POLITICS OF UZBEKISTAN IN EDUCATION

HAC
Google Scholar
To share
Xushvaqtov, H., & Xushvaqtova, Z. (2023). POLITICS OF UZBEKISTAN IN EDUCATION. Modern Science and Research, 2(10), 372–380. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/science-research/article/view/24370
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Mazkur maqolada Yangi O’zbekistonning ta’lim sohasidagi siyosatida yuz berayotgan ijobiy o’zgarishlar ochib berilgan. Xorijiy ta’lim muassasalari bilan mustahkam hamkorlik yo’lga qo’shilgani yoritilgan. Ta’lim tizimi standartlariga moslashtirish siyosati yoritilayotgani ko’rsatilgan ta’limdagi holatlarga baho berilgan taklif va xulosalar keltirilgan.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

372

O’ZBEKISTONNING TA’LIMDAGI SIYOSATI

Xushvaqtov Hasan Zohidjon o’g’li

36-sonli maktab o’quvchisi Shahrisabz.

Xushvaqtova Zuhro Zohidjon qizi

Toshkent sh. M. Vosimova nomidagi Yuridik litsey talabasi.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8430830

Annotatsiya.

Mazkur maqolada Yangi O’zbekistonning ta’lim sohasidagi siyosatida yuz

berayotgan ijobiy o’zgarishlar ochib berilgan. Xorijiy ta’lim muassasalari bilan mustahkam
hamkorlik yo’lga qo’shilgani yoritilgan. Ta’lim tizimi standartlariga moslashtirish siyosati
yoritilayotgani ko’rsatilgan ta’limdagi holatlarga baho berilgan taklif va xulosalar keltirilgan.

Kalit so’zlar:

kompaniya, siyosat, dunyo reytingi, etalon, standart, raqobatbardosh, sifat,

inspeksiya, Prezident maktabi, ijod va ixtisoslashtirilgan maktab, agentlik, islohot, ishor,
repetitor, korruptsiya, ideal, eksternat, innovatsiya.

POLITICS OF UZBEKISTAN IN EDUCATION

Abstract.

This article reveals the positive changes in the education policy of the New

Uzbekistan. It is noted that strong cooperation with foreign educational institutions has joined the
path. Suggestions and conclusions are made that are assessed on the circumstances in education,
which are indicated that the policy of adaptation to the standards of the educational system is
being covered.

Keywords:

company, policy, world ranking, benchmark, Standard, competitive, quality,

inspection, presidential school, creativity and specialized school, Agency, reform, gesture, tutor,
corruption, ideal, externate, innovation.

ПОЛИТИКА УЗБЕКИСТАНА В ОБРАЗОВАНИИ

Аннотация.

В данной статье раскрыты позитивные изменения, происходящие в

политике нового Узбекистана в сфере образования. Было отмечено, что к дороге
добавилось прочное сотрудничество с зарубежными учебными заведениями.
Представлены предложения и выводы, в которых дается оценка ситуаций в образовании,
в которых указана политика адаптации к стандартам системы образования.

Ключевые слова:

компания, политика, мировой рейтинг, эталон, стандарт,

конкурентоспособность, качество, инспекция, Президентская школа, креативная и
специализированная школа, агентство, реформа, подсказка, репетитор, коррупция, идеал,
экстернат, инновации.

Dunyo yoshlarining eng buyuk orzuralidan biri ta’lim tizimida reytingi eng yuqori Garvard,

Oksford, Massachusets, Chikago, Yel, Prinston, Stenfor, Kaliforniya, Kembridj kabi dargohlarda
bilim olish. Shu sababdan dunyo reytingida peshqadamlikni qo’ldan bermay kelayotgan ta’lim
muassasalarining o’qitish tizimiga ko’pchilik davlatlar etalon (namuna) sifatida qaraydi. Millat
kelajagini o’ylagan har bir davlat bunday ilg’or o’qitish tizimini o’zlarining ta’lim sohasida tezroq
joriy etishga intiladi. Buning uchun iqtidorli yoshlarga dunyoning eng nufuzli ta’lim
muassasalariga o’qish imkonini yaratadi. Xorijiy ta’lim muassasalari bilan mustahkam
hamkorlikni yo’lga qo’yadi.

Bu borada O’zbekistonda ham talaygina ishlar amalga oshirildi: CIS (Cambridge

International School), EURO ASIA school in Tashkent, WLUT (Academic Lyceum of


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

373

Westminster International University in Tashkent), INHA (International Hause), MIT
(Massachusetts Institute of Technology), Turin (Academic lyceum under Polytecnical University)
kabi ko’pgina maktab va litseyjlar hamda Vestminster, Vebster, Sharda, Amiti, Adju, Singapur,
Inha, Gubkin, Lomonosov, Plehanov kabi oliy ta’lim muassasalarining filiallari O’zbekistonda
o’z faoliyatini olib bormoqda. Bundan tashqari o’n minglab iqtidorli talabalarimiz nufuzli xorijiy
ta’lim muassasalarida taxsil olib, dunyoning eng yirik kompaniyalarida va yuqori lavozimlarda
ishlayotganini faxr bilan tilga olishimiz mumkin.

1.

Bugungi kunda O’zbekistonning ta’limdagi siyosati dunyo reytingidan munosib o’rin

egallay oladigan ta’lim muassasalarini shakllantirishga qaratilayotgani sir emas. Buning uchun
barcha huquqiy asoslar yaratilmoqda. Jumladan, “Ta’lim to’g’risida” gi qonunning yangi tahririda
bu o’z ifodasini topgan. [1]

O’zbekistonda ta’lim sohasi “Ta’lim to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi qonuni bilan

tartibga solinadi. Ushbu qonun xalqaro ta’lim standartlari talablariga javob bera oladigan,
rivojlangan davlatlar ta’limiga raqobatbardosh ta’lim tizimi, turlari va shakllarini yaratishni
nazarda tutadi. Shuningdek, “Ta’lim to’g’risida” gi mazkur qonun O’zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini
nazorat qilish davlat inspeksiyasining, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ta’lim sohasidagi
vakolatlarini belgilab berish bilan ta’lim tizimida yangi siyosiy qarashni yuzaga chiqardi. Bu
O’zbekistonda tashkil etilgan, rivojlangan davlatlar ta’lim standartlariga asoslangan 14 ta
Prezident maktablari [2] ochilishida o’z ifodasini topdi. Bundan tashqari, “Ijod va
ixtisoslashtirilgan maktablarni ochish to’g’risida” [3]. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.
Mirziyoyev tomonidan imzolangan qaror O’zbekiston ta’lim tizimini dunyo reytingida
yuqorilashiga qo’yilayotgan yana bir qadam bo’ldi desam mubolag’a bo’lmaydi. Bugungi kunda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 14 apreldagi farmoniga asosan 2022 yilda 168
ta, 2023 yilda 13 ta ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi [4]

Yuqoridagilarga asoslanib, bugun O’zbekiston ta’lim tizimida chuqur siyosiy islohotlar

ketayotganligini e’tirof qila olamiz. Shunga ko’ra biz yoshlar ta’limdagi qarashlarimizni “bizga
baho muhim emas, bilim muhim”, “bizga diplom muhim emas, natija muhim”, “qilishga ruhsati
bormi? - degan talab emas, qila oladimi? – deyish muhim” ekanligiga qarab o’zgartirishimiz kerak.
Afsuski, ta’lim tizimimizda xanuzgacha ba’zi eskicha qarashlar, saqlanib qolganligi bois unchalik
muhim ahamiyat kasb etmaydigan davomatni, kiyim-boshni, daftar-kitobni va boshqalarni
tekshirish kabi o’rnatilgan tartiblarga o’ralib qolmoqdamiz. Asosiy maqsad sifatida “bilim olish
va natija berish” degan g’oyani shiorga aylantirishimiz kerak deb o’ylayman. Ko’pchilik hollarda
maqsadsiz harakat qilib, qimmatli vaqtimizni yo’qotamiz. Keraksiz talablar qo’yib noto’g’ri tanlov
qilamiz. E’tibor qilishimiz kerak bo’lgan muhim jihatlar bor. Masalan, oliy ma’lumotli axborot
texnologiyalari mutaxassisidan, qisqa muddatli kursni tamomlagan yoki shu soha bo’yicha amaliy
tajribaga ega bo’lgan xodim ko’proq bilimga ega bo’lishi mumkin. Fan nomzodi yoki professordan
ko’ra oddiy o’qituvchi fandan yaxshi bilim berishi mumkin. Oliy toifali o’qituvchidan ko’ra oliy
toifaga ega bo’lmagan ripetitor yaxshi dars o’ta olishi mumkin. Shu o’rinda ta’kidlash joizki,
bugun xususiy ta’lim markazlarida dars berayotgan, oliy ma’lumotga ega bo’lmagan ripetitorlar
davlatning “Umumiy o’rta va o’rta maxsus” ta’lim o’quv yurtlarida dars berayotgan ayrim oliy
toifali o’qituvchilarni dog’da qoldirishmoqda.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

374

Biz ko’pgina hollarda ta’limdagi oqsoqlikni davomatga va o’qituvchilarning ma’lumotlilik

hujjatlariga ya’ni diplom, toifa sertifikati, fan nomzodi yoki doktori kabilarni tasdiqlovchi
ma’lumotlariga qarab baholaymiz. Ammo, o’quvchilarni maktabga yoki auditoriyaga qamab
o’tirish, o’qituvchini diplomiga qarab baho berish o’zini oqlayotgani yo’q. Aksincha, tekin
o’qitilayotgan “Umumiy o’rta va o’rta maxsus” ta’lim yoki “Professional ta’lim” dan pulga
o’qitayotgan “Xususiy ta’lim” markazlari tomon qochish yuz bermoqda.

Shunga aminmizki, har yili oliy ta’lim muassasalariga grantga o’qishga kirayotgan

talabalarning deyarli barchasi, to’lov kontrakt asosidagilarning ham ko’pchilik foizi xususiy ta’lim
yoki xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan dargohlarda tahsil olgan. Shu o’rinda ta’kidlash
joizki, o’quvchilarni davlat ta’lim dargohlari ham tayyorlashga tayyor bo’lmagan, rivojlangan
xorijiy davlatlar tan oladigan xalqaro International Advanced Levels dasturining A va B
darajadagi, A-LEVEL sertifikat, IELTS (International English Language Testing System) va SAT
(Scholastic Assessment Test) imtihonlariga xususiy ta’lim markazlari va ripetitorlari
tayyorlashmoqda. Shuni xisobga olib, xususiy ta’lim markazlarini yetarlicha qo’llab-quvvatlash,
rag’batlantirish va ularda tahsil olayotgan o’quvchilarga imkoniyat yaratish mehanizmlarini
yanada takomillashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi. Xususiy ta’limda o’quvchilar ustozning
ma’lumoti va toifa darajasiga emas, balki u o’qitgan talabalarning OTM ga o’qishga kirish
natijalariga qarashadi.

Xorijiy ta’lim standartlariga asoslangan maktablar o’quvchilarning tanlagan

mutaxasisligiga qarab ta’limga urg’u berishadi. O’qituvchilarning diplom, toifa, dotsent,
professor, akademik kabi darajalariga qarab ishga qabul qilish va shunga qarab ish haqi to’lanishi
ularning korruptsion yo’llar bilan bo’lsada ushbu xujjatlarni olishga intilishini kuchaytiradi.
Ta’lim sifatini oshirish uchun, menimcha ba’zi qat’iy ideal talablarimizdan voz kechish va
jahondagi ilg’or ta’lim standartlari bilan yuzlashish vaqti keldi. Ko’pgina rivojlangan davlatlarda
o’quvchining yoshiga yoki maktabni bitirganlik to’g’risidagi xujjat (attestat) ga e’tibor
qaratilmaydi. Aksincha, uning bilim darajasi, erishgan natijalari, dunyoqarashi kabilarga e’tibor
qaratiladi.

“Ta’lim to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi Qonunida ta’lim olishning masofaviy

ta’lim, oilada ta’lim olish va mustaqil ta’lim olish, ekstermat tartibidagi ta’lim kabi shakllari
alohida moddalar bilan belgilangan bo’lsada, amalda ularning ishlash mehanizmlariga deyarli
e’tibor qaratilmayapti va majburiy auditoriya davomati prinsipiga urg’u berilmoqda deb
o’ylayman. Bu talant egalarini vaqtdan unumli foydalanishiga g’ov bo’lib, ular erishishi mumkin
bo’lgan muvaffaqiyatlar, kashfiyotlarni yillab ortga surilib ketishiga olib keladi.

Eksternat tartibdagi ta’limning shartlari va talablarini to’liq ochiqlantirish, o’quvchilarga

o’rgatish, har bir ta’lim muassasasida sinflar kesimida ularni bilim darajasini aniqlash bo’yicha
alohida tanlov yoki imtihonlar joriy etish, ularni tartiblarini ishlab chiqish, ommalashtirish,
musobaqa ko’rinishiga keltirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Ta’lim tizimida va qonunchiligida yosh, bitiruv attestati, diplom, unvon kabi bir qator inson

solohiyatiga ayni zamon va makon nuqtai nazaridan aniq baho bera olmaydigan to’siqlardan
qutilish va salohiyatni aniqlashda jahonning rivojlangan mamlakatlari ta’lim sohasida
qo’llaniladigan usullarni joriy qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.

Bugungi ta’lim tizimi o’ta tez su’ratlar bilan o’sib, o’zgarib, yangilanib bormoqda.

Ta’limga qo’yilayotgan talab standartlari kunsayin o’smoqda. O’quv rejalari va o’quv dasturlari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

375

yil oralab yangilanmoqda. O’quv adabiyotlari va darsliklarining yangi avlodlari paydo bo’ldi.
O’qitishning zamonaviy yangi pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya va innavatsion
texnologiyalariga asoslangan tizimi shakllandi. Bu esa o’tgan zamonda baholangan, insonning
ayni damdagi salohiyatiga aniq baho bera olmaydigan rasmiy xujjatlarga ishonib qolmaslikni talab
qiladi. Ayni damda oldimizda jahon ta’lim standartlari tan oladigan bilim va natijaga erishish
uchun kurash mas’uliyati turibdi. Bugun Yangi O’zbekistonning ta’limdagi siyosati ilg’or
demokratik xorijiy mamlakatlar ta’lim standartlari talablarini zabt etsihga yo’naltirilmoqda desak
mubolag’a bo’lmaydi. Zero, O’zbekiston butun dunyo tan olgan OTM Universitet reytinglarini
nashr etadigan uchta taniqli tashkilot:

−Quacquarelli Symonds (QS) − Jahon universitetlari reytingi;
−Academic Ranking of World Universities (ARWU) − Dunyo universitetlarining

akademik reytingi;

−Times Higher Education (THE) − Jahon universitetlari reytinglari [5] amaliyotidan

foydalanmoqda.

1.

O‘zbekistonda diplomlari maxsus sinovlarsiz tan olinadigan xorijiy oliygohlar ro‘yxati

e’lon qilindi. Ushbu OTMlar QS World University Rankings, Times Nigher Education, Academic
Ranking of World Universities tashkilotlari reytinglarida birinchi 1000 talikka kirgan [6] tizimni
amalyitga qo’llatmoqda.

2.

Bundan O‘zbekiston ta’lim sohasidagi standartlashni dunyo reytingini belgilovchi

baholash me’yorlari talablariga moslashtirish uchun tizimda tinimsiz islohatlar o’tkazayotgani
ko’rinib turibdi. Hozirgi kunda O‘zbekistonda 11ta shaharda [7] IELTS sertifikatini olish uchun
qulay imtihon o’tkaziladi.

Bugungi kunga kelib SAT (Scholastic Assessment) test imtihoni yoshlar orasida ancha

mashhur bo'lishga ulgurdi. AQSH, Kanada yoki Avstraliya kabi davlatlarning ko'plab
universitetlarida bakalavr bosqichida o'qish uchun qabul talablaridan biri.

Hozirda O’zbekistonda SAT imtihoni olinadigan 2 ta test maqkazi faoliyat olib boradi.

Bular Toshkent Xalqaro Maktabi (TIS) va O’zbekiston davlat Jahon tillari universiteti qoshidagi
litsey hisoblanadi. [8] Bundan tashqari bunday imtihonlar Prezident maktablari ham
o’tkazilmoqda.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan bosqichma-bosqich

umumta’lim fanlari bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etildi [9]. Bu ham
bugungi kunda O’zbekistonning ta’limdagi siyosati ilg’or demokratik xorijiy mamlakatlarning
ta’lim standartlari talablariga moslashiyotganidan dalolat beradi.

Yuqoridagilarga asoslanib quyidagi xulosalarga kelish mumkun.

1.

O’zbekistonning ta’limdagi siyosatini yanada jadallashtirish davr talabiga aylanmoqda. Bu

ta’lim sohasiga yanada ko’proq e’tibor qaratish kerakligini ko’rsatadi;

2.

Ta’lim tizimidagi eskicha o’qitish tizimiga asoslangan, o’tgan zamonda baholangan

xujjatlarga asoslanishdan voz kechish, xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarga asoslanish
amaliyotiga tezroq o’tish maqsadga muvofiq;

3.

Ta’lim tizimida ilg’or pedagogik hamda axborot-kommunikatsiya va innovatsiya

texnologiyalariga asoslangan xalqaro ta’lim standartlari talablariga javob bera oladigan
dasturlarga asoslanish kerak;


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

376

4.

O’zbekistonlik iqtidorli yoshlarni reytingi baland xorijiy ta’lim muassasalariga o’qitish

mehanizmini yanada takomillashtirish kerak;

5.

O’zbekistonlik yoshlarni xalqaro darajadagi sertifikatlar olishiga tayyorlaydigan o’quv

dargohlarini ko’paytirish va ularni qullab-quvvatlash kerak;

6.

Xalqaro darajadagi sertifikatga imtihon topshirishning qulay tizimini yaratish lozim;

7.

Xalqaro darajadagi sertifikat olgan yoshlarni va ularni ustozlarini rag’batlantirish, reklama

qilish maqsadga muvofiq bo’ladi; [1]

8.

Xalqaro darajadagi sertifikat olishga tayyorlanayotgan o’quvchilarga sharoit yaratib,

ko’mak berish kerak;

9.

O’zbekistonda xalqaro ta’lim dasturlari asosida o’qitayotgan xususiy va xorijiy ta’lim

muassasalarini yanada ko’paytirib, ularni har tomonlama qo’llab-quvvatlash kerak;

10.

Ta’lim tizimida iqtodorli o’quvchilarni aniqlash va ularga erkin ta’lim olish shaklini

tanlash huquqini yaratish hamda ularni eksternat tartibdagi ta’limga o’tkazish tartibini
ommalashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.

REFERENCES

1.

Kazakov R. T. THE MAIN PHYSICAL QUALITIES OF ATHLETES //Modern

Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 719-725.

2.

Kazakov R. THE METHOD OF IMPROVING PHYSICAL AND SPECIAL

PHYSICAL FITNESS INDICATORS OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Журнал
иностранных языков и лингвистики. – 2023. – Т. 6. – №. 2.

3.

Казоқов Р.Т.,Абдиев Б.С.,Джўрабаев А.М., Бўриев Б.Ў.Спортчилар тайёрлаш

тизимини бошқарув асослари турлари.//''OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI
TASHKIL

ETISH:

MUAMMOLAR,

TENDENSIYALAR

VA

ISTIQBOLLAR''ЎзДЖТСУ, 1, 530-538

4.

Kazoqov R., Joʼraqoʼziev O., Eshpoʼlatov S. ҚИСҚА МАСОФАГА ЮГУРУВЧИ

СПОРТЧИЛАРНИНГ МАШҒУЛОТ ДАВРЛАРИНИ ТУЗИЛИШИ //Modern
Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 5-11.

5.

Qutlimurodov I. X., Kazoqov R. T., Bo'ronov A. B. FUTBOLDA INNOVATSION

TEXNOLOGIYALARNI

QO'LLASH

//Академические

исследования

в

современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 11. – С. 111-117.

6.

Buriyev B. U., Qodirov R. R., Kazoqov R. T. Jismoniy tarbiya va sportda axborot

kommunikatsiya texnologiyasining tuzilishi va tamoyillari //Ta’limda zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanishning innovatsion usullari. – 2021. – Т. 5. – №.
5. – С. 555-559.

7.

Р.Т Казоқов.,Талабаларга ахборот хавфсизлигини таъминлаш компонентлигини

ривожлантиришнинг ҳуқуқий асослари.,Ўзбекистон давлат саънат ва маданият
институти хабарлари 4 (12), 61-68

8.

Казоқов Р.Т.,Кейс стади технологияларидан фойдаланиб талабаларнинг

масофавий

таълим

технологиялари

асосида

педагогик

маҳоратини

шакллантириш.,Замонавий футболни ривожлантириш тенденциялари:муаммо ва
ечимлари 11 (1 …


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

377

9.

Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. Интернет тармоқларида талаба

ёшларнинг мустақил таълим олишдаги билим ва кўникмаларининг
такомиллаштириш //SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI: MUAMMOLAR,
TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR. – 2019. – Т. 1. – №. 5

10.

Казоқов Р. Т. Талабаларга ахборот хавфсизлигини таъминлаш компонентлигини

ривожлантиришнинг ҳуқуқий асослари //Ўзбекистон давлат саънат ва маданият
институти хабарлари. – 2019. – Т. 4. – №. 12. – С. 61-68.

11.

Р.Т Казоқов, Ш.Қ Бекназаров, Ибодов, А. И.Футболчиларнинг антропометрик

ўлчамлари ва тезлик сифатлари орасидаги корреляциясини ўрганишда акт дан
фойдаланиш.,Т
иббиёт ва спорт 1 (10), 27-30.

12.

Казоқов, Р. Т., & Джўрабаев, А. М. Юлдашева К.А ЎЗБЕКИСТОНДА

ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯНИНГ РИВОЖЛАНИШИ.

SPORT MENEJMENTI VA

MARKETINGI: MUAMMOLAR, TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR

, 1-237.

13.

Джўрабаев А. М., Казоқов Р. Т. Биомеханик таҳлиллар асосида енгил

атлетикачиларнинг функционал тайѐргарлигидаги корреляция алоқаларининг
таҳлили //Yoshlarni qo ‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” ga
bag ‘ishlangan. – 2021. – Т. 4. – №. 4. – С. 198-208.

14.

Kazoqov R. T., Djurabaev A. M. Kredit modul tizimi nima //Ta’limni raqamlashtirish

sharoitida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. – 2021. – Т. 4. –
№. 4. – С. 198-206.

15.

Казоқов Р. Т., Джўрабаев А. М. Юлдашева КА ЎЗБЕКИСТОНДА ЖИСМОНИЙ

ТАРБИЯНИНГ РИВОЖЛАНИШИ //SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI:
MUAMMOLAR, TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR. – С. 1,237-240.

16.

Казоқов Р. Т. и др. МАМЛАКАТИМИЗ ЯНАДА ЮКСАЛИШИДА БОЛАЛАР

СПОРТИНИНГ ЎРНИ //Академические исследования в современной науке. –
2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 5-11.

17.

Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ

ТЕХНОЛОГИЯСИ

АСОСИДА

ПЕДАГОГИК

МАҲОРАТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ

ЮЗАСИДАН

ТАЖРИБА-СИНОВ

ИШЛАРИНИНГ

НАТИЖАЛАРИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т.
2. – №. 6. – С. 111-115.

18.

Казоқов Р. Т. Кейс стади технологияларидан фойдаланиб талабаларнинг

масофавий таълим технологиялари асосида педагогик маҳоратини шакллантириш
//Замонавий футболни ривожлантириш тенденциялари: муаммо ва ечимлари. – Т.
11. – №. 1.

19.

Казоқов, Р. Т., Джўрабаев, А. М., Бўриев, Б. Ў., & Ахматов, Ж. О. (2023).

ПЕДАГОГИКА

ОЛИЙ

ТАЪЛИМДА

КЕЙС-СТАДИ

ТАЪЛИМ

ТЕХНОЛОГИЯСИ

АСОСИДА

ПЕДАГОГИК

МАҲОРАТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ

ЮЗАСИДАН

ТАЖРИБА-СИНОВ

ИШЛАРИНИНГ

НАТИЖАЛАРИ.

Академические исследования в современной науке

,

2

(6), 111-

20.

Казоқов Р. Т., Мирзабдиллаева А. И., Мирзабдиллаева Х. И. МАКТАБГАЧА

ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ТАРБИЯВИЙ ТАДБИРЛАРДА МИЛЛИЙ-


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

378

МАЪНАВИЙ

ҚАДРИЯТЛАРДАН

ФОЙДАЛАНИШ

//Академические

исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 8. – С. 29-34.

21.

Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ

ТЕХНОЛОГИЯСИ

АСОСИДА

ПЕДАГОГИК

МАҲОРАТИНИ

ШАКЛЛАНТИРИШ

ЮЗАСИДАН

ТАЖРИБА-СИНОВ

ИШЛАРИНИНГ

НАТИЖАЛАРИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т.
2. – №. 6. – С. 111-115.

22.

Kazoqov R. T., Djurabaev A. M. Kredit modul tizimi nima //Ta’limni raqamlashtirish

sharoitida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. – 2021. – Т. 4. –
№. 4. – С. 198-206.

23.

Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШДАГИ БИЛИМ ВА КЎНИКМАЛАРИНИНГ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА

ИНТЕРНЕТ

РЕСУРСЛАРИДАН

ФОЙДАЛАНИШНИНГ АХАМИЯТИ //Академические исследования в
современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.

24.

Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ

МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШДАГИ БИЛИМ ВА КЎНИКМАЛАРИНИНГ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА

ИНТЕРНЕТ

РЕСУРСЛАРИДАН

ФОЙДАЛАНИШНИНГ АХАМИЯТИ //Академические исследования в
современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.

25.

Давурбаева М.Ж.,Казоқов Р.Т., Мадаминов М.П.Ёшларнинг мустақил таълим

олишдаги билим ва кўникмаларининг такомиллаштиришда интернет
ресурсларидан фойдаланишнинг ахамияти//АCADEMIC RESEARCH IN
MODERN SCIENCE. - 2023/2/14. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.

26.

Казоқов Р. Т., Жўрақўзиев О. О., Эшпўлатов С. С. СПОРТ МУАССАСАЛАРИДА

ТАРБИЯВИЙ ТАДБИРЛАРДА МИЛЛИЙ-МАЪНАВИЙ ҚАДРИЯТЛАРДАН
ФОЙДАЛАНИШ //Академические исследования в современной науке. – 2023. –
Т. 2. – №. 13. – С. 238-248.

27.

Казоқов Р.Т., Бўриев Б.Ў., Абдиев Б.Ш., Джўрабаев А.М., Туропов А.Р.КУРАШ

МИЛЛИЙ

СПОРТ

ТУРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ

АСОСИЙ

ЙЎНАЛИШЛАРИ // МИЛЛИЙ КУРАШ ТУРЛАРИ ВА УЛАРНИНГ НАЗАРИЙ-
АМАЛИЙ МУАММОЛАРИ. - 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 161-163.

28.

Джўрабаев А. М., Казоқов Р. Т. Биомеханик таҳлиллар асосида енгил

атлетикачиларнинг функционал тайѐргарлигидаги корреляция алоқаларининг
таҳлили //Yoshlarni qo ‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” ga
bag ‘ishlangan. – 2021. – Т. 4. – №. 4. – С. 198-208.

29.

Казоқов Р. Т., Расулов А. Ғ., Бўронов А. Б. СПОРТ МАКТАБЛАРИ ЎКУВ-

МАШҒУЛОТ

ГУРУҲЛАРИДА

ЁШ

ФУТБОЛЧИЛАРНИ

ТАНЛОВ

УСЛУБИЯТЛАРИНИ АСОСЛАШ //Академические исследования в современной
науке. – 2023. – Т. 2. – №. 15. – С. 38-46.

30.

Kazoqov R. T., Bo'ronov A. B. SPORTDAGI DOLZARB YANGILIKLAR

//Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 15. – С.
47-56.


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

379

31.

Kazoqov R. T., Pirnazarov S. A., Shamsiddinov S. X. STUDENTS LEARN TO

ORGANIZE PROFESSIONAL PHYSICAL TRAINING

AND CONTROL

PHYSICAL DEVELOPMENT //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6.
– С. 1195-1202.

32.

Eshpo'latov S. S. METHODS AND PRINCIPLES OF IMPROVING TECHNICAL

AND TACTICAL SKILLS AND PHYSICAL TRAINING OF YOUNG
VOLLEYBALL PLAYERS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. –
С. 1296-1302.

33.

Kazoqov R. T., Eshpo'latov S. S. YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS ARE THE

PROCESSES OF ORGANIZING TRAINING SESSIONS //Modern Science and
Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 1303-1310.

34.

Ismoiljonovich, Bobomurodov Feruz, Parmonov Rustam Mizamovich, and Rasulov

Qushimboy Xo’janiyozov Boboxon Ixtiyоrovich. "In Wrestling Speciality, In
Developing Technical Actions Of Wrestlers Is To Consider Morphological
Peculiarities."

Journal of Pharmaceutical Negative Results

(2022): 4065-4070.

35.

Pirmatov O. Z., Kazakov R. T. ROLE AND PLACE OF SPORTS AND ACTIVE

GAMES IN THE GENERAL STRUCTURE OF EDUCATIONAL AND
PRODUCTION PRACTICE //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. –
С. 125-131.

36.

Yusupova N. R. SOCIO-GENDER ASPECTS OF MODERN WOMEN'S SPORTS

//Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 118-124.

37.

Kazakov R. T., Rasulov Q. Q. TRAINING IN INTERNATIONAL WRESTLING

TECHNIQUES AND TACTICS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №.
9. – С. 180-186.

38.

Туробов Ҳ. Национальная система массового вовлечения всех слоев населения в

спортивно-оздоровительную деятельность //Academic research in educational
sciences. – 2021. – Т. 2. – №. Special Issue 1. – С. 254-261.

39.

Turobov X. X., Soliyev S. S. Zamonaviy O'zbekistonda ommaviy sportni

rivojlantirishning tashkiliy asoslari //Uzluksiz ta'lim. – 2022. – С. 33-39.

40.

Turobov X. X., Siddiqova F. ВОЛЕЙБОЛЧИЛАРДА САКРОВЧАНЛИК

СИФАТИНИ

МАХСУС

ҲАРАКАТЛИ

ЎЙИНЛАР

ЁРДАМИДА

ШАКЛЛАНТИРИШ //Journal of new century innovations. – 2022. – Т. 11. – №. 4. –
С. 17-21.

41.

Ғаффоров Н. Н. Ў. Бўлғуси психологлар касбий коммуникатив компетентлигини

ривожлантириш муаммосининг ўрганилганлиги //Science and Education. – 2020. –
Т. 1. – №. Special Issue 4. – С. 22-31.

42.

Коккозова Ж. Ж., Ғаффоров Н. Н. Ў. КАДРЛАР ТАЙЁРЛАШ МИЛЛИЙ

МОДЕЛИДА ФАН ВА ФАНЛАРАРО АЛОҚАНИНГ ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ
//Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т.
1. – №. 3. – С. 161-167.

43.

Ta’lim to’g’risida O’RQ-637-son. Toshkent shahar, 2020 yil 23 oktabr.

44.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Prezident_maktablari


background image

ISSN:

2181-3906

2023

International scientific journal

«MODERN SCIENCE АND RESEARCH»

VOLUME 2 / ISSUE 10 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ

380

45.

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni ochish to’g’risida PQ-5188-son. Toshkent

shahar, 2021 yil 19-iyul.

46.

https://parliament.gov.uz/articles/1624

47.

https://applyorg.com/blog/detail/6/

48.

https://www.gazeta.uz/oz/2022/02/14/top1000/

49.

https://www.britishcouncil.uz/exam/ielts/test-dates-fees-location

50.

https://grantlar.uz/blog/sat-imtihoni-nima-qayerda-qachon-qanday/

51.

https://oliygoh.uz/post/milliy-test-tizimi-haqida




References

Kazakov R. T. THE MAIN PHYSICAL QUALITIES OF ATHLETES //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 719-725.

Kazakov R. THE METHOD OF IMPROVING PHYSICAL AND SPECIAL PHYSICAL FITNESS INDICATORS OF SHORT-DISTANCE RUNNERS //Журнал иностранных языков и лингвистики. – 2023. – Т. 6. – №. 2.

Казоқов Р.Т.,Абдиев Б.С.,Джўрабаев А.М., Бўриев Б.Ў.Спортчилар тайёрлаш тизимини бошқарув асослари турлари.//''OMMAVIY SPORT TADBIRLARINI TASHKIL ETISH: MUAMMOLAR, TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR''ЎзДЖТСУ, 1, 530-538

Kazoqov R., Joʼraqoʼziev O., Eshpoʼlatov S. ҚИСҚА МАСОФАГА ЮГУРУВЧИ СПОРТЧИЛАРНИНГ МАШҒУЛОТ ДАВРЛАРИНИ ТУЗИЛИШИ //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 4. – С. 5-11.

Qutlimurodov I. X., Kazoqov R. T., Bo'ronov A. B. FUTBOLDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 11. – С. 111-117.

Buriyev B. U., Qodirov R. R., Kazoqov R. T. Jismoniy tarbiya va sportda axborot kommunikatsiya texnologiyasining tuzilishi va tamoyillari //Ta’limda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishning innovatsion usullari. – 2021. – Т. 5. – №. 5. – С. 555-559.

Р.Т Казоқов.,Талабаларга ахборот хавфсизлигини таъминлаш компонентлигини ривожлантиришнинг ҳуқуқий асослари.,Ўзбекистон давлат саънат ва маданият институти хабарлари 4 (12), 61-68

Казоқов Р.Т.,Кейс стади технологияларидан фойдаланиб талабаларнинг масофавий таълим технологиялари асосида педагогик маҳоратини шакллантириш.,Замонавий футболни ривожлантириш тенденциялари:муаммо ва ечимлари 11 (1 …

Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. Интернет тармоқларида талаба ёшларнинг мустақил таълим олишдаги билим ва кўникмаларининг такомиллаштириш //SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI: MUAMMOLAR, TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR. – 2019. – Т. 1. – №. 5

Казоқов Р. Т. Талабаларга ахборот хавфсизлигини таъминлаш компонентлигини ривожлантиришнинг ҳуқуқий асослари //Ўзбекистон давлат саънат ва маданият институти хабарлари. – 2019. – Т. 4. – №. 12. – С. 61-68.

Р.Т Казоқов, Ш.Қ Бекназаров, Ибодов, А. И.Футболчиларнинг антропометрик ўлчамлари ва тезлик сифатлари орасидаги корреляциясини ўрганишда акт дан фойдаланиш.,Тиббиёт ва спорт 1 (10), 27-30.

Казоқов, Р. Т., & Джўрабаев, А. М. Юлдашева К.А ЎЗБЕКИСТОНДА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯНИНГ РИВОЖЛАНИШИ. SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI: MUAMMOLAR, TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR, 1-237.

Джўрабаев А. М., Казоқов Р. Т. Биомеханик таҳлиллар асосида енгил атлетикачиларнинг функционал тайѐргарлигидаги корреляция алоқаларининг таҳлили //Yoshlarni qo ‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” ga bag ‘ishlangan. – 2021. – Т. 4. – №. 4. – С. 198-208.

Kazoqov R. T., Djurabaev A. M. Kredit modul tizimi nima //Ta’limni raqamlashtirish sharoitida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. – 2021. – Т. 4. – №. 4. – С. 198-206.

Казоқов Р. Т., Джўрабаев А. М. Юлдашева КА ЎЗБЕКИСТОНДА ЖИСМОНИЙ ТАРБИЯНИНГ РИВОЖЛАНИШИ //SPORT MENEJMENTI VA MARKETINGI: MUAMMOLAR, TENDENSIYALAR VA ISTIQBOLLAR. – С. 1,237-240.

Казоқов Р. Т. и др. МАМЛАКАТИМИЗ ЯНАДА ЮКСАЛИШИДА БОЛАЛАР СПОРТИНИНГ ЎРНИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 5-11.

Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ЮЗАСИДАН ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИНИНГ НАТИЖАЛАРИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 111-115.

Казоқов Р. Т. Кейс стади технологияларидан фойдаланиб талабаларнинг масофавий таълим технологиялари асосида педагогик маҳоратини шакллантириш //Замонавий футболни ривожлантириш тенденциялари: муаммо ва ечимлари. – Т. 11. – №. 1.

Казоқов, Р. Т., Джўрабаев, А. М., Бўриев, Б. Ў., & Ахматов, Ж. О. (2023). ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ЮЗАСИДАН ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИНИНГ НАТИЖАЛАРИ. Академические исследования в современной науке, 2(6), 111-

Казоқов Р. Т., Мирзабдиллаева А. И., Мирзабдиллаева Х. И. МАКТАБГАЧА ТАЪЛИМ МУАССАСАЛАРИДА ТАРБИЯВИЙ ТАДБИРЛАРДА МИЛЛИЙ-МАЪНАВИЙ ҚАДРИЯТЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 8. – С. 29-34.

Казоқов Р. Т. и др. ПЕДАГОГИКА ОЛИЙ ТАЪЛИМДА КЕЙС-СТАДИ ТАЪЛИМ ТЕХНОЛОГИЯСИ АСОСИДА ПЕДАГОГИК МАҲОРАТИНИ ШАКЛЛАНТИРИШ ЮЗАСИДАН ТАЖРИБА-СИНОВ ИШЛАРИНИНГ НАТИЖАЛАРИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 111-115.

Kazoqov R. T., Djurabaev A. M. Kredit modul tizimi nima //Ta’limni raqamlashtirish sharoitida pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish. – 2021. – Т. 4. – №. 4. – С. 198-206.

Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШДАГИ БИЛИМ ВА КЎНИКМАЛАРИНИНГ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИНТЕРНЕТ РЕСУРСЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ АХАМИЯТИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.

Давурбаева М. Ж., Казоқов Р. Т., Мадаминов М. П. ТАЛАБА ЁШЛАРНИНГ МУСТАҚИЛ ТАЪЛИМ ОЛИШДАГИ БИЛИМ ВА КЎНИКМАЛАРИНИНГ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИНТЕРНЕТ РЕСУРСЛАРИДАН ФОЙДАЛАНИШНИНГ АХАМИЯТИ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.

Давурбаева М.Ж.,Казоқов Р.Т., Мадаминов М.П.Ёшларнинг мустақил таълим олишдаги билим ва кўникмаларининг такомиллаштиришда интернет ресурсларидан фойдаланишнинг ахамияти//АCADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE. - 2023/2/14. – Т. 2. – №. 5. – С. 26-31.

Казоқов Р. Т., Жўрақўзиев О. О., Эшпўлатов С. С. СПОРТ МУАССАСАЛАРИДА ТАРБИЯВИЙ ТАДБИРЛАРДА МИЛЛИЙ-МАЪНАВИЙ ҚАДРИЯТЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 13. – С. 238-248.

Казоқов Р.Т., Бўриев Б.Ў., Абдиев Б.Ш., Джўрабаев А.М., Туропов А.Р.КУРАШ МИЛЛИЙ СПОРТ ТУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙЎНАЛИШЛАРИ // МИЛЛИЙ КУРАШ ТУРЛАРИ ВА УЛАРНИНГ НАЗАРИЙ-АМАЛИЙ МУАММОЛАРИ. - 2023. – Т. 1. – №. 2. – С. 161-163.

Джўрабаев А. М., Казоқов Р. Т. Биомеханик таҳлиллар асосида енгил атлетикачиларнинг функционал тайѐргарлигидаги корреляция алоқаларининг таҳлили //Yoshlarni qo ‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” ga bag ‘ishlangan. – 2021. – Т. 4. – №. 4. – С. 198-208.

Казоқов Р. Т., Расулов А. Ғ., Бўронов А. Б. СПОРТ МАКТАБЛАРИ ЎКУВ-МАШҒУЛОТ ГУРУҲЛАРИДА ЁШ ФУТБОЛЧИЛАРНИ ТАНЛОВ УСЛУБИЯТЛАРИНИ АСОСЛАШ //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 15. – С. 38-46.

Kazoqov R. T., Bo'ronov A. B. SPORTDAGI DOLZARB YANGILIKLAR //Академические исследования в современной науке. – 2023. – Т. 2. – №. 15. – С. 47-56.

Kazoqov R. T., Pirnazarov S. A., Shamsiddinov S. X. STUDENTS LEARN TO ORGANIZE PROFESSIONAL PHYSICAL TRAINING AND CONTROL PHYSICAL DEVELOPMENT //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 1195-1202.

Eshpo'latov S. S. METHODS AND PRINCIPLES OF IMPROVING TECHNICAL AND TACTICAL SKILLS AND PHYSICAL TRAINING OF YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 1296-1302.

Kazoqov R. T., Eshpo'latov S. S. YOUNG VOLLEYBALL PLAYERS ARE THE PROCESSES OF ORGANIZING TRAINING SESSIONS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 6. – С. 1303-1310.

Ismoiljonovich, Bobomurodov Feruz, Parmonov Rustam Mizamovich, and Rasulov Qushimboy Xo’janiyozov Boboxon Ixtiyоrovich. "In Wrestling Speciality, In Developing Technical Actions Of Wrestlers Is To Consider Morphological Peculiarities." Journal of Pharmaceutical Negative Results (2022): 4065-4070.

Pirmatov O. Z., Kazakov R. T. ROLE AND PLACE OF SPORTS AND ACTIVE GAMES IN THE GENERAL STRUCTURE OF EDUCATIONAL AND PRODUCTION PRACTICE //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 125-131.

Yusupova N. R. SOCIO-GENDER ASPECTS OF MODERN WOMEN'S SPORTS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 118-124.

Kazakov R. T., Rasulov Q. Q. TRAINING IN INTERNATIONAL WRESTLING TECHNIQUES AND TACTICS //Modern Science and Research. – 2023. – Т. 2. – №. 9. – С. 180-186.

Туробов Ҳ. Национальная система массового вовлечения всех слоев населения в спортивно-оздоровительную деятельность //Academic research in educational sciences. – 2021. – Т. 2. – №. Special Issue 1. – С. 254-261.

Turobov X. X., Soliyev S. S. Zamonaviy O'zbekistonda ommaviy sportni rivojlantirishning tashkiliy asoslari //Uzluksiz ta'lim. – 2022. – С. 33-39.

Turobov X. X., Siddiqova F. ВОЛЕЙБОЛЧИЛАРДА САКРОВЧАНЛИК СИФАТИНИ МАХСУС ҲАРАКАТЛИ ЎЙИНЛАР ЁРДАМИДА ШАКЛЛАНТИРИШ //Journal of new century innovations. – 2022. – Т. 11. – №. 4. – С. 17-21.

Ғаффоров Н. Н. Ў. Бўлғуси психологлар касбий коммуникатив компетентлигини ривожлантириш муаммосининг ўрганилганлиги //Science and Education. – 2020. – Т. 1. – №. Special Issue 4. – С. 22-31.

Коккозова Ж. Ж., Ғаффоров Н. Н. Ў. КАДРЛАР ТАЙЁРЛАШ МИЛЛИЙ МОДЕЛИДА ФАН ВА ФАНЛАРАРО АЛОҚАНИНГ ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). – 2021. – Т. 1. – №. 3. – С. 161-167.

Ta’lim to’g’risida O’RQ-637-son. Toshkent shahar, 2020 yil 23 oktabr.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Prezident_maktablari

Ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni ochish to’g’risida PQ-5188-son. Toshkent shahar, 2021 yil 19-iyul.

https://parliament.gov.uz/articles/1624

https://applyorg.com/blog/detail/6/

https://www.gazeta.uz/oz/2022/02/14/top1000/

https://www.britishcouncil.uz/exam/ielts/test-dates-fees-location

https://grantlar.uz/blog/sat-imtihoni-nima-qayerda-qachon-qanday/

https://oliygoh.uz/post/milliy-test-tizimi-haqida

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов