tepasiga avval

chingiziy O‘qtoyxon naslidan bo‘lgan Donishmandcha o‘g‘lonni (1346-1348) so‘ngra,
chig‘atoyzoda Bayonqulixon ibn Sarhadni (1348-1358) ko‘tardi. Ammo boshqaruv bevosita Amir
Qazag‘onning qo‘lida bo‘lgan

20

. Amir Qazag‘on qishni Solisaroyda, yozni Qoranur

21

yaylovlarida, bahor va kuzni Munkda

22

o‘tkazar edi

23

.

Amir Qazag‘on mo‘g‘ul bosqini tufayli hali o‘zini o‘nglay olmagan Movarounnahrni qayta

tiklashga harakat qildi. O‘z chegaralarini mustahkamlab, Hirot maligi Husaynga zarba berdi.
Qo‘shni mamlakatlar bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi. Shuningdek, Amir Qazag‘on Oltin
O‘rda xoni Jonibek bilan ixtilofda bo‘lsa-da, yurt tinchligi uchun u bilan murosa qilishga majbur
bo‘ldi.

REFERENCES

1.

Ibrohimov N. Ibn Battuta va uning O‘rta Osiyoga sayohati. Toshkent, 1993, 76-77 betlar.

2.

Masson M.E. Gorodi Starogo Termeza i ix izuchenie. Trudы Uzbekistanskogo filiala AN
SSSR. Seriya 1. Istoriya, arxeologiya. Termezskaya arxeologicheskaya kompleksnaya
ekspeditsiya 1936. Tashkent, 1940, str. 10.

3.

Nekrasova Ye. G., Filimonov V. M. Xonako v ansamble Sultan-Saodat. Kraevedenie
Surxandari. — Tashkent, 1989, str. 86-92.

4.

Temir Darvozaning mo‘g‘ulcha nomlanishi. Hozirgi Boysun tumanida, Darband va Sho‘rob
qishloqlari oralig‘ida joylashgan (Qarang:

S.Tursunov, I.Umarov va boshqalar.

O‘zbekistonda toponimik nomlar va ularning tarixi, Termiz, 2017, 82-89 betlar

).

5.

Natanziy, Muiniddin. Muntaxab ut-tavorixi Muiniy (Muiniyning tarixlari tanlanmasi) / fors
tilidan tarj., so‘z boshi va izohlar muallifi G‘. Karimiy; mas’ul muharrir A. O‘rinboev. –
Toshkent, 2011, 44 bet.

6.

Abulg‘oziy. Shajarai turk. Toshkent, 1992, 94-bet.


20

Sharaf ad-Din Ali Yazdi. Zafar-name, str.15; Mirzo Ulug‘bek. 322-bet.

21

Qоранур – Кофирниhон дарёси водийсидаги жой.

22

Мунк - Хутталённинг chегара шаhри.

«Hудуд-ал-олам» асарида qайд этилади. Бошqа

манбаларда

Минк

номи билан аталади. Шаhар Хулбукдан икки кунлик масофада,

мусулмон мамлакатларининг турклар билан chегарадош энг chекка шаhри бo‘лган.
Hозирги Балжувон шаhри

(Qаранг:

Hudud al — alam. §26, с.120, 10; Материалы по

истории киргизов и Киргизии, вып. 1. — Москва, 1973, стр. 27

).

23

Низомиддин Шомий. Зафарнома. 1996, 28-бет; Шараф ад-Дин Али Йазди, стр. 18.

References

Ibrohimov N. Ibn Battuta va uning O‘rta Osiyoga sayohati. Toshkent, 1993, 76-77 betlar.

Masson M.E. Gorodi Starogo Termeza i ix izuchenie. Trudы Uzbekistanskogo filiala AN SSSR. Seriya 1. Istoriya, arxeologiya. Termezskaya arxeologicheskaya kompleksnaya ekspeditsiya 1936. Tashkent, 1940, str. 10.

Nekrasova Ye. G., Filimonov V. M. Xonako v ansamble Sultan-Saodat. Kraevedenie Surxandari. — Tashkent, 1989, str. 86-92.

Temir Darvozaning mo‘g‘ulcha nomlanishi. Hozirgi Boysun tumanida, Darband va Sho‘rob qishloqlari oralig‘ida joylashgan (Qarang: S.Tursunov, I.Umarov va boshqalar. O‘zbekistonda toponimik nomlar va ularning tarixi, Termiz, 2017, 82-89 betlar).

Natanziy, Muiniddin. Muntaxab ut-tavorixi Muiniy (Muiniyning tarixlari tanlanmasi) / fors tilidan tarj., so‘z boshi va izohlar muallifi G‘. Karimiy; mas’ul muharrir A. O‘rinboev. – Toshkent, 2011, 44 bet.

Abulg‘oziy. Shajarai turk. Toshkent, 1992, 94-bet.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов